uz
Feedback
TerDU rasmiy kanali

TerDU rasmiy kanali

Kanalga Telegram’da o‘tish

Sayt: www.tersu.uz Facebook: @tersu340 Instagram: @terdu_rasmiy You tube: @Termizdavlatuniversitet Rektor sahifasi: @a_toshqulov Rektorga murojaat: @TerDU_rektor_bot ©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali

Ko'proq ko'rsatish
2025 yil raqamlardasnowflakes fon
card fon
18 908
Obunachilar
-3624 soatlar
-2067 kunlar
-59530 kunlar
Postlar arxiv
🏛TerDU Yuridik fakulteti talabasi — xalqaro maydonda! 🟢O‘rolov Abdulla hozirda Armanistonda o‘tkazilayotgan “III Xalqaro huquqiy savodxonlik maktabi”da faol ishtirok etmoqda. 🟢Mazkur nufuzli dastur doirasida: — Sun’iy intellekt va huquqning zamonaviy talqinlari — Xalqaro sud jarayonlari (moot court) — Global miqyosda inson huquqlarini himoya qilish kabi yo‘nalishlarda yetakchi xalqaro advokatlar va arbitrlar tomonidan ma’ruzalar hamda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda. 🟢Abdulla ushbu tadbirda o‘zining tashabbuskorligi va chuqur bilimlari bilan ajralib, xalqaro tajribani faol egallab bormoqda. 🟢TerDU talabalari — har doim global sahnada!
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Hammasini ko'rsatish...
👍 28 10👏 6🔥 5🎉 1
Photo unavailableShow in Telegram
🟢Viloyatimizning “TERDU” futzal jamoasi Futzal bo'yicha O'zbekiston birinchi ligasi musobaqasidagi ilk uchrashuvini o'tkazadi. 🟢Bugun soat 19:00da "TERDU" va "Jizzax FA" o'rtasidagi uchrashuv bilan 1-turga start beriladi. 🟢Mazkur musobaqa O'zbekiston birinchi ligasining 2025/2026-yilgi mavsumi doirasida tashkil etilib, joriy yilning 11-dekabr kuni Jizzax futbol akademiyasi sport zalida bo'lib o'tadi. Unda respublikamizning turli hududlaridan 8 ta jamoa ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Hammasini ko'rsatish...
👍 14 3
🟢TERDU TABIIY FANLAR FAKULTETI TALABALARI ZAMONAVIY LABORATORIYADA AMALIYOT O‘TAMOQDALAR 🟢Termiz davlat universiteti va Termiz shahrida faoliyat yuritayotgan Turkiya–Niderlandiya hamkorligidagi “ALLES SAG‘LIK GROUP” MChJga qarashli “KANI-LAB” hamda “Turk Global Centr” klinik laboratoriyalari o‘rtasida imzolangan qo‘shma memorandum asosida talabalar uchun amaliy mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yildi. 🟢Talabalar “TURK. MED. LAB.” MChJ tarkibidagi zamonaviy laboratoriyada amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlab, molekulyar diagnostika, klinik tahlillar, biokimyoviy jarayonlar va laboratoriya xavfsizligi bo‘yicha nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda. 🟢Hamkor tashkilot direktori Salih Gelen tomonidan talabalar uchun maxsus o‘quv dasturi ishlab chiqilib, ularning kasbiy kompetensiyasini oshirishga qaratilgan metodik yondashuvlar taqdim etilmoqda. 🇹🇷🇺🇿Turkiya–O‘zbekiston ilmiy hamkorligining amaliy samarasiga aylangan ushbu tajriba yosh biologlarning kelajakdagi ilmiy faoliyatiga mustahkam poydevor yaratmoqda.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Hammasini ko'rsatish...
9👍 4👏 2
Photo unavailableShow in Telegram
#№66 #Himoya_2025 ✅ DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI 🟢Termiz davlat universiteti "Algebra va geometriya" kafedrasi o‘qituvchisi Xo‘jamqulov Bekzod Turdaliyevich Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashda "Ekonometrika va statistika" ixtisosligi bo‘yicha “Qishloq xo‘jalik tarmog‘ini barqaror rivojlantirishning ekonometrik modellari (Surxondaryo viloyati misolida)” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Universitet jamoasi nomidan Bekzod Turdaliyevichni ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Hammasini ko'rsatish...
👏 44👍 15 7🔥 3
00:56
Video unavailableShow in Telegram
#kun_tarixi 🗓 Sana tarixi bilan bogʻliq ayrim voqealar 60 soniyada…
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Hammasini ko'rsatish...
IMG_9396.MP411.15 MB
👍 3 2🫡 1
🟢TerDU Xotin-qizlar masalalari kengashi tashabbusi bilan “Yangi O‘zbekistonning demokratik islohotlari davrida gender tenglik tamoyillari” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Bugungi kunda Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining muhim yo‘nalishlaridan biri — jamiyatda gender tenglikni ta’minlash, ayollar va qizlarning huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirishdir.
➡️Demokratik islohotlar natijasida: 🟢Ayollar siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotda faol ishtirok etmoqda. 🟢Qizlar uchun ta’lim va kasbiy rivojlanish imkoniyatlari kengaymoqda. 🟢Ayollarning rahbarlik va tadbirkorlik faoliyatiga keng yo‘l ochilmoqda. 🟢Zo‘ravonlik va oilaviy muammolarni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
🟢Talaba-qizlarning bilim va salohiyatini rivojlantirish, 🟢Ularning ijtimoiy faolligini oshirish, 🟢Huquqiy madaniyatini mustahkamlash, 🟢Liderlik va kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan loyihalar va tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda. ➡️Gender tenglik — taraqqiyot va adolatli jamiyatning mustahkam poydevori.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Hammasini ko'rsatish...
👍 10 5🔥 2👏 1
🟢TerDUda targ‘ibot tadbiri 🟢Talabalarimiz ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Termiz shahar IIBning narkotik moddalarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan davra suhbati oʻtkazildi. 🟢Uchrashuv davomida talaba-yoshlar o‘rtasida giyohvandlikning salbiy oqibatlari, narkojinoyatchilikning jamiyat taraqqiyotiga tahdidi, bu borada amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar, shuningdek Farmonda belgilangan ustuvor vazifalar haqida batafsil maʼlumotlar berildi. 🟢Mutaxassislar yoshlarni hushyorlik va ogohlikka, sog‘lom va maʼrifatli hayot tarziga chorlab, huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan fikr-mulohazalar bilan oʻrtoqlashdilar.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Hammasini ko'rsatish...
👍 5 2🔥 2
🟢TerDUda “Yangi O‘zbekiston: barqaror rivojlanish, tinchlik va islom ma’rifatining xalqaro e’tirofi” mavzusida maxsus kursi tashkil etildi. 🟢Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining topshirig'iga muvofiq universitetning barcha ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari uchun “Yangi O‘zbekiston: barqaror rivojlanish, tinchlik va islom ma’rifatining xalqaro e’tirofi” mavzusida 10 soatlik maxsus kursi o‘qitilmoqda. 🟢Maxsus kurs O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi tomonidan ishlab chiqilgan dastur va o‘quv qo‘llanma asosida olib borilyapti. Maxsus kurs mashg'ulotlarini olib borishga Yuridik hamda Tarix fakultetining malakali professor-o'qituvchilari jalb qilindi. ➡️Maxsus kurs talabalarda: 🟢Prezident nutqlarida ilgari surilgan asosiy g‘oyalarni chuqur tahlil qilish, xalqaro munosabatlar oid bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish, barqaror rivojlanish va tinchlik konsepsiyalarining mazmunini anglash kabi kompetensiyalarni shakllantirishga xizmat qiladi.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Hammasini ko'rsatish...
👍 12 1
Photo unavailableShow in Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillari bilan muloqot o‘tkazmoqda. So‘zining avvalida davlatimiz rahbari fidokorona va mashaqqatli mehnati bilan noz-ne’mat yetishtirib, el dasturxoniga qut-baraka olib kirayotgan barcha dehqon, fermer, bog‘bon, chorvador, suvchi, agronom va mexanizatorlarga o‘zining chuqur hurmat-ehtiromini bildirdi.
Sizlarning nafaqat qishloq xo‘jaligi, balki iqtisodiyotni yuksaltirish, aholi turmushini yaxshilash, oziq-ovqat xavfsizligi borasidagi beqiyos ishlaringiz har qancha tahsinga sazovor”,
– dedi davlatimiz rahbari. Bu yil iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yutuqlarga boy va barakali yil bo‘lgani ta’kidlandi. Ayniqsa, xalqimizning 3,5 milliondan ziyod vakili mehnat qilayotgan qishloq xo‘jaligida katta marralarga erishildi. Facebook|Instagram|X
Hammasini ko'rsatish...
👍 10🔥 1
🗣Markaziy Osiyo davlatlari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro yuridik konferensiyada Termiz davlat universiteti yuridik fakulteti jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi 2025-yil 2-dekabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati hamkorligida Markaziy Osiyo davlatlarining yurisprudensiya yo‘nalishidagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida yuridik konferensiya bo‘lib o‘tdi. Tadbir yuqori saviyada tashkil qilinib, korrupsiyaga qarshi kurash va aktivlarni qaytarish masalalariga bag‘ishlandi. 🔺Termiz davlat universiteti Yuridik fakulteti talabalari mazkur konferensiyada faol ishtirok etib, ingliz tilida taqdimotlar qilishdi. Ular Buyuk Britaniyaning korrupsiya asosida orttirilgan aktivlarni qaytarish bo‘yicha tajribasini o‘rganib, ushbu sohadagi milliy qonunchilikni yanada takomillashtirishga oid takliflarini taqdim etdilar. Shuningdek, xalqaro ekspertlar bilan fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. 🔴Ishtirokchi jamoalar tomonidan ko‘tarilgan masalalar, ilgari surilgan takliflar va yondashuvlar tadbirning mazmunini yanada boyitdi hamda talabalarning yuksak bilimi va salohiyatini namoyon qildi.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Hammasini ko'rsatish...
👍 17 4🔥 2👏 1🤔 1
Photo unavailableShow in Telegram
#№65 #Himoya_2025 ✅ DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI 🟢Termiz davlat universiteti "Iqtisodiyot" kafedrasi katta o'qituvchisi Axmedov Alim Babaniyazovich Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashda "Marketing" ixtisosligi bo‘yicha “Mintaqaning investitsion jozibadorligini oshirishda innovatsion marketing texnologiyalaridan foydalanish (Surxondaryo viloyati misolida)” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Universitet jamoasi nomidan Alim Babaniyazovichni ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Hammasini ko'rsatish...
👍 45 5🎉 5🔥 4
🇺🇿MADHIYAMIZ — YURTIMIZ G‘URURI! 🟢Bugun, 10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan Termiz davlat universitetining barcha fakultetlarida madhiyamiz tantanali ijro etildi. 🟢TerDU professor-o‘qituvchilari va talabalar jamoasi bugungi muhim sana munosabati bilan bir vaqtning o‘zida madhiyani ijro etib, milliy qadriyatlarimizga, istiqlol ramzlarimizga bo‘lgan hurmat va e’tiqorni yanada yuksaltirdi. 🟢Milliy madhiyamiz doimo baralla yangrab, yuraklarda faxr va g‘urur tuyg‘usini uyg‘otishda davom etsin!
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Hammasini ko'rsatish...
IMG_9371.MP416.94 MB
👍 14 10🔥 3
00:56
Video unavailableShow in Telegram
#kun_tarixi 🗓 Sana tarixi bilan bogʻliq ayrim voqealar 60 soniyada…
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Hammasini ko'rsatish...
10.30 MB
👍 6 1
Photo unavailableShow in Telegram
#№64 #Himoya_2025 ✅ DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI 🟢Termiz davlat universiteti "Iqtisodiyot" kafedrasi mudiri Toshaliyeva Saodat Toxirovna Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashda "Mintaqaviy iqtisodiyot" ixtisosligi bo‘yicha “Mintaqalarni iqtisodiy rivojlantirishning metodologik asoslari” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Universitet jamoasi nomidan Saodat Toxirovnani ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimaga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Hammasini ko'rsatish...
👍 49 17👏 14🔥 2
Hammasini ko'rsatish...
7🔥 6🎉 2
02:40
Video unavailableShow in Telegram
Surxondaryo viloyat sudi va Termiz davlat universitetining Yuridik fakulteti hamkorligida "8-dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi bayrami" va "9 dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni" munosabati bilan tashkil etilgan ma’rifiy-huquqiy targ‘ibot tadbiridan reportaj
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Hammasini ko'rsatish...
3 lavha.mp418.03 MB
👍 15👏 4 1
02:50
Video unavailableShow in Telegram
#OAV_biz_haqimizda 📺Oltinsoy tumanidagi 49-sonli maktabda TerDU professor oʻqituvchilari tomonidan mahorat darslari tashkil etildi.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Hammasini ko'rsatish...
vaqt 5.mp419.16 MB
star reaction 1👍 10 3👏 1
🟢Xabaringiz bor, 9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan, Termiz davlat universiteti Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi tashabbusi bilan talabalar oʻrtasida korrupsiyaga qarshi kurashishga oid bilimlar bellashuvi, eng yaxshi insho, eng yaxshi rasm, eng yaxshi videorolik tanlovlari tashkil etildi: 🟢Talabalarning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini mustahkamlash, huquqiy madaniyatlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan bilimlar bellashuvi natijalari quyidagicha.
🥇1-oʻrin “Yuridik” fakulteti jamoasi; 🥈2-oʻrin “Tarix” fakulteti jamoasi; 🥉3-oʻrin “Yoshlar ittifoqi” jamoalari munosib deb topildi. 🟢“Yoshlar korrupsiyaga yoʻq deydi!” va “Biz tahsil olayotgan taʻlim muassasada korrupsiyaga oʻrin yoʻq!” mavzularidagi insholar tanlovi natijasi. 🥇1-oʻrin Xorijiy filologiya fakulteti 2-bosqich talabasi Saidmurodova Dinora; 🥈2-oʻrin Xorijiy filologiya fakulteti 2-bosqich talabasi Ochilova Mohinur; 🥉3- oʻrin Oʻzbek filologiya fakulteti 1-bosqich talabasi Soatova Sarvinoz. 🟢“Yoshlar korrupsiyaga yoʻq deydi!” va “Biz tahsil olayotgan taʻlim muassasada korrupsiyaga oʻrin yoʻq!” mavzularidagi rasmlar tanlovi natijasi. 🥇1-oʻrin Milliy libos va sanʻat fakulteti rangtasvir (dastgohli) taʻlim yoʻnalishi 2-bosqich talabasi Bekkeldiyev Jonibek; 🥈2-oʻrin Milliy libos va sanʻat fakulteti dizayn (kompyuter grafikasi va badiiy foto) taʻlim yoʻnalishi 2-kurs talabasi Toʻrayev Saidbek; 🥉3-oʻrin Milliy libos va sanʻat fakulteti dizayn (kompyuter grafikasi va badiiy foto) taʻlim yoʻnalishi 1-kurs talabasi Botirova Dilnuraga nasib etdi. 🟢“Yoshlar korrupsiyaga yoʻq deydi!” va “Biz tahsil olayotgan taʻlim muassasada korrupsiyaga oʻrin yoʻq!” mavzularidagi eng yaxshi videorolik tanlovi natijasi 🥇1-oʻrin Yuridik fakulteti; 🥈2-oʻrin Oʻzbek filologiyasi fakulteti; 🥉3-oʻrin Xorijiy filologiya fakulteti.
Maʻlumot oʻrnida Korrupsiya qarshi kurashish oyligi doirasida tashkil etilgan turli tanlovlar orqali 1500 dan ortiq talabalar qamrab olindi. Bundan tashqari har bir fakultetda “Halollik soati” interaktiv suhbatlar tashkil etildi.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Hammasini ko'rsatish...
star reaction 1👍 16 5
Photo unavailableShow in Telegram
#№63 #Himoya_2025 ✅ DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI 🟢Termiz davlat universiteti "Ingliz tili va adabiyoti" kafedrasi dotsenti Qodirova Muqaddas Tog‘ayevna Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashda "Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik" ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbek va ingliz tillari biznes diskursining kompleks tahlili va tizimlilik xususiyatlari” mavzusidagi filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.Universitet jamoasi nomidan Muqaddas Tog‘ayevnani ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimaga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Hammasini ko'rsatish...
👍 40 15🔥 6🎉 5👏 3🫡 1