uk
Feedback
Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

Відкрити в Telegram

📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal! - Matematika - Tanqidiy fikrlash - Muammoli masalalar - Yutuqli testlar Videodars / Repetitsion testlar kanaliga obuna bo’lish uchun: @pmtests_admin @pmtests_admin1 yozing Testlar bazasi: pmtests.uz

Показати більше
2025 рік у цифрахsnowflakes fon
card fon
62 479
Підписники
Немає даних24 години
Немає даних7 днів
Немає даних30 день
Архів дописів
01:10
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Prezident maktabi o'quvchilari tayyorgarlikni boshlagan o'quvchilarga nimani tavsiya qiladi⁉️
Azimqulov Azamat: Men @pmtests Repetitsion testlariga muntazam qatnashib bordim. Sizlarga ham @pmtests repetitsion testlarini ishlab borishni maslahat beraman. Jalolova Irodaxon: Men @pmtests kanalidagi 30 talik, 40 talik testlar va yutuqli olimpiadalarni qatnashganman. Men @pmtests ga minnatdorlik bildiraman.
‼️ Bugun ⏰19:00 da Matematikadan 1-online test bo'lib o'tadi ‼️ O’tgan yilda Testlarda muntazam qatnashib kelganlar bugun prezident maktabi o’quvchisiga aylanishdi. Imkoniyatni qo'ldan boy bermang! Repetitsion testlarda qatnashib prezident maktabiga mukammal tayyorlaning.
*Repetitsion testlarda muntazam qatnashgan o'quvchilar Respublika bo'ylab o'tkaziladigan olimpiadalarga saralab olinadi!
👉👉 t.me/pmtests
Показати все...
IMG_6483.MOV13.95 MB
👍 31🔥 6👏 4😱 3🤩 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
2024-2025-o’quv yilida @pmtests pullik tayyorlov kanallarimizda o’qib prezident, al-Xorazmiy va ixtisoslashtirilgan maktablarga kirgan o’quvchilarimiz o’rtasida FINAL YUTUQLI OLIMPIADASI o’tkazdik. Quyidagi o’quvchilar pul mukofotiga sazovor bo’lishdi. 🥇 1-o’rin: Ma’rufjonov Jo’rabek Farg'ona shahar prezident maktabi 5-sinf o'quvchisi. 🥰😇😇 😇😇😇 so'm sohibi. 🥈 2-o'rin: Xolmurodov Alisherfayz G'uzor tuman ixtisoslashtirilgan maktab 5-sinf o'quvchisi. 😇😇😇 😇😇😇 so'm sohibi. 🥉 3-o'rin: Usmonov Muhammadyusuf Farg'ona prezident maktabi 5-sinf o'quvchisi. 😅😇😇 😇😇😇 so'm sohibi. 🏅 4-o'rin: Esanboyeva Xonzoda 😀😇😇 😇😇😇 so'm sohibasi. 🏅 5-o'rin: Muxamatov Umidjon Navoiy shahar prezident maktabi 5-sinf o'quvchisi. 😀😇😇 😇😇😇 so'm sohibi. 🏅 6-o'rin: Isaqov Abdumajid Farg'ona shahar prezident maktabi 5-sinf o'quvchisi. 😀😇😇 😇😇😇 so'm sohibi. Yutuqlar o'z egalariga topshirildi. 👉👉 t.me/pmtests
Показати все...
👍 48🔥 5👏 5🎉 3😱 1
⚡️⚡️ Ertaga kanalimizda 2025-2026-o'quv yilidagi 1-Prezident va al-Xorazmiy maktabi MATEMATIKA testi bo'lib o'tadi‼️ Prezident, Al-Xorazmiy va Ixtisoslashtirilgan maktabiga tayyorlanayotgan o'quvchilar @PMTESTS kanalidagi testlar orqali doimiy tarzda bilimlarini oshirib borishlari mumkin! Boshlanayotgan yangi o'quv yilida kanalimizdagi testlar tartibi quyidagicha bo'lishi rejalashtirilmoqda: ✅ Seshanba kunlari: Tanqidiy fikrlash va muammoli masalalar testlari (10 talik). ✅ Payshanba va yakshanba kunlari: Prezident va al-Xorazmiy maktabi matematika testlari (30 talik). ✅ Chorshanba va shanba kunlari @PMTESTS_ENGLISH kanalida ingliz tilidan testlar bo'lib o'tadi. ✅ Shuningdek, @testbazasi kanalida keyingi yil yangi ochiladigan Al-Xorazmiy maktabiga yoki Mirzo Ulug'bek maktabiga topshiradigan 5-6-sinflar uchun MATEMATIKA testlari bo'lib o'tadi. Aksariyat testlar kanalimizda ochiq tarzda o'tkaziladi. Kanalimizni kuzatib boring! 👉👉 t.me/pmtests
Показати все...
👍 27🤩 5🔥 3😱 1
Fojiadir tarqoqlik qalbning ko'rligi, Baxt-chi - ayting emasmi Vatan hurligi, Hur Vatanda baxtlimiz, bir jon-u tanmiz, Bir bo'lsak bir elmiz, birlashsak Vatanmiz. (Ijtimoiy roliklarda birgalikda harakat qilish natijasi innovatsion usulda ko'tsatilgan ekan) Birlashgan xalqni yengib bo'lmaydi. Vatan taraqqiyoti yo'lida birlashgan xalq esa boshqa xalqlardan ilgarilab ketadi. Ishonamizki, buyuk tarixga ega 38 millionlik katta xalqimiz yaqin davrda buyuk kelajak yaratadi. Yurtimiz dunyodagi eng taraqqiy etgan diyorga aylanadi. 👉👉 t.me/pmtests
Показати все...
avaz_vali.mp46.64 MB
IMG_2141.MP429.85 MB
video_2024-09-01_11-15-34.mp42.06 MB
👍 34🔥 9👏 2
00:37
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Katta yutuqli olimpiada g'oliblari - bugun Prezident maktabi o'quvchilari. Har yili @PMTESTS jamoasi testlarida faol ishtirok etgan o'quvchilar 150mln so'm pul mukofotiga ega Katta yutuqli olimpiadada ishtirok etish imkoniyatini qo'lga kiritadilar. Har yili KYO g'oliblari prezident va Al-Xorazmiy maktablariga qabul qilinadi. 2025-yilgi olimpiadamizda 20 mln so'm pul mukofotiga ega bo'lgan Azimqulov Azamat hozir Jizzax shahar pezident maktabi o’quvchisi. KYO-2025 olimpiadasida 1- va 2-o'rinni qo'lga kiritgan o'quvchilar ham prezident maktablariga qabul qilindilar. Eslatib o'tamiz, KYO-2026 olimpiadasining Saralash jarayonlari oktabr oyidan boshlanadi. 👉👉 t.me/pmtests
Показати все...
IMG_4432.MP429.19 MB
👍 47🔥 5👏 2🎉 2🤩 2
Ingliz va ruslardan iborat qiziq odati bor 30 kishilik sayyohlar guruhida: ingliz erkaklari rost, ayollari yolg'on gapiradi. Ruslarda esa teskari. "Sizlar inglizmisizlar?" degan savolga 23 kishi "Ha" deb javob bergan bo'lsa, guruhda jami nechta ayol bor?Anonymous voting
  • 7
  • 11
  • 17
  • 23
  • Aniqlab bo'lmaydi
0 votes
👏 39😱 18👍 15🎉 13🤩 9🔥 6
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Maktab o'quvchilari va ustoz-murabbiylariga tabrik. Hech qachon unutmang, maktab – bu mo‘jiza, kitob, ustozlar o‘tadigan har bir dars – beqiyos xazinadir. Sh.Mirziyoyev 👉👉 t.me/pmtests
Показати все...
🔥 29👍 19🎉 5👏 3😱 2
‼️ Bugundan maktab ta'limi boshlanadi‼️ Buyuk kelajak va farovon hayotga olib boruvchi yagona narsa sifatli ta'limdir. Maktab o'qishiga qaytgan yoki birinchi bor maktabga qadam qo'yayotgan yoshlarimizga muvaffaqiyat tilaymiz! Zora, ular yaxshi ta'lim olib yurtimiz taraqqiyotiga ulkan hissalar qo'shishsa. Barcha ustozlarga ham o'zining sharafli ishlarini mukammal bajarishlarida omad yor bo'lsin!! 👉👉 t.me/pmtests
Показати все...
👍 42🔥 7🤩 3
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Gar sendan nolisam uvoldir umrim, Sen bilan paydodir qudratim, qurbim, Har qarich xokingni ko‘zimga surdim, G‘ubor-gardlaringni sevaman, Vatan! Toza tuprog‘ingga yo‘lamas xatar, Ozod osmoningda porlagay qamar, Navoiydan Orif Abdullo qadar Bayot-baytlaringni sevaman, Vatan! Bobolardan meros — nomus, or, g‘urur, Bizdan avlodlarga eltasan surur, Toleingga mudom baxsh aylagan nur Yorqin manglayingni sevaman, Vatan! Chora axtarmasman o‘zimga chetdan, Istiqloling murod-maqsadga yetgan, Har bir nafasimga hayot baxsh etgan Tirik dardlaringni sevaman, Vatan! Aziz xalqimizga Mustaqillik bayrami muborak bo'lsin. Mustaqilligimiz abadiy bo'lsin! 👉👉 t.me/pmtests
Показати все...
👏 53👍 11🔥 10🎉 8🤩 3
02:05
Відео недоступнеДивитись в Telegram
O'zbekiston mustaqilligi kuni e'lon qilingan tarixiy videolavha. Mustaqilligimiz abadiy bo'lsin!!! 👉👉 t.me/pmtests
Показати все...
IMG_6342.MP424.71 MB
star reaction 1👍 38🎉 12🔥 8👏 6
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Ertangi kunimizni mustahkam qilishimiz kerak. Qachon mustahkam qilamiz? Bilimli bo’lsak. Agar bobolarimiz buyukligidan ruhlanib, har bir soha bo’yicha ta’limni mukammal qilsak, manaman degan davlatdan kam joyimiz yo’q. Bolalarimizni zo’r o’qitsak, natija biz kutgandan ham yaxshi bo’ladi. Mustaqillagimiz barqaror va abadiy bo’ladi!! (Sh.Mirziyoyev) Mustaqilligimiz barqaror bo’lishi uchun o’qiylik va o’qitaylik!! 👉👉 @PMTESTS
Показати все...
🔥 30👍 12👏 2🎉 2
05:13
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Ozodbek Nazarbekovdan yangi ijod namunasi. Dunyoni bilim ila hayratda qoldirish navbati endi senikidir... Uyg‘on, o‘g‘lim! 👉👉 t.me/pmtests
Показати все...
Uyg`on o`g`lim (telegram) SD.mp473.28 MB
👍 110🔥 17👏 12🎉 8🤩 6
02:03
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Dron shou ham zo’r bo’ldi lekin. Bunaqasi ilgari bizda bo’lmagandi. Dronchilarimizning ancha tajribasi oshibdi. (@xushnudbekuz) Yaqinda, Xitoydagi dron shoudan hayratlangan edim, o'zimizning dron shou ham ulardan kam emas!! Olg'a O'zbekiston!!! Mustaqillik bayrami muborak bo'lsin!!
Показати все...
IMG_5262.MP424.31 MB
star reaction 2👍 113🎉 21🤩 16🔥 14
#qabul_mulohazalari Keyin chaqirmay birdan imtihondan o'tkazsak bo'lmaydimi? 2025-yil Prezident maktabi asosiy imtihonidan yiqilgan 48 ta o'quvchi (25-72-o'rinlar) Ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul qilinishi belgilandi. Ammo, 48 ta o'quvchi bo'sh qolgan kvotani to'ldirmasligi inobatga olinmagan: ✅ Birinchidan, bu 48 ta o'quvchi eng faol o'quvchilardan bo'ladi va ko'pchilik qismi ixtisoslashgan maktablarga imtihondan o'tgan va oldinroq qabul qilingan bo'ladi. ✅ Ikkinchidan, belgilangan qabul kvotasi va imtihondan o'tgan o'quvchilar o'rtasidagi farqni to'ldirish qanday amalga oshiriladi. Misol uchun Andijon viloyatida 552 ta 5-sinf o'quvchisini Ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul qilish rejalashtirilgan. Ammo, imtihondan o'tgan o'quvchilar soni 337 ta. Demak, kvotani to'ldirish uchun yana 215 ta o'quvchi ixtisoslashgan maktablarga chaqirilishi kerak. Bundan tashqari imtihondan o'tgan o'quvchilar bir vaqtda boshqa maktablarga ham qabul qilinganini hisobga olsak, chaqiriladigan o'quvchilar soni yanada ortadi. Shunday vaziyatda Asosiy imtihondan yiqilgan faqatgina 48 ta o'quvchiga imkon berilishini to'g'ri qaror deyish qiyin. Yana shuni aytish kerakki, imtihondan o'tadigan o'quvchilar soni qanday mezon asosida bo'lgani tushunarsiz. Misol uchun ba'zi maktablarga belgilangan kvotadagi 50% miqdoridagi o'quvchilar imtihondan o'tgan bo'lsa, ba'zilarida bu 90% gacha boradi. Agar faqat 48 ta o'quvchiga imkoniyat berilsa, va qolganlarda bunday imkoniyat yo'q bo'lsa, nima uchun ko'proq o'quvchilar imtihondan o'tkazilmadi?! Xullas, hali anchagina o'quvchilar Ixtisoslashtirilgan maktablarga chaqiriladi. Bunda imtihon nasijasidagi o'rniga e'tibor qilish kerak. ‼️Toshkent shahriga qabul kvotasini oshirish va yangi ixtisoslashgan maktablarni ochish masalasi ham dolzarb. Respublikadagi eng qaynoq joydagi ixtisoslashgan maktablarga ajratilgan joy atigi 144 ta. Bu Respublikadagi eng kam ko'rsatkich bo'lib, Farg'ona viloyatida esa 648 ta o'quvchi (4,5 marta ko'p) 5-sinf ixtisoslashgan maktablarga qabul qilinadi. 👉👉 t.me/pmtests
Показати все...
👍 64🔥 5
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#Сўраган_эдингиз #qabul_2025 Prezident maktabining 1-bosqichidan o‘tgan barcha o‘quvchilar, 2-bosqich natijasidan qat’i nazar, tanlagan ixtisoslashtirilgan maktabga imtiyoz asosida qabul qilinadimi? ✅Yo‘q. Joriy yildan yangi tartibga ko‘ra, Prezident maktablarining 5-sinfiga kirish imtihonlarining 2-bosqichida ishtirok etib, o‘qishga qabul qilinmagan 48 nafar o‘quvchi ballar ketma-ketligida hujjat topshirgan ixtisoslashtirilgan maktabning aniq fanlar yo‘nalishi uchun belgilangan qabul kvotasining 50%idan oshmagan holda o‘qishga qabul qilinadi. ❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показати все...
👍 9🔥 4🎉 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
"Turon hududida davlatchilik shakllanganida rus millatining o'zi yo'q edi." kun.uz da o'zbek tarixchilari bilan keyinchalik paydo bo'lgan va hatto afandisi ham yo'q bo'lgan millat vakilining BUYUK XALQIMIZ haqida aytgan ahmaqona so'zlari bo'yicha suhbat o'tkazilibdi. Buyuk bobomiz Amir Temur aytganidek, haqiqatan ham biz millatlarning eng qadimi va eng ulug'imiz. Biz turklarning bosh bo'g'inimiz. Tomirlarimizda buyuk ajdodlarimiz qoni oqmoqda. 👉👉 @PMTESTS
Показати все...
👏 18🔥 10👍 3🤩 2🎉 1
Abdulla Qodiriy “Mehrobdan chayon” romanida 17 yoshli Ra’noning savodi haqida shunday yozadi: "Ra’no Nigor oyimning to‘ng‘uchi, bu yil o‘n yetti yoshni to‘lduradir. Savodni otasidan o‘qub, o‘n to‘rt yoshida ibtidoiy maktab pro‘g‘ramida bo‘lg‘an barcha darslarni bitirgan, masalan: diniy qismdan – “Haftiyak”, “Qur’on”, “Chahor kitob”, “So‘fi Olloyor”, “Maslaki muttaqin”, adabiyotdan – Navoiyning barcha asarlari, devoni Fuzuliy, Layli Majnun; Amiriy, Fazliy va shulardek chig‘atoy-o‘zbek katta shoirlarining asarlari; forsiydan – Xoja Hofiz Sheroziy va Mirzo Bedil, xusni xat, insho va boshqalar. Bu kunlarda bo‘lsa bir tomondan qizlarg‘a saboq berib onasig‘a ko‘maklashsa, ikkinchi tarafdan otasida kofiya (arab nahv va sarfi) hamda Shayx Sa’diyning “Guliston”idan dars oladir va shuning qatorida o‘zi yaxshi ko‘rgan chig‘atoy-o‘zbek shoirlarining badi’a asarlaridan alohida bir majmu’a tuzib yuriydir." (Bu rus bosqinchilari kelishidan oldingi qizlarimizning holati) ___________________ Rus bosqinchilari yurtimizga bostirib kelganida g‘o‘yoki bizning xalq savodsiz va madaniyatsiz-u, ular bizga o‘qish-yozish va madaniyatni o‘rgatgani kelgandek edi. Aslida xalqimiz ilmiy ma’rifiy sohada hamda madaniyat borasida ulardan anchagina ustun edi. 17 yoshli Ra’noning o‘qib bitirgan nodir va qimmatbaho kitoblarini ziyolilikni da’vo qiluvchi bosqinchilar tushunishga ham ojiz edilar. Bosqinchilar xalqimizning eng ilmli va ziyoli qatlamini yo‘q qildi. Ilmga qiziqishni yo‘qotib, bizni imkon qadar savodsiz qilishga urinishdi. Ammo bugungi kunda xalqimizda ilmga e’tibor yana kuchaymoqda. Biz yakin kelajakda ilmga chanqoq yoshlarimiz bilan ilmda boshqa millatlardan ustun ekanligimizni yana ko‘rsatib ko‘yamiz! 👉👉 t.me/pmtests
Показати все...
👏 54👍 18🔥 14😱 4🤩 3🎉 2
Bugun, 2025-yil 28-avgust soat 09:35 da O'zbekistonning doimiy aholi soni 38000000 nafarga yetdi. Shu vaqtda aholi tarkibidagi erkaklar soni 19136800 ta edi. Bugun soat 09:35 dagi holatda O’zbekistondagi ayollar soni erkaklardan qancha kam bo’lgan?Anonymous voting
  • 18 863 200
  • 863 200
  • 273 600
  • 245 400
0 votes
👍 47🔥 13😱 13🎉 12👏 8🤩 3
Kecha pullik kanallarimizda o'qib natija ko'rsatgan o'quvchilar o'rtasida yutuqli olimpiada o'tkazildi. Kecha 27-avgust o'tgan o'quv yilida @PMTESTS pullik kanallarida o'qib maxsus maktablar imtihonlaridan muvaffaqiyatli o'tgan 160 dan ortiq o'quvchilar o'rtasida yutuqli olimpiada o'tkazildi. Unda ishtirok etgan o'quvchilarga minnatdorlik izhor etamiz. Ularning ko'pchiligi maqsadiga erishib prezident, al-Xorazmiy va Ixtisoslashgan maktablarga qabul qilinib bo'ldi. Ular uchun oxirgi o'tkazgan testimiz ixtiyoriy bo'lsa-da, unda ishtirok etayotgani ularning maqsadlari KATTAROQ ekanligini anglatadi. Ular nufuzli maktabga qabul qilinishni muvaffaqiyatning boshlanishi deb biladilar va ilm olishga bundan keyin ham yanada rag'batni oshiradilar. Men ularga havas qilaman. Ular o'n minglab o'quvchilar kirishni orzu qilgan, ammo erisha olmagan maktablarda o'qishga haqli o'quvchilardir. Ularning kelgusi o'qishlarida ham omad tilab qolamiz. 👉👉 t.me/pmtests
Показати все...
👍 24👏 8
Final yutuqli olimpiada natijalari. 💡 Test yakunlandi! 🔰 Test kodi: 151771 👨 Test qatnashchilari: 80 ta 📝 Kalitlar: 1-D 2-A 3-B 4-C 5-D 6-D 7-C 8-A 9-C 10-B 11-C 12-B 13-A 14-D 15-B 16-C 17-B 18-D 19-A 20-D 21-C 22-D 23-C 24-D 25-B 26-D 27-C 28-C 29-C 30-A
Показати все...
151771_natijalar.html0.20 KB
👍 7😱 3