#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal
Kanalga Telegram’da o‘tish
⚡️ IT yangiliklarini bitta #hashtag orqali belgilaymiz. 📸 instagram.com/hashtaguz 🤪 tiktok.com/@hashtaguz 🎬 youtube.com/@Jaloliddin 👥 Rasmiy guruh: @hashtagchilar 📈 Reklama uchun: @nuqtabot 💟 Biz bilan birga ekanligingizdan xursandmiz!
Ko'proq ko'rsatish2025 yil raqamlarda

14 735
Obunachilar
-5724 soatlar
-377 kunlar
+14130 kunlar
Postlar arxiv
📱 One UI 8 bilan 12 GB virtual xotira imkoniyati!
📱 Samsung yangi One UI 8 yangilanishida RAM Plus funksiyasini kengaytirdi — endi foydalanuvchilar 12 GB gacha virtual operativ xotiradan foydalanishlari mumkin. Oldin maksimal 8 GB edi, endi esa 12 GB gacha sozlash mumkin.
ℹ️ Faqat 12 GB yoki undan ko‘p RAMga ega Samsung flagmanlarida: Galaxy Z Flip 6, Galaxy S25 Ultra va boshqalar.
📅 Chiqarilishi — 2025-yilning yozida, dastlab yangi Z seriyali qurilmalarda.
👉 #samsung | Birinchi raqamli IT-Blog
🔥 27👍 16🗿 5❤🔥 2👾 1
Photo unavailableShow in Telegram
🏆 New Uzbekistan University'da “Yandex Uzbekistan Coding and Math Contest 2025” g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi
📅 2025-yilning 27-aprel kuni Yangi O‘zbekiston Universitetida Yandex Uzbekistan tomonidan, ML Community (INHA University) va Yangi O‘zbekiston Universiteti ko‘magida tashkil etilgan “Coding and Math Contest 2025” – dasturlash va matematika bo‘yicha intellektual tanlovi g‘oliblarini taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.
🎓 Mazkur tanlovda O‘zbekistondagi turli oliy ta’lim muassasalari talabalari va IT mutaxassislari ishtirok etib, dasturlash, algoritmlar, statistika, ehtimollar nazariyasi, matematik tahlil va chiziqli algebra sohalaridagi bilimlarini namoyish etishdi.
Tanlov ikki bosqichdan — dasturlash va matematika bo‘yicha onlayn imtihonlardan iborat bo‘ldi. Topshiriqlar xalqaro mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, ingliz tilida o‘tkazildi. Tanlovda ishtirok etish mutlaqo bepul bo‘ldi.
💰 G‘oliblar to‘plagan ballar asosida aniqlandi va ularga qimmatbaho sovg‘alar — pul mukofotlari, gadjetlar va Yandex Plus platformasiga promokodlar topshirildi. Tanlovning umumiy mukofot jamg‘armasi 65 million so‘mni tashkil qildi.
🎉 Taqdirlash marosimi tanlovning eng muhim voqeasiga aylanib, unda ishtirokchilar, tashkilotchilar va hamkorlar o‘z yutuqlarini nishonlash va tajriba almashish uchun bir joyga jam bo‘lishdi. Tadbir O‘zbekistonda IT-ta’limni rivojlantirish hamda iqtidorli mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash muhimligini yana bir bor ta’kidlab o‘tdi.
🗿 11👍 9🤮 1🆒 1👾 1
Photo unavailableShow in Telegram
🍏 Apple 2025-yilning ikkinchi moliyaviy choragi bo‘yicha hisobot berdi
ℹ️ Apple’ning ishlari yaxshi ketmoqda: sof foyda va daromad oshgan, mahsulotlarning deyarli barcha toifalarida sotuvlar o‘sishda davom etmoqda.
📊 Kutilmaganda eng katta o‘sishni iPad ko‘rsatdi — +15,2%. Servislar esa barqaror ravishda o‘sishda davom etmoqda va bu yo‘nalishdagi daromad tarixiy rekordga yetdi. Boshqa toifalar ham o‘sdi, faqatgina “taqiladigan qurilmalar, uy va aksessuarlar” toifasida pasayish kuzatildi.
💸 Umumiy ko‘rsatkichlar:
• Daromad: $95,4 mlrd (+5,1%)
• Sof foyda: $24,8 mlrd (+5,1%)
📦 Mahsulot toifalari bo‘yicha daromad:
• iPhone: $46,8 mlrd (+1,9%)
• Mac: $7,9 mlrd (+6,7%)
• iPad: $6,4 mlrd (+15,2%)
• Taqiladigan qurilmalar, uy va aksessuarlar: $7,5 mlrd (–4,9%)
• Servislar: $26,6 mlrd (+11,6%)
👉 #apple| Birinchi raqamli IT-Blog
02:23
Video unavailableShow in Telegram
🇨🇳 Shanxay Auto ko'rgazmasida Huawei kompaniyasining ham avtomobilsozlikdagi innovatsion yechimlari maxsus stendda namoyish etildi
IMG_5466.MP428.44 MB
Photo unavailableShow in Telegram
🎮 GTA VI chiqarilish sanasi 2026-yil 26-mayga ko‘chirildi
ℹ️ “Biz siz kutayotgan va haqli ravishda loyiq bo‘lgan sifat darajasidagi mahsulotni taqdim etish uchun shu qo‘shimcha vaqt bizga zarur ekanini tushunasiz, degan umiddamiz,” — deb yozdi Rockstar.
💻 Agar Windows Phone 1998-yilda chiqqanida, uning interfeysi shunaqa ko‘rinishda bo‘lgan bo‘lardi
🎥 #windows | Birinchi raqamli IT-Blog
👍 35❤ 13🗿 8👎 4🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
🎧 So‘rovnomada qatnashing — JBL simsiz naushnik yutib olish imkonini qo‘ldan boy bermang!
📱 Siz qaysi brenddagi smartfondan foydalanasiz?
🛍 Tanlovda nimaga ko‘proq e’tibor berasiz?
👉 Fikringizni bildiring, biz esa javob berganlar orasidan 5 kishiga JBL simsiz naushnik sovg‘a qilamiz!
✍️ So‘rovnoma atigi 1 daqiqa vaqt oladi:
https://forms.gle/JmdiRt8e45PSWwxP7
🌐 Telegramda katta yangilanish!
ℹ️ Endi bu ilova faqat messenjer emas, balki qo‘ng‘iroq va uchrashuvlar uchun platforma ham!
🔄 Nimalar qo‘shildi: — Endi 200 tagacha foydalanuvchi ishtirokida guruhli qo‘ng‘iroqlar qilish mumkin; — QR-kod yoki havola orqali qo‘ng‘iroqqa darhol taklif yuborish mumkin; — Biznes akkauntlar avtomatlashtirildi — ularga endi tashqi sun’iy intellekt botlarini qo‘shish mumkin; — Agar akkauntingiz bloklangan bo‘lsa, bevosita ilovadan turib apellyatsiya yuborish mumkin; — “Yuborish” tugmasini ushlab turish orqali xabarlarni yanada qulay tarzda forward qilish imkoni yaratildi.🎥 #telegram | Birinchi raqamli IT-Blog
99059b1dec68e64f2b.mp42.28 MB
551fdbbf11a6799e91.mp42.60 KB
abc031de94e91a707e.mp41.57 KB
9cacd062ebc207a63c.mp45.21 KB
👍 19❤ 3🗿 3🙏 1
Photo unavailableShow in Telegram
▶️ Google Play do‘konidan 1,8 million ilova olib tashlandi!
🧹 2024-yil boshidan beri Google ilovalar do‘konida tozalash ishlari boshlandi. Natijada mavjud ilovalar soni 47% ga kamaydi.
🛡 Sabablari:
- Past sifatli va keraksiz ilovalarga qarshi kurash
- Sun’iy intellekt orqali zararli ilovalarni aniqlash
- Yevropa Ittifoqining yangi talablariga javob bermagan ilovalarning bloklanishi
✅ Har bir yangi ilova endi 20 ta test foydalanuvchisi bilan 2 hafta sinovdan o‘tishi shart
📊 Qaysi ilovalar ketdi?
🎮 O‘yinlar — 200 ming+
📚 Ta’lim — 160 ming+
🏢 Biznes — 115 ming+
🚫 158 mingdan ortiq ishlab chiquvchilar bloklandi.
📈 Shunga qaramay, yangi ilovalar soni 7,1% ga oshgan — endi raqamlar kam, lekin sifat yuqori!
⚡ 56👍 48👎 5👏 4🔥 1
📱 Nothing kompaniyasi CMF Phone 2 Pro modelini taqdim etdi
ℹ️ Yangi o‘rta toifa smartfoni CMF Phone 2 Pro — Nothing Phone 3a bilan bir xil texnik xususiyatlarga ega. Brendning o‘ziga xos to‘q sariq rangi va aksessuarlar uchun vintli dizayni saqlanib qolgan.
🟠 Yon tomonda tezkor funksiyalar uchun Essential Key tugmasi qo‘shilgan. Qurilma Android yangilanishlarini 3 yil davomida oladi.
📱 Displey: 6,77", 2160×1080 OLED, 120 Hz
⚙️ Chipset: MediaTek Dimensity 7300 Pro
📸 Kameralar: 50 MP asosiy + 50 MP telefoto + 8 MP ultra keng burchak + 16 MP selfi
💾 Xotira: 8+128 GB, 8+256 GB + microSD qo‘llab-quvvatlovi
📡 Aloqa: 5G, NFC, Wi-Fi 6, Bluetooth 5.3
💧 Himoya: IP54
🔋 Batareya va zaryad: 5000 mAh, 33W tez zaryad
💰 Narx: €259 dan boshlab
🎥 #nothing | Birinchi raqamli IT-Blog
👍 29🤮 21🔥 3👾 3❤ 2
🍏 iPhone 17 Air va Pro maketlari rasmi yana tarqalishni boshladi
👀 Xo'sh, haqiqatdan ham "olmachalar" shunday chiqarilsa fikringiz qanaqa?
🤮 94👍 16🤣 15👎 7❤ 2
🍏 iPhone 17 Air ham iPhone 17 Pro va 17 Pro Max kabi 12 GB operativ xotiraga ega bo‘ladi
ℹ️ Yangi suratlarda iPhone 17 Air shunchalik yupqa ko‘ringanki, deyarli tugmalarining ingichkaligidek ozg'in tuyuladi.
🤮 47🥴 16👎 7😐 4👾 4
🚀 NASA “Hubble” teleskopining 35 yilligi munosabati bilan to‘rtta yangi suratni e’lon qildi
📅 Teleskop 1990-yil 24-aprelda ishga tushirilgan.
- Mars surati, unda sayyoraning shimoliy qutb muz qoplamasi yaqqol ko‘rinadi.
- Gul shaklidagi “Rozetka” tumanligi — chang bilan to‘ldirilgan qorong‘i bulutlar bilan qoplangan.
- NGC 2899 tumanligi, kapalak qanotlariga o‘xshash shaklga ega.
- NGC 5335 spiral galaktikasi, markazida o‘ziga xos ko‘prik (bar) bilan ajralib turadi.
🎥 #koinot | Birinchi raqamli IT-Blog
❤🔥 18🔥 12⚡ 3❤ 1🗿 1
