uz
Feedback
Kun.uz | Rasmiy kanal

Kun.uz | Rasmiy kanal

Kanalga Telegram’da o‘tish

🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz! ‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi Reklama: +998781137733 Sayt: http://kun.uz/uz facebook.com/kunuznews twitter.com/KunUzNews instagram.com/kun.uz @kunuzmurojaat

Ko'proq ko'rsatish
2025 yil raqamlardasnowflakes fon
card fon
80 264
Obunachilar
-2924 soatlar
-907 kunlar
-1 28430 kunlar
Postlar arxiv
Photo unavailableShow in Telegram
Qish energotizimni sinamoqda. Bugun qayerlarda elektr uzilishlari bo‘ldi? Sergelidagi elektr uzilishi ayrim joylarda kamida 19 soat davom etdi. Umuman olganda, ham avariyaviy, ham rejali ta’mirlash bilan bog‘liq turlicha davomiylikdagi uzilishlar Andijondan to Xorazmgacha bir qator hududlarni qamrab oldi. 👉 https://kun.uz/47021163 Kun.uz rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
😁 42😭 18🤯 15 13🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Xorvatiya va Serbiyada ishlayotgan o‘zbekistonlik fuqarolardan murojaatlar ko‘paygan – Migratsiya agentligi Insofsiz ish beruvchilar ish haqining to‘lanmasligi yoki kechiktirilishi, qo‘shimcha to‘lov talablari va deportatsiya bilan tahdidlar, noqonuniy ishlayotgan fuqarolarni to‘satdan ishdan bo‘shatish va keyinchalik ishlab topilgan mablag‘larni to‘lashdan bosh tortish kabi holatlar sodir etilgan. 👉 https://kun.uz/48172910 Kun.uz rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
👍 31🤯 12 9😁 6
02:19
Video unavailableShow in Telegram
“Hukumatingiz ko‘magini doimiy his qilishni istaymiz” – “Toyota Tsusho” mintaqaviy direktori Prezident Yaponiyaga safari chog‘ida ushbu davlatdagi eng katta biznes vakillari bilan ko‘rishib, biznes forumi ham o‘tkazdi. Unda qatnashgan ko‘plab yapon kompaniyalari allaqachon O‘zbekiston bozorida faol. Kun.uz bilan gaplashgan “Toyota Tsusho” korporatsiyasi mintaqaviy direktoriga ko‘ra, ular hukumatdan doimiy ko‘mak istaydi. 👉 https://kun.uz/57829008 Kun.uz rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
“Toyota Tsusho” mintaqaviy ijrochi direktori_1.mp412.20 MB
18😁 15🔥 10👍 5👏 4
04:34
Video unavailableShow in Telegram
O‘zbekistonda avtotransport vositalari uchun ekostikerlar joriy etila boshlandi O‘zbekistonda 2026 yilning 1 yanvaridan ekostikerlar joriy qilish amaliyoti boshlanadi. 👉 https://kun.uz/70440085 Kun.uz rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
ECO qayta_1.mp421.46 MB
🤯 14 9👍 6😭 2
01:36
Video unavailableShow in Telegram
Farg‘onalik 11-sinf o‘quvchisi Harvard universitetiga 100 foizlik grant yutdi Farg‘ona shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Sobirova Dilafro‘z Salohiddin qizi Harvard universitetining Integrativ biologiya yo‘nalishiga qabul qilindi, u 4 yilga 100 foizlik grant yutib oldi. Kun.uz muxbiri u o‘qiydigan maktabda bo‘lib, ko‘rsatuv tayyorladi. Dilafro‘zning bu muvaffaqiyatga erishish yo‘li haqidagi hikoyasini tez orada saytimiz sahifalarida tomosha qilishingiz mumkin. Kun.uz rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
Reklama 144p.mp426.42 MB
🔥 93👏 46 24👍 21
Photo unavailableShow in Telegram
Shavkat Mirziyoyevdan Tokiodan Sankt-Peterburgga yo‘l oldi Yaponiyaga tashrif dasturidan o‘rin olgan rasmiy tadbirlar yakunlangach, O‘zbekiston prezidenti Sankt-Peterburgga jo‘nab ketdi. U yerda Yevroosiyo Oliy iqtisodiy kengashi yig‘ilishi va MDH yetakchilarining norasmiy sammiti bo‘lib o‘tadi. 👉 https://kun.uz/14744647 Kun.uz rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
👍 135 69🔥 51👏 37😁 18😐 12🤯 11
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston va Yaponiya o‘zaro munosabatlarni yangi darajaga ko‘tardi O‘zbekiston prezidenti va Yaponiya bosh vazirining Tokiodagi muzokaralari yakunida bir qator hujjatlar imzolandi. Xususan, davlat rahbarlari Kelgusi avlodlar uchun kengaytirilgan strategik sheriklik to‘g‘risida qo‘shma bayonot qabul qildi. Hamkorlikdagi yangi loyihalarning umumiy qiymati 12 mlrd dollarga baholanmoqda. Samarqandda Yaponiya modeli va standartlariga asoslangan maxsus iqtisodiy zona barpo etiladi. Tsukuba universiteti bilan birga Toshkentda O‘zbekiston–Yaponiya universiteti ochiladi. 👉 https://kun.uz/75865712 Kun.uz rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
👍 143 16🔥 4
01:31
Video unavailableShow in Telegram
Shavkat Mirziyoyev bosh vazir qarorgohida muzokaralar o'tkazdi Bugun, 20-dekabr kuni Markaziy Osiyo - Yaponiya sammitidan so'ng O'zbekiston prezidenti bosh vazir qarorgohiga tashrif buyurdi. U yerda Shavkat Mirziyoyev tantanali kutib olindi, uning tashrifi sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Ikki tomonlama muzokaralardan so'ng ba'zi hujjatlarga imzo chekildi. Kun.uz rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
japam20_1.mp410.47 MB
👍 163🔥 27 25😐 1
Photo unavailableShow in Telegram
Isroil sulhga qaramay G‘azodagi boshpanaga hujum uyushtirdi: kamida 6 kishi halok bo‘ldi Isroil tanklaridan otilgan snaryadlar ko‘chirilganlar uchun boshpanaga aylantirilgan maktab binosiga tekkan. Hujum -Qatar, Misr va Turkiya vakillari sulhning keyingi bosqichi muhokamasi uchun AQShda bo‘lib turgan vaqtda yuz berdi. 👉 https://kun.uz/16656784 Kun.uz rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
🤯 40😭 25 9😐 3
Photo unavailableShow in Telegram
Yashnobodda Lacetti qarama-qarshi yo‘lakka chiqib ketib Nexia-3 bilan to‘qnashdi, yo‘lovchi vafot etdi 20 dekabr kuni soat 03:45 larda Toshkent shahri Yashnobod tumani Maxtumquli ko‘chasida Lacetti va Nexia-3 avtomashinalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida Nexia-3 avtomashinasi yo‘lovchisi olgan tan jarohatlari sabab vafot etgan. 👉 https://kun.uz/63136026 Kun.uz rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
😭 18🤯 8 2😐 1
Saida Mirziyoyeva “Sehrlandiya” multfilmi haqida: “Bu – birinchi qadam” Toshkentda “Sehrlandiya: qahramonlik missiyasi” multfilmining premerasi bo‘lib o‘tdi. Unda qatnashgan Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva asarni bolalar uchun milliy kontent yaratishdagi birinchi qadam deb atadi. “Ona sifatida aytaman: bolalarimiz o‘z tilida, o‘z ruhiyatiga yaqin, zamonaviy multfilmlarni ko‘rib ulg‘ayishi juda muhim”, dedi u. 👉 https://kun.uz/00802531 Kun.uz rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
👍 133 35🔥 25😁 15😐 6👏 2
Photo unavailableShow in Telegram
Tayvanda qurolli hujum uyushtirgan shaxs o‘ndan ortiq odamni pichoqladi Tayvan poytaxti Taypey shahrida niqobli shaxs ko‘chada va metro bekatlarida granata va pichoq bilan odamlarga hujum qildi. Oqibatda kamida 3 kishi halok bo‘lib, 11 kishi jarohatlandi. 👉 https://kun.uz/55047674 Kun.uz rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
🤯 24 12
07:04
Video unavailableShow in Telegram
G‘azodagi boshpanaga hujum qilgan Isroil, Rossiya tankerini safdan chiqargan Ukraina va IShID obektlariga zarba bergan AQSh – kun dayjesti O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz. 👉 https://kun.uz/03959465 Kun.uz rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
Мои видео.mp471.37 MB
11🔥 3😐 2😭 1
01:00
Video unavailableShow in Telegram
Toshkent bosh rejasini o‘zgartirish bo‘yicha qaror loyihasi ishlab chiqilmoqda – qurilish vaziri Qaror taxminan 1 oy ichida imzolanishi mumkin. O‘zgarishlar bosh reja tasdiqlangunga qadar bo‘lgan davrda, ya’ni 2024 yil dekabrgacha auksionga chiqarilgan joylarga taalluqli bo‘ladi. Bu joylarning ayrimlari konservatsiya zonasidan chiqariladi, qavatlar bo‘yicha cheklovlar yumshatiladi, shuningdek, imkonsiz holatlarda tadbirkorlarga auksionda to‘lagan pullari qaytariladi. Vazir Sherzod Hidoyatov bu haqda Mustang AYOQSHlari egasi Komiljon Islomovning savoliga javoban ma’lum qildi. 👉 https://kun.uz/79142264 Kun.uz rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
03.mp49.78 MB
18😁 9😐 3👍 2
05:01
Video unavailableShow in Telegram
Jajman – hammamizning hisobimizga kun ko‘radigan yengilmas maxluq haqida eshitganmisiz? Yovuzlik jamiyatga hech qachon dabdaba bilan kirib kelmaydi. U avvalo mayda, ahamiyatsiz ko‘rinadigan xatolar orqali ongimizga singadi. Ko‘z yumilgan o‘g‘irlik, kechirilgan nohaqlik, “bo‘lib turadi” degan sukut uni oziqlantiradi. Bugun “5 daqiqa”da katta adibimiz Xurshid Do‘stmuhammadning “Jajman”i haqida gaplashamiz. Bu asarda qo‘rqinchli ogohlantirishlar va ishoralar bor. 📹 YOUTUBE'DA TOMOSHA QILING
Hammasini ko'rsatish...
Мои видео1.mp448.59 MB
10👍 8😁 4
02:59
Video unavailableShow in Telegram
Samarqand va Surxondaryoda yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari olib kirishga urinish to‘xtatildi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari, Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi va viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida Tojikistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan yirik miqdordagi “opiy” hamda “metamfetamin” moddalari musodara qilindi. Qator shaxslar qo‘lga olinib, jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi. 👉 https://kun.uz/89938950 Kun.uz rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
Наркотик уз 1.mp417.28 MB
👍 10 6👏 4🔥 3😁 1
Photo unavailableShow in Telegram
Megashaharlar poygasi: qaysi shaharlar tez o‘smoqda, qaysilari sekinlashdi? Aholi sonining o‘sishi, migratsiya va iqtisodiy imkoniyatlar hanuz millionlab odamlarni Yer yuzidagi eng yirik aglomeratsiyalarga jalb qilmoqda. Shu bilan birga, aholining qarishi va hudud tanqisligi allaqachon shakllanib bo‘lgan ayrim megapolislar o‘sishini tobora ko‘proq cheklamoqda. 👉 https://kun.uz/03617793 Kun.uz rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
16
Photo unavailableShow in Telegram
Soliq ro‘yxatidan o‘tmagan xorijiy onlayn platformalar bloklanishi mumkin 2026 yil 1 yanvardan O‘zbekistonda soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tmay faoliyat yuritayotgan xorijiy onlayn kompaniyalarga cheklovlar qo‘llanadi. Ularga ro‘yxatdan o‘tish uchun 30 kun beriladi. 👉 https://kun.uz/18796423 Kun.uz rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
👍 15 10😁 5
Photo unavailableShow in Telegram
Turkiya mamlakat hududiga Rossiya droni qulaganini ma’lum qildi U razvedka va kuzatuv uchun ishlatilishi ta’kidlanmoqda. 👉 https://kun.uz/03855208 Kun.uz rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
😐 25🤯 16👍 5 3
Photo unavailableShow in Telegram
“Markaziy Osiyo + Yaponiya” sammiti: Shavkat Mirziyoyev qator tashabbuslarni ilgari surdi 20 dekabr kuni Tokioda “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqotining davlat rahbarlari darajasidagi birinchi sammiti bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev uchrashuvda hamkorlikni tizimli rivojlantirish, 2040 yilga qadar hamkorlik strategiyasini ishlab chiqish, infratuzilma-investitsiya tashabbuslari va raqamli sheriklik platformasini yaratish bo‘yicha qator takliflarni ilgari surdi. 👉 https://kun.uz/92555160 Kun.uz rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
👍 63 21🔥 16👏 12🤯 2😁 1