Farg'ona viloyati hokimligi
Kanalga Telegram’da o‘tish
Farg‘ona viloyati hokimligi kanali Veb-sayt: fergana.uz Facebook: facebook.com/fvhokimligi Instagram: instagram.com/fviloyatihokimligi Youtube: youtube.com/@fvhokimligi Murojaat uchun: t.me/fvhmurojaat_bot
Ko'proq ko'rsatish2025 yil raqamlarda

39 290
Obunachilar
-9724 soatlar
-6387 kunlar
-2 35630 kunlar
Postlar arxiv
01:04
Video unavailableShow in Telegram
#Munosabat
Muhammadali Yunusov, O‘zbekiston xalq ustasi:
- Yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish bo‘yicha belgilangan yangi chora-tadbirlar meni juda quvontirdi.Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
Муҳаммадали Юнусов.mp414.29 MB
❤ 2👍 2🔥 1
02:21
Video unavailableShow in Telegram
Farg‘onada yana bir ezgu tashabbus — shifokorlar bog‘iga asos solindi
Farg‘ona viloyatida navbatdagi xayrli va bardavom loyiha — shifokorlar bog‘iga asos solindi. Ushbu ko‘chat ekish tadbiriga viloyatimizning barcha shahar va tumanlaridan shifokorlar jam bo‘lib, atrof-muhitni obod etish, yashil makonlar yaratish yo‘lida birlashdilar.
Tadbir nafaqat tabiatga e’tibor, balki sog‘lom hayot tarzini targ‘ib etish, birdamlik va jamoaviylikni mustahkamlashga xizmat qildi.
📹 Videolavha shu haqda.
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
1226 шифокорлар боги.mp456.84 MB
❤ 5
03:13
Video unavailableShow in Telegram
Kutib oling! FARDU talabalaridan yana bir MILLIY kontent.
Betakror va qadim Rishton kulolchiligi namunalari aro o‘zbekona libos, milliy ohang sehri. Bularning bari ushbu videokontentda aks etadi.
Farg‘ona viloyati hokimligi tashabbusi bilan Vodiy1 jamoasi tomonidan Farg‘ona davlat universiteti talabalari ishtirokida tayyorlangan media mahsulot, cover uslubida ijro etilgan mumtoz qo‘shiq Sizga albatta, manzur bo‘ladi.
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
77.mp415.88 MB
👍 7❤ 5🔥 3
02:19
Video unavailableShow in Telegram
Hammasini ko'rsatish...
ROLIK ARCHA ATROFIDA 26.12.2025.mp436.39 MB
🔥 3🥰 2🕊 2👍 1🎉 1
02:19
Video unavailableShow in Telegram
Hammasini ko'rsatish...
ROLIK ARCHA ATROFIDA 26.12.2025.mp436.39 MB
01:57
Video unavailableShow in Telegram
#Munosabat
O‘ktamxon Soliyeva, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o‘qituvchisi, shoira, II darajali "Sog‘lom avlod uchun" ordeni sohibasi:
- Prezidentimizning Oliy Majlisga va ko‘p millatli xalqimizga Murojaatnomasidan kelib chiqib, ustoz sifatida o‘zimga juda katta mas’uliyatni va 2026-yilda qilinadigan ishlarim rejasini belgilab oldim.Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
Ўктамхон Солиева.mp419.35 MB
❤ 5🔥 4👏 4👍 2
01:16
Video unavailableShow in Telegram
Yil voqeasi | Oltiariq tumani Azimobod mahallasida 360 o'rinli yangi maktab binosi foydalanishga topshirildi
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
11 iyun Oltiariq maktab.mp496.99 MB
👍 2
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasidan eng muhim iqtiboslar
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
❤ 3🔥 1
03:00
Video unavailableShow in Telegram
2026-yil korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha favqulodda ishlash yili bo‘ladi
Facebook|Instagram|X
IMG_1322.MP465.81 MB
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasidan eng muhim iqtiboslar
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasidan eng muhim iqtiboslar
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasidan eng muhim iqtiboslar
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
🔥 1
00:45
Video unavailableShow in Telegram
Yil voqeasi | Farg‘ona tumani ichki ishlar bo‘limining yangi binosi foydalanishga topshirildi
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
8 may Farg'ona Tuman IIB.mp457.15 MB
❤ 2👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
“Bugun sizlarga, sizlar orqali butun el-yurtimizga murojaat qilib aytmoqchiman. Bugun tarixning o‘zi, hayotning o‘zi zimmamizga buyuk bir mas’uliyatni yuklamoqda. Jonajon Vatanimiz bugun yangicha siyosiy-huquqiy, ijtimoiy, ma’naviy munosabatlar asosida yashab, mehnat qilayotgan, mustaqil fikrlaydigan, ozod va erkin insonlar diyoriga aylanmoqda. Bir bo‘lsak, yagona xalq, yagona millat bo‘lib harakat qilsak, ko‘zlagan ulkan maqsadlarimizga albatta yetamiz! Men bu yo‘lda mard va olijanob xalqimizga ishonaman! O‘zbekistonning beqiyos kuchi va imkoniyatlariga, aziz yoshlarimizning azm-u shijoatiga ishonaman! Fursatdan foydalanib, el-yurt manfaati, Vatan taqdirini o‘ylab, muqaddas zaminimizning asl farzandlari, fidoyi posbonlari bo‘lib, o‘zini ayamasdan, sidqidildan mehnat qilayotgan siz, azizlarga, bunyodkor xalqimizga chin dildan minnatdorchilik bildiraman”,– dedi Prezidentimiz Murojaatnoma yakunida. Facebook|Instagram|X
❤ 1🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
“Erishilgan ulkan natijalar, yangi ustuvor vazifalar “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini qayta ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda. Yurtimizning kelgusi besh yillik taraqqiyotiga daxldor bo‘lgan ushbu hujjat keng jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilib, aholimizning fikr-mulohazalari asosida takomillashtiriladi. Parlament vakillarini ham bu jarayonda o‘z takliflari bilan faol ishtirok etishga chaqiraman”,– dedi Prezidentimiz. Kelgusi yilda ma’naviyat sohasi yanada rivojlantirilib, ijtimoiy-madaniy hayotimizdagi muhim sanalar keng nishonlanishi ta’kidlandi. Jumladan, barcha yutuq va g‘alabalarimizning poydevori bo‘lgan Vatanimiz mustaqilligining shonli 35 yilligi katta bayram sifatida o‘tkaziladi. Sohibqiron Amir Temur, Mir Alisher Navoiy bobolarimizning qutlug‘ tavallud ayyomlariga tayyorgarlikni hozirdan boshlash kerakligi qayd etildi. Facebook|Instagram|X
Photo unavailableShow in Telegram
Nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, iqtisodiy institutlar bilan yaqin hamkorlik yangi bosqichga olib chiqiladi.
Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki va boshqa yetakchi moliya institutlari bilan hamkorlikda iqtisodiyotimizni texnologik modernizatsiya qilish, infratuzilmani rivojlantirish, barqaror energetika va transport loyihalarini amalga oshirish borasidagi ishlar davom ettiriladi.
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Turkiy davlatlar tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti doirasida an’anaviy, keng qamrovli sheriklik aloqalari yanada kengaytiriladi.
“Bunday ulug‘vor vazifalar bizdan yurtimizda tinchlik va barqarorlikni, millatlar va dinlararo do‘stlik va ahillikni yanada mustahkamlash, Qurolli Kuchlarimizning jangovar salohiyatini oshirishni talab etadi. Buning uchun biz barcha zarur chora-tadbirlarni amalga oshiramiz”,– dedi Prezidentimiz. Facebook|Instagram|X
❤ 2🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Asosiy xorijiy sheriklarimiz hisoblangan Rossiya, Xitoy, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Qatar, Iordaniya, Kuvayt, O‘mon, Hindiston, Pokiston va boshqa davlatlar bilan ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada kengaytirish bundan keyin ham e’tibor markazida bo‘ladi.
Shuningdek, Janubi-Sharqiy Osiyo, Yaqin Sharq, Afrika, Lotin Amerikasi mamlakatlari bilan yangi va istiqbolli yo‘nalishlarda manfaatli hamkorlikni mustahkamlash, Janubiy Kavkaz va Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan munosabatlarni kengaytirish strategik yo‘nalishlardan biri bo‘ladi.
Prezidentimiz bugungi anjumanda qatnashayotgan xorijiy davlatlarning elchilariga O‘zbekiston bilan aloqalarni kengaytirib, Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishimizni faol qo‘llab-quvvatlayotgani uchun mamlakatlarining hukumatlariga alohida tashakkur bildirdi.
Facebook|Instagram|X
❤ 1
Photo unavailableShow in Telegram
Jahonda murakkab geosiyosiy va iqtisodiy muammolar tobora avj olib bormoqda. Bunday murakkab vaziyatda barcha davlatlar bilan teng huquqli va konstruktiv munosabatlarni yanada mustahkamlash, mutanosib ochiq tashqi siyosat olib borishga qaratilgan faoliyat davom ettiriladi.
Yaqin qo‘shnilarimiz bilan ko‘p asrlik do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va o‘zaro ishonch ruhidagi aloqalarimizni yanada rivojlantirishga ustuvor ahamiyat qaratiladi.
Bu jarayonda mintaqamiz davlatlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, transport-logistika, energetika, suv, ekologiya, xavfsizlik, madaniyat va ta’lim sohalaridagi hamkorlik yanada chuqurlashtiriladi.
Afg‘oniston bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, uni mintaqadagi iqtisodiy jarayonlarga keng jalb qilish asosiy maqsadlarimizdan biri bo‘lib qoladi.
Facebook|Instagram|X
Photo unavailableShow in Telegram
Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat kuchaytiriladi
“Korrupsiya – davlat taraqqiyotiga to‘siq bo‘ladigan, adolat va qonun ustuvorligini izdan chiqaradigan, jamiyatda ishonch muhitini zaiflashtiradigan eng jiddiy tahdid. Korrupsiyaga yo‘l qo‘yish esa islohotlarimizga xiyonatdir! Bu illatga qarshi kurashish bo‘yicha 2026-yilda “favqulodda holat” e’lon qilamiz”,– dedi davlatimiz rahbari. Barcha idoralarda komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazoratga mas’ul o‘rinbosar lavozimi joriy etiladi. Hisob palatasining vakili faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu rahbarlar – tizimdagi nopok shaxslarni aniqlash, shuningdek, budjet mablag‘i talon-toroj bo‘lishi va mansabni suiiste’mol qilish holatlarini oldini olish bo‘yicha ta’sirchan nazorat o‘rnatadi va Prezident oldida hisobot beradi.
“Lavozimim, unvonim bor, menga hech kim tegmaydi”, deganlar adashadi. Qonun oldida hamma teng! Xavfsizlik xizmati, ichki ishlar, prokuratura, soliq, bojxona, moliya, bank, yirik davlat kompaniyalari, vazirlik va hokimliklar, bir so‘z bilan aytganda, birorta idora va tashkilot nazoratdan chetda qolmaydi. Komplayens xizmatining faoliyatiga to‘sqinlik qilganlar korrupsiyaga sherik deb baholanadi va javobgarlik shunga mos holda bo‘ladi",- dedi davlatimiz rahbari. Facebook|Instagram|X
❤ 1🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
“Xotin-qizlarning qadr-qimmatini joyiga qo‘yish, farzandlarimizni himoya qilish qadim-qadimdan erkaklar uchun sha’n va g‘urur masalasi bo‘lib kelgan. Lekin jamiyatimizda ayollar va bolalarning turli zo‘ravonliklarga uchrayotgani buyuk tarix, yuksak ma’naviyat va ma’rifatga ega bo‘lgan, oilani muqaddas deb biladigan xalqimizga aslo yarashmaydi! Hech qachon unutmaylik, oilaviy zo‘ravonlik bu faqat oilaning ichki ishi emas, bu butun jamiyatga tegishli masala. Ayolni o‘z muammosi bilan yolg‘iz tashlab qo‘yishga hech kimning haqqi yo‘q!”,– dedi Prezidentimiz. Ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha respublika muvofiqlashtiruvchi kengashga barcha davlat idoralari va keng jamoatchilikni safarbar qilgan holda bunday salbiy holatlarga barham berish bo‘yicha samarali ishlaydigan tizim yaratish topshirildi. Prezidentimiz parlament, fuqarolik jamiyati institutlarini ham bu jarayonlarda faol ishtirok etishga chaqirdi. Facebook|Instagram|X
