Xushnudbek.uz
Kanalga Telegram’da o‘tish
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz! O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz •instagram.com/xushnudbek •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •x.com/xushnudbeck •tiktok.com/@xushnudbekofficial Reklama uchun: @xushnudbekreklama
Ko'proq ko'rsatish2025 yil raqamlarda

629 021
Obunachilar
-46724 soatlar
+6 5897 kunlar
-7 67630 kunlar
Postlar arxiv
❗️Denov tumani hokimi I.Abrorov, uning birinchi o‘rinbosari Sh.To‘raqulov, Chiroqchi tumani hokimi F.Yusupov, uning birinchi o‘rinbosari Z.Ergashev ishdan olindi.
Bu haqda ayni vaqtda Prezident rahbarligida bo‘lib o‘tayotgan videoselektorda ma’lum qilindi.
Sabablari: Denov tumani hokimligi ishlarni o‘z holiga tashlab qo‘ygan, kambag‘al oilalar reyestriga kirganidan buyon 1200 ta oila daromadida o‘zgarish bo‘lmagan.
Chiroqchi tumaniga joriy yil mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish uchun kreditga 309 milliard so‘m resurs berilgan. Lekin tuman hokimligi shuncha resursi bilan ham odamlarga imkoniyatiga yarasha tayyor loyiha bermagan.
👉 @xushnudbek 👈
Photo unavailableShow in Telegram
Abduhakimov Aziz Abdukaxarovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ekologiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi – Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri lavozimidan ozod etildi.
👉 @xushnudbek 👈
Keshbek pullarini daraxt ekishga yo‘naltirish imkoni bo‘ladi
Soliq qo‘mitasi Ekologiya qo‘mitasi bilan birgalikda “Soliq” mobil ilovasi orqali jismoniy shaxslarga xarid summasining va respublika hududlari bo‘ylab ichki sayohatlarni amalga oshirganlik uchun xarajatlarning respublika budjetidan qaytariladigan qismini ixtiyoriy ravishda daraxt ko‘chatlarini ekishga yo‘naltirish imkoniyatini yaratadi.
Ma’lumot uchun: bu to‘liq ixtiyoriylik asosida bo‘ladi, kim keshbek pullarini o‘tkazishni xohlasa, yo‘naltirishi mumkin bo‘ladi, kim pul shaklida olmoqchi bo‘lsa, olaveradi.
👉 @xushnudbek 👈
Bundan buyon ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik talablariga rioya qilishni istisno qilish yoki rioya etmasdan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish, shu jumladan, davlat ekologik ekspertizasi xulosasini berish, daraxt va butalarni kesish va ko‘chirishni nazarda tutuvchi Hukumatning qaror, farmoyish, bayonnoma va yozma topshiriqlarini hamda idoraviy hujjatlar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining hujjatlarini qabul qilish qat’iy taqiqlanadi.
👉 @xushnudbek 👈
Ekopolitsiya xodimlariga jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni (elektroshok qurilmalarini) va xizmat qurolini (rezina o‘qli, to‘r otuvchi) qo‘llash huquqi beriladi hamda ularning maxsus kiyimiga bodi kameralar o‘rnatiladi.
👉 @xushnudbek 👈
Ekologiya qo‘mitasining joriy faoliyatiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ekologiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi – Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi rahbarlik qiladi.
Ekologiya qo‘mitasi raisining 4 nafar o‘rinbosari Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi, maqomi, mehnatga haq to‘lash, tibbiy xizmat va transport ta’minoti sharoitlari bo‘yicha tegishli ravishda Prezident maslahatchisi o‘rinbosarlariga tenglashtiriladi.
Ekologiya qo‘mitasining mansabdor shaxslari uchun avvalgi ish joyida berilgan uzoq muddatli xizmatlari, harbiy va maxsus unvonlar (martaba darajalari, malaka darajalari, diplomatik darajalar va boshqalar) uchun ustama va qo‘shimcha to‘lovlar saqlanib qoladi.
Ekologiya qo‘mitasida ishlangan davr harbiy va maxsus unvonlarni berish uchun zarur bo‘lgan ish stajiga qo‘shiladi.
👉 @xushnudbek 👈
Ekopolitsiya tuziladi
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasining Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi (Ekopolitsiya) tashkil etiladi.
Ekologiya qo‘mitasi raisi bir vaqtning o‘zida Ekopolitsiya boshlig‘i hisoblanadi. Ekopolitsiya boshlig‘ining o‘rinbosari bir vaqtning o‘zida Ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari hisoblanadi va Ekopolitsiyaning tezkor shtabiga rahbarlik qiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri prokuraturalariga ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va o‘rmon xo‘jaligi sohasidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat yo‘nalishida ajratilgan 40 ta shtat birligi Ekopolitsiyaga o‘tkaziladi.
👉 @xushnudbek 👈
Prezident Administratsiyasi tashkiliy tuzilmasida 2 ta shtat birligidan iborat Prezidentning ekologiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmasi tashkil etiladi;
O‘rmon va yashil hududlarni ko‘paytirish, cho‘llanishga qarshi kurashish agentligi, Gidrometeorologiya xizmati agentligi hamda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi o‘z faoliyatini Ekologiya milliy qo‘mitasi huzurida davom ettiradi.
👉 @xushnudbek 👈
❗️Ekologiya vazirligi Hukumat tarkibidan chiqariladi, Turizm qo‘mitasi esa alohida bo‘ladi
Prezident farmoniga ko‘ra, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Vazirlar Mahkamasi tizimidan chiqarilib, uning negizida amaldagi shtat birliklari saqlangan holda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tashkil etiladi.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi sifatida qayta tashkil etiladi.
👉 @xushnudbek 👈
❗️Jinoyat kodeksiga noqonuniy migratsiyani tashkil etish va ko’maklashish uchun javobgarlik kiritilishi mumkin
Bu haqda bugun, 18-noyabr kuni Prezident huzurida o’tkazilgan taqdimotda ma’lum qilindi.
Unga ko’ra, quyidagilar ko’zda tutilgan:
➖ Mehnat migrantlarining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida xalqaro aeroportlarda interaktiv migratsiya infokiosklarini o‘rnatish;
➖Litsenziyasiz faoliyatni amalga oshirgan konsalting tashkilotlari uchun jarima miqdorini oshirish;
➖ Xorijiy davlatlarda migratsiya bo‘yicha attashe va Mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonalarini ko‘paytirish, mamlakatimiz hududlarida esa viza markazlarining ko‘chma ofislarini ochish;
➖ Migratsiya agentligida fuqarolarga tun-u kun tezkor yordam beradigan situatsion markaz tashkil etish;
➖ Shuningdek, Toshkent shahri Uchtepa tumanida “Xorijga ishga tayyorlash markazi”, Termiz shahrida “Yagona migratsiya xizmatlari” markazi tashkil etiladi. Poytaxtning Yashnobod tumanida esa xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlikda nemis va yapon tillariga o‘qitish maktablari ochiladi.
👉 @xushnudbek 👈
G’alabaaaa!!!!
Barakalla, yigitlar! Eronni yana yutdik. Qoyil.
👉 @xushnudbek 👈
Nodirbek Yakubboyev Jahon kubogining yarim finaliga chiqdi!
🔹 futbol bo’yicha U-17 terma jamoamiz Jahon chempionatidagi ishtirokini nimchorak finalda yakunladi. Italiyadan 3:2 hisobida yutqazgan bo’lsak ham, lekin yigitlar zo’r o’ynadi. Ozgina omad yetishmadi, xolos.
Yigitlarimizga katta rahmat! Jamoa kelajagi porloq bo’lsin, yo’qolib ketishmasin, degan umiddamiz.
🔹Lekin shaxmatchimiz Nodirbek Yakubboyev futbolchilarimiz mag’lubiyatini yuvib ketadigan g’alabaga erishdi. Hamyurtimiz chorak finalda germaniyalik grossmeyster Aleksandr Donchenko ustidan 1,5:0,5 hisobida mag’lub etdi va yarim finalga chiqqan ilk shaxmatchi bo’ldi.
Shuningdek, Yakubboyevning onlayn jadvaldagi reytingi ilk marta 2700 dan oshdi va u bunday natija ko’rsatgan to’rtinchi o’zbekistonlik grossmeyster bo’ldi. Dastlab Rustam Qosimjonov, so’ng Nodirbek Abdusattorov, keyinroq Javohir Sindorov 2700 dan oshgan edi.
Yana bir yurtdoshimiz Javohir Sindorov ham chorak finalda qatnashmoqda. U Xose Martinez bilan ikkita bahsda ham durang o’ynadi. Endi g’olib ertaga tay-brek bahslarida qatnashadi. Agar Javohir g’olib bo’lsa, yarim finalda Nodirbek bilan o’zaro to’qnash keladi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu musobaqada dastlabki 3 ta o‘rinni egallagan shaxmatchilar jahon shaxmat toji uchun kurashish huquqini beradigan Nomzodlar turniriga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
👉 @xushnudbek 👈
IMG_1762.MP44.28 MB
Qisqa vaqtda Italiya 2 ta gol urib, hisobni 3:1 ga yetkazib qo’ydi.
👉 @xushnudbek 👈
Afsuski, Italiya 20-daqiqada hisobni ochdi. Lekin hali hammasi oldinda, yigitlarimizda imkoniyatlar bo’ladi. Ularga ishonamiz.
👉 @xushnudbek 👈
Uchrashuv boshlandi! Yigitlarimizga omad tilaymiz.
U-17 Jahon chempionati
🇮🇹 Italiya — Oʻzbekiston 🇺🇿
👉 @xushnudbek 👈
01:49
Video unavailableShow in Telegram
🇺🇿Bugun Vatanimiz bayrog’i qabul qilingan kun. Aynan bayrog’imiz sabab Jahon chempionatiga chiqqanimizni bilarmidingiz 🤣
🇺🇿🇺🇿🇺🇿Ona Vatanimiz bayrog’i dunyo turguncha yuksaklarda hilpirayversin, ilohim.
👉 @xushnudbek 👈
IMG_1757.MP421.55 MB
Photo unavailableShow in Telegram
✨ Korzinka yangi yil aksiyasini boshladi!
12-noyabrdan 31-dekabrgacha davom etadigan “7 hafta — 7 avtomobil” aksiyasi doirasida har hafta Chery avtomobili o‘ynaladi.
Ishtirok etish uchun:
• Korzinka mobil ilovasida ishtirokni tasdiqlash kerak;
• Har bir 200 000 so‘mlik xarid bitta yutuq imkoniga teng;
• Qo‘shimcha imkonlarni KITKAT®, NESTLÉ®, ХРУТКА®, MAXIBON®, NUTS® va “РОССИЯ — ЩЕДРАЯ ДУША!”® mahsulotlaridan xarid qilib olish mumkin;
• Toʻlov paytida Korzinka Plus kartasini skanerlash zarur.
Har hafta yakunida imkoniyatlar yangilanadi. Demak, ko‘proq xarid — ko‘proq imkon degani. Bundan tashqari, har kuni oʻtkaziladigan mini oʻyinda kafolatlangan sovrinlarni ham yutib olish imkoniyati beriladi.
Aksiya barcha Korzinka, Korzinka Mahalla do‘konlari va Korzinka Go buyurtmalarida amal qiladi.
👉 Batafsil ma’lumot bu yerda.
App | Telegram-bot | Facebook | Insta | Web | Korzinka Go | Reklama
⚽️ Bugun – o’yinlar kuni!
Futbol bo’yicha U-17 terma jamoamiz Jahon chempionati nimchorak finalida 🇮🇹Italiyaga qarshi maydonga tushadi.
O’yin Toshkent vaqti bilan soat 17:30 da start oladi.
***
Bugun, shuningdek, O’zbekiston milliy terma jamoasi BAAda bo’lib o’tayotgan o’rtoqlik turniri finalida 🇮🇷Eronga qarshi bahs olib boradi.
Uchrashuv soat 21:00 da boshlanadi.
Ikkala terma jamoamizga ham omad tilaymiz!
👉 @xushnudbek 👈
