Hubbuna
Відкрити в Telegram
Ma'lumotlardan ko‘chirilganda link ko‘rsatilmasa, rozi emasmiz! Asoschi: @GiyosiddinYusuf Reklama: https://t.me/Hubbuna_uz/61 Savollar uchun: @Yechimhubbuna
Показати більше2025 рік у цифрах

19 013
Підписники
Немає даних24 години
+2127 днів
+1 05530 день
Архів дописів
00:43
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Dunyodagi eng baxtli ayol bo'lib yashaydi...
#Erkaklar
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
SaveVid_Net_AQN2CR5VzvSlMvNMDCxo8WtRufp6ZLU1W38d1f0g6jO77slbUyO.mp44.40 MB
💯 36❤ 14🔥 6😁 3👍 2💔 2
Hozir ayollar haqida “katta sir”ni ochaman.
• Agar ularni ranjitmasangiz, ular xafa bo'lmaydi.
• Agar e’tibor bersangiz (hech bo‘lmasa, gul olib bersangiz, shirinlik bersangiz — kim nimani yoqtirsa) — janjallar bo‘lmaydi.
• Agar tinglasangiz, asabni yemaydi.
• Agar yolg‘on gapirmasangiz, u sizga ishonadi.
Ajablanarlimi? Amal qilib ko‘ring. Ishlaydigan qoidalar.
#Erkaklar
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
😁 120💯 77🔥 35👍 19❤ 16❤🔥 3😱 3👏 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
👩❤️👨 Uylanish borasida qisqa so‘zim: qo‘rqitishlarga ham, qiziqtirishlarga ham quloq solmang, o‘z imkoniyatingiz va ehtiyojingizdan, shijoatingizdan kelib chiqib harakat qiling.
#Oila_qurish
♻️ Uylanmoqchi bo'lganlarga yuborib qo'ying, shoyad, foydali bo'lsa!
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
❤ 74💯 33🔥 10👍 4
00:29
Відео недоступнеДивитись в Telegram
O'g'il bolaga erkak kishi qanday bo'lishini ko'rsatish va o'rgatish kerak!
#tarbiya
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
IMG_5433.MP41.37 MB
👍 60🔥 27❤ 18💯 5❤🔥 4👏 2
00:11
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Dunyo nafratga to‘la bo‘lsa, sevishni o‘rganish kerak. Dunyo yovuzlikka to‘la bo‘lsa, kechirishni o‘rganish kerak. Dunyo umidsizlikka to‘la bo‘lsa, orzu qilishni o‘rganish kerak. Dunyo shubhalarga to‘la bo‘lsa, ishonishni o‘rganish kerak.
#Shunchaki
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
IMG_5434.MP45.60 KB
❤ 39👍 29🔥 6💔 5❤🔥 1🥰 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Shamollashga qarshi arabcha dori
➣ Turkaga bir qoshiq shakar, ikki qoshiq qahva solinadi, ustiga esa sarimsoqning juda yupqa qirg‘ichdan o‘tkazilgan qirindisi qo‘shiladi. Qaynoq suv quyilib, yana bir bor qaynaguncha isitiladi. Bu ichimlikni kun davomida bir necha marta ichish mumkin.
➣ Sarimsoqning hididan xavotir olmang — bu ichimlikda u deyarli sezilmaydi, ammo shifobaxsh xususiyatlari saqlanib qoladi.
➣ Bu ichimlik ayniqsa gripp va shamollash avj olgan paytlarda foydali. Xohlasangiz, ta’sirini kuchaytirish uchun zanjabil va kardamon ham qo‘shishingiz mumkin.
#Salomatlik
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
👍 25🔥 11❤ 6🤔 4
Repost from TgId: 2142046997
Фото недоступнеДивитись в Telegram
😊 “Asal oyi emas, asal hayot” asari Mutolaa Market’da!
🤩 “Asal oyi emas, asal hayot” — G’iyosiddin Yusuf o’quvchilarini munosabatlar haqida yangicha qarashga undaydi. Oila qurishda faqat asal oylariga emas, balki chin dildan o’ylangan va o’zaro tushunishga asoslangan “asal hayot”ni yaratishga da’vat etadi.
Oila qurish arafasida turgan yigit-qizlar va yosh oilalar uchun ajoyib tavsiya. Ushbu asar sevgi va turmush o’rtasidagi nozik chiziqni o’rganishga bag’ishlangan dildan yozilgan asardir. Bu kitobda sevgi va munosabatlarning yorqin jihatlari bilan birga, kundalik hayotning murakkabliklari ham aks ettiriladi.📚 Kitobni elektron va audio formatda Mutolaa Marketdan xarid qilishingiz mumkin: havola. Mutolaa ilovasini yuklab oling
❤🔥 14👍 8❤ 7😁 3🔥 1
Boʻydoqlarga maslahat:
Uylanmoqchi boʻlsangiz yaxshi ayollarni axtarmang, balki yaxshi erkaklarni axtaring. Yaxshi erkaklarning uylarida yaxshi ayollar boʻladi. Bu so'zning maʼnosini ozchilikkina tushunadilar.
Qizlaringizni nazorat qiling, zero, arslonlar qo'riqlagan daraxtga maymunlar osilmaydilar.
Imom Shaʼroviy
#oila_qurish
✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
👍 88💯 53🔥 29❤ 17👏 1
Repost from TgId: 1062198373
00:17
Відео недоступнеДивитись в Telegram
👤 Markazimizda yana bir mehmon!
🔥Ko’plab kitoblar muallifi G’iyosiddin Yusuf tomonlaridan:
23-dekabr, 10:00da
Chorsu filialimizda
ajoyib master-class bo’lib o’tadi
🎙️Suhbat mavzusi: “Tarbiya-chi?!”
🗣️Kim uchun: Farzand tarbiyasiga befarq bo’lmagan ota-onalar uchun
✅ Ha aytgancha master-classda qatnashish mutlaqo bepul!☎️ 78 113 73 10 Telegram | Instagram | YouTube
IMG_3875.MP46.15 MB
👍 3❤ 1
00:42
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Farzand injiqligi sabablari
🪟 Ko'pchilik ota-onalar farzandining o'zini tutishidagi o'zgarishlarga atrofdagi odamlarni ayblashadi. Ammo ulardan oldin o’zlarining ham munosabatlarini ko’rib chiqishlari kerak.
Ota-ona doimo farzandi bilan kattalardek suhbat qurmog'i, do'st bo'lmog'i zarur. Bola hech ikkilanishsiz ota-onaga ishonishi, har qanday muammo yoki qarorni ular bilan bemalol muhokama qila olishi zarur.
📌 Ana shunda “ichimdagini top” qabilidagi injiqlik, qaysarlikka hojat qolmaydi. Hatto ota-onaning o’zaro munosabatlari bolaning injiqligiga sabab bo’lishi mumkin.
#tarbiya
Yanada ko‘proq videolar
14.11 MB
❤ 11👍 6🔥 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Oila faqatgina bir tom ostida yashash degani emas, balki o‘zingizni xavfsiz his qiladigan makon hamdir. Agar uyda sovuq muhit, doimiy janjal bo‘lsa yoki doim qandaydir rol ijro etishga majbur bo‘lsangiz, bu oila emas, balki omon qolish uchun mashq lageridir.
Fikrimga qo'shilasizmi? — 🔥
#tarjima
✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
🔥 148❤ 28💯 22❤🔥 6💔 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Otani yomon koʻrdirgan onalar
Ba’zan ota ta’lim-tarbiya uchun boladan nimanidir man qiladi yoki nafsiga og‘ir botadigan ishga buyuradi. Shunday vaqtda ayrim onalar ota man qilgan ishga ruxsat berib, buyurgan ishidan esa qaytarib “mehribonlik” qiladi. Vaholanki, bu bilan otani bolaga yomon ko‘rsatib qo‘yadi. Qiyin bo‘lsa ham sabr qiling. Otasi ham sizdan kam yaxshi ko‘rmaydi. Hatto noo‘rin taqiq va buyruqlar bo‘lsa ham turmush o‘rtog‘ingiz bilan alohida gaplashib oling. Darrov bu kishi xato qilyapti deb bolaning yonida so‘zini sindirmang!
Umuman olganda, tarbiyaga doir masalalarda er-xotin o‘zaro kelishib harakat qilgani ma’qul. Bu o‘zaro ochiq suhbat bilan bo‘ladi, albatta.
Unutmang, otaning ota sifatida hurmatlanishi, e’zozlanishi, so‘zi olinishi uchun ayolning roli katta.
📚Gʻiyosiddin Yusufning «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos
Kitobni xarid qilish
Yanada ko'proq iqtiboslar
❤ 45👍 26🔥 6🌚 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Muntazam kitob o‘qiy olmayapsizmi?
Ismim Rustam, o‘qituvchiman. Talabalik yillarimdan beri kitobni qanday tashlamasdan o‘qish mumkinligi haqida izlanib kelaman.
Ko‘pchilikda muammo bir xil: kitob boshlanadi, lekin davom etmaydi.
Shu sabab shaxsiy blog ochdim.
Bu yerda kitob o‘qishni majburiyat emas, odatga aylantiramiz.
Yechim sifatida “Har kuni kitob o‘qiymiz” chek-listidan foydalanamiz.
👉 Hozir kanalimga obuna bo‘ling
va chek-listni bepul oling:
@Ravshanov_Rustam
👍 10❤ 6❤🔥 1🔥 1🎉 1🌚 1💯 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Oilada har bir kishining haddi boshqa bir kishining haddi boshlangunchadir. Na er uchun xotin qurbon bo'lishi kerak, na xotin uchun er. Har ikki tomon ham sog'lom munosabat qurishga intilishi kerak.
Sizda sog'lom munosabat bo'yicha yetishmovchilik bormi? — 🔥
✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
🔥 89❤ 56👍 8🤔 4👏 2💔 2
02:50
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Opalar kelganda...
✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
1-sentabr, 2025.mp45.35 MB
👍 32❤🔥 10❤ 4🔥 4💔 3
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Qizlarni turmushga
tayyorlash
🌸Qizlarni turmushga tayyorlash faqatgina ularga sep yig'ish bilan bo'lmaydi. Mayli, aytarli sepi bo'lmasin, lekin xotinning vazifa-burchlarini bilsin, erga, qaynona, qaynota va yangi hayotidagi boshqa insonlarga qanday muomala qilishni bilsin. Shuningdek, qo'l-oyog'i chaqqon, pazanda bo'lgani yangi uyidagi qadrini oshiradi. Eng asosiysi, xulqi go'zal, diyonatli bo'lsin. Shuningdek, yangi kelin-kuyov o'rtasidagi nozik ishlarni ham chiroyli qilib tushuntirib qo'yish kerak. Xullas, kelinlikka tayyor bo'lish ham oson emas. Qiz faqat balog'atga yetish bilan kelinlikka yarab qolmaydi.
📚Gʻiyosiddin Yusufning «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos
#ayollar
Kitobni xarid qilish
Yanada ko'proq iqtiboslar
❤ 34🔥 29👍 12
Repost from TgId: 1789957033
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Kimga uylanish/turmushga chiqish kerak?
Oila mavzusidagi suhbatlar silsilasini boshlaymiz! Ilk suhbatimiz oilaning ilk bosiqchi, uning qurilishi mavzusiga bag'ishlanadi. Unda:
- juft tanlashning asl mohiyati; - oila qurishdan avval qilinaidgan ishlar; - noto'g'ri kutuvlar va ularning oqiblatlari; - munosib insonni tanlash mezonlari; - baxtli oila qurish sirlari va boshqa mavzularda suhbatlashdik.Keling, atrofimizdagi insonlarda yig'ilib qolgan muammo va savollarga mehmonlarimiz Ikrom Sharif va Shavkat Hasan orqali javob olamiz. 🎞 Hoziroq tomosha qiling @alohidamavzu
👍 18❤ 8🔥 3
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Sog'inich muhabbat sababli bo'ladi. Yaxshi ko'rmagan kishingizni sog'inmaysiz. Shunday ekan, kimni sog'inyapsiz va kim sizni sog'inayotgan/sog'inmayotganiga e'tiborli bo'ling.
#Mezon
✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
❤ 68👍 31🔥 12💯 5💔 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Mukammal ayol hayotidan rozi bo‘lgan ayoldir. Hayotidan rozi ayolning fe’l-atvori go‘zal, tabassumi maftunkor, nigohi muloyim, ovozi mayin va jozibasi to‘lib-toshgan bo‘ladi… Eng muhimi, u yonida aynan shunday ayolga aylantirgan erkakka nisbatan cheksiz muhabbatga ega bo‘ladi… shunday… mukammal.
#tarjima
✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
🔥 77❤ 45❤🔥 19👍 7💯 5💔 2
