Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari
Kanalga Telegram’da o‘tish
O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @GazetauzMuloqotBot +998 78-333-10-15 Reklama: @Afisha_Media_Regina +998 99-444-35-39 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kirill alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb
Ko'proq ko'rsatish2025 yil raqamlarda

18 607
Obunachilar
+224 soatlar
-37 kunlar
-45030 kunlar
Postlar arxiv
Photo unavailableShow in Telegram
Xorijiy ekspert O‘zbekistonda yo‘l qoidalarini buzganlikni qayd etuvchi tizimdagi ma’lumotlar (transportlarning foto va videolari, raqamlari va odamlarning yuzlari) hamma uchun ochiq holda turganini aniqladi, deb yozmoqda TechCrunch. Nashrning ta’kidicha, bu ma’lumotlarni bir necha oy kuzatish mumkin bo‘lgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/24/auto-numbers/
Telegram | Instagram | YouTube
🤔 4👎 3❤ 2👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
“Rosatom” korporatsiyasiga qarshi sanksiyalarning joriy etilishi O‘zbekistonda qurilayotgan AES loyihasiga ta’sir qilmaydi, dedi “Atomstroyeksport” kompaniyasi vitse-prezidenti Pavel Bezrukov. Uning aytishicha, “Rosatom” allaqachon stansiyaning barcha muhim qismlarini o‘z ichida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/24/rosatom/
Telegram | Instagram | YouTube
👎 13🤔 3
Photo unavailableShow in Telegram
Xorazm viloyati IIB tezkor vakili fuqaroga mansabdor tanishlari orqali Xivada uy-joy qurishga ruxsat olib bermoqchi bo‘lgani aniqlandi. U buning uchun 30 ming dollar olganlikda gumonlanmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/24/pora/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
Rassom Aleksandra Romanova 2023-yili Sankt-Peterburgdan Toshkentga ko‘chib keldi. Vaqtinchalik boshpana bo‘lib tuyulgan shahar vaqt o‘tib qadrdonga aylandi. U bu yerda ijod qiladi va ko‘rgazmalar o‘tkazadi. “Oltin odamlar” nomli so‘nggi ko‘rgazmasi poytaxtga va shahar ahliga bo‘lgan muhabbatining e’tirofi bo‘ldi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/23/romanova/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 4❤ 1👎 1🤔 1
Photo unavailableShow in Telegram
Tokio deklaratsiyasi qabul qilinishi va mintaqadagi 20 mlrd dollargacha bo‘lgan loyihalarni moliyalashtirish tashabbusi “Markaziy Osiyo — Yaponiya” sammitining asosiy natijasi bo‘ldi. Ekspertlarga ko‘ra, Tokio donorlik rolidan voz kechib, iqtisodiy va texnologik kun tartibini birga shakllantirishga e’tibor bermoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/24/ca-japan/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 124❤ 4
Photo unavailableShow in Telegram
AQSh rasmiylari 2025-yil 31-dekabrgacha mamlakatni ixtiyoriy ravishda tark etadigan hujjatsiz immigrantlarga beriladigan to‘lovni 3000 dollargacha oshirdi. Ketayotganlarga uyga qaytish uchun aviachiptalar ham taqdim etiladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/23/self-deportation/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 12❤ 5🤔 5
Photo unavailableShow in Telegram
Oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari Sardor Rajabovning xabar berishicha, 2025-yilning dastlabki 11 oyida talabalar 585 ta jinoyat sodir etgan — bu o‘tgan yilga nisbatan 19% kam. Ushbu jinoyatlarning sabablari asosan oson pul topish istagi, moliyaviy qiyinchiliklar va shaxsiy nizolar bilan bog‘liq.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/23/student-crime/
Telegram | Instagram | YouTube
❤ 3🤔 3
Photo unavailableShow in Telegram
Senatorlar Uy-joy kodeksiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini rad etdi. Ular normalardagi takror va ziddiyatlarni, amaldagi qonunchilik bilan ayrim nomuvofiqliklarni va uy-joy sharoitlarini yaxshilashning eskirgan asoslarini sabab qilib ko‘rsatdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/23/housing-code/
Telegram | Instagram | YouTube
🤔 4❤ 1
Photo unavailableShow in Telegram
Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqot qildi. U hamkasbini kelayotgan Yangi yil bayrami bilan tabrikladi va O‘zbekistonga kelishga talkif qildi. Suhbat davomida strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/23/uzb-usa/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 86❤ 25👎 2
Photo unavailableShow in Telegram
Toshkentda bojxona va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan musodara qilingan 945 ming dona pirotexnika vositasi yo‘q qilindi. Mutasaddilarning aytishicha, 2025-yilda ularni mamlakatga olib kirishga urinish yoz oyidayoq boshlangan va asosiy oqim Qirg‘izistonga to‘g‘ri keladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/23/pyrotechnics/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 4
Photo unavailableShow in Telegram
“Ulug‘imsan vatanim”, “Sevgi alam”, “Ko‘rgim kelar” va “Otajonimsiz” singari mazmunli qo‘shiqlar muallifi Sevara Nazarxon 23-dekabrda 49 yoshni qarshiladi. Sana munosabati bilan Gazeta folk-pop yo‘nalishida ijod qiluvchi O‘zbekiston xalq artistining repertuari asosida test tayyorladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/23/sevara-nazarkhan/
Telegram | Instagram | YouTube
❤ 12
Photo unavailableShow in Telegram
2025-yilda IIO tizimida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 86 rahbar aniqlanib, ularning 57 nafari intizomiy javobgarlikka tortildi, 29 nafari lavozimidan ozod etildi. Shuningdek, xodimlar tomonidan 87 ta jinoyat sodir etildi. Xizmat intizomini qo‘pol buzgan 124 xodim tizimdan bo‘shatildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/23/iio/
Telegram | Instagram | YouTube
❤ 4👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
Venesuela prezidenti Nikolas Maduro o‘z ixtiyori bilan iste’foga chiqishi “oqilona” bo‘lardi, dedi AQSh prezidenti Donald Tramp. Oq uy rahbari, shuningdek, AQSh Venesuela qirg‘oqlarida qo‘lga olingan neft va tankerlarni o‘zida qoldirishini ma’lum qildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/23/trump-maduro/
Telegram | Instagram | YouTube
❤ 1
Photo unavailableShow in Telegram
“O‘zbekneftgaz” rahbariyat almashganidan keyin 2026-yilgi rejalarni belgiladi. Kompaniya “hajm ortidan quvish”dan voz kechib, burg‘ilash xarajatlarini 20% ga qisqartiradi va gazni chuqur qayta ishlashga ustuvorlik beradi. Qazib olish hajmi 2022-yildagi 32 mlrd kub metrdan taxminan 25 mlrd kub metrgacha kamayadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/23/uzbekneftegaz/
Telegram | Instagram | YouTube
🤔 4👎 2❤ 1👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
OTBning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Kanokpan Lao-Araya zo‘ravonlikdan jabrlangan ayollarga mo‘ljallangan Samarqanddagi “Rahmdillik” shelterini qo‘llab-quvvatladi. Human House galereyasida uning shaxsiy akvarel ko‘rgazmasi o‘tdi, sotuvdan tushgan pul NNTga yo‘naltirildi. Batafsil — Gazeta materialida.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/23/moments/
Telegram | Instagram | YouTube
❤ 4
Photo unavailableShow in Telegram
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida mezbon Kanadaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi. O‘yin 1-iyun kuni Edmonton shahrida o‘tishi kutilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/23/canada/
Telegram | Instagram | YouTube
❤ 5
Photo unavailableShow in Telegram
Rossiyaning Saxa Respublikasida oilaviy tarbiyaga ko‘maklashish markazida yashayotgan o‘zbekistonlik bir yoshli qiz vatanga qaytarildi. Uning onasi giyohvandlikka oid jinoyat uchun 9 yilga qamalib, farzandini hibsxonada dunyoga keltirgan. Bolani olib kelishda uning buvisi Bosh konsulxonadan yordam so‘ragan.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/23/girl/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 10❤ 1
Photo unavailableShow in Telegram
InfinBANK hududlarida o‘z faoliyatini izchil kengaytirishda davom etmoqda. Termizda yangi Bank xizmatlari markazi ish boshladi. Bu bank tomonidan aholi va tadbirkorlar uchun moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini oshirish strategiyasini amalga oshirishdagi navbatdagi qadam bo‘ldi (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/23/infinbank/
👍 1🤔 1
Photo unavailableShow in Telegram
Budjet tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalar faqat g‘aznachilikda ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng kuchga kiradi. Bu moliyalashtirilmagan shartnomalar bo‘yicha minglab sud ishlariga sabab bo‘lgan “korrupsion lazeyka”ni bartaraf etadi. O‘zgartirishlar ham budjetni, ham tadbirkorlarni “qarzga ishlash”dan himoyalaydi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/23/treasury/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekistonda soliq ma’murchiligi va biznes uchun imtiyozlar tizimiga o‘zgartirishlar tayyorlanmoqda. Parlament qabul qilgan qonun soliq hisobotlari bo‘yicha jarimalarni kamaytirish, tekshiruvlarni soddalashtirish hamda ayrim tarmoqlar uchun soliq imtiyozlarini kengaytirishni nazarda tutadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/23/taxes/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 5❤ 2
