uk
Feedback
Yoshlar ishlari agentligi

Yoshlar ishlari agentligi

Відкрити в Telegram

Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi • 📥 @yoshlarmurojaati_botinfo@yoshlar.gov.uz • ☎️ 1093 • Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy • gov.uz/yoshlar Ijtimoiy tarmoqlarda biz: http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi

Показати більше
2025 рік у цифрахsnowflakes fon
card fon
247 378
Підписники
-91324 години
-6 7657 днів
-36 02130 день
Архів дописів
01:59
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Buxoroda “Ikkinchi o‘quv markazlari forumi” bo‘lib o‘tdi Forumda viloyatda faoliyat olib borayotgan eng ilg‘or o‘quv markazlari, soha vakillari hamda xorijiy tillarni o‘rganish, zamonaviy kasblarni egallashni niyat qilgan yoshlarni bir yerda yagona maqsad atrofida birlashdi. Maqsad o‘zbekistonlik yoshlarini kamida 2 ta xorijiy tillarni va 1 ta zamonaviy kasblarni mutaxassisi bo‘lishi uchun imkoniyat yaratish. 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Показати все...
O'QUV_MF.mp492.99 MB
👍 47 32 5🏆 4🎉 2
03:48
Відео недоступнеДивитись в Telegram
⚡️Uzoqni ko‘zlab amalga oshirilgan islohotlar, investorlar uchun yaratilgan keng sharoitlar tufayli Yangi O‘zbekiston energetikasida chinakam inqilobiy o‘zgarishlar ro‘y berdi. 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Показати все...
119.42 MB
52👍 7😍 2❤‍🔥 1
02:09
Відео недоступнеДивитись в Telegram
🇺🇿Davlatimiz rahbarining Sirdaryo viloyatiga tashrifi Barcha sa’y-harakatlar zamirida insonga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, odamlarning islohotlarga va yorug‘ kelajakka ishonchini mustahkamlash, mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish maqsadi mujassam. 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Показати все...
Rolik_Sirdaryo_full tg+.mp433.33 MB
👍 28 24
Фото недоступнеДивитись в Telegram
🇺🇿Nodirbek Abdusattorov — London Chess Classic musobaqasi chempioni! ⚡️ Yurtimiz faxri Nodirbek Abdusattorov London Chess Classic turnirida ketma-ket 6 ta partiyada g‘alaba qozondi. Eng yaqin raqiblaridan 2 ochko oldinda borib, turnir davomida yorqin va ishonchli o‘yin namoyish etdi. So‘nggi turda Alireza Firouzjaga qarshi durang qayd etilishi esa musobaqa yakuniga bir tur qolganda uni muddatidan avval chempionga aylantirdi. 👏 Barakalla, Nodirbek! O‘zbekiston yoshlarining salohiyati va iste’dodi yana bir bor dunyoga namoyon bo‘ldi. 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Показати все...
🏆 75 37👍 34❤‍🔥 16👌 5
Adib Xolid Yoshlar ishlari agentligiga tashrif buyurdi 📚“Turkistonda Jadidchilik” kitobi muallifi, tarixchi olim Adib Xolid Yoshlar ishlari agentligiga tashrif buyurib, agentlik loyihalari bilan tanishdi. U “Yoshlar uchun 1000 kitob” loyihasi jamoasi bilan uchrashib, asarining o‘zbek tiliga tarjima qilingani uchun minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, Qizlar akademiyasi, Mutolaa, WikiStipendiya va UzChess loyihalari faoliyati bilan ham tanishdi.
Maʼlumot uchun, Adib Xolid — “O‘zbekiston tavalludi” (Making of Uzbekistan), “Turkistonda Jadidchilik” (Jadidism in Sentral Asia), “Markaziy Osiyo” (Sentral Asia) kitoblari muallifi. U Minnesota shtatining Nortfild shahridagi Karleton kollejida Osiyo tadqiqotlari va tarix bo‘yicha dotsent, Jeyn va Rafael Bernshteyn professori hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, bugun soat 15:00 da Yoshlar ijod saroyida Adib Xolid bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi. 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Показати все...
48👍 25🔥 3😍 2❤‍🔥 1
01:24
Відео недоступнеДивитись в Telegram
“Yoshlar tashabbuslari” marafoniga start berildi! ✨Bu marafon yoshlarning istiqbolli g‘oyalari, orzu-intilishlari va salohiyatini yuzaga chiqarishga qaratilgan eng yirik harakatdir.
Marafon davomida yurtimizning barcha hududlarida quyidagi tadbir va loyihalar o‘tkaziladi: 1. “Yosh kitobxon” tanlovining 1-2-bosqichlari; 2. “Yosh kitobxon oila” tanlovining respublika bosqichi; 3. O‘quv markazlari forumi; 4. Sardorlar saylovi tuman va shahar bosqichi; 5. “Men donorman” aksiyasi; 6. Imkoniyati cheklangan yoshlar uchun inklyuziv ko‘rgazmalar.
Shuningdek, olimlar, IT-mutaxassislar, startapchilar, tadbirkorlar, mashhur sportchilar, san’atkorlar va kontent yaratuvchilar ishtirokida yoshlar uchun mahorat darslari va uchrashuvlar tashkil etadi. Eng iqtidorli, eng faol va bilimli yoshlar “Hudud qahramonlari” sifatida tanlab olinadi. ✔️Hoziroq yoshlarportali.uz platformasidan ro‘yxatdan o‘ting! 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Показати все...
Yoshlar forumi TG.mp417.86 MB
34👍 20 6🔥 5
00:35
Відео недоступнеДивитись в Telegram
🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoyev Guliston shahri Bo‘ston mahallasidagi bunyodkorlik ishlarini borib ko‘rdi hamda aholi bilan muloqot qildi. 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Показати все...
reels_mahalla_tg.mp434.49 MB
43👍 19❤‍🔥 13👏 4🕊 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#Kunfotosi 🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoyev va sirdaryolik maktab o’quvchilari 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Показати все...
star reaction 1 100👍 49❤‍🔥 16🏆 3
Navbatdagi manzil SirdaryoYoshlar ishlari agentligi direktori boshchiligidagi ishchi guruh o‘rganishlari Jizzaxdan so‘ng Sirdaryo viloyatida davom etdi. O‘rganishlardan asosiy maqsad yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlarni o‘rganish, yangi qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini belgilash, ta’lim hamda bandlik yo‘nalishida yanada kengroq sharoit yaratishdir. Dastlab ishchi guruh Oqoltin tumanida joylashgan “Way to English” ingliz tiliga ixtisoslashgan o‘quv markazi faoliyati bilan tanishdi. Mazkur markazga “Ko‘mak” loyihasi orqali 130 mln so‘m ssuda mablag‘i ajratilgan bo‘lib, bugungi kunda u chekka hudud yoshlari uchun muhim ta’lim maskaniga aylangan. Shundan so‘ng ishchi guruh Mirzaobod tumanidagi “Ibrat farzandlari” o‘quv markazi hamda novvoychilik bilan shug‘ullanayotgan yosh tadbirkor Murodjon Tursunov faoliyati bilan ham tanishdi. Murodjon o‘z faoliyati orqali nafaqat oilasiga daromad manbai yaratgan, balki mahalladagi 3 nafar ishsiz yoshning bandligini ham ta’minlagan. Ishchi guruhning hududlardagi o‘rganish ishlari davom etadi. 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Показати все...
49👍 31🔥 11👏 3🎉 2
💼 Bugun mamlakatimizda ilk bor o‘tkazilgan Prezident Olimpiadasining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning musobaqa g‘oliblari, sovrindorlari va barcha ishtirokchilariga tabrigini o‘qib eshittirildi. Qutlovda ta’kidlanganidek, saralash bosqichlarida ishtirok etgan 100 mingdan ziyod yoshlar orasidan finalgacha yetib kelgan qariyb 3 ming nafar eng iqtidorli sportchilarimizning bellashuvlarini butun xalqimiz katta qiziqish va hayajon bilan kuzatdi. Erishilgan g‘alabalar, rekord natijalar Yangi O‘zbekistonda yuksak salohiyatli olimpiya zaxiralari yetishib kelayotganidan dalolat beradi. Yosh chempionlarimiz namoyish etgan iroda va mahorat kelgusida O‘zbekiston bayrog‘ini jahon arenalarida yanada baland ko‘tarishga xizmat qilishiga ishonch bildirildi. 🇺🇿Prezidentimiz qutlovida sportchilarga kelgusi musobaqalarda yanada yorqin g‘alaba va natijalar tiladilar. 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Показати все...
51👍 33🔥 12🎉 5🏆 4
Фото недоступнеДивитись в Telegram
⚡️Adib Xolid Toshkentda! Mashhur amerikalik tarixchi olim, “Turkistonda jadidchilik” asari muallifi Adib Xolid 4–5-dekabr kunlari poytaxtimizga tashrif buyuradi. Agar siz ham u bilan uchrashishni, o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishni istasangiz, quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting va o‘zingizga joy band qiling. Uchrashuv 5-dekabr buni 15:00 da Yoshlar ijod saroyida “Kitob olami” festivali doirasida bo‘lib o‘tadi. 👉 Ro‘yxatdan o‘tish Uchrashuvda qatnashish bepul, joylar soni cheklangan. 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Показати все...
star reaction 1👏 48 34👍 14🔥 5❤‍🔥 2
Yoshlar ishlari agentligi direktori boshchiligidagi ishchi guruhning Jizzax viloyatidagi o‘rganish ishlari bugun ham davom etdi. O‘rganishlar davomida yoshlar uchun ta’lim va tadbirkorlik yo‘nalishida yaratilgan imkoniyatlar hamda ularni qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan bir qator manzillarda amalga oshirilgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Dastlab Jizzax shahridagi AsiaSchool o‘quv markazi faoliyati o‘rganildi. Bu yerda yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar, zamonaviy ta’lim dasturlari va markazning faoliyati bilan tanishildi. Ishchi guruhning navbatdagi manzili G‘allaorol tumanidagi Yoshlar markazi bo‘ldi. Yangi ochilgan markazda IT, kutubxona, xorijiy tillar, tikuvchilik, payvandlash, hunarmandchilik va buxgalteriya kurslari tashkil etilgan. Shuningdek, Mirzacho‘l tumanidagi bir qator yoshlar uchun yaratilgan obyektlar faoliyati ko‘zdan kechirildi. Respublika ishchi guruhining hududlardagi o‘rganish ishlari davom etmoqda. 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Показати все...
star reaction 1👍 48 40🔥 12❤‍🔥 9 9
Фото недоступнеДивитись в Telegram
🗞“Yoshlar ovozi” gazetasining yangi soniga nazar solamiz 🟢Jahon shaxmat kubogi O‘zbekistonda; 🟢Steam taʼlimi: Milliy tajriba; 🟢Astral olam; 🟢Inson qadri va adolat ustuvorligi garovi; 🟢Azaliy ehtiyoj; 🟢G‘alaba hikoyasi 📥Yuklab olish va onlayn mutolaa qilish Maqolalar yuzasidan fikr-mulohazalaringizni quyidagi @yoshlarovozigazetasibot manziliga qoldirishingiz va takliflaringizni biz bilan bo‘lishishingiz mumkin! 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Показати все...
38👍 14❤‍🔥 2👌 1
00:57
Відео недоступнеДивитись в Telegram
O’quv markazlar forumining 2-mavsumiga ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda ⚡️Bu yilgi forum “2+6” dasturi va “Ko’mak” loyihalari asosida, o’quv markazlarining faoliyatini rivojlantirishga urg‘u beradi. Forum davomida tajribali speakerlar o‘z bilimlarini bo‘lishib, sifatli ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yish va o‘quv markazni yuqori darajaga olib chiqish bo‘yicha qimmatli biznes treninglar o‘tkazishadi. ✅Forum IDP IELTS markazi, Inter Nation school, Thompson School, Registon school, Target International School, Cambridge, Najot ta’lim, Everest, Blitz nemis tili, English Life, My school, English life o’quv markazlari, LC UP CRM platformasi, NIS AI maktabi, SAT makon hamda Andijon Development Center bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda. Forumda ishtirok etish uchun ro’yxatdan o‘ting:👇 forum.kelajakkasblari.uz 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Показати все...
01111111111.mp410.51 MB
37 8👍 6❤‍🔥 5
01:00
Відео недоступнеДивитись в Telegram
⚡️Yoshlar ishlari agentligi direktori boshchiligidagi ishchi guruh Jizzax viloyatida yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishdi Tashrif davomida Do‘stlik tumanida yoshlar uchun ajratilgan yer maydonlari, ularning mehnat jarayoni hamda ekinlardan olinayotgan daromad o‘rganildi. Ishchi guruhning navbatdagi manzili Do‘stlik tumani bo‘ldi. U yerdagi Yoshlar markazining mavjud imkoniyatlari, olib borilayotgan loyihalar va yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Eslatib o‘tamiz, mahallalarda yoshlar masalalari bo‘yicha Respublika ishchi guruhi mas’ullarining hududlarda o‘rganishlari davom etadi. 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Показати все...
Jizzax TG.mp427.64 MB
star reaction 2 62👍 38🎉 8❤‍🔥 4 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
⚡️O’quv markazlar forumi har bir hududlarda o’tkaziladi “Ikkinchi o‘quv markazlari forumi” butun Respublikamiz bo’ylab har bir viloyatda o’quv markaz rahbarlari ishtirokida bo’lib o’tishi rejalashtirilmoqda. Asosiy maqsad, yoshlar uchun zamonaviy kasblar va chet tillarini o‘rganish, tizimni yanada rivojlantirish va yangi tashabbuslarni qo’llab-quvvatlash. Quyidagi infografika orqali hududlarga bo‘lib o‘tadigan tadbirlar haqida aniq ma’lumot olishingiz mumkin. 🎯O’ylaymizki, bu tashabbus har bir hududdagi til va kasb o‘rganishni maqsad qilgan yoshlarimiz uchun yaxshi imkoniyat! 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Показати все...
51👍 16❤‍🔥 4🔥 3👏 3
02:28
Відео недоступнеДивитись в Telegram
✔️Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish savolnomasini onlayn to‘ldirish uchun One ID tizimidan ro‘yxatdan o‘tib qo‘ying #Xatlov2026 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Показати все...
snapsave-app_1571212517215121_hd.mp48.93 MB
👍 24 14
Фото недоступнеДивитись в Telegram
🚀 Startapchi yoshlar uchun yana bir imkoniyat! Endilikda ekologik startaplar saralashdan o‘tadi, pitch (taqdimot)ga professional tayyorlanadi va eng yaxshi startap uchun sarmoya ajratiladi. Bunda sizga startapingizni qanday qilib mukammal taqdim etish o‘rgatiladi. Agar taqdimot jarayonida o‘z g‘oyangizni aniq va ishonchli ko‘rsata olsangiz, loyihangizga real sarmoya jalb qilish imkoniyati paydo bo‘ladi. ⚡️ Yoshlar Ventures ekologik yo‘nalishdagi startaplarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “The Art of The Pitch” kursida ishtirok etish imkoniyatini taqdim etmoqda. Bu albatta, bepul. 📅 Arizalar 9-dekabrgacha qabul qilinadi. 👉 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Показати все...
🔥 24 19👍 7 4🎉 4
🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax politexnika instituti qoshida tashkil etilgan Avtomobilsozlik muhandislik maktabi faoliyati bilan tanishdi.
Jizzaxga kelib, yangi o‘sish nuqtalarini belgilab olishni maqsad qilganmiz. Asosiysi, aholi, xususan, yoshlarga munosib sharoit yaratish, yuqori daromadli ish bilan taʼminlash, – dedi davlatimiz rahbari.
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Показати все...
👍 31 17🏆 5🔥 2
00:33
Відео недоступнеДивитись в Telegram
🇺🇿Davlatimiz rahbari Jizzaxga tashrifini viloyat markazini M-39 xalqaro avtomobil yo‘li bilan bog‘lagan yo‘l o‘tkazgich hamda energetika va shaharsozlik loyihalari bilan tanishishdan boshladi. 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Показати все...
33.82 MB
👍 32 11🕊 4 2🏆 1