2025 рік у цифрах

56 112
Підписники
Немає даних24 години
+2227 днів
+1 35330 день
Архів дописів
Faoliyatimizni qanday baholaysizAnonymous voting
- A'lo 👍🏻
- Yaxshi👌🏻
- Qoniqarli🙁
- Qoniqarsiz👎🏻
👍 14
Kuniga nechta post joylashtirishimizni xohlaysizAnonymous voting
- 1-2 ta
- 3-4 ta
- 5-6 ta
- 6 tadan ko'p
👍 24❤ 1
Kanalni nima maqsadda kuzatasiz?Anonymous voting
- Davlat xizmatlari sohasidagi qonunchilikdan xabardor bo'lish maqsadida
- Adliya organlari tomonidan o'tkazilayotgan tadbirlardan xabardor bo'lish maqsadida
- Yangi xizmatlar joriy etilganidan xabardor bo'lish maqsadida
- Davlat xizmatlari markazlari bilan bog'liq e'lonlardan xabardor bo'lish maqsadida
👍 32❤ 1🔥 1
Huquqiy ma'lumotlarni qaysi vaqtda olish Sizga ma'qulAnonymous voting
- Soat 09:00 dan 18:00 gacha
- Soat 09:00 dan 13:00 gacha
- Soat 14:00 dan 18:00 gacha
- Soat 18:00 dan keyin
👍 19
Huquqiy ma’lumotlarni qanday ko‘rinishda olishni xohlaysiz?Anonymous voting
- matn shaklida
- Infografika shaklida
- Video shaklida
- Audio shaklida
👍 21
Hurmatli kanalimiz obunachilari
Kanalimizda Sizga kerakli huquqiy ma’lumotlarni Siz istagan vaqtda va shaklda yetkazish maqsadida so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.
Mazkur so‘rovnomada faol ishtirok etishga chaqiramiz.
📌 Kanalga ulanish
👍 4
02:08
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#Ziyo_ulash
“Ziyo ulash” aksiyasi kengaymoqda, uni jamoat arboblari qo‘llab-quvvatlamoqda
Adliya vazirligi tashabbusi bilan boshlangan “Ziyo ulash” aksiyasini qo‘llab-quvvatlayotgan, sevimli kitoblari bilan o‘rtoqlashib, jamiyatni kitob o‘qishga ruhlantiruvchi taniqli shaxslar soni tobora ko‘paymoqda.
Ishtirokchilar orasida olimlar, tadbirkorlar, taniqli davlat, madaniyat arboblari va sportchilar bor bo‘lib, ular o‘z shaxsiy kutubxonalaridan kitoblarni taqdim etmoqda hamda kitoblar ularning hayotiga qanday ta’sir ko‘rsatganini so‘zlab bermoqda.
Aksiya nafaqat kitob almashuviga yordam beradi, balki kitobxonlar jamoasini ham shakllantirib bormoqda. Loyiha O‘zbekistonning barcha hududlarini qamrab olgan va ishtirokchilar soni kundan-kunga ortib bormoqda.
Mutolaa — bilim, taraqqiyot va yangi imkoniyatlar sari yo‘ldir. “Ziyo ulash” aksiyasi har bir kishiga bu jarayonga o‘z hissasini qo‘shish imkonini beradi.Tashabbusga qoʻshilmoqchimisiz? Yagona sharti: oʻqib boʻlgach, boshqaga bering. Kitoblaringizni eng yaqin davlat xizmatlari markaziga topshiring. Ehtimol, aynan sizning kitobingiz kimnidir yangi yutuqlarga ilhomlantirishi mumkin. Kitob ulashing — ziyo koʻpayadi. 📌 Kanalga ulanish
IMG_3259.MP425.12 MB
👍 13🔥 3
#qonunchilikdagi_yangiliklar
Korporativ munosabatlarda byurokratiyaning oldi olinadi
Qonun (O‘RQ-1025-son, 07.02.2025 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Qonunga ko‘ra, ayrim qonun hujjatlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda:
unitar korxona va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat shakllarini tugatish;
yuridik shaxslarni qo‘shib yuborish, qo‘shib olish va tashkiliy-huquqiy shaklini o‘zgartirish orqali qayta tashkil etishda korxonalarning huquq va majburiyatlari topshirish hujjatida aks ettirilgan yoki aks ettirilmaganligidan qat’i nazar qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxsga o‘tkazilishi;
korporativ shartnoma, konsorsium va konsorsium shartnomasi kabi institutlarning huquqiy maqomini belgilash;
mas’uliyati cheklangan jamiyatlarning ta’sis shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqidagi talabni bekor qilish;
xo‘jalik jamiyatlari kuzatuv kengashlarining aksiyalar, korporativ obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qarorlarini huquqiy hujjatlarga muvofiq muhim fakt sifatida oshkor etish;
qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan qimmatli qog‘ozlar chiqarilishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi, shuningdek qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirishga doir lisenziya berilganligiga taalluqli axborotni e’lon qilish.
📌 Kanalga ulanish!
👍 13❤ 2🔥 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#statistika
Davlat xizmatlari markazlari orqali ko'rsatilgan xizmatlari soni yillar hisobida.
📌 Kanalga ulanish!
👍 24
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#statistika
Davlat xizmatlarining (turlari) soni 7 yilda 6 barobarga oshdi.
Davlat xizmatlari markazlari tomonidan 2018-yilda 63 ta xizmat turi ko'rsatilgan bo'lsa, 2024-yilga kelib bu ko'rsatkich 403 tani tashkil etmoqda.
📌 Kanalga ulanish!
👍 15❤ 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#bilasizmi
🏨Mehmonxona mavjud bo‘lmagan tuman (shahar)larda kichik otellar qurish va ularni jihozlash xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi!
💻 Murojaat qilish tartibi: Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali.
👫 Ariza beruvchilar toifasi: yuridik shaxslar.
🏢 Vakolatli organ: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi.
📆 Arizalarni ko'rib chiqish muddati: 10 ish kuni.
🗂 Xizmatdan foydalanishda hech qanday hujjatlar talab qilinmaydi.
💰 Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun to‘lov miqdori: bepul.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 919-son qarori.
🌟 Tezkor va qulay xizmatlardan foydalanib, biznesingizni rivojlantiring!
📌 Kanalga ulanish!
👍 27❤ 2
00:33
Відео недоступнеДивитись в Telegram
🔥 Face-ID orqali hujjatlarsiz davlat xizmatlaridan foydalaning!
👨💻 Adliya vazirligi barcha Davlat xizmatlari markazlarida yuz qiyofasi orqali shaxsni avtomatik aniqlash tizimini yo‘lga qo‘ydi!
📃 Hujjat ko‘rsatishga hojat yo‘q! Barcha kerakli ma'lumotlar avtomatik tarzda aniqlanadi!
⏳ Tezkor va qulay! Davlat xizmatlaridan foydalanish yanada yengil va tezkor bo‘ladi!
📌 Kanalga ulanish!
IMG_8293.MP411.90 MB
👍 38
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#qulaylik
⚡️Noturar ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni ro'yxatdan o'tkazish yanada oson!
✅ Endilikda noturar ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishga oid shartnomalarni rasmiylashtirish, unga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha xizmatlarni kompozit tarzda ko'rsatamiz:
1️⃣ Ariza beruvchilar xizmatdan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga murojaat qiladilar;
2️⃣ Markaz ariza beruvchilarning shaxsini aniqlaydi va shartnoma ular tomonidan shaxsan imzolanganligini tasdiqlaydi hamda shartnomani Davlat kadastrlari palatasiga yuboradi;
3️⃣ Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalari ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va davlat reyestridan ko‘chirmani Markazga yuboradi;
4️⃣ Markaz ko‘chirma kelib tushgandan so‘ng uni ariza beruvchilarning elektron manziliga yuboradi.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-noyabrdagi 795-son qarori.
✨ Unutmang, biz sizning qulayligingiz uchun ishlaymiz!
📌 Kanalga ulanish!
👍 33🔥 2❤ 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#qulaylik
🌐Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo'lishi bilan bog'liq faoliyat uchun litsenziyani onlayn olish mumkin!
📝Endilikda arizalar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va "Litsenziya" axborot tizimi orqali qabul qilinadi.
👫 Ariza beruvchilar toifasi: yuridik shaxslar.
🏢 Litsenziyalovchi organ: Sog'liqni saqlash vazirligi.
💵 Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: BHMning 5 baravari.
💰Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: BHMning 5 baravari.
⏰ Arizani ko‘rib chiqish muddati: 15 ish kuni.
📆 Litsenziyaning amal qilish muddati: 5 yil.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-oktabrdagi 725-son qarori
✨ Raqamli xizmatlar sizning qulayligingiz uchun!
📌 Kanalga ulanish!
👍 21❤ 2
01:08
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#Adliya_davlat_xizmatlari
📚Biometrik pasportni ID kartaga almashtirish uchun ariza yuborish tartibidan xabardormisiz?
Batafsil videorolikda....
📌 Kanalga ulanish
IMG_0794.MP45.88 MB
👍 18❤ 1
#Bilasizmi
Oilaviy mehmon uylari, xostellar, o‘tovli va chodirli oromgohlarni Yagona reyestrga kiritish tartibidan xabardormisiz?
✅Murojaatlar qabul qilinadi:
Davlat xizmatlari markazlari;
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) - my.gov.uz orqali.
👫Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi:
Jismoniy va yuridik shaxslar.
🏢Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi vakolatli organ(lar):
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari.
💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori: Yig‘im undirilmaydi.
🗓Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: 6 ish kuni.
📄 Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha reyestrdan ko‘chirma taqdim etiladi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-noyabrdagi 622-son qarori.
📌 Kanalga ulanish
👍 29❤ 2
#Bilasizmi
Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibidan xabardormisiz?
✔️Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
- Davlat xizmatlari markazlari.
🔹Murojaatlar qabul qilinadi:
- Davlat xizmatlari markazi;
- Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) - my.gov.uz orqali.
📎Xizmatdan foydalanuvchilar:
👨💼Litsenziat, litsenziar yoki ularning vakili.
🔸Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: BHMning uchdan bir miqdori.
🔸Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.
🗓Arizani ko‘rib chiqish muddati: 1 ish kuni.
📄 Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha guvohnoma taqdim etiladi.
📌 Kanalga ulanish
👍 16❤ 3🔥 1
📃Turar joyni xususiylashtirish to‘g‘risidagi guvohnoma
🔹Xizmat nomi:
Alohida uy (uyning bir qismi) yoki kvartirani xususiylashtirishga bergan shaxslar to'g'risidagi ma'lumotnoma berish
👫Ariza beruvchilar toifasi:
Jismoniy shaxslar
🏢Vakolatli organ(lar):
Mahalliy hokimiyat organlari
🗂Xizmatdan foydalanish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:
Talab etilmaydi
💰Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:
Bepul
📆 Arizani ko‘rib chiqish muddatlari:
5 ish kuni.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 4-apreldagi “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi qonunining qabul qilinishi munosabati bilan normativ hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 180-son qarori
📌 Kanalga ulanish
👍 19❤ 3
00:46
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Elektron raqamli imzoyingiz bormi?
📌 Kanalga ulanish
IMG_2113.MP416.79 MB
👍 12
00:36
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Sudlanmaganlik bo'yicha ma'lumotnoma olganmisiz?
📌 Kanalga ulanish
IMG_2114.MP412.89 MB
👍 18
