Online Olimpiada
Відкрити в Telegram
Bu kanalda barcha fanlardan online testlar o'tkaziladi. 🤖 @online_olimpiada_bot 🔗 https://www.youtube.com/@online_olimpiada 💳Donate: https://tirikchilik.uz/online_olimpiada Reklama: @online_olimpiada_ads Admin: Muhriddin Fayziyev @MuhriddinFayz
Показати більше2025 рік у цифрах

63 871
Підписники
Немає даних24 години
+1787 днів
+28930 день
Архів дописів
⚡️⚡️⚡️
Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash boshlandi.
✅ Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2025-yil 25-iyuldan 8-avgustga qadar 15 kun davomida oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari lozim.
💻 Buning uchun my.uzbmb.uz platformasining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limiga kirib, “Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosiladi va “OTM tanlash” bo‘limiga o‘tiladi.
@online_olimpiada
❤ 32👍 29
⚡️⚡️⚡️
Test sinovlarining oxirgi kuni natijalari e’lon qilindi.
Shu bilan barchaning javoblari chiqib bo‘ldi, test uchun yangi natijalar qo‘shilmaydi. Faqat ayrim yo‘nalishlarda kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari kiritilishi mumkin.
Endilikda abituriyentlarga yo‘nalish tanlash imkoniyati ochiladi. Yo‘nalish tanlash uchun 15 kun vaqt beriladi.
15 kun o‘tgach, umumiy mandat shakllantirish boshlanadi. Qoida tariqasida, yakuniy mandat 1 hafta ichida chiqishi kerak.
Mandatdan so‘ng, test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar apellyatsiya arizalarini yuborishlari mumkin bo‘ladi. Arizalar my.uzbmb.uz sayti orqali (abituriyentning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda yuboriladi.
Arizalar 10 kun qabul qilinadi.
❗️Abituriyent apellyatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.
Manba: Xushnudbek
@online_olimpiada
❤ 38👍 18🥰 2
⚡️Prezident maktablarining 1-bosqich imtihon natijalari e’lon qilindi
Imtihon natijalarini quyidagi havolalar orqali aniqlash mumkin:
✅ Cambridge Assessment International Education tashkilotining rasmiy veb-sahifasi:
https://www.cambridgeinternational.org/J25-preselection-results/
✅ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi portali:
https://portal.piima.uz/page/ps1
Manba: Xushnudbek
@online_olimpiada
❤ 47👍 15
#natija_2025
UCHINCHI KUN NATIJALARI E’LON QILINDI
📆 2025-yil 16-iyul kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.
✅ Test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini quyidagi usullarda bilishlari mumkin:
1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.
@online_olimpiada
❤ 44👍 20🤩 7🔥 3👏 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
⚡️Тест синовлари бошланди. Абитуриентлар тестларни ечмоқда!
Тест синовлари 14-июлдан 23-июлга қадар икки сменада:
1️⃣-смена — 08:00 дан 11:00 га қадар; 2️⃣-смена — 15:00 дан 18:00 га қадар бўлиб ўтади.Тестни онлайн кузатиш: 📹 test2025.uz @online_olimpiada
❤ 38🔥 27👍 9🤩 3🥰 1🎉 1
#abituriyent
Test sinovi o‘tkaziladigan binolar ro‘yxati e’lon qilindi
UzBMB saytiga test sinovi o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirildi:
👉 https://uzbmb.uz/page/test_2025
✅ Unda quyidagi ma’lumotlar aks etgan:
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan hududning rasmi;
🔹 Hududga kirish joylari;
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan joy nomi;
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan joy manzili;
🔹 Bino raqami;
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan guruhlar;
🔹 Joylarning Google xaritadagi joylashuvi (geolokatsiyasi).
@online_olimpiada
❤ 16🥰 3🤩 3👍 1
Repost from Xushnudbek.uz
❗️Test sinovlari 14-iyuldan 23-iyulga qadar davom etadi
#abituriyent
⏰ Test sinovlari kuniga 2 smenada yopiq pavilyonlarda tashkil etiladi. 1-smena soat 08:00 da, 2-smena 15:00 da boshlanadi.
🏃🏻➡️🏃🏻♀️➡️Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi.
📄 Test sinovlarida ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga Abituriyent ruxsatnomasi my.uzbmb.uz/allow/bachelor-allow sayti orqali berilmoqda.
📋 Abituriyentlardan ruxsatnomani yuklab olishlari hamda qog‘ozga chop etib qo‘yishlari so‘raladi.
✅ Abituriyentlar ruxsatnomada belgilangan manzildagi binoda, ko‘rsatilgan sanada va smenada test sinovlarida ishtirok etadi.
❌ Boshqa hudud, kun va smenada test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat etilmaydi.
✅ Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.
❌ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!
👉 @xushnudbek 👈
❤ 68👍 12🔥 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
❗️O‘zbekistonda 11-iyuldan boshlab IELTSning qog‘oz imtihonlari to‘xtatiladi
Bu haqda IDP test markazi ma'lum qildi.
Unga ko‘ra, 10-iyul kuniga rejalashtirilgan qog‘oz (paper-based) imtihonlar rejadagidek o‘tkaziladi, biroq 11-iyuldan boshlab faqat kompyuterda (computer-based) imtihon topshirish mumkin bo‘ladi.
British Council esa hozircha bu haqda e'lon qilmadi. Biroq unda ham qog‘oz variantdagi imtihon uchun ro‘yxatdan o‘tib bo‘lmayapti.
Oldinroq ro‘yxatdan o‘tganlar esa ixtiyoriy ravishda imtihon shaklini "computer-based"ga o‘zgartirishlari yoki to‘lovni to‘liq qaytarib olishlari mumkin.
Avvalroq O‘zbekistonda IELTS imtihonida tushadigan savollar to‘plami "tarqalib ketgani" va bunday holatlar keskin ortgani haqidagi xabarlar ortidan 7-iyun kuni imtihon topshirgan nomzodlarning natijalari qayta tekshirish uchun olib qolingan edi.
Manba: Xushnudbek
@online_olimpada
❤ 35👏 5👍 4🔥 3
⚡️ Test sinovlariga kirish uchun abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi” berila boshlangani e'lon qilindi.
👨🏻💻 “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetidan yuklab olishlari mumkin (Qayd varag‘i degan sahifada yuklab olish tugmasi paydo bo‘lgan).
Yoki shaxsiy kabinetga kirmasdan, shunchaki my.uzbmb.uz/allow/bachelor-allow sahifasi orqali pasport seriyasi va raqami hamda JShShIR raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.
📋 Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.
❗️ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!
Manba: Xushnudbek
@online_olimpiada
❤ 33👍 26🔥 4🎉 4
⚡️ Kasbiy (ijodiy) imtihonlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi
Respublika bo‘yicha 52 ta oliy ta’lim muassasasida o'tkaziladigan kasbiy (ijodiy) imtihonlarning aniq sanasi, vaqti va manzili ko‘rsatilgan ruxsatnoma abituriyentning shaxsiy kabinetida (my.uzbmb.uz saytida) e’lon qilindi.
Diqqat! Abituriyentlardan shaxsiy kabineti orqali kasbiy (ijodiy) imtihon ruxsatnomasini yuklab olish va imtihon o‘tkaziladigan joyga belgilangan vaqtdan bir soat oldin yetib borish so‘raladi.
@online_olimpiada
❤ 52🔥 11🎉 10👏 9🤩 2
Repost from Online Olimpiada
Фото недоступнеДивитись в Telegram
⚡️⚡️⚡️1️⃣ Prezident maktablari kirish imtihonlari 1-bosqichi 6-iyulda bo'lib o'tadi.
⚡️⚡️⚡️2️⃣ Ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari joriy yilning 7–9-iyul kunlari 3 smenada bo‘lib o‘tadi.
➖ Ushbu maktablarga kvota doirasida kirish imtihonlari bir bosqichda, aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 5–10-sinflarga, tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7–10-sinflarga o‘tkaziladi.
⏱️ Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 105 daqiqa vaqt beriladi.
📩 Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning arizada kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi.
📍Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma'lumotlar qayd etilgan ruxsatnomani shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin.
📨 Shaxsiy kabinet havolasi: https://ariza.piima.uz/application/cabinet
@online_olimpiada
❤ 42🔥 11👍 9
Repost from Online Olimpiada
Фото недоступнеДивитись в Telegram
2 июль – “Ўзбекистон Республикаси Давлат герби тўғрисида”ги Қонун қабул қилинган кун.
📌 Қонунга мувофиқ, Давлат герби Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг рамзидир.
@online_olimpiada
❤ 58🎉 28👍 13🤩 6👏 5🔥 4🥰 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
⚡️⚡️⚡️1️⃣ Prezident maktablari kirish imtihonlari 1-bosqichi 6-iyulda bo'lib o'tadi.
⚡️⚡️⚡️2️⃣ Ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari joriy yilning 7–9-iyul kunlari 3 smenada bo‘lib o‘tadi.
➖ Ushbu maktablarga kvota doirasida kirish imtihonlari bir bosqichda, aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 5–10-sinflarga, tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7–10-sinflarga o‘tkaziladi.
⏱️ Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 105 daqiqa vaqt beriladi.
📩 Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning arizada kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi.
📍Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma'lumotlar qayd etilgan ruxsatnomani shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin.
📨 Shaxsiy kabinet havolasi: https://ariza.piima.uz/application/cabinet
@online_olimpiada
❤ 38👍 10🥰 7🔥 4🎉 4👏 1
Repost from Xushnudbek.uz
‼️BUGUN QABULNING OXIRGI KUNI!
#abituriyent
Bugun, 25-iyun soat 09:00 holatiga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun 676 ming 149 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.
📚 Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:
🔹 O‘zbek tili — 594 046 nafar;
🔹 Rus tili — 66 745 nafar;
🔹 Qoraqalpoq tili — 13 560 nafar;
🔹 Boshqa tillar — 1 798 nafar.
📋 Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:
🙋🏻♂️ erkaklar — 317 278 nafar
🙋🏻♀️ ayollar — 358 871 nafar
❗️Ma’lumot uchun: o’tgan yili 24-iyun soat 18:00 holatiga 742 ming 479 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan edi. Ko’rinib turibdiki, joriy yilda abituriyentlar soni biroz kamroq va 800 mingga yetmasa kerak.
O’tgan yili jami 894 ming abituriyent hujjat topshirgan, keyinroq 90 ming kishi to’lovlarni qilmagani uchun chiqarib tashlanib, yakunda jami 805 ming abituriyentga testga kirishga ruxsat berilgan edi.
👉 @xushnudbek 👈
❤ 99👍 21🤩 10🔥 9👏 5🥰 1
❗️Qabul tugashiga 1 hafta qoldi
Roppa-rosa 1 haftadan so’ng qabul yakunlanadi.
Bugun, 18-iyun 10:00 holatiga oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha 255 ming 409 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.
📚 Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:
🔹o‘zbek tili — 224 ming 513 nafar;
🔹rus tili — 25 ming 841 nafar;
🔹qoraqalpoq tili — 4 ming 283 nafar;
🔹boshqa tillar — 772 nafar.
📋 Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:
🙋🏻♂️ o‘gil bolalar — 117 ming 940 nafar
🙋🏻♀️ qizlar — 137 ming 469 nafar
Manba: Xushnudbek
@online_olimpiada
❤ 116👍 23🤩 13🔥 9
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#Abituriyent
📱 Ro‘yxatdan o‘tishda o‘z telefon raqamingizdan foydalaning.
✅ my.uzbmb.uz orqali oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tishda abituriyentning telefon raqami ma’lumotlarni tasdiqlash vositasi hisoblanadi.
✍️ Bunda ma’lumotlarni tasdiqlash uchun abituriyentning telefon raqamiga SMS xabar yuboriladi va SMS xabardagi kodni dasturga kiritish orqali ma’lumotlar tasdiqlanadi.
📵 Ro‘yxatdan o‘tishda foydalanilgan (tizimga kiritilgan) telefon raqamisiz ma’lumotlarni tasdiqlab yoki o‘zgartirib bo‘lmaydi.
🛃 Agar abituriyent boshqa shaxsning telefon raqami orqali ro‘yxatdan o‘tadigan bo‘lsa, telefon raqamiga egalik qiluvchi shaxsda abituriyentning ma’lumotlariga o‘zgartirish kiritish imkoni bo‘ladi.
⚠️ Shu sababli abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda o‘z telefon raqamidan foydalanishi va telefon raqamini boshqa shaxslarga bermasligi lozim.
✳️ Shuningdek, abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda o‘zi eslab qoladigan, xavfsiz paroldan foydalanishi maqsadga muvofiq.
❤ 65🔥 12👍 8👏 3
03:06
Відео недоступнеДивитись в Telegram
❗️10-iyundan akademik litseylarga qabul boshlandi.
2025/2026-oʻquv yili uchun akademik litseylarga umumtaʼlim maktablarining joriy yil 9-sinf bitiruvchilaridan hujjatlar my.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilinmoqda.
📋 Bunda abituriyentlar roʻyxatdan oʻtish jarayonida quyidagi hujjatlarni elektron shaklda (PDF, JPEG) yuklashlari lozim:
🔹 3,5x4,5 sm oʻlchamdagi 1 ta rangli fotosurat;
🔹 O‘qishga imtiyozli kirish huquqini beruvchi hujjatlar — fan olimpiadasi gʻolibi ekanligini tasdiqlovchi diplom, chet tili va umumtaʼlim fanlarni bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy yoki xalqaro sertifikat (mavjud boʻlsa).
Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtishda quyidagilarni belgilaydi:
✔️ oʻzlari tanlagan uchtagacha akademik litseyning bittadan mos yoʻnalishi (bunda taʼlim tili bir xil boʻlishi kerak);
✔️ qaysi chet tilidan kirish test sinovini topshirishi.
🗓 Qabul jarayonlari 10-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.
Manba: Xushnudbek
@online_olimpiada
Akademik.mp431.81 MB
❤ 57👍 16🥰 6
05:32
Відео недоступнеДивитись в Telegram
👍👍👍👍👍🕸
2025-2026-o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish 5-iyundan boshlandi
📄 2024-yildan boshlab, davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkazilishi belgilangan.
📝 Bunda abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi.
🗓 Oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida o‘tkaziladi.
✅ Davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi 2 bosqichda amalga oshiriladi:
1️⃣-bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat OTMni tanlaydi.
2️⃣-bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydilar. Oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlamagan abituriyentlar yakuniy tanlovga qo‘yilmaydi.
🖥 Professional ta’lim muassasalarida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar professional ta'lim muassasasini , kasb va mutaxassislikni hamda ta’lim shaklini OTMlariga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng 10 kun muddatda tanlaydi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
RO‘YXATDAN O‘NLAYN O‘TISH_2025.mp434.68 MB
❤ 58🎉 10👍 9👏 9🔥 6🤩 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
🌅Assalomu alaykum!
🎉 QURBON HAYITI MUBORAK BO‘LSIN AZIZLAR!
◈━━◈━━◈
@online_olimpiada
❤ 65👍 13🎉 10🔥 6🥰 5
04:19
Відео недоступнеДивитись в Telegram
⚡️Bugundan abituriyentlar qabuli boshlandi
Bugun, 5-iyun kuni, davlat oliygohlarida abituriyentlar qabul boshlandi. Qabul jarayonlari my.uzbmb.uz saytida 25-iyungacha bo‘lib o‘tadi.
ℹ️ ESLATMA: hozircha faqat fanlar majmuasi tanlanadi xolos. Ya’ni abituriyent qaysi fandan test topshirishini belgilaydi. Lekin universitet yoki yo‘nalishni tanlamaydi.
Test natijalari to‘liq chiqib bo‘lgach, abituriyent o‘zi to‘plagan ballga qarab, keyinchalik qaysi oliygoh va qaysi yo‘nalishni tanlashni o‘zi hal qiladi.
@online_olimpiada
36.37 MB
❤ 35👍 14👏 5🎉 3
