Ta'lim nazorati
Відкрити в Telegram
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Показати більше2025 рік у цифрах

112 228
Підписники
-35724 години
-1 6297 днів
-6 85030 день
Архів дописів
🎓 Antiplag.uz – ilmiy halollikning ishonchli kafolati
Oliy ta’limda ilmiy halollik — nafaqat talabalar, balki butun ta’lim tizimining obro‘si va ishonchini belgilovchi asosiy omil. Shu maqsadda “Perspective Team” jamoasi tomonidan zamonaviy Antiplag.uz tizimi ishlab chiqildi.
📌 Bugungi kunda 120 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari ushbu tizimdan foydalanmoqda. Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda boshqa muhim idoralar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Antiplag.uz afzalliklari: 🔹 2 mlrd. dan ortiq xalqaro va milliy manbalar bazasi bilan ishlaydi; 🔹 O‘zbek, rus, ingliz va boshqa tillarda tekshiruv imkoniyatiga ega; 🔹 HEMIS va boshqa LMS tizimlariga to‘liq integratsiyalashadi; 🔹 Qayta yozilgan (parafraz qilingan) matnlarni aniqlash qobiliyatiga ega; 🔹 Tekshiruv natijasi bo‘yicha rasmiy sertifikat taqdim etadi.📍 Yangi imkoniyatlardan biri — AI Detector: sun’iy intellekt yordamida yozilgan matnlarni aniqlash funksiyasi. Antiplag.uz — bu faqat plagiatni aniqlash vositasi emas. U ilmiy halollik madaniyatini shakllantirish, akademik jarayonlarda ishonchni mustahkamlash va sifatli ta’limni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi. 📞 Aloqa uchun: +998933902323 ✉️ perspective.uz@gmail.com ✈️Telegram: @antiplag_marketing 🌐 antiplag.uz
⚡️Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga ajratilgan davlat granti uchun ro'yxatdan o'tish boshlandi
Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq 2025/2026-oʻquv yili uchun respublikada faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga 1 320 ta davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi.
2025-yil 29-sentyabrdan 5-oktyabrga qadar (shu kuni ham) muayyan xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan yoshlar uchun mazkur bayon bilan tasdiqlangan davlat buyurtmasi parametrlariga (talabalikka tavsiya etilgan oliy taʼlim tashkiloti va taʼlim yoʻnalishi boʻyicha) abituriyent sifatida roʻyxatdan oʻtish imkoniyati yaratiladi.
Roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar uchun 2025-yil 12-oktyabrga qadar test sinovlari oʻtkaziladi.
Eslatma: roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlardan Prezidentning 2019-yil 14-maydagi PQ–4319-son (14.05.2025-y.) qaroriga muvofiq belgilangan miqdordagi to'lov undiriladi.
Oʻtkazilgan test sinovlari natijasiga koʻra abituriyentlarning toʻplagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda shakllantirilib, belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun 2025-yil 17-oktyabrga qadar tegishli oliy taʼlim tashkilotlariga yetkaziladi.
Shuningdek, ushbu tanlovda 2025/2026-oʻquv yiliga davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tib, kirish imtihonlarida ishtirok etgan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abiturientlarga ham to‘plagan ballari bilan fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga tanlovda ishtirok etish imkoniyati berildi.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
❗️Magistraturaga ham qo'shimcha qabul ochildi
2025/2026-o‘quv yili uchun magistratura bosqichiga qabul natijalari tasdiqlandi va oliy ta’lim tashkilotlariga yetkazildi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, belgilangan kvota doirasida o‘qishga kira olmagan abituriyentlar uchun qo‘shimcha qabul imkoniyati mavjud.
Bunda oliygohlarning quvvati, moddiy-texnik bazasi va professor-o‘qituvchilar tarkibi inobatga olinadi.
Qo‘shimcha qabul parametrlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, qo‘shimcha qabulda ishtirok etishni istagan talabgorlar zarur ma’lumotlarni olish uchun oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi yoki magistratura bo‘limiga murojaat qilishlari mumkin.
Eslatma: davlat OTMlari magistraturasiga qo‘shimcha qabul asosida o‘qishga qabul qilingan abituriyentlarning to‘lov-kontrakt summasi bir talabaga to‘g‘ri keladigan real xarajatlardan kelib chiqib, oliygoh tomonidan mustaqil belgilanadi.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
#qabul2025 #super_kontrakt
⚡️Oliy ta’lim muassasalari tomonidan super kontrakt miqdorlari e’lon qilinmoqda
Qabul chegarasiga 4,05 balldan ortiq ball yetmagan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorlari OTMlar rektorlari (direktorlari) tomonidan bazaviy toʻlov-kontraktning 3,0 barobaridan kam boʻlmagan miqdorda belgilanadi.
🏛Shahrisabz davlat pedagogika instituti↪️https://t.me/ShDPIuz/25153; 🏛Namangan davlat texnika universiteti↪️https://t.me/NamDTU_Asosiy/6760; 🏛Andijon davlat universiteti↪️https://t.me/adu_uz/53190; 🏛Namangan davlat pedagogika instituti↪️https://t.me/namspii/37214; 🏛Toshkent axborot texnologiyalari universiteti↪️https://t.me/tuituz_official/27221; 🏛Toshkent davlat yuridik universiteti↪️https://t.me/tsulbox/441; 🏛Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti↪️https://t.me/tsueuzofficial/21908; 🏛Andijon davlat texnika instituti↪️https://t.me/andtexnika/27738; 🏛Termiz davlat universiteti↪️https://t.me/terdu340/34762?single; 🏛Toshkent arxitektura-qurilish universiteti↪️https://taqu.uz/diqqat-elon-6; 🏛TDTU Olmaliq filiali↪️https://tdtuof.uz/tabaqalashtirilgan-to-lov-kontrakt-summalari-haqida-ma-lumot/; 🏛Toshkent kimyo-texnologiya instituti↪️https://t.me/tktiuz/47484; 🏛Urganch davlat universiteti↪️https://t.me/URDU_PRESSA/67905; 🏛Buxoro davlat universiteti↪️https://t.me/buxdu_uz/73441; 🏛TKTI Yangiyer filiali↪️https://t.me/tkti_yangiyerf/12662; 🏛Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti↪️https://andqxai.uz/events/188; 🏛TTA Urganch filiali↪️https://t.me/ttauf/26803; 🏛Qoʻqon davlat universiteti↪️https://t.me/Kokand_SU/30479; 🏛Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti↪️https://dtpi.uz/super-kontrakt-2025/; 🏛Oʻzbek milliy musiqa san’ati instituti↪️https://t.me/uzmmsi_official/19285; 🏛TDTU Termiz filiali↪️https://t.me/ttatf2018/20764; 🏛Namangan davlat chet tillari instituti↪️https://t.me/ibratnamdchti/31075; 🏛Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali↪️https://sbtsue.uz/uz/post/elon-21; 🏛Milliy rassomlik va dizayn instituti↪️https://t.me/mrdi24yangiliklar/33749;Eslatma: 2025/2026-oʻquv yili qabulida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida tahsil olish istagini bildirgan abituriyentlarga bir yillik oʻqitish qiymatining 50 foizini 2025-yil 31-oktyabrga qadar (shu kuni ham) toʻlashga ruxsat beriladi. 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin. ✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
02:20
Відео недоступнеДивитись в Telegram
⚡️Vakant o‘rinlarga qo‘shimcha tanlovga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi
2025/2026-o‘quv yili qabulida kirish imtihonlarida 56,7 va undan yuqori ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan hamda ikkinchi bosqichda oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini tanlamagan abituriyentlar uchun qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish imkoniyati yaratildi.
Mazkur abituriyentlar 2025-yil 25-sentabrdan 3-oktabrgacha bo‘lgan muddatda bazaviy to‘lov-kontrakt asosida vakant (bo‘sh) o‘rinlarga ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Abituriyentlarga fanlar majmuasi mos bo‘lgan oliy ta’lim muassasalarining umumiy qabul parametrlari doirasida qolgan vakant o‘rinlardan 5 tagacha ta’lim yo‘nalishini tanlash huquqi beriladi.
📌 Vakant kunduzgi
📌 Vakant kechki
📌 Vakant masofaviy
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
13.75 MB
Фото недоступнеДивитись в Telegram
❗️Davlat OTMlarida super kontrakt narxlari e’lon qilish boshlandi
Ma’lum bo‘lishicha, 2025/2026-o‘quv yili qabuli uchun 56.7 va undan yuqori ball to‘lgan, lekin qabul chizig‘iga 4,05 balldan ko‘p yetmagan abituriyentlarga super-kontraktning miqdorlari belgilangan.
➡️Eng kami bazaviy kontraktning 3.5 baravari bo‘lsa, eng ko‘pi 6 baravari etib tasdiqlangan.
❗️IZOH: qabul chegaralariga 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun super-kontrakt miqdori Vazirlar Mahkamasining 578-son qarori (13.09.2025) bilan tasdiqlangan Nizom asosida belgilangan.
➖ 1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;
➖ 1,06 balldan 2,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2,0 barobari;
➖ 2,06 balldan 3,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2,5 barobari;
➖ 3,06 balldan 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 3,0 barobari.
📌Ma’lumot uchun, 25-sentyabr kuni yakunigacha barcha OTMlar super-kontrakt miqdorlarini e’lon qilishi kerak. Batafsil javob olishingiz uchun super-kontrakt qilmoqchi bo‘lgan oliygoh Telegram sahifasini kuzatib boring.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
00:39
Відео недоступнеДивитись в Telegram
⚡️Shoshiling: Buxoro innovatsiyalar universitetida qabul jarayonlari yakunlanib bormoqda
Hayotingizni o‘zgartiradigan qarorni ortga surmang! Buxoro Innovatsiyalar Universitetida qabul yakunlanmoqda. Yana bir yil vaqtingizni yo'qotmang.
21 tadan ortiq bakalavr ta'lim yo'nalishlari
7 ta magistratura mutaxassisliklari
Ro'yxatdan o'tish: qabul.bui.uz
Batafsil: 55-307-50-00
🎓🎓🎓🎓🎓🎓🎓
Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Web sahifa
IMG_0535.MP430.75 MB
❗️Bugundan kontraktga kirgan qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun maqsadli qabulga ro‘yxatdan o‘tish boshlanadi
📑Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq, 2025/2026-o‘quv yili uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasida doimiy yashaydigan va umumiy o‘rta, o‘rta maxsus yoki kasbiy taʼlim muassasalarini tamomlagan yoshlarga davlat granti asosida qo‘shimcha 500 ta maqsadli qabul parametrlari ajratilgani haqida xabar bergan edik.
➡️ Ushbu tanlovda davlat oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga kirish imtihonida 68,0 va undan yuqori ball to‘plagan, kunduzgi taʼlim shakliga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar ishtirok etishlari mumkin.
🗓Ushbu toifadagi abituriyentlar Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytida 2025-yil 24–30-sentyabr kunlari ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
📔Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar o‘zlari toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan oliy taʼlim tashkiloti va taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha davlat granti uchun maqsadli tanlovda ishtirok etadilar.
Tanlov natijalari 2025-yil 4-oktyabrga qadar my.uzbmb.uz saytida e’lon qilinadi.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Uzum 2026-yilda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan Xalqaro informatika olimpiadasini qo‘llab-quvvatlaydi
ICTWeek 2025'da Uzum milliy ekotizimi "Raqamli ta’limda sun’iy intellekt: g‘oyadan ta’sirgacha" forumida ishtirok etdi. Uzum E-com HRD Vera Dianova o‘z taqdimotida o‘sib borayotgan bozor sharoitida yangi avlod kadrlarini tayyorlashda texnologik kompaniyalar qanday rol o‘ynashi haqida gapirdi.
Nutqning alohida bloki informatika sohasidagi iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlandi.
"Xalqaro informatika olimpiadasini qo‘llab-quvvatlash mamlakat kelajagi uchun sarmoyadir. Biz iqtidorli o‘quvchilarimizning muvaffaqiyatlari bilan faxrlanamiz va 2026-yilda olimpiada ilk bor O‘zbekistonda o‘tkazilishidan mamnunmiz. Ko‘pchilik yigit-qizlar uchun bu IT sohasidagi bilim va iste’dod eng yuqori darajada tan olinishi mumkinligining isboti bo‘ladi. Biz, o‘z navbatida, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlashni davom ettiramiz, chunki aynan ular ertaga raqamli iqtisodiyotni rivojlantiradi va innovatsiyalarni yaratadi," — dedi Uzum E-com HRD, Vera Dianova.Batafsil
Amalda faoliyat olib borayotgan va talab darajasidagi sertifikatga ega boʻlmagan xorijiy til o’qituvchilariga ishlashga ruxsat berildi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 15-sentyabrdagi 340-sonli buyrug’iga asosan umumiy oʻrta taʼlim maktablarida faoliyat olib borayotgan barcha xorijiy til
oʻqituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos
darajadagi xalqaro sertifikatga ega boʻlishi lozimligi talabini saqlab qolgan holda, istisno tariqasida amalda faoliyat olib borayotgan va talab darajasidagi sertifikatga ega boʻlmagan pedagoglarga 2025-yil yakuniga qadar (joriy oʻquv
yilining 1-, 2-choraklari davomida) oʻz mehnat faoliyatlarini davom ettirishga ruxsat berildi.
340-B_15.09.2025_B2.pdf0.65 KB
❗️Muddat uzaytirildi! Magistr xotin-qizlar kotrakt to‘lovini davlat budjetidan qoplab berish boʻyicha 30-sentyabrgacha ariza berishlari mumkin
Davlat komissiyasi bayoni bilan magistratura mutaxassisliklariga qabul natijalari tasdiqlandi. Unga ko‘ra, 2025/2026-oʻquv yili davalat oliy ta’lim tashkilotlari magistratura mutaxassisliklariga umumiy qabul parametrlari doirasida:
➖kunduzgi taʼlim shakliga – 16 286 nafar;
➖kechki taʼlim shakliga – 657 nafar;
➖masofaviy taʼlim shakliga – 335 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etildi.
Qoʻshimcha imtiyoz bilan:
➖kunduzgi taʼlim shakliga – 987 nafar;
➖kechki taʼlim shakliga – 7 nafar;
➖masofaviy taʼlim shakliga – 4 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etildi.
Tanlov natijasi qaydnomalari uch kun muddatda respublika oliy taʼlim tashkilotlariga belgilangan tartibda yetkaziladi.
Shuningdek, magistraturasiga tasdiqlangan qabul parametrlari doirasida bazaviy toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan va tahsil olayotgan xotin-qizlarning 2025/2026-oʻquv yili uchun kontrakt toʻlovini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan qoplab berish boʻyicha ariza berishning soʻnggi muddatini 2025-yil 30-sentyabrga qadar uzaytirishga ruxsat berildi.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
02:21
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Vakant o‘rinlarga tanlovda ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish 25-sentabrdan boshlanadi
2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriatga kirish imtihonlarida 56,7 va undan yuqori ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan, shu jumladan roʻyxatdan oʻtishning ikkinchi bosqichida oliy taʼlim tashkiloti va bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarini tanlamagan abituriyentlar vakant o‘rinlar qolgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga tanlovda ishtirok etishlari mumkin.
Ro‘yxatdan o‘tish muddati:
2025-yil 25-sentabrdan 3-oktabrgacha (shu kuni ham).
Tanlovda ishtirok etish tartibi:
Abituriyentlar “my.uzbmb.uz” shaxsiy kabineti orqali ro‘yxatdan o‘tadilar.
Test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos yo‘nalishlardan 5 tagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini (ta’lim shakli bilan birga) tanlash imkoniyati mavjud.
Roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar toʻplagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilingan holda vakant oʻrinlarga bazaviy toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etiladi.
Tanlov natijalari 2025-yil 8-oktabrgacha e’lon qilinadi.
📌 Muhim eslatma: Agar abituriyent test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos vakant o‘rinlar mavjud bo‘lmasa, tanlovda qatnashish imkoniyati berilmaydi.📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin. ✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
666qabul 2025.mp413.80 MB
⚡️Vakant o‘rinlarga qo‘shimcha tanlov e’lon qilinadi!
🎓 2025/2026-o‘quv yili qabulida kirish imtihonlarida 56,7 va undan yuqori ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga qo‘shimcha imkoniyat yaratildi.
Bunda 56,7 va undan yuqori ball to‘plagan, ammo ikkinchi bosqichda OTM va yo‘nalish tanlamagan abituriyentlar ham bazaviy to‘lov-kontrakt asosida vakant o‘rinlarga ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
📌 Bunday abituriyentlar OTMlarning umumiy qabul parametrlari doirasida qolgan vakant (bo‘sh) o‘rinlardan fanlar majmuasi mos bo‘lgan 5 tagacha yo‘nalishni tanlashlari mumkin.
📊 Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar to‘plagan ballari ketma-ketligi asosida vakant o‘rinlarga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etiladi.
📆 Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2025-yil 25-sentabr – 3-oktabr
📆 Mandat natijalari e’lon qilinishi: 2025-yil 8-oktabrga qadar
ℹ️ Izoh: Ushbu qo‘shimcha tanlov talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarga tatbiq etilmaydi.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
VAKANT-MASOFAVIY.pdf2.07 KB
VAKANT KUNDUZGI.pdf7.71 KB
VAKANT-KECHKI.pdf3.35 KB
Qoraqalpog‘iston yoshlari uchun davlat OTMlariga 500 ta maqsadli kvota
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq, 2025/2026-o‘quv yili uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasida doimiy yashaydigan va umumiy o‘rta, o‘rta maxsus yoki kasbiy taʼlim muassasalarini tamomlagan yoshlarga davlat granti asosida qo‘shimcha 500 ta maqsadli qabul parametrlari ajratildi.
🔹 Ushbu tanlovda davlat oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga kirish imtihonida 68,0 va undan yuqori ball to‘plagan, kunduzgi taʼlim shakliga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar ishtirok etishlari mumkin.
📅 Ushbu toifadagi abituriyentlar Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytida 2025-yil 24–30-sentabr kunlari ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
📍 Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar o‘zlari toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan oliy taʼlim tashkiloti va taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha davlat granti uchun maqsadli tanlovda ishtirok etadilar.
📚Tanlov natijalari 2025-yil 4-oktabrga qadar my.uzbmb.uz saytida e'lon qilinadi.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
QQR maqsadli 500 grant.pdf7.29 KB
#qabul2025 #imkoniyat #qoraqalpoq_yoshlari
Qoraqalpogʻiston yoshlari uchun qo‘shimcha grant va to‘lov-kontrakt oʻrinlari ajratildi
Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq, 2025/2026-o‘quv yili uchun Qoraqalpog‘iston yoshlari oliy taʼlimga qabulda quyidagi 3 ta qo‘shimcha imkoniyatga ega bo‘ladi.
1-imkoniyat. 2025-yil 24–30-sentyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida doimiy yashovchi va kirish imtihonlarida 68 ball va undan yuqori natija ko‘rsatib, davlat oligohlarining kunduzgi taʼlim shakliga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar 500 ta maqsadli qabul parametrlari uchun ro‘yxatdan o‘tadi.
Roʻyxatdan oʻtish my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi. Bunda abituriyentlar talabalikka tavsiya etilgan oliy taʼlim tashkiloti va taʼlim yoʻnalishi boʻyicha tanlovda ishtirok etadi.
Roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar oʻtkazilgan kirish imtihonlari natijasiga koʻra toʻplagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda maqsadli qabul parametrlariga tavsiya etiladi.
Tavsiya etilganlar ro‘yxati belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun tegishli oliy taʼlim tashkilotlariga yetkaziladi.
2-imkoniyat. 2025-yil 29-sentyabrdan 6-oktyabrga qadar (shu kuni ham) Qoraqalpogʻiston Respublikasida doimiy yashaydigan hamda umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlarini tamomlagan, jumladan, muayyan xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan yoshlar uchun 200 ta maqsadli qabul parametrlariga abituriyent sifatida roʻyxatdan oʻtish imkoniyati yaratiladi.
Bunda:
➖roʻyxatdan oʻtish my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi;
➖roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar uchun 2025-yil 12-oktyabrga qadar test sinovlari oʻtkaziladi;
➖oʻtkazilgan test sinovlari natijasiga koʻra abituriyentlarning toʻplagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda maqsadli qabul parametrlari doirasida tanlov natijalari belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun 2025-yil 17-oktyabrga qadar oliy taʼlim tashkilotlariga yetkaziladi.
❗️Eslatma: roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlardan Prezidentning PQ–4319-son (14.05.2025-y.) qaroriga muvofiq belgilangan miqdordagi toʻlov undiriladi.
‼️Muhim. 2025-yil 15-noyabrga qadar yuqoridagi 1- va 2-imkoniyatlarga muvofiq maqsadli grant oʻrinlariga qabul qilingan talabalar bilan oliy taʼlim tashkilotini tamomlagandan keyin tegishli hududda 3 yil ishlab berish majburiyatini nazarda tutuvchi toʻrt tomonlama (hududiy hokimlik, sohaviy davlat organi (tashkiloti), talaba va oliy taʼlim tashkiloti oʻrtasida) shartnomalar rasmiylashtiriladi.
3-imkoniyat. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining murojaatiga muvofiq Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari kesimida toʻlov-kontrakt asosida respublika davlat oliy taʼlim tashkilotlariga qoʻshimcha 7 225 ta qabul parametrlari tasdiqlandi.
Bunda bazaviy toʻlov-kontrakt asosidagi qoʻshimcha qabul parametrlari davlat oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga abituriyent sifatida roʻyxatdan oʻtgan Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional (kasbiy) taʼlim muassasalarini tamomlagan, oʻtkazilgan kirish imtihonlari natijalariga koʻra 56,7 va undan yuqori ball toʻplagan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar hisobidan shakllantiriladi.
Tanlov qaydnomalari tegishli oliy taʼlim tashkilotlariga belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun yetkaziladi.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
#qabul2025 #grant #nodavlat
Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari uchun 1 320 ta davlat granti tasdiqlandi
Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq 2025/2026-oʻquv yili uchun respublikada faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga 1 320 ta davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi.
2025-yil 29-sentyabrdan 5-oktyabrga qadar (shu kuni ham) muayyan xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan yoshlar uchun mazkur bayon bilan tasdiqlangan davlat buyurtmasi parametrlariga (talabalikka tavsiya etilgan oliy taʼlim tashkiloti va taʼlim yoʻnalishi boʻyicha) abituriyent sifatida roʻyxatdan oʻtish imkoniyati yaratiladi.
Roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar uchun 2025-yil 12-oktyabrga qadar test sinovlari oʻtkaziladi.
Eslatma: roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlardan Prezidentning 2019-yil 14-maydagi PQ–4319-son (14.05.2025-y.) qaroriga muvofiq belgilangan miqdordagi toʻlov undiriladi.
Oʻtkazilgan test sinovlari natijasiga koʻra abituriyentlarning toʻplagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda shakllantirilib, belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun 2025-yil 17-oktyabrga qadar tegishli oliy taʼlim tashkilotlariga yetkaziladi.
Shuningdek, ushbu tanlovda 2025/2026-oʻquv yiliga davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tib, kirish imtihonlarida ishtirok etgan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abiturientlarga ham to‘plagan ballari bilan fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga tanlovda ishtirok etish imkoniyati berildi.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
#imkoniyat #1_kurs #kontrakt
1-kurslar kontrakt toʻlov miqdorining kamida 25 foizini 30-oktyabrgacha toʻlashi mumkin
Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq, 2025/2026-oʻquv yilida respublika davlat oliy taʼlim tashkilotlariga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun belgilangan toʻlov miqdorining kamida 25 foizini toʻlash muddati 2025-yil 30-oktyabrgacha uzaytirildi.
Shuningdek, respublika oliy taʼlim tashkilotlariga iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil ish stajiga ega boʻlgan va tegishli tavsiyanoma asosida suhbat bilan qabul qilinganlar uchun toʻlov-kontrakt miqdorlari – 2025/2026-oʻquv yili uchun belgilangan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va shakli boʻyicha bazaviy toʻlov-kontrakt qiymati miqdorlariga nisbatan 2 barobar miqdorida belgilandi.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
#qabul2025 #grant #nodavlat
Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari uchun 1 320 ta davlat granti tasdiqlandi
Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq 2025/2026-oʻquv yili uchun respublikada faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga 1 320 ta davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi.
2025-yil 29-sentyabrdan 5-oktyabrga qadar (shu kuni ham) muayyan xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan yoshlar uchun mazkur bayon bilan tasdiqlangan davlat buyurtmasi parametrlariga (talabalikka tavsiya etilgan oliy taʼlim tashkiloti va taʼlim yoʻnalishi boʻyicha) abituriyent sifatida roʻyxatdan oʻtish imkoniyati yaratiladi.
Roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar uchun 2025-yil 12-oktyabrga qadar test sinovlari oʻtkaziladi.
Eslatma: roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlardan Prezidentning 2019-yil 14-maydagi PQ–4319-son (14.05.2025-y.) qaroriga muvofiq belgilangan miqdordagi toʻlov undiriladi.
Oʻtkazilgan test sinovlari natijasiga koʻra abituriyentlarning toʻplagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda shakllantirilib, belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun 2025-yil 17-oktyabrga qadar tegishli oliy taʼlim tashkilotlariga yetkaziladi.
Shuningdek, ushbu tanlovda 2025/2026-oʻquv yiliga davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tib, kirish imtihonlarida ishtirok etgan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abiturientlarga ham to‘plagan ballari bilan fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga tanlovda ishtirok etish imkoniyati berildi.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
#bazaviy_kontrakt2025
Davlat oliy taʼlim tashkilotlarida bitta talabani bazaviy toʻlov-kontrakt asosida bir yillik oʻqitish qiymati miqdorlari (bakalavriat, magistratura)
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
⚡️Texnikumlarning xalqaro ta’lim dasturlariga qabul 1-oktyabrga qadar uzaytirildi
Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq, kasbiy ta’lim tashkilotlari (texnikumlar)ga kamida umumiy o‘rta ma’lumot (11-sinf bitiruvchilari) negizida xalqaro ta’lim dasturlarida o‘qish uchun arizalarni 2025-yil 1-oktyabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinishi belgilandi.
Hujjatlar Vazirlikning my.edu.uz platformasi orqali kunduzgi va dual ta’lim shakllari uchun qabul qilinadi.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
