uz
Feedback
UzReport.news

UzReport.news

Kanalga Telegram’da o‘tish

O'zbekiston va dunyo yangiliklari https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali. Kirill yozuvida yangiliklar: @uzreportnewsuz Lotin yozuvida yangiliklar: @uzreport_uz Qayta aloqa uchun: @UzReportbot Reklama: @FUTBOLTV_ADVERTISING

Ko'proq ko'rsatish
2025 yil raqamlardasnowflakes fon
card fon
26 328
Obunachilar
-124 soatlar
-1627 kunlar
-62330 kunlar
Postlar arxiv
Photo unavailableShow in Telegram
Zelenskiy: Belarus Rossiyaga Ukraina havo mudofaasini chetlab o'tishda yordam bermoqda Rossiya dronlari Ukrainaning g'arbiy hududlariga hujum qilib, Belarus ishtirokida Ukraina havo mudofaasini chetlab o'tmoqda, dedi Vladimir Zelenskiy. Razvedka ma'lumotlariga ko'ra, bunday uskunalar Belarusning chegara hududlaridagi turar-joy binolariga o'rnatilmoqda. Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/zelenskiy-belarus-rossiyaga-ukraina-havo-mudofaasini-chetlab-otishda-yordam-bermoqda Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Hammasini ko'rsatish...
😁 2
Photo unavailableShow in Telegram
Nikoh yoshiga yetmaganlar bilan turmush qurganlik uchun jazo choralari kuchaytiriladi Loyihaga ko‘ra, yon shajara bo‘yicha 2-, 3- va 4-darajadagi qarindoshlar - tog‘a va amaki, amma va xola o‘z jiyanlari bilan, shuningdek, tog‘avachcha, amakivachcha, ammavachcha va xolavachchalar o‘rtasida nikoh tuzishga yo‘l qo‘yilmasligi belgilanmoqda. Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/nikoh-yoshiga-yetmaganlar-bilan-turmush-qurganlik-uchun-jazo-choralari-kuchaytiriladi Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
“Tashabbusli budjet” jarayonlariga o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritildi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarori bilan “Tashabbusli budjet” jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritildi. Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/tashabbusli-budjet-jarayonlariga-o-zgarish-va-qo-shimchalar-kiritildi Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Hammasini ko'rsatish...
1
00:53
Video unavailableShow in Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasidan eng muhim iqtiboslar Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Hammasini ko'rsatish...
Pezident_05_iqtibos_26-12-2025.mp442.33 MB
👍 28 1
Photo unavailableShow in Telegram
Tadbirkorlarga soliq munosabatlarida yengilliklar beriladi Soliq to‘lovchining debitori bildirish xati olingan kundan eʼtiboran 10 ish kunida o‘zaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasini imzolashi (tasdiqlashi) yoki solishtirma dalolatnomada ko‘rsatilgan qarz mavjud emasligini asoslagan holda rad javobini berishi shart. Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/tadbirkorlarga-soliq-munosabatlarida-yengilliklar-beriladi Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Hammasini ko'rsatish...
1
Photo unavailableShow in Telegram
Zelenskiy Tramp bilan "yaqin kelajakda" uchrashishini e'lon qildi Volodimir Zelenskiy Donald Tramp bilan "yaqin kelajakda" uchrashuvini e'lon qildi va "Yangi yilgacha ko'p narsa hal qilinishi mumkinligini" ta'kidladi. The Kyiv Post nashrining xabar berishicha, ikki rahbar 28-dekabr kuni Qo'shma Shtatlarda uchrashishi mumkin. Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/zelenskiy-tramp-bilan-yaqin-kelajakda-uchrashishini-elon-qildi Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Hammasini ko'rsatish...
1
02:48
Video unavailableShow in Telegram
Prezident sovg‘alari hududlarga yetkazilmoqda Yosh avlodga bo‘lgan doimiy g‘amxo‘rlik va eʼtiborning yorqin namunasiga aylangan “Prezident archasi” bayram tadbirlari bolalar uchun eng sevimli va quvonchli bayramlardan biri sifatida keng nishonlanib kelinmoqda. Joriy yilda ham mazkur bayram Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda. Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Hammasini ko'rsatish...
Prezident sovg‘alari hududlarga yetkazilmoqda.mp49.02 MB
👍 32🔥 30
Photo unavailableShow in Telegram
2026 yil uchun Davlat byudjeti tasdiqlandi “2026 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Ushbu Qonunning maqsadi 2026 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjetini shakllantirish va ijro etish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/2026-yil-uchun-davlat-byudjeti-tasdiqlandi Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
AQSh Putin va Bush o'rtasidagi 2001-yilda NATO haqidagi suhbatni maxfiylashtirdi Nashr qilingan transkriptda Rossiya prezidenti Rossiyaning ittifoqqa qo'shilishi masalasini ko'rib chiqishni so'raganligi ko'rsatilgan. Suhbatda Rossiyaning dunyodagi o'rni va G'arb bilan munosabatlari muhokama qilingan. Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/aqsh-putin-va-bush-ortasidagi-2001-yilda-nato-haqidagi-suhbatni-maxfiylashtirdi Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
“Bugun sizlarga, sizlar orqali butun el-yurtimizga murojaat qilib aytmoqchiman. Bugun tarixning o‘zi, hayotning o‘zi zimmamizga buyuk bir mas’uliyatni yuklamoqda. Jonajon Vatanimiz bugun yangicha siyosiy-huquqiy, ijtimoiy, ma’naviy munosabatlar asosida yashab, mehnat qilayotgan, mustaqil fikrlaydigan, ozod va erkin insonlar diyoriga aylanmoqda. Bir bo‘lsak, yagona xalq, yagona millat bo‘lib harakat qilsak, ko‘zlagan ulkan maqsadlarimizga albatta yetamiz! Men bu yo‘lda mard va olijanob xalqimizga ishonaman! O‘zbekistonning beqiyos kuchi va imkoniyatlariga, aziz yoshlarimizning azm-u shijoatiga ishonaman! Fursatdan foydalanib, el-yurt manfaati, Vatan taqdirini o‘ylab, muqaddas zaminimizning asl farzandlari, fidoyi posbonlari bo‘lib, o‘zini ayamasdan, sidqidildan mehnat qilayotgan siz, azizlarga, bunyodkor xalqimizga chin dildan minnatdorchilik bildiraman,
– dedi Prezidentimiz Murojaatnoma yakunida. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Hammasini ko'rsatish...
👍 24
Photo unavailableShow in Telegram
“Erishilgan ulkan natijalar, yangi ustuvor vazifalar “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini qayta ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda. Yurtimizning kelgusi besh yillik taraqqiyotiga daxldor bo‘lgan ushbu hujjat keng jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilib, aholimizning fikr-mulohazalari asosida takomillashtiriladi. Parlament vakillarini ham bu jarayonda o‘z takliflari bilan faol ishtirok etishga chaqiraman”,
– dedi Prezidentimiz. Kelgusi yilda ma’naviyat sohasi yanada rivojlantirilib, ijtimoiy-madaniy hayotimizdagi muhim sanalar keng nishonlanishi ta’kidlandi. Jumladan, barcha yutuq va g‘alabalarimizning poydevori bo‘lgan Vatanimiz mustaqilligining shonli 35 yilligi katta bayram sifatida o‘tkaziladi. Sohibqiron Amir Temur, Mir Alisher Navoiy bobolarimizning qutlug‘ tavallud ayyomlariga tayyorgarlikni hozirdan boshlash kerakligi qayd etildi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Hammasini ko'rsatish...
👍 22
Photo unavailableShow in Telegram
Nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, iqtisodiy institutlar bilan yaqin hamkorlik yangi bosqichga olib chiqiladi. Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki va boshqa yetakchi moliya institutlari bilan hamkorlikda iqtisodiyotimizni texnologik modernizatsiya qilish, infratuzilmani rivojlantirish, barqaror energetika va transport loyihalarini amalga oshirish borasidagi ishlar davom ettiriladi. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Turkiy davlatlar tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti doirasida an’anaviy, keng qamrovli sheriklik aloqalari yanada kengaytiriladi.
“Bunday ulug‘vor vazifalar bizdan yurtimizda tinchlik va barqarorlikni, millatlar va dinlararo do‘stlik va ahillikni yanada mustahkamlash, Qurolli Kuchlarimizning jangovar salohiyatini oshirishni talab etadi. Buning uchun biz barcha zarur chora-tadbirlarni amalga oshiramiz”,
– dedi Prezidentimiz. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Hammasini ko'rsatish...
👍 22
Photo unavailableShow in Telegram
Asosiy xorijiy sheriklarimiz hisoblangan Rossiya, Xitoy, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Qatar, Iordaniya, Kuvayt, O‘mon, Hindiston, Pokiston va boshqa davlatlar bilan ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada kengaytirish bundan keyin ham e’tibor markazida bo‘ladi. Shuningdek, Janubi-Sharqiy Osiyo, Yaqin Sharq, Afrika, Lotin Amerikasi mamlakatlari bilan yangi va istiqbolli yo‘nalishlarda manfaatli hamkorlikni mustahkamlash, Janubiy Kavkaz va Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan munosabatlarni kengaytirish strategik yo‘nalishlardan biri bo‘ladi. Prezidentimiz bugungi anjumanda qatnashayotgan xorijiy davlatlarning elchilariga O‘zbekiston bilan aloqalarni kengaytirib, Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishimizni faol qo‘llab-quvvatlayotgani uchun mamlakatlarining hukumatlariga alohida tashakkur bildirdi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Hammasini ko'rsatish...
👍 26
Photo unavailableShow in Telegram
Jahonda murakkab geosiyosiy va iqtisodiy muammolar tobora avj olib bormoqda. Bunday murakkab vaziyatda barcha davlatlar bilan teng huquqli va konstruktiv munosabatlarni yanada mustahkamlash, mutanosib ochiq tashqi siyosat olib borishga qaratilgan faoliyat davom ettiriladi. Yaqin qo‘shnilarimiz bilan ko‘p asrlik do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va o‘zaro ishonch ruhidagi aloqalarimizni yanada rivojlantirishga ustuvor ahamiyat qaratiladi. Bu jarayonda mintaqamiz davlatlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, transport-logistika, energetika, suv, ekologiya, xavfsizlik, madaniyat va ta’lim sohalaridagi hamkorlik yanada chuqurlashtiriladi. Afg‘oniston bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, uni mintaqadagi iqtisodiy jarayonlarga keng jalb qilish asosiy maqsadlarimizdan biri bo‘lib qoladi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Hammasini ko'rsatish...
👍 22
Photo unavailableShow in Telegram
Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat kuchaytiriladi
Korrupsiya – davlat taraqqiyotiga to‘siq bo‘ladigan, adolat va qonun ustuvorligini izdan chiqaradigan, jamiyatda ishonch muhitini zaiflashtiradigan eng jiddiy tahdid. Korrupsiyaga yo‘l qo‘yish esa islohotlarimizga xiyonatdir! Bu illatga qarshi kurashish bo‘yicha 2026-yilda “favqulodda holat” e’lon qilamiz,
– dedi davlatimiz rahbari. Barcha idoralarda komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazoratga mas’ul o‘rinbosar lavozimi joriy etiladi. Hisob palatasining vakili faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu rahbarlar – tizimdagi nopok shaxslarni aniqlash, shuningdek, budjet mablag‘i talon-toroj bo‘lishi va mansabni suiiste’mol qilish holatlarini oldini olish bo‘yicha ta’sirchan nazorat o‘rnatadi va Prezident oldida hisobot beradi.
“Lavozimim, unvonim bor, menga hech kim tegmaydi”, deganlar adashadi. Qonun oldida hamma teng! Xavfsizlik xizmati, ichki ishlar, prokuratura, soliq, bojxona, moliya, bank, yirik davlat kompaniyalari, vazirlik va hokimliklar, bir so‘z bilan aytganda, birorta idora va tashkilot nazoratdan chetda qolmaydi. Komplayens xizmatining faoliyatiga to‘sqinlik qilganlar korrupsiyaga sherik deb baholanadi va javobgarlik shunga mos holda bo‘ladi",
- dedi davlatimiz rahbari. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Hammasini ko'rsatish...
👍 49 14🔥 13
Photo unavailableShow in Telegram
Xotin-qizlarning qadr-qimmatini joyiga qo‘yish, farzandlarimizni himoya qilish qadim-qadimdan erkaklar uchun sha’n va g‘urur masalasi bo‘lib kelgan. Lekin jamiyatimizda ayollar va bolalarning turli zo‘ravonliklarga uchrayotgani buyuk tarix, yuksak ma’naviyat va ma’rifatga ega bo‘lgan, oilani muqaddas deb biladigan xalqimizga aslo yarashmaydi! Hech qachon unutmaylik, oilaviy zo‘ravonlik bu faqat oilaning ichki ishi emas, bu butun jamiyatga tegishli masala. Ayolni o‘z muammosi bilan yolg‘iz tashlab qo‘yishga hech kimning haqqi yo‘q!,
– dedi Prezidentimiz. Ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha respublika muvofiqlashtiruvchi kengashga barcha davlat idoralari va keng jamoatchilikni safarbar qilgan holda bunday salbiy holatlarga barham berish bo‘yicha samarali ishlaydigan tizim yaratish topshirildi. Prezidentimiz parlament, fuqarolik jamiyati institutlarini ham bu jarayonlarda faol ishtirok etishga chaqirdi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Hammasini ko'rsatish...
30👍 30🔥 30
Photo unavailableShow in Telegram
Tinchlik hukm surgan, qonun ustuvor bo‘lgan, fuqarolarning xavfsizligi ta’minlangan joyga investitsiya ham keladi, bu yerda turizm ham rivojlanadi. Lekin so‘nggi paytlarda o‘zini qonundan ustun qo‘ygan, tadbirkorlarga bosim qilib, ularning biznesini egallab olishga harakat qilayotgan, iqtisodiyotimizga jiddiy putur yetkazadigan murakkab moliyaviy jinoyatlarni sodir etayotgan, o‘zini “qozi” deb hisoblab, odamlar o‘rtasidagi oldi-berdi masalalarni hal qilib yurgan ayrim jinoiy to‘dalar ham kuzatilayotgani qayd etildi. Eng achinarlisi, “oson pul topaman” degan ilinjda bilagida kuchi bor ayrim sportchilar ham bunday jinoiy to‘dalarga qo‘shilib qolayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Yana bir yomon jihati – O‘zbekiston fuqarolaridan iborat jinoiy guruhlar ayrim chet davlatlarda ham mavjudligi yurtimizning xalqaro obro‘siga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
“Hamma eshitib olsin: bunday jinoiy to‘dalar faoliyatiga chek qo‘yishga kuch-qudratimiz yetadi va buni albatta qilamiz! O‘zbekistonda fuqarolarimiz, tadbirkorlarimiz va investorlarni har qanday vaziyatda ham ishonchli himoya qiladigan davlat bor, Konstitutsiya bor, qonunlar bor!,
– dedi davlatimiz rahbari. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Hammasini ko'rsatish...
32🔥 31👍 30
Photo unavailableShow in Telegram
“Ko‘ryapsizlar, shiddat bilan o‘zgarayotgan dunyoda giyohvandlik xavfi aholi genofondi uchun eng katta tahdidga aylanib bormoqda. Afsuski, bugungi globallashuv davrida bunday xavf-xatar O‘zbekistonni ham chetlab o‘tmayapti,
– dedi Prezidentimiz. Narkotik savdosi transchegaraviy va virtual xarakterga ega bo‘lib bormoqda. Bu esa jinoyatlarni aniqlashda yangi usullarni qo‘llashni, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni puxta egallashni talab qilmoqda. Yaqinda ushbu masala bo‘yicha Milliy dastur qabul qilindi. Endi narkojinoyatlarga qarshi kurashish umummilliy harakatga aylantirilib, jamiyatda bu illatga murosasiz muhit yaratiladi.
“Yurtimizdagi har bir bola, har bir yosh – bizning farzandimiz, ularni giyohvandlik changaliga tashlab qo‘yishga aslo yo‘l qo‘ymaymiz! Giyohvandlikni tag-tomiri bilan butkul yo‘qotish, yoshlarimizda kuchli ma’naviy-ruhiy immunitetni shakllantirish bo‘yicha barcha kuch va imkoniyatlarimizni safarbar qilamiz! Bu – Prezidentning topshirig‘i! Bu – ota-onalarning xohish-istagi! Bu – jamiyatning talabi!,
– dedi Prezidentimiz. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Hammasini ko'rsatish...
👍 39 34🔥 33
Photo unavailableShow in Telegram
Odil sudlovni amalga oshirishda jamoatchilik ishtiroki va roli oshirib borilishi ta’kidlandi. Endi jinoyat protsessiga ingliz huquqidagi davlatlarda ijobiy natija bergan “Xalq vakillari hay’ati” instituti bosqichma-bosqich joriy etiladi. Bunda o‘ta og‘ir va jamiyatda shov-shuvga sabab bo‘layotgan jinoyatlar jamoatchilik vakillari ishtirokida ko‘rib chiqilishi sud hukmining yanada adolatli bo‘lishiga xizmat qiladi.
“Sud qarorlari ijrosini so‘zsiz ta’minlamay turib, fuqaro va tadbirkorlar huquqining ishonchli tiklanishiga erishib bo‘lmaydi. Shu bois, majburiy ijro jarayoniga samarali muqobil mexanizmlarni ham kiritamiz,
– dedi davlatimiz rahbari. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Hammasini ko'rsatish...
👍 46 26🔥 16
Photo unavailableShow in Telegram
Sud-huquq tizimini xalqqa yaqinlashtirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettiriladi. Odil sudlov jarayonini “raqamli sud” konsepsiyasi asosida tashkil etish boshlandi. Endi tergovni ham raqamlashtirish orqali inson huquqlari himoyasi kuchaytiriladi. Bunda jinoyat haqidagi arizani qabul qilishdan boshlab, ishni sudga o‘tkazishgacha bo‘lgan bosqichlarga sun’iy intellekt texnologiyalari joriy etiladi va inson omili qisqartiriladi. Yurtimizda tergov sudyalari ish boshlagani xalqaro tan olingan “Xabeas korpus” institutini qo‘llashning navbatdagi muhim bosqichi bo‘ldi. 2026-yildan tergov sudyalariga sanksiya va majburlov choralarini o‘zgartirish hamda bekor qilish vakolatlari ham beriladi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Hammasini ko'rsatish...
👍 44 27🔥 16