uk
Feedback
NamDU Registrator Ofis

NamDU Registrator Ofis

Відкрити в Telegram

Namangan davlat universitetining Registrator Ofis bo'limining rasmiy kanali! Bu kanal orqali siz talabaga kerak bo'lgan barcha hujjatlarni elektron shaklda olishingiz mumkin. Murojaat: @namdu_murojaat Aloqa uchun: +998692395006

Показати більше
2025 рік у цифрахsnowflakes fon
card fon
11 823
Підписники
-3524 години
-2317 днів
-92530 день
Архів дописів
Фото недоступнеДивитись в Telegram
❗️2026-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tilidan ko‘zi ojizlar uchun maxsus imtihonlar Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha maxsus test sinovlari fevral va aprel oylarida o‘tkaziladi. Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz portali orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi. Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin. Test sinovlari uchun ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan. ‼️ Eslatma: Ko‘zi ojiz (I va II guruh nogironligi bo‘lgan, shuningdek, nogironligi bo‘lgan bolalar) shaxslarga mo‘ljallangan chet tili imtihonlari uchun faqat mazkur toifaga kiruvchi talabgorlar ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Ko‘zi ojiz (I va II guruh nogironligi bo‘lgan, shuningdek, nogironligi bo‘lgan bolalar) talabgorlar uchun chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bir bosqichda kompyuterda o‘tkaziladi. @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Показати все...
3👍 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#Grant 📣Vengriyada tahsil olish uchun grant dasturiga hujjatlar qabul qilinmoqda ⏳Vengriya hukumati tomonidan eʼlon qilingan “Stipendium Hungaricum” grant dasturiga hujjat topshirishning soʻnggi muddati – 2026-yil 15-yanvar (shu kuni ham) soat 14:00 (Markaziy Yevropa vaqti). ➡️Ushbu stipendiya dasturi doirasida 2026/2027-o‘quv yilida bakalavriat, magistratura, doktorantura bo‘yicha 200 ta ta’lim granti taqdim etilmoqda. 🟣Hujjatlar https://stipendiumhungaricum.hu/apply/ platformasi orqali topshiriladi. Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/109534 👉 На русском 👉 In English @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Показати все...
2👍 1
#Doktorantura_byulleten_2025_3_son #PhD || #DSc ✅ O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Byulletenining 2025-yil 3-soni e’lon qilindi ✅ Asos: https://oak.uz/pages/28 @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Показати все...
2025-3-son.pdf5.94 MB
👍 5 1
❗️Qishki o‘qishni ko‘chirish jarayonida talabalar uchun qulaylik! #perevod Yangi tartibga ko'ra, qishki o‘qishni ko‘chirish arizalarini vazirlikning transfer.edu.uz platformasi orqali ham onlayn qabul qilinadi. Hozirga qadar arizalar Hududiy ishchi guruhlar orqali oflayn shaklda qabul qilib kelingan. 👉 @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Показати все...
👍 4 1
KUN TARIXI Bugun 15-dekabr, haftaning dushanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing. #bayramlar 🌏Zamengof kuni (esperantochilar bayrami). 🌏Xalqaro choy kuni. 🇷🇺Rossiya – xizmat burchini ado etish davomida halok bo‘lgan jurnalistlarni xotirlash kuni. 🇺🇦Ukraina – Sud xodimlari kuni. #muhim_voqealar 🔹1875 – Jyul Vernning “Sirli” romani nashr etildi. 🔹1905 – Sankt-Peterburgda Pushkin uyi tashkil etildi. 🔹1939 – “Shamollarda qolgan hislarim” filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi. 🔹1966 – Fransuz astronomi Oduen Dolfus Saturnning 10-yo‘ldoshini kashf qildi va unga Yanus nomini berdi. 🔹1972 – BMTning atrof-muhitni muhofaza qilish tashkiloti (YUNEP) tashkil etilgan kun. #tavalludlar 🔹1859 – Lyudovik Lazar Zamengof – polshalik shifokor va tilshunos, esperanto tilining yaratuvchisi. 🔹1907 – Nikolay Nikitin – arxitektor, Ostankino minorasi loyihasi muallifi. 🔹1936 – Qahramon Dadayev – sozanda, O‘zbekiston xalq artisti. 🔹1949 – Don Jonson – amerikalik aktyor va qo‘shiqchi. @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Показати все...
3👍 1
05:17
Відео недоступнеДивитись в Telegram
🇺🇿 Axborot 24 | Prezidentimizning Ashxoboddagi xalqaro forumda ilgari surgan tashabbuslariga Namangan davlat universiteti Tibbiyot fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Nodirbek Kodirov munosabati @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Показати все...
axborot24.mp473.42 MB
👍 8🔥 2 1👏 1🕊 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
⚡️Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va ilm-fanni yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni yuzasidan munosabatTa'lim sifatini oshirish — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona to‘g‘ri yo‘lidir✍️ Shavkatbek Jo‘raboyev Yuridik fakultet dekaniIlm-fan, ta’lim va amaliyot uyg‘unligi — huquqiy taraqqiyot mezoni”. ✍️ Ibroxim Atamirzayev “Jinoyat huquqi va protsessi” kafedrasi mudiri. Yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori.Yuridik ta’limda amaliy tajriba — adolatli jamiyat poydevori.” ✍️ Mansur Ibragimov Huquq magistri. Yuridik fakultet katta o‘qituvchisi. Yuridik klinika rahbari. @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Показати все...
👍 9 6
Фото недоступнеДивитись в Telegram
⚡️Janubiy Afrika Respublikasidagi universitetga kiraverishda shunday so‘zlar yozib qo‘yilgan:
✅“Har qanday millatni yo‘q qilish uchun atom bombasi yoki uzoq radiusga ta’sir qiladigan raketalarga hojat yo‘q. Faqat ta’lim sifati pasaytirilsa va imtihonlarda talabalarga aldash uchun imkoniyat yaratilsa bas”.
🔹Bunday vrachlar qo‘liga tushgan bemorlar o‘la boshlaydi. 🔹Bunday quruvchilar qurgan binolar qulaydi. 🔹Bunday iqtisodchilar va hisobchilar qo‘lidagi pullar izsiz yo‘qoladi. 🔹Bunday diniy ulamolar tufayli insonlar ma’nan o‘la boshlaydi. 🔹Bunday yuristlar va sudyalar qo‘lida adolat yo‘qlik sari yuz tutadi. 🔹Qonun chiqaruvchilar qo‘lida boshqaruv yo‘q bo‘ladi. 💬Ta’limning barbod bo‘lishi — millatning inqirozga uchrashidir! @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Показати все...
👍 13🔥 7 1
⚡️ Ona tili (o‘zbek) va adabiyot fanidan mustaqil o‘qish uchun tavsiya etilgan badiiy asarlar ro‘yxati Milliy test tizimi doirasida ona tili (o‘zbek) va adabiyot fanidan adabiyot nazariyasi va adabiyot tarixini bilishga doir test topshiriqlarini shakllantirish uchun manba sifatida qaraladigan mustaqil o‘qish uchun tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati qayta shakllantirildi. 📚 Ona tili (o‘zbek) va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar test sinovlariga: - 2026-yil 1-aprelga qadar AMALDAGI (40 ta) adabiyotlar ro‘yxati asosida; - 2026-yil 1-apreldan so'ng YANGI (36 ta) adabiyotlar ro‘yxati asosida tayyorgarlik ko‘rishi tavsiya etiladi. ✍️ AMALDAGI (40 ta) hamda YANGI (36 ta) mustaqil o‘qish uchun tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati bilan yuqoridagi pdf faylda tanishish mumkin. 👨🏻‍💻 Rus tili va adabiyot hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati o‘zgarmaydi. @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Показати все...
O‘zbek_tili_va_adabiyot_fanidan_badiiy_asarlar_ro‘yxati_12_12_2025.pdf1.81 KB
👍 4
Namangan davlat universiteti Ilmiy tadqiqot, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi hamda Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limlari tomonidan 2025-yil 5-dekabr kuni «Globallashuv sharoitida yoshlar ma’naviyati: muammolar, imkoniyatlar va istiqbollar» mavzusida tashkil etilgan ilmiy-amaliy konferensiya to'plami. 📖 Jurnalni online o‘qish uchun havola #NamDU #Ilmiy_amaliy_konferensiya #5dekabr @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Показати все...
Globallashuv_sharoitida_yoshlar_ma’naviyati_Ilmiy_amaliy_konferensiya.pdf6.13 MB
👍 3
📌 Tibbiyot oliygohlarini tugatayotgan talabalar shifokor bo‘lib ishlashi uchun alohida imtihon topshiradimi?JAVOB: Ha, 2024/2025-yil o‘quv yilidan beri imtihon topshirishadi. Barcha davlat va nodavlat tibbiyot OTMlarida 2 bosqichli davlat imtihonlarini o‘tkazish tizimi joriy etiladi. 🚩Birinchi bosqichda talabalar fundamental fanlar bo‘yicha yakuniy davlat imtihonlarini; 🚩Ikkinchi bosqichda esa klinik fanlardan imtihon topshiradi. Dastlabki imtihonni muvaffaqiyatli topshirganlarga kursdan kursga o‘tishga, klinik bilimlarga oid sinovlarda yaxshi natija ko‘rsatganlarning esa amaliyotda shifokor bo‘lib ishlashiga ruxsat etiladi. @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Показати все...
👍 10 2
01:22
Відео недоступнеДивитись в Telegram
📌GPA qanday hisoblanadi? GPA (Grade Point Average) – bu o‘rtacha baho ko‘rsatkichi bo‘lib, u talabalar bilim darajasini baholash uchun ishlatiladi. O‘zbekiston universitetlarida GPA odatda 4 yoki 5 ballik tizim asosida hisoblanadi. Maʼnosi “o‘rtacha ball ko‘rsatkichi” bo‘lib, 1-4 shkalada diplomdagi baholarning o‘rtachasiga qarab talabaning darslarni qay darajada o‘zlashtirilganini aks ettiradi. @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Показати все...
hlEde567dW7qaQ (online-video-cutter.com).mp416.19 MB
3👍 3
#natija_chet_tili ⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi 2025-yil 15-noyabrdan 5-dekabrga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi. 🆔 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin. 📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab olishi mumkin. ❗️O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun mobaynida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi. @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Показати все...
👍 2 1
00:23
Відео недоступнеДивитись в Telegram
💵 Korrupsiya – faqat shaxsiy emas, balki butun jamiyatga zarar yetkazadi. Pul va manfaat uchun halol mehnatni sotish, qonuniy huquqlarni poymol qilish va o‘z manfaatini oldinga qo‘yish – bu korrupsiyaning asoratlari. Korrupsiyaga qarshi har birimiz mas’ulmiz! Toza yurak, halol ish, qonuniy harakat – kelajakni barqaror qiladi. @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Показати все...
1209 (1).mp416.82 MB
2👍 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
⚡️ 2026-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari ✅ Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari yanvar, fevral, mart, aprel va may oylarida o‘tkaziladi. 👨🏻‍💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi. 📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin. 📆 Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan. @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Показати все...
👍 3 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
⚡️Umumta'lim fanlaridan 2026-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan sertifikat imtihonlari ✅ Umumta'lim fanlarini bilish darajasini aniqlash test sinovlari yanvar, fevral, mart va aprel oylarida o‘tkaziladi. 👨🏻‍💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi. 📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin. 📆 Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan. @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Показати все...
2👍 2
KUN TARIXI Bugun 13-dekabr, haftaning shanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing. #bayramlar 🇺🇸AQSh – Skripka kuni. 🇷🇺Rossiya – Ayiqlar kuni. 🇵🇱Polsha – Harbiy holat qurbonlari xotirasi kuni. #muhim_voqealar 🔹1476 – Uilyam Kekston birinchi bo‘lib tipografda kitob chop etdi. 🔹1888 – Toshkentda mix-tosh bosmaxonasi ishga tushirildi. 🔹1903 – Muzqaymoqning konussimon idishi patentlandi.  🔹1920 – Gaaga shahrida Xalqaro sud tashkil etildi.  🔹1971 – Moskvada “Omadli jentelmenlar” komediyasining premyerasi bo‘lib o‘tdi. #tavalludlar 🔹1895 – To‘xtasin Jalilov – sozanda va bastakor, o‘zbek musiqali drama janri asoschilaridan, O‘zbekiston xalq artisti. 🔹1899 – Mariya Kuznetsova – o‘zbek professional teatrining birinchi aktrisalaridan, O‘zbekiston xalq artisti. 🔹1947 – Rustambek Abdullayev – musiqashunos, O‘zbekiston Respublikasi sanʼat arbobi. 🔹1989 – Teylor Elison Svift – amerikalik pop-qo‘shiqchi, shoira, musiqachi va aktrisa. @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Показати все...
4👍 2
❗️Talabalar uchun aviachiptalar chegirmada sotilmoqda Uzbekistan Airways o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari talabalari va o‘quvchilari uchun barcha mahalliy aviaqatnovlarga ekonom-klass tariflariga 50 foizgacha chegirmalar e’lon qildi. Chegirmada sotib olingan chiptalar 26-dekabrdan 11-yanvargacha amalga oshiriladigan parvozlar uchun amal qiladi. @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Показати все...
3👍 2
⚡️Xorijdagi ayrim talabalar O'zbekistondagi OTMlarga imtihonsiz o‘qishni ko‘chirishlari mumkin Ish joyi xorijdan O‘zbekistonga qaytarilgan xizmatchilarning farzandlari (yoki turmush o‘rtoqlari) hamda davlat buyurtmasi bilan xorijga o‘qishga yuborilganlar xohishlariga ko‘ra, O‘zbekistondagi davlat va nodavlat OTMlariga imtihonsiz o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi. 578-sonli Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra:
“Turmush o‘rtog‘i yoki ota-onasi xorijiy davlatdagi davlat xizmatini o‘tash joyi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga o‘tkazilgan, Hukumat qarorlari va topshiriqlari hamda tizimida oliy ta’lim tashkilotlari bo‘lgan vazirlik va idoralar tomonidan davlat buyurtmasi bilan xorijga o‘qishga yuborilganlarning o‘qishi oliy ta’lim tashkilotlariga imtihonlarsiz Davlat komissiyasi qaroriga asosan ko‘chiriladi.”
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Показати все...
5👍 1