"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot
Відкрити в Telegram
"HUDUDIY ELЕKTR TARMOQLARI" AJ Toshkent sh, Osiyo kо‘chasi, 8 Ishonch telefoni: 71 207 23 76 E-mail: info@het.uz Murojaat uchun @HET_admin Call center: 1154 Facebook: facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari Sayt: het.uz
Показати більше2025 рік у цифрах

100 743
Підписники
-8624 години
-3647 днів
+60930 день
Архів дописів
00:35
Відео недоступнеДивитись в Telegram
📌📌📌📌📌📌
#XALQ_XIZMATIDA
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Sirdaryo hududiy filiali tasarrufidagi tuman va shahar elektr ta’minoti korxonalari xodimlari har qanday ob-havoda iste’molchilarga barqaror va sifatli elektr energiyasini yetkazib berish yo‘lida fidokorona xizmat qilmoqdalar.
Ayni vaqtda Guliston shahar elektr ta’minoti xodimlari tomonidan “Yangi avlod” mfy hududidagi 307-sonli transformator punktida yuzaga kelgan nosozlikni bartataf etish ishlari olib borilmoqda. Nosozlik tez orada bartaraf ta’minot tiklanadi.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
IMG_3957.MOV12.63 MB
📌📌📌📌📌📌
OB-HAVO INJIQLIKLARIGA QARAMASDAN, "OTCHOPAR" MFYDA YANGI TRANSFORMATOR O‘RNATILMOQDA
Ayni vaqtda Jizzax viloyati bo‘ylab kuzatilayotgan qor yog‘ishi va sovuq havo energetiklarimizning ish sur’atiga ta’sir ko‘rsata olmayapti.
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Jizzax hududiy filiali ishchi guruhi tomonidan Sh. Rashidov tumani, "Otchopar" MFY hududida elektr ta’minotini yanada yaxshilash maqsadida qo‘shimcha transformator punkti o‘rnatish ishlari jadal olib borilmoqda.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
📌📌📌📌📌📌
SERGELI TUMANINING AYRIM HUDUDLARIDA ELEKTR TA’MINOTI BOSQICHMA-BOSQICH TIKLANMOQDA
Avval xabar berganidek, bugun 20-dekabr kuni Sergeli tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi «Sergeli-35» podstansiyasidan chiquvchi Turmanov va Bozor uzatmalariga ulangan 6 kV yuqori kuchlanishli yer osti elektr uzatish kabel tarmog‘ida yuzaga kelgan shikastlanishi natijasida elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilmoqda.
Ayni paytda tezkor ta’mirlash ishlari yakunlanib, Sergeli tumanining «Xontepa», «Xonobodtepa», «Eski Jaloyir», «Nomdanak» hamda «Sultonobod» mahallalarida elektr energiyasi to‘liq tiklandi.
Tez orada ta'mirlash ishlari tugatilgandan so'ng qolgan hududlarda ham elektr ta’minoti to‘liq tiklanadi.
Yuzaga kelgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
📌📌📌📌📌📌
HUDUDLARDA ELEKTR TA’MINOTI BILAN BOG‘LIQ VAZIYAT BO‘YICHA RASMIY MUNOSABAT
Bugun ayrim ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda bir qator hududlarda elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilayotgani haqida xabarlar e’lon qilindi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mazkur holatlar yuzasidan quyidagilarni bildiradi.
Ayni kunlarda havo haroratining keskin pasayishi natijasida aholi va ijtimoiy soha obektlarining elektr energiyasiga bo‘lgan talabining ortishi natijasida tarmoqlarga tushayotgan yuklamalar sezilarli darajada oshmoqda. Ayrim hududlarda mavjud elektr tarmoqlari yuqori yuklamaga yaqin ishlamoqda.
Shu bois, elektr uskunalari va taqsimlash punktlarida avariya holatlari yuzaga kelmasligi hamda tarmoqlarning barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida zarur texnik va profilaktik chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ushbu choralar mavjud infratuzilmani saqlab qolish va xavfsiz ishlashni ta’minlashga qaratilgan.
Shu bilan bir qatorda, respublikamizning turli hududlarida yog‘ib o‘tgan qor natijasida elektr tarmoqlarida kuzatilgan nosozliklar tufayli avariyaviy hodisаlar kuzatildi. Taqsimlash tarmoqlardada yuzaga kelgan avariyaviy holatlar tezkor chiqish brigadalari tomonidan noqulay ob-havo sharoitiga qarmasdan bartaraf etildi.
Shuningdek, yurtimizning bir qator hududlarida ob-havo sharoiti yuzaga keltirgan turli noqulay sharoit tufayli (qalin qor, yuqori namgarchilik) ta’mirlash va tiklash ishlari bugun ham davom ettirildi.
Shu о‘rinda ijtimoiy tarmoqlarda iste’molchilar tomonidan yuborilgan murojaatlar asosida e’lon qilgan xabarda keltirilganidek, hududlarda sutkalab elektr tarmog‘ida uzilishlar haqidagi xabarlar kelib tushmagan. Ijtimoiy tarmoqlarga yuborilgan mazkur xabarlardagi manzillar yuzasidan qо‘shimcha surishtiruv о‘tkazilishini ma’lum qilamiz.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ yuzaga kelgan kelgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raydi va barcha murojaatlar tezkor hal etilayotganini, muammoli hududlarda nosozliklarni bartaraf etish bo‘yicha barcha zarur choralar ko‘rilayotganini ma’lum qiladi.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!
Yashash hududingizdagi elektr energiyasi ta’minotiga oid xabarlar, noqonuniy ulanishlar hamda elektr energiyasida rejalashtirilgan o‘chirishlar haqidagi tezkor e’lonlar va shu kabi sohaga oid boshqa zarur ma’lumotlarni kuzatib borish imkoni mavjud.
Quyida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tizimidagi hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining rasmiy telegram kanallari havolalari keltirilgan.
«HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI» AJ QORAQALPOQ HUDUDIY FILIALI
«HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI» AJ ANDIJON HUDUDIY FILIALI
«BUXORO HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI KORXONASI» AJ
«HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI» AJ JIZZAX HUDUDIY FILIALI
«HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI» AJ QASHQADARYO HUDUDIY FILIALI
«HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI KORXONASI» AJ NAVOIY HUDUDIY FILIALI
«HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI» AJ NAMANGAN HUDUDIY FILIALI
«HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI» AJ SAMARQAND HUDUDIY FILIALI
«HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI» AJ SURXONDARYO HUDUDIY FILIALI
«HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI» AJ SIRDARYO HUDUDIY FILIALI
«TOSHKENT SHAHAR ELEKTR TARMOQLARI» MCHJ
«HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI» AJ TOSHKENT HUDUDIY FILIALI
«FARG`ONA HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI KORXONASI» AJ
«HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI» AJ XORAZM HUDUDIY FILIALI
Shuningdek, elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq muammolar yoki shu sohaga oid o‘z taklif va mulohazalaringizni "Hududiy elektr tarmoqlari" AJning Telegram messenjeridagi "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot kanali orqali yo‘llashingiz mumkin.
Murojaat uchun:
@HET_admin
📞 1154
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Repost from MINENERGY.UZ
01:37
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#rasmiy_xabar
Qadrli iste’molchilar, so‘nggi kunlarda elektr ta’minotidagi uzilishlar va ular bo‘yicha yetarlicha tezkor va ochiq axborot berilmayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda kelib tushgan e’tirozlarni inobatga olgan holda, Energetika vazirligining shu yo‘nalishi bo‘yicha mas’uli sifatida uzr so‘rayman.
Haqiqatdan ham, ob-havoning keskin o‘zgarishi, yog‘ingarchilik va kunlarning sovushi natijasida infratuzilmada bir qator nosozlik holatlari qayd etildi. Ammo qanday sharoit bo‘lishidan qat’i nazar, aholini o‘z vaqtida xabardor qilish — bizning bevosita vazifamiz.
Mas’uliyatni olib, Telegram tarmog‘idagi kanalimda rejali uzilishlar, rejadan tashqari avariya holatlari, tiklash jarayoni, qisqa vaqt ichida berilgan choralarni rasmiy va tezkor tarzda e’lon qilib borilishini ma’lum qilaman.
Kanaldagi ma’lumotlar dispetcherlik xizmati va 24/7 operativ shtab bilan sinxron bo‘ladi.
Shikoyat va murojaatlar uchun ikki tomonlama kommunikatsiya yo‘li ochiladi.
Elektr energiyasi — bu hayotimizdagi muhim resurs, xavfsizlik, issiqlik, bolalarimiz salomatligi, tadbirkorlar, umuman barchamizning kundalik zaruriy ehtiyojimiz. Shunday ekan, aholining e’tirozi — haqli.
Energetika tizimida xizmat qilayotgan minglab mutaxassislar o‘z vazifasini sovuq ob-havoda bajarayotgani albatta muhim, ammo aholini xabardor qilish — ish jarayonida fidoyilik bilan birga yuradigan kommunikatsiya mas’uliyatidir.
Biz tanqidni eshitdik, xulosa chiqarib bor imkoniyatlarimizni ishga solamiz.
Energetika vazirining matbuot kotibi
Kanalimizga aʼzo bo‘ling👇
@minenergy_uz
murojaat (video-converter.com).mp425.21 MB
01:09
Відео недоступнеДивитись в Telegram
📌📌📌📌📌📌
Andijon shahar elektr ta’minoti xodimlari tomonidan “Islomobod” MFY hududida joylashgan nosoz transformator punkti o‘rniga zahiradagi transformator punkti tezkorlik bilan o‘rnatildi.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida hududdagi elektr energiyasi ta’minoti tezkor barqaror holatga keltirildi.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
21.86 MB
📌📌📌📌📌📌
#XALQ_XIZMATIDA
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Sirdaryo hududiy filiali tasarrufidagi tuman va shahar elektr ta’minoti korxonalari xodimlari iste’molchilarga barqaror va sifatli elektr energiyasini yetkazib berish yo‘lida fidokorona xizmat qilmoqdalar.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
📌📌📌📌📌📌
Kuni kecha yurtimizda kuzatilgan yog‘ingarchiliklar oqibatida ayrim hududlarda elektr uzatish tarmoqlarida texnik nosozliklar yuzaga kelib, vaqtinchalik elektr ta’minotida uzilishlar qayd etildi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning hududiy filial va korxonalari tomonidan taqsimlash tarmoqlarida yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borildi.
Ayni paytda tuman shahar ellektr ta’minoti korxonarining tezkor brigadalari tomonidan hududlar kesimida nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
IMG_3868.MP43.85 MB
📌📌📌📌📌📌
ANDIJON VILOYATIDA 2,2 MLRD SO‘MLIK ELEKTR ENERGIYASIDAN NOQONUNIY FOYDALANISH HOLATI ANIQLANDI
Avval xabar berganimizdek, hududlarda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat xizmati (bo‘limi) va Elektr energiyasi oqimlari va yo'qotishlarni hisobga olish, hududlar bilan ishlash departamenti mutasaddilari ishtirokida energiya resurslarini talon-toroj qilish holatlarini aniqlash yuzasidan reyd tadbirlari davom etmoqda.
O‘tkazilayotgan tadbirlar davomida iste’molchilar tomonidan elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini mensimasdan davlat mulkidan o‘zboshimchalik bilan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanmoqda.
Xususan, Andijon viloyati Andijon shahrida o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida "A" MCHJ elektr energiyasidan shartnoma rasmiylashtirmasdan noqonuniy holatda foydalanib qelganligi aniqlandi.
Moddiy zararni aniqlash bo‘yicha qayta hisob-kitob natijalariga ko‘ra, fuqaro tomonidan davlat manfaatlariga jami 2,2 mlrd. so‘m so‘m zarar yetkazganligi aniqlanib, tegishli tartibda to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
📌📌📌📌📌📌
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
ELEKTR ENERGIYASINI SAQLASH TIZIMINI QURISH ORQALI ENERGETIKA XAVFSIZLIGI TA'MINLANADI
“Toshkent viloyati Zangiota tumanida quvvati 150 MVt (300 MVt soat) bo'lgan elektr energiyasini saqlash tizimini qurish” investisiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–381-son, 17.12.2025-y.) qabul qilindi.
“EAGLERISE DEVELOPMENT HK COMPANY LIMITED” (XXR) kompaniyasi tomonidan “Toshkent viloyati Zangiota tumanida quvvati 150 MVt (300 MVt soat) bo'lgan elektr energiyasini saqlash tizimini qurish” investisiya loyihasi doirasida “Mega Energy Power TECH” MCHJ (Loyiha kompaniyasi) ta'sis etilgan.
– Qarorga ko'ra, Loyiha kompaniyasi o'z zimmasiga elektr energiyasini saqlash tizimi foydalanishga kafolatlangan tarzda tayyor turishini ta'minlash majburiyatini oladi.
– Loyiha kompaniyasi Loyiha doirasida elektr stansiyasini yagona elektr energiyasi tarmog'iga ulash uchun elektr uzatish tarmoqlari va podstansiya quradi hamda ishga tushirilgandan so'ng ularni “O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga topshiradi.
– Elektr energiyasini saqlash tizimini qurish bilan bog'liq qurilish va yer ishlarini bajarish, bino va inshootlar poydevorlarini loyihalashtirish normalari va qoidalari Bitimlarga muvofiq xalqaro standartlar bilan tartibga solinadi.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
#DIQQAT_ELON
HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTEʼMOLCHILARI
Joriy yilning, 19-23-dekabr kunlari Olmazor tumanining ayrim hududlarida elektr energiyasida zarur holatlarda vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin.
Olmazor tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi 110/35/10 kV kuchlanishli «Sag'bon» podstansiyasida modernizatsiya dasturi doirasida 110-35-10 kVli yangi oʻrnatilgan elektr qurilmalarini ishga tushirish, sinov-sozlash ishlarini xavfsiz olib borish hamda yuklamani teng taqsimlash maqsadida, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli elektr ta'minotida uzilishlar kuzatiladi.
Xususan, tumanning«Ahil», «Bo'stonobod», «Gʻalaba», «Gulsaroy», «Islom ota», «Istiqbol», «Moyariq», «Oltinsoy», «Paxta», «Qichqiriq», «Tabassum», «Tepaguzar», «Umid», «Yangi Toshkent», «Yoshlik» hamda «Elparvar» MFYlarining ayrim hududlarida.
O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz.
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Показати все...
📌📌📌📌📌📌
Noqulay ob-havo sharoitiga qaramasdan “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ ishchi-xodimlari tomonidan joriy yil uchun belgilangan rejaga asosan elektr uzatish tarmoqlarida joriy va mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Xususan, poytaxt tumanlarida elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolarni hal qilish hamda aholi xonadonlariga uzluksiz elektr ta’minoti yetkazib berish maqsadida mavjud elektr uzatish tarmoqlarida joriy va mukammal ta’mirlash, elektr uskunalarini bo‘yoqlash, eski yog‘och ustunlarni, shikastlangan izolyatorlarni almashtirish, SIP kabellari tortish, mavjud tarmoqlarni qayta tortish ishlari bajarilmoqda.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
