2025 рік у цифрах

56 112
Підписники
Немає даних24 години
+2227 днів
+1 35330 день
Архів дописів
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#Bilasizmi
❓Mobil-ID tizimida identifikatsiyadan o‘tish tartibidan xabardormisiz?
✅ Mobil-ID mobil qurilmalar orqali shaxsni identifikatsiya qilish tizimi hisoblanadi.
1️⃣ Mobil-ID tizimida identifikatsiyadan o‘tish uchun davlat xizmatlari markazlari yoki notarial idoralarga tashrif buyurishingiz lozim.
2️⃣ Davlat xizmatlari markazi operatori yoki notariusga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etasiz va mobil raqamingizni ma'lum qilasiz.
3️⃣ Yuzingiz raqamli formatda rasmga tushiriladi va elektron shaklda qo‘l barmog‘ingiz izi olinadi.
4️⃣ Ma'lumotlaringiz OneID tizimi orqali tekshiriladi va Mobil-ID tizimiga yuboriladi.
5️⃣ Telefon raqamingizga tasdiqlovchi kod yuboriladi va kod tizimga kiritiladi.
6️⃣ Xizmat ko'rsatganlik uchun BHM 2 foizi miqdorida yig'im undiriladi.
7️⃣ To'lov amalga oshirilgach, telefon raqamingiz Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabinetingizga bog‘lanadi.
📱 YIDXPning mobil ilovasi orqali Mobil-ID tizimida bepul identifikatsiyadan o‘tishingiz mumkin.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-avgustdagi 479-son qarori.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 21👍 4🔥 2
📢 Turar-joyingizni ro‘yxatdan o‘tkazish endi yanada oson!Endi “Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish” va “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish” xizmatlaridan birgina ariza orqali bir vaqtning o‘zida foydalanishingiz mumkin. 📲 Buning uchun my.gov.uz orqali “Turar-joy obyektining kadastr pasportini shakllantirish va unga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish” xizmatidan foydalaning. ✅ Ikki xizmat – bitta ariza; ✅ Hujjatlarni ortiqcha yuritish yo‘q; ✅ Navbatsiz va tezkor rasmiylashtirish. 🔗 Xizmat havolasi Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 17👍 7🔥 3
✅Adliya vazirligi huzuridagi Apellyatsiya kengashining dastlabki majlisi bo‘lib o‘tdi.
🔸O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi PQ–188-son qarori bilan Adliya vazirligi va Toshkent shahar adliya boshqarmasi huzurida davlat xizmatlarini ko‘rsatishdagi ma’muriy hujjatlar bo‘yicha nizolarni sudgacha ko‘rib chiquvchi Apellyatsiya kengashlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
🔹Unga ko‘ra, eksperiment tariqasida 25 turdagi davlat xizmatlari bo‘yicha qabul qilingan ma’muriy hujjatlarning qonuniyligi Apellyatsiya kengashlari tomonidan kollegial ravishda hamda haq undirilmasdan ko‘rib chiqilishi belgilangan.
🔸Shu asosda, joriy yilning 29-iyul kuni Adliya vazirligi huzuridagi Apellyatsiya kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda manfaatdor shaxslarning davlat xizmatlariga oid shikoyatlari ko‘rib chiqilib, natijasi yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
🔹Shu bilan birga, davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi ma’muriy organlarga yagona va izchil huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
🔸Ushbu xizmatdan foydalanish uchun quyidagi havola orqali yoki davlat xizmatlari markazlari orqali shikoyat berishingiz mumkin.
❗️Eslatma: Apellyatsiya kengashlariga shikoyatlarni berish 2026-yil 1-iyulga qadar davom etadi.Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 19👍 5🔥 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#Bilasizmi
⚽️O‘qishni bir futbol akademiyasidan boshqasiga ko‘chirish tartibidan xabardormisiz?
✅ Arizalar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.
🏛 Vakolatli organ: O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi futbol akademiyalari.
💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun yig‘im undirilmaydi.
⏰ Arizani ko'rib chiqish muddati: 3 ish kuni
🗓 Ariza beruvchi o‘z xohishiga ko‘ra o‘quv yili davomida yoki o‘quv yili tugaganidan so‘ng o‘qishini ko‘chirishi mumkin.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-noyabrdagi 583-son qarori.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 21👍 8🔥 3
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#Bilasizmi
💊 Dori vositalari va biologik faol qo‘shimchalarni teleradiokanallar orqali reklama qilish uchun xulosa olish kerakligidan xabardormisiz?
✅ Arizalar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.
🏛 Vakolatli organ: Sog‘liqni saqlash vazirligi.
💰 Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun yig'im undirilmaydi.
⏰ Arizani ko'rib chiqish muddati: 5 ish kuni.
⏳ Xulosaning amal qilish muddati: cheklanmagan.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-martdagi 169-son qarori.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 18👍 5🔥 3
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar
Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi rasmiy davlat hujjatlari dublikatini olish yanada oson!✅ Endilikda dublikat olish uchun arizalar nafaqat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz), balki Davlat xizmatlari markazlari orqali ham qabul qilinadi. 🏛 Vakolatli organ: tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari. ⏱️ Arizalar 5 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi. 💰 Xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul. 📑 Xizmat natijasi bo‘yicha QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan dublikat taqdim etiladi. 🌟 Foydali ma'lumotlarni yaqinlaringiz bilan ulashing va bizni kuzatishda davom eting! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 17👍 9🔥 3
01:56
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#Adliyadan_qulaylik
Davlat xizmatidan foydalanish uchun davlat tashkilotlariga yoki davlat xizmatlari markazlariga borish shart emas!
Bugungi kunda davlat xizmatlaridan foydalanish uchun YIDXP (my.gov.uz) yoki uning mobil ilovasi orqali masofadan turib arizalar yuborish mumkin. Navbat kutmaysiz!
Mobil ilova orqali davlat xizmatlaridan foydalanish tartibi bilan yuqoridagi video yo‘riqnoma orqali tanishing:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
T 6 TELEFON FORMAT NEWWW.mp412.11 MB
❤ 21👍 7🔥 3
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#yangi_xizmat
🚕 Nogironligi bo‘lgan bolalarning maktabga qatnash xarajatlari endi davlat hisobidan qoplanadi!Ko‘rish va harakatlanish bo‘yicha cheklovlarga ega bolalarning ixtisoslashtirilgan maktablar, internatlar, inklyuziv sinflar va reabilitatsiya markazlariga borib-kelish transport xarajatlari subsidiya asosida qoplab beriladi. 📱 Buning uchun ota-ona yoki qonuniy vakil my.gov.uz orqali Subsidiya olish uchun ariza yuboradi. ⏱️ Ariza 30 daqiqa ichida ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. 💰 Qoplanadigan xarajat miqdori: 🔹 Ijtimoiy himoya reyestrida bo‘lsa — har bir qatnov to‘lovining 100% (oyiga BHMning 1.2 baravaridan oshmagan holda) 🔹 Reyestrda bo‘lmasa — har bir qatnov to‘lovining 60% (oyiga BHMning 1.2 baravaridan oshmagan holda) 📌 Eslatma: Subsidiya ijtimoiy ahamiyatga ega transport xizmatini ko‘rsatuvchi tashkilotlar xizmatlaridan foydalanish uchun ajratiladi. 🚌 Yo‘lovchi tashish xizmatini ko‘rsatadigan tashkilotlar ushbu dasturda ishtirok etish uchun “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga murojaat qilishlari mumkin. Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi 132-son qarori. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 16👍 5🔥 3
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#Bilasizmi
❓O‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan ayrim shaxslarga qarab turishning haqiqiy holatini tekshirish dalolatnomasini rasmiylashtirish tartibidan xabardormisiz?
💠 Parvarishga muhtoj shaxslar — I guruh nogironligi bo‘lgan shaxs yoki 18 yoshgacha bo‘lgan nogironligi bor bola, shuningdek, o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan 80 yoshga to‘lgan qariyalar.
✅ Arizalar Davlat xizmatlari markazlari, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.
🏛 Vakolatli organ: Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi
💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun yig'im undirilmaydi.
⏰ Arizani ko'rib chiqish muddati: 5 ish kuni
⏳ Dalolatnoma 12 oy muddatga rasmiylashtiriladi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 318-son qarori.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 10👍 6🔥 3
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar
📢 Import qilingan qishloq xo‘jaligi texnikalarini sotish bilan shug‘ullanuvchi rasmiy dilerlar reyestri yuritiladi!👨💻 Reyestrga kirish uchun murojaatlar “Uzagroin.uz” axborot tizimi orqali elektron shaklda qabul qilinadi. ✅ O‘zbekiston hududida import qilingan qishloq xo‘jaligi texnikalarini sotish bo‘yicha xorijiy ishlab chiqaruvchi bilan tegishli dilerlik kelishuviga ega bo‘lgan yuridik shaxslar xizmatdan foydalanishlari mumkin. 🏛 Vakolatli organ: Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi. ⏳ Arizalar 5 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi. 📆 Rasmiy diler reyestrga 1 yil muddatga kiritiladi. 💰Rasmiy dilerlar reyestriga kiritish ixtiyoriy ravishda bepul amalga oshiriladi. Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-iyuldagi 421-son qarori. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 9👍 4🔥 2
01:07
Відео недоступнеДивитись в Telegram
FHDY organlari tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlardan onlayn foydalaning!
Tug'ilganlik haqidagi guvohnomani my.gov.uz portali orqali onlayn olish mumkinligini bilarmidingiz?
Tug'ilganlik haqida guvohnomani onlayn olish tartibi va uning qulayliklari bilan quyidagi videolavhada tanishing:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
IMG_3857.MP413.03 MB
❤ 13👍 4🔥 4
#Adliya_xabari
Olis va chekka hududlarda sayyor xizmatlar
Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan Kitob tumanidagi “Qaynar” mahallasi aholisi bilan uchrashuv tashkil etilib, jarayonda aholiga sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi.
Tadbir jarayonida, Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan aholini, ayniqsa yoshlarni davlat xizmatlaridan masofadan turib Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali foydalanishlarini targ'ib etish maqsadida, Mobil-ID tizimidan ro'yxatdan o'tkazilib, onlayn tarzda davlat xizmatlaridan foydalanishlari tashkil etildi.
Shuningdek, DXM xodimlari tomonidan mahalla binosida joylashgan Interaktiv kiosk orqali mahalladan turib 64 turdagi davlat xizmatlaridan amalda foydalantirilib, buning afzalliklari haqida tushuntirish ishlari amalga oshirildi.
Kelgusida mahalladagi 1500 nafardan ortiq yoshlarni onlayn davlat xizmatlaridan va interaktiv kiosk orqali foydalanishlarini ta'minlash bo'yicha yoshlar yetakchisiga yo'nalishlari berilib malakasi oshirildi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 15👍 6🔥 2
01:56
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#Adliyadan_qulaylik
Davlat xizmatidan foydalanish uchun davlat tashkilotlariga yoki davlat xizmatlari markazlariga borish shart emas!
Bugungi kunda davlat xizmatlaridan foydalanish uchun YIDXP (my.gov.uz) yoki uning mobil ilovasi orqali masofadan turib arizalar yuborish mumkin. Navbat kutmaysiz!
Mobil ilova orqali davlat xizmatlaridan foydalanish tartibi bilan yuqoridagi video yo‘riqnoma orqali tanishing:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
T 6 TELEFON FORMAT NEWWW.mp412.11 MB
❤ 13👍 5🔥 3
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar
⁉️ O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elda ta’lim olgan farzandlarini davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish tartibidan xabardormisiz?✅ Arizalar Davlat xizmatlari markazlari, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining elektron xizmatlari portali orqali qabul qilinadi. 📑 Arizaga o‘quvchining chet elda ta’lim olganini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi. 🏛 Xizmat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari tomonidan ko‘rsatiladi. ⏱️ Arizalar 3 ish kunida ko'rib chiqiladi.
Eslatma: murojaatlar har yili 1-avgustdan 25-mayga qadar qabul qilinadi.Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-son qarori. ✨ Bizni kuzatishda davom eting! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 15👍 4🔥 3
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#Bilasizmi
❓Ko‘p kvartirali uyni boshqarish organini elektron reyestrda ro‘yxatdan o‘tkazish va ko‘p kvartirali uyni boshqarish organiga biriktirish tartibidan xabardormisiz?
✅ Arizalar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.
🏛 Vakolatli organ: Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi.
💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig'im miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi.
⏰ Arizani ko'rib chiqish muddati: 8 ish kuni
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 853-son qarori.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 11👍 3🔥 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#Bilasizmi
❓Nodavlat notijorat tashkilotlarining chet el fuqarolari bo‘lgan xodimlarini, shuningdek ularning qaramog‘idagi oila a’zolarini akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibidan xabardormisiz?
💠 NNT chet el fuqarolari bo‘lgan xodimlarining ota-onasi, eri/xotini, ular bilan birga yashaydigan bolalari ularning qaramog‘idagi oila a’zolari hisoblanadilar.
✅ Arizalar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.
🏛 Vakolatli organ: Adliya vazirligi.
💰 Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan davlat boji miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari.
⏰ Arizani ko'rib chiqish muddati: 1 oy.
📋 Xizmat natijasi bo‘yicha akkreditatsiya kartochkasi taqdim etiladi.
⏳ Chet el fuqarolarini akkreditatsiyadan o‘tkazish ko‘pi bilan 12 oy muddatga amalga oshiriladi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-son qarori.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 14👍 5🔥 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#bilasizmi
🎙 Konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash tartibidan xabardormisiz?
💻 Murojaatlar “Litsenziya” axborot tizimi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi.
👫 Ariza beruvchilar toifasi: ijrochilar - jismoniy shaxslar va ijodiy jamoalar - yuridik shaxslar.
🏢 Litsenziyalovchi organ: Madaniyat vazirligi huzuridagi “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi.
⏱️ Arizalarni ko'rib chiqish muddati: 10 ish kuni.
💵 Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: BHMning 2 baravari.
💰Litsenziya berilganligi uchun undiriladigan davlat boji miqdori:
I reyting guruhi ijrochilari — BHMning 20 baravari;
II reyting guruhi ijrochilari — BHMning 10 baravari;
III reyting guruhi ijrochilari — BHMning 3 baravari.
⌛️Litsenziyaning amal qilish muddati: cheklanmagan.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori.
🌐 Raqamli davlat xizmatlari Sizning qulayligingiz uchun!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 16👍 2🔥 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
📢 Davlat xizmatlarini ko'rsatish natijasidan norozi bo‘ldingizmi? Endi sudgacha yetmasdan onlayn tarzda shikoyat qilish mumkin!📲 My.gov.uz’da yangi xizmat ishga tushdi: 👉 Davlat xizmati bo‘yicha shikoyat yuborish ⚖️ Shikoyatlaringiz Adliya vazirligi va Toshkent shahar adliya boshqarmasi huzuridagi Apellyatsiya kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi. ⏱️ Ko‘rib chiqish muddati: 15 kun ichida, zarurat tug‘ilsa – 1 oygacha uzaytiriladi. 💸 Xizmat bepul! 📍 Eslatma: Hozircha ushbu xizmat faqat Toshkent shahrida huquqiy eksperiment tariqasida joriy qilingan. Tajriba muvaffaqiyatli o‘tsa, butun respublika bo‘ylab kengaytiriladi. 📌 Batafsil tartib va xizmatlar ro‘yxati bilan shu yerda tanishing (Prezident qarori PQ–188, 19.05.2025). ✅ Davlat xizmatlaridan foydalanganda haqlaringiz buzilmasligi uchun endi zamonaviy va samarali vosita mavjud – foydalaning va adolatni o‘z vaqtida tiklang! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 15👍 5🔥 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#Bilasizmi
✈️Parvozlar xavfsizligiga xavf solishi mumkin bo‘lgan faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnoma olish tartibidan xabardormisiz?
✅ Arizalar “Litsenziya” AT va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.
👫Ariza beruvchilar toifasi: yuridik va jismoniy shaxslar (yakka tartibdagi tadbirkor).
🏛Vakolatli organ: Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi.
💰Har bir obyektga ruxsatnoma berish uchun undiriladigan yig'im miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 23 baravari.
📆 Arizani ko‘rib chiqish muddati: 15 kun.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 18👍 5🔥 3
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#Adliya_sarhisob
Davlat xizmatlari markazlarida qachon navbat kam bo'ladi?
*Dinamik ko'rsatkichlar (foiz, barobar) 2024-yilning I yarim yilligiga nisbatanTelegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤ 5👍 5🔥 4
