Ta'lim nazorati
Kanalga Telegram’da o‘tish
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Ko'proq ko'rsatish2025 yil raqamlarda

112 127
Obunachilar
-15124 soatlar
-1 5127 kunlar
-6 81930 kunlar
Postlar arxiv
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan taʼlim-tarbiya tizimida alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida”gi Farmoni
⚡️Joriy yildan boshlab Abdulla Avloniy nomli davlat stipendiyasi taʼsis etildi
Prezidentning ʼʼPedagogika yoʻnalishidagi oliy taʼlim tashkilotlarining talabalari uchun Abdulla Avloniy nomli davlat stipendiyasini taʼsis etish toʻgʻrisidaʼʼ (10.09.2025 PF-162-son) Farmoni qabul qilindi.
Unga koʻra 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab pedagogika yoʻnalishidagi oliy taʼlim tashkilotlarining talabalari uchun Abdulla Avloniy nomli davlat stipendiyasi taʼsis etildi.
Abdulla Avloniy nomli davlat stipendiyasi pedagogika yoʻnalishidagi har bir oliy taʼlim tashkilotining bakalavriat taʼlim yoʻnalishida tahsil olayotgan, barcha fanlardan oʻzlashtirish koʻrsatkichlari “aʼlo” (koʻpi bilan 25 foizi “yaxshi”) boʻlgan hamda ijodiy ishda qatnashadigan bir nafar oxirgi ikki kurs talabasiga tayinlanadi.
Maʼlumot uchun, davlat stipendiyalarini oluvchi talabalarga tegishli koʻkrak nishonlari va guvohnomalar beriladi. Ular oliy oʻquv yurtini tamomlaganlaridan keyin yosh mutaxassislar qatori malaka oshirish va oʻqishni davom ettirish uchun chet ellarga yuborish chogʻida ustunlikka ega boʻladilar.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Abdulla Avloniy nomli davlat stipendiyasi.pdf1.03 MB
01:12
Video unavailableShow in Telegram
Oʻqigan qiz oʻrin topadi
Statistik ma'lumotlarga qaraganda yer yuzi aholisining 49.7% ini xotin-qizlar tashkil etadi.📊 Bu esa koʻpchilik qizlar oʻqimishli boʻlsa, jamiyat rivojlanishi jadallashadi degani. Ayniqsa, Oʻzbekistondagi eng yaxshi universitetlar qatoriga kiradigan KIU ni sizga tavsiya qilishni joiz deb topdik. Murojaat uchun: 555009944 @kiu_qabul
eng chiroyli.MOV55.87 MB
⚡️ Chet tili imtihoni uchun ruxsatnomalar taqdim etildi
📣 Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi imtihon sanasi e’lon qilindi. Unga ko‘ra:
✏️imtihonning yozma qismi — 13-14-sentyabr kunlari;
🎤 gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 15 - 30-sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi (shanba va yakshanba kunlaridan tashqari).
📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.
⏰ Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.
🆔 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.
ℹ️ Eslatib o‘tamiz, 2025-yil sentyabr oyidagi imtihon mavjud (eski) yozma topshiriq formati asosida o‘tkaziladi.
Izoh: Test sinovi natijalari VMQ-73 son qaroriga muvofiq 7-oktyabrda e’lon qilinadi.
📍 Imtihon o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/Chet-tili-09-10-3
Photo unavailableShow in Telegram
Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligiga yangi direktor tayinlandi
Yoʻldashev Baxtiyor Gʻayratjonovich Prezident Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi direktori etib tayinlandi.
U bunga qadar “Yangi Oʻzbekiston” universiteti prorektori edi.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Photo unavailableShow in Telegram
#Tayinlov
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan Rajabov Sardor Baxtiyorovich Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar u Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari sifatida faoliyat yuritgan.
Sardor Rajabov mehnat faoliyati davomida Davlat test markazi boshqarma boshligʻi, markaz direktori oʻrinbosari, shuningdek, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining “Taʼlim sifatini baholash, litsenziyalash va akkreditatsiyalash departamenti” rahbari lavozimlarida ishlagan.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Photo unavailableShow in Telegram
#Tayinlov
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan:
Turdiyev Azizbek Anvarjonovich — O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
U bunga qadar Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri maslahatchisi vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Mehnat faoliyatini ta’lim sohasida boshlagan Azizbek Turdiyev 2006-2010-yillarda Toshkent shahridagi 4-sonli maktab-internatida, 2010-2014-yillarda Toshkent shahridagi 231-umumta’lim maktabida adabiyot fanidan o‘quvchilarga saboq berdi.
2015-2017-yillarda poytaxtimizdagi 165-umumta’lim maktabining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, 2017-2018-yillarda Vazirlar Mahkamasi apparati Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamenti yetakchi mutaxassisi, 2018-2019-yillarda Oliy Majlis Senatida yetakchi maslahatchi, 2019-2023-yillarda Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi kotibiyati bosh maslahatchisi lavozimlarida mehnat qilgan.
2023-yildan boshlab MDH davlatlar hamkorligidagi “Hamdo‘stlik bolalar” loyihasi hamda “Yoshlarni tadbirkorlik va sanoatga yo‘naltirish” loyihasi rahbari sifatida faoliyat yuritadi.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
📣 Joriy yilda bitiruvchilari eng yuqori ball to‘plagan TOP-10 maktab
⚡️Bilim va malakalarni baholash agentligi 2025-2026-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida o‘quvchilari o‘rta hisobda eng yuqori ball to‘plagan maktablar ro‘yxatini e’lon qildi. Bu yilgi natijalarga ko‘ra, kuchli uchlikni Xorazm viloyati Yangibozor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab, Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi hamda Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi egalladi.
📌Reyting natijalariga ko‘ra, kuchli o‘nlik quyidagicha shakllandi:
1. Xorazm viloyati Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabi — 178,8 ball (6 abituriyent) 2. Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi (Jizzax shahri) — 178,39 ball (34 abituriyent) 3. Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi (Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahri) — 175,03 ball (34 abituriyent) 4. Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi (Qashqadaryo, Qarshi shahri) — 174,29 ball (29 abituriyent) 5. Furqat tumani ixtisoslashtirilgan maktabi (Farg‘ona viloyati) — 173,48 ball (10 abituriyent) 6. Qorako‘l tumani ixtisoslashtirilgan maktabi (Buxoro viloyati) — 172,23 ball (61 abituriyent) 7. Gimnastika bo‘yicha Respublika sport maktabi (Toshkent shahri, Yunusobod tumani) — 170,69 ball (10 abituriyent) 8. Guliston tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internat (Sirdaryo viloyati) — 169,98 ball (42 abituriyent) 9. Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi (Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tumani) — 168,91 ball (38 abituriyent) 10. 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internat (Navoiy shahri) — 167,91 ball (60 abituriyent)🎓 Eslatib o‘tamiz, 2024-yilda respublika reytingida Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi (176,28 ball) birinchi, Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi (161,65 ball) ikkinchi, undan keyin esa Abdulla Oripov, Halima Xudoyberdiyeva, Abdulla Qodiriy kabi ijod maktablari top o‘ntalikni band qilgan edi. 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin. ✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
01:05
Video unavailableShow in Telegram
🎓1 yil vaqtingizni yo'qotmagan holda talaba bo'ling!
Siz hali ham o’qishga topshirmagan bo’lsangiz, Navoiy innovatsiyalar universitetida qabul jarayonlari yakunlanmoqda.
🚀 Bugun hujjat topshiring va talabalik maqomiga ega bo‘ling!
📞Call-markaz: +998555000043
👨💻 Ro'yxatdan o'tish: https://niuedu.uz
— Bakalavriat ta'lim yo'nalishlari
— Magistratura mutaxassisliklari
Bizning manzillar:
📌Navoiy viloyati, Karmana tumani, Toshkent ko'chasi 39-uy 📌Surxondaryo viloyati, Sho'rchi tumani, " Oqkamar " MFY, Mustaqillik ko'chasi 64-uyBizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Web-sayt
IMG_5361.MP422.19 MB
⚡️Oliygoh, texnikum va maktablarda xitoy tili o‘rgatiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga tashrifi davomida energetika, geologiya, kimyo, transport, qishloq va suv xo‘jaligi sohalaridagi o‘nlab yirik kompaniya rahbarlari bilan 35 milliard dollarlik istiqbolli loyihalar paketi shakllantirildi.
Bunday loyihalar uchun texnologiyalar va xitoy tilini yaxshi biladigan minglab kadrlar kerakligi ta’kidlandi. Kasbga o‘rgatishda Xitoy tajribasini joriy etish maqsadida har bir viloyatda 2 tadan “O‘zbekiston – Xitoy ustaxonasi”ni tashkil qilish topshirildi.
Oliygoh, texnikum va maktablarda xitoy tilini o‘qitish maqsadida 100 dan ziyod til egalari va volontyorlar taklif qilinadi.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
01:12
Video unavailableShow in Telegram
🎓 Yangi o‘quv yili ham boshlanay deb qoldi. Shartnoma pulini qanday to‘layman, degan xavotirdamisiz?
🏦 Xalq banki imtiyozli shartlardagi ta’lim krediti bilan bilim olishingizni moliyaviy qo‘llab-quvvatlaydi.
Kredit shartlari:
Yillik foizi:
▶️ 👩🏻🎓 talaba xotin-qizlar uchun - 0%
▶️ 👨🏻🎓 talaba yigitlar uchun - 14%
🔹 imtiyozli davr: o‘qish davri + 6 oy
🔸 kredit muddati: o‘qish davri + 7,5 yil
Talabalar ta’lim kreditini bankka bormasdan "xazna" ilovasi orqali qulay tarzda onlayn rasmiylashtirishlari mumkin.📌 Batafsil Bu xabarni to‘lov-shartnoma pulini qanday to‘lashni bilmay yurgan talaba tanishlarga yuborib qo‘ying! @uztdi
ta'lim krediti8.mp489.53 MB
Photo unavailableShow in Telegram
Kasbiy ta’lim agentligi tashkil qilinadi
Mutasaddilar zimmasiga viloyat va tuman hokimlari bilan birgalikda Prezident va ixtisoslashgan maktabda orttirilgan tajriba asosida joriy yilda 598 ta texnikumga xalqaro standart bo‘yicha zamonaviy kasbga o‘qitish muhitini olib kirish vazifasi qo‘yildi.
Umuman, viloyat va tuman hokimlariga kelgusi o‘quv yilida 9-sinf bitiruvchilarining kamida 50 foizini, hozirgiga qo‘shimcha yana 200 ming o‘quvchini texnikumga qamrab olish topshirildi.
Bu ishlarni yagona siyosat asosida olib borish uchun Kasbiy ta’lim agentligi tashkil qilinadi.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️Keyingi o‘quv yilidan yuqori sinflar uchun sun’iy intellekt bo‘yicha darslar kiritiladi
O‘tgan yildan boshlab 1-sinflarda axborot texnologiyalari darslari yo‘lga qo‘yildi. Keyingi o‘quv yilidan yuqori sinflar uchun sun’iy intellekt bo‘yicha darslar kiritiladi.
Buning uchun 2 mingta sinf xonasiga kompyuter, 6 ming 300 ta interfaol doska kerak. Ushbu maqsadlarga zarur mablag‘larni keyingi yil davlat budjetida nazarda tutish topshirildi.
Iqtidorli o‘quvchilarga sharoit yaratish uchun viloyatlarda axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan Al-Xorazmiy, muhandislik bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek, tabiiy fanlar yo‘nalishida Ibn Sino maktablari filiallari tashkil etiladi.
Endi ularning barchasi hududlardagi texnika oliygohlariga nomma-nom biriktiriladi. Yaxshi natijaga erishgan bitiruvchilar ushbu oliygohlarning 2-kursiga qabul qilinadi.
2026-yilda maktab o‘quvchilari o‘rtasida eng nufuzli ikkita – xalqaro kimyo va informatika olimpiadalari Markaziy Osiyo davlatlari ichida ilk bor O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi.
Bosh vazirga poytaxtimizda ushbu olimpiadalarni yuqori saviyada o‘tkazish uchun barcha tashkiliy masalalarni nazoratga olish topshirildi.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Photo unavailableShow in Telegram
Joriy yil boshidan xalqaro fan olimpiadalarida oʻquvchilarimiz 195 ta medalni qoʻlga kiritdi. Ularga oshirilgan stavkada jami 10 milliard soʻm, murabbiy oʻqituvchilariga esa 3,5 milliard soʻm pul mukofoti beriladi.
Xorijiy til egalari jalb qilingan 1 mingdan ziyod maktabda til boʻyicha sertifikat olgan oʻquvchilar soni bir yilda 2,5 barobar koʻpaydi.
“Toʻgʻri, maktabgacha va maktab taʼlimida oʻzgarishlar boʻlyapti, dasturlar ishlayapti, natijalar bor. Lekin kasb-hunar va oliy taʼlimga masʼul mutasaddilar haligacha taʼlimdagi islohotlar mazmunini toʻliq tushunib yetgani yoʻq”,– dedi davlatimiz rahbari. Shu bois, oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining barcha oʻrinbosarlari – birinchi oʻrinbosar Shoxruh Daliyev, oʻrinbosarlar Otabek Mahkamov va Sarvarxon Buzrukxonov ishdan olingani eʼlon qilindi. Shuningdek, Prezident farmoni va qarori bilan Prezident Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi direktori Adxam Xudaykulov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Sharof Rajabbayev lavozimidan ozod etildi. Endilikda maktabgacha va maktab taʼlimi hamda oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirlari, ularning oʻrinbosarlari, hokimlar preventiv va proaktiv ishlashga oʻtib, taʼlimning barcha yoʻnalishlarida katta oʻzgarish qilishi shartligi koʻrsatib oʻtildi. ✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
01:50
Video unavailableShow in Telegram
Oʻzbekistonda maktabga tayyorlov tizimini maktab taʼlimiga qoʻshish orqali 12 yillik taʼlim tizimiga oʻtiladi.
Bu haqida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri oʻrinbosari Sardor Radjabov "O‘zbekiston24" telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qildi.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
IMG_4630.MOV9.54 MB
#malaka_sinovi
⚡️O‘qituvchilarini attestatsiyadan oʻtkazish uchun malaka sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi
Biologiya
CHQBT
Davlat va huquq asoslari
Defektologiya (rus)
Defektologiya
Fizika
Geografiya
Informatika_va_axborot_texnologiyalari
Iqtisod
Jismoniy tarbiya MTM
Jismoniy tarbiya UT
Kimyo
Logopediya MTT
Logopediya UT
Matematika
Musiqa
Musiqa UT
O'zbek tili
Oligofrenopedagogika (rus)
Oligofrenopedagogika
Ona tili va adabiyot
Psixologiya MTT
Psixologiya
Rus tili (milliy maktablarda)
Rus tili va adabiyot
Surdopedagogika
Tarbiya
Tarbiyachi
Tarbiyachi-metodist
Tarix
Tasviriy san'at va chizmachilik
Texnologiya (tex va dizayn)
Texnologiya (serviz xizmati)
Tiflopedagogika
✍️ Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan joriy yilning avgust-dekabr oylarida pedagoglarni attestatsiyadan oʻtkazishga doir sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
❗️Ushbu sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi malaka toifasini olish uchun attestatsiya imtihonlarida ishtirok etadigan nomzodlar uchun tavsiyaviy ahamiyatga ega.
Namunaviy toifa testlarini quyidagi botlar yordamida bepul bajarishingiz mumkin:
O'zbek tilida: 👉 https://t.me/uztditestbot
Rus tilida: 👉https://t.me/uztditest_rusbot
Qoraqalpoq tilida: 👉 https://t.me/uztdi_qrtestbot
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
#malaka_sinovi
⚡️Qardosh tillar o‘qituvchilarini attestatsiyadan oʻtkazish uchun malaka sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi
✍️ Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan joriy yilning avgust-dekabr oylarida pedagoglarni attestatsiyadan oʻtkazishga doir sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
❗️Ushbu sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi malaka toifasini olish uchun attestatsiya imtihonlarida ishtirok etadigan nomzodlar uchun tavsiyaviy ahamiyatga ega.
Namunaviy toifa testlarini quyidagi botlar yordamida bepul bajarishingiz mumkin:
O'zbek tilida: 👉 https://t.me/uztditestbot
Rus tilida: 👉https://t.me/uztditest_rusbot
Qoraqalpoq tilida: 👉 https://t.me/uztdi_qrtestbot
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Qoraqalpoq tili va adabiyoti spetsifikatsiya 2025 kuzgi.doc0.51 KB
Turkman tili va adabiyoti spetsifikatsiya 2025 kuzgi.doc1.86 KB
Tojik tili va adabiyoti spetsifikatsiya 2025 kuzgi.doc0.45 KB
Qozoq tili va adabiyoti spetsifikatsiya 2025 kuzgi.doc1.82 KB
Qoraqalpoq tili spetsifikatsiya 2025 kuzgi.doc0.39 KB
Qirg_iz tili va adabiyoti spetsifikatsiya 2025 kuzgi.docx0.28 KB
#malaka_sinovi
⚡️Xorijiy tillar o‘qituvchilarini attestatsiyadan oʻtkazish uchun malaka sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi
✍️ Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan joriy yilning avgust-dekabr oylarida pedagoglarni attestatsiyadan oʻtkazishga doir sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
❗️Ushbu sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi malaka toifasini olish uchun attestatsiya imtihonlarida ishtirok etadigan nomzodlar uchun tavsiyaviy ahamiyatga ega.
Namunaviy toifa testlarini quyidagi botlar yordamida bepul bajarishingiz mumkin:
O'zbek tilida: 👉 https://t.me/uztditestbot
Rus tilida: 👉https://t.me/uztditest_rusbot
Qoraqalpoq tilida: 👉 https://t.me/uztdi_qrtestbot
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Fransuz tili spetsifikatsiya 2025 kuzgi.docx2.93 MB
Hindiy tili spetsifikatsiya 2025 kuzgi.docx0.51 KB
Ingliz tili spetsifikatsiya 2025 kuzgi.docx7.57 KB
Koreys tili spetsifikatsiya 2025 kuzgi.docx0.34 KB
Nemis tili spetsifikatsiya 2025 kuzgi.docx0.40 KB
Xitoy tili spetsifikatsiya 2025 kuzgi.docx0.47 KB
Yapon tili spetsifikatsiya 2025 kuzgi.docx3.35 MB
#malaka_sinovi
⚡️ Boshlangʻich taʼlim o‘qituvchilarini attestatsiyadan oʻtkazish uchun malaka sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi
✍️ Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan joriy yilning avgust-dekabr oylarida pedagoglarni attestatsiyadan oʻtkazishga doir sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
❗️Ushbu sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi malaka toifasini olish uchun attestatsiya imtihonlarida ishtirok etadigan nomzodlar uchun tavsiyaviy ahamiyatga ega.
Namunaviy toifa testlarini quyidagi botlar yordamida bepul bajarishingiz mumkin:
O'zbek tilida: 👉 https://t.me/uztditestbot
Rus tilida: 👉https://t.me/uztditest_rusbot
Qoraqalpoq tilida: 👉 https://t.me/uztdi_qrtestbot
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Boshlang`ich o_zbek tili spetsifikatsiya 2025 kuzgi.docx0.61 KB
Boshlang`ich qirg_iz tili spetsifikatsiya 2025 kuzgi.docx0.57 KB
Boshlang`ich qoraqalpoq tili spetsifikatsiya 2025 kuzgi.docx0.56 KB
Boshlang`ich qozoq tili spetsifikatsiya 2025 kuzgi.docx0.54 KB
Boshlang`ich rus tili spetsifikatsiya 2025 kuzgi.docx0.45 KB
Boshlang`ich tojik tili spetsifikatsiya 2025 kuzgi.docx0.57 KB
Boshlang`ich turkman tili spetsifikatsiya 2025 kuzgi.docx0.48 KB
⚡️ Pedagogika yo‘nalishidagi talabalar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat stipendiyasi ta’sis etilmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev 8-sentyabr kuni ta’lim tizimini isloh qilish masalalariga oid taqdimot bilan tanishdi.
Unga ko‘ra, joriy o‘quv yilidan boshlab, pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarining talabalari uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat stipendiyasi ta’sis etilmoqda. Stipendiya bakalavriatning 3-4-kurslari uchun bo‘ladi, yoshlarni o‘qish va ilmiy izlanishlarga undaydi.
Yig‘ilishda fan va innovatsiyalar sohasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar taqdimot qilindi.
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimida ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash tartiblari takomillashtiriladi. Jumladan, doktoranturaga ajratilayotgan kvotalar mamlakatni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqib belgilanadi.
Fanlar akademiyasining respublikada istiqbolli ilmiy yo‘nalishlarni rivojlantirish, fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish, ilmiy ishlanma natijalarini amaliyotga tatbiq etishdagi o‘rni kuchaytiriladi.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
