Edu.uz
Kanalga Telegram’da o‘tish
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali gov.uz/edu instagram.com/eduuzofficial facebook.com/eduuzofficial youtube.com/eduuz devonxona@edu.uz Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy Ishonch raqami: 1006
Ko'proq ko'rsatish2025 yil raqamlarda

131 001
Obunachilar
-18324 soatlar
-1 1687 kunlar
-3 41330 kunlar
Ma'lumot yuklanmoqda...
O'xshash kanallar
Taglar buluti
Ma'lumot yo'q
Muammo bormi? Iltimos, sahifani yangilang yoki bizning qo'llab-quvvatlash boshqaruvchimizga murojaat qiling>.
Kirish va chiqish esdaliklari
---
---
---
---
---
---
Obunachilarni jalb qilish
Dekabr '25
Dekabr '25
+966
13 kanalda
Noyabr '25
+67
13 kanalda
Get PRO
Oktabr '25
+6
12 kanalda
Get PRO
Sentabr '25
+7 138
58 kanalda
Get PRO
Avgust '25
+4 979
31 kanalda
Get PRO
Iyul '25
+11 709
48 kanalda
Get PRO
Iyun '25
+5 285
44 kanalda
Get PRO
May '25
+492
20 kanalda
Get PRO
Aprel '25
+239
13 kanalda
Get PRO
Mart '25
+562
15 kanalda
Get PRO
Fevral '25
+2
7 kanalda
Get PRO
Yanvar '25
+1 352
14 kanalda
Get PRO
Dekabr '24
+12 324
25 kanalda
Get PRO
Noyabr '24
+8 665
45 kanalda
Get PRO
Oktabr '24
+4 066
30 kanalda
Get PRO
Sentabr '24
+6 396
28 kanalda
Get PRO
Avgust '24
+5 271
46 kanalda
Get PRO
Iyul '24
+9 610
39 kanalda
Get PRO
Iyun '24
+11 987
24 kanalda
Get PRO
May '24
+4 179
15 kanalda
Get PRO
Aprel '24
+1 266
21 kanalda
Get PRO
Mart '24
+328
48 kanalda
Get PRO
Fevral '24
+8 474
70 kanalda
Get PRO
Yanvar '24
+2 227
38 kanalda
Get PRO
Dekabr '23
+1 732
40 kanalda
Get PRO
Noyabr '23
+1 293
24 kanalda
Get PRO
Oktabr '23
+31 080
45 kanalda
Get PRO
Sentabr '23
+10 947
56 kanalda
Get PRO
Avgust '23
+946
42 kanalda
Get PRO
Iyul '23
+10 704
93 kanalda
Get PRO
Iyun '23
+112
27 kanalda
Get PRO
May '23
+8 302
34 kanalda
Get PRO
Aprel '23
+26 004
0 kanalda
Get PRO
Mart '23
+4
0 kanalda
Get PRO
Fevral '23
+276
0 kanalda
Get PRO
Yanvar '230
0 kanalda
Get PRO
Dekabr '220
0 kanalda
Get PRO
Noyabr '220
0 kanalda
Get PRO
Oktabr '22
+365
0 kanalda
Get PRO
Sentabr '22
+10 442
0 kanalda
Get PRO
Avgust '22
+10 234
0 kanalda
Get PRO
Iyul '22
+39 122
0 kanalda
Get PRO
Iyun '22
+4 248
0 kanalda
Get PRO
May '22
+26
0 kanalda
Get PRO
Aprel '22
+22 939
0 kanalda
Get PRO
Mart '22
+13 943
0 kanalda
Get PRO
Fevral '22
+4 199
0 kanalda
Get PRO
Yanvar '22
+124 732
0 kanalda
| Sana | Obunachilarni jalb qilish | Esdaliklar | Kanallar | |
| 26 Dekabr | +18 | |||
| 25 Dekabr | 0 | |||
| 24 Dekabr | +1 | |||
| 23 Dekabr | 0 | |||
| 22 Dekabr | 0 | |||
| 21 Dekabr | 0 | |||
| 20 Dekabr | 0 | |||
| 19 Dekabr | +10 | |||
| 18 Dekabr | 0 | |||
| 17 Dekabr | +1 | |||
| 16 Dekabr | +22 | |||
| 15 Dekabr | +11 | |||
| 14 Dekabr | 0 | |||
| 13 Dekabr | +6 | |||
| 12 Dekabr | +7 | |||
| 11 Dekabr | +60 | |||
| 10 Dekabr | +24 | |||
| 09 Dekabr | +2 | |||
| 08 Dekabr | 0 | |||
| 07 Dekabr | +7 | |||
| 06 Dekabr | +223 | |||
| 05 Dekabr | +538 | |||
| 04 Dekabr | +33 | |||
| 03 Dekabr | 0 | |||
| 02 Dekabr | 0 | |||
| 01 Dekabr | +3 |
Kanal postlari
#Kelajakka_qadam #Dastur
“Kelajakka qadam” dasturi doirasidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi
Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan “Kelajakka qadam” dasturi doirasida vazirlik mas’ul xodimlari va tijorat banklari vakillari ishtirokida ishchi guruh uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida bitiruvchilarni korxona va tashkilotlarga amaliyotga yo‘naltirish, amaliyot shartnomalarini belgilangan tartibda rasmiylashtirish hamda amaliyot jarayonlarini moliyalashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shu bilan birga, oliy ta’lim tashkilotlari prorektorlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, unda talabalarning bandlik holati hamda tyutorlar faoliyatining samaradorligi muhokama qilindi. Yig‘ilish davomida “Karyera” hamda “Tyutor HEMIS” axborot tizimlari bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/114337
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
9 047180
| 2 | Jahonda murakkab geosiyosiy va iqtisodiy muammolar tobora avj olib bormoqda. Bunday murakkab vaziyatda barcha davlatlar bilan teng huquqli va konstruktiv munosabatlarni yanada mustahkamlash, mutanosib ochiq tashqi siyosat olib borishga qaratilgan faoliyat davom ettiriladi.
Yaqin qo‘shnilarimiz bilan ko‘p asrlik do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va o‘zaro ishonch ruhidagi aloqalarimizni yanada rivojlantirishga ustuvor ahamiyat qaratiladi.
Bu jarayonda mintaqamiz davlatlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, transport-logistika, energetika, suv, ekologiya, xavfsizlik, madaniyat va ta’lim sohalaridagi hamkorlik yanada chuqurlashtiriladi.
Afg‘oniston bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, uni mintaqadagi iqtisodiy jarayonlarga keng jalb qilish asosiy maqsadlarimizdan biri bo‘lib qoladi.
Facebook|Instagram|X | 1 |
| 3 | Tibbiyot tizimida ham kasbiy ta’limni rivojlantirish uchun Angliyaning “Pirson” kompaniyasi bilan har bir hududdagi bittadan texnikumda xalqaro standart asosida hamshiralar tayyorlash boshlandi.
Endi ana shu texnikumlarga Germaniya, Shveytsariya, AQSH, Yaponiya kabi davlatlarning ta’lim dasturlari ham joriy etiladi.
Shu asosda xalqaro talablarga javob beradigan, xorijiy tillarni biladigan hamshiralar tarkibi shakllantiriladi.
Keng ko‘lamli islohotlar sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish bo‘yicha ham jadal davom ettiriladi.
Tibbiyot muassasalarini yagona yondashuv asosida tashkil etish uchun “master reja” ishlab chiqiladi.
Bundan tashqari, infarkt, insult, onkologik, nefrologik kabi yuqumli bo‘lmagan kasalliklar hamda transplantatsiya, vaksinatsiya, ona-bola salomatligi yo‘nalishlariga 3,5 trillion so‘m ajratiladi. | 18 408 |
| 4 | Iqtisodiyotning ustuvor yo‘nalishlari uchun yuqori intellektual salohiyatga ega kadrlarni tayyorlashga e’tiborni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Jizzax politexnika institutini Vengriyaning nufuzli “Abuda” universiteti boshqaruviga berishga qaror qilindi. O‘zbekistonda “Sukuba” milliy universiteti bilan hamkorlikda aniq fanlar bo‘yicha yangi oliygoh tashkil qilish haqida kelishib olindi.
Bu tajriba davom ettirilib, aniq fanlar va texnika yo‘nalishidagi oliygohlarimizga dunyoning eng nufuzli universitetlari jalb qilinadi.
Yana bir masala – mehnat bozoriga yiliga 300 ming oliy ma’lumotli kadrlar kirib kelmoqda.
Endi oliygoh bitiruvchilari va ish beruvchilar o‘rtasida “ko‘prik” bo‘lib xizmat qiladigan raqamli ekotizim yaratiladi. Unda talabalarning akademik ko‘rsatkichlari va korxonalardagi bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar “onlayn” tarzda ko‘rinib turadi.
Ushbu ekotizim bitiruvchi kurs talabalari uchun o‘ziga mos ish topish, korxonalarga esa malakali kadrlarni jalb qilish imkonini beradi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 35 713 |
| 5 | Texnikum va ish beruvchilar o‘rtasidagi hamkorlik ham yangi bosqichga olib chiqiladi.
Xususan, “dual ta’lim” asosida o‘qitishni samarali tashkil qilgan korxonalarga 7 yil muddatga 5 milliard so‘mgacha imtiyozli kredit ajratiladi. Tadbirkorlik reytingida qo‘shimcha 5 ball beriladi.
Korxonalar ishga olgan texnikum o‘quvchisi uchun 1 foizli ijtimoiy soliq imtiyozi yana uch yilga uzaytiriladi.
Shuningdek, 2026-yildan boshlab texnikumlarda “dual ta’lim” asosida ta’lim olayotgan 100 ming o‘quvchiga ilk bor stipendiya to‘lanadi. “A’lo” baholarga o‘qiyotgan, tanlagan kasbini puxta egallayotgan o‘quvchilarga esa oshirilgan miqdordagi stipendiyalar beriladi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 14 225 |
| 6 | Yaqinda texnikumlarga zamonaviy qiyofa va yangicha muhit olib kirish bo‘yicha besh yillik dastur tasdiqlandi.
“Mening niyatim – yoshlarimiz talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha dunyoda raqobatdosh bo‘lsin, kerak bo‘lsa, boshqalardan bir pog‘ona ustun tursin. Ushbu maqsadga erishish yo‘lida kasbiy ta’limning eng muhim bo‘g‘ini bo‘lgan texnikumlarni yangi sifat bosqichiga olib chiqamiz”,
– dedi Prezidentimiz.
Buning uchun 2026-yildan boshlab har yili kamida 100 tadan texnikum to‘liq ta’mirlanib, texnologik va talab yuqori bo‘lgan kasblarga mos holda jihozlab boriladi.
Germaniya, Shveytsariya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Koreya kabi davlatlarning ilg‘or ta’lim dasturlari joriy qilingan texnikumlar soni 100 taga yetkaziladi.
2026-yilda 7 ta viloyatda, 2027-yilda esa qolgan hududlarda Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi va “Kasblar shaharchasi” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumlari hududdagi boshqa texnikumlar uchun metodik va amaliyot bazasi sifatida faoliyat yuritsa, “Kasblar shaharchasi” maktab o‘quvchilarini qurilish, servis, qishloq xo‘jaligi, sanoat, transport, “yashil” energetika kabi sohalardagi zamonaviy kasblarga yo‘naltirishga xizmat qiladi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 13 420 |
| 7 | Kasblarni rivojlantirish va yangi mehnat bozori arxitekturasini yaratish kelgusi yil uchun dasturning to‘rtinchi ustuvor yo‘nalishidir.
Hozirgi vaqtda yangi texnologiyalar, raqamlashtirish va sun’iy intellekt ta’sirida dunyoda ish o‘rinlarining soni, shakli va mazmuni keskin o‘zgarmoqda.
Yaqin besh yilda mavjud kasblarning 30 foizi to‘liq avtomatlashtiriladi, 50 foizi bo‘yicha esa yangi malakalar talab qilinadi.
“Bu jarayonlar bizni ham chetlab o‘tayotgani yo‘q. Sanoatda avtomatlashgan liniyalar, agrar sohada aqlli texnologiyalar, transportda intellektual boshqaruv kundalik hodisaga aylanib bo‘ldi.
Endilikda mamlakatimiz mehnat bozori mutlaqo yangi arxitektura asosida – kasb, malaka, texnologiya va ta’limni birlashtiradigan yagona mexanizm sifatida ishlashi zarur”,
– dedi Prezidentimiz.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 17 567 |
| 8 | Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasidan eng muhim iqtiboslar
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 3 174 |
| 9 | “Biz 2030-yilga borib, IT xizmatlar eksportini 5 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha katta marra olganmiz”,
– dedi Prezidentimiz.
Kelgusi yilda Toshkent shahri, Buxoro, Farg‘ona va Toshkent viloyatida 4 ta data-markaz, 2 ta super kompyuter va 15 ta oliygohda sun’iy intellekt laboratoriyasi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Bu tibbiyot, transport, qishloq xo‘jaligi, geologiya, bank-moliya, jamoat xavfsizligi kabi muhim sohalarda 100 dan ortiq sun’iy intellekt loyihalarini amalga oshirishga xizmat qiladi.
Bugun minglab iqtidorli yoshlarimiz IT va sun’iy intellekt bo‘yicha izlanish olib bormoqda. Ularning kvant, dron, robototexnika kabi yo‘nalishlardagi konstruktorlik loyihalarini amaliyotga tatbiq qilish uchun “Raqamli texnologiyalar markazi” tashkil etiladi.
“Bugun sizlarga yana bir muhim yangilikni aytmoqchiman. Mustaqil O‘zbekiston tarixida ilk bor kosmik sohada sun’iy yo‘ldosh va mamlakatimiz fuqarosi bo‘lgan birinchi o‘zbek kosmonavtini fazoga uchirish bo‘yicha ishlarni boshladik.
Bu Yangi O‘zbekistonning ilmiy va texnologik rivojlanishiga, umuman, milliy taraqqiyotimizni yangi bosqichga olib chiqishga katta turtki beradi deb ishonaman”,
– dedi Prezidentimiz.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 18 324 |
| 10 | Keyingi yildan “Raqamli startaplar” dasturi kengaytirilib, startap g‘oyasidan to eksportgacha ko‘maklashadigan yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi.
Bu jarayonda xususiy startap markazlarini tashkil etish uchun Yoshlar jamg‘armasidan besh yil muddatga 5 milliard so‘mgacha foizsiz ssuda beriladi.
Bundan tashqari, Markaziy bankda Fintex ofisi va Innovatsion xab tashkil etilib, unga Singapurdan mutaxassislar jalb qilinadi. Natijada yiliga 15-20 ta fintex startapni tashqi bozorga olib chiqish, ularga jami 1 milliard dollar investitsiya jalb qilish imkoniyati yaratiladi.
Umuman, venchur fondlar, startaplar, fintex kabi yangi moliyaviy instrumentlar bozorini rivojlantirish, mazkur sohadagi barcha ishtirokchilar huquqlarini qonun bilan kafolatlab qo‘yish zarurligi ta’kidlandi.
Prezidentimiz parlamentni Hukumat bilan birgalikda “Muqobil investitsiya jamg‘armalari to‘g‘risida”gi qonunni ishlab chiqishga chaqirdi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 15 124 |
| 11 | Akkreditatsiya, metrologiya va standartlashtirish sohalaridagi islohotlar natijasida O‘zbekiston “Global sifat infrastrukturasi” indeksida so‘nggi ikki yilda 15 pog‘ona yuqorilab, 52-o‘ringa ko‘tarildi.
“Bu albatta yaxshi! Shu bilan birga, mahsulotlarimiz raqobatdoshligini yanada oshirish uchun texnik tartibga solish sohasini yangi bosqichga olib chiqamiz. Buning uchun “Davlat nazorati” tizimidan xalqaro tajribada yuqori samara bergan “Bozor nazorati” tizimiga o‘tamiz”,
– dedi Prezidentimiz.
Innovatsiya asosida yuqori texnologik mahsulot ishlab chiqarayotgan korxonalar rag‘batlantiriladi. Korxona mutaxassislarining ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik ishlanmalaridan olgan daromadi soliqdan ozod qilinadi.
Ana shunday islohotlar orqali kelgusi besh yilda sanoatda mehnat unumdorligi 30 ming dollarga yetkaziladi, 1 ming dollarlik qo‘shilgan qiymat yaratishga ketadigan energiya sarfi 1,5 barobar kamaytiriladi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 12 722 |
| 12 | Akkreditatsiya, metrologiya va standartlashtirish sohalaridagi islohotlar natijasida O‘zbekiston “Global sifat infrastrukturasi” indeksida so‘nggi ikki yilda 15 pog‘ona yuqorilab, 52-o‘ringa ko‘tarildi.
“Bu albatta yaxshi! Shu bilan birga, mahsulotlarimiz raqobatdoshligini yanada oshirish uchun texnik tartibga solish sohasini yangi bosqichga olib chiqamiz. Buning uchun “Davlat nazorati” tizimidan xalqaro tajribada yuqori samara bergan “Bozor nazorati” tizimiga o‘tamiz”,
– dedi Prezidentimiz.
Innovatsiya asosida yuqori texnologik mahsulot ishlab chiqarayotgan korxonalar rag‘batlantiriladi. Korxona mutaxassislarining ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik ishlanmalaridan olgan daromadi soliqdan ozod qilinadi.
Ana shunday islohotlar orqali kelgusi besh yilda sanoatda mehnat unumdorligi 30 ming dollarga yetkaziladi, 1 ming dollarlik qo‘shilgan qiymat yaratishga ketadigan energiya sarfi 1,5 barobar kamaytiriladi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 1 |
| 13 | Kelgusi yilda iqtisodiyotda 6,6 foiz o‘sishni ta’minlab, yalpi ichki mahsulotni 167 milliard dollarga yetkazish prognoz qilinmoqda.
Agar mehnat unumdorligi, energiya samaradorligi va tannarx bo‘yicha qattiq ishlansa, bu ko‘rsatkichni yanada oshirish uchun barcha imkoniyatlar bor. Shu bois, sanoatda “Unumdorlik va samaradorlikni ikki karra oshirish” dasturi boshlanadi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan mehnat unumdorligi va energiya samaradorligi bo‘yicha alohida loyiha amalga oshiriladi.
Ushbu loyihaga xalqaro moliya institutlaridan 200 million dollar kredit va grant jalb qilinib, sanoat korxonalari uchun xorijdan yuqori malakali texnolog va muhandislar olib kelinadi, biznes jarayonlari raqamlashtiriladi, energiya va boshqa xarajatlarni qisqartirish bo‘yicha auditlar o‘tkaziladi, ilg‘or texnologiyalar transfer qilinadi.
Bu borada “To‘rtinchi sanoat inqilobi markazi” tashkil qilinadi. Markaz negizida robototexnika, “buyumlar interneti”, “aqlli fabrika” kabi “Industriya 4.0” yechimlarini sanoat korxonalarida joriy etish uchun “tartibga solish mexanizmi” yaratiladi.
Bunda korxonalar yangi texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilishdan oldin ularni sinovdan o‘tkazish imkoniga ega bo‘ladi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 15 184 |
| 14 | Ikkinchi ustuvor yo‘nalish – iqtisodiyotni texnologik va innovatsion o‘sish modeliga o‘tkazish.
“Jahon miqyosida raqobat tobora kuchayib borayotgan hozirgi sharoitda faqat yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulot ishlab chiqaradigan davlatlargina dunyo bozorida o‘z o‘rniga ega bo‘lmoqda.
Shuning uchun iqtisodiyotning barcha sohalarida yuqori samaradorlikka erishish kelgusida islohotlarimizning bosh mezoni bo‘lishi shart”,
– dedi Prezidentimiz.
Masalan, sanoatda yuqori texnologik va kam energiya iste’mol qiladigan tarmoqlar rivojlantirilgani hisobiga joriy yilda 1 dollar mahsulot uchun sarflanadigan yoqilg‘i-energiya miqdorini 13 foizga kamaytirishga erishildi.
Shu bois, 2030-yilga qadar yalpi ichki mahsulot hajmini 240 milliard dollardan oshirish uchun eng to‘g‘ri yo‘l – barcha sohalarni texnologik va innovatsion o‘sish modeliga o‘tkazish ekani ta’kidlandi.
Bu kelgusi yillarda iqtisodiy taraqqiyot strategiyasining asosiy yo‘nalishi bo‘lishi belgilandi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 14 908 |
| 15 | “Asosiy maqsadimiz odamlarimizni doimiy daromadli qilishdan iborat. Puli bor odam yaxshi kiyinish va ovqatlanishga, sifatli ta’lim va malakali tibbiy xizmatdan foydalanishga, mazmunli dam olishga, bir so‘z bilan aytganda, farovon yashashga intiladi”,
– dedi Prezidentimiz.
Bu jarayonda tadbirkorlar hal qiluvchi kuch sifatida eng oldingi safda turib, sanoat va servis obyektlarini tashkil qilib, doimiy ish o‘rni yaratishda, aholi, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarni kasbga o‘rgatib, mahallalarning o‘zida ishli va daromadli qilishda alohida jonbozlik ko‘rsatayotgani ta’kidlandi.
Shuning uchun tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha siyosat davom ettirilib, 2026-yilda asosiy soliq stavkalari o‘zgarishsiz qoldiriladi, tadbirkorlik infratuzilmasi loyihalariga 10 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ ajratiladi.
Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish uchun 140 trillion so‘m resurs beriladi. Shundan 43 trillion so‘mi xotin-qizlar va yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 14 953 |
| 16 | Yangi yilning nomida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish uchun alohida davlat dasturi qabul qilinadi.
Ushbu dasturda yurtimizdagi 9 mingdan ziyod mahallani, avvalo, mehr-oqibat, hamjihatlik, adolat va tarbiya maskaniga aylantirish kabi dolzarb masalalar o‘z ifodasini topadi.
“Biz Yangi O‘zbekistonni barpo etishda hal qiluvchi bosqichga qadam qo‘ymoqdamiz. Bu yo‘ldagi ishlarimiz har bir soha va tarmoqda chuqur transformatsiyani talab qiladi.
Maqsadimiz aniq: yaqin yillarda daromadi o‘rtadan yuqori mamlakatlar qatoriga kirish.
Farg‘ona vodiysidan Orolbo‘yigacha, Zarafshon vohasidan Qashqadaryo va Surxondaryogacha, Toshkentdan tortib, Jizzax va Sirdaryogacha – yurtimizning qaysi hududida yashamasin, har bir fuqaromiz bugundan boshlab islohotlar natijasini kundalik hayotida yanada ko‘proq his qilishi kerak.
Shuning uchun, kirib kelayotgan 2026-yil davlat boshqaruvi, sud-huquq tizimi, iqtisodiyot tarmoqlari, ta’lim, ilm-fan, tibbiyot, madaniyat, sport, ekologiya tizimini – barcha-barcha sohalarni rivojlantirishda tub burilish yili bo‘ladi”,
– dedi Prezidentimiz.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 16 587 |
| 17 | “Tarix davomida qanday og‘ir sinovlarga duch kelmaylik, biz avvalo birdamlikdan kuch oldik. Mashaqqatli kunlarda odamlarimiz, mahalla ahli yelkadosh bo‘lib qiyinchiliklarni yenggan. Oila – oilaga, qo‘shni – qo‘shniga ko‘mak berib yashagan. Biz mana shunday o‘ta noyob qadriyatimizga doimo sodiq qolishimiz, yosh avlodimizni ayni shu ruhda tarbiyalashimiz kerak.
Bugungi kunda jamiyatimizda turli xil fikr va qarashlar bo‘lishi tabiiy. Bu – demokratiyaning birlamchi talabi.
Ammo millati, tili va dinidan qat’i nazar, 38 millionli el-yurtimizni birlashtiradigan ulug‘ bir g‘oya bor. U ham bo‘lsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir.
Mana shunday buyuk maqsadga erishishda mahalla tizimining o‘rni va ta’siri beqiyos. Chunki mahalla tinch va ahil bo‘lsa, jamiyatimiz tinch va hamjihat bo‘ladi. Mahalla rivojlansa, butun mamlakatimiz yuksaladi”,
– dedi Prezidentimiz.
Shularning barchasini hisobga olib, Prezidentimiz 2026-yilni yurtimizda “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”, deb e’lon qilishni taklif qildi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 33 380 |
| 18 | Bundan ikki yil oldin “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida yalpi ichki mahsulot hajmini 2030-yilgacha 160 milliard dollarga yetkazish belgilangan edi.
“Ko‘rib turibsizlar, mavjud salohiyatimiz, bugungi islohotlarimiz, tadbirkorlarimizning faolligi, xorijiy sheriklarimiz bilan hamkorligimiz o‘sib borayotgani hisobiga ushbu marraga 2026-yilning o‘zida bemalol erisha olamiz”,
– dedi Prezidentimiz.
Hozirgi global iqtisodiyotda raqobatga chidamli bo‘lish uchun malakali kasb egalari va mutaxassislar, zamonaviy texnologiyalar hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini unutmaslik lozim.
Yuqori qo‘shilgan qiymat yaratadigan sohalarni rivojlantirish, katta daromad keltiradigan servislarni ko‘paytirish, bioinjeneriyadan keng foydalanish, ilg‘or agrotexnika va suv tejaydigan usullarni faol qo‘llash, “yashil” energetika, chiqindisiz ishlab chiqarishga o‘tish, ta’lim va tibbiyotda ilg‘or xorijiy tajribalarni keng joriy etish uchun yangi texnologiyalarni olib kirsak, kadrlarni ilm-fan va innovatsiyalarga asoslangan zamonaviy kasblarga tayyorlasak, kelgusi besh yilda iqtisodiyotimiz hajmini 240 milliard dollardan oshirishga barcha imkoniyatlar borligi ta’kidlandi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 15 975 |
| 19 | Iste’dodli o‘g‘il-qizlarimiz ta’lim, ilm-fan, madaniyat, san’at, sport va boshqa sohalarda erishayotgan katta yutuqlari bilan ham Yangi O‘zbekistonimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shayotgani ta’kidlandi.
O‘quvchi va talabalarimiz joriy yilda xalqaro fan olimpiadalarida 51 ta oltin, 101 ta kumush, 126 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, o‘z bilim va salohiyatini butun dunyoga namoyish qildi.
Ma’lumki, O‘zbekiston kelgusi yili 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga, 2027-yilda 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatiga, 2029-yilda esa Yoshlar Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qiladi.
Shu bilan birga, 2026-yilda yurtimizda ilk bor maktab o‘quvchilari o‘rtasida nufuzli xalqaro kimyo va informatika olimpiadalari, Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar talabalari o‘rtasida muhandislik yo‘nalishlarida, Turkiy davlatlar texnikum o‘quvchilari o‘rtasida kasb yo‘nalishlarida xalqaro olimpiada o‘tkaziladi.
Bunday nufuzli tadbirlar Vatanimizni rivojlangan sport va ilm-fan mamlakatiga aylantirish, uning obro‘-e’tiborini yuksaltirishga xizmat qiladi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 36 517 |
| 20 | O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori va nufuzi, xalqaro reytinglardagi o‘rni tobora mustahkamlanib bormoqda.
Xususan, yetakchi xalqaro reyting agentliklari mamlakatimizning suveren reytingini “BB-”dan “BB” pog‘onasiga ko‘tardi.
“Bu gaplar ko‘pchilikka oddiy bir fakt bo‘lib tuyulishi mumkin. Lekin iqtisodchilar, investor va bankirlar gap naqadar katta natijalar haqida borayotganini juda yaxshi tushunib turibdi.
Birgina ana shu o‘zgarish tufayli chetdan jalb qilinadigan resurslarning foiz stavkasi 1-1,5 punktga pasayib, tashqi qarz xarajati yiliga 250-300 million dollarga kamayadi”,
– dedi Prezidentimiz.
Shuningdek, Jahon banki e’lon qilib boradigan Davlatlarning texnologik yetuklik indeksida O‘zbekiston 71 pog‘ona yuqori ko‘tarilib, dunyoning TOP-10 ta mamlakati qatoridan joy oldi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 38 496 |
