Ta'lim nazorati
Відкрити в Telegram
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Показати більше2025 рік у цифрах

112 026
Підписники
-15124 години
-1 5127 днів
-6 81930 день
Архів дописів
Masofaviy taʼlim shaklida oʻqish tartibi qanday?
Hukumatning 2022-yil 3-oktyabrdagi 559-son qaroriga ko‘ra, oliy ta’limda masofaviy ta’lim shakli joriy etilgan. Mazkur shakl bo‘yicha o‘qitish va bilim baholash jarayonlari to‘liq raqamli platformalar orqali olib boriladi.
📌Masofaviy ta’lim faqat kunduzgi ta’lim shaklida mavjud bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari asosida tashkil etiladi. Bunda bir yo‘nalishga qabul qilinadigan talabalar soni bakalavriat uchun 300 nafardan, magistratura uchun 30 nafardan oshmasligi kerak.
✔️2025/2026-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining masofaviy ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti tasdiqlangan.
🗓 Masofaviy ta’lim bo‘yicha o‘qish davomiyligi kunduzgi ta’lim shakli bilan bir xil davomiylikda olib boriladi.
Masofaviy ta’limda o‘quv mashg‘ulotlari sinxron (real vaqt rejimida) va asinxron (oldindan yozib olingan) shakllarda olib boriladi.
❗️Yakuniy nazorat turlari, davlat attestatsiyasi va bitiruv malakaviy ishi himoyasi esa an’anaviy, ya’ni yuzma-yuz shaklda o‘tkaziladi.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Mandat natijangiz bilan o'qishga kiring va Yaponiyaga yo'l oling !
🇺🇿🇯🇵 Agar siz ham bu yoshlar kabi O'zbekistonda universitetni bitirib, Yaponiyada IT sohasida ishlamoqchi bo'lsangiz Japan Digital Universityda qabul davom etmoqda !
🗾 Japan Digital University - bu sizni Yaponiyaga olib boradigan yo'l !
👉 Ichki imtihonlar uchun hujjat topshirish
👉 UZBMB( DTM) orqali hujjat topshirish
📞 71-200-05-95
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web site
⚡️Professional ta'lim muassasalariga (tibbiyot texnikumlari) tanlov bo‘yicha
❗️Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2025-yil 28-avgustga (shu kuni ham) qadar my.uzbmb.uz saytida kasbiy ta’lim muassasasi (tibbiyot texnikumlar)ini tanlashlari mumkin.
✔️Abituriyentlar tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z tanlovlarini o‘zgartirishlari mumkin.
🗓 Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Kechki taʼlim shaklida oʻquv jarayonlari tartibi qanday?
❗️Hukumatning 2017-yil 20-iyundagi 393-son ‘‘Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida’’gi nizomga muvofiq kechki (smenali) ta’limga talabalarni qabul qilinadi.
🗓 Kechki ta’limda o‘qish muddati kamida 4,5 yil davom etadi. Ushbu shaklda o‘qiydigan talabalarga kunduzgi ta’limda tahsil olayotgan talabalarga berilganidek talabalik guvohnomasi va reyting daftarchasi bepul beriladi.
Kechki ta’lim shaklida tahsil oladiganlar uchun davlat granti berilmaydi va ular grant taqsimotida ham ishtirok eta olmaydi. Ya’ni, talabalar faqat to’lov-kontrakt asosida o’qishga qabul qilinadi.
❌Shuningdek, kechki (smenali) ta’limning bir ta’lim sohasidan ikkinchisiga ko‘chirishga ruxsat berilmaydi.
Kechki ta’lim shaklida ham o‘quv jarayoni ta’lim sohalarining davlat ta’lim standartlari va tegishli ta’lim yo‘nalishlari malaka talablari asosida tayyorlangan hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan kunduzgi ta’lim uchun tasdiqlangan o‘quv rejasi va fan dasturlari asosida tashkil etiladi.
✔️ O‘quv jarayoni bir o‘quv yilida ikki semestrli bo‘lib, o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish kunduzgi ta’lim bilan bir xil tartibda tashkil etiladi.
Ammo, kechki ta’limda o‘qish (kunduzgi ta’limdan farqli ravishda) bir haftada, odatda, 5 kun amalga oshiriladi va haftalik o‘quv soati hajmi 20 akademik soat qilib belgilanadi.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Фото недоступнеДивитись в Telegram
❗️1 Yil yo‘qotmagan holda, talabalik maqomiga erishing!
Sizda nufuzli oliygohlardan biri bo‘lgan Navoiy Innovatsiayalar Universitetida GRANT o‘rinlaridan birini qoʻlga kiritish imkoniyati bor.
Bundan tashqari, iqtidorli talabalarga yiliga 6 million so‘mgacha stipendiya ajratiladi.Agar siz ham davlat namunasidagi diplom, sifatli ta’lim va grant qo‘lga kiritmoqchi bo‘lsangiz — hoziroq qo‘ng‘iroq qiling! UZBMB (DTM) natijasi bilan 20 ga yaqin yoʻnalishlardan birini tanlang va imtihonsiz NIU talabasi boʻling. 📞 Call-markaz: +998555000043 📲 Ro'yxatdan o'tish: https://niuedu.uz/uz/cv — Bakalavriat ta'lim yo'nalishlari — Magistratura mutaxassisliklari Bizning manzillar:
📌 Navoiy viloyati, Karmana tumani, Toshkent ko'chasi 39-uy. 📌 Surxondaryo viloyati, Sho'rchi tumani, " Oqkamar " MFY, Mustaqillik ko'chasi 64-uy.Ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: ✈️Telegram | 📷Instagram | 🌐Web-sayt
⚡️ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha birinchi kun natijalari e’lon qilindi
📣 Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha 2025-yil 18-avgust kuni o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.
✅ Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz saytidagi "O‘qishni ko‘chirish (xorijiy va nodavlat) Natija“ bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda bilishlari mumkin.
Izoh: Mutaxassislik fanlaridan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan talabgorlarning natijalari OTMlar tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari Bilimni baholash agentligiga taqdim etilgandan soʻng e’lon qilinadi.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
9️⃣Ta’lim nazorati rasmiy kanali
📣 Bugundan kasbiy sertifikat nazorat (test) sinovlari boshlandi
❗️Bugun, 19-avgust kuni Respublikamizning barcha hududlarida umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun iyul- avgust oylarida oʻtkazilayotgan pedagoglar kasbiy sertifikatlash nazorat (test) sinovlariga start beriladi.
📌 Jumladan, nazorat sinovlari:
19-avgust kuni – tabiiy va aniq fanlar;
20-avgust kuni – filologiya va ijtimoiy yoʻnalishdagi fanlar va psixologlar;
21-avgust kuni – boshlangʻich taʼlim va amaliy fanlar boʻyicha oʻtkaziladi.
🔗 Quyidagi ro‘yxatlar orqali kasbiy sertifikat olishga daʼvogar boʻlgan davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotidagi stajyor-oʻqituvchilar yoki attestatsiyadan oʻta olmagan, mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimiga muvofiq emas, deb topilgan pedagoglar test topshiradigan aniq sanasini, guruhini va vaqtini bilib olishlari mumkin!
➖ Andijon viloyati
➖ Buxoro viloyati
➖ Farg‘ona viloyati
➖ Jizzax viloyati
➖ Qoraqalpog‘iston Respublikasi
➖Qashqadaryo viloyati
➖ Xorazm viloyati
➖ Namangan viloyati
➖ Navoiy viloyati
➖ Samarqand viloyati
➖ Sirdaryo viloyati
➖ Surxondaryo viloyati
➖ Toshkent shahri
➖ Toshkent viloyati
👉 Kasbiy sertifikatlash sinovlari quyidagi manzillarda oʻtkaziladi: https://t.me/uztdi/9985
Eslatma: Nazorat sinovlarida ishtirok etish uchun talabgorlar belgilangan joyga kechikmagan holda Shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlari talab qilinadi.
Kasbiy sertifikat sinovlariga quyidagi telegram bot orqali tayyorlanishingiz mumkin:
👉 @uztditestbot
👉 @uztdi_testbot
👉 @uztditestt_bot
✔️ Test topshirishlar e‘lon qilingan spetsifikatsiya asosida malakali testologlar tomonidan tuzilgan bo‘lib, tez fursatda yangi testlar joylashtiriladi.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
00:34
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Mandat chiqdi. "Yiqilgan" abituriyentlar endi nima qiladi?
Toshkent shahridagi nufuzli moliya instituti — ISFT abituriyentlarni UzBMB (DTM) natijasi bilan talaba bo‘lishga chorlaydi.
ISFT instituti uchun ball emas, ilm olishga chanqoqlik doimo muhim.
Xalqaro fakultet yo‘nalishlari: — Buxgalteriya hisobi va moliya — Biznes va menejment — Moliya sohasida boshqaruv Gumanitar fakultet: — Pedagogika — Psixologiya — Boshlang‘ich ta’lim — Maktabgacha ta’lim — Xorijiy til va adabiyoti — Xalqaro munosabatlar — Filologiya va tillarni o‘qitish Iqtisodiyot fakulteti: — Iqtisodiyot — Marketing — Menejment — Bank ishi IT fakulteti: — Axborot tizimlari va texnologiyalari — Axborot xavfsizligi 📖 Ta’lim shakli: Kunduzgi, MASOFAVIY.✅️ Kontrakt narxlari 9,375,000 so‘mdan boshlanadi. ISFT institutiga bugunoq hujjat topshiring va talabamiz bo‘ling! 📄 Litsenziya (№ 441247, 12.10.2021-y.) 🌐 admission.isft.uz | ☎️ +998555061717 Telegram | Instagram | Veb-sayt | Qabul-bot
IMG_6295.MP412.25 MB
❗️Davlat universitetlari super-kontraktlar miqdorini kamaytirishi mumkin
Prezident raisligidagi videoselektorda rektorlarga “super-kontrakt” summasini tabaqalashgan holda belgilash vakolati ham berilishi aytilgandi. Moliyaviy mustaqillik berilgan davlat univeritetlari mavjud iqtisodiy ahvolidan kelib chiqib “super-kontrakt” summasini kamaytirish imkoniyatiga ega.
Misol uchun, Termiz davlat universitetida super kontrakt to‘lovlarini 30–40% gacha kamaytirish, uni 2 yil davomida bo‘lib to‘lash imkoniyati ko‘rib chiqilayotgani haqida xabar berdi.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️2025-yilda oliy taʼlim tashkilotini tugatganlar ham toifa olishlari mumkin
2025-yilda oliy taʼlim tashkiloti tugatgan stajor-oʻqituvchi sifatida ishga qabul qilinganlar ham joriy yilning avgust-dekabr oylarida oʻtkaziladigan attestatsiyada oʻz ixtiyoringizga koʻra navbatdan tashqari turi boʻyicha qatnasha oladi hamda past natija qayd etgan taqdiringizda ham ularga nisbatan salbiy qaror qabul qilinmaydi.
🗓 Ilgari attestatsiyadan oʻtmagan ishga yangi qabul qilingan pedagog kadrlar yoki oliy taʼlim tashkilotlarini bitirib birinchi bor ishga kirgan pedagog kadrlar kasbiy faoliyatiga uch yil toʻlgandan soʻng navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻtkaziladi.
✔️ Ushbu sinovlardan ishtirok etib toifa sertifikati olgan stajor-oʻqituvchilardan kasbiy sertifikat talab qilinmaydi.
Attestatsiyaga quyidagi telegram botl orqali bepul tayyorlanishingiz mumkin:
👉 @uztditestbot
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Фото недоступнеДивитись в Telegram
🎓Magistraturada 100% gacha grant imkoniyati!
“Yangi O‘zbekiston” universitetida magistraturada tahsil olishni istagan yoshlar uchun katta imkoniyat berilmoqda. Aniqroq aytadigan boʻlsak, ikki yillik dasturlarga kirish imtihonida yuqori ball to‘plagan talabgorlar 100%, 70% yoki 50% gacha grant bilan bir yil o‘qish huquqiga ega bo‘ladi.
Shuningdek, xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblari, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari, Prezident maktablari bitiruvchilari, Ixtisoslashtirilgan va ijod maktablarining eng yuqori ball olgan 5% talabgorlari 2 yil davomida 100% davlat granti asosida oʻqishlari mumkin.
Yana bir quvonarli tomoni, barcha ayol-qizlarning kontrakt to‘lovlari davlat tomonidan to‘liq qoplab beriladi. Bu tartib bir yillik magistratura dasturlariga ham tatbiq etiladi. Bundan tashqari, innovatsion loyihalar egasi boʻlgan talabalar uchun 30 ming dollargacha grant yutib olish imkoni bor. Qabul 20-avgustga qadar davom etadi.
🗂️Ariza topshirish uchun havola ustiga bosing.👈🏻
✅ Magistraturada o‘qiydigan barcha xotin-qizlarning kontrakti to‘lab beriladi
Kvota to‘g‘risidagi prezident farmoyishida kontrakt asosida magistraturaga kiradigan talaba xotin-qizlarning kontrakt pullarini to‘lab berish qayd etilgan. Kontrakt pullari hech qanday qaytarish shartlarisiz to‘lab beriladi.
🎓Buning uchun:
Magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlar har yili 15-sentyabrgacha o‘zlari o‘qiyotgan OTM rektori nomiga ariza bilan murojaat qilishadi. Bu sanadan kech qolganlarning kontrakti to‘lanmaydi. Talabgorlarning arizalari yig‘ilib OTM tegishli bo‘lgan vazirlikka yuboriladi.
15-oktyabrgacha OTMlarning rektorlari talabgorlarning kontrakt pullarini to‘lab berish to‘g‘risida buyruq qabul qiladi. Ma’lumot uchun: magistratura uchun chet tili sertifikati majburiy. Bunda filologiya ta’lim yo‘nalishlari uchun sertifikat darajasi kamida C1, boshqa barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun esa B2 bo‘lishi kerak.
❓Kechki yoki masofaviy ta’lim shaklida o’qiyotgan xotin-qizlarning ham kontrakti to’lab beriladimi?
📑Prezidentning «Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmoni 3-bandining «b» kichik bandi birinchi xatboshisi, «Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish to‘g‘risida» 2022-yil 15-iyundagi PQ-279-son qarori 3-bandining «b» kichik bandi ikkinchi xatboshisi hamda Vazirlar Mahkamasining «Davlat oliy ta’lim muassasalari magistratura bosqichida ta’lim olayotgan xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lab berish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2022-yil 15-avgustdagi 447-son qarorlariga ko‘ra, davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlari qaytarish shartisiz qoplanadi.
Amaldagi qonunchilikda xotin-qizlar magistratura bosqichining aynan kunduzgi ta’lim shakliga kirsagina kontrakti to‘lab beriladi, degan qoidalar mavjud emas. Umumiy magistratura deyilgani uchun kechki va masofaviy shakllariga kirganda ham qoplanishi kerakligi aytilgan.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
00:30
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Abituriyentlar uchun eng muhim masala — vaqtni boy bermaslik!
🎓 Bir yilni yana tayyorgarlik va imtihonlarda sarflash o‘rniga, hozirdanoq kelajagingiz sari qadam qo‘ying. Qarshi Xalqaro Universiteti sizga buning eng ishonchli va samarali yo‘lini taklif etadi — Davlat imtihonidagi to‘plagan balingiz bilan talaba bo‘lish imkoniyati!
🌍 Sizni xalqaro standartga mos ko'nikmalar, Grant va Rektor stipendiyasi, yorqin kelajakka eshik ochadigan tajribali ustozlar kutmoqda.
💡 Orzularingizni kechiktirmang — bugunoq safimizga qo‘shiling va kelajagingizni birgalikda yarataylik!
📃Litsenziya (№327633 29.07.2022-y.)
📞 Murojaat uchun:
555009944 | @kiu_admin
Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating:
Sayt| Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Dtm bal.MOV21.57 MB
❗️Joriy yilda to‘lov-kontrakt summalari oshirilmaydi
Tez orada talabalar uchun yangi o‘quv yiliga onlayn shartnoma olish boshlanadi, shartnomada o‘tgan yili tasdiqlangan summalar aks etadi.
❓ Yuridik jihatdan bu qanday bo‘ladi?
✅ O‘tgan yili to‘lov-kontraktlar miqdori haqidagi Davlat qabul komissiyasining qarori “2024-2025-o‘quv yilidan boshlab quyidagi miqdorlar tasdiqlansin” degan mazmunda chiqqan edi. Joriy yilda yangi miqdorlar tasdiqlanmaydi, demak, yuridik jihatdan o‘tgan yili tasdiqlangan miqdorlar amal qilishda davom etaveradi.
Qoidaga ko‘ra, moliyaviy mustaqillik berilgan oliygohlar to‘lov-kontrakt miqdorlarini oshirish yoki eskicha qoldirish masalasini o‘zi hal qiladi.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
"Oltinchi yo‘nalish" tanlash haqida 5 ta asosiy fakt!
Shavkat Mirziyoyevning ta’limga oid videoselektorda ilgari surgan yangi tashabbusi bo‘yicha ko‘plab savollar kelib tushmoqda. Quyida shu haqda eng muhim 5 ta faktni bilib oling:
❓Qachondan boshlanadi?
Bu tartib keyingi yildan emas, aynan joriy yildan (2025-yildan) kuchga kiradi.
❓Tartibi qanday bo‘ladi?
Hozircha aniq tartibi tasdiqlanmagan. Mas’ul vazirlik bir nechta variant ustida ish olib bormoqda. Rasmiy tartib tasdiqlangach, qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
❓Kimlar uchun?
Bu imkoniyat faqatgina tanlagan beshala yo‘nalishiga ham (na grant, na kontraktga) kira olmagan abituriyentlar uchundir. Agar birorta yo‘nalishga qabul qilingan bo‘lsangiz, bu tartib sizga taalluqli emas.
❓Bu super-kontraktmi?
Yo‘q, bu super-kontrakt emas. Bu imkoniyat faqat kvotasi to‘lmay qolgan o‘rinlar hisobidan taqdim etiladi. Agar biror yo‘nalishda barcha o‘rinlar to‘lgan bo‘lsa, unga oltinchi yo‘nalish sifatida tanlov bo‘lmaydi.
❓Qaysi yo‘nalishni tanlash mumkin?
Oltinchi yo‘nalishni tanlashda abituriyentning fanlar majmuasi mos kelishi shart. Masalan, biologiya fanidan imtihon topshirgan abituriyent yurisprudensiya yo‘nalishini tanlay olmaydi.
💬 Xulosa: Demak, bu yil o‘qishga kira olmaganlar uchun qo‘shimcha imkoniyat bo‘ladi, lekin uning aniq tartib-qoidalari hali e’lon qilinmadi.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
🎓 DTM natijangiz bilan hoziroq imtihonsiz talaba boʻling
DTM balingiz kam chiqdimi? Havotirga o'rin yo'q, NIU sizga imkoniyatlar eshigini ochib beradi.
Nega Navoiy Innovatsiyalar Universitetini tanlash kerak?
➖ 2 mlrd so'mlik grant ➖ Yiliga 6 mln. so'mlik stipendiya ➖ Davlat namunasidagi diplom ➖ Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida zamonaviy o'quv binolari📌 Eslatma: Abituriyentlar uchun eng muhim masala — vaqtni boy bermaslik! 📞 Call-markaz: +998555000043 📲 Ro'yxatdan o'tish: https://niuedu.uz/uz/cv — Bakalavriat ta'lim yo'nalishlari — Magistratura mutaxassisliklari Bizning manzillar:
📌 Navoiy viloyati, Karmana tumani, Toshkent ko'chasi 39-uy. 📌 Surxondaryo viloyati, Sho'rchi tumani, " Oqkamar " MFY, Mustaqillik ko'chasi 64-uy.Ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: ✈️Telegram | 📷Instagram | 🌐Web-sayt
❓Kontraktning 12 foizini qaytarib olish super-kontrakt uchun ham amal qiladimi?
📄Avvalgi tartibga koʻra, soliq toʻlovchining professional va oliy taʼlim tashkilotlarida oʻzining, shuningdek 26 yoshga toʻlmagan farzandlarining yoki turmush oʻrtogʻining taʼlim olishi uchun yoʻnaltirilgan ish haqi va boshqa daromadlari soliqqa tortilmaydi, yaʼni toʻlangan summadan 12% daromad soligʻini qaytarib olishi mumkin edi.
🔍 Kiritilgan o‘zgarishlarga ko‘ra, farzand uchun yosh chegarasi olib tashlanadi. Ota-onalar farzandining yoshidan qatʼi nazar taʼlim olishi uchun toʻlagan summadan 12 foizlik daromad soligʻini qaytarib olishlari mumkin boʻldi.
Ushbu tartib super-kontrakt uchun toʻlov qilinganda ham amal qiladimi?
📌Soliq qo‘mitasi matbuot kotibi Muzaffar Nazarovning Talimxabarlari.uz ga ma’lum qilishicha, ushbu tartib super-kontrakt uchun toʻlov qilinganda ham amal qiladi.
Shuningdek, xususiy universitetda tahsil olayotgan talabalar ham taʼlim olishi uchun toʻlagan summadan 12 foizlik daromad soligʻini qaytarib olishlari mumkin.
✅Buning uchun talaba tahsil olayotgan xususiy universitet oliy taʼlim vazirligining edu.uz saytidagi Oʻzbekistondagi oliy taʼlim muassasalari roʻyxatida bor bo‘lishi lozim.
📍Mazkur roʻyxatga belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan xususiy oliy taʼlim muassasalari hamda chet el oliy taʼlim muassasalarining filiallari kiritiladi.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
00:30
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Abituriyentlar uchun eng muhim masala — vaqtni boy bermaslik!
🎓 Bir yilni yana tayyorgarlik va imtihonlarda sarflash o‘rniga, hozirdanoq kelajagingiz sari qadam qo‘ying. Qarshi Xalqaro Universiteti sizga buning eng ishonchli va samarali yo‘lini taklif etadi — Davlat imtihonidagi to‘plagan balingiz bilan talaba bo‘lish imkoniyati!
🌍 Sizni xalqaro standartga mos ko'nikmalar, Grant va Rektor stipendiyasi, yorqin kelajakka eshik ochadigan tajribali ustozlar kutmoqda.
💡 Orzularingizni kechiktirmang — bugunoq safimizga qo‘shiling va kelajagingizni birgalikda yarataylik!
📃Litsenziya (№327633 29.07.2022-y.)
📞 Murojaat uchun:
555009944 | @kiu_admin
Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating:
Sayt| Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Dtm bal.MOV21.57 MB
Фото недоступнеДивитись в Telegram
⚡️Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida to‘lov-kontrakt narxi 15 foizga oshirildi
Universitet rasmiy xabarida aytilishicha, JIDUda kechki, sirtqi va masofaviy ta’lim shakllari yo‘lga qo‘yilmaganligi sababli universitetning moliyaviy barqarorligining katta qismi kunduzgi ta’lim shakli to‘lov-kontrakt hisobidan amalga oshirilmoqda.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari 2025-yil 20-avgust kuni o‘tkaziladi
Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari 2025-yil 20-avgust kuni o‘tkaziladi.
📁 Test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiradigan fanlar va test topshirish hududi bilan yuqoridagi PDF faylda tanishish mumkin (my.gov.uz sayti yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tishda topshirgan ariza raqami orqali).
Talabgorlar imtihon o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari lozim.
❗️Izoh: Talabgorlar turli sabablarga ko’ra test topshirish hududini yoki test topshirish tilini o’zgartirish uchun @NostrifikatsiyaBBA_bot manzili orqali (ariza raqami, ism, familiya va sharifini keltirgan holda) murojaat qilishlari mumkin.
👉 Test sinovi o’tkaziladigan hududlar va test sinovlarining boshlanish vaqtlari bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin: https://talimxabarlari.uz/41041/
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
20_august_test_candidates.pdf5.62 KB
