Sevgi She'rlari
Відкрити в Telegram
Ko'ngilga Malham Bo'ladigan Sevgi She'rlari! 📌• #Sevgi - KUYLARI 📌•• #Sevgi - SHERLARI 📌••• #Sevgi - IZHORLARI 📌•••• #Sevgi - STATUSLARI 📌••••• #Sevgi - HIKOYALARI @Maqsudbek_T Reklama 👉 @Reklama_Qoidalarr
Показати більше2025 рік у цифрах

12 724
Підписники
-1524 години
-1587 днів
-36430 день
Архів дописів
00:29
Відео недоступнеДивитись в Telegram
🌤 XAYRLI TONG!
Assalomu alaykum!
Seshanba tongi muborak bo‘lsin
Bugungi boshlanayotgan yangi kuningiz fayzli va barokatli bo‘lsin! Siz va yaqinlaringizni yaxshi kayfiyat tark etmasin!
Yaqinlarga ulashing ❤️
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
☝️Obuna bo‘lishni unutmang!
5.15 MB
❤ 9👍 7🥰 4😍 3
00:17
Відео недоступнеДивитись в Telegram
💥Бугун 16 декабр – Халқаро Ҳолажонлар куни
Онамдайин энг меҳрибоним - ҳолажоним!
Байрамингиз муборак азиз ҳолажонлар!
https://telegram.me/joinchat/Eyf9Vbm8ruAxMDIy
☝️Обуна бўлишни унутманг!
2.23 MB
👍 7🥰 6😍 6❤ 1
00:19
Відео недоступнеДивитись в Telegram
🎉 Qadrli qadrdonim, bugungi quvonchli kun
16 - D E K A B R 🎉
🎁 Tavallud ayyomingiz
🎈 muborak boʻlsin! 🎊
🎁 Umringiz uzoq,
🎈 rizqingiz butun boʻlsin!
🎁 Oilangiz baxtiga doimo,
🎈 sogʻ-u, salomat boʻling🥰🎊
T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
11.85 MB
❤ 6🥰 4👍 3😍 2
00:17
Відео недоступнеДивитись в Telegram
✨X A Y R L I T U N
M E X R I B O N L A R I M✨
Falakka hukm etar tangriday boʻlsam,
Falakni qilardim oʻrtadan barham.
Yangidan shunday bir falak tuzardim,
Yaxshilar tilakka yetardi ul dam.
✨XAYRLI TUN
✨AZIZLARIM YAXSHI DAM OLING!!!
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
6.49 MB
❤ 8😍 7👍 4🥰 2
Uxlamadingizmi??
Yuring sizni qalbingizni tubiga yetib boradigan maskanga olib boraman🍃
@Rumiynoma 🕊
@Rumiynoma 🫀
Shunchaki kiring va qalbingiz bilan o‘qing.
👍 9🥰 5❤ 4😍 2
Musofirdan qaytmaganlar!
Onasini quchib sekin
So'ngi so'zin aytmaganlar
Shirin joni ketdi tekin
Musofirdan qaytmaganlar
Yaxshi niyat o'y qilay deb
O'g'il qizga to'y qilay deb
El qatori uy qilay deb
Musofirdan qaytmaganlar
Qahratonning qishi demay
Og'ir yengil ishi demay
Umrini boy berdi bilmay
Musofirdan qaytmaganlar
Shu ekanda zayli zamon
Ona sho'rlik adoy tamom
Bu ko'rgilik qanday yomon
Musofirdan qaytmaganlar
Taqdir boshga balo solgan
O'zga yurtda jonin olgan
Farzandlari yetim qolgan
Musofirdan qaytmaganlar
Otasining qaddi sinib
Yiqilganda ko'zi tinib
Uyga qaytdi tobut minib
Musofirdan qaytmaganlar
O'ttizga kirmagan ayoli
Bo'ldi parishon hayoli
Kimni bo'ynida uvoli
Musofirdan qaytmaganlar
Qancha darddan o'tmagandi
Qancha alam yutmagandi
Shu niyatda ketmagandi
Musofirdan qaytmaganlar
Bir joniga ming bir xatar
Chidab keldi har bir safar
Diydor qiyomatga qadar
Musofirdan qaytmaganlar
Jon omonat ekan tanda
Ojiz ekan ojiz banda
Olloh rahmat aylasinda
Musofirdan qaytmaganlar.
(Mualliflik huquqi bilan himoyalangan)
Farhod Mo'min. 13.12.2025 yil.
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
❤ 17🥰 7😢 6👍 5😍 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
⭐️ЯНГИ ЙИЛНИ ЯНГИ МАҚСАДЛАР ВА ЯНГИ ДАСТУРЛАР БИЛАН КУТИБ ОЛИНГ!!!
Келаётган янги 2026-йилда
✔️Қўйган барча мақсадларига эришадиган;
✔️Катта пулларга очиладиган;
✔️Орзу қилган ҳаётига етишадиган инсонга айланиш учун
❤️🔥❤️🔥❤️🔥
16-17-декабрь кунлари соат 19:00да бўлиб ўтадиган жонли эфирларимда АЛБАТТА ҚАТНАШИНГ!
‼️Жонли эфирда иштирок мутлақо👉 БЕПУЛ👉🔥.
Жонли эфирда қатнашиш учун пастдаги ссылкага босинг⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️
https://t.me/+5fOvOv0TRbpmZTQ0
https://t.me/+5fOvOv0TRbpmZTQ0
https://t.me/+5fOvOv0TRbpmZTQ0
❤ 7👍 5🥰 5😍 1
🔥Nachora...
So‘nmoqda orzular chalajon,
G‘amginman hattoki tushda ham...
Omadim kelmadi Onajon,
Nachora ishda ham, ishqda ham...
Tikan ko‘p ushlagan gulimda,
Armonlar izi bor dilimda,
Tuzoqlar serobdir yo‘limda,
Nachora ishda ham, ishqda ham...
Taqdirga nolishdan foyda yo‘q,
Qismatim kambag‘al, boyda yo‘q,
Men kabi baxtsizi oyda yo‘q,
Nachora ishda ham, ishqda ham...
Kimga qo‘l uzatsam yiroqda,
Vujudim yuragim firoqda,
Ohiri ne bo‘lar so‘roqda,
Nachora ishda ham, ishqda ham...
Sarsonman halovat topolmay,
Yupinman ko‘nglimni yopolmay,
Imillab turibman chopolmay,
Nachora ishda ham, ishqda ham...
Peshonam shundayin sho‘r chog‘i,
Ko‘rinmas hijronlar adog‘i,
Qo‘limda qalamning qadog‘i,
Nachora ishda ham, ishqda ham...
So‘nmoqda orzular chalajon,
G‘amginman hattoki tushda ham...
Omadim kelmadi Onajon,
Nachora ishda ham, ishqda ham...
📝Muallif: Zohid Ziyo...
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
❤ 14😍 9👍 7🥰 5
Nigohlari go‘zal zarra g‘ubori yo‘q,
Robbim husn ato yetgan hurlardayin,
Jayron ko‘zi toblanadi bunchalar sho‘h,
Bu dunyoda go‘zal qiz yo‘q
Dilbardayin...
Kulgu sira arimaydi gul labidan,
Kokillari belga tushar yeng kamida,
So‘zlari ham shiralida bol tamidan,
Bu dunyoda go‘zal qiz yo‘q Dilbardayin...
Dudoqlari rang beradi turfa gulga,
Oshiq bo‘lsang baxtiyorsan bir umrga,
Ko‘zlariday go‘zal qalbi to‘la nurga...
Bu dunyoda go‘zal qiz yo‘q Dilbardayin...
Ishva qilsa xayolingni olar tamom,
O‘z qo‘lida tayorlasa o‘ynar taom,
Tarifginam yetmaydida hullas kalom,
Bu dunyoda go‘zal qiz yo‘q Dilbardayin...
Oy to‘lishar oqshomlari oyga boqsa,
Gado qilar agar biron boyga boqsa,
Suvi tiniq bo‘lib ketar soyga boqsa,
Bu dunyoda go‘zal qiz yo‘q Dilbardayin...
📃Shahzod • Ali
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
❤ 17👍 4🥰 4😍 2
Yomgʻir.
Ayriliqqa yuragim kunmay,
Sogʻinmoq bu naqadar ogʻir.
Koʻzyoshimga qoʻshilib tinmay,
Yogʻaversin toʻxtamay yomgʻir.
Tuyilmoqda nimadir kamga.
Qaytgim kelar oʻtmish u damga.
Toʻlib ketdi yuragim gʻamga,
Yogʻaversin toʻxtamay yomgʻir.
Yolgʻizlikdan ezilar dilim.
Sen yoʻqliging sezilar gulim.
Eslatar bu yurgan har yoʻlim,
Yogʻaversin toʻxtamay yomgʻir.
Kelishingni kutaman hamon.
Ishq azobin yutaman har on.
Sogʻinganman ishonsang yomon,
Yogʻaversin toʻxtamay yomgʻir.
Alamlarni yuvsin mayliga.
Gʻam lashkarin quvsin mayliga.
Qayta chorlab ishqning sayliga,
Yogʻaversin toʻxtamay yomgʻir.
Eng yoqimli navosan bilsang.
Bitta oʻzing davosan bilsang.
Oshiqlarni baxtiyor qilsang,
Yogʻavergin toʻxtamay yomgʻir.
Tomchi-tomchi, chak- chak bu yomgʻir.
Dardlarimga davo-ku yomgʻir.
Oshiqlarning dardiga malham,
Eng yoqimli navo-ku yomgʻir.
✍ Sobitjon Eshtemirov.13.12.2025.
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
❤ 21🥰 7👍 6😍 4
Фото недоступнеДивитись в Telegram
She'riyat shaydolari uchun🫴
Eng sara mavzularda qalam tebratgan shoir
Ulugʻbek Ergash ning she'rlari va qoʻshiq matnlari jamlangan kanal👇
https://t.me/+xxCKPZ-klXthY2Qy
She'rlar sizga yoqsa, xursand boʻlamiz😊
❤ 8👍 6🥰 1😍 1
Obuna bo‘lish
00:37
Відео недоступнеДивитись в Telegram
❤️❄️ASSALOMU ALAYKUM!
❄️❤️Dushanba tongi muborak bo‘lsin
❤️❄️Yangi xafta davomida sizlarni xursandchilik, baxtiyorlik aslo tark etmasin
❄️❤️Sog‘–salomat uyg‘otgan Robbimizga xamdlar bo‘lsin!
❤️❄️Sizga oilaviy xotirjamlik, tani sog‘lik, xayrli amallarga to‘la va duolar mustajob bo‘luvchi lahzalarga boy yana juda ko‘p subhi sodiqlar tilaymiz.
https://telegram.me/joinchat/Eyf9Vbm8ruAxMDIy
☝️Obuna bo‘lishni unutmang!
5.94 MB
👍 10❤ 7🥰 4😍 1
00:19
Відео недоступнеДивитись в Telegram
🎉 Qadrli qadrdonim, bugungi quvonchli kun
15 - D E K A B R 🎉
🎁 Tavallud ayyomingiz
🎈 muborak boʻlsin! 🎊
🎁 Umringiz uzoq,
🎈 rizqingiz butun boʻlsin!
🎁 Oilangiz baxtiga doimo,
🎈 sogʻ-u, salomat boʻling🥰🎊
T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
11.84 MB
❤ 8🥰 5😍 4👍 2
00:16
Відео недоступнеДивитись в Telegram
❄️🌙XAYRLI TUN🌙❄️
🌙Robbim, bugunimizga taqsim qilganing yaxshilik, rizq, ofiyat, tavfiq, saodat, najot va qalb ochilishidan bizga ertamiz uchun xam to‘liq hissa va nasiba ato qilgin! Amin!🤲
🌙Yaqinlarim, yaxshi ko‘rganlarim O‘zingga omonat, Robbim...
T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
2.02 MB
❤ 12👍 6😍 5🥰 1
SOG'INGANING TAN OL...
Behuda so'zlama,barchasi bekor,
Sira eplolmaysan yolg'onni, bilsang.
Qalbingni qiynama,ayblab "beqaror"...
Sog'inganing tan ol,sog'ingan bo'lsang.
Suratimga boqib,pana-panada,
Yuragingni yoqib,otash tanada.
Xarob bo'lmasidan,holing yanada...
Sog'inganing tan ol, sog'ingan bo'lsang.
Bahonalar topma,qilmagin inkor,
Bor gapni,shart aytib,bo'la qol,iqror.
Nahot,shuncha qiyin,etmoqlik izhor...
Sog'inganing tan ol, sog'ingan bo'lsang!
Rahm et,siringni bilar,sabringga.
Quloq tut,qalbingga,yurak amringga.
Xumoring aylanib qolmay jabringga...
Sog'inganing tan ol, sog'ingan bo'lsang.
Aytgin,hech bo'lmasa,bor yo'g'i, bir bor,
Hislaring hukmini,aylabon nisor.
Axir,aytishingni kutayapman zor,
Sog'inganing tan ol,sog'ingan bo'lsang.
Qancha kutish kerak,kutaman,mayli
Faqat,aytsang bo'ldi,
dilim quvnaydi.
Rozingni bilolmay,xayolim daydi...
Sog'inganing tan ol, sog'ingan bo'lsang.
Men ham sog'inyapman,sog'inganim chin,
Quvonchim quchadi,qo'ng'iroq qilsang.
Birgina so'zingdan topaman taskin,
Sog'inganing tan ol, sog'ingan bo'lsang.
✍AHMEDOVA NASIBA BERDIMURODOVNA.
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
❤ 14😍 12👍 5🥰 5👏 2
00:36
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Qaldirg‘och qosh, yuzi hilol,
Berar tinmay ming bir savol,
Ishqim unga kelmas malol,
U men uchun yaralgandir..
Har onimda, u yonimda,
Tun, tongimda, u jonimda,
Jo‘shib oqar, jim qonimda,
U men uchun yaralgandir..
Kulib olar dardimni ham,
Hijron to‘la arzimni ham,
Eslatadi farzimni ham,
U men uchun yaralgandir..
Mening mangu mohitobim,
O‘qilmagan dil kitobim,
Yo‘q, e’tiroz yo‘q xitobim,
U men uchun yaralgandir!
Har soniya jonim fido,
Ishqida men bo‘ldim ado,
Ranjitsam gar bo‘lar xato,
U men uchun yaralgandir!
✍DIL🌹🌹AFRO‘Z
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
SaveVid_Net_AQO354aitgreMXNNtW47_yXV8Jnp5MUYV1ApOVD4YFtleuJwUyZ.mp43.49 MB
👍 13❤ 8😍 5🥰 4
QALBI UMMONLAR!
Mehribonlar ko‘pdir dunyoda,
Yaxshilar ham ko‘pdir, ziyoda.
Odamlar bor, elga omonlik,
Yurtga tinchlik tilab, duoda.
O‘zlariga birni so‘rashsa,
O‘zgalarga mingni so‘rarlar.
O‘zlariga birni o‘rashsa,
O‘zgalarni zarga o‘rarlar.
Mehri daryo, qalbi ummonlar,
Omon bo‘lsin shunday insonlar!
O‘tar yillar, o‘tar zamonlar,
Mudom bo‘lsin shunday insonlar!
Begi Do‘st
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
☝️Obuna bo‘lishni unutmang!
❤ 17👍 6😍 4🥰 2
