Hubbuna
Відкрити в Telegram
Ma'lumotlardan ko‘chirilganda link ko‘rsatilmasa, rozi emasmiz! Asoschi: @GiyosiddinYusuf Reklama: https://t.me/Hubbuna_uz/61 Savollar uchun: @Yechimhubbuna
Показати більше2025 рік у цифрах

18 995
Підписники
-1824 години
+2127 днів
+1 04930 день
Архів дописів
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Juftingizga mehr berish ila uning qalbidagi o‘rningizni muhofaza qiling. Chunki qalb bo‘sh turmaydi.
#Muhabbat #Eslatma
✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
🔥 63❤ 31💯 24👍 5😁 3💔 2🥰 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Juftimizning fe'lida biror o'zgarish bo'lsa, darrov sezamiz: "O'zgarib qolgansiz, avvalgidek emassiz!" kabi gaplarni qator qilamiz.
Chunki bu narsa e'tibor qilmasa ham bilinadi — "yomonlik tez tarqaladi" deyiladi-ku, tabiatimiz shunday.
Lekin tashqi ko'rinishida biror o'zgarish bo'lsa, e'tibor qilmasangiz sezmaysiz. Muhabbatning alomati e'tibor emasmidi?!
U yangi kiyim kiyganda sezmaydiganlar, atirining hidi o'zgarsa, bilmaydiganlar va boshqa shu kabi o'zgarishlarni farqlamaydiganlar "sevaman" deya oladimi?!
#Muhabbat
✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
🔥 72❤ 32👍 16💔 5😁 4🤔 1💯 1
Bugun jumada yomg'ir so'rash namozni o'qish bilan birga ehson qilishga ham targ'ib qilindi.
Bizning ham ixtiyoriy xayriyamiz bor. Mavzumizdan kelib chiqqan holda oilalarga yordam qilishga harakat qilamiz. Ya'ni kimgadir ro'zg'or qilishda, kimgadir ust-bosh olishga yoki bemorlarni davolatishga va hokazo.
Batafsil ma'lumot
Karta raqam: 9860160605493933
❤ 42🔥 6👍 4
Bola bilan muhim suhbat
Bolalar bilan murakkab mavzularda gaplashishda eng to‘g‘ri yo‘l — soddalik, xotirjamlik va ortiqcha qo‘rquvni chetga surishdir. Chunki ko‘pincha mavzuni murakkab qilib ko‘rsatadigan narsa aynan bizning unga bo‘lgan munosabatimizdir. Autizm ham shunday masalalardan biri. Autizmli odamlar o'zini odatdagidan boshqacha tutadi va bu ba’zan bolalarni ham, kattalarni ham cho‘chitadi. Buni qanday tushuntirish mumkin? Masha Rupasova bu mavzuga quyidagicha yondashgan:
Bugun Maks bilan avtobusga chiqdik. Ichkarida kimdir baland ovozda qichqirib o‘tirardi. Maks bezovta bo‘ldi: “Bu odam mastmi?” — deb so‘radi. Mast odamni u faqat bir marta ko‘rgan, o‘shanda ham holati uncha og‘ir emasdi. Shundan beri shu voqeani takror-takror eslab yuribdi. Men unga: “Biz xavfsiz joydamiz. Xohlasang, noqulay bo‘lsa, tushib ketamiz”, — dedim. U esa: “Yo‘q, chidayman”, — deb javob berdi. Avtobus yo‘lga tushdi, lekin men ham ichimda asabiylashdim: tovush juda baland, yigit balki giyohvand modda ta’sirida bo‘lishi ham mumkin. Unda politsiya chaqirish kerak bo‘lardi. Lekin agar shunday zarurat bo‘lsa, haydovchi yoki biror yo‘lovchi allaqachon chaqirgan bo‘lardi. Ammo hamma xotirjam. Maks esa tobora noqulay bo‘lib boryapti. Shu payt (bir necha daqiqadan keyin) nihoyat tushundim: bu oddiygina autizmga ega yigit edi. Dedim: — Makson, hammasi joyida. Mana bu qichqiriqlar — vokalizatsiya. U autizmga chalingan. Autizm odamning asab tizimi ko‘p narsalarga boshqacha munosabat bildirishiga sabab bo‘ladigan holatdir. Avtobusda yurish unga og‘ir kechyapti va u o‘zini mana shunday tinchlantiryapti. — U aqlli bo‘lishni o‘rganadimi? — Balki u aqllidir yoki unchalik emas — bu muhim emas. U qichqiryapti, chunki ahmoq emas, balki ruhiy jihatdan haddan tashqari charchagan. O‘zing ham bilasan, ba’zan charchoq bosganda qanday bo‘lib qolishingni. — U shundayligicha qoladimi? Unga yordam berish mumkinmi? — Aniq aytolmayman. Autizm davolanmaydi, lekin moslashtiriladi. Ya’ni bolaga muloqot qilishni o‘rgatish mumkin. Ba’zi autizmli bolalar gapirmaydi, lekin yoza oladi yoki kartochkalar orqali o‘z istagini bildiradi. — Bu yigit-chi? — Uning holatini bilmayman. Lekin u avtobusda bemalol o‘tiryapti — qaragin, yugurmadi, polda yotib olmadi, salon bo‘ylab chopmadi. O‘z joyida o‘tirib turibdi. Demak, qo‘lidan kelganicha harakat qilyapti. — Qayerdan bildingiz? — Autizmli odamlar tovush, yorug‘lik, hid va odamlar soniga juda sezgir bo‘lishadi. Biz uchun oddiy bo‘lgan avtobus shovqini u uchun azobli jarang bo‘lishi mumkin. U buni tushunadi, chidashga harakat qiladi. O‘zini mana shu takrorlanadigan tovushlar bilan tinchlantiradi. Ichkaridan unga bu tovushlar butunlay boshqacha tuyuladi. Buni "vokalizatsiya" deyishadi. Darrov tushunmaganimdan o‘zim ham hayronman. — Afsus. — Hammasi joyida. U qo‘lidan kelganini qilayapti. Shu onning o‘zida qo‘rquv yo‘qoldi. Yigit otasi bilan tushib ketdi, biz esa yo‘lni davom ettirdik. Autizm, bolalar va kattalar haqida suhbatlashdik. Maks aslida maktab yonida bir autizmli qiz borligini eslab qoldi, lekin u hech qachon uni shunday deb ajratib ko‘rmagan. Xuddi Tina nogironlar aravachasida yurganini yoki Haksli koxlear implant taqib yurganini ajratib ko‘rmagani kabi. E’tibor bergan, lekin buni odamning asosiy belgisi deb hisoblamagan. Chunki Tinaning qaysarligi — uning o‘zi, Haksli esa suvga bo‘lgan mehridan tanilgan.#tarbiya ✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
🔥 18❤ 14👍 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Ayol kishi turmushga chiqar ekan, o‘zi bilan birgalikda o‘jarlik yoki «men o‘zim bilaman» degan xususiyatlarni olib kirmasligi kerak. Uning vazifasi – oilaga sukun, mehr va xotirjamlik olib kelishdir. Shu bilan birga, erkak uylanganida bolalikdagi o‘yin-kulgi yoki mas’uliyatsizlikni chetga qo‘yishi, oila uchun himoya va qo‘llab-quvvatlov manbai bo‘lishi lozim.
Agar ayol turmushga chiqib, mustaqilligini saqlab qolish uchun o‘jarlik qilishda davom etsa, bunday nikoh muqarrar ravishda muvaffaqiyatsizlikka yuz tutadi. Agar erkak uylanganidan keyin ham hanuz yetarli darajada jiddiy va mas’uliyatli bo‘lmasa, buning oqibati ham fojiali bo‘ladi.
Nikoh – ortiqcha bo‘shliqni to‘ldirish yoki filmlardagi kabi romantik sevgi qissasining yakunlanishi emas. Nikoh – bu ilohiy ahd, uzoq muddatli maqsadga qaratilgan ittifoq. Unda har ikki tarafga din tomonidan belgilangan mas’uliyatlar yuklanadi.
Ayoldan talab qilinadigani – itoat, sukun va mehribonlik. Erkakdan talab qilinadigani – oilaga osoyishtalik va himoya olib kelish.
Agar ayol haqiqiy ma’nodagi xotin bo‘lishga tayyor bo‘lmasa, turmush qurmasligi kerak. Agar erkak haqiqiy ma’nodagi er bo‘lishga mas’ullik hissiga ega bo‘lmasa, uylanmasligi lozim.
Abdulmo'min
#oila_qurish
✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
❤ 101🔥 31💯 24👍 6❤🔥 1🌚 1
Repost from Qamar kitoblar do‘koni
00:53
Відео недоступнеДивитись в Telegram
❔ “Bolalar oʻzi bu kitoblarni oʻqiydimi?”
Farzandingizga “Goʻzal xulqlar” kitobini olib bermoqchi boʻlsangiz, ehtimol xayolingizdan yuqoridagi savol oʻtgandir.
📚Gʻiyosiddin Yusufning "Go'zal xulqlar" kitobini o'quvchilar orasida targ'ib qilgan “Colba” xususiy maktabi oʻz oʻquvchilari misolida kitoblarning foydasi haqidagi tajribani ulashibdilar.
Oʻzlari ta’lim berayotgan avlod uchun mana shunday tarbiyaviy ahamiyatga ega, koni foyda kitoblar targ'ib qilishi tahsinga loyiq!
Siz Gʻiyosiddin Yusufning qaysi kitoblarini mutolaa qilgansiz? Ular boʻyicha fikrlaringizni izohlarda qoldiring, boshqa ota-onalarga manfaatli boʻladi ⬇️
• Muqovasi – yumshoq ; • Sahifa – 192 bet; • Narxi – 29.000 soʻm.🚗 Viloyatlar bo‘ylab pochta ofislarigacha yetkazib berish 15.000 so‘mdan. • Xarid qilish uchun: 🌐 qamar.uz ✍🏻 @qamar_delivery +998712037004 +998998454400 📌 Bosh doʻkon: Alisher Navoiy 42, mo‘ljal Chorsu, Sobiq Gum ro‘parasi. 📌 2-filial: Seoul Mun koʻngilochar savdo markazi, 1-qavat Moʻljal: “Moscow ice cream” yonida @qamarbooks
kitob hd logosiz.mp4125.17 MB
❤ 10👍 7😱 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Munosabatlar haqida
Munosabatlarni inson o‘zgarar degan umidda boshlamang. Hech qanday umidlarsiz uni qabul qila olsangiz, oila quring. Agar u qachondir yaxshi tomonga o‘zgarsa, bu shunchaki qo‘shimcha mukofot bo‘ladi.
Nil Shtraus
#Oila_qurish
✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
❤🔥 73❤ 32💯 22👏 6👍 4🔥 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Ko'ngildan qolmoq oson, ko'ngilda qolmoq qiyin.
#Shunchaki
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
🔥 58❤ 36💯 23👍 3💔 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Biz dahshatli zamonda yashayapmiz, do‘stlarim. Telefonimizni tirnab qo‘yishdan qo‘rqamiz-u, ammo insonlarning qalbini vayron qilishdan cho‘chimaymiz. Aslida odamlarni sevishimiz, narsalardan esa foydalanishimiz kerak. Aksincha emas!
#Eslatma
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
💯 124❤ 44👍 26🔥 12🤔 3💔 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Muhabbat bu bir-biriga ko‘proq quvonch ulashish bo‘yicha musobaqadir.Stendal #Muhabbat ✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
❤ 69💯 18💔 6👍 4🔥 3
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Umr yo‘ldosh istab
"Ijtimoiy tarmoqdan turmush o‘rtoq axtarmang; uylanishga arzigulik qizlar ijtimoiy tarmoqda o‘tirmaydi; ijtimoiy tarmoqdagi qizlarga uylanish mumkin emas" kabi izohlarni tez-tez uchratib qolaman.
Bunday ifodalar opa-singillarimizga nisbatan qilingan o‘rinsiz hurmatsizlik hamda odobdan yiroq bo‘lgan muomaladir. Qalblarni yaralaydigan va kishilar sha’niga tegadigan bunday jumlalardan o‘zingizni tiyib yuring, azizlar!
Har bir opa-singilimiz biz uchun cheksiz hurmatga loyiqdir. Ularning bilib-bilmay qilgan xatolarini yuziga solish o‘rniga, vazifamiz — chegaradan chiqmagan holda nasihat qilish va to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishdir.
Muhammad Odil Hamid
#ayollar
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
🔥 76❤ 28👍 18💯 11❤🔥 3🥰 1💔 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
O'zni sevish boshqalarga tupirib qo'yishga, boshqalarni sevish o'zdan kechishga olib bormasligi lozim.
#Muhabbat
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
🔥 88❤ 36💯 7💔 6👍 3
Bu holat sizga tanishmi? O'g'lingiz shunday bo'lishini istamaysizmi?
Unda uni yoshligidan haqiqiy erkak bo'lib o'sishiga harakat qiling. Xususan, unda mas'uliyat, fikrlash, yetakchilik, tartib-intizom kabi sifatlar shakllanishiga alohida e'tibor bering.
Bularning barchasi va yana ko'pgina yetakchilik sifatlari "Lider bola" kitobida keltirilgan. Har bir mavzuga mos hikoyalar va rasmlar berilgan. Kitobni farzandingizga o'qib bering yoki 7-8 yoshdan boshlab bolalar o'zlari o'qishi mumkin.
Kitobni xarid qilish
#tarbiya
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
👍 13❤ 8
Bitta so‘z kam unga, ikkitasi ko‘p,
Ayol bu go‘dakdir, ulg‘aygan go‘dak.
Ayol doimo haq, bahslasha ko‘rmang,
Ayol ranjiganda quchoqlash kerak.
Janjalmi, ketdimi uydan halovot?
Taq etib qo‘yilsa piyola, choynak.
Sovigan choyda hech erimas novvot,
Ayol ranjiganda quchoqlash kerak.
Gumonlar o‘t yoqsa o‘chog‘ingizda,
Qo‘zg‘olon ko‘tarar oshiq u yurak.
Muz ham erimasmi quchog‘ingizda,
Ayol ranjiganda quchoqlash kerak.
Bitta o‘pich bilan yana hoqonsiz,
Qulga aylanadi malika, beshak.
Qolmayin desangiz iloj, imkonsiz,
Ayol ranjiganda quchoqlash kerak.
“Sizdan yaxshisi yo‘q”, — desa bo‘ladi.
“Faqat sizni”, — deya uradi yurak.
Shu zahot zilzila, bo‘ron tinadi,
Ayol ranjiganda quchoqlash kerak.
Minglab va’dalarga ishonmas hargiz,
U qatra mehrni mushtoq kutadi.
Osmondan oy olib berolmasangiz,
Mahkam bag‘ringizga bosing — yetadi!
Malika Tavfiq
#Шеър
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
❤ 86❤🔥 22😁 15💯 10🔥 9👏 4🥰 1😱 1🎉 1
00:44
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Munosabatlarni yaxshilash uchun nima qilish kerak?
Yanada ko‘proq videolar
IMG_6663.MOV2.25 MB
👍 9💯 6❤ 4💔 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Farzandingizga oʻzini hurmat qilishni oʻrgating
Oʻzaro hurmat va bir-biriga boʻlgan e’tiborga asoslangan munosabatlarni oʻrnatish uchun oʻzingizga quloq solishingiz muhimdir: nima xohlaysiz va ayni damda sizga nima kerak. Bu bilan siz oʻzingizni hurmat qilishni rivojlantirasiz. Farzandingizga samimiy his-tuygʻularingizni bildirsangiz, u sizning ham ehtiyojlaringiz borligini bilib oladi.
📚Gʻiyosiddin Yusufning «Sevdirib tarbiyalang» kitobidan #iqtibos
Kitobni xarid qilish
Yanada ko'proq iqtiboslar
🔥 12❤ 8
Repost from Ikrom Sharif
Фото недоступнеДивитись в Telegram
❗️Курсга қабул бошланган!
Гапиради — лекин тингланмайди.
Тинглайди — лекин тушунмайди.
Айнан шундан оила дарз кетади.
Меҳр йўқолади. Масофа пайдо бўлади😔
☺️Буни тўғрилаш мумкин.
“Фароғат Қасри” — оила тотувлиги, ўзаро ҳурмат ва мулоқотни қайта тиклашга ёрдам берадиган 1 ойлик амалий курс.
Курсни Устоз Икром Шариф олиб борадилар.
➡️Курс ҳақида батафсил
➡️Курс ҳақида батафсил
➡️Курс ҳақида батафсил
5–15 ноябр оралиғида рўйхатдан ўтганларга — 10% чегирма мавжуд
Боғланиш учун:
+998931085568 | @Insayt_sotuv
👍 4💔 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
– Oyijon, farishtalar uchadimi?
– Ha, qizim, uchadi.
– Dadam qo'shni ayolni farishtam deb chaqirdi, u ham uchadimi?
– Hozir, uchadi-da, qizim.
#Tabassum #Rashk
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
😁 188❤ 11🤔 7🔥 2👍 1😱 1
