Surxondaryo viloyati hokimligi
Відкрити в Telegram
Surxondaryo viloyati hokimligi Web site: https://gov.uz/oz/surxondaryo Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088 Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy. @qosimovgamurojaat
Показати більше2025 рік у цифрах

23 696
Підписники
+1124 години
+577 днів
+31130 день
Архів дописів
"Texno Park" loyihasining birinchi bosqichidagi loyihalar foydalanishga topshirildi
Termiz tumanida barpo etilayotgan "Yangi O‘zbekiston" massiviga tutash hududda tadbirkorlikni rivojlantirish, ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish sohalari uchun keng imkoniyatlar yaratish maqsadida "Texno Park" loyihasi amalga oshirilmoqda.
Bugun umumiy qiymati 234 mlrd so‘mni tashkil etuvchi mazkur loyihaning birinchi bosqichi doirasida yengil konstruksiyali, zamonaviy qurilish materiallaridan barpo etilgan qiymati 65 mlrd so‘m bo‘lgan savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari foydalanishga topshirildi. Loyiha 50 kun mobaynida qurib bitkazildi. Ushbu nuqtalarda aholi ehtiyojlari uchun zarur mahsulotlar, shuningdek, "Texno Park" hududida ishlab chiqariladigan mahsulotlar savdosi yo‘lga qo‘yiladi.
Tadbirkorlik obyektlarining ochilish marosimida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, yig‘ilganlarni Yangi yil bayrami bilan tabrikladi hamda qisqa muddatda zamonaviy va chidamli qurilish materiallaridan barpo etilgan mazkur obyektlarda 120 ta yangi ish o‘rni yaratilishini ta’kidladi.
Keyingi bosqichlarda qurilish ishlari izchil davom ettirilib, "Texno Park" hududida Xitoy texnologiyalari va innovatsiyalari asosida ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilgan.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍 9❤ 4👏 3🔥 2🫡 1
Termiz shahrida boshqaruv servis xizmatlari va kommunal tarmoqlar faoliyati muhokama qilindi
Qish mavsumining sovuq iqlim sharoitida aholiga kommunal va boshqa xizmatlarni ko‘rsatishga bo‘lgan talab yanada ortadi. Bu borada energiya resurslarini barqaror yetkazib berish, servis xizmatlari sifatini oshirish hamda aholini ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, qishki mavsumda yong‘in va is gazi bilan bog‘liq xavf-xatarlar ehtimoli yuqoriligi sababli aholining xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha kuchaytirilgan chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi "Movaro" turar joylar massivida kommunal soha, boshqaruv servis kompaniyalari (BSK) hamda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mas’ullari bilan qish mavsumini xavfsiz va barqaror o‘tkazish masalalari yuzasidan muhokama o‘tkazdi.
Uchrashuvda mas’ullar o‘z sohalari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, kelgusidagi rejalar, aholiga kommunal xizmatlar ko‘rsatilishi, energiya, issiqlik va suv ta’minoti masalalari bo‘yicha hisobot berdilar.
Shuningdek, massivdagi turar joylar atrofidagi infratuzilma holati, BSKlar tomonidan amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va tozalik ishlari ko‘zdan kechirildi. Yig‘ilish yakunida shahar rahbariyati va sohalar mas’ullariga aholini barqaror energiya resurslari bilan ta’minlash, yong‘in, is gazi va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍 10❤ 8🔥 2👏 1
Turar joylar qurilishi bo‘yicha davlat dasturlari ijrosi o‘rganildi
Surxondaryo viloyatida aholini uy-joy bilan ta’minlash maqsadida joriy yilda jami 9 ming 200 xonadonli 156 ta ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi rejalashtirilgan. Bugungi kunga qadar mazkur rejaning salmoqli qismi bajarilib, qurilishi yakunlangan xonadonlar o‘z egalariga topshirildi.
Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ushbu yo‘nalishdagi vazifalar ijrosi hamda davlat dasturlarining amalga oshirilishi holatini Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on, Sho‘rchi, Denov va Sariosiyo tumanlarida o‘rgandi.
O‘rganishlar jarayonida qurilish sohasidagi davlat dasturlari va tasdiqlangan chora-tadbirlar rejalarining ijrosi mas’ullar ishtirokida muhokama qilindi. Ayrim hududlarda loyihalar qurilishi belgilangan rejadan ortda qolayotgani, belgilangan maqsadlarga erishishda kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani tanqid qilindi.
Mutasaddi tashkilotlar oldiga qurilish korxonalari bilan hamkorlikni kuchaytirish, mavjud muammolarni bartaraf etish va ish sur’atlarini jadallashtirish vazifalari qo‘yildi. Shuningdek, nazorat organlariga 9 ming 200 xonadonli rejada nazarda tutilgan har bir loyihaning bajarilishi, qurilish ishlari sifati va belgilangan talablarga muvofiqligini chuqur o‘rganib, tegishli chora-tadbirlarni ko‘rish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
❤ 8👍 8🔥 1👏 1🎉 1
00:29
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Показати все...
snapsave-app_1FVed1LW3y_hd.mp43.39 MB
👍 7🔥 1👏 1🎉 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#Sarhisob2025
Surxondaryo viloyatida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi ijrosi doirasida kam ta’minlangan oila a’zolariga 97 575 marotaba (49 473 nafar fuqaroga) 90 turdagi ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatildi.
Jumladan:
▫️2 771 nafar fuqaroga psixologik va yuridik xizmatlar;
▫️171 nafar fuqaroga nogironlik belgilandi;
▫️154 nafariga reabilitatsiya texnik vositalari va protez-ortopediya moslamalari;
▫️91 nafariga vasiylik belgilandi;
▫️2 139 nafariga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi orqali yordamlar;
▫️13 047 nafariga bolalar nafaqasi va moddiy yordamlar;
▫️18 765 nafar fuqaro uchun tabiiy gaz va elektr energiyasi xarajatlari bo‘yicha kompensatsiya olish uchun arizalar rasmiylashtirildi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍 6❤ 4🙏 3👎 2🔥 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
UzA | Tog‘li qishloqlarda ham chiroqlar o‘chmaydi
“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Surxondaryo filialining bir guruh mutaxassislari Sariosiyo tumanidagi olis tog‘li Chosh qishlog‘ida yuzaga kelgan avariya holatini qaltis sharoitda tez bartaraf etib, qishli-qirovli kunda hududning elektr ta’minotini qayta tikladi. Izg‘irinli sovuqda iste’molchilarning quvonchiga sherik bo‘ldi.
Surxondaryo viloyatida ham dam olish kunlari yoqqan oppoq qor energetiklarni jiddiy sinovdan o‘tkazdi. Qish mavsumida iste’molchilarni sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun joylarda maxsus brigadalar tashkil etilgani kutilmaganda yuzaga kelgan avariya holatlarini tezkor bartaraf etishga xizmat qildi. Nosozlik sabablarini o‘rganib, tezda bartaraf etish uchun brigadalarga eng mohir mutaxassislar jalb etilgan. Shu bois ham joriy mavsumning dastlabki qirovli kunlarida vohada yuzaga kelgan nosozliklardan jiddiy aziyat chekilmadi.
Batafsil: https://uza.uz/posts/798767
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍 8❤ 2🔥 2👏 2🙏 2
Surxondaryoning turizm va investitsiyaviy salohiyati "CITM–2025" xalqaro turizm yarmarkasida keng namoyish etildi
Joriy yilning 19-21-dekabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Xayko shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli "CITM–2025" xalqaro turizm yarmarkasida Surxondaryo viloyati delegatsiyasi faol ishtirok etdi.
Dunyoning 50 dan ortiq mamlakatidan turizm sohasi vakillari ishtirok etgan mazkur xalqaro maydonda Surxondaryo viloyatining boy turizm hamda investitsiyaviy salohiyati keng jamoatchilikka taqdim etildi. Yarmarka doirasida viloyatning tarixiy-madaniy merosi, muqaddas ziyoratgohlari, ekoturizm, shuningdek, sog‘lomlashtirish va dam olish turizmi yo‘nalishlaridagi imkoniyatlari keng targ‘ib qilindi.
Tadbir davomida Surxondaryo viloyati delegatsiyasi tomonidan xorijiy turkompaniyalar va turizm assotsiatsiyalari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilib, viloyatga sayyohlar oqimini oshirish, qo‘shma turistik mahsulotlar ishlab chiqish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari yuzasidan qator kelishuvlarga erishildi.
Ma’lumot o‘rnida, "CITM" xalqaro turizm yarmarkasi jahon turizm bozori ishtirokchilarini birlashtiruvchi nufuzli platforma hisoblanadi. Ushbu yarmarkada ishtirok etish Surxondaryo viloyatining xalqaro turizm xaritasidagi o‘rnini yanada mustahkamlash, shuningdek, O‘zbekistonning umumiy turizm va investitsiyaviy salohiyatini keng jamoatchilikka targ‘ib etishga xizmat qilmoqda.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍 10❤ 5🔥 1👏 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
💼 Tayinlov
Abdurayimov Boxodir Raxmatullayevich - Surxondaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Boxodir Abdurayimov 1982-yilda Boysun tumanida tug‘ilgan. 2005-yilda Termiz davlat universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – moliya.
Mehnat faoliyati davomida Surxondaryo viloyati iqtisodiyot bosh boshqarmasida turli vazifalarda hamda Oltinsoy va Denov tumanlarida hokimning birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Tayinlovga qadar 2025-yildan Denov tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍 52❤ 14🔥 7👏 7👎 5
Фото недоступнеДивитись в Telegram
💡22-dekabr — Energetiklar kuni
Barcha energetika sohasi xodimlari va faxriylarini 22-dekabr — Energetiklar kuni bilan samimiy tabriklaymiz.
Yurt taraqqiyoti, iqtisodiyot barqarorligi hamda aholi turmush farovonligini ta’minlashda energetika sohasida mehnat qilayotgan fidoiy mutaxassislarning hissasi beqiyos. Har qanday ob-havo sharoitida ham tinimsiz mehnat qilib, xonadonlar, ijtimoiy soha obyektlari va ishlab chiqarish korxonalarini uzluksiz energiya resurslari bilan ta’minlab kelayotgan Siz azizlarga chuqur minnatdorlik bildiramiz.
Sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, yangi loyihalar va zamonaviy texnologiyalar joriy etilishida Sizlarning mas’uliyatli va sidqidildan mehnatingiz muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Barcha energetiklarimizga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik, kasbiy faoliyatlarida muvaffaqiyat va baraka tilaymiz. Yurtimiz ravnaqi yo‘lidagi sharafli mehnatingizga doimo omad yor bo‘lsin!
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍 11❤ 5🎉 3👏 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
📢 Maxsus shtab xabari: Denov tumanida yuzaga kelgan texnik nosozlik bartaraf etilmoqda
Bugun, 22-dekabr kuni Denov tumanida joylashgan 220/35/6 kV kuchlanishli "Denov" podstansiyadan chiquvchi L–Xazarbog‘–2 elektr uzatish tarmog‘i kabel qismida qurilmalar qizishi oqibatida nosozlik yuzaga keldi.
⚙ Ayni vaqtda malakali mutaxassislar va tezkor brigadalar tomonidan elektr tarmog‘i hamda podstansiya uskunalari chuqur texnik nazoratdan o‘tkazish, nosozlik sabablarini aniqlash va imkon qadar qisqa muddatda bartaraf etish bo‘yicha barcha zarur choralar ko‘rilmoqda.
Iste’molchilardan yuzaga kelgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Aholi va iste’molchilarni barqaror, ishonchli va xavfsiz elektr energiyasi bilan ta’minlash choralari izchil davom etmoqda.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍 11❤ 3🙏 3🔥 2
Показати все...
👍 18❤ 4🔥 1👏 1
🏔 Tog‘li hududda elektr ta’minoti barqarorlashtirildi
Sariosiyo tumani markazidan 120 kilometr olisda, tog‘li hududda joylashgan Chosh qishlog‘ida yuzaga kelgan elektr ta’minotidagi avariya holati energetiklar tomonidan qisqa muddatda bartaraf etildi.
Qorli va noqulay ob-havo sharoitlariga qaramasdan, soha mutaxassislarining fidokorona, tezkor hamda yuqori malakali sa’y-harakatlari natijasida aholiga sifatli va uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berilishi ta’minlandi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
44.19 MB
👍 34👏 11❤ 8🔥 3🙏 3⚡ 1
Maxsus shtab: gaz ta’minotidagi uzilishlarni bartaraf etish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rilmoqda
Ob-havoning keskin sovib ketishi natijasida energiya resurslariga bo‘lgan talab oshdi. Xususan, gaz tarmoqlariga tushayotgan yuklama ortishi va sovuq ob-havo ta’sirida ayrim hududlarda gaz ta’minotida uzilishlar kuzatildi.
Mazkur holatlarni bartaraf etish maqsadida gaz ta’minoti korxonalari tomonidan maxsus avariya-tiklash brigadalari jalb etilgan bo‘lib, yuzaga kelgan uzilish va avariya holatlarini tezkorlik bilan bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Jumladan, Termiz shahri, Jarqo‘rg‘on, Sho‘rchi, Denov, Uzun, Angor, Qumqo‘rg‘on, Bandihon, Sherobod hamda Termiz tumanlarida amalga oshirilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida aholi va ijtimoiy soha obyektlarini barqaror ravishda gaz bilan ta’minlash ta’minlanmoqda.
Maxsus shtab tomonidan vaziyat doimiy nazoratga olingan bo‘lib, barcha kuch va vositalar uzluksiz ish rejimida faoliyat olib bormoqda.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍 9❤ 6🔥 1👏 1🙏 1
Surxondaryo vakili Respublika tanlovida g‘olib bo‘ldi
Toshkent shahrida "Obod xonadon", "Obod ko‘cha" va "Obod mahalla" ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tanlovda nominatsiyalar bo‘yicha hududiy bosqich g‘oliblari ishtirok etib, o‘z tajriba va tashabbuslarini namoyish etdilar.
Quvonarlisi, "Obod xonadon" nominatsiyasi bo‘yicha Respublika bosqichida faxrli 1-o‘rinni Surxondaryo viloyati Termiz tumani Qahramon mahallasida istiqomat qiluvchi xonadon egasi Xalbayev Babayor Mamatovich qo‘lga kiritdi. G‘olibga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg‘asi — "Damas" avtomobili topshirildi.
Ushbu yutuq Surxondaryoda obod va namunali xonadonlar soni ortib borayotganining yorqin ifodasi bo‘lib, Babayor Xalbayev xonadonini viloyatimiz jamoatchiligi nomidan samimiy muborakbod etamiz.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍 20❤ 7👏 3🔥 2
Maxsus shtab: Yo‘llar qordan tozalandi
Kecha viloyatimizning barcha hududlarida qor yog‘ishi kuzatilib, ayrim joylarda bugun ham davom etmoqda. Mavjud ob-havo sharoitida yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash eng muhim masalalardan biri hisoblanadi.
Shu maqsadda viloyat Maxsus shtabi tomonidan tegishli korxona va tashkilotlarga aniq vazifalar yuklanib, yo‘llarni qordan tozalash, muzlama hosil bo‘lishining oldini olish maqsadida tuz-qum aralashmasi sepish hamda harakat ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Xususan, serqatnov avtomagistrallar, mahalliy va ichki yo‘llarda maxsus texnika vositalari yordamida tozalash ishlari olib borildi.
Ayni paytda ham bu yo‘nalishdagi ishlar izchil davom ettirilmoqda bo‘lib, Yo‘llardan foydalanish korxonalari tomonidan barcha kuch va vositalar to‘liq safarbar qilingan.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍 9❤ 3🔥 1👏 1🙏 1
Yangi yilga tuhfa: "Yashil dunyo" markaziy dehqon bozorida yangi savdo majmuasi ishga tushirildi
Bozor va savdo markazlarida sotuvchi hamda xaridorlar uchun qulay, tartibli va xavfsiz shart-sharoitlar yaratish, aholini zarur imkoniyatlar bilan ta’minlash maqsadida hududlarda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ushbu vazifalar doirasida bugun Termiz shahridagi "Yashil dunyo" markaziy dehqon bozori hududida barcha zamonaviy talablarga javob beradigan yangi savdo majmuasi foydalanishga topshirildi. Unda aholi uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari Yangi yil bayrami munosabati bilan arzonlashtirilgan narxlarda sotuvga chiqarildi.
Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, aholini Yangi yil bayrami bilan tabrikladi hamda bolajonlarga bayram sovg‘alari topshirdi.
Shuningdek, "Zoom" platformasi orqali tumanlardagi yarmarkalar faoliyati yuzasidan mas’ullar bilan muloqot o‘tkazilib, Yangi yil bayrami munosabati bilan arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari sotuvini sifatli, ehtiyojlarga mos va yetarli hajmda tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Mazkur yo‘nalishda mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍 18❤ 3👏 2🔥 1🙏 1
