uk
Feedback
Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov

Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov

Відкрити в Telegram

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibining rasmiy kanali Facebook: facebook.com/PressSecretaryUZ Instagram: instagram.com/press_secretary_uz Twitter: https://twitter.com/Sherzod_Asadov

Показати більше
2025 рік у цифрахsnowflakes fon
card fon
136 974
Підписники
+12724 години
+1 3107 днів
+1 36230 день
Архів дописів
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida qishloq xo‘jaligi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazadi hamda ulardan bir guruhiga davlat mukofotlarini topshiradi. Yig‘ilishda sohadagi islohotlar natijadorligi va kelgusi yil uchun ustuvor vazifalar muhokama qilinadi. — Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев проведет в резиденции "Куксарой" встречу с работниками сельского хозяйства и вручит им государственные награды. На совещании будут обсуждены результаты реформ в сфере и приоритетные задачи на следующий год. Facebook|Instagram|X
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan Baxromjon Turayevich Norqobilov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod etildi. — Постановлением Президента Республики Узбекистан Норкобилов Бахромжон Тураевич в связи с переходом на другую работу освобожден от должности председателя Комитета ветеринарии и развития животноводства при Министерстве сельского хозяйства Республики Узбекистан. Facebook|Instagram|X
Показати все...
Haftaning eng muhim voqealari sharhi: Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax va Sirdaryo viloyatlariga tashrif buyurdi. Davlatimiz rahbari umumiy qiymati 11 milliard dollar bo‘lgan 42 ta yangi energetika va infratuzilma obyektlarini ishga tushirdi. — Hápteniń eń áhmiyetli waqıyalarına sholıw: Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzaq hám Sırdárya wálayatlarına bardı. Mámleketimiz basshısı ulıwma bahası 11 milliard dollar bolǵan 42 jańa energetika hám infrastruktura obyektlerin iske qostı. — Обзор важнейших событий за неделю: Президент Шавкат Мирзиёев посетил Джизакскую и Сырдарьинскую области. Глава нашего государства запустил 42 новых энергетических и инфраструктурных объекта на 11 миллиардов долларов. — Weekly review of the most important events: President Shavkat Mirziyoyev visited Jizzakh and Syrdarya regions. The Head of State launched 42 new energy and infrastructure facilities worth $11 billion. Facebook|Instagram|X
Показати все...
355.88 MB
414.38 MB
384.15 MB
66.65 MB
8-dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda Prezident Shavkat Mirziyoyevning xalqimizga bayram tabrigini o‘qib eshittirdim.
"Hech shubhasiz, xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkuri hamda yuksak xohish-irodasining ifodasi bo‘lgan Konstitutsiyamizda muhrlab qo‘yilgan qoida va tamoyillar Yangi O‘zbekistonni barpo etishda barchamiz uchun beqiyos kuch-g‘ayrat, ishonch va ilhom manbai bo‘lib xizmat qilmoqda",
- deyiladi davlatimiz rahbarining qutlovida. Tabrikda xalq hokimiyatchiligi, vakillik demokratiyasi, Konstitutsiya va qonun ustuvorligi kabi konstitutsiyaviy prinsiplarga bundan buyon ham sodiq qolgan holda ushbu yo‘nalishdagi islohotlar yanada qat’iy davom ettirilishi ta’kidlangan. Konstitutsiyamizning har bir normasini davlat va jamiyat hayotida amaliy faoliyat mezoniga aylantirish zarurligi, ayniqsa, yoshlarimizga Asosiy qonunimizning mazmun-mohiyatini chuqur o‘rgatish, ularni konstitutsiyaviy qadriyatlar asosida yuksak ongli va vatanparvar fuqarolar etib tarbiyalash oldimizda turgan g‘oyat muhim vazifa ekani qayd etilgan. Prezidentimiz yo‘llagan qutlovda milliy mustaqilligimiz, g‘urur va iftixorimiz timsoli bo‘lgan Konstitutsiyamiz sharaflanadigan ushbu quvonchli ayyom munosabati bilan xalqimizga eng ezgu tilaklar bildirilgan. — В связи с 8 декабря – Днем Конституции Республики Узбекистан состоялось торжественное мероприятие, на котором я зачитал праздничное поздравление Президента Шавката Мирзиёева нашему народу.
"Нормы и принципы, закрепленные в Конституции, являющейся воплощением политико-правового мышления и свободного волеизъявления нашего народа, несомненно, служат всем нам источником огромной силы, уверенности и вдохновения в построении Нового Узбекистана",
- говорится в послании главы нашего государства. В поздравлении отмечено, что наша страна, оставаясь приверженной конституционным принципам народовластия, представительной демократии, верховенства Конституции и закона, еще решительнее продолжит реформы в этом направлении. Подчеркивается, что мы должны превратить каждую норму Конституции в критерий практической деятельности в жизни государства и общества, чрезвычайно важной задачей является всестороннее разъяснение молодежи сути и содержания Основного закона, ее воспитание на основе конституционных ценностей истинными патриотами с высоким самосознанием. В послании выражаются наилучшие пожелания нашему народу по случаю замечательного праздника Конституции, ставшего символом национальной независимости и гордости. Facebook|Instagram|X
Показати все...
00:13
Відео недоступнеДивитись в Telegram
“Menimcha” teleloyihasida bugun tahlil qilinadigan mavzular: - O‘zbekiston yetakchisi Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi; - Prezident Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatida bo‘ldi; - O‘zbekiston energetik mustaqillik sari katta qadam qo‘ydi. Ko‘rsatuvni bugun, 6-dekabr kuni soat 20:00 da “O‘zbekiston 24” telekanalida tomosha qilishingiz mumkin. Ertaga, 7-dekabr kuni soat 12:20 va 17:20 da takroran namoyish etiladi. Facebook|Instagram|X
Показати все...
8.47 MB
Фото недоступнеДивитись в Telegram
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi mexanizatori Azmiddin Sadriddinovich Sadriddinov vafoti munosabati bilan hamdardlikСоболезнования в связи с кончиной заслуженного механизатора сельского хозяйства Узбекистана Азмиддина Садриддиновича Садриддинова Facebook|Instagram|X
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев подписал постановление, направленное на коренное обновление транспортной системы города Ташкента. Согласно документу: – в столице будет внедрена совершенно новая модель управления дорожным движением. Создается Центр организации дорожного движения, который будет осуществлять мониторинг, управление и обеспечение безопасности транспортных, пешеходных и пассажирских потоков в режиме реального времени; – формируется Интеллектуальная транспортная система (ИТС). Камеры, датчики, светофоры, движение общественного транспорта, навигация, контроль веса и габаритов и все сервисы будут объединены в единую цифровую платформу. ИТС будет интегрирована с Ситуационным центром Национального комитета по экологии и изменению климата. Будет создана система автоматической оценки соответствия транспортных средств экологическим нормам и выявления автомобилей, не соответствующих экологической зоне; – до 2030 года определены целевые показатели: довести долю использования общественного транспорта до 60 процентов, долю электробусов – до 50 процентов, увеличить среднюю скорость движения автобусов с 18 км/ч до 24 км/ч, отремонтировать 1 тысячу километров автомобильных дорог, построить 16 тоннелей и транспортных развязок, создать 700 «умных» перекрестков, довести протяженность метрополитена до 103 километров, обустроить 170 километров велодорожек и 200 километров пешеходных дорожек; – для дорожной и транспортной инфраструктуры создан специальный фонд. Штрафы, поступления программы «Безопасный город», рекламные доходы и другие источники будут направляться в этот фонд. Средства будут расходоваться на транспортный мастер-план, ИТС, инженерные решения, инфраструктурные проекты, модернизацию автобусных полос и светофоров; – ряд полномочий в дорожной и транспортной сфере передается центру до 2028 года в качестве правового эксперимента, что позволит эффективно управлять транспортом Ташкента через единую централизованную систему; – будет реализована крупная инфраструктурная программа по улицам, перекресткам, мостам и путепроводам столицы: будут организованы выделенные полосы для автобусов, интеллектуальные светофоры, комплексная реконструкция улиц. Facebook|Instagram|X
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida transport tizimini tubdan yangilashga qaratilgan qarorni imzoladi. Hujjatga muvofiq: – poytaxtda yo‘l harakatini boshqarishning mutlaqo yangi modeli joriy etiladi. Yo‘l harakatini tashkil etish markazi tashkil etilib, u transport, piyoda va yo‘lovchi oqimlarini real vaqtda monitoring qilish, boshqarish va xavfsizlikni ta’minlash vakolatiga ega bo‘ladi; – Intellektual transport tizimi (ITT) shakllantiriladi. Kameralar, sensorlar, svetoforlar, jamoat transporti harakati, navigatsiya, vazn-hajm nazorati va barcha xizmatlar yagona platformaga ulanadi. ITT Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasining Situatsion markaziga integratsiya qilinadi. Avtotransport vositalarining ekologik normativlarga mosligi avtomatik baholanadi va ekologik zonasiga mos kelmaydigan transport vositalarini aniqlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi; – 2030-yilgacha jamoat transportidan foydalanish ulushini 60 foizga, elektrobuslar ulushini 50 foizga, avtobuslarning o‘rtacha harakat tezligini 18 km soatdan 24 km soatga yetkazish, 1 ming kilometr avtomobil yo‘llarini ta’mirlash, 16 ta tonnel va yo‘l o‘tkazgich, 700 ta "aqlli" chorrahani barpo etish, metropoliten tarmog‘ining uzunligini 103 kilometrga yetkazish, 170 kilometr velosiped va 200 kilometr piyoda yo‘laklarini tashkil etish maqsadli ko‘rsatkichlar sifatida belgilab olindi; – yo‘l va transport infratuzilmasi uchun maxsus jamg‘arma tashkil etildi. Jarimalar, "Xavfsiz shahar" tushumlari, reklama tushumlari va boshqa manbalar jamg‘armaga yo‘naltiriladi. Mablag‘lar transport master rejasi, ITT, muhandislik yechimlari, infratuzilmaviy loyihalar, avtobus yo‘laklari va svetoforlarni modernizatsiya qilishga sarflanadi; – yo‘l-transport sohasidagi bir qator vakolatlar 2028-yilgacha huquqiy eksperiment sifatida markazga o‘tkaziladi. Bu Toshkentda transportni yagona markazlashgan tizim orqali samarali boshqarish imkonini beradi; – Toshkent ko‘chalari, yo‘l kesishmalari, ko‘priklar va yo‘l o‘tkazgichlari bo‘yicha katta infratuzilmaviy dastur amalga oshiriladi: avtobuslar uchun alohida yo‘laklar, intellektual svetoforlar joriy etiladi, ko‘chalar kompleks tarzda rekonstruksiya qilinadi. Facebook|Instagram|X
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Biz bugun ishga tushirayotgan barcha loyihalar iqtisodiy o‘sishni ta’minlab, kelajak avlodlarimiz uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Bunday jadal harakatlarimiz va tashabbuslarimiz bilan biz yangicha modeldagi zamonaviy energetika tizimini, albatta, to‘liq barpo etamiz. Mazkur loyihalarda faol ishtirok etayotgan energetika sohasi vakillariga, barcha ishchilar, muhandislar va xorijlik hamkorlarimizga yana bir bor samimiy minnatdorchilik bildiraman”,
– dedi davlatimiz rahbari nutqining yakunida. Marosimda hamkor mamlakatlar energetika vazirlari va kompaniyalar rahbarlari so‘zga chiqdi. O‘zbekiston Prezidenti ramziy dastakni bosib, 42 ta energetika obyektini ishga tushirdi va 21 ta yangi loyiha qurilishini boshlab berdi. Facebook|Instagram|X
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Yaqinda Braziliyada o‘tgan COP-30 iqlim konferensiyasida biz o‘z tashabbusimiz bilan Parij bitimi doirasida muhim majburiyatni zimmamizga oldik. Ya’ni 2035-yilgacha zararli gazlar emissiyasini 50 foizga qisqartirishni oldimizga maqsad qilib qo‘ydik”,
– dedi Prezidentimiz. Bu borada Jahon banki bilan dunyoda ilk innovatsion “ICRAFT” loyihasi boshlandi. Uning doirasida O‘zbekiston tomonidan kamaytirilgan 23 million tonna issiqxona gazi hisobga olindi. Xalqaro darajada uglerod birliklari savdosini amalga oshirishga kirishildi. Shu yilning o‘zida 17 ta yirik sanoat korxonasi “yashil” energiya bo‘yicha xalqaro sertifikatlar tizimiga o‘tdi. Kelgusi ikki yilda bunday korxonalarning soni 100 taga yetkaziladi. Prezidentimiz qo‘shni davlatlar bilan yagona energetika bozorini yaratish bo‘yicha sheriklik mustahkamlanganini qayd etdi.
Mintaqamizning gidroenergetika salohiyatidan samarali foydalanib, birgalikda boshqarish maqsadida kelgusi yili Qirg‘iziston va Qozog‘iston bilan “Qambar-ota GES-1” loyihasini moliyalashtirishga kirishamiz. Shu o‘rinda Yevropaga elektr energiyasini eksport qilish bo‘yicha “yashil yo‘lak” loyihasi doirasida yaqindan hamkorlik qilayotgan Ozarbayjon va Qozog‘iston rahbariyatining qat’iy sa’y-harakatlarini alohida e’tirof etmoqchiman”,
– dedi Prezidentimiz. Facebook|Instagram|X
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Aholining muqobil energiya manbalaridan foydalanishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlar jadal davom ettirilishi ta’kidlandi. Yangi yilda Xitoy tajribasi asosida 300 ta mahalla hududida aholi bilan kooperatsiya orqali 107 megavattli quyosh stansiyalari o‘rnatiladi. Mazkur ijtimoiy loyiha keng joriy etilib, 30 mingta kambag‘al oilaga “yashil” energiya kirib boradi. Ular o‘z ehtiyojidan ortiqcha elektr energiyasini tarmoqqa uzatib, daromad topadi. Tadbirkorlar ham suv resurslaridan unumli foydalanib, joriy yil 40 megavattli kichik va mikro GESlar qurishdi. Natijada 120 million kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi va ular qo‘shimcha daromad manbaiga ega bo‘ldi. Keyingi yilda 65 megavattli kichik va mikro GESlar barpo etiladi. Ushbu loyihalar hisobiga 80 mingta xonadonda elektr ta’minoti tubdan yaxshilanadi. Facebook|Instagram|X
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Biz elektr energiyasi generatsiyasi yo‘nalishidagi islohotlarimiz natijasida sohaga xorijiy sarmoyalarni davlat-xususiy sheriklik asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb etishda katta tajriba orttirdik. Joriy yildan nafaqat elektr energiyasini ishlab chiqarish, balki uni iste’molchilarga yetkazib berishda ham xususiy sheriklik tamoyillarini qo‘llashni boshladik”,
– dedi Prezidentimiz. Xususan, Samarqand hududiy elektr tarmoqlarini xususiy boshqaruvga berish bo‘yicha Turkiyaning “Aksa elektrik” kompaniyasi bilan kelishuvga erishilgani ma’lum qilindi. Ushbu kompaniya loyiha doirasida tarmoqni operatsion boshqaruvga olib, investitsiya kiritadi, tarmoqlarni modernizatsiya qiladi, yo‘qotishlarni bosqichma-bosqich 2 barobarga kamaytiradi. Natijada har yili o‘rtacha 20 million dollar tejaladi. Shunday tajriba asosida kelgusi yilda Jizzax va Sirdaryo, 2027-yilda Namangan va Toshkent viloyatlari elektr tarmoqlari boshqaruvi ham investorlarga taklif etiladi. Facebook|Instagram|X
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Prezidentimiz elektr energiyasiga oshib borayotgan ehtiyojni qoplash uchun 2030-yilgacha qo‘shimcha 17 ming megavattdan ortiq qayta tiklanuvchi energiya quvvatlarini ishga tushirish muhimligini ta’kidladi. Natijada “yashil” energiyaning jami generatsiyadagi ulushi 54 foizga yetkaziladi. Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Qashqadaryo, Toshkent viloyatlarida 3 milliard 300 million dollar bo‘lgan 3,5 ming megavattli “yashil” quvvatlarga start berilayotgani bu yo‘ldagi katta qadam bo‘ladi. Yangi quvvatlarni yagona energiya tizimiga bog‘lash uchun yuqori kuchlanishli 6 ming kilometr tarmoqlar tortiladi. Xususan, kelgusi yilning o‘zida 1 ming kilometr tarmoqlar o‘tkazilib, podstansiyalarda 6 ming megavatt qo‘shimcha quvvatlar yaratiladi. Facebook|Instagram|X
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Albatta, biz erishgan natijalarimiz bilan to‘xtab qolmaymiz. Kelgusi 5 yilda 150 milliard dollardan ziyod xorijiy investitsiyalar hisobidan minglab sanoat va infratuzilma obyektlarini ishga tushirib, yuqori daromadli ish o‘rinlarini yaratamiz”,
– dedi Prezidentimiz. Aholiga qulay shart-sharoit yaratish uchun “Yangi O‘zbekiston” massivlari va boshqa hududlarda 800 mingdan ortiq xonadonli, energiya tejamkor ko‘p qavatli uy-joylar barpo etiladi. IT, sun’iy intellekt va “buyumlar interneti” kabi yangi yo‘nalishlardagi kompaniyalarga jozibador muhit yaratish uchun zamonaviy super kompyuter klasteri va data-markazlar soni ko‘paytiriladi. Ayni paytda Saudiyaning “Data-volt” kompaniyasi 3 milliard dollarlik investitsiya hisobiga 500 megavattli data-markaz qurish bo‘yicha ishlarni boshlagan. Bunday keng ko‘lamli ishlar elektr energiyasiga bo‘lgan talab va ehtiyojni kamida 1,5 barobarga oshiradi. Shu bois, davlatimiz rahbari yaqin kelajakdagi rejalarga qisqacha to‘xtalib o‘tdi. Facebook|Instagram|X
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Marosimda qariyb 11 milliard dollarlik 42 ta yangi quvvat va infratuzilma obyektlari ishga tushiriladi, yana 21 ta yangi loyiha qurilishiga start beriladi. Xususan, hududlarimizda jami 3 ming 500 megavattli 16 ta quyosh, shamol, issiqlik va gidro stansiya foydalanishga topshiriladi. Ular to‘liq quvvatda ishlay boshlagach, yiliga 15 milliard kilovatt-soat elektr generatsiya bo‘ladi. Natijada kelgusi yilda “yashil” energiya ishlab chiqarish hajmini 23 milliard kilovatt-soatga yetkaziladi.
E’tibor bering, bu – O‘zbekiston aholisining yillik elektr energiya iste’moli to‘liq qoplanadi, deganidir”,
– dedi Prezidentimiz. Eng muhimi, “toza” energiya hisobiga tabiiy gaz sarfi salkam 7 milliard kub metrga kamayadi. Atmosferaga 11 million tonna zararli moddalar chiqishining oldi olinadi. 1 ming 245 megavattli 10 ta energiya saqlash tizimi ham ishga tushirilmoqda. Bu energiya eng ko‘p iste’mol qilinadigan tig‘iz vaqtlarda qo‘shimcha 1,5 milliard kilovatt-soat elektr energiyasini tarmoqqa uzatish imkonini beradi. Foydalanishga topshirilayotgan 11 ta yirik podstansiya va 420 kilometr yuqori kuchlanishli tarmoqlar tizimning barqaror ishlashiga xizmat qiladi. Facebook|Instagram|X
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Prezidentimiz energetika sohasida erishilayotgan katta yutuq va marralarda salohiyatli investorlar va ishonchli sheriklarimizning beqiyos hissasi borligini qayd etdi. Davlatimiz rahbari yurtimizga katta sarmoya kiritayotgan va eng ilg‘or texnologiyalarni olib kelayotgan hamkor mamlakatlarga samimiy minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, Saudiyaning “ACWA Power”, Turkiyaning “AKSA”, “Cengiz Enerji”, Amirliklarning “Masdar”, Xitoyning “China Energy”, “Datang”, “Sinoma”, “Poly”, “CNTIC”, “Eagle Rise”, Fransiyaning “EDF”, “Voltalia”, “Total Energies”, Germaniyaning “Siemens Energy” va Qatarning “Nebras” kompaniyalariga, Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki, Islom taraqqiyot banki va boshqa moliya institutlari vakillariga chuqur tashakkur izhor etildi. Facebook|Instagram|X
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Yurtimizdagi xususiy sektor, aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarida 2 ming megavattli kichik quyosh panellari o‘rnatildi. Ularda shu yilning o‘zida qo‘shimcha ravishda 2 milliard kilovatt-soatga yaqin muqobil energiya ishlab chiqarildi. Shuningdek, hududlarda 69 ming kilometr elektr tarmoqlari, 14 mingta transformator va yuqori kuchlanishli podstansiyalar yangilandi. Sohadagi bunday o‘zgarishlar mahalliy korxonalar rivojiga ham katta turtki bermoqda. Ushbu korxonalar tomonidan yangi qurilayotgan elektr stansiyalari va tarmoqlariga yil boshidan buyon 700 million dollarlik qurilish materiallari, metall konstruksiyalar, kabel o‘tkazgichlar, elektr qurilmalari yetkazib berildi, loyihalash-injiniring va qurilish xizmatlari ko‘rsatildi. Masalan, Norin kaskad GESining 38 megavattli ilk gidroelektr stansiyasi to‘liq mahalliy mahsulotlardan foydalangan holda ishga tushirildi. Prezidentimiz soha rivojiga xizmat qiladigan qurilish, elektrotexnika va servis korxonalarimiz kelgusida xalqaro standartlarga javob beradigan yirik milliy kompaniyalarga aylanishiga ishonch bildirdi.
Shu ma’noda, bugun ishga tushirilayotgan va yiliga 15 mingta transformator ishlab chiqaradigan “Angren Energo” hamda 155 ta gidroagregat tayyorlab beradigan “O‘zhydropower” korxonalari katta istiqbolga ega, desak to‘g‘ri bo‘ladi”,
– dedi davlatimiz rahbari. Facebook|Instagram|X
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev energetika sohasidagi obyektlar va loyihalarni ishga tushirish marosimida nutq so‘zlamoqda.
Bugun jadal sur’atlarda o‘sib borayotgan iqtisodiyotimiz va aholining talab hamda ehtiyojidan kelib chiqib, energetika tizimida katta islohotlarni amalga oshiryapmiz. Biz bu yo‘nalishda ikkita muhim maqsadga erishishni asosiy vazifa qilib belgilaganmiz. Birinchisi, barcha tarmoq va hududlar uchun ishonchli va uzluksiz energiya ta’minotini yo‘lga qo‘yish. Ikkinchisi esa ana shu rejamizni zamonaviy, ekologik toza va qayta tiklanuvchi muqobil manbalar hisobidan amalga oshirishdir”,
– dedi Prezidentimiz. So‘nggi yillarda energetika tizimiga 35 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilindi va 9 ming megavatt yangi quvvatlar ishga tushirildi. Natijada elektr ishlab chiqarish hajmi 2017-yildagi 60 milliard kilovatt-soatdan joriy yilda 85 milliard kilovatt-soatga yetdi. E’tiborli jihati, salkam 5 ming megavattli quyosh va shamol, 400 megavattli gidroelektr stansiyalari ishga tushirildi. Jami generatsiya quvvatlarida “yashil” energiyaning ulushi bu yil 30 foizga yetkaziladi. Facebook|Instagram|X
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Birozdan so‘ng Xalqaro kongress markazida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida tantanali marosim boshlanadi. Unda yangi energetika quvvatlari ishga tushiriladi hamda navbatdagilarining qurilishi boshlanadi. Shuningdek, tadbir doirasida davlatimiz rahbari Birlashgan Arab Amirliklari, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Saudiya Arabistoni, Turkiya va Xitoy delegatsiyalarini qabul qiladi. — Скоро в Международном конгресс-центре с участием Президента Шавката Мирзиёева начнется торжественная церемония запуска новых мощностей и начала строительства очередных объектов энергетики. На полях мероприятия глава нашего государства примет делегации Азербайджана, Китая, Кыргызстана, Объединенных Арабских Эмиратов, Саудовской Аравии и Турции. Facebook|Instagram|X
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
“Bugun sizlar bilan viloyatni yanada rivojlantirish, aholi va tadbirkorlarni og‘irini yengil, uzog‘ini yaqin qilish bo‘yicha katta-katta reja va maqsadlarni belgilab oldik. Hech shubhasiz, sirdaryoliklarning bunyodkorlik, tashabbuskorlik va fidoyilik fazilatlariga tayanib, bu marralarga albatta erishamiz. So‘zimning yakunida nuroniy otaxon va onaxonlarga, ishbilarmon tadbirkorlar va dehqonlarga, kuch va g‘ayratga to‘la yoshlarga, butun Sirdaryo ahliga o‘zimning chuqur hurmat va ehtiromimni bildiraman”,
– dedi Prezidentimiz yig‘ilish yakunida. Sessiya davomida mutasaddilarning hisobotlari, ishtirokchilarning fikr va takliflari tinglandi. Facebook|Instagram|X
Показати все...