uz
Feedback
FERGANAMEDIA.UZ | Расмий канал

FERGANAMEDIA.UZ | Расмий канал

Kanalga Telegram’da o‘tish

Farg'onaning asosiy axborot maydoni. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan ro'yxatga olingan. Guvohnoma: № 414738 Murojaatlar uchun:@Fergana_media

Ko'proq ko'rsatish
2025 yil raqamlardasnowflakes fon
card fon
4 967
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-387 kunlar
-5630 kunlar
Postlar arxiv
Photo unavailableShow in Telegram
Prezidentimiz tibbiyot xodimlarining mehnatiga qo‘shimcha rag‘batlarni e’lon qildi. Endilikda har yili Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan davlat tibbiyot muassasalarining barcha xodimlariga pul mukofoti beriladi. Tumanda yangi davolash usulini joriy qilgan shifokorlar 21 million so‘mdan mukofot oladi. Davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ishlagan tibbiyot xodimlariga sanatoriylarga bepul yo‘llanma beriladi, davlat oliygohlariga o‘qishga kirgan farzandining bir yillik kontrakt summasiga 30 foiz chegirma taqdim etiladi, har yili faoliyatida alohida natijalarga erishgan 500 nafariga ipoteka krediti boshlang‘ich badalining 25 foizi kompensatsiya qilinadi. Davlat tibbiyot muassasalarida kamida 3 yillik stajga ega tibbiyot xodimlariga zarurat tug‘ilganda yiliga bir marta yuqori texnologik ixtisoslashgan tibbiy yordam bepul ko‘rsatiladi. Xalqaro tan olingan indekslanuvchi jurnallarda ilmiy maqola chiqarishga sarflangan xarajatlar to‘liq qoplab beriladi. Facebook|Instagram|X
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
“Bugun odamlarning hayotga munosabati ham, talab va ehtiyojlari, dunyoqarashi ham tubdan o‘zgardi. Bu boshqa sohalar qatori tibbiyotda ham sifatni oshirish, zamonaviy yondashuvlarni olib kirish bo‘yicha oldimizga yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Shu bois, noyabr-dekabr oyida qattiq tayyorgarlik ko‘rib, yanvardan tibbiyotda xalqning bahosini eshitadigan tizimni joriy qilamiz”,
– dedi davlatimiz rahbari. Endilikda 26 ta markaz direktorlari, viloyat, tuman sog‘liqni saqlash rahbarlari, oilaviy poliklinika mudirlari bir oylik aniq reja asosida ishlashga o‘tadi. Ushbu rahbarlar televideniye va ijtimoiy tarmoqlarda chiqib, zimmasiga olgan vazifalarni, qaysi kasalliklar ko‘p uchrayotgani va ularni qanday kamaytirishni aholiga e’lon qilib boradi. Shuningdek, odamlarga murojaat qilib, sog‘lig‘iga e’tibor qilish, tibbiy ko‘rikdan vaqtida o‘tish, to‘g‘ri ovqatlanish va jismoniy faollikni tushuntiradi. Markaz rahbarlari o‘z sohasida eng og‘ir tuman va mahallaga boradi. Bir oy qolib, kasalliklarning sabablarini o‘rganib, ularga yechim beradi, oilaviy poliklinika va tuman shifoxonalarining vrachlarini kasallikni davolashga o‘rgatadi. Facebook|Instagram|X
Hammasini ko'rsatish...
Давлатимиз раҳбари: Тиббиёт соҳасидаги оғриқли муаммоларни ҳал қилиш вақти келди Бугун Президент раислигида ўтказилган видео-селектор йиғилишида соғлиқни сақлаш тизимидаги энг долзарб ва оғриқли масалалар атрофлича муҳокама қилинди. Давлат раҳбари тиббиёт соҳасида ҳалигача ечимини кутган муаммолар, жумладан, кадрлар етишмовчилиги, тиббий хизмат сифати, дори воситалари таъминоти ва фуқаролар мурожаатларига муносабат каби масалаларни кескин танқидий руҳда кўтарди. Президент таъкидлади — тиббиёт тизимидаги ҳар бир масъул фақат қоғозда эмас, амалда ҳам натижа кўрсатиши шарт.
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
Yaqinda Respublika onkologiya markazi rahbari ishdan olinib, o‘rniga Turkiyadan malakali boshqaruvchi qo‘yildi. Bu markazga Fransiyaning dunyo tan olgan “Gustav Russi” klinikasi ham jalb qilindi. Ularning klinik protokollarini tatbiq etish boshlanadi.
Barcha markaz rahbarlari eshitib olsin: markazlar shaxsiy mulk emas, ularning barchasi davlatniki, xalqniki! Har bir markaz rahbari xulosa chiqarib, o‘ziga bir yillik katta reja olishi kerak. Ular uch oyda xorijdan hamkor topib, o‘zi o‘zgarish qiladi yoki bu ishni ularsiz qilamiz”,
– dedi Prezidentimiz. Viloyat, tuman tibbiyot rahbarlari, oilaviy poliklinika mudirlari ham haligacha eskicha yondashuv, eskicha uslubda ishlayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Hududlarga qancha mashaqqatlar bilan olib kelingan uskunalar to‘liq ishlatilmayapti, ayrimlarining qadog‘i hali ochilmagan. Misol uchun, Gurlan tumani shifoxonasiga 300 ming dollarga olib berilgan MSKT apparati quvvatiga nisbatan atigi 9 foizga xizmat ko‘rsatyapti. Yoki Navoiy viloyat shoshilinch markazidagi qariyb 1 million dollar turadigan angiograf 4 foiz yuklama bilan ishlamoqda. Ularning mas’ullari xususiy klinikalarga borib, tadbirkorlar bunday apparatlarni qanday samarali ishlatayotganini ko‘rishi, o‘rganishi kerakligi qayd etildi. Facebook|Instagram|X
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Qarshi shahri, Angor va Bo‘ston tumanlarida yurak-qon tomir kasalliklari yuqori bo‘lishiga qaramasdan, Kardiologiya markazi bu borada aniq chora-tadbir belgilamagan. Bu markazga uch yil oldin 5 million dollarga olib berilgan zamonaviy laboratoriya va simulyatsiya uskunalari bir kun ham ishlatilmagani qayd etildi. Endokrin kasalliklarning dorisi uchun har yili 100 milliard so‘m ajratilmoqda. Lekin qalqonsimon bez kasalligi Qoraqalpog‘iston, Samarqand, Surxondaryo va Jizzaxda yuqoriligicha qolmoqda. Endokrinologiya markazi xizmatlarning narxini bir yilda 35 foizga oshirgan, lekin kasalliklarning profilaktikasini o‘ylagani yo‘q. Bugun xususiy klinikalar davlat shifoxonalari bilan tengma-teng turib, ayrim yuqori texnologik xizmatlar bo‘yicha oldinga ham o‘tib ketgani ta’kidlandi. Masalan, jarrohlikda robot texnologiyalari ham birinchilardan bo‘lib xususiy sektorda qo‘llandi. Lekin Neyroxirurgiya, Xirurgiya markazlarining esa robot yordamidagi operatsiyalarni qachon yo‘lga qo‘yish bo‘yicha rejasi yo‘q. Facebook|Instagram|X
Hammasini ko'rsatish...
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
Prezidentimiz bu ishlarning ahvolini aniq misollar asosida tahlil qildi. Misol uchun, oxirgi besh yilda oshqozon kasalliklari 1,5 barobar qisqargan bo‘lsa-da, Qashqadaryo va Navoiyda deyarli o‘zgarish bo‘lmagan. Yakkabog‘da shifokorlarga bo‘lgan murojaatlarning 33 foizi, G‘uzorda 29 foizi, Koson va Mirishkorda esa 25 foizi oshqozon-ichak kasalliklari bilan bog‘liq. Shifokorlarimiz aholiga, ayniqsa, bolalarga haligacha antibiotiklarni pala-partish qo‘llab kelayotgani tanqid qilindi. Tumanlarga tushib, shifoxona va poliklinikadagi vrachlarga qaysi dori mumkin, qaysi biri mumkin emasligini o‘rgatish ishlari sust. Boshqa bir misol, buyrak kasalliklarining ulushi Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Farg‘ona va Andijonda respublika ko‘rsatkichidan 40-50 foizga yuqori. Mazkur hududlarda bu kasalliklar yillar davomida kamaymasdan kelayotgani Urologiya markazi va Nefrologiya markazi rahbariyatini xavotirga solishi, ular pastga tushib, buyrak kasalliklarining oldini olishni o‘rgatishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi. Facebook|Instagram|X
Hammasini ko'rsatish...
👍 40🔥 12👌 1
Photo unavailableShow in Telegram
Prezidentimiz ushbu yig‘ilish xalqimiz uchun ham, tibbiyot sohasi va uning vakillari uchun ham foydali bo‘lishi kerakligini ko‘rsatib o‘tdi. Shu bois, yechimini kutayotgan masalalarni ochiq-oydin gaplashib olishni taklif etdi. Inflyatsiyani jilovlash, oziq-ovqat mahsulotlarining narxini barqaror ushlab turish bo‘yicha ko‘p ishlar qilinmoqda. Lekin aholi daromadining katta qismini aslida dori-darmonga sarflayotgani qayd etildi.
Ixtisoslashgan markazlarga so‘nggi besh yilda 7,5 trillion so‘m mablag‘ berildi. Ular minglab eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlandi. Dori yetmayapti deb birorta markaz ayta oladimi? Mana shu mablag‘lar, uskunalar va dori-darmonlar qanday ishlatilyapti? Afsuski, uskunalarning quvvatidan bor-yo‘g‘i 25 foiz foydalanilyapti”,
– dedi Prezident. Raqamlashtirish, xorijdan hamkor topish, klinik protokollarni yangilash, ilg‘or diagnostika, profilaktika va davolashni uddalaydigan zamonaviy jamoani shakllantirish bo‘yicha ishlamagan markaz, tuman, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarma va bo‘limlarining kelajagi yo‘qligi qayd etildi. Qaysi mahallada, tumanda qanday kasallik ko‘paygan yoki kamayganini tahlil qilib, ularning oldini olish hamda samarali davolash bo‘yicha aniq reja bilan ishlash, respublika markazlari bunday tahlil va yondashuv bilan ishni pastda tashkil qilishi, katta-katta mablag‘ evaziga olib berilgan eng zamonaviy uskunalardan samarali foydalanish har qachongidan ham dolzarb ekani ko‘rsatib o‘tildi. Facebook|Instagram|X
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent davlat tibbiyot universitetiga tashrif buyuradi. Davlatimiz rahbari universitet faoliyati bilan tanishib, sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohasi xodimlariga davlat mukofotlarini topshiradi hamda ular bilan tizimdagi islohotlar natijadorligi va kelgusi yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalarni muhokama qiladi. — Президент Шавкат Мирзиёев сегодня посетит Ташкентский государственный медицинский университет. Глава государства ознакомится с деятельностью университета, вручит государственные награды работникам сферы здравоохранения и фармацевтики, а также обсудит с ними результативность реформ в системе и приоритетные задачи на следующий год. Facebook|Instagram|X
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
ҚУВАДА СУД – ХОЛИСМИ ЁКИ БОСИМ ОСТИДАМИ? Суд қарори қонуний кучга кирмагунича, яъни апелляция муддати тугагунча ёки апелляция инстанцияси қарори билан тасдиқланмагунча, жараён ҳақидаги маълумотларни тармоқларда ёритиш қонунга зиддир. Бундай ҳолатлар суд ишига босим ёки аралашув сифатида ҳам баҳоланиши мумкин. "Биз, оммавий ахборот воситаси вакиллари сифатида, фақат маълумот берувчи манба вазифасини бажарамиз  ҳеч қачон разборчи  ёки ҳукм чиқарувчи орган эмасмиз. Қонун ОАВга бундай ваколатни хам хали бери бермаган." Бир аёлни яланғоч ҳолатда суратга олиш ёки видеога тушириш  нафақат жиноий ҳаракат, балки инсонийликдан чиқиш билан баробардир. Бундай харакатлар қораланади.... Batafsil... @ferganamedia
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Азиз шифокорлар, фидойи ҳамкасблар! Сизларни касб байрамингиз – Тиббиёт ходимлари куни билан чин юракдан, самимий табриклайман! Тиббиёт бу нафақат касб, балки инсонпарварлик ва садоқат тимсоли бўлган муқаддас хизматдир. Инсон ҳаётини асраш, оғриққа шифо, кўнгилга умид бағишлаш сизларнинг ҳар кунлик фидойилигингизнинг ёрқин ифодасидир. Бу йил Фарғона вилояти тиббиёти учун ҳақиқий ютуқлар ва эътирофлар йили бўлди. Йил давомида 10 дан ортиқ янги даволаш муассасалари фойдаланишга топширилди, яна бир қатор замонавий шифохоналар якунланиш арафасида. Бу юртдошларимизга янада яқин ва қулай тиббий хизмат кўрсатишга қаратилган амалий натижадир.... Batafsil... @ferganamedia
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Тиббиёт ва фармацевтика ходимларини қўллаб-қувватлаш чоралари тўғрисида Ўзбекистон Республикаси Президентининг тарихий қарори қабул қилинди. Қарор ижросини муҳокама қилиб бориш, ижро учун масъул ташкилотлар фаолиятини мувофиқлаштириш ва назорат қилиш Ўзбекистон Республикаси Бош вазири А.Н. Арипов ҳамда Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси раҳбарининг тиббиётни ислоҳ қилиш бўйича ўринбосари Тамила Анваровна Алиева зиммасига юкланди.
Hammasini ko'rsatish...
👍 2
01:05
Video unavailableShow in Telegram
ФАРҒОНА ВИЛОЯТИДА — ТИББИЁТ ХОДИМЛАРИ КУНИ МУНОСАБАТИ БИЛАН ЮЗЛАБ КОМПЬЮТЕРЛАР ШИФОХОНАЛАРГА ТАҚДИМ ЭТИЛДИ!
Hammasini ko'rsatish...
IMG_7592.MP45.74 MB
👍 4
01:05
Video unavailableShow in Telegram
СОҒЛОМ ҲАЁТ САРИ — БЕШ МИНГ ҚАДАМ Ноябрь ойи — бутун дунёда Қандли диабетга қарши курашиш ойлиги сифатида кенг нишонланади. Шу муносабат билан Республика ихтисослаштирилган эндокринология илмий-амалий тиббиёт маркази Фарғона филиали томонидан “Соғлом ҳаёт сари — беш минг қадам” шиори остида соғломлаштириш акцияси ташкил этилди. Тадбирнинг асосий мақсади аҳолини соғлом турмуш тарзига ундаш, қандли диабет касаллигига қарши курашиш маданиятини шакллантириш, шунингдек, диабетга чалинган беморлар ҳаёт тарзини яхшилашга хизмат қиладиган билим ва кўникмаларни оширишдан иборатдир. Акцияда тиббиёт ходимлари, диабет билан яшовчи беморлар ҳамда соғлом турмуш тарафдорлари фаол иштирок этди. Қатнашчилар соғлом ҳаёт рамзи сифатида беш минг қадам масофани босиб ўтишди. Бу нафақат жисмоний фаолликни ошириш, балки жамоат орасида қандли диабетнинг олдини олиш ва соғлом одатларни тарғиб этиш мақсадида амалга оширилди.
Hammasini ko'rsatish...
IMG_7588.MP45.69 MB
👍 3🔥 1👏 1
01:00
Video unavailableShow in Telegram
Хурматли тиббиёт ходимлари Сизларни касб байрамингиз Тиббиёт ходимлари куни муносабати билан чин дилдан табриклаймиз! Инсон ҳаётини асраш, соғлигини мустаҳкамлаш ва унга умид, шифо ҳамда меҳр бағишлаш бу буюк ва муқаддас касбдир. Сизлар ҳар куни фидойилик, сабр-тоқат ва масъулият билан инсонпарварлик бурчингизни адо этасиз. Юртимизда соғлом ва баркамол авлодни тарбиялаш, замонавий тиббиёт тизимини ривожлантириш ҳамда аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатиш йўлида қилаётган мехнатларингиз учун сизларга чуқур миннатдорлик изҳор этамиз. Ҳар бирингизга соғлик-саломатлик, оилавий фаровонлик, тинчлик ва бахт тилаймиз. Меҳнатингиз заҳмати шодликка, қалбингиз эса миннатдорлик ва дуоларга тўлсин.
Hammasini ko'rsatish...
IMG_7579.MP421.27 MB
04:19
Video unavailableShow in Telegram
Фарғона вилояти Қўқон шаҳрида йўл ҳаракати хавфсизлигини таъминлаш мақсадида шаҳар ЙҲХБ ва ИИБ тезкор ходимлари ҳамкорлигида тунги рейд тадбирлари ўтказилмоқда. Тадбир давомида ҳужжатсиз, қорайтирилган ойнали, давлат рақам белгисиз ҳамда дрифт ҳаракатларини амалга оширган автотранспорт воситалари аниқланди. Қоидаларни бузган ҳайдовчиларнинг машиналари вақтинчалик сақлаш майдонига жойлаштирилиб, Қўқон шаҳар ИИБга олиб келинди. Ҳурматли фуқаролар! Йўлларда тартибга риоя этиш ва қонунларга амал қилиш ҳар биримизнинг бурчимиздир. Эслатиб ўтамиз, сиз соғлом ва бахтли оилангиз учун кераксиз.
Hammasini ko'rsatish...
IMG_7572.MP451.07 MB
👏 3
Photo unavailableShow in Telegram
ФАРҒОНАДА ТИББИЁТ ХОДИМЛАРИ КУНИ ШУКУҲ ВА МИННАТДОРЛИК РУҲИДА НИШОНЛАНДИ Инсон ҳаёти ва соғлиғини асраш — энг муқаддас бурч. Бу шарафли вазифани зиммасига олган тиббиёт ходимлари ҳар куни юзлаб инсонларга ҳаёт инъом этмоқда, минглаб беморларга шифо бахш этмоқда. Ана шу фидойи соҳа вакилларига бўлган юксак ҳурмат ва миннатдорлик ифодаси сифатида 2025 йил 7 ноябрь куни Фарғона шаҳрида Тиббиёт ходимлари куни тантанали нишонланди. Байрам тадбири Республика тез тиббий ёрдам маркази Фарғона вилояти филиали ташаббуси билан “Шарқий ҳарбий округ маданият саройи”да ўтказилди.... Batafsil... @ferganamedia
Hammasini ko'rsatish...
👏 1
02:21
Video unavailableShow in Telegram
Тез тиббий ёрдамда "ТИББИЁТ ХОДИМЛАРИ КУНИ" байрам тадбири утказилди. 2025 йил 7 ноябр куни Республика тез тиббий ёрдам маркази Фарғона вилояти филиали “Шарқий ҳарбий округ маданият саройи”да Тиббиёт ходимлари куни муносабати билан тантанали байрам ўтказилди. Тадбирни директор Баҳромжон Ташбалтаев очиб, тиббиёт фидойиларини табриклади. Бадиий қўшиқлар, рақслар ва видео-тақдимот орқали соҳадаги ютуқлар намойиш этилди. Бир қатор фаол ходимлар ташаккурнома ва эсдалик совғалар билан тақдирланди.
Hammasini ko'rsatish...
IMG_7506.MOV51.10 MB
👍 5👏 1
00:58
Video unavailableShow in Telegram
42 TA BOLAJONLARDI KAMLARI BÕLDI OZGINA SHIRIN JOYI QOLDI SHERIK BÕP QOLING УЗКАРД 5440810310064836 VISA KARD 4278320029867503 СБЕРБАНК 2202206200177686 YouTube   📸 Instagram +998996002272
Hammasini ko'rsatish...
IMG_7507.MP45.14 MB
👏 3
02:05
Video unavailableShow in Telegram
Фарғона футболига меҳр ва эътибор: “Нефтчи” фан-клуби вилоят ҳокимига миннатдорлик билдирди Фарғона вилоятида спорт ва айниқса футбол ривожига катта аҳамият қаратилмоқда. “Нефтчи” фан-клуби аъзолари вилоят ҳокими Хайрулло Бозоровга Президент Шавкат Мирзиёевнинг спортни қўллаб-қувватлаш сиёсати ижросини самарали таъминлаётгани учун миннатдорлик изҳор этдилар. Фан-клуб вакилларининг таъкидлашича, ҳокимнинг футболга яратган шароити, стадионлардаги муҳит ва ёшларга бўлган эътибори Фарғонада спорт муҳитини янада кучайтирди. “Фарғона футболи қайта жонланди, бунинг ортида фидойи раҳбарнинг меҳри бор. Хайрулла Бозоров ҳақиқатан ҳам Фарғонанинг отаси,” дейишмоқда фан-клуб аъзолари. Улар ҳокимнинг ёшларни соғлом турмуш тарзига, бирдамлик ва жипслик руҳига чорлаётган ташаббусларини ҳам юксак баҳоладилар.
Hammasini ko'rsatish...
IMG_7395.MOV45.48 MB
👍 1