uz
Feedback
IT specialist

IT specialist

Kanalga Telegram’da o‘tish

Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal. Mundarija: t.me/itspecuz/4939 Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15 Murojaatlar uchun: @itspecuz_comment_bot

Ko'proq ko'rsatish
2025 yil raqamlardasnowflakes fon
card fon
9 690
Obunachilar
+124 soatlar
-277 kunlar
-12230 kunlar
Postlar arxiv
Photo unavailableShow in Telegram
Eng so'nggi va tezkor kiberxavfsizlik yangiliklarini o'zbek tilida qaysi telegram kanalda kuzatib borish mumkin? 🚀 O'zbekistonda IT yo'nalishi yangi bosqichga chiqmoqda va ular orasida kiberxavfsizlik yo'nalishini alohida ta’kidlash joizdir. Rus, ingliz tillaridagi kontentlar yoshlarimizga shu yo'nalishdagi yangiliklarni to'laligicha tahlil qilish va tushunish imkonini bermaydi. 🦾 Shuning uchun men sizlarga @infosec_blog telegram kanalini tavsiya qilaman. Birinchilardan bo'lib endi o’zbek tilidagi dunyo kiberxafvsizlik yangiliklari va shu soha bo’yicha qiziqarli va maxsus yangiliklarini ularda kuzatib boring. Men sizlarga eng yaxshisini ilindim. Kiberxavfsizlikka qiziquvchilar darrov obuna bo'ling 😉 ⚠️ Barcha ma'lumotlar ishonchli manbaalar asosida chiqarilib boriladi Telegram: @infosec_blog Veb-sayt: https://infosec-blog.uz/
Hammasini ko'rsatish...
Repost from IT specialist
Photo unavailableShow in Telegram
#learn_english_with_software #smartfon #android 🌐📱Chet tillarini qulay shaklda o‘zlashtirish uchun eng zo‘r ilova — Duolingo’ni qarshi oling. Android 5.1+. Super-versiya (ilovaning ushbu yangilangan versiyani o‘rnatish oldidan qurilmangizdagi oldinroq o‘rnatilgan versiyasini o‘chirishga to‘g‘ri kelishi mumkin). 📎 Duolingo Super v5.105.4 ilovasini yuklab olish. ❗️Erishilgan yutuqlaringiz doimiy saqlanib borishi uchun, imkon qadar ilovaga faol tarzda foydalanib kelayotgan Google yoki Facebook'dagi akkauntingizga ulab olish tavsiya etiladi, shunda ilovani qaysi qurilmada qo‘llashingizdan qat’i nazar, natijalaringiz saqlanib/yangilanib boraveradi! 😉 📌 P.S.: Kompyuterda Straighforward Macmillan hamda Basic Grammar in Use dasturlaridan, smartfonda esa qo‘shimcha ravishda Drops va Memrise mobil ilovalaridan foydalanish tavsiya etiladi. ℹ️ Tavsiya etiladi: Ingliz tili bo‘yicha maslahatlar, dasturlar va mobil ilovalar • Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
#maslahat ✔️ 0 dan ko‘ra 0.1 yaxshiroq Kimlar nima xohlayotganini aniq bilmasmiz, ammo Valijon Maxmudovning blogi yuragimizdan joy oldi. Tashrif buyurib ko‘ring, yoqib qolishi turgan gap. Blogda: 🔹 Real va virtual hayotdan olingan tajribalar; 🔹 Shaxsiy rivojlanish; 🔹 Ta’lim va IT; 🔹 Qiziqishlar va foydali hobbilar haqida gurunglashamiz. Aytgancha, 0 dan 0,1 yaxshiroq degani, ushbu postga befarq bo‘lmasdan hech bo‘lmasa bir kirib ko‘rgan afzalroq degani! 😉 ⏬ Blog yoqsa qolarsiz, yoqmasa boshqa blogga chipta olarsiz. Qani, ketdikmi? Uzoq izlamang, mana manzili: @VMblogi
Hammasini ko'rsatish...
Repost from IT specialist
#excel ⤴️ Excel'da saqlanmay yopilgan hujjatlarni tiklash Yangi yaratilgan va ma’lumotlar bilan uncha-muncha to‘ldirilgan jadvalni shoshib, Сохранить (Save) tugmasini bosmagan holda yopgan bo‘lsangiz, nima qilsa bo‘ladi? Havotir olmang — bunday faylni tiklashning imkoni bor. Buning uchun menyu satrining Файл (File) varaqa (вкладка)sida Сведения (Info) quyi bo‘limiga o‘ting va Управление версиями (Manage Workbook) tugmasi ustiga bosing. Paydo bo‘lgan ro‘yxatda Восстановить несохраненные книги (Recover Unsaved Workbooks) bandini tanlang. Shundan so‘ng muloqot oynasi ko‘rinishida maxsus papka tarkibi ko‘rsatiladi, u yerda qisqa muddatga barcha so‘nggi (yaratilgan yoki tahrirlangan) hujjatlarning nusxalari saqlanadi. ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi: Microsoft Office dasturlarida saqlamasdan yopilgan hujjatlarni tiklash haqida Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Hammasini ko'rsatish...
Repost from IT specialist
01:14
Video unavailableShow in Telegram
#powerpoint Agar slaydda raqamlangan yoki markerlangan ro‘yxat qo‘llanilayotgan bo‘lsa, unda ro‘yxat elementlarining tartib bo‘yicha paydo bo‘lish animatsiyasini oson sozlash mumkin. Buning uchun tanlangan biror effektning parametrlarida “По абзацу” (“By Paragraph”) bandi tanlanadi. Agar elementlar pastdan yuqoriga qarab emas, balki aksincha (oxirgisidan boshlab) paydo bo‘lishi lozim bo‘lsa, u holda sozlamalar bo‘ylab biroz ichkariroq kirish va “в обратном порядке(“In reverse order”) bandi qarshisiga qushcha belgisini o‘rnatish lozim bo‘ladi. Batafsilroq esa yuqoridagi videoda 👆🏻. ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi: Ro‘yxatlar bilan ishlashda ENTER va SHIFT+ENTER klavishlarining vazifalari haqida Shriftlarni tezkor tarzda almashtiramiz! PowerPoint'ning yangi versiyalaridagi bezatish bo‘yicha qulay imkoniyat Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati Microsoft PowerPoint bo‘yicha video darslar 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Hammasini ko'rsatish...
animation of lists in powerpoint.mp44.69 MB
Photo unavailableShow in Telegram
🇷🇺 На Русском 🦈 Siz o'yin yaratish akulasiga aylanishga tayyormisiz? O'zbekistonda o'yinlarni yaratish sohasidagi asosiy tadbiriga 2 Iyun soat 19:00 da bolib o'tadigan GameDev Gyote 2023 inkubatoriga keling. Ushbu loyiha orqali har yili jamoalar o'nlab qiziqarli o'yinlar yaratadilar, ularni keng auditoriyaga taqdim etadilar va sovrinlarni qo'lga kiritadilar. 🕹Ijodkorlikni yuqori darajaga ko'tarib o'yin yarating va ko'plab sovrinlardan birini yutib oling: 🎁3ta Xbox Series S o'yin konsollari 🏆IDU universitetida o'qish uchun 10 mln. so’m 10-ta chegirmalari 🧑‍💻👩‍💻Bizning loyihamiz butun yoz davom etadi, noyob o'yiningizni yaratish uchun 3 oy vaqtga ega bo'lasiz. ⠀ 📍 Tadbirda ishtirok etish bepul, ro'yxatdan o'tish talab qilinadi. Yosh chegarasi 12+
Hammasini ko'rsatish...
Repost from IT specialist
#operatsion_tizim #security ⤴️ Windows 10 sozlamalarini buyruq satri yordamida qayta tiklash Agar kompyuteringiz avvalgiga nisbatan ancha sekin ishlashni boshlasa yoki uni sotish niyatida bo‘lsangiz, uni ishlab chiqaruvchi sozlamalariga qadar qayta tiklash sizga yordam berishi mumkin. 1️⃣. Buyruq satrini ishga tushiring. Buning uchun “Пуск(Start) menyusining qidiruv satriga “Командная строка(“Command Line (Prompt)”) matnini kiriting va hosil bo‘lgan dastlabki natija ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosib, “Запуск от имени администратора(“Run as administrator”) menyu bandini tanlang. 2️⃣. Ochilgan qora fondagi oynaga systemreset --factoryreset buyrug‘ini kiriting. 3️⃣. Qayta tiklash rejimini tanlang. 4️⃣. So‘ngra drayverlarni o‘chirish/o‘chirmaslikni tanlang. 5️⃣. “Сбросить(“Reset”) tugmasiga bosing. Ushbu harakatlardan so‘ng, operatsion tizim ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan holatga qaytariladi va siz tizimning dastlabki sozlamasi oynasiga yo‘naltirilasiz. Siz shuningdek ushbu postda ko‘rsatilgani kabi ShK'ni tizim sozlamalari orqali ham qayta tiklashga urunib ko‘rishingiz mumkin. ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi: • Vazifalar dispetcheri (Диспетчер задач) orqali Buyruq satri (Командная строка)ni ishga tushirish • Buyruq satri (Командная строка)da qo‘llash mumkin bo‘lgan buyruqlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism Windows'ning buyruq satri (Командная строка)da kiritilgan buyruqlar tarixi Windows 10’da parolni qayta tiklash (сброс пароля) Windows 10'da drayverlarning rezerv nusxasini olish va tiklash Gmail akkauntini o‘chirish yoki qayta tiklash “iPhone”da ikonkalarning standart joylashuvini qayta tiklash mumkinmi? Android’ni ishlab chiqaruvchi sozlamalariga qaytarish (Hard Reset) “Facebook”dagi akkauntni o‘chirish CyberShredder dasturi Qattiq diskdagi o‘chirilgan fayllarni qanday qayta tiklash mumkin? • Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism • Axborot xavfsizligi rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Hammasini ko'rsatish...
Repost from IT specialist
#word #bilasizmi Muayyan bir matn bo‘lagi qatnashgan sahifani qanday qilib albomli ko‘rinishga keltirish mumkin? 📄 Hujjat bilan ishlagan paytingizda ba’zida shunday holat yuzaga keladiki, matnning bir bo‘lagini albomli sahifa ko‘rinishiga o‘zgartirib, qolgan matnni kitobli sahifa ko‘rinishda qoldirishga to‘g‘ri keladi. Buning uchun ushbu ko‘rsatmaga amal qiling: — 1-qadam Kerakli abzats(lar), jadval, ro‘yxat elementi, xullas matn qatnashgan fragmentni dastlab belgilab oling, so‘ngra “Макет”“Параметры страницы”ga o‘ting. — 2-qadam Kerakli sahifa ko‘rinishini tanlang (bizning holatimizda — albomli). — 3-qadam Muloqot oynasi ostidagi ochiluvchi ro‘yxatdan “Применить к выделенному тексту” bandini tanlang va “OK” tugmasini bosing. ℹ️ Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism. 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Hammasini ko'rsatish...
Repost from IT specialist
#excel ↔️ Obyektlarni bir listdan boshqasiga olib o‘tkazish Ba’zida nusxalash yoki kesish usuli bilan almashinish buferini to‘ldirmagan holda, yacheykalar diapazonini boshqa listga o‘tkazish zarurati yuzaga keladi. Bunday holatda kerakli yacheykalarni belgilab, ularning chegarasi ustiga bosish, so‘ngra ALT klavishini bosib turgan holda diapazonni boshqa listga to‘liq ko‘chirib (ya’ni CTRL + X singari kesib) o‘tkazishingiz mumkin. Agarda yacheykalar har ikki listda qolishini (ya’ni CTRL + C singari nusxalab o‘tkazilishini) ixtiyor etsangiz, u holda belgilangan diapazonni olib o‘tkazish oldidan CTRL + ALT birikmasini bosib turishingizga to‘g‘ri keladi. 📝 Manba: @hacks_excel ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Hammasini ko'rsatish...
Repost from IT specialist
#internet 🚫🎞 YouTube'da video ijro etilishini bloklash Agar YouTube videoxostingida turli musiqa to‘plamlarini tinglashni xush ko‘rsangiz, u holda videodagi ma’lumotlarning vizual tashkil etuvchilari sizga qiziq bo‘lmasligi mumkin. Boz ustiga ko‘pincha musiqa to‘plamlarini fon rejimida tinglashga to‘g‘ri keladi. Agarda limitli Internet ulanishidan foydalanayotgan bo‘lsangiz, u holda Google Chrome brauzeri uchun Music Mode for YouTube kengaytmasi sizga yordamga keladi. U butunlay video qatorni olib tashlab, faqat ovozni qoldiradi. Videoni yuklab olish uchun trafik ham endi mos tarzda talab etilmaydi, faqat audio qator yuklab olinadi. Kengaytmalar orasida 🎶 ko‘rinishidagi belgini doimiy ko‘rinib turadigan qilib qadab qo‘yishingiz mumkin. Kerakli to‘plam ishga tushirilganidan so‘ng kengaytmadagi surgichni On holatiga o‘tkazib, ENTER'ni bosganingizda video qator ketib, uning o‘rnida kengaytma nomi qora fonda ko‘rinib turadigan bo‘ladi. Videoni bevosita tomosha qilgan qilish kerak bo‘lganida kengaytma surgichini yana Off'ga o‘tkazib, ENTER'ni bosgan holda pleyerga video qatorni qaytarish mumkin. 📝 Manba: @pcTeapot ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi: YouTube’da o‘z kanalingizni yaratishingiz uchun batafsil qo‘llanma Youtube.com saytidan videoni yuklab olish YouTube'da videoni tezkor izlash uchun buyruqlar YouTube'da videoni kerakli joyidan ko‘rsatish YouTube'dan videoning muayyan parchasini yuklab olish mumkinmi? YouTube'dagi videodan GIF yaratish YouTube tomosha qilayotib, megabaytingizni 15 baravar tejash yo‘li bor! YouTube’dagi barcha videolarni tomosha qilish uchun qancha vaqt ketadi? YouTube'ni fon rejimida va reklamasiz tomosha qilish (bepul) YouTube'da qancha vaqt sarflashingizni qanday bilish mumkin? YouTube funksionalini Premium obunasisiz kengaytirish Layfxak: YouTube'dagi barcha obunalarni avtomatik bekor qilish YouTube qaynoq klavishlari YouTube'dagi reklamalarni bloklaymiz YouTube'dagi videodan audioni MP3 formatida qanday yuklab olish mumkin? YouTube URL-manzillari bilan foydali tryuklar YouTube kontentini tartibga solish Brauzerda videoning qotib ishlashi Onlayn audio tinglaganda qancha megabaytingiz ketadi? YouTube'ning ko‘zga ko‘ringan yulduzlari qancha mablag‘ to‘plashdi va buni qanday sarf qilishni maqsad qilishdi? Qo‘shimcha dasturlarsiz har qanday saytdan videolarni yuklab olish uchun 10 universal servis Google siz haqingizda nimalarni biladi? Qaysi brauzer ShK resurslarini kamroq talab etadi? Filmdan parchani topish va yuklab olish 720p, 1080p, 4K nima va ular o‘rtasida qanday farq bor? Videomontaj oson bo‘lishi kerakmi? Telegram orqali YouTube'dan media fayllarni yuklab olish uchun botlar ro‘yxati Telegram’dagi “tasvir ichida tasvir” funksiyasi Telegram ilovasi yordamida Youtube va Wikipedia saytlaridan ma’lumot izlash Mobil ilovalar: NewPipe Snaptube YouTube Vanced YouTube-kanallar: Bolalar uchun Kompyuter Akademiyasi Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Hammasini ko'rsatish...
#operatsion_tizim 📴 Windows'ning ishchi stolida kompyuter ishini yakunlash yorlig‘ini yaratamiz Windows'dagi “Завершение работы” oddiy buyruq yordamida chaqiriladi, bu uchun ishchi stolida maxsus tugma, yoki aniqrog‘i yorliq yaratish va uni kompyuterni ishini yakunlash (ya’ni o‘chirish)da qo‘llash mumkin. Buning uchun esa quyidagi qadamlar amalga oshiriladi: 1️⃣. Ishchi stolining istalgan joyiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va ochilgan kontekstli menyuda “Создать” → “Ярлык” bandlari bo‘ylab o‘ting. 2️⃣. “Укажите расположение объекта” maydonida “shutdown -s -t 0” buyrug‘ini (qo‘shtirnoqlarsiz) kiriting. 3️⃣. “Далее” tugmasini bosing va yorliqqa nom bering, masalan, “Выключить” yoki “Завершение работы” va “Готово”ni bosish orqali harakatlaringizni tasdiqlang. Ishchi stolida kompyuterni o‘chirish uchun xizmat qiluvchi yorliq yaratiladi. Qoida bo‘yicha unga nisbatan standart belgi (rasm) qo‘llaniladi, ammo u aynan o‘chirish tugmasidek ko‘rinishi uchun belgi ko‘rinishini o‘zgartirish osondir. Buning uchun belgini tanlab, ALT + ENTER ni bosish orqali unga tegishli “Свойства” muloqot oynasini ekranga chaqiring va ushbu oynada “Сменить значок” bandini tanlab, ochilgan belgilar orasidan o‘zingizga ma’qulini tanlang. 📝 Manba: @bugfeature ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi: SHUTDOWN buyrug‘i Kompyuterni o‘chirishni avtomatlashtirish Kompyuterni o‘chirish taymerini sozlash Kompyuterni ma’lum vaqtdan keyin qayta yuklash yoki o‘chirish Kompyuterni o‘chirish uchun oddiy taymer dasturi Buyruqlarni muayyan vaqtdan keyin bajarish • Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Hammasini ko'rsatish...
📱Ҳамма каби бўлишни хоҳламайдиганлар учун смартфон. Миршакар Файзуллаев HONOR X9a қурилмасини тавсия этади! ✅ 93% фойдали майдонга эга 120 Гц. ҳажмли HONOR FullView қайрилган OLED-экран ✅ Ихчам корпус, учталик камера ва мустаҳкам ҳимоя ойнаси; ✅ Кучли процессор, катта хотира ва тез қувватланувчи батарея (5100 мА*соат) 📍 Айни пайтда Texnomart, Credit Asia, MediaPark ва Elmakon каби дўконларда сўнгги урфдаги HONOR X9a телефонини сотиб олиш мумкин 🎁 31 майга қадар харид қилишга ва совға тариқасида  HONOR CHOICE Earbuds X3 Lite симсиз қулоқчинларини олишга улгуринг! 📲 Бот: https://t.me/honor_uz_online_bot 📱: Instagram
Hammasini ko'rsatish...
Repost from IT specialist
#mulohaza_uchun #maslahat ⏱ Taym menejment bo‘yicha 3 maslahat (2-qism) Ushbu postning 1-qismi 4️⃣. Barchasini rejalashtiring Har bir kun uchun jadval tuzing va unga rioya qilishga, rejada bo‘lmagan vazifalarga chalg‘imaslikka harakat qiling. O‘zingizni aldashdan ma’no yo‘q, shuning uchun kichik narsalarni ham ishlar ro‘yxatiga kiritish lozim: masalan, uyqu aralash yangiliklarni o‘qish yoki Instagram'ga “yopishib qolish” uchun 10 daqiqa. 5️⃣. Zaxira variantini o‘ylab qo‘ying Vaqt bilan munosabatlarda optimizmga o‘rin yo‘q. Biror ish rejadagi kabi amalga oshmagan taqdirda, kechikishlardan o‘zingizni sug‘urtalash uchun darhol harakatlar algoritmini o‘ylab qo‘ying. 6️⃣. O‘zingizga ortiqcha yuklama olmang Kunlik jadvalni tuzayotgan vaqtingizda, unga imkon qadar ko‘proq ishlarni kiritish ishtiyoqi yuzaga keladi. Nazariy jihatdan olib qaraganda, bu ajoyib ko‘rinadi va sizga o‘zingizni unumdorlik qirolidek his qilishga yordam beradi, lekin aslida bu xavflidir. Atigi bir marta kechiksangiz xolos — butun jadval oyog‘i osmondan bo‘lib ketishi mumkin. Vaziyatga aql bilan nazar soling: barchasini va darhol bajarib bo‘lmaydi, shu bois zaxira uchun vaqt qoldirgan ma’qul. ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi: Dasturchi uchun Time Management kerakmi? Yangi start! O‘qish vaqtida diqqatni jamlash bo‘yicha maslahatlar Taqdirimizga ta’sir qiluvchi besh tavsiya O‘zimizga nisbatan qo‘llashni to‘xtatishimiz lozim bo‘lgan narsalar Muvaffaqiyatli kishilar qanday qilib barchasiga ulgurishadi? Dastlabki kurs talabalariga maslahatlar Talabalar uchun 10 ta bepul foydali mobil ilovalar Telegram’da rejalashtirilgan xabarlar yuborish Telegram'dan Reminder (eslatib turuvchi) sifatida foydalanish 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Hammasini ko'rsatish...
Repost from IT specialist
#word 🔤 Matnni tezkor belgilash uchun layfxaklar Ko‘pchiligimiz matnni belgilashda asosan sichqonchani ishga solamiz, ba’zi holatlarda esa klaviatura yoki ushbu ikki qurilmaning birgalikda qo‘llanilishi ishimizdagi samaradorlikni ancha oshirishi mumkin. Ushbu postimizda bu borada bizga yordam berishi mumkin bo‘lgan ba’zi layfxaklar bilan bo‘lishamiz: 1️⃣. So‘zni belgilamay turib o‘ngdan chapga yoki chapdan o‘ngga qaratib tezkor o‘chirish uchun mos tarzda CTRL + BACKSPACE / CTRL + DELETE klavishlari birikmasidan foydalaning. 2️⃣. Matnni vertikal tarzda belgilash uchun, ALT klavishini bosib turgan holda sichqonchaning chap tugmasini bosib, kursorni kerakli yo‘nalishda harakatlantiring. 3️⃣. Abzats tarkibidagi biror so‘zni tezkor belgilash uchun SChT (sichqonchaning chap tugmasi)ni kerakli so‘z ustiga ikki marta bosing. 4️⃣. Muayyan abzatsni tezkor belgilash uchun SChT (sichqonchaning chap tugmasi)ni abzats tarkibidagi biror so‘z ustiga uch marta bosing. 5️⃣. Jumlani to‘liq belgilash uchun, uning tarkibidagi istalgan so‘z ustiga CTRL + SO‘T (sichqonchaning o‘ng tugmasi)ni bosing — Word avtomatik tarzda jumlaning boshi va oxirini aniqlaydi. 6️⃣. Matnni kursor joylashgan joyidan boshlab hujjatning boshi yoki oxiriga qadar tezkor belgilash uchun mos tarzda CTRL + SHIFT + HOME / CTRL + SHIFT + END klavishlari birikmasidan foydalaning (bu ko‘p sahifali hujjatlarda matnni tezkor tarzda belgilash va o‘chirish uchun qulaydir). 7️⃣. Hujjatning istalgan joyidan sichqoncha kursori so‘nggi bor o‘rnatilgan joyga tezkor qaytish uchun SHIFT + F5 klavishlari birikmasidan foydalaning. 📝 Manba: @hacks_office ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi: Microsoft Word dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati Windows operatsion tizimiga tegishli ayrim foydali klavishlar birikmasi • Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Hammasini ko'rsatish...
#operatsion_tizim #hotkey #maslahat Windows'da “Залипание клавиш” funksiyasi qanday o‘chiriladi? ⌨️🤔 Ushbu funksiya qanday vazifani bajarishi va uning hadeb ishga tushirilishidan aziyat chekuvchilar uchun uni faolsizlantirishning uch oddiy usuli borasida to‘xtalib o‘tamiz. 👉🏻 Batafsil... 📝 Manba: @pcTeapot ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi: • Klaviatura bilan ishlashga oid yana boshqa mavzularni o‘zida jamlagan postimiz • Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Hammasini ko'rsatish...
Repost from IT specialist
#word 🔢 Word'da ochiluvchi ro‘yxat qanday yaratiladi? Faraz qilaylik, foydalanuvchilar ma’lumotlari kiritiluvchi shablon hujjatni tayyorlash lozim va unda ayrim ma’lumotlar qaytariluvchi va bir-biriga yaqin hisoblanadi. Bunday holatlarda xatoliklarning oldini olish uchun tarkibida muayyan qiymatlarga ega ochiluvchi ro‘yxatni yaratish mumkin. Boshlanishiga menyu satrida Файл → Параметры → Настроить ленту → Все вкладки bandlari bo‘ylab o‘tib Разработчик varaqa (вкладка)sini faollashtirish lozim. So‘ngra ochiluvchi ro‘yxat yaratilishi lozim bo‘lgan joyga sichqoncha kursorini o‘rnating va yangi qo‘shilgan Разработчик varaqa (вкладка)sidagi Раскрывающийся список bandini tanlang. Shundan keyin xuddi shu varaqa (вкладка)ning o‘zida Свойства bo‘limi yuzaga keladi, uning ustiga bosgan holda ochiluvchi ro‘yxatning nomi, ko‘rinishi va rangini tanlash mumkin. Ostki menyuda Выберите элемент bandini o‘chiring (aks holda u ro‘yxatda ko‘rinib turadi), Добавить tugmasi yordamida sizning holatingizda kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni kiriting va OK tugmasini bosish orqali muloqot oynasini yoping. ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi: Excel'da ochiluvchi ro‘yxatni yaratish • Microsoft Word rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
🔥Yoz - bu dam olish va sarguzashtlar vaqti, lekin nega buni IT sohasidagi yangi bilim va ko'nikmalarga sarflashni o'ylab kurmagansiz? Professional dasturchi bo'lishni va qiziqarli loyihalar ustida ishlashni xohlaysiz, lekin nimadan boshlashni bilmayapsizmi? 🧐 Kurs boshlanishidan oldin tanishtiruv dars bo'lib o’tadi, u yerda butun kurs haqida batafsil ma'lumot olishingiz mumkin! 🤩 Tanishtiruv darslarimizga keling va 1 oylik BEPUL ta'lim olish imkoniyatiga ega bo'ling. 🔥 ▪️WEB DASTURLASH — 23 may | 15:00 | 17:00 | 19:00 ✅ Tezroq tanishtiruv darsga yoziling 👉 proweb.uz 📞 +998 78 113 01 21
Hammasini ko'rsatish...
01:40
Video unavailableShow in Telegram
#powerpoint 🔢 Slaydlarni sahifalashga oid layfxak Mutaxassislar slaydlarni qo‘lda birma-bir emas, balki ichki o‘rnatilgan vosita orqali raqamlash lozimligi to‘g‘risida ko‘p marotaba ta’kidlaydilar. Biroq ushbu vosita bilan bog‘liq bir muammo mavjud. Ba’zida joylashtirilgan slayd raqamlari o‘rnini siljitish yoki formatlashga to‘g‘ri keladi. Agar slayddagi biror raqam o‘rni siljitilsa – qolganlari o‘zgarishsiz qoladi. Har bir slaydni qo‘lda tahrirlab o‘tirish shart emas, albatta. To‘g‘ri yondashuv – “Образец слайдов(Slaydlar namunasi)ga o‘tib, u yerda slayd raqami shablonini kerakli tarzda siljitish va formatlash hisoblanadi. Namuna sozlamalari oynasi yopilganidan so‘ng, o‘zgarishlar taqdimotdagi har bir slaydga nisbatan darhol qo‘llaniladi. ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi: MS PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati MS PowerPoint bo‘yicha video darslar • MS PowerPoint rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Hammasini ko'rsatish...
IMG_0340.MP415.29 MB
01:14
Video unavailableShow in Telegram
#mulohaza_uchun #texnologiya #hardware 🧲 Musiqa ritmiga qarab harakatlanib shaklini o‘zgartiruvchi ferromagnitli suyuqlik bilan keluvchi Bluetooth-karnay 📌 P.S.: Asabiy foydalanuvchilar uchun yaxshi antistress ekan 😉 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Hammasini ko'rsatish...
1.mp46.82 MB
00:59
Video unavailableShow in Telegram
#mulohaza_uchun #texnologiya 🖨 Mahsulotlarni plastik emas, balki yog‘ochga ishlov berish orqali hosil qiluvchi noodatiy 3D printer 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Hammasini ko'rsatish...
IMG_5980.MP44.76 MB