2025 yil raqamlarda

56 112
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
+2227 kunlar
+1 35330 kunlar
Postlar arxiv
Photo unavailableShow in Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar
📣 Shaxsning ishtirokisiz yoki xabarisiz kredit bitimi rasmiylashtirishning oldini olish imkoniyatlari mustahkamlanmoqda!📑 “Kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchalarga asosan: 🔰 jismoniy shaxs o‘zining ishtirokisiz yoki xabarisiz kredit bitimi rasmiylashtirilishining oldini olish uchun o‘zi bilan kredit bitimini tuzishni kredit byurosiga ariza kiritish orqali taqiqlashi mumkin; ✅ arizalar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, davlat xizmatlari markazlari yoki kredit byurolari orqali qabul qilinadi; 🔷 kredit bitimini tuzishni taqiqlash yoki bunday taqiqni olib tashlash ixtiyoriy ravishda, Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda bepul amalga oshiriladi. ⏰ Eslatma: ushbu tartib 2025-yil 6-iyundan boshlab kuchga kiradi. 🌟 Foydali ma’lumotlarni yaqinlaringizga ulashishni unutmang! 📌 Kanalga ulanish
👍 16❤ 6
02:41
Video unavailableShow in Telegram
#Ziyo_ulash
Kitob javonda emas, qalblarda yashashi kerak!
“Ziyo ulash” aksiyasi — bu shunchaki kitob alishish emas, bu bilim, ilhom va ziyo ulashish demakdir!
📍Davlat xizmatlari markaziga keling.
📖 Kitob tanlang va oʻqing.
📎Oʻqib boʻlgach, qaytaring yoki oʻrniga boshqasini qoldiring.
Qisqa vaqtda ushbu tashabbus orqali koʻngillilar tomonidan 20 mingdan ortiq kitob yigʻildi va ularning 11,3 ming donasi yangi egalarini topdi.
💡 Kitob — inson hayotini oʻzgartirishi mumkin! Siz ham bilim ulashing, “bukkrossing”ga marhamat!
📌 Kanalga ulanish
ZIYO ULASH SARDOR 20.02.2025.mp4+.mp430.12 MB
👍 18❤ 2
#Bilasizmi
❓Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabarnoma yuborish tartibini bilasizmi?
✅ Xabarnoma yuborish uchun yakka tartibdagi tadbirkorlar “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (my.gov.uz) murojaat qiladilar.
🏬 Xabarnomani qabul qiluvchi organ: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi.
💰Xabarnoma yuborish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qarori.
📌 Kanalga ulanish
👍 10❤ 3
02:57
Video unavailableShow in Telegram
#Davlat_xizmatlari
Uyli bo‘lish orzusi bilan yurganlar diqqatiga! Ipoteka kreditlari uchun subsidiya olish bo‘yicha arizalar qabuli davom etmoqda!
Arizani qayerga topshirish mumkin?
➖Davlat xizmatlari markaziga borib;
➖ Yoki my.gov.uz orqali onlayn jo‘natish mumkin.
⚠️ Muhim! Davlat xizmatlari markazalari faqat arizalarni qabul qilishda vakolatli hisoblanib, ularni ko‘rib chiqish jarayonida ishtirok etmaydi.
Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya to‘lanadigan talabgorlar komissiya va mas’ul tashkilotlar tomonidan qonuniylik, shaffoflik, adolat va haqqoniylik tamoyillari asosida tanlanadi.
🔎 Arizangizda ko‘rsatilgan ijtimoiy mezonlarga muvofiqlik bo‘yicha barcha ma’lumotlar belgilangan tartibda tekshiriladi. Bunda, arizalar komissiya va mas’ul tashkilotlar tomonidan navbat asosida ularning taqdim etilishi ketma-ketligiga muvofiq ko‘rib chiqiladi.
👉 Qo‘shimcha ma’lumot va tartib haqida quyidagi havolada.
📌 Kanalga ulanish
IMG_3799.MP434.75 MB
👍 23❤ 2
Photo unavailableShow in Telegram
👨💻 Davlat xizmatlari markazlari faoliyatining asosiy tamoyillaridan biri: davlat xizmatini ko‘rsatish uchun shaxsan javobgarlik.✅ Davlat xizmatlarini ko‘rsatish talab etilgan ma’lumotlar qonunchilikda belgilangan muddatlarda murojaatchiga taqdim etilgandagina yakunlanadi. 🔹 Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda har bir fuqaroning murojaati alohida e’tibor va yondashuvga loyiq. 🌟 Unutmang, biz sizning qulayligingiz uchun ishlaymiz! 📌 Kanalga ulanish
👍 11🔥 1
#Bilasizmi
❓Madaniy boyliklarni realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabarnoma yuborish tartibini bilasizmi?
✅ Xabarnoma yuborish uchun yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (my.gov.uz) murojaat qiladilar.
🏬 Xabarnomani qabul qiluvchi organ: O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi
💰Xabarnoma yuborish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi.
Unutmang, madaniy boyliklarni realizatsiya qilishda:
1️⃣ madaniy boyliklarni O‘zbekiston hududidan olib chiqish yoki vaqtincha olib chiqish uchun maxsus sertifikatga ega bo'lishingiz;
2️⃣ 50 yil muqaddam va undan oldinroq yaratilgan madaniy boyliklarni O‘zbekiston hududidan olib chiqish mumkin emasligi haqida xaridorni ogohlantirishingiz;
3️⃣ madaniy boyliklarni asrash choralarini ko‘rishingiz lozim.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qarori.
📌 Kanalga ulanish
👍 7
Photo unavailableShow in Telegram
🆕 Ovchililik guvohnomasini olish yanada oson!✅ Endilikda murojaatlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi. 📑 Xizmat ko'rsatish uchun hech qanday hujjat talab etilmaydi. 🏢 Vakolatli organ: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Ekoturizm va ovchilikni rivojlantirish departamenti. 💰 Guvohnoma rasmiylashtirganlik uchun 675 000 so‘m to‘lov undiriladi. ⏳Guvohnoma 2 yil davomida amal qiladi. ‼️ Eslatma: ovchilik guvohnomasi muomalaga layoqatli, o‘n sakkiz yoshga to‘lgan, o‘quv kurslarini tugatgan va test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan jismoniy shaxslarga beriladi. Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-iyuldagi PF-105-son Farmoni. 🌐 Raqamli davlat xizmatlari sizning qulayligingiz uchun! 📌 Kanalga ulanish
👍 16❤ 2
#Bilasizmi
🎤Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish uchun ruxsatnoma olish tartibidan xabardormisiz?✅ Murojaatlar “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi. 👫Ariza beruvchilar toifasi: ommaviy tadbir tashkilotchisi — ommaviy tadbirni tashkil qilish va o‘tkazish majburiyatini o‘z zimmasiga olgan davlat organi, yuridik shaxs va 18 yoshga yetgan jismoniy shaxs. 🏬Vakolatli organ: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) ichki ishlar bo‘limlari 💰Xizmat bepul ko‘rsatiladi. 📆 Arizani ko‘rib chiqish muddati: 10 ish kuni. 🧾 Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha ommaviy tadbirlarni o‘tkazish uchun ruxsatnoma taqdim etiladi. Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori. 📌 Kanalga ulanish
👍 16❤ 2🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
🔔Davlat xizmatlari yagona reyestrining (ro‘yxat raqami 3467, 2023-yil 27-oktabr) dolzarbligi ta'minlanmoqda!🔸Reyestrga kirtilgan so‘nggi o‘zgartirish va qo‘shimchalarga asosan: ✅ 29 ta yangi davlat xizmati qo‘shildi; ❌ 12 ta davlat xizmati chiqarildi. 📈 Shunga ko‘ra, jami davlat xizmatlari soni 1001 tani tashkil etmoqda. 🌟 Reyestrga kiritilgan yangi davlat xizmatlari: 1️⃣ ovchilik guvohnomasi berish; 2️⃣ mehmonxona mavjud bo‘lmagan tuman (shahar)larda kichik otellar qurish va ularni jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash; 3️⃣ xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning rahbar va muhandis-texnik xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va boshqalar. ‼️ Eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son Farmoniga asosan Reyestga kiritilmagan davlat xizmatlarini ko‘rsatishga yo‘l qo‘yilmaydi. 📌 Kanalga ulanish
👍 12❤ 2🔥 1
#Bilasizmi
🔎Oftalmologiya tibbiy buyumlarining chakana realizatsiyasi (optika) bo‘yicha faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabarnoma yuborish tartibini bilasizmi?
Xabardornoma yuborish uchun yuridik shaxslar “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (my.gov.uz) murojaat qiladilar.
🏬Xabarnomani qabul qiluvchi organ(lar): Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar hududiy bo‘linmalari.
💰Xabarnoma yuborish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qarori.
📌 Kanalga ulanish
👍 5❤ 1
#Bilasizmi
Bino (inshoot) va xonalarning yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa olish
tartibidan xabardormisiz?Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP)da ro‘yxatdan o‘tadi. 🏢Xulosani berishga vakolatli organ(lar): Favqulodda vaziyatlar vazirligining davlat yong‘in nazorati organlari. 💰 Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: BHMning 10 foizi. 💵 Xulosa berganlik uchun yig'im undirilmaydi. 📆 Arizalarni ko‘rib chiqish muddati: 10 ish kuni. ⏳ Xulosaning amal qilish muddati: cheklanmagan. Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-martdagi 169-son qarori. 📌 Kanalga ulanish
👍 9❤ 3
00:49
Video unavailableShow in Telegram
#Ziyo_ulash
✅Vatanimiz sharafini dunyo arenalarida munosib tarzda himoya qilib kelayotgan 2024-yilgi Parijdagi Yozgi Olimpiada o'yinlari sovrindori, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni sohibasi Svetlana Osipova hamda sportchilar Jasur Jaysunov va Ozoda Sobirjonova “Ziyo ulash” aksiyasini qoʻllab-quvvatladi.
Tashabbusga qoʻshilmoqchimisiz? Yagona sharti: oʻqib boʻlgach, boshqaga bering. Kitoblaringizni eng yaqin davlat xizmatlari markaziga topshiring. Ehtimol, aynan sizning kitobingiz kimnidir yangi yutuqlarga ilhomlantirishi mumkin.Kitob ulashing — ziyo koʻpayadi. 📌 Kanalga ulanish
kitob 5 sd.mp42.80 MB
👍 15❤ 1
Photo unavailableShow in Telegram
🔔Davlat xizmatlari yagona reyestrining (ro‘yxat raqami 3467, 2023-yil 27-oktabr) dolzarbligi ta'minlanmoqda!🔸Reyestrga kirtilgan so‘nggi o‘zgartirish va qo‘shimchalarga asosan: ✅ 29 ta yangi davlat xizmati qo‘shildi; ❌ 12 ta davlat xizmati chiqarildi. 📈 Shunga ko‘ra, jami davlat xizmatlari soni 1001 tani tashkil etmoqda. 🌟 Reyestrga kiritilgan yangi davlat xizmatlari: 1️⃣ ovchilik guvohnomasi berish; 2️⃣ mehmonxona mavjud bo‘lmagan tuman (shahar)larda kichik otellar qurish va ularni jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash; 3️⃣ xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning rahbar va muhandis-texnik xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va boshqalar. ‼️ Eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son Farmoniga asosan Reyestga kiritilmagan davlat xizmatlarini ko‘rsatishga yo‘l qo‘yilmaydi. 📌 Kanalga ulanish
👍 11❤ 3🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
Davlat xizmatlarining asosiy tamoyillaridan biri – ochiqlik va qulaylik. Shu bois Davlat xizmatlari markazlari zamonaviy arxitektura talablariga mos ravishda tashkil etilib, fuqarolar uchun eng qulay sharoitlar yaratilgan.
Har bir fuqaro o‘ziga kerakli davlat xizmatlarini olish uchun ushbu markazlarga bemalol tashrif buyurishi va tezkor hamda sifatli xizmatlardan foydalanishi mumkin. ✅
📌 Kanalga ulanish
👍 6❤ 1
Photo unavailableShow in Telegram
📄 Yana ikki yangi xizmat joriy etiladi!Endilikda Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali quyidagi ma’lumotnomalarni olish mumkin bo'ladi: 1️⃣ Nomoddiy madaniy meros obyekti ro‘yxatga kiritilgan yoki kiritilmaganligi haqida ma’lumotnoma 2️⃣ Bo‘sh turgan davlat obyekti haqida ma’lumotnoma 📌 Mazkur xizmatlar bepul taqdim etiladi. Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-son qarori. 📌 Kanalga ulanish
👍 33🔥 1
Repost from TgId: 1447170635
04:27
Video unavailableShow in Telegram
Adliya ayoli...
✨U oʻzidan ortib odamlarni eshitadi, muammolariga yechim beradi.
✨U hech qachon izlashdan, oʻrganishdan, muhokamalardan tolmaydi.
✨U ziyo ulashadi, katta maydonlarda bilimi, tafakkuri bilan bellashadi.
Adliya ayolning shuncha vazifalari, shuncha masʼuliyati bor. Ammo ular hamma ayollar qatori mehrga oshno, ezgulik ulashuvchi, qalbi sanʼatga oshufta oddiygina ayol.
Tuygʻularini qogʻozlarda tasvirlaydigan, gʻayratini sportda koʻrsatadigan, mehnatkash, mashaqqatni pisand etmaydigan, doimo eʼzozli adliya ayoli.
📌 Kanalga ulanish
IMG_2557.MP423.41 MB
👍 17❤ 5
Photo unavailableShow in Telegram
🌦 Gidrometeorologik ma’lumotnoma — endi onlayn!Endilikda Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali gidrometeorologik ma’lumotnoma оlish mumkin bo'ladi. ✅ Bu hujjat belgilangan hudud bo‘yicha ob-havo holati, harorat, yog‘ingarchilik miqdori, shamol tezligi kabi meteorologik ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga olgan rasmiy ma’lumotdir. 💡 Gidrometeorologik ma’lumotnoma quyidagilarda kerak bo‘lishi mumkin: qurilish loyihalari uchun asos sifatida; sud ishlari va nizolarida dalil tariqasida; sug‘urta hodisalari bo‘yicha zarar sabablarini aniqlashda; ilmiy tadqiqotlarda va boshqalarda. Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-son qarori. 📌 Kanalga ulanish
👍 17❤ 3🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
✅ Avval xabar berganimizdek, xalqaro kuryerlik jo‘natmalarini yetkazib berish faoliyatini boshlash yoki tugatish bo‘yicha xabarnoma yuborish xizmati ishga tushdi!
📲 Endilikda bu xizmatdan bemalol foydalanishingiz mumkin!
📌 Kanalga ulanish
👍 9
Photo unavailableShow in Telegram
✅ Хabar berganimizdek, bojxona brokeri faoliyatini boshlash yoki tugatish bo‘yicha xabarnoma yuborish xizmati ishga tushdi!
📲 Endilikda bu xizmatdan foydalanishingiz mumkin!
📌 Kanalga ulanish
👍 9
Photo unavailableShow in Telegram
🚗 Аvtomobilingiz haqida ma’lumotnoma — endi uyda o‘tirib olish mumkin!Endilikda Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali avtotransport vositasi haqida ma’lumotnomani оlish mumkin bo'ladi. ✅ Ushbu hujjat fuqaroning nomida ro‘yxatdan o‘tgan transport vositasi bo‘yicha: ro‘yxatdan o‘tganligi, texnik ko‘rsatkichlari, mulkdorligi va boshqa muhim ma’lumotlar to‘g‘risida rasmiy tasdiqni taqdim etadi. ❗️Ma’lumotnoma faqat transport egasiga taqdim etiladi. 🖥 Xizmat avtomatik va bepul. Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-son qarori. 📌 Kanalga ulanish
👍 22❤ 3
