uk
Feedback
NamDU Registrator Ofis

NamDU Registrator Ofis

Відкрити в Telegram

Namangan davlat universitetining Registrator Ofis bo'limining rasmiy kanali! Bu kanal orqali siz talabaga kerak bo'lgan barcha hujjatlarni elektron shaklda olishingiz mumkin. Murojaat: @namdu_murojaat Aloqa uchun: +998692395006

Показати більше
2025 рік у цифрахsnowflakes fon
card fon
11 795
Підписники
-3524 години
-2317 днів
-92530 день
Архів дописів
Repost from Edu.uz
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#qonunchilik_yangiliklari
Adliya vazirligi Ta’lim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt shakli va undan tushgan mablag‘larni taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami: 2431-5, 21.11.2025-y.).
Unga ko‘ra, oliy ta’lim tashkilotlarida kontrakt asosida o‘qish uchun to‘lov quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi: 🔹to‘lov miqdorining kamida 25 foizi – abituriyentlar uchun 15-sentyabrgacha hamda yuqori bosqich talabalari uchun 1-oktyabrgacha yoki oliy ta’lim tashkiloti rektori tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha; 🔸to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 1-yanvargacha, 75 foizi 1-martgacha va 100 foizi 1-maygacha yoki oliy ta’lim tashkiloti rektori tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha amalga oshiriladi. Bunda, Davlat komissiyasi yuqoridagi to‘lov muddatlarini uzaytirishi mumkin. Kontraktdan tushgan mablag‘lar xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarida istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlarni malakasini oshirish va ularning stajirovka o‘tashlariga sarflanishi mumkin. Shuningdek, oliy ta’lim tashkilotlari o‘z talabalarini ijtimoiy muhofaza qilish doirasida 1 yilda bir talabaga mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 6 barobarigacha moddiy yordam ko‘rsatishi mumkin bo‘ladi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Показати все...
4🔥 3👍 2
Repost from Huquqiy axborot
#Қонунчиликдаги_янгиликлар
❗️ Адлия вазирлиги Таълим ташкилотларида тўлов-контракт шакли ва ундан тушган маблағларни тақсимлаш тартиби тўғрисидаги низомга ўзгартиришларни давлат рўйхатидан ўтказди (рўйхат рақами: 2431-5, 21.11.2025 й.).
⏳ Унга кўра, олий таълим ташкилотларида контракт асосида ўқиш учун тўлов қуйидаги муддатларда амалга оширилади: 🔹 тўлов миқдорининг камида 25 фоизи – абитуриентлар учун 15-сентабргача ҳамда юқори босқич талабалари учун 1-октабргача ёки олий таълим ташкилоти ректори томонидан узайтириладиган муддатгача; 🔹 тўлов миқдорининг камида 50 фоизи 1-январгача, 75 фоизи 1-мартгача ва 100 фоизи 1-майгача ёки олий таълим ташкилоти ректори томонидан узайтириладиган муддатгача амалга оширилади. ✅ Бунда, Давлат комиссияси юқоридаги тўлов муддатларини узайтириши мумкин. 💸 Контрактдан тушган маблағлар хорижий олий таълим ташкилотларида истиқболли ёш педагог ва илмий кадрларни малакасини ошириш ва уларнинг стажировка ўташларига сарфланиши мумкин. 💰 Шунингдек, олий таълим ташкилотлари ўз талабаларини ижтимоий муҳофаза қилиш доирасида 1 йилда бир талабага меҳнатга ҳақ тўлаш энг кам миқдорининг 6 баробаригача моддий ёрдам кўрсатиши мумкин бўлади. Каналга уланиш👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot
Показати все...
3👍 2
Repost from Edu.uz
“Kelajakka qadam” dasturi doirasida seminar-treninglar davom etmoqda
🔵Toshkent davlat transport universiteti; 🔵Nukus davlat pedagogika instituti; 🔵Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti; 🔵Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali; 🔵Jizzax davlat pedagogika universiteti; 🔵Qarshi davlat texnika universiteti; 🔵Samarqand davlat universiteti; 🔵Samarqand iqtisodiyot va servis instituti; 🔵Olmaliq davlat texnika instituti; 🔵Namangan davlat universiteti; 🔵Buxoro davlat universiteti; 🔵Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti; 🔵Axborot texnologiyalari va menejment universiteti; 🔵Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali; 🔵Guliston davlat pedagogika instituti; 🔵Toshkent davlat texnika universiteti; 🔵Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti; 🔵Toshkent davlat tibbiyot universiteti; 🔵Qoraqalpoq davlat universiteti; 🔵Guliston davlat universiteti; 🔵Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti; 🔵Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti; 🔵O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti; 🔵O‘zbekiston Milliy universiteti; 🔵O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali; 🔵Buxoro innovatsion taʼlim va tibbiyot universiteti; 🔵Navoiy davlat universiteti; 🔵Urganch davlat pedagogika instituti; 🔵Shahrisabz davlat pedagogika instituti; 🔵Xalqaro innovatsion universitet;   🔵Toshkent gumanitar fanlar universiteti.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Показати все...
Transport.mp412.30 MB
TDIU.mp411.60 MB
kelajakka_qadam.mp441.85 MB
IMG_1088.MP414.16 MB
2👍 1
RASMIY AXBOROT Oliy taʼlimga oid malakalarni tan olish toʻgʻrisidagi global konvensiya (Parij, 2019-yil 25-noyabr) haqida: ⚡️Oʻzbekiston “Oliy taʼlim sohasida malakalarni tan olish toʻgʻrisidagi global konvensiya”ni ratifikatsiya qilgani haqida xabar bergan edik. Ushbu xabardan keyin mazkur konvensiyaning ahamiyati, mazkur Konvensiya asosida Rossiya, Tojikiston, Qirgʻiziston, Qirgʻizistondagi oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan berilgan diplomlar Oʻzbekiston hududida nostrfikatsiyadan oʻtkazilmasdan amal qilishi haqida savollar kelib tushmoqda. 📍 Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy davlatlar tomonidan berilgan ta’lim olganlik to’g’risidagi diplomlarni tan olish Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi 620-son qarori bilan tasdiqlangan “Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish tartibi haqida”gi Nizom talablari asosida amalga oshiriladi. Mazkur Nizom bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududida toʻgʻridan toʻgʻri tan olinadigan xorijiy davlatlarda olingan hujjatlar toifalari belgilangan. Jumladan, Nizomning 7-bandi oʻninchi xatboshida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollarda xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlar toʻgʻridan toʻgʻri (maxsus sinovlarsiz) tan olinishi belgilangan. 📌 Oliy taʼlimga oid malakalarni tan olish toʻgʻrisidagi global konvensiya YUNESKO shafeligida ishlab chiqilgan global ahamiyatga ega boʻlgan birinchi shartnoma hisoblanadi. Konvensiyaning 4-moddasida Konvensiyaning aʼzosi boʻlgan ishtirokchi davlat Konvensiyaning aʼzosi boʻlgan boshqa ishtirokchi davlatlarda egallangan va hujjatlar orqali tasdiqlangan malakalarni tan olish majburiyati ko’rsatilgan. 📌 Tan olish jarayoni har bir davlatning oʻz milliy qonunchiligida belgilangan tartibda amalga oshirilib, bunda ishtirokchi davlatlar boshqa davlatlarda egallangan oliy taʼlimga oid malaka (diplom)ni adolatli tarzda tan olishi lozim. Davlatlar taʼlim tizimi (standart) o‘rtasida muhim farqlar mavjud boʻlgandagina tan olish rad etilishi mumkin. 📊 Hozirgi kunda 38 ta davlat Global konvensiyaga a'zo hisoblanadi va 10 ga yaqin davlatlar Konvensiyaga aʼzo boʻlish jarayonini olib bormoqda. ⚡️Global konvensiyaga aʼzo (ishtirokchi) davlatlar ro’yxati: ✅ Yevropa mintaqasida (20 ta subyekt) - Fransiya, Buyuk Britaniya, Finlandiya, Norvegiya, Shvetsiya, Islandiya, Vengriya, Andorra, Armaniston, Xorvatiya, Estoniya, Litva, Moldova, Ruminiya, Slovakiya, Gruziya, Bosniya va Gersogovina, Muqaddas Prestol, San-Marino, Lyuksemburg; ✅ Amerika mintaqasida (4 ta subyekt) - Kuba, Nikaragua, Ekvador, Urugvay; ✅ Afrika mintaqasida (7 ta subyekt) - Janubiy Afrika Respublikasi, Tunis, Kabo Verde, Jibuti, Kotdivuar, Gvineya, Senegal; ✅ Osiyo mintaqasida (5 ta subyekt) - Yaponiya, Janubiy Koreya, Mugʻuliston, Yaman, Falastin; ✅ Avstraliya va Okeaniya mintaqasida (2 ta subyekt) - Avstraliya, Yangi Zelandiya. 📰 Konvensiyaning 18-moddasiga asosan unga aʼzo boʻlish har bir davlat YUNESKO kotibiyatiga mazkur Konvensiyaga aʼzo boʻlish haqida oʻz hujjatini taqdim etganidan keyin 3 oy oʻtgach amalga oshiriladi. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilish haqidagi Qonunning tasdiqlangani haqidagi yorliqni YUNESKO kotibiyatiga taqdim etgan vaqtdan boshlab 3 oy oʻtgach, Konvensiyaning toʻlaqonli aʼzosi hisoblanadi. 🇺🇿 Taʼkidlash kerakki, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo davlatlari orasida Global konvensiyaga aʼzo boʻlgan ilk davlat boʻladi. 📍Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda qayd etish kerakki, Global konvensiya doirasida faqatgina unga aʼzo boʻlgan davlatlar oʻrtasida oliy taʼlimga oid malaka (diplom)larni oʻzaro tan olish mexanizmlari qoʻllaniladi. ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Показати все...
1👍 1
Repost from Yoshlar.edu.uz
01:24
Відео недоступнеДивитись в Telegram
🟥🟥🟥🟩🟩🟩 🗣“Yurtim qadriyatlari” ko‘rik-tanlovi e’lon qilindi 🏛Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi talabalar o‘rtasida “Yurtim qadriyatlari” ko‘rik-tanlovini eʼlon qiladi. Tanlovda barcha oliy ta’lim muassasalarining 10 nafargacha talaba-yoshlaridan tashkil topgan terma jamoalari ishtirok etishlari mumkin.
✔️Tanlov 4 bosqichda o‘tkaziladi:
➡️1) fakultetlararo bosqich; ➡️2) hududiy bosqich; ➡️3) yarim final bosqichi; ➡️4) final bosqichi. ☑️Tanlov 3 ta shart: “Milliy an’ana, qadriyat va urf-odatlar”, “Kompozitsion musiqiy chiqishlar” hamda “Jadidlar jasorati – millatimiz faxri” shartlari asosida o‘tkaziladi. ☑️Tanlov g‘olibi bo‘lgan jamoalar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan quyidagi tartibda diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi: 🥇1-o‘rin – 50 million so‘m; 🥈2-o‘rin – 30 million so‘m; 🥉3-o‘rin – 20 million so‘m. ➡️Tanlov nizomi bilan tanishish ⏺Tanlovning birinchi fakultetlararo bosqichi noyabr oyi davomida o‘tkaziladi. Ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar taʼlim muassasasining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha masʼullariga murojaat qilishi mumkin.
Bizni kuzating:
📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
Показати все...
edit HD.mp47.49 MB
6👍 3
#Kelajak_soati #Maʼrifat_darslari “Kelajak soati” darsining oliy taʼlim muassasalari uchun mashg‘ulot ssenariysi 13-mavzu: Biz zo‘ravonlikka qarshimiz O‘zingizni, yaqinlaringizni, atrofingizdagi insonlarni himoya qilishni o‘rganing. Befarqlik – zo‘ravonlikni yashirin qo‘llab-quvvatlashdir. 1-kontent: Farangizning qismati 2-kontent: Zo'ravonlik mavzusiga oid muhim savol-javob – Kamola Aliyeva bilan 3-kontent: Ijtimoiy himoya manzillari boʻylab sayohat 4-kontent: “Imkoniyatlaringizni cheklab qoʻymang” – Nurxon Qurbonova @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Показати все...
Kelajak soati OTM 13-mavzu.pdf6.47 KB
4👍 3
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Muvaffaqiyatga erishishning 12 qoidasi! ↪️1. Har bir insonda imkoniyat bor, faqat uni ko‘ra bilish kerak. ↪️2. Muvafaqqiyat bir kunda kelmaydi, lekin har kun qilgan mehnating seni unga yaqinlashtiradi. ↪️3. Boshqalarga emas, kechagi “o‘zing”ga qarshi bellash. ↪️4. Har mag‘lubiyat – yangi saboq, har saboq esa yutuqqa yo‘l. ↪️5. Bahona emas, yechim izla. ↪️6. Har kuni ozgina harakat – katta natijaga eltadi. ↪️7. Qo‘rquv seni to‘xtatmasin, u faqat sinovdir. ↪️8. Ishon, sabr qil, harakatdan to‘xtama. ↪️9. Orzularni yoz, rejalarga aylantir, keyin amalda ko‘rsat. ↪️10. Muvafaqqiyat – intizom va ishonchning mevasi. ↪️11. Harakat qilgan inson hech qachon yutqazmaydi. Chunki har safar u o‘rganadi, o‘sadi, mustahkamlanadi. ↪️12. Esda tut: kalit sening qo‘lingda, eshikni ochish esa jasorat talab qiladi. @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Показати все...
👍 5 2💯 2🔥 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#kun_hikmati 🎤 Har bir kitob – bu yangi dunyo. 🪶 Daniyel Defо @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Показати все...
👍 4💯 3 1
KUN TARIXI Bugun 24-noyabr, haftaning dushanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing. #bayramlar 🌏Xalqaro Evolyutsiya kuni 🇺🇸AQSh – Do‘stlar kuni. 🇵🇹Portugaliya - Fan va madaniyat kuni. #muhim_voqealar 🔹1859 – Charlz Darvinning “Turlarning kelib chiqishi” asari sotuvga chiqdi. 🔹 1927 – Moskva davlat operetta teatrining ochilishi. 🔹1961 – BMT – Atom qurolini tarqatmaslik toʻgʻrisida deklaratsiya qabul qilindi. 🔹2000 – Temuriylar tarixi Davlat muzeyining majlislar zalida “Kamoliddin Behzod va sharq miniatyura san’ati” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. #tavalludlar 🔹1888 – Deyl Karnegi – amerikalik o‘qituvchi, psixolog, yozuvchi. 🔹1957 – Farhod Davletov – xonanda, O‘zbekiston xalq hofizi 🔹1991 – Ruslan Nuriddinov – oʻzbekistonlik ogʻir atletikachi. 🔹1993 – Hande Erchel – turkiyalik aktrisa va model. @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Показати все...
3👍 3
⚡️ Qishki o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar qabuli 10-yanvardan boshlanadi ✅ Qishki perevodda faqatgina Davlat OTMlariaro faqat 2 ta uzrli sababga asosan qishda o‘qishni ko‘chirsa bo‘ladi.
talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish istagidagilarga; ➖ davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lganlarga (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).
Talabalar tomonidan hududiy ishchi guruhlarga quyidagi hujjatlar 20-yanvargacha offlayn shaklda taqdim etiladi:
➖ o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi); ➖ talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli); ➖ pasport nusxasi;
yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.
Qishki perevodda arizalar onlayn shaklda sayt orqali to'ldirilmaydi. Kerakli hujjatlar har bir OTMda tashkil etilgan ishchi guruhga talaba yoki uning yaqin qarindoshlari tomonidan shaxsan topshirilishi shart. @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Показати все...
👍 4 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
🔴 Yana bir marta isbotlandi: ChatGPT bergan ma’lumotlarning yarmi noto‘g‘ri 📍 Yaqinda Dikin universitetida o‘tkazilgan tadqiqot ChatGPT chat-botidan akademik izlanishlarda foydalanishning ishonchliligi borasida jiddiy savollarni tug‘dirdi. 🔴 Tadqiqot natijalariga ko‘ra: — Chat-botdan olingan ma’lumotlarning yarmidan ko‘pi noto‘g‘ri yoki uydirma iqtiboslardan iborat bo‘lib, ko‘plab havolalar mantiqsiz yoki mavjud bo‘lmagan manbalarga yo‘naltirilgani aniqlandi. — Bu holat ChatGPTning ilmiy faoliyatda qo‘llanishini shubha ostiga qo‘yib, uning salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqidagi xavotirlarni kuchaytirmoqda. — Ayniqsa, ko‘plab olimlar turli ilmiy yo‘nalishlarda ishlash jarayonini tezlashtirish maqsadida ushbu vositadan keng foydalanayotgan bir paytda bunday natijalar muhim ahamiyatga ega. @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Показати все...
👍 5 3
Repost from Edu.uz
Fan va taʼlim integratsiyasi: samarali amaliyot Namangan davlat universiteti Biotexnologiya fakulteti huzuridagi ilmiy-ishlab chiqarish laboratoriya talabalarning real texnologik jarayonlarda ishtirok etishini taʼminlamoqda.
Bu yerda qovun, qizilcha, xurmo, sabzi kabi xom ashyolardan tabiiy sukat mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Jarayonlarga 30 dan ortiq talabaning jalb etilgani ularning texnologik tajribasini chuqurlashtirmoqda. Mahsulotlar ichki bozor bilan bir qatorda xorijiy hamkorlarning ham eʼtiborini tortayotgani ilmiy ishlanmalar iqtisodiy samaradorligini koʻrsatadi.
Biologik tadqiqotlar markazida esa umumiy qiymati 2 milliard 624 million soʻmlik xalqaro va davlat dasturlari doirasidagi loyihalar amalga oshirilmoqda. Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Показати все...
BIOTEXNOLOGIYA.mp446.49 MB
👍 7 2 1🔥 1
Repost from TgId: 2329295246
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#Natijalar #22noyabr 👍 Namangan davlat universitetida 22-noyabr kuni o‘tkazilgan oliy ta’limdan keyingi ta’lim imtihonlari va suhbatlari natijalari e’lon qilindi. 💼 Imtihon natijalarini imtihon.namdu.uz sayti orqali har bir talabgor oneid tizimiga ulangan telefon raqami orqali bilib olishlari mumkin!
ESLATMA: Apellyatsiya bo‘yicha murojaatlar imtihon natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat davomida qabul qilinadi.
Namangan davlat universiteti Axborot xizmati
Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
Показати все...
👍 3 1
Repost from TgId: 2329295246
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#Qayta_tayyorlov #Qabul Qayta tayyorlov kurslariga marhamat! Namangan davlat universiteti huzuridagi Oliy ma’lumotli kadrlarni pedagogik va kasbiy qayta tayyorlash markazida dekabr oyi uchun quyidagi yo‘nalishlarga qabul davom etmoqda: ➖ Matematika yo‘nalishi bo‘yicha 11 oylik pedagogik-kasbiy qayta tayyorlov kursi, shartnoma to‘lov miqdori 13 822 600 so‘m. Logopediya yo‘nalishi bo‘yicha 5 oylik kasbiy qayta tayyorlov kursi, shartnoma to‘lov miqdori 7 382 000 so‘m. Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 6 oylik kasbiy qayta tayyorlov kursi, shartnoma to‘lov miqdori 7 898 000 so‘m. Tabiiy fan yo‘nalishi bo‘yicha 7 oylik kasbiy qayta tayyorlov kursi, shartnoma to‘lov miqdori 7 898 000 so‘m. Murojaat uchun: +998931749700 , +998939121800 Telegram: @namdu_qtm_qabul Namangan davlat universiteti Axborot xizmati
Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
Показати все...
5👍 1🥰 1
Repost from TgId: 2329295246
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#Natijalar #21noyabr 👍 Namangan davlat universitetida 21-noyabr kuni o‘tkazilgan oliy ta’limdan keyingi ta’lim imtihonlari va suhbatlari natijalari e’lon qilindi. 💼 Imtihon natijalarini imtihon.namdu.uz sayti orqali har bir talabgor oneid tizimiga ulangan telefon raqami orqali bilib olishlari mumkin!
ESLATMA: Apellyatsiya bo‘yicha murojaatlar imtihon natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat davomida qabul qilinadi.
Namangan davlat universiteti Axborot xizmati
Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
Показати все...
5👍 3👏 1
Repost from TgId: 1558616612
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#Iqtidorli_talabalar_ilmiy_axborotnomasi ✅ Namangan davlat universiteti Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi tomonidan «Iqtidorli talabalar ilmiy axborotnomasi» jurnalining 2025-yil 4-soni uchun maqolalar qabul qilish yakunlanmoqda. 📖 «Iqtidorli talabalar ilmiy axborotnomasi» jurnalining 1-soni, 2-soni va 3-sonlari bilan tanishing. 👨‍💼👩‍💼 Iqtidorli talabalar, magistrlar, doktorantlar va ilmiy faoliyat bilan shug'ullanayotgan barcha tadqiqotchilarni ushbu jurnalda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.
🔺 O‘zbekiston Respublikasi Prizedenti stipendiyasi va nomli davlat stipendiyalariga harakat qilayotgan talabalar uchun yaxshigina imkoniyat.
✍️Maqolalarga qo'yilgan talablar
📥 Maqolalar joriy yilning 25-noyabr kuniga qadar (shu kuni ham) quyidagi manzil orqali qabul qilinadi.
🛫Mira'zam To‘xtasinov 😎 #Iqtidorli_talabalar_ilmiy_axborotnomasi #4_son
🔘 Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
🕊Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi
Показати все...
2👌 2👍 1👏 1😍 1🤝 1
KUN TARIXI Bugun 22-noyabr, haftaning shanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing. #bayramlar 🌏Xalqaro psixologlar kuni. 🇺🇳BMT – O‘g‘il farzandlar kuni. 🌏Lug‘atlar va ensiklopediyalar kuni. 🇦🇲Armaniston – Bank xodimlari kuni. #muhim_voqealar 🔹1946 – Angliyada sharikli ruchkalar ilk bor sotuvga chiqdi. 🔹1986 – Mayk Tayson boks bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi. 🔹2008 – Mars sayyorasida muzlagan suv parchasi topildi. #tavalludlar 🔹1787 – Rasmus Rask – daniyaliik tilshunos olim. 🔹1819 – Jorj Eliot – ingliz shoiri. 🔹1877 – Joan Gamper – Barselona futbol jamoasi asoschisi. 🔹 1911 – Asror Jo‘rayev – O‘zbekiston xalq artisti. 🔹1986 – Dilnoza Kubayeva – o‘zbek kino va teatr aktrisasi. @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Показати все...
👍 6 3
Repost from TgId: 2329295246
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#Natijalar #20noyabr 👍 Namangan davlat universitetida 20-noyabr kuni o‘tkazilgan oliy ta’limdan keyingi ta’lim imtihonlari va suhbatlari natijalari e’lon qilindi. 💼 Imtihon natijalarini imtihon.namdu.uz sayti orqali har bir talabgor oneid tizimiga ulangan telefon raqami orqali bilib olishlari mumkin!
ESLATMA: Apellyatsiya bo‘yicha murojaatlar imtihon natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat davomida qabul qilinadi.
Namangan davlat universiteti Axborot xizmati
Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
Показати все...
👍 6 4
DIQQAT EʼLON!!! Namangan davlat universiteti huzuridagi OMKPRQTMda dekabr oyi uchun quyidagi yo‘nalishlarga qabul bo‘lmoqda: 1. Matematika yo‘nalishi bo‘yicha 11 oylik pedagogik-kasbiy qayta tayyorlov kursi, shartnoma to’lov miqdori 13.822.600 so‘m. 2. Logopediya yo‘nalishi bo‘yicha 5 oylik kasbiy qayta tayyorlov kursi, shartnoma to’lov miqdori 7.382.000 so‘m. 3. Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 6 oylik kasbiy qayta tayyorlov kursi, shartnoma to‘lov miqdori 7.888.000 so‘m. 4. Tabiiy fan yo‘nalishi bo‘yicha 7 oylik kasbiy qayta tayyorlov kursi, shartnoma to’lov miqdori 7.888.000 so‘m. @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Показати все...
👍 5 2
#Bilasizmi ⚡️ Kontraktni 4 qismga bo‘lib to‘lash imkoni bormi? JAVOB: Ha, 4 ga bo‘lib to‘lash mumkin. OTM talabalariga o‘qish uchun yillik to‘lovning to‘liq miqdorini teng ulushlarda to‘rt qismga bo‘lish yo‘li bilan o‘tkazishga ruxsat berilgan. Bunda muddatlar quyidagicha: 25% qismini — 1-kursga tavsiya etilganlar 15-sentyabrgacha, ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalari uchun 1-oktyabrgacha; 50% qismini — 2025-yil 1-yanvargacha; 75% qismini — 2025-yil 1-martgacha; 100% qismini — 2025-yil 1-maygacha. To’lov muddatlarini uzaytirish ham mumkin. Bunda 1-kursga kirganlarning dastlabki muddatini uzaytirish vakolati Davlat qabul komissiyasiga berilgan, qolgan hollarda OTM rektori muddat uzaytirishni o’zi hal qiladi. kontrakt.edu.uz sayti orqali yuborgan arizangiz tasdiqlansa, 4 ga bo‘lib to‘lash imkoni va muddatlari haqida maʼlumot chiqadi. Mana shu yerdan ham ko‘rib olsangiz bo‘ladi. Bunda, mazkur tartib moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy taʼlim muassasalari uchun tavsiyaviy xarakterga ega. @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Показати все...
2👍 2🔥 1