Xushnudbek.uz
Kanalga Telegram’da o‘tish
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz! O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz •instagram.com/xushnudbek •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •x.com/xushnudbeck •tiktok.com/@xushnudbekofficial Reklama uchun: @xushnudbekreklama
Ko'proq ko'rsatish2025 yil raqamlarda

629 301
Obunachilar
-14624 soatlar
+6 5987 kunlar
-7 21130 kunlar
Postlar arxiv
Photo unavailableShow in Telegram
🇺🇿🇵🇾Paragvay prezidenti Santyago Penya 11-13-dekabr kunlari rasmiy tashrif bilan O’zbekistonda bo’ladi
Tashrif dasturidan ikki mamlakat oʻrtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy va gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish o’rin olgan.
Paragvay yetakchisi, shuningdek, Xalqaro avtomobil federatsiyasi Bosh assambleyasida va federatsiya shafeligida oʻtkaziladigan musobaqalar gʻoliblarini taqdirlash marosimida ishtirok etadi.
👉 @xushnudbek 👈
❗️O’zbekistonda 2026-yil 1-apreldan boshlab uy-joy va avtomobil oldi-sotdisini naqd pulda amalga oshirish to’xtatiladi
Bu bo’yicha Prezident farmoni qabul qilindi.
Unga ko’ra, 2026-yil 1-apreldan quyidagilar uchun to‘lovlar faqatgina bank kartalari yoki elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshiriladi:
▪️davlat organlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar;
▪️elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvidan foydalanganlik uchun to‘lovlar;
▪️alkogol va tamaki mahsulotlari;
▪️transportlarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari orqali aholiga neft-gaz mahsulotlarini sotish va elektrda harakatlanadigan transportlarni zaryadlash bo‘yicha xizmatlar;
▪️qiymati 25 mln so‘mdan oshadigan tovar va xizmatlar;
▪️ko‘chmas mulk obyektlari, ishlab chiqarilganiga 10 yildan oshmagan M, N, O va G toifaga kiruvchi transportlar hamda maxsus avtotransport vositalarini sotish va sotib olish.
👉 @xushnudbek 👈
Photo unavailableShow in Telegram
Uzchess Pro uchun 25% chegirma e’lon qilindi
Freestyle Chess Grand Slam Final turnirida Javohir Sindarov bugun jahonning 1-raqamli shaxmatchisi Magnus Karlsenga qarshi yarim final bahsiga chiqadi.
Saralash bosqichida Sindarov Karlsenni mag‘lub etgan edi — hozirgi uchrashuv esa final yo‘llanmasi uchun hal qiluvchi duel bo‘ladi. Agar Javohir bugun ham g‘alaba qozonsa, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi!
📺 Uchrashuv Uzchess’ning rasmiy YouTube kanalida jonli efirda namoyish etiladi: https://www.youtube.com/@uzchesss
Uzchess Pro’ni hozir 25% chegirma bilan olish mumkin. Buning uchun SHAXMAT promokodini kiriting.
Ta’lim granti doirasida ijtimoiy reklama.
👉 @xushnudbek 👈
O‘zbekiston Notarial palatasi raisi Dilshod Ashurov Xalqaro notariuslar ittifoqi Boshqaruv qo’mitasi a’zoligiga saylandi
U Osiyo ishlar komissiyasining navbatdan tashqari yig‘ilishida Osiyo mintaqasidan yagona vakil sifatida saylangan.
👉 @xushnudbek 👈
Photo unavailableShow in Telegram
Norqobilov Bahromjon Turayevich Toshkent viloyati Ohangaron tumani hokimi etib tayinlandi.
Bunga qadar u Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi edi.
👉 @xushnudbek 👈
Photo unavailableShow in Telegram
Yandex Uzbekistan Allplay servisini sotib oldi
Yandex Uzbekistan Allplay onlayn-kinoteatrini sotib olganini e’lon qildi. Sotib olish bo‘yicha kelishuv O‘zbekiston Respublikasi Raqobat qo‘mitasi tomonidan ma’qullangan.
Endilikda Allplay Yandex Plus ekotizimiga qo‘shiladi. Servis foydalanuvchilari esa filmlar bilan birga musiqa, kitoblar, sport translyatsiyalari va boshqa qo‘shimcha xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
👉 @xushnudbek 👈
Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzurida Agrar sohada toʻlovlar agentligi tashkil etildi
Prezident huzurida o’tkazilgan taqdimotda mazkur agentlikka yuklatilgan vazifalar ijrosi qanday tashkil etilishi ko’rib chiqildi.
Shuningdek, taqdimotdan quyidagi masalalar o’rin oldi:
➖ Kelgusi yilda paxta va gʻalla hosili, subsidiya va boshqa xarajatlarga jami 34,2 trillion soʻm ajratish rejalashtirilgan, qoʻshimcha 200 million dollar mablagʻ jalb qilib, 800 ta paxta terish mashinasi xarid qilinadi;
➖ 2026-yilda agrotexnik tadbirlar, shu jumladan, plyonka va egiluvchan quvurlar uchun qoʻshimcha 5 trillion soʻm ajratish taklif qilindi;
➖ Bundan tashqari, oʻz mablagʻi hisobidan bugʻdoy yetishtirgan fermerlarga uning qiymatining 10 foizi miqdorida subsidiya ajratish tashabbusi bildirildi.
👉 @xushnudbek 👈
Photo unavailableShow in Telegram
Prezident qarori bilan Baxromjon Turayevich Norqobilov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod etildi.
👉 @xushnudbek 👈
Photo unavailableShow in Telegram
Umrzaqov Ilyosbek Urinboy o‘g‘li Andijon viloyati Marhamat tumani hokimi etib tayinlandi.
Bunga qadar u viloyat hokimligi axborot-tahlil guruhi rahbari edi.
👉 @xushnudbek 👈
🔁 O‘zbekistonda 33 ta tuman (shahar)da hokimlar va ularning o‘rinbosarlari rotatsiya qilinadi
Bu bo‘yicha Prezident farmoni qabul qilindi.
Unga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi tuman (shahar)” maqomida bo‘lgan 33 ta tuman (shahar)da faoliyat yurituvchi davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi. Bunda:
🔹 respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining tuman (shahar) bo‘linma rahbari hamda tuman (shahar) hokimi va uning o‘rinbosarlari har 5 yilda, qoida tariqasida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahri doirasida boshqa tuman (shahar)ga rotatsiya qilinadi;
🔹 rotatsiya qilinadigan rahbarlar Boshqaruv samaradorligi agentligining “hrm.gov.uz” elektron platformasi orqali aniqlanadi;
🔹 rahbar yangi hududga o‘tishdan oldin hududning iqtisodiy va ijtimoiy holati bo‘yicha intensiv kursda o‘qitiladi;
🔹 rotatsiya qilingan rahbar faoliyati agentlik tomonidan elektron platforma orqali onlayn tarzda monitoring qilinadi.
👉 @xushnudbek 👈
Photo unavailableShow in Telegram
Taniqli pulmonolog olim, akademik Abdulla Ubaydullayev 91 yoshida vafot etdi.
Inna lillahi va inna ilayhi roji’un.
👉 @xushnudbek 👈
Jahongir Sindorov Freestyle Chess Grand Slam Final turnirining birinchi saralash bosqichini 1-o'rinda yakunladi. Endi ertaga olimpiya tizimidagi (yutqazgan chiqib ketadi) asosiy bahslar chorak finaldan boshlanadi.
Saralash bahslarida 1-3-o'rinni egallagan shaxmatchilar o'ziga raqib tanlash huquqiga ega bo'ladi. Javohir birinchi bo'lib raqib tanlaydi. Katta ehtimol bilan, bugun barcha bahsda yutqazgan Parham Maqsudluni tanlasa kerak.
👉 @xushnudbek 👈
00:40
Video unavailableShow in Telegram
Javohir Sindarov jahonning 1-raqamli shaxmatchisi Magnus Karlsenni mag’lub etdi.
Janubiy Afrika Respublikasida bo’lib o’tayotgan Freestyle Chess Grand Slam Final nufuzli turnirining 1-turida oq donalarda Magnus Karlsen ustidan g’alaba qozondi.
E’tiborli tomoni, bugun Javohirning tug’ilgan kuni. Jahon kubogining eng yosh sohibi bo’lgan hamyurtimiz 2005-yil 8-dekabrda tavallud topgan, bugun u 20 yoshni qarshi oldi.
👉 @xushnudbek 👈
9_G8nrvtcV7h6GyI.mp45.02 MB
#56 KARIM BAHRIYEV – ISLOM KARIMOV, SENZURA, “HURRIYAT” VA ZAPRETLAR HAQIDA. Lolazor podcast
📹 https://youtu.be/CxlUQuoAcXw
Lolazor podkastining navbatdagi sonida taniqli jurnalist, yozuvchi va sobiq deputat Karim Bahriyev mehmon bo‘ldi. Biz u bilan Islom Karimov shaxsiyati, uning faoliyati, senzuralar va senzorlar, “Hurriyat” gazetasi tarixi, matbuot, adabiyot, taqiqlar va boshqa qiziqarli mavzularda suhbatlashdik.
Mundarija:
00:00 – Tizer
01:44 – Boshladik
06:40 – “Hurriyat” qanday ochilgandi?
19:21 – Oxirgi tomchi – senzorlar haqida
32:10 – Birinchi matbuot qonuni
40:19 – “Men nega Shavkat Mirziyoyevga ovoz beraman?”
50:01 – Fuqarolik jurnalistikasi
53:24 – Karimov bilan qayta uchrashuv
59:12 – Karim Bahriyevga Gulnora Karimovaga uylanish taklif qilinganmidi?
1:03:54 – “So‘z erkinligi haqida so‘z” va yig‘ilish
1:07:58 – Mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilinishi
1:18:26 – To‘y kuni chiqqan maqola va yig‘ilish
1:22:30 – Prezident bilan safarlardan xotiralar
1:34:30 – Qora ro‘yxat haqida
1:45:46 – Karimov qanday davlat qurmoqchi bo‘lgan?
1:51:43 – Oliy Kengashining VII sessiyasi
1:58:20 – Adabiyot. Karim Bahriyev kitoblari
2:04:58 – Bir palatali parlament
2:08:49 – So‘z erkinligi va texnologiyalar
2:19:33– Tugatamiz, xayr!
🎧 Podkastni tinglash uchun:
📱 Apple Podcasts
📱 Yandex
📱 Spotify
👉 @xushnudbek 👈
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi muborak!
Doimgi tilagim, Konstitutsiyamiz hech qachon bir parcha qog’ozga aylanib qolmasin, u hamisha ishlaydigan mexanizm, huquqiy institut bo’lsin!
👉 @xushnudbek 👈
02:12
Video unavailableShow in Telegram
❗️Narkokuryerlik bilan shug’ullangan 2 nafar talaba ushlandi: ular universitet yotoqxonasidan taqiqlangan moddalar uchun “ombor” sifatida foydalangan
“Xavfsiz va sogʻlom yurt” profilaktik tadbiri doirasida Toshkent shahri Yashnobod tumanida 2 nafar 1-bosqich talabasining yonidan 120 gr “Alfa PVP” sintetik giyohvandlik moddasi topildi.
Tezkor tadbir davom ettirilib, 2007-yilda tugʻilgan talabaning vaqtincha yashab kelayotgan universiteti yotoqxonasi koʻzdan kechirilganda, 400 gr “Alfa PVP” borligi aniqlandi.
Maʼlum boʻlishicha, ular sintetik giyohvand moddalarini tanishi tashlab bergan geolokatsiyalardan olib, universitet yotoqxonasida dozalarga qadoqlab, aytilgan manzillarga yuborgan.
Tezkor tadbirlar natijasida bir marotabalik 2 ming 600 ta dozaga teng boʻlgan jami 520 gr sintetik giyohvand moddalar noqonuniy muomalasining oldi olindi.
Mazkur holat yuzasidan ushbu talabalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismiga koʻra 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazo chorasi qoʻllanildi.
👉 @xushnudbek 👈
IMG_0979.MP426.28 MB
❗️Konstitutsiya kuni munosabati bilan jazo muddatini o’tayotgan 615 nafar shaxs afv etildi
Bu bo’yicha Prezident farmoni qabul qilindi.
Unga ko’ra, afv etilgan shaxslarning 220 nafari asosiy jazodan to‘liq ozod etildi, 123 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 97 nafarining ozodlikdan mahrum etish jazosi yengilroq jazo bilan almashtirildi. Shuningdek, 175 nafar shaxslarga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartirildi.
Afv etilganlarning 9 nafarini chet el fuqarolari, 29 nafarini ayol, 23 nafarini 60 yoshdan oshgan erkaklar, 264 nafarini yoshlar (shulardan, 2 nafari voyaga yetmaganlar) hamda 9 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.
👉 @xushnudbek 👈
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️O‘zbekiston terma jamoasi 1-o‘yinni Meksikada, 2 va 3-o‘yinni AQSHda o‘ynaydi
👉 @xushnudbek 👈
00:46
Video unavailableShow in Telegram
🥰 “Milliy” telekanalida “Zakovat” teleo‘yini qishki mavsumning ikkinchi o‘yini boshlandi.
🤵🏻♂️ Mavsumning ikkinchi o‘yinida Xudoberdi Ergashev jamoasi ishtirok etadi!
Ko‘rsatuv homiysi - 🏦 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki.
👉 @xushnudbek 👈
anons_zakovat_bugun_06.12.2025.mp459.51 MB
