uk
Feedback
XORAZM YOSHLARI

XORAZM YOSHLARI

Відкрити в Telegram

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasining rasmiy Telegram sahifasi Ochiq muloqot va murojaatlar uchun; @yoshlarmurojaati @yoshlarmurojaati_bot

Показати більше
2025 рік у цифрахsnowflakes fon
card fon
45 668
Підписники
-4024 години
-5177 днів
+39 31230 день
Архів дописів
02:28
Відео недоступнеДивитись в Telegram
🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoyev:
"Biz Yangi Oʻzbekistonni barpo etishda hal qiluvchi bosqichga qadam qoʻymoqdamiz. Fargʻona vodiysidan Orolboʻyigacha, Zarafshon vohasidan Qashqadaryo va Surxondaryogacha, Toshkentdan tortib Jizzax va Sirdaryogacha – yurtimizning qaysi hududida yashamasin, har bir fuqaromiz islohotlar natijasini kundalik hayotida yanada koʻproq his qilishi kerak".
@yoshlarxorazm
Показати все...
93.88 MB
💯 2 1👍 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
🇺🇿PREZIDENT MUROJAATNOMASI — YOSHLAR TARAQQIYOTINING MUSTAHKAM ASOSI O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va xalqimizga yo‘llagan navbatdagi Murojaatnomasi Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mantiqiy davomi bo‘ldi. Ushbu Murojaatnoma mamlakatimiz taraqqiyotining strategik yo‘nalishlarini belgilab berish barobarida, yoshlar siyosatini yanada takomillashtirishga xizmat qiladigan muhim dasturilamal hisoblanadi.
Davlatimiz rahbari Murojaatnomada yoshlarni jamiyatning eng faol va ishonchli kuchi sifatida e’tirof etib, ularning sifatli ta’lim olishi, zamonaviy kasb-hunar egallashi, bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy hayotda munosib o‘rin egallashi masalalariga alohida urg‘u berdi. Bu esa yoshlar bilan ishlash tizimi oldiga aniq natijaga yo‘naltirilgan, mas’uliyatli yondashuvni talab etadi. Murojaatnomada belgilangan vazifalar doirasida kasb-hunar ta’limini mehnat bozori talablariga moslashtirish, dual ta’lim tizimini kengaytirish, ta’lim bitiruvchilari va ish beruvchilar o‘rtasida samarali hamkorlik mexanizmlarini joriy etish yoshlarning raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi. Shuningdek, davlat xizmatlarini raqamlashtirish orqali yoshlar murojaatlarini tezkor, ochiq va adolatli ko‘rib chiqish imkoniyatlari kengayib bormoqda.
Men Xorazm viloyat yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i sifatida Prezident Murojaatnomasida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash, mahalla, ta’lim muassasalari hamda jamoatchilik bilan yaqin hamkorlikda ishlash, har bir yoshning muammo va tashabbusiga manzilli yondashishni ustuvor vazifa deb bilaman. Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, Murojaatnomada yoshlarga oid belgilangan ustuvor vazifalar yoshlar bilan ishlash tizimi uchun aniq yo‘l xaritasi bo‘lib, ularni izchil amalga oshirish orqali yoshlarning salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish, ularni Vatanga sadoqatli, bilimli va tashabbuskor etib tarbiyalash yo‘lida bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz. Xorazm viloyat yoshlar ishlari boshqarmasi boshligi‘i Jumaniyozov Timur Ikromovich
Показати все...
👍 11🔥 2 1❤‍🔥 1
00:42
Відео недоступнеДивитись в Telegram
🎁“Tabassum hadya qil” aksiyasi doirasida viloyatimizdagi tashabbuskor tadbirkorlar va yurtdoshlarimiz tomonidan bolajonlarimiz uchun hadyalar kelib tushmoqda. Ushbu sovg‘alar bolajonlarimiz manzillariga yetkazilib, ularga quvonch va tabassum ulashadi. 📞 Aksiyada ishtirok etishni istagan ko‘ngilli homiylar +998952101739 +998991216293 raqamlar orqali bog‘lanishlari mumkin @yoshlarxorazm
Показати все...
IMG_6317.MP432.56 MB
👍 3 1❤‍🔥 1👏 1
Показати все...
00:24
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Yoshlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi 🟢Bugun yoshlar markazida viloyat yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Jumaniyozov Timur Ikromovich o‘ziga biriktirilgan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuvda ishsiz yoshlar bilan fikr almashildi, ularga ta’lim, kasb-hunar va ish bilan ta’minlash masalalarida ko‘mak berish yo‘llari muhokama qilindi. Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning tashabbuslarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. 📸Foto @yoshlarxorazm
Показати все...
IMG_6289.MOV18.95 MB
👍 2 1🔥 1
02:05
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Aziz yoshlar! ⚡️Yurtimizda “Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumi bo‘lib o‘tadi. Bu ta’lim, raqamli texnologiyalar va yoshlar hayotiga daxldor g‘oyalarni real loyihaga aylantirish uchun katta imkoniyat. Yo‘nalishingizni belgilab, kuchli g‘oyalaringizni taqdim eting va jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shing. Eng muhimi g‘olib loyihalar: ⚡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimot qilinadi; ⚡️Moliyalashtiriladi va tijoratlashtiriladi, ⚡️Butun respublika bo‘ylab joriy qilinadi. Tashabbus mualliflari istiqbolli kadr sifatida e’tirof etiladi hamda 10–50 million so‘m miqdoridagi pul mukofotlari bilan rag‘batlantiriladi. Qani, yoshlar! O‘z g‘oyangizni taqdim eting va kelajakni birga yarating! ✔️Batafsil: kelajakuchun.gov.uz @yoshlarxorazm
Показати все...
Kelajak forumi - tg.mp430.97 MB
1❤‍🔥 1👍 1👏 1
02:22
Відео недоступнеДивитись в Telegram
🇺🇿Murojaatnoma keng jamoatchilik va yoshlar e’tibor markazida bo‘lib, muhim masala sifatida muhokama qilinmoqda. @yoshlarxorazm
Показати все...
IMG_6261.MOV51.57 MB
🔥 2 1👍 1👏 1🎉 1
01:23
Відео недоступнеДивитись в Telegram
📍Yangibozor tumanida tuman hokimi ishtirokida yoshlar bilan ochiq va samimiy uchrashuv tashkil etildi. Muloqot davomida yoshlarning bandligi, ta’lim, tadbirkorlik, ijtimoiy faollik hamda ularni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv bayramona va ko‘tarinki ruhda o‘tib, yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, muammolar va takliflarini bevosita hokimga yo‘llashdi. Bildirilgan murojaatlar yuzasidan tegishli mas’ullar tomonidan aniq tushuntirishlar berildi, yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va yangi loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. @yoshlarxorazm
Показати все...
IMG_6250.MP430.37 MB
4🔥 2👍 1🎉 1
01:09
Відео недоступнеДивитись в Telegram
no comment | Xorazmda Yangi yil shukuhi #26dec @yoshlarxorazm
Показати все...
3.mp424.66 MB
Фото недоступнеДивитись в Telegram
⚡️2026 -yil — “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili Prezident Shavkat Mirziyoyev. @yoshlarxorazm
Показати все...
🔥 4👍 2👏 2
00:46
Відео недоступнеДивитись в Telegram
🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida mamlakatimizni rivojlantirishning eng ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi. @yoshlarxorazm
Показати все...
reels_murojaatnoma_tg_new.mp434.06 MB
👍 4 2🔥 1
00:26
Відео недоступнеДивитись в Telegram
⚡️2026-yil – “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb e’lon qilindi!
Показати все...
IMG_3890.MP49.35 MB
👍 4 1👏 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Kelgusi yilda hayotimizdagi muhim sanalar keng nishonlanishi ta’kidlandi Jumladan, barcha yutuq va g‘alabalarimizning poydevori bo‘lgan Vatanimiz mustaqilligining shonli 35 yilligi katta bayram sifatida o‘tkaziladi. Sohibqiron Amir Temur, Mir Alisher Navoiy bobolarimizning qutlug‘ tavallud ayyomlariga tayyorgarlikni hozirdan boshlash kerakligi qayd etildi. @yoshlarxorazm
Показати все...
👍 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
⚡️2026-yildan boshlab Elektron hukumat platformasi tubdan yangilanadi Endi barcha davlat idoralarining 1 mingdan ziyod davlat xizmatlari, 5 mingdan ortiq funksiya va vazifalari, 240 ta ma’lumot bazasi va axborot tizimi, 100 mingdan ziyod davlat xizmatchisining mahalla, tuman, viloyat, respublika darajasidagi vakolatlari Yagona raqamli platformaga integratsiya qilinadi. Platformaga kelib tushgan murojaatlar, ularni ijrochilarga taqsimlash va ko‘rib chiqish muddatini nazorat qilish sun’iy intellekt orqali amalga oshiriladi.
“Eng muhimi, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda inson omilisiz, korrupsiya va ortiqcha byurokratiyadan xoli ekotizim yaratamiz. Davlat xizmatlarini proaktiv va jamlanma shaklda ko‘rsatish tizimini rivojlantiramiz”,
– dedi davlatimiz rahbari. 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Avtomobillarga ekologik stikerlar berish tizimi joriy qilinadi ⚡️Eski mashinasini almashtiraman deganlarga avtokredit foizining bir qismi qoplab beriladi. Filtr o‘rnatib, zararni kamaytirishga tayyor bo‘lgan haydovchilar uchun xarajatlarining bir qismi bo‘yicha subsidiya ajratiladi. Poytaxtimiz va yirik shaharlarda jamoat transportini rivojlantirish ustuvor vazifa bo‘ladi. Shahar ko‘chalarida avtobus va taksilar uchun maxsus yo‘laklar ko‘paytiriladi. Toshkent, Samarqand va Namangan shaharlarida transport harakatini intellektual svetoforlar orqali boshqarish tizimi joriy etiladi. 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
⚡️Endi oliygoh bitiruvchilari va ish beruvchilar o‘rtasida “ko‘prik” bo‘lib xizmat qiladigan raqamli ekotizim yaratiladi. Unda talabalarning akademik ko‘rsatkichlari va korxonalardagi bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar “onlayn” tarzda ko‘rinib turadi. Ushbu ekotizim bitiruvchi kurs talabalari uchun o‘ziga mos ish topish, korxonalarga esa malakali kadrlarni jalb qilish imkonini beradi. 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Texnikum va ish beruvchilar o‘rtasidagi hamkorlik ham yangi bosqichga olib chiqiladi. Xususan, “dual ta’lim” asosida o‘qitishni samarali tashkil qilgan korxonalarga 7 yil muddatga 5 milliard so‘mgacha imtiyozli kredit ajratiladi. Tadbirkorlik reytingida qo‘shimcha 5 ball beriladi. Korxonalar ishga olgan texnikum o‘quvchisi uchun 1 foizli ijtimoiy soliq imtiyozi yana uch yilga uzaytiriladi. Shuningdek, 2026-yildan boshlab texnikumlarda “dual ta’lim” asosida ta’lim olayotgan 100 ming o‘quvchiga ilk bor stipendiya to‘lanadi. “A’lo” baholarga o‘qiyotgan, tanlagan kasbini puxta egallayotgan o‘quvchilarga esa oshirilgan miqdordagi stipendiyalar beriladi. 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
“Mening niyatim – yoshlarimiz talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha dunyoda raqobatdosh bo‘lsin, kerak bo‘lsa, boshqalardan bir pog‘ona ustun tursin. Ushbu maqsadga erishish yo‘lida kasbiy ta’limning eng muhim bo‘g‘ini bo‘lgan texnikumlarni yangi sifat bosqichiga olib chiqamiz”,– dedi Prezidentimiz.
Buning uchun 2026-yildan boshlab har yili kamida 100 tadan texnikum to‘liq ta’mirlanib, texnologik va talab yuqori bo‘lgan kasblarga mos holda jihozlab boriladi. Germaniya, Shveytsariya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Koreya kabi davlatlarning ilg‘or ta’lim dasturlari joriy qilingan texnikumlar soni 100 taga yetkaziladi. 2026-yilda 7 ta viloyatda, 2027-yilda esa qolgan hududlarda Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi va “Kasblar shaharchasi” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumlari hududdagi boshqa texnikumlar uchun metodik va amaliyot bazasi sifatida faoliyat yuritsa, “Kasblar shaharchasi” maktab o‘quvchilarini qurilish, servis, qishloq xo‘jaligi, sanoat, transport, “yashil” energetika kabi sohalardagi zamonaviy kasblarga yo‘naltirishga xizmat qiladi. 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Texnikum va ish beruvchilar o‘rtasidagi hamkorlik ham yangi bosqichga olib chiqiladi. Xususan, “dual ta’lim” asosida o‘qitishni samarali tashkil qilgan korxonalarga 7 yil muddatga 5 milliard so‘mgacha imtiyozli kredit ajratiladi. Tadbirkorlik reytingida qo‘shimcha 5 ball beriladi. Korxonalar ishga olgan texnikum o‘quvchisi uchun 1 foizli ijtimoiy soliq imtiyozi yana uch yilga uzaytiriladi. Shuningdek, 2026-yildan boshlab texnikumlarda “dual ta’lim” asosida ta’lim olayotgan 100 ming o‘quvchiga ilk bor stipendiya to‘lanadi. “A’lo” baholarga o‘qiyotgan, tanlagan kasbini puxta egallayotgan o‘quvchilarga esa oshirilgan miqdordagi stipendiyalar beriladi. @yoshlarxorazm
Показати все...
01:07
Відео недоступнеДивитись в Telegram
🇺🇿Ma’lumki, O‘zbekiston kelgusi yili 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga, 2027-yilda 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatiga, 2029-yilda esa Yoshlar Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qiladi. Shu bilan birga, 2026-yilda yurtimizda ilk bor maktab o‘quvchilari o‘rtasida nufuzli xalqaro kimyo va informatika olimpiadalari, Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar talabalari o‘rtasida muhandislik yo‘nalishlarida, Turkiy davlatlar texnikum o‘quvchilari o‘rtasida kasb yo‘nalishlarida xalqaro olimpiada o‘tkaziladi. Bunday nufuzli tadbirlar Vatanimizni rivojlangan sport va ilm-fan mamlakatiga aylantirish, uning obro‘-e’tiborini yuksaltirishga xizmat qiladi. @yoshlarxorazm
Показати все...
03 murojaat tg.mp421.37 MB