uz
Feedback
Ta'lim nazorati

Ta'lim nazorati

Kanalga Telegram’da o‘tish

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot

Ko'proq ko'rsatish
2025 yil raqamlardasnowflakes fon
card fon
112 127
Obunachilar
-15124 soatlar
-1 5127 kunlar
-6 81930 kunlar
Postlar arxiv
Photo unavailableShow in Telegram
#imtihon_natijalari_2025 #ikkinchi_bosqich #Prezident_maktablari 📣Prezident maktablarining 2-bosqich imtihon natijalari e'lon qilindi 📆 Joriy yilning 27-iyul kuni o‘tkazilgan Prezident maktablarining 2-bosqich imtihon natijalari e’lon qilindi. ✅ Imtihon natijalarini Cambridge Assessment International Education tashkilotining quyidagi rasmiy veb-sahifasi orqali ko’rishingiz mumkin: https://www.cambridgeinternational.org/J25-presidential-schools-results/ 🔹 Andijon viloyati 🔹 Buxoro viloyati 🔹 Farg‘ona viloyati 🔹 Jizzax viloyati 🔹 Qoraqalpog‘iston Respublikasi 🔹Qashqadaryo viloyati 🔹 Xorazm viloyati 🔹 Namangan viloyati 🔹 Navoiy viloyati 🔹 Samarqand viloyati 🔹 Sirdaryo viloyati 🔹 Surxondaryo viloyati 🔹 Toshkent shahri 🔹 Toshkent viloyati 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
00:59
Video unavailableShow in Telegram
DTM natijasi — bu yakun emas! 🎓 Bakalavriatga kirish test sinovlarida yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlar uchun hali imkoniyatlar eshigi yopilmadi. Navoiy Innovatsiyalar Universitetida qabul jarayonlari davom etmoqda. 📞Call-markaz: +998555000043 📲 Ro'yxatdan o'tish: https://niuedu.uz/uz/cv Bakalavriat ta'lim yo'nalishlari Magistratura mutaxassisliklari Bizning manzillar:
📌Navoiy viloyati, Karmana tumani, Toshkent ko'chasi 39-uy 📌Surxondaryo viloyati, Sho'rchi tumani, " Oqkamar " MFY, Mustaqillik ko'chasi 64-uy
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Web-sayt
Hammasini ko'rsatish...
IMG_0946.MP420.88 MB
❗️Yurtimiz maktablarida 2025/2026 o‘quv yili 2-sentabrdan boshlanadi ✅ Respublikamiz bo‘ylab barcha umumta'lim maktablarida yangi – 2025/2026-o‘quv yili dars jarayonlari joriy yilning 2-sentabridan (seshanba kuni) boshlanadi.
Maktablardagi o‘quv jarayonining birinchi dars soatlarida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida “Kelajak soati” darslari o'tkaziladi.
📊 Shuningdek, joriy yilda birinchi sinfga qabul qilinadigan 738 ming nafardan ortiq o‘quvchiga 12 nomdagi o‘quv qurollaridan iborat “Prezident sovg‘asi” tantanali topshiriladi. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
#Tayinlov Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Shaxrisabz va Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutlariga rektorlar tayinlandi Saidov Mash’al Samadovich – Shahrisabz davlat pedagogika instituti rektori etib tayinlandi. U tayinlovga qadar Al-Faraganus universitetida Menejment va marketing kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.. ➖ Urakov Sherzod Raxmonovich – Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti rektori lavozimiga tayinlandi. Bungacha u Samarqand davlat universitetining Kattaqoʻrgʻon filiali direktori edi. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
⚡️ Chet tili imtihoni uchun ruxsatnomalar taqdim etildi Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi imtihon sanasi e’lon qilindi.  Unga ko‘ra: ➡️Imtihonning yozma qismi — 28-avgust kuni; ➡️Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 2 - 5-sentabr va 8-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi (shanba va yakshanba kunlaridan tashqari). 📱Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin. ⏰ Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi. 🆔 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi. Eslatib o‘tamiz, 2025-yil avgust-sentabr oylaridagi imtihonlar mavjud (eski) yozma topshiriq formati asosida o‘tkaziladi. Izoh: Test sinovi natijalari VMQ-73 son qaroriga muvofiq 15-sentabrda e’lon qilinadi. 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
🎓 Kelajagingizni Buxoro Innovatsiyalar Universiteti bilan yarating! Bakalavriat testida kutilgan ballni ololmadingizmi? Xafa bo‘lmang — siz uchun imkoniyatlar hanuz ochiq! 🏛 Buxoro Innovatsiyalar Universiteti qabul jarayonlarini davom ettirmoqda: 21 ta bakalavriat yo‘nalishlari 7 ta magistratura mutaxassisliklari 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: qabul.bui.uz 📞 Buxoro kampusi: 55-307-50-00 | @BUI_admin 📞 Sirdaryo filiali: 78-221-00-01 | @Biu_admin_Guliston
Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Web sahifa
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
#Tayinlov Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan: Ulugʻbek Tashkenbayev Toshkent shahridagi “A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti” Federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasi filialining ijrochi direktori etib tayinlandi U.Tashkenbayev ta’lim sohasida katta tajribaga ega. Xususan, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari, Guliston davlat universiteti rektori, Samarqand davlat universiteti rektori kabi lavozimlarda faoliyat olib borgan. Tayinlovga qadar Tashkenbayev Ulugʻbek Negmatovich Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri maslahatchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi. Ulug‘bek Negmatovichni yangi mas’uliyatli lavozim bilan samimiy tabriklaymiz hamda kelgusi ishlarida ulkan yutuqlar tilaymiz!Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
#Tayinlov Maqsudjon Yuldashev Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori lavozimiga tayinlandi U bunga qadar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Pedagog kadrlarni tayyorlash va kasbiy rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan edi. Uzoq yillar ta’lim tizimida mehnat qilib kelgan Maqsudjon Yuldashev 2012-2016-yillarda A.Avloniy nomidagi xalq taʼlimi pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish Markaziy instituti rektori, 2016-2017-yillarda vazirlikning taʼlim muassasalari faoliyatini tashkil etish bosh boshqarmasi boshlig‘i, 2018-2021-yillarda Maktabgacha taʼlim vaziri o‘rinbosari, 2021-2024-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti moliya va iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori kabi turli mas’ul lavozimlarda ishlagan. Maqsudjon Yuldashevga kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
⚡️Kechki ta’lim shaklida o‘qiydigan talabalarga ham yotoqxona beriladimi? Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 376-sonli qaroriga ko‘ra, kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan talabalar turar joyiga ehtiyoji bor talabalar to‘liq ta’minlanmasdan turib, boshqa ta’lim shaklida o‘qiyotgan talabalarni turar joyga joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Avval kunduzgi ta’lim shaklida tahsil oluvchi talabalar joylashtiriladi. Agar talabalar turar joyida bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lsa, kechki ta’limda o‘qiyotgan talabalar ham turar joy bilan ta’minlanishi mumkin. Shu o‘rinda savol tug‘iladi. Agar talaba kechki ta’lim shaklida tahsil olayotgan bo‘lsayu, unda imtiyoz bo‘lsachi? Bu holatda kechki ta’lim shaklida tahsil olayotgan talaba belgilangan imtiyozlar toifasiga kirsa, u holda ustuvorlik asosida yotoqxonaga joylashtiriladi. Quyidagi toifadagi talabalar ustuvorlik asosida talabalar turar joylariga qabul qilinadi:
– “Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilari, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talabalar;“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”, “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”da turadigan talabalar; – I va II guruh nogironligi bo‘lgan talabalar; bir oiladan bakalavriat bosqichi kunduzgi ta’lim shaklida ikki yoki undan ortiq to‘lov-shartnoma asosida o‘qiyotgan oilalar farzandlari; – xalqaro fan olimpiadalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan respublika fan olimpiadalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalar; – “Yil talabasi” va “Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-tanlovlarining respublika bosqichi g‘olibi bo‘lgan talabalar; – oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yinining respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalar; — talabalar turar joyida talabalar kengashi raisi, qavat sardori bo‘lgan talabalar;
Demak, kechki ta’limda o‘qiyotgan talabalar yotoqxonaga faqat quyidagi hollarda joylashtiriladi: — kunduzgi ta’lim talabalari to‘liq joylashtirilgach, bo‘sh joy qolsa; — talaba imtiyozli toifaga kirsa. 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
00:20
Video unavailableShow in Telegram
Iqtidor o‘zi nima? UBS'da fikrlar loyihaga, salohiyat esa — baland cho‘qqilarga boshlaydigan professional sohaga aylanadi. Iqtidoringiz sevimli kasbga aylanishi uchun bakalavriatning 49 ta yo‘nalishidan birini tanlang. 👉🏻 Bakalavriat yo‘nalishlari 👉🏻 UBSga virtual sayohat UBSda qabul davom etmoqda. Biz bilan puxta ilm olishga shoshiling! 📞 +998555202626 | 🌐 qabul.ubsu.uz Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | Instagram | Veb-sayt | Qabul-bot
Hammasini ko'rsatish...
6.60 MB
Photo unavailableShow in Telegram
7-sentyabr sindromi “7-sentyabr sindromi” — bu maktab boshlangach, birinchi haftadan keyin bolalarda uchrayotgan charchoq, ruhiy bezovtalik va hatto kasallik belgilari majmuasiga berilgan nomdir.
Dastlabki kunlardagi hayajon, yangi sinfdagi do‘stlik va ishtiyoq ruhi o‘tganidan so‘ng, bolalar birdan o‘zlarini kuchsiz, uyatchan his qiladi ba’zan hatto kasallanganini sezadi.
Bu fenomen ko‘pincha birinchi sinf (eng ko‘p), 4–5 va 9–10 sinflarda kuzatiladi. 🔹 Nima sababdan sodir bo‘ladi? Rejim o‘zgarishi: ertalab erta uyg‘onish, darslarda uzoq o‘tirish, yangi mas’uliyat - barchasi tananing stress reaksiyasiga olib keladi.
Quvnoq yozgi hayotdan qaytishda bosim, ta’til kunlari o‘rniga o‘quv rejimi, majburiyatlar va uyga vazifalarning ko‘pligi bola organizmiga yuk bo‘ladi.
Yozgi ta’tildagi rejasizlik bu jarayonni qiyinlashtiradi. 🔹 Sindrom qanday namoyon bo‘ladi?
➖ Tomoq, bosh yoki oshqozon og‘rig‘i, isitma yoki yomon holat. ➖ Emotsional o‘zgarishlar: charchoq, befarqlik, diqqatning pasayishi, kayfiyatdagi o‘zgarishlar. ➖ Xulqdagi o‘zgarishlar: sevimli o‘yinlardan voz kechish, maktab haqida gapirmaslik, uyqu va ishtahaning buzilishi. ➖ Adaptatsiya davomiyligi sinfga ko‘ra farq qiladi. ➖ Boshlang‘ich sinflar/1 sinflar — adaptatsiya 1–2 oy davom etishi mumkin. ➖ O‘rta va yuqori sinflar — adaptatsiya taxminan bir oy davom etadi.
🔹 Ota-onalarga maslahatlar
➖ Tayinlangan tartibni oldindan boshlang. Yoz oylaridanoq bolani maktab jadvaliga — erta turish, tartibli ovqatlanish va uyquga o‘rgating. ➖ Uxlash va gadjetlardan foydalanishni tartibga soling. Erta yotish va 30 daqiqadan ortiq ekran oldida bo‘lishni cheklang — bu uyquga yotish jarayonini yengillashtiradi. ➖ Qo‘shimcha mashg‘ulotlarni keyinroqqa suring. Kamida sentyabr tugaguncha bolaga darsdan tashqari faoliyatlar yuklamang. ➖ Jismoniy faollik va ochiq havo, oilaviy sayrlar, o‘yinlar stressni kamaytiradi va energiyani tiklashga yordam beradi. ➖ Emotsional muvofiqlikka yordam bering. Ota-onalik mehrini oshiring, baholardan ko‘ra mehr-muhabbat va qo‘llab-quvvatlash muhim. ➖ Sog‘lom ovqat, vitaminlar, magniy o‘z ichiga olgan oziq-ovqatlar (tuxum, sut mahsulotlari, baliq, yong‘oqlar, banan, quritilgan mevalar) bolaga bu paytda ko‘proq kerak. ➖ Agar holat yomonlashsa — pediatr bilan maslahatlashish va profilaktika choralarini ko‘rish zarur.
“7-sentyabr sindromi” — bu adaptatsiya jarayonida yuzaga keladigan tabiiy va vaqtinchalik fenomen. 📌 Muhimi — bolaning jismoniy va ruhiy sog‘lig‘iga e’tibor berish, rejim, ovqatlanish, dam olish va ota-ona mehr-muhabbatini muvofiqlashtirishdir. Shu tarzda, maktab hayotiga moslashishni osonlashtirish mumkin. ManbaTaʼlim nazorati rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
⚡️Bugun apellyatsiya arizalarini qabul qilish yakunlanadi Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar apellatsiya arizalarini my.uzbmb.uz saytida (shaxsiy kabineti orqali) onlayn tarzda 15-avgustdan 24-avgustga qadar (10 kun davomida) berishlari mumkinligi haqida xabar bergan edik. 📌 Abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim. 🔖 Apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi. 🏢 Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va xabarnoma bilan Bilimni baholash agentligiga (yoki xabarnomada belgilangan joyga) kelishi kerak. Apellyatsiya arizalarini qabul qilish onlayn tarzda amalga oshirilmoqda va bugun (24-avgust) arizalarni qabul qilishning so‘nggi kuni hisoblanadi. 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
💣 Abituriyentlar uchun ajoyib yangilik: kontrakt narxlariga 6 mln so‘mgacha chegirma e'lon qilindi! 🔥 ZARMED Universiteti bakalavriat bosqichidagi ta’lim yo‘nalishlari uchun maxsus narxlarni e’lon qildi. ⏳ Chegirma 1-sentyabrgacha amal qiladi, shundan so‘ng narxlar avvalgi holatiga qaytadi. Minimal miqdorda kontrakt to'lovini amalga oshirishingiz yetarli. Kvotalar soni esa cheklangan. Kontrakt to'lovini 1-oktyabrgacha 100% amalga oshirsangiz, yana 10% chegirma olasiz. 📄 Litsenziya (№377909, 06.08.2022 y.) Siz ham ushbu chegirmalarni olmoqchi bo‘lsangiz, hoziroq ariza topshiring. 👉Ariza topshirish 55-704-70-70 | @zarmedqabulbot
Hammasini ko'rsatish...
⚡️Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga oʻquvchilarni qabul qilish tartibi loyihasi e’lon qilindi Muhokamalar portaliga ‘Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat faoliyatiga oʻquvchilarni saralab olish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisida nizom loyihasi joylashtirildi. Unga ko'ra kirish imtihoni har yili qabul komissiyasi tomonidan belgilangan muddatlarda oʻtkaziladi. Maktabga tayyorlov guruhi hamda 1-sinflar uchun kirish imtihonlari ikki bosqichda quyidagicha oʻtkaziladi: 🔹1-bosqich – mantiqiy fikrlash boʻyicha maktabga tayyorlov guruhi uchun 10 ta, 1-sinf uchun 20 ta test shaklida oʻtkaziladi. Birinchi bosqich natijasiga koʻra, qabul kvotasida belgilangan har bir oʻringa 5 nafar hisobidan maksimal ball toʻplagan oʻquvchilarga ikkinchi bosqichda ishtirok etishga ruxsat etiladi. 🔹2-bosqich – psixologik va intellektual qobiliyat darajasini aniqlash boʻyicha turli darajadagi suhbatlar shaklida oʻtkaziladi. Kirish imtihonlari:
a) 2-4-sinflar uchun bir bosqichda quyidagi fanlardan oʻtkaziladi: 2-sinf uchun matematika fanidan 15 ta, ingliz tili fanidan 10 ta test savollari shaklida; 3-sinf uchun matematika fanidan 20 ta, ingliz tili fanidan 10 ta test savollari shaklida; 4-sinf uchun matematika fanidan 20 ta, ingliz tili fanidan 15 ta test savollari shaklida; b) 5-11-sinflar uchun bir bosqichda matematika fanidan 20 ta, ingliz tili fanidan 25 ta test savollari shaklida oʻtkaziladi.
➖ Ixtisoslashtirilgan maktabga oʻquvchilar yillik qabul kvotasi (ikkita sinfga bir xil 24 nafardan oʻquvchi taqsimlangan, 48 nafar oʻquvchidan iborat) doirasida qabul qilinadi. Ixtisoslashtirilgan maktabda 6 yoshli bolalar uchun 2 ta maktabga tayyorlov guruhi tashkil etiladi, ularga 10 nafardan 20 nafargacha bolalar qabul qilinishi mumkin. Ushbu muassasalarga qabul jarayonlari 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Batafsil: 👉 https://talimxabarlari.uz/41848/ 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat va san’at sohalari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoni e’lon qilindi. Unga ko‘ra, boshqa sohalar qatorida ta’lim sohasi vakillari ham turli darajadagi orden va medallar bilan taqdirlandi. "O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi" faxriy unvoni bilanBaybosinov Sarsenbay Bazarbayevich - J.Izentayev nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati rangtasvir fani o‘qituvchisi, rangtasvirchi rassom "Mehnat shuhrati" ordeni bilanAskarov Ibragim Raxmanovich - Andijon davlat universiteti kimyo kafedrasi professori ➖ Botirov Nizomidin Fayzullayevich - Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori ➖ Raxmanov Vaxob - Guliston davlat universitetining o‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi dotsenti ➖ Tojiyev Kilich Musajonovich - Oltiariq tumanidagi 14-bolalar musiqa va san’at maktabi direktori, xonanda, Farg‘ona viloyati "Do‘stlik" ordeni bilanBaymuratova Irina Viktorovna - Angren shahridagi 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabining informatika fani o‘qituvchisi, Toshkent viloyati ➖ Omar-Mun Yasmina Xalidovna - Uchtepa tumanidagi 16-bolalar musiqa va san’at maktabi o‘qituvchisi, xonanda, Toshkent shahri ➖ Taraskin Aleksandr Andreyevich - Toshkent shahridagi «Smart school» nodavlat ta’lim muassasasining biologiya fani o‘qituvchisi II darajali "Sog‘lom avlod uchun" ordeni bilanMannopova Oydinxon Sultonaliyevna - Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik liseyining ijrochi direktori ➖ Suyarkulov Sherali Rustambekovich - Farg‘ona davlat universitetining aholi tomorqalaridan samarali foydalanish va dorivor o‘simliklar kafedrasi katta o‘qituvchisi ➖ Teshabayev Tulkin Zakirovich - Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori "Shuhrat" medali bilanAbdullayev Ravshan O‘ktamovich - Yangiobod tumanidagi 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabining geografiya fani o‘qituvchisi, Jizzax viloyati ➖ Gulmurotov Dilmurod Sayitmurotovich - Guliston tumanidagi 2-bolalar musiqa va san’at maktabining baxshichilik sinfi o‘qituvchisi, Sirdaryo viloyati ➖ Elliyeva Dildora Anvarovna - Jondor tumanidagi 4-maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi, Buxoro viloyati ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
00:49
Video unavailableShow in Telegram
⚡️1-kursga tavsiya etilganlar uchun yotoqxonalar ajratila boshlandi Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuborgan talabgorlarga talabalar turar joyiga joylashish bo‘yicha natijalar e’lon qilinmoqda. Ma’lumot uchun, reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Shundan so‘ng joylar, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi: ▪️1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz; ▪️2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz; ▪️3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi. Arizalar qabuli o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi. Batafsil ma’lumot: 👉https://lex.uz/uz/docs/-6568679 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
1.TTJ.mp41.98 MB
00:29
Video unavailableShow in Telegram
🎓 Buxoro Innovatsiyalar Universiteti bilan orzular sari! 📚 Endi masofaviy ta’lim imkoniyati — uyingizda turib, zamonaviy bilimga ega bo‘ling! Siz qayerda bo‘lishingizdan qat’i nazar, ta’lim doimo yoningizda. ✨ Bugun ro‘yxatdan o‘ting va kelajagingizni biz bilan yarating! 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: qabul.bui.uz 📞 Buxoro kampusi: 55-307-50-00 | @BUI_admin 📞 Sirdaryo filiali: 78-221-00-01 | @Biu_admin_Guliston
Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Web sahifa
Hammasini ko'rsatish...
0819(1)-video-export-2025-08-22T22-20-41.422Z(Android).mp45.43 MB
Photo unavailableShow in Telegram
❗️3-kursdan o'qishga kiritib qo'ymoqchi bo'lgan firibgarlar qo'lga olindi Buxoroda bir shaxs fuqaroning nomiga soxta hujjat tayyorlab, uni Buxoro innovatsion tibbiyot institutiga 3-kursdan kiritish evaziga 3 ming dollar olayotganida qo‘lga tushgan. Jumladan, Ohangaronda nodavlat OTM bo‘lim boshlig‘i 4 nafar fuqaro uchun 4 ming dollar olayotganda ushlangan. Piskent tumanida esa 2 shaxs fuqaroni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga joylashtirib berish bahonasida 2 ming dollar olayotganda ushlangan. Hozirda barcha holatlar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda. 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
⚡️Oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining o‘quv adabiyotlarini ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha nizom qabul qilindi ❗️Hukumatning 2025-yil 22-avgust kuni 530-sonli ‘‘Oliy ta’lim tashkilotlari talabalari uchun tayyorlangan o‘quv adabiyotlarini ekspertizadan o‘tkazish bo’yicha davlat xizmatini ko’rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida’’ gi qarori qabul qilindi. 📌Unga ko’ra, quyidagi ma’muriy reglamentlarni o’z ichiga oladi:
– respublikada faoliyat yurituvchi davlat va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari, xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari, shuningdek, oliy harbiy ta’lim muassasalari uchun davlat standartlari, malaka standartlari, malaka talablari, o‘quv rejasi va dasturlariga muvofiq tayyorlangan o‘quv adabiyotlarini ekspertizadan o’tkazishni davlat xizmati asosida tashkil etish tartibi; – ekspertlar tomonidan o’quv adabiyotlarini ekspertizadan o’tkazish tartibi; – davlat xizmatidan foydalanganlik uchun to’lov undirish tartibi; – o’quv adabiyotlarini ekspertizadan o’tkazish jarayonida ishtirok etuvchi mutaxassislarga shartnoma asosida haq to’lash tartibi; – davlat xizmatlari ko’rsatishni rad etish asoslari.
📍Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ma’muriy reglamentga muvofiq o’quv adabiyotlarini ekspertizadan o’tkazishni davlat xizmati asosida tashkil etishni muvofiqlashtirishi hamda o’n kun muddatda ushbu davlat xizmatini ko’rsatuvchi ishchi organni belgilashi ko’rsatilgan. 📍Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda 2025-yil 1-sentyabrdan boshlab:
– Ma’muriy reglamentga muvofiq davlat xizmatlarining YaIDXP orqali joriy etilishini ta’minlashi; – YaIDXPda davlat xizmatlari ko’rsatilishining har bir bosqichida murojaatlar ko’rib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etish; – o’quv adabiyotlarini ekspertizadan o’tkazish bo’yicha davlat xizmati ko’rsatilgani uchun yig’im, davlat boji va barcha turdagi to’lovlarning Yagona billing tizimiga ulanishini ta’minlashi belgilangan.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
01:29
Video unavailableShow in Telegram
💻 Masofaviy ta’lim sirtqi taʼlim o‘rnini bosa oladimi? Ko‘pchilik masofaviy taʼlimni shunchaki YouTube darslari, deb jiddiy qabul qilishmaydi. Aslida-chi? Keling, bu tizim haqida eng keng tarqalgan top-5 savolni ko‘rib chiqamiz.
1️⃣ Bu shunchaki videodarslarmi? Yo‘q. ISFTda masofaviy taʼlim — bu to‘liq o‘quv tizimi. Har bir modul bo‘yicha darslar, o‘qituvchilar bilan onlayn uchrashuvlar, test, amaliy topshiriqlar va loyihalar mavjud. 2️⃣ Agar hech narsani tushunmasam-chi? Talabalar pedagoglar bilan doimiy aloqada bo‘ladi. Savollarni mashg‘ulot davomida yoki yozma shaklda berish mumkin. Darslar yozib olingani sabab qayta ko‘rib chiqsa bo‘ladi. 3️⃣ O‘qishni ish bilan paralel olib borish mumkinmi? Ha. O‘quv jarayoni moslashuvchan grafik asosida tashkil etilgan. Darslar videoyozuvi taqdim etiladi, kuratorlar esa doimiy aloqada, har bir talaba bilan individual ish olib boriladi. 4️⃣ Masofaviy ta’limda ham talabalik hayoti bo‘ladimi? Albatta. Talabalar o‘rtasida Telegram guruhlar, muhokama chatlari, jamoaviy loyihalar, konkurs va uchrashuvlar tashkil etilgan. Bu yo‘nalish o‘zining haqiqiy talabalar hamjamiyatiga ega. 5️⃣ Diplomda “masofaviy” deb yoziladimi? Yo‘q. Bitiruvchilar davlat namunasidagi bakalavr diplomini oladi. Unda taʼlim shakli ko‘rsatilmaydi. Ish beruvchi uchun muhim omil — format emas, bilim va ko‘nikmalaringiz.
P.S. ISFT masovaviy taʼlim yo‘nalishlari va afzalliklari haqida batafsil videoda⬆️ 🎓 ISFT — sizning muvaffaqiyat yoʻlingiz! 🌐 admission.isft.uz | ☎️ +998555061717 Instagram | Telegram | YouTube | Qabul-bot
Hammasini ko'rsatish...
25.68 MB