uz
Feedback
Ta'lim nazorati

Ta'lim nazorati

Kanalga Telegram’da o‘tish

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot

Ko'proq ko'rsatish
2025 yil raqamlardasnowflakes fon
card fon
112 334
Obunachilar
-35724 soatlar
-1 6297 kunlar
-6 85030 kunlar
Postlar arxiv
05:10
Video unavailableShow in Telegram
⚡️Ertaga ‘‘Temurbeklar maktabi’’ harbiy-akademik litseyiga ariza yuborish yakunlanadi 📆Davlat xavfsizlik xizmati “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida o’qimoqchi bo’lgan umumta’lim maktablarining 9-sinfida o’qiyotgan o’quvchilar 2025-yil 15-oktyabrgacha ariza topshirishlari mumkin. 📋Arizalar www.dxxtmhal.uz sayti yoki DXX hududiy boshqarmalari orqali qabul qilinadi. Harbiy-akademik litseyda 5 ta kafedra mavjud. Bular:
– psixologiya va tarbiya; – ijtimoiy fanlar; – filologiya fanlari; – aniq va tabiiy fanlar; – kasbiy amaliy fanlar.
‘‘Temurbeklar maktabi’’ bitiruvchilariga oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga o’qishga kirishda o‘tkaziladigan test sinovlarida o’zlari to’plagan ballarining 30 foizi miqdorida, respublikaning boshqa OTM ga o’qishga kirishda o’zlari to’plagan ballarining 15 foizi miqdoridagi qo’shimcha ballar ko’rinishida imtiyoz beriladi. 📌Ushbu maktabni imtiyozli diplom bilan tugatgan bitiruvchilarga tarkibi ‘‘Temurbeklar maktabi’’ bo’lgan vazirlik va idoralarning tegishlilik bo’yicha oliy harbiy yoki ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlariga test sinovlarisiz harbiy kasbiy saralash tadbirlarini muvafaqqiyatli o’tish natijalari bo’yicha kirish huquqi beriladi.Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
ДХХ Темурбеклар мактабига қабул.mp436.21 MB
❗️Jismoniy tarbiya va musiqa madaniyati oʻqituvchilari uchun toifa testlari yangi tartibda oʻtkaziladi Umumiy oʻrta taʼlim maktablarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari uchun: 🔹birinchi bosqichda – Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan pedagogning mutaxassislik fani (35 ta) va kasb standarti (5) boʻyicha bilim darajasini aniqlash maqsadida 40 ta test topshirigʻi beriladi (40 test savoli 1 baldan jami 40 ball); 🔹ikkinchi bosqichda – amaliy imtihon (jami 60 ball, shundan jismoniy tayyorgarlik darajasi normativlari boʻyicha-20 ball, sport turlari boʻyicha mashqlar texnikasi -40 ball). Umumiy oʻrta taʼlim maktablarining musiqa madaniyati fani oʻqituvchilari uchun: 🔹birinchi bosqich – Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlari (40 ta test savoli 1 baldan jami 40 ball); 🔹ikkinchi bosqich – Madaniyat vazirligi tomonidan belgilangan bolalar musiqa va sanʼat maktablarida tashkil etiladigan amaliy (ijodiy) imtihon (4 ta topshiriq 20+15+15+10 jami 60 ball shaklida oʻtkaziladi). Xabar berganimizdek, joriy yilning 25-oktyabr kuni umumtaʼlim maktablarining jismoniy tarbiya va musiqa madaniyati fanlari oʻqituvchilari uchun toifa testlari oʻtkaziladi. Bu attestatsiyaning birinchi bosqichi boʻlib, mazkur bosqichda pedagoglarga jami 40 ta (mutaxasisslik boʻyicha 35 ta + kasbiy standartlar boʻyicha 5 ta) test savoli beriladi. 📌Jismoniy tarbiya va musiqaga madaniyati fanlari oʻqituvchilari uchun attestatsiyaning ikkinchi bosqichi, yaʼni amaliy (ijodiy) sinovlari keyingi kunlarda oʻtkaziladi. Tez kunlarda jismoniy tarbiya va musiqa madaniyati fanlari oʻqituvchilari uchun attestatsiyaning ikkinchi bosqichi oʻtkazish jadvali ham eʼlon qilinadi. 📆Ma’lumot uchun, jismoniy tarbiya va musiqa madaniyati fanlari oʻqituvchilari uchun attestatsiyaning birinchi va ikkinchi bosqichi boshqa-boshqa sanalarda oʻtkaziladi. Attestatsiya bo‘yicha yangi diagnostik testlar: 👉@uztditestbot 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
Xorijiy til boʻyicha ishga qabul qilishda hamda ustama belgilashda qoʻllaniladigan sertifikatlarning yangilangan ro'yxati Ta'lim vazirliklarining 2025-yil 6-oktyabrdagi qarori (ro'yxat raqami 3515-1) bilan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim tizimiga xorijiy til bo‘yicha ishga qabul qilishda hamda maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga ustama belgilashda qo‘llaniladigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlar ro‘yxati o'zgartirishlar kiritildi. Asosiy o‘zarishlar shundan iboratki, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim uchun alohida, oliy ta’lim tizimi uchun alohida ro‘yxat belgilandi. Test of English as a Foreign Language (TOEFL iTP) xalqaro sertifikati asosiy sertifikatlar ro`yxatidan chiqarildi. International Test of English Proficiency iTEP Academic — Plus (B2-C2), Aptis ESOL for Teachers (B2-C1) sertifikatlari esa qo‘shildi. Ingliz tili doirasida Cambridge Assessment English (KET, PET, FCE, CAE, CPE) sertifikati nomi o'zgargan. Yangi nomi Cambridge English Qualifications (B2-C2). Nemis tilidan TELC (Deustch B2-C2) sertifikati ham qabul qilinadigan bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagoglardan Teaching Knowledge Test (TKT), Teaching English for Speakers of Other Languages (TESOL), Teaching English as a Foreign Language (TEFL), Teaching English as a Second Language (TESL) sertifikatlari Common European Framework of Reference (CEFR) tizimining B2 yoki undan yuqori darajadagi sertifikat bilan birgalikda qabul qilinadi va ularga ustama belgilangan tartibda to‘lanadi. Barcha Teaching English for Speakers of Other Languages (TESOL), Teaching English as a Foreign Language (TEFL), Teaching English as a Second Language (TESL) sertifikatlari o‘qituvchi (trener) bilan kamida 100 kontakt soat shug‘ullanishi va kamida 40 soatlik o‘qituvchi-pedagogik amaliyotini qamrab olishi, bunda amaliyot qismi instruktor tomonidan kuzatilib baholanishi zarur. Attestatsiya bo‘yicha yangi diagnostik testlar: 👉@uztditestbot 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
Pegadodlar uchun chet tili sertifikat ro'yxati.pdf1.64 KB
Photo unavailableShow in Telegram
📡INGLIZ TILI USTOZLARI YAQINROQ KELING! Attestatsiya bo‘yicha expert —Fattoyeva Gulchehradan bepul yangi mock tashkil qilinyapti. Yakshanba soat 20:00 da bu imkoniyatni o‘tkizib yubormang! Testlar faqat yangi spetsifikatsiya asosida tuzilgan! "Practise makes perfect!" Hoziroq kanalga o‘tib oling! Kanaliga kirsangiz ishonch hosil qilasiz↘️↘️↘️ https://t.me/+7K7TpvPpskg2MzRi
Hammasini ko'rsatish...
Малака тоифа синовлари ўтказиладиган саналар белгиланди
✅Мактабгача, умумий ўрта ва мактабдан ташқари таълим муассасалари педагоглари учун жорий йилнинг август-декабрь ойларида ўтказиладиган малака тоифа синовлари вақти белгиланди. Унга кўра: ➖Рус тили (миллий мактабларда), Рус тили ва адабиёти (рус), Қирғиз тили ва адабиёти, Қозоқ тили ва адабиёти, Тожик тили ва адабиёти, Туркман тили ва адабиёти фанларидан - 21 октябрь куни (1 кун); ➖ Биология, География, Иқтисодий билим асослари фанларидан — 22 октябрь куни (1 кун); ➖ Информатика ва ахборот технологиялари фанидан 23 октябрь куни (1 кун); ➖ Мактабгача таълим муассасалари тарбиячиси, Мактабгача таълим ташкилоти психологи, Тарбиячи-методист (директор ўринбосари), Ўқитувчи-дефектолог (МТТ), Ўқитувчи-логопед (МТТ), Мусиқа ходими (Мусиқа раҳбари), Психолог (МТТ), Инглиз тили (мактабгача), Немис тили (мактабгача) Француз тили (мактабгача) фанларидан — 24 октябрь куни (1 кун); ➖ Жисмоний тарбия, Мусиқа маданияти фанларидан— 25 октябрь куни (1 кун); ➖ Тарих, Тарбия, Давлат ва ҳуқуқ асослари фанларидан 27 октябрь куни (1 кун); ➖Она тили ва адабиёт, Ўзбек тили (Давлат тили) фанларидан — 28-29 октябрь кунлари (2 кун); ➖ Кимё, Физика фанларидан — 29 октябрь (1 кун) ➖ Инглиз тили фанидан — 30-31 октябрь кунлари (2 кун); ➖ Тасвирий санъат ва чизмачилик, Технология (сервис хизмати йўналиши — қиз болалар учун), Технология (технология ва дизайн йўналиши — ўғил болалар учун), Чақирувга қадар бошланғич тайёргарлик фанларидан — 1 ноябрь куни (1 кун); ➖Бошланғич таълимдан — 3-7 ноябрь кунлари (5 кун); ➖Француз тили, Немис тили, Корейс тили, Хитой тили, Япон тили фанларидан ва Психологлар (мактаб), Логопед-педагоглар (мактаб), Дефектолог-педагоглар (мактаб) учун— 7 ноябрь куни (1 кун); ➖ Маданият вазирлиги тасарруфидаги таълим ташкилотлари педагоглари учун - 8 ноябрь (1 кун); ➖ Математика фанидан - 10-11 ноябрь кунлари (2 кун); ➖ Қорақалпоқ тили (Давлат тили), Қорақалпоқ тили ва адабиёти фанларидан —11-12 ноябрь кунлари (2 кун) малака тоифа синовлари ўтказилади. Эслатма: Педагоглар малака тоифа (тест) синовларига фуқаролик паспорти ёки идентификация ID-картасининг олиб келишлари сўралади. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
Ijtimoiy tarmoqlar orqali bolalarni bogʻchaga qabul qilish 2 yoshdan boshlanishi yoki bolalar endi 6 yoshgacha bogʻchaga borishi haqida turli asossiz xabarlar tarqalmoqda. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot kotibi mazkur xabarlar hech qanday huquqiy asosga ega emasligi hamda barcha maʼlumotlarni rasmiy manbalar orqali olishni tavsiya qildi.Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
Repost from TgId: 1622778007
📐 Eron Geometriya Olimpiadasi (IGO 2025) 📣 YANGILIK! Bu yil IGO ilk bor ikki bosqichda o‘tkaziladi! Olimpiada endi ikki bosqichda o‘tkaziladi — birinchi bosqich test sinovi, ikkinchi bosqichda esa xalqaro olimpiada shaklidagi masalalar yechiladi. --- 🗓 Qachon? 📌 1-bosqich — 12-oktabr 11:00 ▫️ 6–11-sinflar uchun alohida yopiq test (A/B/C/D javob kalitlari bo'yicha) ▫️ 20 ta test savoli ▫️ Ajratilgan vaqt — ⏱️ 1 soat ▫️ “Free level” uchun 1-bosqich bo‘lmaydi, ular faqat 2-bosqichda qatnashadilar. ▫️ 6-sinflar ham qatnashishi mumkin! (Keyingi bosqichga o‘tsa, Elementary kategoriyasida davom etadi) 📌 2-bosqich ▫️ Haqiqiy xalqaro olimpiada shaklida ▫️ 5 ta murakkab masala (har biri 8 balldan, jami 40 ball) ▫️ Ajratilgan vaqt — ⏱️ 4 soat / 4 soat 30 minut --- 🔖 2-bosqich uchun kategoriyalar: 1️⃣ Elementary - birinchi bosqichdan o'tgan 6-7-8-sinflar uchun 2️⃣ Intermediate - birinchi bosqichdan o'tgan 9-10-sinflar uchun 3️⃣ Advanced - birinchi bosqichdan o'tgan 11-sinflar uchun 4️⃣ Free level — ixtiyoriy yoshdagilar (talabalar, o‘qituvchilar va boshqalar) --- ✨ Nega ishtirok etish kerak? ✔️ Dunyodagi eng mashhur geometrik olimpiadalardan biri ✔️ O‘z bilimingizni xalqaro miqyosda sinash imkoniyati ✔️ Olimpiada tajribasi va kuchli tayyorgarlik uchun katta qadam --- 👤 Qatnashish shakli: Offline 💵 Ishtirok etish narxi: 190,000 so‘m 🌐 Masalalar tili: o‘zbek, rus va ingliz --- 📍 Qayerda: Olimpiada o‘z hududingizda o‘tkaziladi. Aniq joylar uchun ustiga bosing Iltimos, manzillar siz uchun qulay ekanligiga ishonch hosil qilganingizdan keyin ro'yxatdan o'tish jarayonini amalga oshiring! Ro‘yxatdan o‘tish uchun: iqtidorlar.uz Murojaat uchun: 📱 @iqtidorlaradmin 📞 +998 94 324 10 50
Hammasini ko'rsatish...
Ilmiy kadrlar tayyorlashning ustuvor yo‘nalishlarini inobatga olib, 2026-yil uchun stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturada oʻqitish boʻyicha qabul kvotasi tasdiqlandi. Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimning barcha shakllari va stajyor-tadqiqotchilik uchun hujjatlar qabuli 2025-yil 5-noyabrgacha davom etadi.Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
2026-yil kvotasi.pdf1.78 MB
Repost from TgId: 1224266819
00:25
Video unavailableShow in Telegram
17 yoshli o‘quvchi qiz IELTS dan 9.0 ballni qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edik. Talimxabarlari.uz saytining yangi "Muvaffaqiyat kaliti" ruknida O'zbekistondagi eng yosh IELTS 9.0 sohibasi Nozima Qadamova mehmon bo'ldi. Quyidagi havola orqali ushbu suhbatni to'liq tomosha qilishingiz mumkin: ▶️ https://youtu.be/DqYINWVoxxg 👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Hammasini ko'rsatish...
IMG_9191.MP48.78 MB
Photo unavailableShow in Telegram
❗️Bugun ona tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat sinovlari uchun ro'yxatdan o'tishning oxirgi kuni Ona (o’zbek, qoraqalpoq va rus) tili va adabiyot fanlaridan test sinovlari uchun ro’yxatga olish jarayonlari bugun 10-oktabr soat 23:59 gacha davom etadi. 💴 To'lovlarni esa ertaga 11-oktabrgacha (shu kuni ham) amalga oshirish mumkin Test sinovlari 1-2-noyabr kunlari bo’lib o’tsa, natijalar 1-dekabr kuni e’lon qilinadi. 📱 Milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) orqali amalga oshiriladi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: 👉 https://my.gov.uz/uz/service/891 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
#malaka_sinovi 📣 Malaka sinovlari oʻtkaziladigan joy manzillari belgilandi ❗️Joriy yilning avgust-dekabr oylarida maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagoglari uchun malaka (test) sinovlari oʻtkaziladigan joy manzillari maʼlum boʻldi. 👉 Ushbu manzillar roʻyxati bilan quyida tanishishingiz mumkin.
📍 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi Manzil: Nukus shahri Ye.Alako‘z ko‘chasi 54-uy Mo‘ljal: MEGA NUKUS savdo majmuasi yonida
📍 Andijon viloyati Andijon viloyati Pedagogik mahorat markazi Manzil: Andijon shahar, Istiqlol ko‘chasi 8-uy Mo‘ljal: malaka oshirish instituti
📍 Buxoro viloyati Buxoro shahridagi 44-umumiy o‘rta ta’lim maktabi Manzil: Buxoro shahar "Bog‘ishamol ko‘chasi, 5-uy Mo‘ljal: Sharq (oldingi Pedagogika kolleji binosi);
📍 Jizzax viloyati Jizzax shahar 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabi Manzil: Jizzax shahar, Kimyogar mahallasi To‘qimachilar ko‘chasi 45-uy; Mo‘ljal: viloyat ko‘z kasalliklari shifoxonasi.
📍 Qashqadaryo viloyati Qashqadaryo viloyati Pedagogik mahorat markazi Manzil: Qarshi shahar Olimlar ko‘chasi 2-uy Mo‘ljal: Qarshi davlat universiteti.
📍 Navoiy viloyati Navoiy shahar “Barkamol avlod” bolalar maktabi Manzil: Navoiy shahar Aloqa ko‘chasi 6-uy Mo‘ljal: Navoiy savdo markazi (SUM) orqa tomonida.
📍 Namangan viloyati Namangan shahridagi 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabi Manzil: Namangan shahri, Gʻishtko‘prik MFY, Uychi ko‘chasi, 329-A uy Mo‘ljal: Chorsu.
📍 Samarqand viloyati Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi Manzil: Samarqand shahri, Hasan Obiddinov ko‘chasi, 7-uy Mo'ljal: Samarqand viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
📍 Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 26-umumiy o‘rta ta’lim maktabi Manzil: Termiz shahri "Kattabog'" MFY, Farovon massivi, 2-mavze, 7-manzilgoh. Mo'ljal: "Davlat xizmatlari markazi" orqa tomoni
📍 Sirdaryo viloyati Guliston shahar viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabi Manzil: Guliston shahar, Shodlik MFY, Navoiy shoh ko‘chasi 55-uy Mo‘ljal: Guliston shahar istirohat bog‘i
📍 Toshkent viloyati Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi Manzil: Toshkent shahri, Beruniy ko‘chasi 83-A-uy, mo‘ljal: Metroning "Tinchlik" bekati, "IMZO" firmasining eski binosi.
📍 Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahridagi 28-umumiy o‘rta ta’lim maktabi Manzil: Farg‘ona shahar, “Istiqlol” MFY, A.Qodiriy ko‘chasi -13A. Mo‘ljal “Chery” avtosaloni.
📍 Xorazm viloyati Urganch shahridagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi (Al-Beruniy maktabi) Manzil: Urganch shahar 4-Yuqori bog‘ mahallasi Maxtumquli ko‘chasi 229-a-uy. Mo‘ljal: Omad to‘yxonasi (omad bowling) yoki Urganch shahar 4-son ichki ishlar bo‘limi
📍 Toshkent shahri Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi Manzil: Toshkent shahri, Beruniy ko‘chasi 83-A-uy Mo‘ljal: Metroning "Tinchlik" bekati, "IMZO" firmasining eski binosi.
Namunaviy toifa testlarini quyidagi botlar yordamida bepul bajarishingiz mumkin: O'zbek tilida: 👉 https://t.me/uztditestbot Rus tilida: 👉https://t.me/uztditest_rusbot Qoraqalpoq tilida: 👉 https://t.me/uztdi_qrtestbot 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
❗️Xorijiy tillarni o'rganmoqchi bo'lgan yoshlarga “2+6” dasturiga muvofiq subsidiya ajratiladi 📃Hukumat qarori (632-son, 08.10.2025-y.) bilan “Yoshlarning oʻquv markazlarida xorijiy tillarni oʻqish xarajatlari bir qismi uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi. Nizomga koʻra, “2+6” dasturi belgilangan xorijiy tillarni bilish boʻyicha ballning (darajaning) kamida minimal koʻrsatkichli sertifikatiga ega boʻlgan ariza beruvchi oʻquv markazi tomonidan unga xorijiy tilni oʻqitish xizmatini koʻrsatgani uchun dastlabki 2 oy uchun oʻqish xarajatini oʻz hisobidan toʻlaganda, keyingi 6 oygacha oʻqish xarajati uchun Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga ajratilgan mablagʻlar doirasida subsidiya ajratilishini nazarda tutadi. 👇“2+6” dasturiga muvofiq, yoshlarga har oy yakuni boʻyicha quyidagi miqdorda subsidiya ajratiladi:
🔹Toshkent shahrida – BHMning 2 baravarigacha; 🔹 Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazlarida – BHMning 1,5 baravarigacha; 🔹 tuman (shahar)larda – BHMning 1 baravarigacha.
🗓 Agentlik tomonidan 2025–2026-yillarda oʻquv markazlarida xorijiy tillarni oʻrganadigan 20 ming nafargacha, 2031-yilga qadar har yili 20 ming nafargacha yoshlarga oʻqish xarajatlari uchun subsidiya ajratiladi. Bunda tegishli yilda subsidiya ajratilgan yoshlar soni 20 ming nafardan oshgan taqdirda, oʻsha yil uchun subsidiya ajratish keyingi yilga qadar toʻxtatiladi. Ariza beruvchilarning xorijiy tilni oʻqitish xarajati uchun: ➡️oʻquv markazlarining reytingini shakllantirish uchun belgilangan tartibda elektron platforma orqali roʻyxatdan oʻtgan; ➡️ariza beruvchilarning oʻquv mashgʻulotlarida qatnashganini kunlik elektron nazorat qilish imkonini beruvchi elektron platformaga integratsiya qilingan oʻquv markazlariga “2+6” dasturi doirasida subsidiya ajratiladi. 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin. Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
"Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi qo'shma qaror Ushbu qarorga oid asosiy yangiliklar: Cambridge Assessment English nomi o‘zgardi, Aptis va TELC qo‘shildi, TOEFL iTP hamda MCE ro‘yxatdan chiqarildi O‘qituvchilar uchun B2 darajali sertifikat majburiy bo‘ladi, ayrim TESOL va TEFL sertifikatlari endi imtiyoz bermaydiUmumta’lim fanlari bo‘yicha xalqaro sertifikatlar ro‘yxati kengaytirildi Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
Xorijiy til sertifikatlar qaror 2025.pdf1.32 MB
⚡️ Qoraqalpog‘iston yoshlari uchun xorijiy va nodavlat OTMlariga 200 ta maqsadli kvota uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi. 📆 2025-yil 11-oktabr (shanba) kuni bo‘lib o‘tadigan imtihon uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi. 📱 Test sinovida ishtirok etuvchi talabgorlar ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytining shaxsiy kabineti orqali yuklab olishlari mumkin. 📌 Ruxsatnomada talabgorlarga test sinovi o‘tkaziladigan sana, manzil va vaqt ko‘rsatilgan bo‘lib, ulardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi. 💳 11-oktabr kuni test sinovi bitta smenada o‘tkaziladi. Talabgorlar binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi. ⚠️ 1-smena uchun kirish vaqti soat 7:30 dan 8:30 gacha. Soat 8:30 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi. 👝 Test topshiruvchilardan imtihon binosiga ortiqcha buyumlar (elektron qurilmalar, sumka, kitob, daftar, yozuv qurollari, ichimlik, ovqat, shaxsiy buyumlar va boshqalar) olib kelmaslik so‘raladi. Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
Umumta’lim fanlari bo‘yicha xalqaro sertifikatlar ro‘yxati kengaytirildi Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy hamda xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi hukumat qarori imzolandi. Ushbu qaror besh bobdan iborat bo‘lib, 4-bobida quyidagi yangi xalqaro sertifikatlar kiritildi:
— IC3 Digital Literacy Certification (Informatika fani) — 700 va undan yuqori ball; — A-Level (kimyo fani) — B daraja; — A-Level (biologiya fani) — B daraja.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin. Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
O‘qituvchilar uchun B2 darajali sertifikat majburiy bo‘ladi, ayrim TESOL va TEFL sertifikatlari endi imtiyoz bermaydi Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qaror imzolandi. Ushbu qaror besh bobdan iborat. 3- bobi imtiyozlar taqdim etilishi ikki qismga ajratildi.
➖ Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional taʼlim uchun; ➖ Oliy taʼlim uchun.
Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional taʼlim uchun quyidagi sertifikatlar qo‘shildi:
— International Test of English Proficiency (iTEP Academic — Plus) — B2, C1 va C2 darajalari; — Aptis ESOL for Teachers — B2 va C1 darajalari; — TELC (nemis tili) — Deutsch B2, Deutsch C1 va Deutsch C2 darajalari.
❌ Shuningdek, endilikda Teaching Knowledge Test (TKT), Teaching English for Speakers of Other Languages (TESOL), Teaching English as a Foreign Language (TEFL) hamda Teaching English as a Second Language (TESL) sertifikatlari xorijiy tillar o‘qituvchilarini ishga qabul qilish jarayonida inobatga olinmaydi. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga xorijiy tillar o‘qituvchilari lavozimlariga ishga yangi qabul qilinayotgan talabgor kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi sertifikatga ega bo‘lishi lozim. Barcha Teaching English for Speakers of Other Languages (TESOL), Teaching English as a Foreign Language (TEFL), Teaching English as a Second Language (TESL) sertifikatlari o‘qituvchi (trener) bilan kamida 100 kontakt soat shug‘ullanishi va kamida 40 soatlik o‘qituvchi-pedagogik amaliyotini qamrab olishi, bunda amaliyot qismi instruktor tomonidan kuzatilib baholanishi zarur Endilikda instruktor tomonidan kuzatilib baholanishi tasdiqlanmagan TESOL,TEFL, TESL sertifikatlariga imtiyoz taqdim etilmaydi. 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin. Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
Til sertifikatlari tizimida yangilik: Cambridge Assessment English nomi o‘zgardi, Aptis va TELC qo‘shildi, TOEFL iTP hamda MCE ro‘yxatdan chiqarildi Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi hukumat qarori imzolandi. Unga koʻra Cambridge Assessment English (KET, PET, FCE, CAE, CPE) sertifikati nomi oʻzgartirildi. Yangi nomlash tizimiga muvofiq, ingliz tili darajalari quyidagicha belgilanadi:
A1 — Movers, A2 — Key (120–139 ball), B1 — Preliminary (140–159 ball), B2 — First (160–179 ball), C1 — Advanced (180–199 ball), C2 — Proficiency (200–230 ball).
Bundan tashqari, yangi ro‘yxatga quyidagi xalqaro ingliz tili imtihonlari kiritildi:
— Aptis ESOL for Teachers, bu sertifikat A1, A2, B1, B2 va C1 darajalarini o‘z ichiga oladi; — Aptis ESOL Advanced, u B1, B2, C1 va C2 darajalarini qamrab oladi; — Cambridge Linguaskill, ushbu test B1, B2, C1 hamda C2 darajalarda ingliz tilini bilish ko‘nikmalarini baholaydi.
Shuningdek, 1-bobga nemis tili bo‘yicha TELC sertifikati ham qo‘shildi.
❌ Qarorga ko‘ra, Test of English as a Foreign Language (TOEFL iTP) va Microsoft Certified Educator (MCE) xalqaro sertifikatlari asosiy sertifikatlar ro‘yxatidan chiqarildi.
2025-yil 3-oktabr sanasiga qadar olingan Test of English as a Foreign Language (TOEFL iTP) va Microsoft Certified Educator (MCE) xalqaro sertifikatlari uchun ularning amal qilish muddati tugagunga qadar (muddati cheklanmagan (belgilanmagan) sertifikatlar uchun sertifikat olingan kundan boshlab uch yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt mobaynida) umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’limga o‘qishga kirish, ishga qabul qilish hamda ustamalar belgilash bo‘yicha imtiyozlar qo‘llaniladi. Bunda, 2025-yil 3-oktabr sanasidan keyin olingan yuqoridagi sertifikatlar uchun o‘qishga kirish, ishga qabul qilish hamda ustamalar belgilash bo‘yicha imtiyozlar qo‘llanilmaydi; 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin. Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi 2025-yil 13-sentabrdan 30-sentabrga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi. 👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin. 📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab olishi mumkin. ❗️O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 8-10-oktabr kunlari my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi. 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin. Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️ Ona tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoniga 10-oktyabrga qadar ro‘yxatdan o‘tish mumkin 10-oktyabr kuni ona (o'zbek, qoraqalpoq va rus) tili va adabiyot fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish yakunlanadi. 💴 To‘lovlar esa 11-oktyabrgacha amalga oshirilishi mumkin. ✍️ Ushbu fanlar bo‘yicha test sinovlari 1-2-noyabr kunlari o‘tkaziladi. 📱 Milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) orqali amalga oshiriladi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: 👉 https://my.gov.uz/uz/service/891 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin. Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Shu yil hisobidan SAT noyabr va dekabr oylarida bo’ladi.Ulgurmasangiz kelasi yilga qolib ketasiz. SAT kurslariga qabul boshlandi.Kurs SAT matematika qismidan yuqori bal olmoqchi bo’lgan o’quvchilar va 50 % ustama olmoqchi bo’lgan ustozlar uchun. 2 xil guruhga qabul bo’lmoqda.2 oylik va 1 oylik.2 oylik guruh matematikani o’zbek tilida biladiganlar va 0 dan tayyorlanmoqchi bo’lganlar uchun.1 oylik guruh boshlang’ich tayyorgarlikka ega bo’lganlar uchun ➡️ 2 oylik guruh haqida ➡️ 1 oylik guruh haqida ➡️ Kursmizdagi natijalar Bundan tashqari @Satustama kanalimizda bepul kontentlar ham berib boriladi. 📱 @SHAXZODSAT 📱 @Satustama
Hammasini ko'rsatish...