KASALLIKLAR.UZ
Kanalga Telegram’da o‘tish
Каналимизда турли хил касалликлар ҳақида маълумотлар, видеодарслар ва тиббиёт соҳасидаги янгиликлар бериб борилади. Каналдаги маълумотлар индивидуал даволаниш учун асос ҳисобланмайди! Реклама учун: @Medik_reklama
Ko'proq ko'rsatish2025 yil raqamlarda

16 361
Obunachilar
+3924 soatlar
+2347 kunlar
+57330 kunlar
Postlar arxiv
00:38
Video unavailableShow in Telegram
🫀 Jigar – inson tanasining eng katta bez a’zosi. U 1,5 kg gacha bo‘ladi.
✨ Asosiy vazifalari:
Qondan zararli moddalarni tozalaydi (detoksikatsiya laboratoriyasi). Uglevodlarni glikogen ko‘rinishida zahira qiladi (“energiya ombori”). Safro ishlab chiqaradi, bu yog‘larni hazm qilishga yordam beradi. Vitamin va minerallarni saqlab turadi. Qiziqarli faktlar:
Jigarning tiklanish qobiliyati juda kuchli. Agar jigar 70% gacha jarohatlansa ham, u yana o‘z holiga qaytishi mumkin. Bir kunda 1,5 litrgacha safro ishlab chiqaradi. Jigarda qon aylanishi juda faol: har daqiqada jigardan 1,5 litr qon oqib o‘tadi. “Tirik filtr” deb ataladi, chunki qonni doimiy ravishda tozalab turadi. Jigar kasallansa, og‘riq deyarli sezilmaydi, chunki unda og‘riq sezuvchi nervlar yo‘q. Shu sababli ko‘p odam jigari og‘riganini kech bilib qoladi.❗️Antik davr afsonalarida “Prometey” har kuni jigarini burgut yeb ketgani, keyin yana qayta tiklangani aytiladi. Bu afsona ham jigarning tiklanish qobiliyatiga ishora qiladi ✅@KASALLIKLAR_UZ
2.57 MB
👏 3❤ 2
Photo unavailableShow in Telegram
ONA QORNIDAGI DAVR
Ona qornidagi davr beshga bo'linadi:
1. Gormonal yoki homila davri, tuxum urug‘lanishidan boshlab blastotsit ona bachadonining shilliq pardasida yetilishigacha davom etadi (to bir haftagacha).
2. Yetilish (implantatsiya) davri, 40 soatgacha yoki 2 kungacha davom etadi. Bu ikkita davr tibbiy biologik jihatdan ahamiyati katta bo‘lgani uchun ba’zan birlashadi. Bu vaqtda urug‘langan tuxumning 50-70%i rivojlanmaydi, teratogen omillar zararli ta’sir qiladi. Aplaziya, gipoplaziya va rivojlanishning og‘ir nuqsonlari xromosom aberratsiya yoki mutantgen bilan bog‘liq.
3. Embrion davri 5-6 hafta davom etadi. Bu davrning muhimligi shundaki, pushtning qariyb hamma organlari shakllana boradi. Shuning uchun teratogen omillar (endogen va ekzogen) embriopatiyani qo‘zg‘atadi va bunda displastik buzilishlar paydo bo'lishi mumkin. Homiladorlikning 3-haftasidan 7-haftasigacha bo‘lgan davr rivojlanishning embrion holati hisoblanadi.
4. Neofetal yoki embriofetal davr 2 hafta davom etadi. Bu vaqtda platsenta vujudga keladi, ko'pincha organlar shakllanadi (asab va endokrin sistemalaridan tashqari). Bu davr katta ahamiyatga ega, chunki platsentaning va uning qon aylanishining shakllanishi pushtning kelgusidagi tez o‘sishiga bog'liq.
5. Fetal davri. 9-haftadan boshlab tug‘ruq paytigacha davom etadi. Bu davrda homilaning yetilishi gemotrofik yo‘l bilan ta’minlanadi. Fetal davrini ikki qismga bo'lish maqsadga muvofiq: erta va so‘nggi.━━━━━━━━━━━━━━ FOYDALI TIBBIY BLOG: ✅ @KASALLIKLAR_UZ
❤ 2
Photo unavailableShow in Telegram
Bolalik davrini ikkiga ajratadilar: ona qornidagi va ona qornidan tashqaridagi davr.
I. Ona qornidagi davr jinsiy hujayralaming otalanishidan boshlab to tug‘ilishgacha bo‘lgan davr. Bu 9 oygacha (270 kun) davom etadi. Fanda bu davrni ikki bosqichga ajratib o‘rganish qabul qilingan: embrionlar rivojlanishi (birinchi 3 oygacha) va platsentar (yo‘ldosh) rivojlanish bosqichlari (3-oydan 9 oygacha).
II. Ona qornidan tashqaridagi davr 6 ga bo‘iinadi:
1-davr, chilla davri — tug‘ilgan ondan boshlab, to hayotining qirq kunigacha (40 kun).
2-davr, emizikli davr — 41 kunidan boshlab, to yoshiga to‘lguncha.
3-davr, yosh bolalik davri — 1 yoshdan boshlab 3 yoshgacha.
4-davr, maktabgacha tarbiya yoshidagi davr — 3 yoshdan 7 yoshgacha.
5-davr, kichik maktab yoshi davri — 7 yoshdan 12 yoshgacha.
6-davr, katta maktab yoshi davri — 12 yoshdan 18 yoshgacha.
Ba’zan emizikli davrni va maktabgacha tarbiya yoshidagi davrni - bolalarni yasliga berish davri va balog‘atga yetish davrini
o'spirinlik davri ham deb yuritiladi.
━━━━━━━━━━━━━━
FOYDALI TIBBIY BLOG:
✅@KASALLIKLAR_UZ
❤ 4👍 3🔥 2
📌 APPENDITSIT — ko‘richakning chuvalchangsimon o‘simtasi yallig‘lanishi bilan kechadigan jarrohlik kasalligi.
🥳SABABLARI: ➡️O‘simta bo‘shlig‘ining tiqilishi (najas toshlari, parazitlar) ➡️Infeksiya tushishi ➡️Qon aylanishi buzilishi
🚨BELGILARI: 🥳Qorin sohasida to‘satdan og‘riq (avval umumiy, keyin o‘ng pastki qorin qismida) 🥳Ko‘ngil aynishi, ba’zida qusish 🥳Isitma ko‘tarilishi 🥳Qorin mushaklarining taranglashishi
🔴ASORATLARI: ⚠️ Ko'richakning yorilishi va peritonit ⚠️ Absess hosil bo‘lishi ⚠️ Sepsis🔄 DAVOLASH: Faqat jarrohlik yo‘l bilan! — Appendektomiya (appendiksni olib tashlash). Operatsiyadan keyin antibiotiklar va simptomatik davolash qo‘llaniladi. 📱Manba bilan olinsin! ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ 📎 FOYDALI TIBBIY BLOG: 🌐 @KASALLIKLAR_UZ
❤ 4👍 3🔥 1👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
🧠🧠🧠🧠
🥳 Kuyganda birinchi yordam
💎 Kuyish — yuqori harorat, kimyoviy moddalar, elektr toki yoki radioaktiv nurlar ta’sirida to‘qimalarning shikastlanishi.
⚡️ Asosiy sabablari: ✅Yuqori harorat (cho‘g‘, plita, issiq suv) ✅Kimyoviy moddalar (ishqor, kislota) ✅Toksik moddalar ✅Elektr toki ✅Radioaktiv moddalar
💘Uy sharoitida yordam: ✔️ Kuygan joydagi kiyim yechiladi ✔️ Sovuq suv ostida 10 daqiqa ushlab turiladi (❌ muzdan foydalanmang!) ✔️ Qirg‘ichdan chiqarilgan kartoshka 15–20 minut qo‘yiladi ✔️ Aloe vera sharbati yoki bargi siqib qo‘yiladi ✔️ Kokos yog‘i + limon sharbatidan surtish mumkin ✔️ Toza asal dokaga qo‘yib yara ustiga qo‘yiladi ✔️ Qora choy shammasi kuygan joyga yaxshi ta’sir qiladi
👨⚕️ Tibbiy yordam (ambulator): ➡️ Vodorod peroksid 3% yoki xlorgeksidin bilan yuviladi ➡️ Kislotada kuyganda — 2% soda eritmasi bilan yuviladi ➡️ Ishqorda kuyganda — bor kislotasi yoki limon kislotasi eritmasi ishlatiladi ➡️ Pantenol sprey sepiladi ➡️ Og‘riqni qoldirish uchun: novokain, lidokain, analgin va boshqalar ➡️ Yaraga Levomekol yoki Solkoseril surtish mumkin ➡️ G‘oz yog‘i, baliq yog‘i ham chandiqni kamaytirishga yordam beradi☄️ Eslatma: ❌Pufakchalarni yormang, tegmang! ❌Peshobdan foydalanmang! Bu juda zararli. 📱Manba bilan olinsin! ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ 📎 FOYDALI TIBBIY BLOG: 🌐 @KASALLIKLAR_UZ
❤ 5🔥 4👏 2💯 1
01:09
Video unavailableShow in Telegram
📹 EKG normal chiqdi, lekin yuragim haliyam og'riyapti. Kardiolog Tairov Maksud Sharifovich ➥
🔔 KASALLIKLAR_UZ 💥💥💥💥
9.33 MB
❤ 2👍 1
🎚 SKLERODERMIYA — terining qotib qolishi bilan kechadigan xavfli kasallik
✔️ Sklerodermiya (lotincha sklero — qattiq, derma — teri) — bu biriktiruvchi to‘qimalarning surunkali kasalligi bo‘lib, terining qattiqlashishi, elastikligini yo‘qotishi va organlar faoliyatining buzilishi bilan xarakterlanadi. U kollagen kasalliklar guruhiga kiradi.
✅ TURLARI: ✔️ Cheklangan (o‘choqli) sklerodermiya ⬇️ Pilakcha shakli: qizg‘ish dog‘lar paydo bo‘ladi, keyinchalik teri qattiqlashib, sarg‘imtir tusga kiradi. Tuklar to‘kiladi, vaqt o‘tishi bilan teri yupqalashadi. ⬇️ Yo‘l-yo‘l shakli: yuz va qo‘l-oyoq terisi zararlanadi. Ko‘proq bolalarda uchraydi. ⬇️ Yuzaki shakli: ko‘proq ayollarda, ko‘krak, bel va jinsiy a’zolar terisida ko‘kimtir-qattiq dog‘lar paydo bo‘ladi. ✔️ Diffuz (tarqalgan) sklerodermiya ⬇️ Yuz, qo‘l-oyoq va tana terisi shishib, qattiqlashadi. ⬇️ Yuzi “mum niqobi”ga o‘xshaydi, barmoqlar harakatsiz qolishi mumkin. ✔️ Sistemali (avj oluvchi) sklerodermiya ⬇️ Na faqat teri, balki yurak, o‘pka, buyrak, ovqat hazm qilish tizimi ham zararlanadi. ⬇️ Mayda qon tomirlarda sklerotik o‘zgarishlar kuzatiladi.
⚠️ BELGILARI: 🥳 Teri qizil dog‘ bo‘lib qattiqlashadi, keyin sarg‘ayadi va yupqalashadi 🥳 Qo‘l-oyoq barmoqlarining harakatchanligi kamayadi 🥳 Bo‘g‘imlarda og‘riq 🥳 Tomir spazmlari (ayniqsa sovuqda) 🥳 Organlar zararlanganda nafas qisishi, yurak urishining buzilishi
🚨 SABABLARI: 🤔 Sovuqda ko‘p qolish 🤔 Jismoniy va ruhiy shikastlanish 🤔 Qon aylanishi va mikrotsirkulyasiyaning buzilishi 🤔 Irsiy moyillik
📎 DAVOLASH: ✔️ Kortikosteroid dorilar ✔️ Tomirlarni kengaytiruvchi vositalar ✔️ Fizioterapiya ✔️ Sanatoriy sharoitida davolanish🔔 Eslatma: Sklerodermiya sekin rivojlanadigan kasallik. Uni erta bosqichda aniqlash va davolash asoratlarni kamaytiradi. Kechikkan davolash esa yurak, o‘pka va boshqa ichki organlarga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. ✨ O‘z sog‘lig‘ingizni asrang — vaqtida shifokorga murojaat qiling! 📱Manba bilan olinsin! ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ 📎 FOYDALI TIBBIY BLOG: 🌐 @KASALLIKLAR_UZ
❤ 4👍 1🔥 1👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
🌱Ҳомиладорлар токсикози🌱
📖Таъриф;
Организмнинг ҳомиладирликка нисбатан адаптатциясининг бузилиши.
🏷Сабаблари;
➖Эмбрион ривожланаётган пайтдаги организмда ҳосил бўлган моддалар билан заҳарланишда келиб чиқади.
➖Кам уҳлаш;
➖Кўп чарчаш
➖Носоғлом овқатланиш
➖Ошқозон-ичак тракти касалликлари
🍃Белгилари;
➖Эрталаб кўнгил айниш
➖Кўп марталик қайт қилиш
➖Сўлак оқиши
➖Бош айланиши
➖Пульс ва артериал босим ўзгариши
➖Тез чарчаш
➖ Ҳолсизлик.
👨🏻⚕ДАВОЛАШ:
💊Қайт қилишни босувчи воситалар
💊Седатив воситалар
💊Фолий кислотаси
💊Даволовчи физкультура
🍵ПАРҲЕЗ
🌱Овқатни ҳар 2-3 соат қабул қилиш керак. Ёғли, дудланган, аччиқ, шоколад ва шўр нарсаларни истеъмол қилмаслик. Минерал сув, лимон чой, дамламалар ичиш тавсия этилади.
@KASALLIKLAR_UZ👈 Аъзо бўлинг!
Repost from TgId: 3199418332
Photo unavailableShow in Telegram
❤️ 29-sentabr — JAHON YURAK KUNI!
Bugun butun dunyoda yurak-qon tomir kasalliklari profilaktikasi va sog‘lom turmush tarzining ahamiyatiga e’tibor qaratiladi.
📖 Tarixi: Jahon yurak kuni 2000-yildan beri nishonlanadi. Uni Jahon yurak federatsiyasi (World Heart Federation) Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan hamkorlikda ta’sis etgan.
🔑 Bu sana nega muhim? Yurak-qon tomir kasalliklari dunyoda o‘limning eng asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Shu sababdan, bu kasalliklarni oldini olishga katta eʼtibor qaratish juda muhim: 🚶♂️ Faol bo‘lish (har kuni yurish, sport bilan shug‘ullanish); 🥗 Sog‘lom ovqatlanish; 🚭 Chekishdan voz kechish; 🩺 Qon bosimi va xolesterinni nazorat qilish.✨ 2025 yil shiori: “Make Every Heart Beat” — Har bir yurak urishini qadrlang! 📌 Bugun yuragingiz uchun kichik qadam tashlang — piyoda yurish, toza havoda sayr yoki sevimli insoningiz bilan samimiy suhbat ham yurakka foyda beradi. ━━━━━━━━━━━━━━━━━━━ @TIBBIY_XABARLAR — BIRINCHI BIZDA!
❤ 2👏 1
Repost from TgId: 3199418332
Photo unavailableShow in Telegram
❤️ 29-sentabr — JAHON YURAK KUNI!
Bugun butun dunyoda yurak-qon tomir kasalliklari profilaktikasi va sog‘lom turmush tarzining ahamiyatiga e’tibor qaratiladi.
📖 Tarixi: Jahon yurak kuni 2000-yildan beri nishonlanadi. Uni Jahon yurak federatsiyasi (World Heart Federation) Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan hamkorlikda ta’sis etgan.
🔑 Bu sana nega muhim?
Yurak-qon tomir kasalliklari dunyoda o‘limning eng asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Shu sababdan, bu kasalliklarni oldini olishga katta eʼtibor qaratish juda muhim:
🚶♂️ Faol bo‘lish (har kuni yurish, sport bilan shug‘ullanish);
🥗 Sog‘lom ovqatlanish;
🚭 Chekishdan voz kechish;
🩺 Qon bosimi va xolesterinni nazorat qilish.
✨ 2025 yil shiori: “Make Every Heart Beat” — Har bir yurak urishini qadrlang!
📌 Bugun yuragingiz uchun kichik qadam tashlang — piyoda yurish, toza havoda sayr yoki sevimli insoningiz bilan samimiy suhbat ham yurakka foyda beradi.
━━━━━━━━━━━━━━━━━━━
@TIBBIY_XABARLAR — BIRINCHI BIZDA!
❤ 1
📌 PIELONEFRIT – Buyrak va uning jomi yallig‘lanishi
🌟 Pielonefrit — buyrak va uning jomi yallig‘lanishi bo‘lib, asosan bakteriyalar (ko‘pincha E.coli) sababli rivojlanadi. Vaqtida davolanmasa, surunkali shaklga o‘tib, buyrak faoliyatini jiddiy buzadi.
🔎 ASOSIY SABABLARI: ✔️ Siydik yo‘llarining yallig‘lanishi yoki to‘siqlari (tosh, prostata giperplaziyasi) ✔️ Immunitetning pasayishi ✔️ Surunkali kasalliklar (diabet, yurak yetishmovchiligi va b.)
⚠️ ASOSIY BELGILARI: ⬇️ Yuqori tana harorati, titroq ⬇️ Bel sohasida kuchli og‘riq ⬇️ Siydik chiqarishda og‘riq yoki achishish ⬇️ Siydikda qon yoki oqsillar paydo bo‘lishi🛑Diqqat! Harorat ko‘tarilsa yoki og‘riq kuchaysa – darhol shifokorga murojaat qiling!
🩺 INSTRUMENTAL TEKSHIRUVLAR: ✔️ UTT (ultratovush tekshiruvi) ✔️ Ekskretor urografiya ✔️ Kompyuter tomografiyasi (KT) ✔️ Tsistografiya ✔️ Buyrak arteriyalarining angiografiyasi ✔️ Izotop dinamik renografiya ✔️ Buyrak biopsiyasi🔬 DIFFERENSIAL DIAGNOSTIKA: ⬇️ Pielonefrit quyidagilar bilan farqlanishi kerak: ✅ Glomerulonefrit ✅ Buyrak amiloidozi ✅ Buyrak sil kasalligi ✅ Buyrak o‘smalari ✅ Arterial gipertenziyaning boshqa turlari
💊 DAVOLASH TAMOYILLARI: 💘 🍽 Parhez №7 – buyrakka yukni kamaytiruvchi ovqatlanish rejimi 💘 Siydik chiqishini ta’minlash – to‘siqlarni bartaraf etish 💊 DORI VOSITALARI 🔴Pastki siydik yo‘llari infeksiyasi uchun: 🎚 Nitrofuran hosilalari: Nitrofuranoin, Furazolidon 🎚 Xinolon hosilalari: Nalidiks kislotasi, Pipemid kislotasi 🎚 8-oksixinolonlar: Nitroksolin 🎚 Sulfanilamidlar: Ko-trimoksazol (800/160 mg – og‘ir holatda, 200/40 mg – profilaktika uchun) 🔴 Pielonefritni davolashda qo‘llaniladigan asosiy antibiotiklar: 🎚 Penisillinlar: 🎚 Ampitsillin, Amoksitsillin 🎚 Karbenitsillin, Tikarsillin 🎚 Azlotsillin, Mezlotsillin, Piperatsillin 🎚 Kombinatsiyalar: Augmentin (amoksitsillin + klavulan kislotasi), Tazotsim va b. 🎚 Ftorxinolonlar: Tsiprofloksasin, Pefloksasin, Ofloksasin, Lumefloksasin 🎚 Aminoglikozidlar: Gentamitsin, Amikatsin, Netilmisin 🎚 Karbapenemlar: Imipenem + Silastatin, Meropenem 🎚 Tsefalosporinlar: ✅I avlod: Tsefazolin, Tsefaleksin ✅II avlod: Tsefuroksim, Tsefaklor ✅III avlod: Tsefotaksim, Tseftazidim, Tseftiakson ✅IV avlod: Tsefeprim, Tsefpirom✅ UMUMIY TAVSIYALAR: 🔘 Ko‘p suyuqlik ichish 🔘 Tinchlik va dam olish 🔘 Shifokor nazorati ostida antibiotiklarni to‘liq kursda qabul qilish 🔘 Surunkali shakllarda muntazam nazorat tekshiruvlaridan o‘tish
✅Esda tuting: Pielonefritni o‘z vaqtida aniqlash va to‘g‘ri davolash buyrak yetishmovchiligi kabi og‘ir asoratlarning oldini oladi. Sog‘lig‘ingizga befarq bo‘lmang!📚 «Buyrak – ayolga o‘xshaydi: u har safar o‘zining yangi bir sirini ochadi va sizni yanada chuqurroq o‘rganishga undaydi.» – D. Didro 📱Manba bilan olinsin! ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ 📎 FOYDALI TIBBIY BLOG: 🌐 @KASALLIKLAR_UZ
qFs8pIZfthpU2g.mp42.01 MB
❤ 8⚡ 2👍 2🔥 2👏 1
🎚 PERITONIT — qorin pardaning yallig'lanishiga olib keladigan xavfli jarrohlik holatidir.
🔍 Tarixi:
➡️ Peritonit klinikasi birinchi bor 1816-yilda harbiy shifokor Vasiliy Shabanov tomonidan 12 barmoqli ichak teshilishi natijasida kuzatilgan.
➡️ 1881-yilda esa moskvalik jarroh L.I. Shmidt dunyoda birinchi marta tarqalgan yiringli peritonitda muvaffaqiyatli laparotomiya amaliyotini bajargan.
❓Peritonit nima?
✔️ Peritonit – bu visseral va parietal qorin pardalarining yallig‘lanishi bo‘lib, og‘ir umumiy simptomlar bilan kechadi va qisqa vaqt ichida hayotiy a’zolarda orqaga qaytmas o‘zgarishlar yuzaga keltiradi.
📊 Statistika: 🚫 20–25% hollarda peritonit o‘tkir jarrohlik kasalliklarining asorati sifatida rivojlanadi. 🚫 67–70% hollarda o‘lim sababi peritonit bilan bog‘liq. 🚫 Appenditsit, yara teshilishi, churralar, xoletsistit va ichak tutilishida o‘limning 60–90% holatlari peritonit tufayli bo‘ladi.
🎚 ETIOLOGIYASI 🔴 Mikrobli (bakterial): me’da-ichak mikroflorasi orqali. 🔴 Spetsifik: boshqa mikroflora orqali. 🔴 Aseptik: jarohatlar va shikastlanishlar natijasida. 🔴 Alohida shakllar: kanseromatoz, parazitar, revmatoid, granulematoz.
📍 Infeksiya manbalari: 🟡 Chuvalchangsimon o‘simta – 30–65% 🟡 Me’da va 12 b. ichak – 7–14% 🟡 Jinsiy a’zolar – 3–12% 🟡 O‘t pufagi – 10–12%
✅ TURLARI ✅ Mahalliy: chegaralangan / chegaralanmagan ✅ Tarqalgan: diffuz / umumiy 🕐 Kechishi bo‘yicha: ♾️ Reaktiv – 24 soatgacha ♾️ Toksik – 24–72 soat ♾️ Terminal – 72 soatdan ortiq
⚠️ KLINIK BELGILARI ✅ Qorinda kuchli og‘riq ✅ Qorin devori tarangligi ✅ Quruq, oq qoplangan til ✅ Ko‘ngil aynishi, qayt qilish, chanqash ✅ «Gippokrat yuzi» ✅ Ichak parezi, gaz va najas tutilishi ✅ Tez, yuzaki nafas ✅ «Qaychi» simptomi (harorat-puls tafovuti) ✅ Qonda leykotsitoz
🩻 DIAGNOSTIKASI ⚫️ Noinvaziv: UTT, obzor rentgenografiya ⚫️ Invaziv: laparotsentez, diagnostik laparoskopiya, laparotomiya 📷 Rentgen: Kloyber kosachalari – ichakda gaz va suyuqlik to‘planishi.
✅ DAVOLASH ✅ Shoshilinch jarrohlik amaliyoti (laparotomiya) ✅ Amaliyot oldi tayyorgarlik ✅ Operatsiyadan keyingi davolash
🚨 ASORATLARI: ✅Spetsifik: yara yiringlashi, abssesslar, ichak oqmalari, sepsis. ✅Nospetsifik: pnevmoniya, tromboembolik holatlar, DVS-sindrom, yurak, buyrak, jigar yetishmovchiligi.📌 Xulosa: Peritonit – bu kechiktirib bo‘lmaydigan, hayot uchun xavfli jarrohlik holati. Dastlabki belgilarda shifokorga murojaat qilish hayotni saqlab qoladi! 🩹 📱Manba bilan olinsin! ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ 📎 FOYDALI TIBBIY BLOG: 🌐 @KASALLIKLAR_UZ
❤ 4🔥 2👏 2🤩 1
💥 Qiziqarli va foydali post!
📌 Buyrak va siydik yoʻli toshlari kimyoviy tasnifiga binoan quyidagilarga boʻlinadi:
❇️ Siydik kislotali toshlar (uratlar) — sariq-jigarrangda, konsistensiyasi qattiq, yuzasi tekis yoki mayda donachali ;
✅ Oksalat toshlar — qoramtir-kulrang, deyarli qora rangda, juda qattiq, yuzasi gʻadir-budur "tikanak" bilan qoplangan ;
♻️ Fosfat toshlar (infeksiyalangan) — oq-kulrang boʻlib, yumshoq, yengil maydalanadi, ularning yuzasi gʻadir-budur ;
🔰 Aralash toshlar — yadrosi bir xil tuzlardan, poʻstlogʻi esa boshqa tuzlardan hosil boʻladi ;
✳️ Sistin toshlar — och jigarrangda, juda qattiq, yuzasi tekis boʻladi.
🔥Konservativ davolashda bemorga parhez buyurishda moddalar almashinuvi buzilishining turi eʼtiborga olinadi :
💦 Siydik-tosh kasalligiga olib keluvchi moddalar almashinuvining har qanday shakldagi buzilishini konservativ davolashda sutkalik ichiladigan suv miqdori 2-2,5 litrdan kam boʻlmasligi kerak❗️
📝 Purin almashinuvi buzilganda va urat toshlarida siydik kislota hosil boʻlishiga imkon beruvchi mahsulotlar :
✔️goʻshtli shoʻrva, qovurilgan va dimlangan goʻsht, buyrak, jigar, dukkaklilar, qahva, shokolad, spirtli ichimliklar va achchiq ovqatlar man etiladi.
📑 Oksalat kislota almashinuvi buzilganda organizmga oksalat kislota kirishi cheklanadi:
✔️ salat, ismaloq, shovul man etiladi; kartoshka, sabzi, sut, pishloq, shokolad, qulupnay, achchiq choy va kakao isteʼmol qilish kamaytiriladi.
📋 Fosfaturiyada va fosfat toshlarida siydik ishqoriy boʻladi. Bunday bemorlarga siydikni oksidlashga yordam beruvchi, tarkibida kalsiy kam parhez buyuriladi:
✔️ sut, pishloq, sabzavotlar cheklanib, koʻproq goʻshtli ovqatlar, baliq, xamirli ovqat, oʻsimlik moyi buyuriladi.
📃 Sistin toshlarida sutkalik qabul qilinadigan suyuqlik miqdori 3 litrdan kam boʻlmasligi kerak, sitrat aralashmalari qabul qilinadi.
💊 Medikamentoz davolashda:
🔬 Giperkalsiuriya boʻlganda:
✅ tiazidlar( gidroxlorotiazid) va difosfonatlar( etidron kislota) buyuriladi.
🖇 Urat toshlarida tosh hosil boʻlishining oldini olish uchun:
✅ ksantinoksidaza ingibitorlar( allopurinol), urikuretiklar( benzbromaron), ularni eritish maqsadida esa sitrat aralashmasi( blemaren, urolit U) tavsiya qilinadi.
🍀 Oʻsimlik diureriklari — siydik haydovchi oʻtlar:
☘ archa mevasi, archagul bargi, dala qirqboʻgʻimi oʻti, buyrak choyi bargi, brusnika bargi, koʻk boʻtakoʻz guli va qayin kurtagi;
🧬 Oʻsimliklardan tayyorlangan rasmiy dorilar:
🌿 fitolizin, urolesan, siston, lespenefril, sistenal, avisan keng qoʻllaniladi.
━━━━━━━━━━━━━━
FOYDALI TIBBIY BLOG:
✅ @KASALLIKLAR_UZ
❤ 3
🌟 BUYRAKLAR POLIKISTOZI – yashirin rivojlanadigan irsiy kasallik.
✅ Buyraklar polikistozi – bu buyrak to‘qimasida son-sanoqsiz kistalar hosil bo‘lishi bilan kechadigan irsiy kasallik bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan buyraklarning kattalashishiga va ularning faoliyati susayishiga olib keladi. Ayrim hollarda buyrak yetishmovchiligi rivojlanadi.
🔍 SABABLARI: ✅ Ko‘pchilik hollarda genetik mutatsiyalar bilan bog‘liq: ➡️ Autosom-dominant tur – kattalarda uchraydi (har ~1000 kishidan 1 tasi). ➡️ Autosom-resessiv tur – kam uchraydi va odatda bolalikda og‘ir kechadi.
⚠️ KLINIK BELGILARI: 💘 Kasallik uzoq vaqt hech qanday alomat bermasligi mumkin. Belgilar paydo bo‘lganda esa quyidagilar kuzatiladi: ✔️ Yon yoki bel sohasida og‘riq ✔️ Qonda siydik (gematuriya) ✔️ Qon bosimining oshishi (gipertenziya) ✔️ Qorin bo‘shlig‘ida og‘riq va shish ✔️ Pielonefrit (buyrak yallig‘lanishi) va siydik yo‘llari infeksiyalari ✔️ Miya yoki yurak tomirlarida anevrizmalar xavfi✔️ TASHXIS VA DAVOLASH: 😮 Ultratovush, KT yoki MRT yordamida buyrakdagi kistalar aniqlanadi. 😮 Genetik testlar oilaviy tarix noma’lum yoki noaniq hollarda qo‘llanadi. 🎚 Kasallikni to‘liq davolash hozircha mavjud emas, ammo uning rivojlanishini sekinlashtirish va asoratlarni nazorat qilish mumkin: 🤔 Qon bosimini qat’iy nazorat qilish (ACE ingibitorlari yoki ARB dorilar) 🤔 Infeksiyalarni o‘z vaqtida davolash 🤔 Kuchli og‘riqda – kista tarkibini aspiratsiya qilish 🤔 Buyrak faoliyati butunlay susayganda – dializ yoki transplantatsiya 🤔 Sog‘lom turmush tarzini saqlash, ko‘p suyuqlik ichish va shifokor ko‘rsatmalariga rioya qilish kasallik kechishini yengillashtiradi.
📊 Muhim faktlar: ✅ Har 1000 kishidan taxminan 1 tasi autosom-dominant buyraklar polikistozi bilan tug‘iladi. ✅ Bemorlarning ~50-75% da buyrak yetishmovchiligi rivojlanadi. ✅Ko‘p hollarda yurak va miya tomirlarida anevrizmalar, jigar va oshqozon osti bezida kistalar ham uchraydi.📱Manba bilan olinsin! ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ 📎 FOYDALI TIBBIY BLOG: 🌐 @KASALLIKLAR_UZ
❤ 6👍 2🔥 1🤩 1
Photo unavailableShow in Telegram
📌Displaziya - son suyagi boshchasini tug'ma chiqishi. Ortopedik kasalliklarni 3% tashkil qiladi va asosan qiz bolalarda uchraydi.
Sabablari- chanoq chuqurchasini ya'ni acetabulumni yassilanishi - son suyagi boshchasini yaxshi o'smaganligi - bog'im qopchasi va boylov aparatining kasalligi
Asosiy belgilar1. Sirg'anib chiqish yoki Marks Ortolani belgisi 2. Oyoq kerilishining cheklanishi 3. Son,dumba,tizza osti sohasidagi burmalarning assimetriyasi 4. Oyoqning kaltaligi
Davolash- konservativ va operativ da'vo choralari ko'riladi - Sito va Volkov shinalaridan foydalanamiz ( rasmdagi) - davolovchi batantarbiya mashqlari massaj qilinadi ___________ https://t.me/KASALLIKLAR_UZ ! Biz bilan qo'ling qiziqarli ma'lumotlar hali oldinda 📕
❤ 3👍 2🔥 1🤯 1
Photo unavailableShow in Telegram
📌Displaziya - son suyagi boshchasini tug'ma chiqishi. Ortopedik kasalliklarni 3% tashkil qiladi va asosan qiz bolalarda uchraydi.
Sabablari- chanoq chuqurchasini ya'ni acetabulumni yassilanishi - son suyagi boshchasini yaxshi o'smaganligi - bog'im qopchasi va boylov aparatining kasalligi
Asosiy belgilar1. Sirg'anib chiqish yoki Marks Ortolani belgisi 2. Oyoq kerilishining cheklanishi 3. Son,dumba,tizza osti sohasidagi burmalarning assimetriyasi 4. Oyoqning kaltaligi
Davolash- konservativ va operativ da'vo choralari ko'riladi - Sito va Volkov shinalaridan foydalanamiz ( rasmdagi) - davolovchi batantarbiya mashqlari massaj qilinadi
Repost from TgId: 1649766625
Hammasini ko'rsatish...Guyton and Hall. textbook of medical phsiology.docx3.82 MB
Repost from TgId: 1691722242
Photo unavailableShow in Telegram
Bu kitobni nega olib oʻqishingiz kerak?
✅ Bu kitobda Patologik fiziologiya va Patologik anatomiya bilimlari mujassam
✅ Agar siz bu fanlarni OTM da boshlash arafasida boʻlsangiz
✅ Yoki shu fanlarni ayni vaqtda oʻqiyotgan boʻlsangiz
✅ Sizda bu fanlar oʻtib ketgan, ammo yaxshi o'qiy olmagansiz. Endi yaxshilab oʻqimoqchisiz
✅ Mustaqil yoki doʻstlar bilan birga study qilmoqchi boʻlsangiz
✅ Kelajakda tanlagan sohangizdagi kasalliklarni oʻqishdan oldin fundament qilmoqchi boʻlsangiz
✅ Ingliz tilidagi top manbaalardan foydalanishni xohlaysiz, ammo sizda til baryeri mavjud. Bu kitob ana shunday resurslardan foydalanib tayyorlangan va muhimi - oʻzbek tilida!
✅ Ajoyib dizayn, tushunarli jumlalar, chiroyli rasmlar va koʻp informativ jadvallardan iborat
✅ Videodarslar bazasi - mavzuni chuqur oʻzlashtirishga yordam beradi
🔥Kitobni xarid qilish uchun:
T.me/apexmed_manager
T.me/apexmed_manager
❤ 3
01:04
Video unavailableShow in Telegram
Ovqatdan oldin suv ichish — oddiy, ammo hayotingizni saqlab qoladigan odat
🥤Uyqudan uyg‘ongach miya faoliyatini boshlash uchun tanadan suv talab qiladi. Ovqat hazm jarayoni boshlanishi bilan oshqozonosti bezi ham tanadan suvni oladi. Agar bu jarayon surunkali davom etsa, organizmda qandli diabet va yurak kasalliklari xavfi ortadi.
✅ Shunchaki ovqatdan oldin 1,5 stakan suv iching va sog’lom hayotga ega bo’ling.
━━━━━━━━━━━━━
FOYDALI TIBBIY BLOG:
✅ @KASALLIKLAR_UZ
AQNSpfBHPz3RHqgTQJuFUFIbRf0CD35l3AWmvM6LB_lEt0SReX_J_aifQUyA9rV.mp47.23 MB
❤ 1👍 1
