Erkinjon Oqbo'tayevich Turdimov 🇺🇿
Kanalga Telegram’da o‘tish
Sirdaryo viloyati hokimi Telegram: +998774080105 Facebook: https://fb.com/turdimov Instagram: https://www.instagram.com/e_turdimov Ishonch telefoni: (67) 225-07-78 Manzil: Sirdaryo viloyati, Guliston shahar, Islom Karimov-60
Ko'proq ko'rsatish2025 yil raqamlarda

14 598
Obunachilar
-1524 soatlar
-867 kunlar
-20630 kunlar
Ma'lumot yuklanmoqda...
O'xshash kanallar
Ma'lumot yo'q
Muammo bormi? Iltimos, sahifani yangilang yoki bizning qo'llab-quvvatlash boshqaruvchimizga murojaat qiling>.
Taglar buluti
Ma'lumot yo'q
Muammo bormi? Iltimos, sahifani yangilang yoki bizning qo'llab-quvvatlash boshqaruvchimizga murojaat qiling>.
Kirish va chiqish esdaliklari
---
---
---
---
---
---
Obunachilarni jalb qilish
Dekabr '25
Dekabr '25
+190
0 kanalda
Noyabr '25
+123
0 kanalda
Get PRO
Oktabr '25
+20
0 kanalda
Get PRO
Sentabr '25
+144
0 kanalda
Get PRO
Avgust '25
+123
0 kanalda
Get PRO
Iyul '25
+350
0 kanalda
Get PRO
Iyun '25
+88
0 kanalda
Get PRO
May '25
+256
0 kanalda
Get PRO
Aprel '25
+320
0 kanalda
Get PRO
Mart '25
+792
0 kanalda
Get PRO
Fevral '25
+1 083
1 kanalda
Get PRO
Yanvar '25
+277
1 kanalda
Get PRO
Dekabr '24
+442
2 kanalda
Get PRO
Noyabr '24
+643
2 kanalda
Get PRO
Oktabr '24
+331
2 kanalda
Get PRO
Sentabr '24
+177
2 kanalda
Get PRO
Avgust '24
+309
2 kanalda
Get PRO
Iyul '24
+302
2 kanalda
Get PRO
Iyun '24
+581
3 kanalda
Get PRO
May '24
+444
2 kanalda
Get PRO
Aprel '24
+318
3 kanalda
Get PRO
Mart '24
+187
7 kanalda
Get PRO
Fevral '24
+487
2 kanalda
Get PRO
Yanvar '24
+1 159
4 kanalda
Get PRO
Dekabr '23
+1 520
3 kanalda
Get PRO
Noyabr '23
+536
3 kanalda
Get PRO
Oktabr '23
+346
11 kanalda
Get PRO
Sentabr '23
+3 053
8 kanalda
Get PRO
Avgust '230
1 kanalda
Get PRO
Iyul '230
0 kanalda
Get PRO
Iyun '23
+2
1 kanalda
Get PRO
May '23
+373
3 kanalda
Get PRO
Aprel '23
+659
0 kanalda
Get PRO
Mart '23
+234
0 kanalda
Get PRO
Fevral '23
+318
0 kanalda
Get PRO
Yanvar '230
0 kanalda
Get PRO
Dekabr '220
0 kanalda
Get PRO
Noyabr '220
0 kanalda
Get PRO
Oktabr '22
+22
0 kanalda
Get PRO
Sentabr '22
+651
0 kanalda
Get PRO
Avgust '22
+325
0 kanalda
Get PRO
Iyul '22
+222
0 kanalda
Get PRO
Iyun '22
+707
0 kanalda
Get PRO
May '22
+441
0 kanalda
Get PRO
Aprel '22
+511
0 kanalda
Get PRO
Mart '22
+416
0 kanalda
Get PRO
Fevral '22
+325
0 kanalda
Get PRO
Yanvar '22
+15 357
0 kanalda
| Sana | Obunachilarni jalb qilish | Esdaliklar | Kanallar | |
| 26 Dekabr | +1 | |||
| 25 Dekabr | +1 | |||
| 24 Dekabr | +1 | |||
| 23 Dekabr | +2 | |||
| 22 Dekabr | +4 | |||
| 21 Dekabr | +1 | |||
| 20 Dekabr | +2 | |||
| 19 Dekabr | +3 | |||
| 18 Dekabr | +9 | |||
| 17 Dekabr | +4 | |||
| 16 Dekabr | +9 | |||
| 15 Dekabr | +11 | |||
| 14 Dekabr | +2 | |||
| 13 Dekabr | +13 | |||
| 12 Dekabr | +3 | |||
| 11 Dekabr | +1 | |||
| 10 Dekabr | +12 | |||
| 09 Dekabr | +19 | |||
| 08 Dekabr | +6 | |||
| 07 Dekabr | 0 | |||
| 06 Dekabr | +3 | |||
| 05 Dekabr | +11 | |||
| 04 Dekabr | +68 | |||
| 03 Dekabr | +2 | |||
| 02 Dekabr | +2 | |||
| 01 Dekabr | 0 |
Kanal postlari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomani taqdim etdi.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев обратился с Посланием к Олий Мажлису и народу Узбекистана.
#Mirziyoyev #Murojaatnoma #2026yil #mahalla
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
1 26710
| 2 | Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasidan eng muhim iqtiboslar
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 1 298 |
| 3 | Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasidan eng muhim iqtiboslar
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 1 004 |
| 4 | Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasidan eng muhim iqtiboslar
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 795 |
| 5 | Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasidan eng muhim iqtiboslar
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 513 |
| 6 | Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasidan eng muhim iqtiboslar
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 526 |
| 7 | Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasidan eng muhim iqtiboslar
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 807 |
| 8 | “Bugun sizlarga, sizlar orqali butun el-yurtimizga murojaat qilib aytmoqchiman.
Bugun tarixning o‘zi, hayotning o‘zi zimmamizga buyuk bir mas’uliyatni yuklamoqda.
Jonajon Vatanimiz bugun yangicha siyosiy-huquqiy, ijtimoiy, ma’naviy munosabatlar asosida yashab, mehnat qilayotgan, mustaqil fikrlaydigan, ozod va erkin insonlar diyoriga aylanmoqda.
Bir bo‘lsak, yagona xalq, yagona millat bo‘lib harakat qilsak, ko‘zlagan ulkan maqsadlarimizga albatta yetamiz!
Men bu yo‘lda mard va olijanob xalqimizga ishonaman! O‘zbekistonning beqiyos kuchi va imkoniyatlariga, aziz yoshlarimizning azm-u shijoatiga ishonaman!
Fursatdan foydalanib, el-yurt manfaati, Vatan taqdirini o‘ylab, muqaddas zaminimizning asl farzandlari, fidoyi posbonlari bo‘lib, o‘zini ayamasdan, sidqidildan mehnat qilayotgan siz, azizlarga, bunyodkor xalqimizga chin dildan minnatdorchilik bildiraman”,
– dedi Prezidentimiz Murojaatnoma yakunida.
Facebook|Instagram|X | 608 |
| 9 | “Erishilgan ulkan natijalar, yangi ustuvor vazifalar “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini qayta ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda.
Yurtimizning kelgusi besh yillik taraqqiyotiga daxldor bo‘lgan ushbu hujjat keng jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilib, aholimizning fikr-mulohazalari asosida takomillashtiriladi.
Parlament vakillarini ham bu jarayonda o‘z takliflari bilan faol ishtirok etishga chaqiraman”,
– dedi Prezidentimiz.
Kelgusi yilda ma’naviyat sohasi yanada rivojlantirilib, ijtimoiy-madaniy hayotimizdagi muhim sanalar keng nishonlanishi ta’kidlandi.
Jumladan, barcha yutuq va g‘alabalarimizning poydevori bo‘lgan Vatanimiz mustaqilligining shonli 35 yilligi katta bayram sifatida o‘tkaziladi. Sohibqiron Amir Temur, Mir Alisher Navoiy bobolarimizning qutlug‘ tavallud ayyomlariga tayyorgarlikni hozirdan boshlash kerakligi qayd etildi.
Facebook|Instagram|X | 596 |
| 10 | Nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, iqtisodiy institutlar bilan yaqin hamkorlik yangi bosqichga olib chiqiladi.
Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki va boshqa yetakchi moliya institutlari bilan hamkorlikda iqtisodiyotimizni texnologik modernizatsiya qilish, infratuzilmani rivojlantirish, barqaror energetika va transport loyihalarini amalga oshirish borasidagi ishlar davom ettiriladi.
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Turkiy davlatlar tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti doirasida an’anaviy, keng qamrovli sheriklik aloqalari yanada kengaytiriladi.
“Bunday ulug‘vor vazifalar bizdan yurtimizda tinchlik va barqarorlikni, millatlar va dinlararo do‘stlik va ahillikni yanada mustahkamlash, Qurolli Kuchlarimizning jangovar salohiyatini oshirishni talab etadi. Buning uchun biz barcha zarur chora-tadbirlarni amalga oshiramiz”,
– dedi Prezidentimiz.
Facebook|Instagram|X | 376 |
| 11 | Asosiy xorijiy sheriklarimiz hisoblangan Rossiya, Xitoy, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Qatar, Iordaniya, Kuvayt, O‘mon, Hindiston, Pokiston va boshqa davlatlar bilan ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada kengaytirish bundan keyin ham e’tibor markazida bo‘ladi.
Shuningdek, Janubi-Sharqiy Osiyo, Yaqin Sharq, Afrika, Lotin Amerikasi mamlakatlari bilan yangi va istiqbolli yo‘nalishlarda manfaatli hamkorlikni mustahkamlash, Janubiy Kavkaz va Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan munosabatlarni kengaytirish strategik yo‘nalishlardan biri bo‘ladi.
Prezidentimiz bugungi anjumanda qatnashayotgan xorijiy davlatlarning elchilariga O‘zbekiston bilan aloqalarni kengaytirib, Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishimizni faol qo‘llab-quvvatlayotgani uchun mamlakatlarining hukumatlariga alohida tashakkur bildirdi.
Facebook|Instagram|X | 325 |
| 12 | Jahonda murakkab geosiyosiy va iqtisodiy muammolar tobora avj olib bormoqda. Bunday murakkab vaziyatda barcha davlatlar bilan teng huquqli va konstruktiv munosabatlarni yanada mustahkamlash, mutanosib ochiq tashqi siyosat olib borishga qaratilgan faoliyat davom ettiriladi.
Yaqin qo‘shnilarimiz bilan ko‘p asrlik do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va o‘zaro ishonch ruhidagi aloqalarimizni yanada rivojlantirishga ustuvor ahamiyat qaratiladi.
Bu jarayonda mintaqamiz davlatlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, transport-logistika, energetika, suv, ekologiya, xavfsizlik, madaniyat va ta’lim sohalaridagi hamkorlik yanada chuqurlashtiriladi.
Afg‘oniston bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, uni mintaqadagi iqtisodiy jarayonlarga keng jalb qilish asosiy maqsadlarimizdan biri bo‘lib qoladi.
Facebook|Instagram|X | 275 |
| 13 | Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat kuchaytiriladi
“Korrupsiya – davlat taraqqiyotiga to‘siq bo‘ladigan, adolat va qonun ustuvorligini izdan chiqaradigan, jamiyatda ishonch muhitini zaiflashtiradigan eng jiddiy tahdid. Korrupsiyaga yo‘l qo‘yish esa islohotlarimizga xiyonatdir! Bu illatga qarshi kurashish bo‘yicha 2026-yilda “favqulodda holat” e’lon qilamiz”,
– dedi davlatimiz rahbari.
Barcha idoralarda komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazoratga mas’ul o‘rinbosar lavozimi joriy etiladi. Hisob palatasining vakili faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Ushbu rahbarlar – tizimdagi nopok shaxslarni aniqlash, shuningdek, budjet mablag‘i talon-toroj bo‘lishi va mansabni suiiste’mol qilish holatlarini oldini olish bo‘yicha ta’sirchan nazorat o‘rnatadi va Prezident oldida hisobot beradi.
“Lavozimim, unvonim bor, menga hech kim tegmaydi”, deganlar adashadi. Qonun oldida hamma teng! Xavfsizlik xizmati, ichki ishlar, prokuratura, soliq, bojxona, moliya, bank, yirik davlat kompaniyalari, vazirlik va hokimliklar, bir so‘z bilan aytganda, birorta idora va tashkilot nazoratdan chetda qolmaydi.
Komplayens xizmatining faoliyatiga to‘sqinlik qilganlar korrupsiyaga sherik deb baholanadi va javobgarlik shunga mos holda bo‘ladi",
- dedi davlatimiz rahbari.
Facebook|Instagram|X | 274 |
| 14 | “Xotin-qizlarning qadr-qimmatini joyiga qo‘yish, farzandlarimizni himoya qilish qadim-qadimdan erkaklar uchun sha’n va g‘urur masalasi bo‘lib kelgan.
Lekin jamiyatimizda ayollar va bolalarning turli zo‘ravonliklarga uchrayotgani buyuk tarix, yuksak ma’naviyat va ma’rifatga ega bo‘lgan, oilani muqaddas deb biladigan xalqimizga aslo yarashmaydi!
Hech qachon unutmaylik, oilaviy zo‘ravonlik bu faqat oilaning ichki ishi emas, bu butun jamiyatga tegishli masala. Ayolni o‘z muammosi bilan yolg‘iz tashlab qo‘yishga hech kimning haqqi yo‘q!”,
– dedi Prezidentimiz.
Ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha respublika muvofiqlashtiruvchi kengashga barcha davlat idoralari va keng jamoatchilikni safarbar qilgan holda bunday salbiy holatlarga barham berish bo‘yicha samarali ishlaydigan tizim yaratish topshirildi.
Prezidentimiz parlament, fuqarolik jamiyati institutlarini ham bu jarayonlarda faol ishtirok etishga chaqirdi.
Facebook|Instagram|X | 540 |
| 15 | Tinchlik hukm surgan, qonun ustuvor bo‘lgan, fuqarolarning xavfsizligi ta’minlangan joyga investitsiya ham keladi, bu yerda turizm ham rivojlanadi.
Lekin so‘nggi paytlarda o‘zini qonundan ustun qo‘ygan, tadbirkorlarga bosim qilib, ularning biznesini egallab olishga harakat qilayotgan, iqtisodiyotimizga jiddiy putur yetkazadigan murakkab moliyaviy jinoyatlarni sodir etayotgan, o‘zini “qozi” deb hisoblab, odamlar o‘rtasidagi oldi-berdi masalalarni hal qilib yurgan ayrim jinoiy to‘dalar ham kuzatilayotgani qayd etildi.
Eng achinarlisi, “oson pul topaman” degan ilinjda bilagida kuchi bor ayrim sportchilar ham bunday jinoiy to‘dalarga qo‘shilib qolayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Yana bir yomon jihati – O‘zbekiston fuqarolaridan iborat jinoiy guruhlar ayrim chet davlatlarda ham mavjudligi yurtimizning xalqaro obro‘siga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
“Hamma eshitib olsin: bunday jinoiy to‘dalar faoliyatiga chek qo‘yishga kuch-qudratimiz yetadi va buni albatta qilamiz!
O‘zbekistonda fuqarolarimiz, tadbirkorlarimiz va investorlarni har qanday vaziyatda ham ishonchli himoya qiladigan davlat bor, Konstitutsiya bor, qonunlar bor!”,
– dedi davlatimiz rahbari.
Facebook|Instagram|X | 290 |
| 16 | “Ko‘ryapsizlar, shiddat bilan o‘zgarayotgan dunyoda giyohvandlik xavfi aholi genofondi uchun eng katta tahdidga aylanib bormoqda. Afsuski, bugungi globallashuv davrida bunday xavf-xatar O‘zbekistonni ham chetlab o‘tmayapti”,
– dedi Prezidentimiz.
Narkotik savdosi transchegaraviy va virtual xarakterga ega bo‘lib bormoqda. Bu esa jinoyatlarni aniqlashda yangi usullarni qo‘llashni, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni puxta egallashni talab qilmoqda.
Yaqinda ushbu masala bo‘yicha Milliy dastur qabul qilindi. Endi narkojinoyatlarga qarshi kurashish umummilliy harakatga aylantirilib, jamiyatda bu illatga murosasiz muhit yaratiladi.
“Yurtimizdagi har bir bola, har bir yosh – bizning farzandimiz, ularni giyohvandlik changaliga tashlab qo‘yishga aslo yo‘l qo‘ymaymiz!
Giyohvandlikni tag-tomiri bilan butkul yo‘qotish, yoshlarimizda kuchli ma’naviy-ruhiy immunitetni shakllantirish bo‘yicha barcha kuch va imkoniyatlarimizni safarbar qilamiz!
Bu – Prezidentning topshirig‘i! Bu – ota-onalarning xohish-istagi! Bu – jamiyatning talabi!”,
– dedi Prezidentimiz.
Facebook|Instagram|X | 285 |
| 17 | Odil sudlovni amalga oshirishda jamoatchilik ishtiroki va roli oshirib borilishi ta’kidlandi.
Endi jinoyat protsessiga ingliz huquqidagi davlatlarda ijobiy natija bergan “Xalq vakillari hay’ati” instituti bosqichma-bosqich joriy etiladi.
Bunda o‘ta og‘ir va jamiyatda shov-shuvga sabab bo‘layotgan jinoyatlar jamoatchilik vakillari ishtirokida ko‘rib chiqilishi sud hukmining yanada adolatli bo‘lishiga xizmat qiladi.
“Sud qarorlari ijrosini so‘zsiz ta’minlamay turib, fuqaro va tadbirkorlar huquqining ishonchli tiklanishiga erishib bo‘lmaydi. Shu bois, majburiy ijro jarayoniga samarali muqobil mexanizmlarni ham kiritamiz”,
– dedi davlatimiz rahbari.
Facebook|Instagram|X | 295 |
| 18 | Sud-huquq tizimini xalqqa yaqinlashtirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettiriladi.
Odil sudlov jarayonini “raqamli sud” konsepsiyasi asosida tashkil etish boshlandi. Endi tergovni ham raqamlashtirish orqali inson huquqlari himoyasi kuchaytiriladi.
Bunda jinoyat haqidagi arizani qabul qilishdan boshlab, ishni sudga o‘tkazishgacha bo‘lgan bosqichlarga sun’iy intellekt texnologiyalari joriy etiladi va inson omili qisqartiriladi.
Yurtimizda tergov sudyalari ish boshlagani xalqaro tan olingan “Xabeas korpus” institutini qo‘llashning navbatdagi muhim bosqichi bo‘ldi. 2026-yildan tergov sudyalariga sanksiya va majburlov choralarini o‘zgartirish hamda bekor qilish vakolatlari ham beriladi.
Facebook|Instagram|X | 298 |
| 19 | Davlatimiz rahbari islohotlar samaradorligini ta’minlashda fuqarolik jamiyati institutlarining roli muhim ekanini ta’kidladi.
Shu bois, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha siyosat kelgusida ham izchil davom ettiriladi. Xususan, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha besh yillik strategiya ishlab chiqiladi.
Ushbu institutlarga ijtimoiy buyurtma berish tizimi raqamlashtirilib, moliyalashtirish hajmi 2 karra oshiriladi.
Bundan tashqari, xayriya tashkilotlarini tuzish tartibi soddalashtiriladi, hisobdorlik va shaffoflik mexanizmlari takomillashtiriladi.
“Takror aytaman, yurtimizdagi keng ko‘lamli yangilanishlar davrida ochiqlik siyosatidan hech qachon ortga qaytmaymiz. So‘z va matbuot erkinligini ta’minlash ustuvor vazifamiz bo‘lib qoladi”,
– dedi Prezidentimiz.
Facebook|Instagram|X | 434 |
| 20 | Bugungi kunda Oliy Majlis eng kuchli parlamentlarga xos bo‘lgan barcha nazorat vakolatlariga ega.
Xususan, 2023-yildan buyon tashqi qarz miqdorini parlamentimiz belgilab kelmoqda.
Prezidentimiz endi davlat kafolati ostida tashqi qarz olish masalasini ma’qullashni ham Parlament vakolatiga o‘tkazishni taklif qildi.
Bundan buyon davlat xaridlarida tovar, ish va xizmatlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olish mumkin bo‘lgan holatlar faqat qonun bilan belgilanadi.
Konstitutsiyaviy islohotlar doirasida viloyat hokimlari va mahalliy kengashlar raislari lavozimlari bir-biridan ajratilgan edi. Endi bu tizim 2026-yildan 208 ta tuman va shaharda ham yo‘lga qo‘yiladi.
“Ayni paytda ushbu jiddiy siyosiy islohot hokimlar va ijro idoralaridan Kengashlarga munosabatni mutlaqo o‘zgartirishni talab qiladi. Bundan buyon deputat so‘rovlari ijrosi har chorakda tahlil qilinib, sustkashlikka yo‘l qo‘yilgan holatlar bo‘yicha prokuraturaga taqdimnoma kiritiladi”,
– dedi Prezidentimiz.
Facebook|Instagram|X | 348 |
