Hubbuna
Відкрити в Telegram
Ma'lumotlardan ko‘chirilganda link ko‘rsatilmasa, rozi emasmiz! Asoschi: @GiyosiddinYusuf Reklama: https://t.me/Hubbuna_uz/61 Savollar uchun: @Yechimhubbuna
Показати більше2025 рік у цифрах

18 995
Підписники
-1824 години
+2127 днів
+1 04930 день
Архів дописів
00:23
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Oʻgʻlim qaysar, jizzaki boʻlib qoldi… Qizim esa meni tushunmaydi, gapim taʼsir qilmayapti. Farzandlarim tarbiyasida qiynalayapman…Bu ko‘p ota-onalarimizda uchrab kelayotgan jiddiy muammolardan biri! Mana shu muammo boʻyicha; 📌 7-dekabr, 14:00 da 🔝 “Oʻgʻil bola va qiz bola tarbiyasi orasidagi farqlar" mavzusida bepul ochiq dars oʻtkazamiz. Ogʻriq bormi?)) 📊 Roʻyxatdan oʻting! https://forms.gle/nhFoJAj44MWncXUw8 📊 Batafsil maʼlumot uchun https://t.me/+4fNM9TtxO5YyNTli
8.39 MB
❤ 5👍 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Qabul qilganingiz uchun rahmat. Meni turli holatlarda: charchagan, jahldor, jim, kulgili, ishonchsiz ko‘ringanimga qaramay, yonimda qolganingiz uchun minnatdorman!
Siz mendan mukammal bo‘lishni talab qilmaysiz. Mening zaif tomonlarimdan cho‘chimaysiz. Siz bilan o‘zimni erkin his qilaman. Yuzimni yashirmasdan, tushuntirishga urinmasdan, o‘zimni boshqacha ko‘rsatmasdan siz bilan yashay olaman.
Siz bilan yig‘lashim va bundan uyalmasligim mumkin. Baland ovozda kulishim mumkin. O‘jarlik qilishim mumkin. Jim turishim mumkin. O‘zimday bo‘lishim mumkin.
Bu shunday kamyob, haqiqiy his-tuyg‘uki, sizni o‘zgartirishga urinishmaydi, balki shunchaki sevadi. Buning uchun rahmat. Bu siz o‘ylagandan-da ko‘proq narsa.
#tarjima
✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
❤ 95🔥 18💔 14👍 8
01:10
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Muhabbat nima?
Hasanxon ustozdan javob
#Muhabbat
✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
AQP1b0yI_oGCtoHfcmTw7hqw5ziPDIRPvaRk_HZF9jvvNuNMIh1xs_Fnt1EjDnaOc3uXaVyvl.mp44.64 MB
❤ 40🔥 11👍 3
Фото недоступнеДивитись в Telegram
🧔♂️ — Men yugurishga qaror qildim.
🧕 — Zo'r-ku, qachon chiqasiz.
🧔♂️ — Qachon chiqaman bilmadim, men qaror qildim, xolos.
#Tabassum
✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
😁 151❤ 5🎉 5🌚 4
Фото недоступнеДивитись в Telegram
"Men seni yaxshi ko'raman" deyish bir necha soniya vaqt oladi... qanchalik sevishingizni ko'rsatish uchun esa bir umr kerak bo'ladi...
#Muhabbat
✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
❤ 72👍 26🔥 7💔 7
BOLALAR — KO‘ZGU ↓
• O‘zingiz oxirgi marta qachon kitob o‘qiganingizni eslay olmasangiz, bolalarga kitobga muhabbat uyg‘ota olmaysiz;
• Yaqinlaringiz bilan muammolarni baland ovozda muhokama qilsangiz, bolalarni vazmin munosabatda bo‘lishga o‘rgata olmaysiz;
• Sevimli taomingiz qovurilgan kartoshka bo‘lsa, brokkolini bolalarning sevimli mahsulotiga aylantira olmaysiz;
• Agar o‘zingiz do‘stona munosabatlarni saqlamasangiz, farzandingizning do‘stlashishi qiyin bo‘layotganiga hayron bo‘lmang;
• O‘zingizdan qo‘rqsangiz, boladan jasorat kutmang.
📌 Bolalar — ota-onalarning ko‘zgusi! Boladan biror narsani talab qilishdan oldin o‘zingiz bu talabga qarshi emasligingizga ishonch hosil qiling. Aks holda, "shunday qil, bu to‘g‘ri, lekin men boshqacha yashayapman" degan ikkiyoqlama murojaat kelib chiqadi. Farzandingiz uchun asosiy narsa siz aytayotgan narsalar emas, balki sizning hayotingiz va tafakkuringiz bo‘ladi!
#tarbiya
✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
❤ 19🔥 8👍 6💯 6
01:09
Відео недоступнеДивитись в Telegram
21+ LOYIHA — NATIJALAR GAPIRADI1-mavsum || "21+ LOYIHA" ishtirokchilari erishgan natijalar bilan tanishing! Bu natijalar keyingi mavsumlar uchun kuchli poydevor boʻladi. Navbatdagi 2-mavsum taqdimot darsini Ustoz Muhammad Ali Eshonqulov o‘zlari olib boradilar. Taqdimotdan so‘ng; Yigitlar uchun, va ilk bor qizlar uchun ham qabul jarayoni ochiladi! 📌 7-dekabr | 10:00 📍 2-mavsum rasmiy taqdimoti 🔗 Joyingizni band qiling; @Loyiha21_yigitlar @Loyiha21_qizlar Kanal Link⬇️ https://t.me/+MEwYhlubVbVjNjgy
IMG_6263.MOV24.83 MB
02:30
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Ayol bemor bo'lganida uyiga borib davolanib kelishi kerakmi?
#Erkaklar
✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
5.11 MB
❤ 42👏 12🔥 6😱 4
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Munosabatlar yaxshi vaqtda yaxshi muomala qilishni — "Bor tovog'im, kel tovog'im"ni hamma ham eplay oladi. Haqiqiy sinov yomon muomala qilgan kishiga ham yaxshi javob qaytara olishdir.
Boshqalarga munosabatimiz uning bizga qilgan muomalasiga ko'ra emas, odob-axloqimiz, tarbiyamizdan kelib chiqib bo'lmog'i lozim. Xususan, er-xotin munosabatlarida ham.
Har narsaga arazlab olaverish, bitta gapiga bitta javob qaytarish, hech bir narsani e'tibordan chetda qoldirmay ayb topish muhabbatli kishining ishi emas. Nafsingizga yoqadigan ish qilganda sevib, bo'lmasa, so'kib turishni hamma ham qila oladi!
#Munosabatlar
✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
👍 41💯 37❤ 21🔥 13🥰 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Qon bosimini tushiruvchi choy
Yuqori qon bosimi turli sabablar tufayli kelib chiqishi mumkin, biroq uni pasaytirishga yordam beradigan xalq choyi retsepti bor.
▪️Na’matak mevalarini (quruq yoki yangi), qulupnay barglarini (2 ta barg) va yalpiz barglarini (2 ta barg) qulupnay mevalari bilan aralashtiring.
▪️Aralashmaga qaynoq suv quying va 10 daqiqa davomida damlab qo‘ying. Ichishdan oldin yanada xushbo‘y ta’m va hid uchun 1 choy qoshiq maydalangan yalpiz qo‘shing.
Bu choy nafaqat mazali, balki qon bosimingizni pasaytirishga ham yordam beradi. Ammo esda tutingki, u jiddiy salomatlik muammolari bo‘lganda shifokor bilan maslahatlashishning o‘rnini bosa olmaydi.
#Salomatlik
✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
❤ 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Kivi — kichkina meva, katta foyda
Ko‘pchilik uchun kivi shunchaki nordon meva bo‘lib tuyuladi. Aslida esa tarkibidagi moddalar uni sog‘liq uchun eng foydali mevalardan biri ekanini ko'rsatadi. Ilmiy tadqiqotlar ham buni tasdiqlagan.
• Kuchli C vitamini manbai
Kividagi C vitamini limondagidan ko'ra ko‘proq. Kuniga 1–2 dona kivi yeyish immunitetni sezilarli darajada mustahkamlaydi. Tanani infeksiyalardan himoyalovchi oq qon hujayralari aynan C vitamini ta’sirida faol ishlaydi.
• Kaliy — tanadagi tuzni muvozanatlashtiradi
Kivi kaliygа boy. Kaliy esa organizmdagi ortiqcha natriyni “tortib” chiqaradi, shu orqali qon bosimini tushirishga yordam beradi. Bu yurak va buyraklar faoliyati uchun asosiy omillardan biridir.
• Ovqat hazmiga yordam beradi
Kivida aktinidin deb ataladigan tabiiy ferment bor. U oqsillarni tezroq parchalashga yordam beradi. Shu sabab asosiy ovqatdan keyin kivi yeganda hazm osonlashadi, og‘irlik kamayadi.
• Ichak faoliyatini yaxshilaydi
Tolalarga boyligi sabab ichak harakatini tabiiy tarzda faollashtiradi. Bu — ayniqsa ko‘p o‘tirib ishlaydigan erkaklarga kerak bo‘ladigan narsa.
• Qon tomirlar uchun foydali
Kivi tarkibidagi antioksidantlar tomirlardagi yallig‘lanishni kamaytiradi. Bu esa yurak uchun uzoq muddatli himoya sanaladi.
Bu yerda muhim bir haqiqat bor: kivi hamma dardga davo emas. Lekin ilmiy jihatdan qaralganda, immunitet, hazm, qon bosimi va yurak-qon tomir tizimida isbotlangan ijobiy ta’sirlarga ega meva.
Tabiiylikka ne yetsin!
#Salomatlik
✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
❤ 38👍 13🔥 7
Фото недоступнеДивитись в Telegram
— Xonaga kirganimda nega kulib qo'ydingiz?
— Sizni ko'rganimga.
— Unda nega har safar kulmaysiz?
— Chunki ba'zan qo'rqitib kirib kelasiz-da.
#Tabassum
✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
😁 155❤ 12🔥 6🤔 2👏 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Erga itoat chinakam ayolning eng kuchli hamda eng yoqimli sifatlaridandir.
#Ayollar
✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
❤ 74👍 21🔥 7💯 6
00:51
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Mendan konsultatsiya olgan bir yigit aytdiki, oila qurganlariga bir hafta bo'lganda ayoli ajrashishni so'ragan. Chunki...
#Muammo
Yanada ko‘proq videolar
IMG_6496.MP42.63 MB
💯 29😱 9🔥 5❤ 4👍 3
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Ayollar logikasi
— Xo‘sh, mendan nimaga xafa bo‘ldingiz?
— O‘zingiz bilasiz.
— Rostdan bilmayman.
— Ana mana shu bilmasligingiz uchun ham xafa bo‘ldim.
#Tabassum
✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
😁 146❤ 11👏 3💯 3💔 3🌚 1
Ba’zan eng muhim gap aytilmaydi
Erkak kishi har doim ham gapiravermaydi. U har bir kechikkan javobini izohlab o‘tirmaydi. Har bir siqilgan nafasini so‘zga aylantirmaydi. Ammo bu uning ichida hech narsa yo‘q degani emas.
Ba’zan u bir og‘iz so‘z aytmasdan sizni kuzatadi. Ichida: “Charchadi”, — deydi. Sekin borib yelkangizni silaydi — bu “men yoningdaman” degani. Eshikni asta yopadi — bu “biroz tinchlik kerak” degani. Ishdan kech kelsa, “Kechikdim, uzr” demaydi. Ammo yuzidagi mahzunlik, boshining egilgani pushaymonligi izhoridir.
Juftingizning faqat aytgan so‘zini emas, aytmagan so'zini ham anglay olsangiz, tushunmovchilik kamayadi. Albatta, bu "bunday demoqchi edingizmi?" degan yomon gumonlar uchun ishlamaydi.
Ba’zan eng zarur gap aytilmaydi. Va uni eshitish uchun quloq emas, ko‘ngil kerak bo‘ladi...
#Ayollar #erkaklar
✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Qon bosimini tushiruvchi choy
Yuqori qon bosimi turli sabablar tufayli kelib chiqishi mumkin, biroq uni pasaytirishga yordam beradigan xalq choyi retsepti bor.
▪️Na’matak mevalarini (quruq yoki yangi), qulupnay barglarini (2 ta barg) va yalpiz barglarini (2 ta barg) qulupnay mevalari bilan aralashtiring.
▪️Aralashmaga qaynoq suv quying va 10 daqiqa davomida damlab qo‘ying. Ichishdan oldin yanada xushbo‘y ta’m va hid uchun 1 choy qoshiq maydalangan yalpiz qo‘shing.
Bu choy nafaqat mazali, balki qon bosimingizni pasaytirishga ham yordam beradi. Ammo esda tutingki, u jiddiy salomatlik muammolari bo‘lganda shifokor bilan maslahatlashishning o‘rnini bosa olmaydi.
#Salomatlik
✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
❤ 21👍 5
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Ruhiy salomatlik jismoniy salomatlikdan ko‘ra muhimroq. U sizni ichdan yemiradi, ammo buni hech kimga ko‘rsata olmaysiz. Chunki buni hech kim o‘z ko‘zi bilan ko‘ra olmaydi. Bu azob butun hayotingizni va hatto dunyoqarashingizni o‘zgartirib yuborishi mumkin. Hayotida bu azobni boshidan kechirgan har bir inson uning qanchalik xavfli va og‘riqli ekanligini biladi. Shuning uchun imkon qadar hamma bilan yaxshi munosabatda bo‘lishimiz juda muhimdir.
Agar birovni xafa qilgan bo‘lsangiz, kechirim so‘rang, hech kimga hasad qilmang. Foydali ishlar bilan mashg‘ul bo‘ling, hayotdagi maqsadingizga diqqatingizni qarating, atrofingizdagi odamlarga yordam bering. Ko‘proq ibodat qiling. Esda tuting, agar qachondir yo‘lingizdan adasib qolsangiz, maqsadingizga erisha olmaysiz. 🤍
#Eslatma
✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
🔥 35❤ 24👍 4
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Ba'zan qadr istaydi inson — shunchaki, beg'araz, tilanmay e'tibor xohlaydi...
#shunchaki
✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
❤ 75🔥 35💔 16💯 8❤🔥 4👍 3🤔 3🥰 2
