uk
Feedback
Davlat xizmatlari yangiliklari

Davlat xizmatlari yangiliklari

Відкрити в Telegram
2025 рік у цифрахsnowflakes fon
card fon
56 112
Підписники
Немає даних24 години
+2227 днів
+1 35330 день
Архів дописів
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#Muhim_eslatma Fuqarolarga davlat xizmatlari markazlari, “Litsenziya” axborot tizimi va YIDXP (my.gov.uz) orqali ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatidan uch ish kunidan ortiq vaqtga kechiktirilgan taqdirda, ariza beruvchilarning murojaatlariga asosan, xizmatdan foydalanish uchun to‘langan davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa har qanday to‘lovlarning 50 foizi ularga bir ish kunida qaytariladi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Показати все...
👍 10 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#Bilasizmi ❓Turoperatorlarning xalqaro turizm yarmarkasi va ko‘rgazmalaridagi pavilon ijarasi xarajatlarini qoplab berish tartibidan xabardormisiz? ✅ Davlat xizmatidan foydalanish turoperatorlar - Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qiladilar. 🏛 Vakolatli organ: Turizm qo‘mitasi huzuridagi “Milliy PR-markazi” davlat unitar korxonasi. 💰 Xizmat bepul korsatiladi. ⏰ Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: 22 ish kuni. 💸 Turizm yarmarkalaridagi pavilon ijarasi xarajatining 50 foizi qoplab beriladi. ❗️Xizmat faoliyat boshlaganiga 3 yildan ko‘p bo‘lmagan turoperatorga tatbiq etiladi. Asos: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 918-son qarori. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Показати все...
👍 12 5
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#Yangi_xizmat
"Work and travel" dasturlarida ishtirok etuvchi talabalarning xorijiy davlatlarga borishi va kelishi bilan bog'liq xarajatlar uchun ssuda ajratiladi.
✅ Davlat xizmatidan foydalanish uchun ariza beruvchilar - Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qiladilar. 🏛 Vakolatli organ: O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi. 💰 Xizmat bepul ko'rsatiladi. 💸 Ssuda miqdori: BHMning 40 baravari. 🔹Ssuda har yili 2000 nafargacha talabalarga ajratiladi. Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 290-son qarori. Telegram | Facebook | Bot
Показати все...
👍 28 6🔥 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Davlat xizmatlarini uyingizga tashrif buyurgan holda ko'rsatamiz!
1️⃣ Buning uchun Adliya vazirligining “Call-markazi” (1148) yoki rasmiy veb-sayti orqali murojaat qiling. 2️⃣ Belgilangan shakldagi so‘rovnoma to‘ldirilib, to‘lovni amalga oshirganingizdan so'ng, arizangiz DXMga yuboriladi. 3️⃣ DXM xodimi siz bilan bog'lanib, uyingizga tashrif buyurgan holda davlat xizmatini ko‘rsatadi. 💰Xizmat ko‘rsatilganlik uchun to‘lov miqdori: BHMning 30-50 foizi. Quyidagi shaxslardan joyga chiqqan holda davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun to‘lov undirilmaydi: 🔹o‘zgalar yordamiga muhtoj qariyalar; 🔹sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra mustaqil harakatlanish imkoniyati cheklangan; 🔹I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar ❗️ Ushbu xizmat qonunchilikda belgilangan ayrim davlat xizmatlarini ko‘rsatishga nisbatan tatbiq etilmaydi. 🌟 Unutmang, biz sizning qulayligingiz uchun ishlaymiz! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Показати все...
👍 21 5🔥 1
Bino (inshoot) va xonalarning yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa berish tartibidan xabardormisiz? Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP)da ro‘yxatdan o‘tadi. 🏢Xulosani berishga vakolatli organ(lar): Favqulodda vaziyatlar vazirligining davlat yong‘in nazorati organlari. 💰Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: BHMning 10 foizi. 💰Xulosa berganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori: Yig‘im undirilmaydi. 🗓Xulosa berish bo‘yicha arizalarni ko‘rib chiqish muddati: 10 ish kuni. Xulosaning amal qilish muddati cheklanmagan. Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-martdagi 169-son qarori. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Показати все...
👍 21 4🔥 3
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#qulaylik ⚡️Noturar ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni ro'yxatdan o'tkazish yanada oson! ✅ Endilikda noturar ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishga oid shartnomalarni rasmiylashtirish, unga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha xizmatlarni kompozit tarzda ko'rsatamiz: 1️⃣ Ariza beruvchilar xizmatdan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga murojaat qiladilar; 2️⃣ Markaz ariza beruvchilarning shaxsini aniqlaydi va shartnoma ular tomonidan shaxsan imzolanganligini tasdiqlaydi hamda shartnomani Davlat kadastrlari palatasiga yuboradi; 3️⃣ Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalari ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va davlat reyestridan ko‘chirmani Markazga yuboradi; 4️⃣ Markaz ko‘chirma kelib tushgandan so‘ng uni ariza beruvchilarning elektron manziliga yuboradi. Asos: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-noyabrdagi 795-son qarori.Unutmang, biz sizning qulayligingiz uchun ishlaymiz! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Показати все...
👍 15 6🔥 1
01:08
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#Adliya_davlat_xizmatlari 📚Biometrik pasportni ID kartaga almashtirish uchun ariza yuborish tartibidan xabardormisiz? Batafsil videorolikda.... Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Показати все...
IMG_0794.MP45.88 MB
👍 5 2
#Bilasizmi
Bino (inshoot) va xonalarning yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa olish tartibidan xabardormisiz?
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP)da ro‘yxatdan o‘tadi. 🏢Xulosani berishga vakolatli organ(lar): Favqulodda vaziyatlar vazirligining davlat yong‘in nazorati organlari. 💰 Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: BHMning 10 foizi. 💵 Xulosa berganlik uchun yig'im undirilmaydi. 📆 Arizalarni ko‘rib chiqish muddati: 10 ish kuni. Xulosaning amal qilish muddati: cheklanmagan. Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-martdagi 169-son qarori. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Показати все...
👍 15 6
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Davlat xizmatlarining asosiy tamoyillaridan biri – ochiqlik va qulaylik. Shu bois Davlat xizmatlari markazlari zamonaviy arxitektura talablariga mos ravishda tashkil etilib, fuqarolar uchun eng qulay sharoitlar yaratilgan. Har bir fuqaro o‘ziga kerakli davlat xizmatlarini olish uchun ushbu markazlarga bemalol tashrif buyurishi va tezkor hamda sifatli xizmatlardan foydalanishi mumkin. ✅ Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Показати все...
👍 8🔥 3 1
#Bilasizmi Yovvoyi hayvonlarni ovlash uchun ruxsatnoma olish tartibidan xabardormisiz? Talabgor ruxsatnoma olish uchun “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali ariza yuboradi. 🏢Vakolatli organ: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi. 🗓Arizani ko‘rib chiqish muddati: 15 ish kuni. Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Показати все...
👍 10
#Bilasizmi Yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ilash faoliyatiga ruxsatnoma olish tartibidan xabardormisiz? Talabgor ruxsatnoma olish uchun “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali ariza yuboradi. 🏢Vakolatli organ: O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Yer qa’ridan foydalanish markazi. 💰Arizani ko‘rib chiqish uchun BHMning 10 baravari miqdorida yig‘im undiriladi 🗓Arizani ko‘rib chiqish muddati: 8 ish kuni. ⏳Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati: 5 yil. Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Показати все...
👍 9 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Davlat xizmatini ko‘rsatishda eng muhimi – professionallik.
✅ Davlat xizmatlari markazlari xodimlari tezkor va sifatli davlat xizmatlarini ko‘rsatishadi. 🔹Ular o'z ishlarini bilishadi, hujjatlar bilan e'tiborli va aniq ishlashadi, shuningdek mijozlarga bajonidil maslahatlar berishadi. 🌟 Bir markaz, bir nuqtada biz sizga xizmat ko'rsatamiz! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Показати все...
👍 30🔥 3 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
❗️ “Bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga“ aksiyasi start olmoqda! ✅ Adliya vazirligi tomonidan may oyi davomida “Bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga“ aksiyasi o‘tkaziladi. ⏳ Aksiya 2025 yil may oyida bo‘lib o‘tadi. 🔰 Aksiya doirasida: 📖 uyma-uy bepul huquqiy yordam ko‘rsatiladi; 👥 sayyor qabullar tashkil etiladi; ❗️ sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatiladi; 👉 "Huquqiy viktorina" o‘tkaziladi; 🎧 audiopodkastlar tayyorlanadi. 🟰 Bu imkoniyatdan foydalaning va o‘z huquqiy bilimlaringizni boyiting! 📢 Aziz fuqarolar! Sizni ushbu aksiyada faol ishtirok etishga, huquqiy savodxonligingizni oshirish imkoniyatidan unumli foydalanishga chorlaymiz! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Показати все...
👍 17 3
📣Oliy Majlis Senatining oltinchi yalpi majlisida “Aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun ko‘rib chiqildi. 🔹Mazkur Qonunga asosan pensiya olish yoshiga to‘lgan (erkaklar 60 yosh, ayollar 55 yosh) fuqarolarga yoshga doir pensiyani ularning alohida murojaatini talab etmagan holda proaktiv shaklda tayinlash tartibi belgilanmoqda. 🔹Mazkur tartib amaliyotga tatbiq etilishi natijasida fuqarolardan pensiya tayinlash uchun Pensiya jamg‘armasi yoki Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilish talab etilmaydi. 🔹Pensiya yoshiga yetgan fuqarolarga pensiya tayinlash haqida qaror qabul qilinganida ularning telefon raqamlariga pensiya tayinlanganligi va uning miqdori to‘g‘risida sms xabar yuboriladi. 🔹Ushbu Qonunning qabul qilinishi pensiya taʼminoti bo‘yicha ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari sifatini oshirishga hamda ortiqcha byurokratik to‘siqlar bartaraf etilishiga xizmat qiladi. ✅Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Показати все...
👍 29 7🔥 3
00:48
Відео недоступнеДивитись в Telegram
📣“Oson xizmat” 📹Davlat xizmatlari markazlarida aholiga yaratib berilgan imkoniyatlar, xizmat koʻrsatish sifati, qulayliklar haqida videorolik Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Показати все...
IMG_8995.MOV69.56 MB
👍 12 1🔥 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
📣Unitar korxona (davlat unitar korxonasi) va qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat rahbarlari diqqatiga! 👇🏻Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi "Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" PQ-415 son qaroriga asosan: 🔹unitar korxona (davlat unitar korxonasi) yoki qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat tashkiliy-huquqiy shaklida yuridik shaxs tashkil etishga yoʻl qoʻyilmasligi; 🔹faoliyat yuritayotgan unitar korxona va qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat tashkiliy-huquqiy shaklidagi yuridik shaxslarning tashkiliy-huquqiy shaklini boshqa turdagi tashkiliy-huquqiy shakli oʻzgartirilishi belgilangan.
❗️Shu munosabat bilan, unitar korxonani yoki qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatning tashkiliy-huquqiy shaklini oʻzgartirish choralarini koʻrishingiz soʻraladi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Показати все...
👍 16 1🔥 1
01:49
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#Adliya_hudud Navbahorlik yosh nikohlanuvchilar “Farovon oila” markazida o'qiydilar 🔹Navbahor tumani FHDY bo‘limida tashkil etrilgan “Farovon oila” markazida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova, Adliya vaziri o‘rinbosari Nuʼmon Muxammadiyevlar tadbir jarayonida FHDY xodimlari va hamkor tashkilot vakillari tomonidan oila qurish arafasidagi maxsus kurslarda o'qitilgan yoshlarga sertifikatlar topshirdilar. 👆Batafsil videoda Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Показати все...
навба=ор закс.mp49.16 MB
👍 16 7🔥 3
❗️Turagentlik faoliyati uchun litsenziya bekor qilinadi. 📣Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi qabul qilindi. ❌Ushbu Qonun bilan 13 turdagi litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilinmoqda. ✅3 turdagi litsenziya xabarnoma shakliga o‘tkazilmoqda. ✅Jumladan, endilikda Turagentlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olish tartibi bekor qilinib, uning o‘rniga Turagentlik faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma yuborish tartibi joriy etiladi. 🔹Qonun loyihasining qabul qilinishi litsenziya va ruxsat berish sohasidagi byurokratik holatlarni bartaraf etishga xizmat qiladi. ☝🏻Mazkur Qonun loyihasi Senat tomonidan maʼqullanib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangach va qonunda belgilangan tartibda rasmiy manbalarda eʼlon qilingach, yuridik kuchga ega bo‘ladi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Показати все...
👍 10🔥 5 4
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#qulaylik
🕌 Nomoddiy madaniy meros namunalarini Nomoddiy madaniy meros namunalarining milliy va mahalliy ro'yxatlariga kiritish yoki chiqarish bilan bog'liq xizmatlardan foydalanish yanada oson!
✅ Endilikda davlat xizmatidan foydalanish uchun arizalar istalgan Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi. 🏢 Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti nomoddiy madaniy meros obyektlarining ro‘yxatini yurituvchi vakolatli organ hisoblanadi. Nomoddiy madaniy meros namunalarini: 📗 mahalliy ro'yxatlarga kiritish (chiqarish) bo'yicha buyruq hududiy ekspertlar guruhi; 📘 milliy ro'yxatlarga kiritish (chiqarish) bo'yicha xulosa vakolatli organ huzuridagi ilmiy-metodik kengash tomonidan beriladi. ❗️Eslatma: nomoddiy madaniy meros namunalari milliy ro'yxatga kiritilishidan oldin tegishli mahalliy ro'yxatga kiritilishi lozim.
Nomoddiy madaniy meros namunalari - tarixiy, ilmiy, badiiy yoki o'zgacha madaniy qimmatga ega bo'lgan, urf-odatlar, xalq ijodiyoti, badiiy hunarmandchilik va amaliy san'at bilan bog'liq bilimlar, artefaktlar va madaniy makonlar.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-apreldagi 256-son qarori. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Показати все...
👍 19 4🔥 3
03:37
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#Bir_murojaat_izidan 📹"Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" aksiyasi doirasida Qiziltepa tumanida amalga oshirilgan ishlar tafsiloti Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Показати все...
BIR MUROJAAT.mp418.35 MB
👍 15 3🔥 1