"El-yurt umidi" Foundation
Відкрити в Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha "El-yurt umidi" jamg‘armasining rasmiy Telegram kanali Fb: https://www.facebook.com/eyufoundation Inst: https://www.instagram.com/elyurtumidifoundation www.eyuf.uz
Показати більше2025 рік у цифрах

33 578
Підписники
-3424 години
-527 днів
-13630 день
Архів дописів
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Raqamli asr va taʼlim: “AI–School” tashabbusi
YUNESKO Bosh konferensiyasi sessiyasida raqamli texnologiyalar va taʼlim sohasidagi islohotlar muhim mavzulardan biri boʻldi.
Prezident Sh.Mirziyoyev sunʼiy intellektni taʼlim tizimiga joriy etish orqali gumanizm va texnologiya uygʻunligini taʼminlash zarurligini taʼkidladi.
Bu yoʻnalishda “AI–School” tashabbusi hamda YUNESKO huzurida Inklyuziv taʼlim platformasini yaratish taklifi ilgari surildi.
“Jismoniy va ijtimoiy xususiyatlaridan qatʼi nazar, har bir bolaga taʼlim olishi uchun teng imkoniyatlarni yaratib berish juda muhimdir”, — dedi Shavkat Mirziyoyev oʻz nutqida.✔️ Bu tashabbuslar taʼlim sohasida barcha uchun teng imkoniyatlar yaratish va yangi intellektual muhitni shakllantirishga xizmat qiladi. 🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
❤ 11🔥 6🤩 2👏 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning YUNЕSKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining ochilish marosimidagi nutqi
—
Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на церемонии открытия 43-й сессии Генеральной конференции ЮНЕСКО
—
Address by the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the opening ceremony of the 43rd session of the UNESCO General Conference
🔗 Website: Eyuf.uz
Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
❤ 7🔥 5💯 2🤓 2
00:34
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Professor Gulnoza Ismailova Oʻzbekiston – Yaponiya oliygohlari rektorlarining V forumida nutq soʻzladi
Bugun, 30-oktabr kuni Samarqand shahrida Oʻzbekiston – Yaponiya oliygohlari rektorlarining V forumi oʻz ishini boshladi.
Xalqaro anjumanda ikki mamlakatning 50 ga yaqin nufuzli universitetlari rektor, prorektor va oʻzaro hamkorlik qilayotgan professor-oʻqituvchilar qatnashmoqda. Ushbu nufuzli tadbirda “El-yurt umidi” jamgʻarmasi ijrochi direktori, professor Gulnoza Ismailova oʻz nutqi bilan ishtirok etdi.
Taʼkidlangandek, Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida Oʻzbekiston kelajakning harakatlantiruvchi kuchi sifatida taʼlimga eʼtibor qaratmoqda.
“Bu shunchaki oliy taʼlim tizimi islohoti emas. Bu — bilim imtiyoz emas, balki har bir inson uchun imkoniyat boʻlgan mamlakat rivojlanishining yangi modelidir”, — dedi Gulnoza Ismailova.
Bugungi kunda “El-yurt umidi” jamgʻarmasi yangi avlod yetakchilarini shakllantirishga koʻmaklashadigan milliy dasturga aylanmoqda. Stipendiatlar dunyoning nufuzli oliy oʻquv yurtlarida tahsil olayotgan yosh tadqiqotchilar, muhandislar, huquqshunoslar, iqtisodchilar, shifokorlar sifatida Oʻzbekistonga qaytmoqda. Ular Vatanga nafaqat diplom bilan, balki yangi fikrlar, gʻoyalar, loyihalar, tajriba va masʼuliyat tuygʻusi bilan qaytmoqda. Gulnoza Ismailova taʼkidlashicha, Yaponiya Oʻzbekistonning hamkorlari orasida alohida oʻrin egallaydi, chunki bu mamlakat aniqlik va insonparvarlikni, innovatsiya va anʼanalarni, texnologiyalar va jamiyat uygʻunligini oʻzida mujassam etgan. Jamgʻarma ijrochi direktori bir qator istiqbolli tashabbuslarni taqdim etdi. Xususan, Yaponiyaning yetakchi universitetlari bilan qoʻshma tadqiqot va taʼlim dasturlarini yoʻlga qoʻyish, doktorantlar va davlat xizmatchilari uchun akademik almashinuv va stajirovkalarni tashkil etish, yapon professor va tadqiqotchilarini Oʻzbekiston universitetlariga taklif qilish, Yaponiyada oʻzbek tili, adabiyoti va madaniyatini oʻrganish dasturini ochish, Oʻzbekistonda Yapon texnologiyalari va innovatsiyalari markazlarini tashkil etish ular qatoridan. Talabalar va yosh olimlarning roli haqida soʻz yuritarkan, professor G. Ismailova bugungi kunda Yaponiyada tahsil olayotgan oʻzbekistonlik stipendiatlar kam sonli boʻlishga qaramay, sezilarli yutuqlarga erishayotganini taʼkidladi. Ular orasida Osaka universiteti doktoranti Ulugʻbek Yaxshimurodov ham bor. U M2 tipidagi makrofaglarni olishning patentlangan usulini ishlab chiqdi. Bu jahon biotibbiyoti uchun jiddiy yutuq boʻlib, yurak-qon tomir kasalliklarini davolashda yangi imkoniyatlar ochadi. “Bunday misollar oʻzbekistonlik yoshlar eng ilgʻor ilmiy jarayonlarga qoʻshilib, global ilm-fanga haqiqiy hissa qoʻshishga qodir ekanining yorqin isbotidir”, — dedi G. Ismailova. Forum oʻz ishini davom ettirmoqda. Uning doirasida ikki davlat universitetlari oʻrtasida hamkorlik aloqalarini kengaytirish, qoʻshma loyihalar orqali akademik mobillik va ilmiy dasturlarni yoʻlga qoʻyish, oʻquv jarayoniga professor-oʻqituvchilarni taklif qilish, hamkorlikda ilmiy loyihalarda ishtirok etish kabi bir qator muhim masalalar boʻyicha muzokaralar olib boriladi.🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
IMG_8868.MOV12.06 MB
❤ 16🔥 11💯 5
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Samarqand shahridagi Kongress markazida UNESCO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining ochilish marosimi davom etmoqda. Umumsiyosiy munozaralarda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, nutq so‘zlaydi.
Tadbirni jonli tarzda Prezident Matbuot xizmatining YouTube, Telegram va Facebookdagi rasmiy sahifalari orqali tomosha qiling.
—
В самаркандском Конгресс-центре продолжается церемония открытия 43-й сессии Генеральной конференции ЮНЕСКО. В Общеполитических дебатах примет участие и выступит с речью Президент Шавкат Мирзиёев.
Следите за прямой трансляцией мероприятия на официальных страницах Пресс-службы Президента в YouTube, Telegram и Facebook.
🔗 Website: Eyuf.uz
Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
🔥 6💯 4❤ 3👍 2👏 2
#Stipendiatlar_hayotidan
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati Oʻzbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasida taqdimot oʻtkazdi
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati, Buyuk Britaniyaning Ekseter universiteti magistraturasida tahsil olayotgan Nargiza Nematova Londondagi Oʻzbekiston elchixonasida oʻtkazilgan “UZSU x Embassy Introduction” tadbirida maʼruza bilan ishtirok etdi.
Nargiza “El-yurt umidi” jamgʻarmasi faoliyati, uning maqsadlari va Oʻzbekiston yosh mutaxassislari uchun ochilayotgan imkoniyatlar haqida soʻzlab berdi. Shuningdek, u sunʼiy intellekt yordamida toʻqima tasvirlarini tahlil qilish orqali kasalliklarni erta aniqlash — Histopathology Image Classification sohasidagi oʻz ilmiy tadqiqotlarini taqdimot qildi. Nargiza Nematovaning taʼkidlashicha, chet elda taʼlim olish nafaqat yangi bilim egallash imkoniyati, balki Vatan oldidagi masʼuliyat hamdir. U orttirgan tajribasini Oʻzbekistonda sogʻliqni saqlash tizimi va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishga yoʻnaltirishini, raqamli tibbiyot sohasida oʻz hissasini qoʻshishni maqsad qilganini aytib oʻtdi. Ushbu tadbir Oʻzbekistonning taʼlim va ilmiy tashabbuslarini chet ellarda ilgari surishda Jamgʻarma stipendiatlarning faol rol oʻynayotganining yana bir tasdigʻi boʻldi.🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
👏 20❤ 13🔥 2🥰 2🎉 2
#Stipendiatlar_hayotidan
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati Dubaydagi xalqaro energetika korporatsiyasida amaliyot oʻtdi
“El-yurt umidi” stipendiati, Arizona davlat universiteti (AQSh) bitiruvchisi Saidakbarxon Poʻlatov dunyoning yirik energetika kompaniyalaridan biri — Emirates National Oil Company (ENOC)ning Dubay shahridagi (BAA) ENOC Lubricants — Savdo va Marketing boʻlimida kasbiy amaliyotni muvaffaqiyatli yakunladi.
Uch oy davomida Saidakbarxon xalqaro jamoa ishida faol ishtirok etib, global B2B savdosi, biznes tahlili, marketing strategiyalari va moylash materiallarining texnik xususiyatlarini oʻrgandi. U dunyoning yetakchi korporatsiyalari bozorlarni kengaytirish va xalqaro maydonda brend nufuzini mustahkamlash strategiyalarini qanday qurishi haqida bilimlarga ega boʻldi. “Ushbu stajirovka menga yirik xalqaro biznes jarayonlarining qanday amalga oshirilishini amalda koʻrish uchun noyob imkoniyat berdi. Zamonaviy B2B savdo usullarini oʻzlashtirib, distribyutorlar bilan ishlashni va bozor tahlilini oʻrgandim. Endi men bu tajribani Oʻzbekistonda qoʻllab, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va energetika sohasida innovatsion yondashuvlarni joriy etishga hissa qoʻshmoqchiman,“ — deydi Saidakbarxon Poʻlatov.🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
👏 14🔥 8❤ 5🤩 3👍 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#Stipendiatlar_hayotidan
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi 2 nafar stipendiati Krasnoyarskda oʻtkazilgan “Axborot texnologiyalari va matematik modellashtirish (ITMM-2025)“ xalqaro anjumanida oʻz tadqiqot natijalarini taqdim etdi. Mazkur anjuman axborot texnologiyalari, amaliy matematika va raqamli modellashtirish sohalaridagi 10 dan ortiq mamlakatdan yetakchi mutaxassislar uchun muloqot va fikr almashish maydoni boʻldi.
Xususan, Novosibirsk davlat universiteti doktoranti Nurlibay Shlimbetov “Berilgan tanlanma asosida ehtimoliy zichlikni yaqinlashtirishning kompyuter funksional algoritmida yadro funksiyasini tanlashda yaqinlashish sifatining maxsus koʻrsatkichlari” mavzusida maʼruza qildi. Yana bir stipendiat — Tomsk davlat universiteti doktoranti Zarifjon Qurdoshev esa “Signallarni qayta ishlash uchun darajali parametrli neyron tarmogʻi asosida model tanlash usuli” boʻyicha tadqiqotini taqdim etdi. Ularning ishlari ilmiy yangiligi, zamonaviy hisoblash yondashuvlarini qoʻllaganligi va kelajak raqamli texnologiyalari uchun amaliy ahamiyatga ega ekanligi bilan anjuman ishtirokchilarining eʼtiborini tortdi.🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
👍 12❤ 7🔥 4
05:57
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#OAV_biz_haqimizda
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati Rahmatilla Ubayev “Madaniyat va maʼrifat” telekanali muxbiriga bergan intervyusida Germaniyaning yetakchi oliy taʼlim muassasalaridan biri boʻlgan Tyubingen universitetida (University of Tübingen) oʻqishi haqida soʻzlab berdi.
Rahmatilla “El-yurt umidi” jamgʻarmasi dasturi oʻzbekistonlik yoshlarga jahon darajasidagi taʼlim olish va Oʻzbekistonga qaytib, oʻz Vatani taraqqiyotiga hissa qoʻshish uchun noyob imkoniyat yaratayotganini alohida taʼkidlab oʻtdi.
🔗 Website: Eyuf.uz
Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
IMG_8680.MP470.82 MB
❤ 8🔥 5💯 2👍 1
