2025 рік у цифрах

56 112
Підписники
Немає даних24 години
+2227 днів
+1 35330 день
Архів дописів
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#Bilasizmi
📚 Maktabdan tashqari ta’lim faoliyatini amalga oshirmoqchimisiz?
💠 Buning uchun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini ushbu faoliyatni boshlash to‘g‘risida xabardor qilishingiz lozim.
✅ Arizalar “Litsenziya” AT (license.gov.uz) yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.
💰To‘lanadigan yig‘im miqdori: BHMning 50 foizi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qarori.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 19👍 7🔥 5
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#Bilasizmi
✈️ Fuqaro havo kemalariga shovqinlar bo‘yicha sertifikat olish tartibidan xabardormisiz?
✅ Arizalar “Litsenziya” AT (license.gov.uz) va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.
👫Ariza beruvchilar toifasi: jismoniy va yuridik shaxslar.
🏛 Vakolatli organ: Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi.
🗓 Arizani ko‘rib chiqish muddati: 10 ish kuni.
⏳Sertifikatning amal qilish muddati: cheklanmagan.
💰Arizani ko'rib chiqish va sertifikat berish uchun Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarorida belgilangan miqdorlarda yig'imlar undiriladi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 19🔥 3👍 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#Bilasizmi
🚘 Avtomototransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomani elektron shaklda rasmiylashtirish mumkinligidan xabardormisiz?
✅ Arizalar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.
🏛 Ishonchnoma Adliya vazirligining “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali ro‘yxatga olinadi.
💰Ishonchnomani elektron shaklda rasmiylashtirish uchun davlat boji “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan davlat bojiga nisbatan quyidagi foizlarda undiriladi:
- 1 oygacha bo‘lgan muddatga — 10 foiz;
- 1 oydan ortiq va 6 oygacha bo‘lgan muddatga — 50 foiz;
- 6 oydan ortiq va 3 yilgacha bo‘lgan muddatga — 100 foiz.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 613-son qarori.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 27👍 7🔥 3
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#Bilasizmi
🎥 Xorijiy kinokompaniyalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida filmlarni kino va video tasvirga olish uchun ruxsatnoma olish kerakligidan xabardormisiz?
✅ Arizalar “Litsenziya” AT (license.gov.uz) va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.
👫Ariza beruvchilar toifasi: yuridik shaxslar.
🏛 Vakolatli organ: Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi.
🗓 Arizani ko‘rib chiqish muddati: 5 ish kuni.
💰Ruxsatnoma berganlik uchun undiriladigan yig'im miqdori: BHMning 5 baravari.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 19👍 6🔥 5
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar
📌Madaniy meros sohasidagi xizmatlardan yanada qulay usulda foydalanishingiz mumkin!
✅ Endi quyidagi davlat xizmatlarini Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali ko'rsatish yo'lga qo'yiladi:
1️⃣ Moddiy madaniy meros obyektini Moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastriga kiritish;
2️⃣ Milliy muzey fondining Davlat katalogida muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma berish;
3️⃣ Arxeologiya ashyosi Arxeologiya ashyolari davlat katalogiga kiritilgani yoki kiritilmagani haqida ma’lumot berish.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-avgustdagi 512-son qarori.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 25👍 8🔥 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#Bilasizmi
🏥 Jismoniy shaxslarni davlat tibbiyot muassasalariga hisobga qo‘yish tartibidan xabardormisiz?
✅ Arizalar bevosita davlat tibbiyot muassasalari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.
🏛 Vakolatli organlar: Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalari — tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalari, oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar.
💰 Xizmat bepul ko‘rsatiladi.
🧾 Xizmat ko'rsatish natijasi bo'yicha ma'lumotnoma taqdim etiladi.
🌟 Jismoniy shaxs doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tganda, uning xohishiga ko'ra kompozit tarzda davlat tibbiyot muassasalariga hisobga qo‘yiladi.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-sentabrdagi 573-son qarori.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 33👍 10🔥 3
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#Bilasizmi
🏆 Davlat sport-ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarini qabul qilish tartibidan xabardormisiz?
✅ Arizalar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.
🏛 Vakolatli organlar: Sport vazirligi tizimidagi sport ta’lim muassasalari.
💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun yig‘im undirilmaydi.
🗓 Arizalar har yili quyidagi muddatlarda qabul qilinadi:
📌Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari uchun — 20-iyundan 20-iyulgacha;
📌 sport maktablari va ixtisoslashtirilgan sport maktablari uchun — yil davomida;
📌 olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari uchun — 1-iyuldan 31-iyulgacha.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-noyabrdagi 583-son qarori.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 16👍 7🔥 4
Фото недоступнеДивитись в Telegram
❗️DIQQAT, E'LON❗️
📢 Yevropa Ittifoqi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining (BMT TD) “O‘zbekistonda davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish” loyihasi doirasida tuman Davlat xizmatlari markazlari huzuridagi Xotin-qizlar maslahat guruhi eksperti lavozimiga suhbat o‘tkaziladi.NOMZODLAR UCHUN TALABLAR: ✅ Yoshi: 25-55 yosh oralig‘idagi xotin-qizlar; ✅ Ma’lumoti: nomzodlar oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotli (oliy ma’lumot nomzodga ustunlik beradi) ega bo‘lishlari talab etiladi. Axborot texnologiyalari va psixologiya yo‘nalishlari bo‘yicha alohida ko‘nikmalarga (kamida 1 yillik ish tajribaga yoki o‘quv kurslarida qatnashganligini tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lish) ega bo‘lish ustunlik beradi. Ish haqi BMT TD bilan shartnoma asosida belgilanadi. Tanlov o'tkaziladigan hududlar Arizada ko'rsatiladigan ma'lumotlar Xotin-qizlar maslahat guruhi ekspertining asosiy vazifalari Taxminiy savollar ⚠️ Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar bevosita Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vazirligi hamda hududiy adliya boshqarmalariga, shu bilan birga elektron pochta yoki tuman adliya bo‘limlari orqali 2025-yil 10-sentabrgacha murojaat qilishlari mumkin. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 17👍 11🔥 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#Bilasizmi
✈️ Fuqaro havo kemasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma olish tartibidan xabardormisiz?
✅ Arizalar “Litsenziya” AT (license.gov.uz) va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.
👫Ariza beruvchilar toifasi: jismoniy va yuridik shaxslar.
🏛 Vakolatli organ: Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi.
🗓 Arizani ko‘rib chiqish muddati: 10 ish kuni.
⏳Guvohnomaning amal qilish muddati: cheklanmagan.
💰Arizani ko'rib chiqish va guvonoma berish uchun Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarorida belgilangan miqdorlarda yig'imlar undiriladi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 15👍 4🔥 4
Фото недоступнеДивитись в Telegram
2026-yil 1-yanvardan Jismoniy tarbiya-sport tashkilotlarining trener-o'qituvchilari va yo'riqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish proaktiv tarzda amalga oshiriladi.
⚙️ Bu qanday ishlaydi?
1️⃣ Sport tashkilotlari hamda Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti trener-o'qituvchilar va yo'riqchi-uslubchilar haqidagi ma’lumotlarni “ERP sport” elektron tizimiga doimiy kiritib boradi.
2️⃣ Ma’lumotlar to‘liq shakllangandan so‘ng, 1 ish kuni ichida “ERP sport” tizimi orqali trener-o'qituvchi va yo'riqchi-uslubchilarning ko'rsatkichlari baholanadi va malaka toifasi to'g'risida guvohnoma rasmiylashtiriladi.
3️⃣ Bu haqida trener-o'qituvchi va yo'riqchi-uslubchilarga SMS-xabarnoma yuboriladi.
4️⃣ To'lov amalga oshirilganidan so‘ng, "ERP sport" tizimidagi shaxsiy kabinet orqali malaka toifasi guvohnomasini elektron shaklda yuklab olinadi.
💵 Xizmat narxi — BHMning 1 baravari.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 13👍 6🔥 2
📣📣📣
✅Axborot tizimlari bilan bog‘liq uzilishlar kuzatilayotganligi sababli Davlat xizmatlari markazlarida ID karta, xorijga chiqish biometrik pasporti va haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish vaqtincha to‘xtatilganligi maʼlum qilinadi.
Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 8🔥 5👍 4
Фото недоступнеДивитись в Telegram
🏅Endilikda sport hakamlariga malaka toifasini berish xizmati yangi, yana-da qulay shaklda amalga oshiriladi. Endi bu xizmat proaktiv tarzda, ya’ni ariza talab qilinmasdan, avtomatik ravishda ko‘rsatiladi.⚙️ Bu qanday ishlaydi? Sport tashkilotlari hakam haqidagi ma’lumotlarni “ERP sport” elektron tizimiga kiritadi. Bu ma’lumotlar asosida sport hakamlarining natijalari baholanadi va malaka toifasini berish to‘g‘risida elektron guvohnoma shakllantiriladi. 🕒 Ma’lumotlar to‘liq shakllantirilganidan so‘ng 1 ish kuni ichida guvohnoma yaratiladi va bu haqda hakamga SMS orqali avtomatik xabar yuboriladi. To'lov amalga oshirilganidan so‘ng, hakam "ERP sport"tagi shaxsiy kabineti orqali malaka toifasi guvohnomasini elektron shaklda yuklab oladi. 💵 Xizmat narxi — 1 BHM. Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 500-son qarori. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 23👍 10🔥 4
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#Bilasizmi
✈️ Fuqaro havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish uchun sertifikat olish tartibidan xabardormisiz?
✅ Arizalar “Litsenziya” AT (license.gov.uz) va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.
👫Ariza beruvchilar toifasi: yuridik shaxslar.
🏛 Vakolatli organ: Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi.
🗓 Arizani ko‘rib chiqish muddati: 45 ish kuni.
⏳Sertifikatning amal qilish muddati: 3 yil.
💰Arizani ko'rib chiqish va sertifikat berish uchun Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarorida belgilangan miqdorlarda yig'imlar undiriladi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 12👍 6🔥 3
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar
📌Ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati bo‘linmalari tomonidan fuqarolar gavjum bo‘ladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha shartnomaviy-huquqiy asosda davlat xizmatlari ko'rsatiladi.
✅ Arizalar Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.
🏛 Vakolatli organ: ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati bo‘linmalari.
💰Arizani ko'rib chiqish uchun yig'im undirilmaydi.
❗️Eslatma: davlat xizmati 2025-yil 1-sentabrdan boshlab ko'rsatiladi.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyuldagi 477-son qarori.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 25👍 7🔥 7
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar
📌Kambag'al oilalar reyestriga kiritilgan rasmiy band bo'lgan yolg'iz ota va onalarga farzandi uchun maktabgacha ta'lim xizmatidan foydalanish uchun moddiy yordam to'lab beriladi.
✅ Arizalar:
—"Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlari;
— davlat xizmatlari markazlari;
— "Yagona milliy ijtimoiy himoya" axborot tizimi;
— Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.
💰 Moddiy yordam maktabgacha ta'lim tashkilotida tarbiyalanayotgan 3 yoshgacha bo'lgan bola uchun har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 1.5 baravari miqdorida to'lanadi.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-iyuldagi 484-son qarori.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 20👍 8🔥 4
Фото недоступнеДивитись в Telegram
⚡️Litsenziatlar “Litsenziya” axborot tizimida o‘z litsenziya va ruxsatnomalarini to‘xtatib turish uchun onlayn ariza berishlari mumkin🗓 “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonunining 32-moddasiga ko‘ra: litsenziat yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan shaxs litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini olti oygacha muddatga to‘xtatib turish haqida vakolatli organga “Litsenziya” axborot tizimi orqali onlayn ariza bilan murojaat qilish imkoniyati yaratilgan. 🖥Murojaatlar "Litsenziya" axborot tizimidagi (https://license.gov.uz/) litsenziatning shaxsiy kabineti orqali yuboriladi. 📌Ariza yuborilganidan so'ng, Litsenziya yoki ruxsatnomaning amal qilish muddatini olti oygacha bo‘lgan muddatga to'xtatib turish to'g'risida qaror avtomatik shakllantiriladi va arizachiga taqdim etiladi. ❗️Eslatma: agar litsenziat olti oy ichida litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini qayta tiklash to‘g‘risida tizim orqali ariza bilan murojaat etmagan bo‘lsa hujjatning amal qilishi tugatiladi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 17👍 4🔥 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar
📌Davlat xaridlari elektron tizimi operatori faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish davlat xizmati joriy etiladi.✅ Arizalar “Litsenziya” axborot tizimi (license.gov.uz) va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi. 🏛 Vakolatli organ: Iqtisodiyot va moliya vazirligi. 💰 Davlat xizmatini ko'rsatganlik uchun yig'im undirilmaydi. ⏰ Arizani ko'rib chiqish muddati: 20 ish kuni. Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyuldagi 476-son qarori. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 14👍 4🔥 3
✅Adliya vazirligi aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar sohasida ISO xalqaro sertifikatlarini qo'lga kiritdi.
✅Adliya vazirligiga O‘zbekistonning davlat organlari ichida birinchi bo‘lib ESG standartlari - ekologik boshqaruv va ijtimoiy masʼuliyatga oid xalqaro sertifikatlar topshirildi.
❗️Bu sertifikatlar nimasi bilan ahamiyatli? ▪️ISO 14001 sertifikati atrof-muhitga salbiy taʼsirlarni kamaytirish va muhofaza qilish boʻyicha samarali boshqaruvni yoʻlga qoʻyish imkonini beradi. Standart chiqindilarning kamayishiga, energiya va suvdan samarali foydalanishga yordam beradi. ▪️ISO 26000 — tashkilotlarga oʻz faoliyatlarini ijtimoiy masʼuliyat bilan olib borishga yo‘naltirilgan. Bu standart inson huquqlarini hurmat qilish va ularni kamsitmaslik, shaffoflik, odob-axloq qoidalari, qonunlarga rioya qilish va xizmatlar sifati kabi asosiy tamoyillarni belgilaydi. ▪️ISO 45001 sertifikati xodimlarning sog'lom va xavfsiz muhitda ishlashi uchun mehnat muhofazasini doimiy yaxshilashga qaratilgan standartdir. Ushbu standart tashkilotga xodimlarning kasalliklari va baxtsiz hodisalar xavfini kamaytirishga yordam beradi.🔸Ushbu xalqaro sertifikatlar Chilonzor tumani Davlat xizmatlari markazi misolida berilgan bo‘lsa-da, bevosita sertifikat talablarini bajarish asnosida respublikamizning eng olis, chekka hududlarigacha davlat xizmatlari ko‘rsatishning yagona standartini joriy etish imkoniyatini taqdim etadi. 🔹Sertifikat talablari aynan amaliy, natijador chora-tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutadi. Bu esa pirovard maqsadimiz bo‘lgan mamlakatimizda fuqaroga yo‘naltirilgan davlat xizmatlari tizimini yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etadi. 🔸Qolaversa, ushbu sertifikat mamlakatimizning xalqaro maydondagi imiji va reytinglariga ham taʼsir o‘tkazadi, aholi va hamkor tashkilotlarning mazkur sohaga bo‘lgan ishonchini oshiradi.
❗️Ma'lumot o'rnida, Adliya vazirligi hozirgi kunda 6 ta ISO xalqaro sertifikatlariga ega bo'ldi.Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 21👍 6🔥 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#muddatlar
Talabalar diqqatiga!
✅ Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza berish 1-avgustdan boshlanadi.
🌐 Arizalar Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.
🏛 Vakolatli organ: oliy ta'lim muassasasi.
📄 Davlat xizmati ko'rsatish natijasi bo'yicha yo'llanma taqdim etiladi.
🔹 Yo‘llanma talabalar turar joyida o‘rinlar bo‘shagan kuni dastlab imtiyozli ro‘yxat, so‘ng umumiy ro‘yxatdagi navbat bo‘yicha shakllantiriladi.
📝 Talabani talabalar turar joyiga joylashtirish oliy ta’lim muassasasi va ariza beruvchi o‘rtasida shartnoma tuzish orqali rasmiylashtiriladi.
⏳ Yo‘llanma shakllangandan so‘ng 10 ish kunida shartnoma tuzilmasa yoki talabalar turar joyi uchun dastlabki oylik to‘lov amalga oshirilmasa, yo‘llanma bekor qilinadi.
🌟 Foydali ma'lumotlarni yaqinlaringiz bilan ulashing va bizni kuzatishda davom eting!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 12👍 6🔥 3
