CHDPU | Rasmiy kanal
Kanalga Telegram’da o‘tish
Chirchiq davlat pedagogika universiteti rasmiy telegram kanali. http://fb.com/tvchdpi2017 http://instagram.com/tvchdpu Murojaat uchun: Tel: 70-716-68-04, 70-201-02-14.
Ko'proq ko'rsatish2025 yil raqamlarda

11 037
Obunachilar
-1124 soatlar
-677 kunlar
-13430 kunlar
Postlar arxiv
Photo unavailableShow in Telegram
👨🏫👩🏫 • Jazira JANSAITOVAning doktorlik (PhD) dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tadi
Chirchiq davlat pedagogika universiteti huzuridagi DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01 raqamli Ilmiy kengashning 29-dekabr kuni soat 16:00 dagi majlisida Jansaitova Jazira Baxitjanovnaning "13.00.01 — Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi" ixtisosligiда pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan “Boshlang‘ich ta’limda diagnostika va korreksion tahlilning ilmiy-nazariy asoslari” mavzusidagi dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tadi. Himoya Chirchiq shahar, Amir Temur ko‘chasi, 104-uyda o‘tkaziladi.🏚 CHDPU: Web-sayt | Instagram | Facebook |YouTube
❤ 7👍 3👏 2🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
👨⚖👩⚖ • Ubayda FAYZIYEVAning doktorlik (DSc) dissertasiyasi himoyasi bo‘lib o‘tadi
Chirchiq davlat pedagogika universiteti huzuridagi PhD.03/27.09.2024.Ped.82.05. raqamli Ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik Ilmiy kengashning 30-dekabr kuni soat 10:00 dagi majlisida Fayziyeva Ubayda Yunusovnaning 13.00.03 – Maxsus pedagogika ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan “O‘zbekiston Respublikasida inklyuziv ta’lim klaster modelining nazariy asoslari” mavzusida dissertatsiyasining himoyasi bo‘lib o‘tadi. Himoya CHDPU Bosh bino 420-xonada o‘tkaziladi.🏚 CHDPU: Web-sayt | Instagram | Facebook |YouTube
👍 15❤ 6👏 5👌 2🔥 1🤩 1🤝 1🫡 1
Repost from TgId: 1501183462
Photo unavailableShow in Telegram
💨 Tashabbus yo‘llab, muvaffaqiyatga erishing
🗣“Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumi qizg‘in pallaga kirdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 14 iyuldagi Farmoniga muvofiq barcha jarayonlar ishonchli va tizimli tashkil etilgan. Xususan, One ID orqali ro‘yxatdan o‘tishning ahamiyati shundaki, tashabbus egasining mualliflik huquqi ta’minlanadi.
Forumda g‘olib deb topilgan loyihalar:
⏺ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimot qilinadi; ⏺ moliyalashtiriladi va tijoratlashtiriladi; ⏺ butun respublikada joriy qilinadi.Tashabbus mualliflari:
⏺ o‘z salohiyatini yuzaga chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi; ⏺ istiqbolli kadrlar ro‘yxatiga kiritiladi; ⏺ 10 - 50 million so‘m miqdorida pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.Forumga tashabbuslar yo‘llash davom etmoqda. Hech bir fikr e’tibordan chetda qolmaydi. Forumda qatnashing. 🇺🇿 To‘liq matn: asdr.gov.uz 🔺🔺🔺🔺🔺🔺🔺🔺🔺🔺🔺🔺🔺 💨 Проявите инициативу и добейтесь успеха 🗣Форум перспективных инициатив «Келажак учун» вступил в активную фазу. В соответствии с Указом Президента Республики Узбекистан от 14 июля 2025 года все процессы форума надежно и системно организованы. В частности, важность регистрации через One ID заключается в защите авторских прав инициатора. Проекты, признанные победителями форума:
⏺будут представлены Президенту Республики Узбекистан; ⏺получат финансирование и будут коммерциализированы; ⏺будут внедрены по всей республике.Авторы инициатив:
⏺получат возможность реализовать свой потенциал; ⏺будут включены в перечень перспективных кадров; ⏺будут награждены денежными премиями в размере от 10 до 50 миллионов сумов.Подача инициатив на форум продолжается. Ни одна идея не останется без внимания. Принимайте участие в форуме. 🇺🇿 Полный текст: asdr.gov.uz facebook ⏺ Instagram ⏺ linkedIn⏺ twitter ⏺youtube⏺ website
❤ 1
Photo unavailableShow in Telegram
#chdpu_kitob
Fakultetlararo ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti Lutfillo AXATOVning "Falsafa" darsligi chop etildi.
👍 ❤️ 📩 #kitob #книга #book
👍 12❤ 1👏 1🤝 1
#tengdoshmiz
🏆 Talabamiz jahon chempioni!
2025-yil 15–18-dekabr kunlari Qozon shahrida 2005–2007-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar va qizlar o‘rtasida belbog‘li kurash bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Chempionat 30 dan ortiq davlatlardan 300 nafarga yaqin eng kuchli yosh sportchilarni jamlagan yirik musobaqaga aylandi.
Jismoniy madaniyat yo‘nalishi 25-1 guruh talabasi Dildora MAMADALIYEVA kuch, texnika va g‘alabaga bo‘lgan iroda namoyish etib, musobaqaning oltin medalini qo‘lga kiritdi.
Dildorani tabriklaymiz! Yorqin g‘alabalar sari olg‘a!
🏚 CHDPU: Web-sayt | Instagram | Facebook |YouTube
👍 16❤ 9👏 3🔥 1
Repost from TgId: 2009016809
Chirchiq davlat pedagogika universiteti
🥋 8 karra O‘zbekiston chempioni Inomova Mashxurabonu Rahimjon qizi g‘alaba qo‘lga kiritdi!
2025-yil 12–14-dekabr kunlari Toshkentdagi “Yangi O‘zbekiston” Olimpiya shaharchasida bo‘lib o‘tgan kattalar va yoshlar o‘rtasidagi WKF karate bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida Mashxurabonu 1-o‘rinni egalladi, o‘zining matonati va kuchini yana bir bor namoyon etdi.
“Qalqon” jamoasi a’zosi sifatida u nafaqat sport sohasida, balki yoshlarni vatanparvarlik va jismoniy tayyorgarlikka ruhlantirishda ham faol ishtirok etadi.
🎉 G‘olibamizni samimiy tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda ulkan zafarlar tilaymiz!
📰CHDPU Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi axborot xizmati tomonidan yoritildi.
Telegram ✈️ Instagram 📷
👍 3🔥 2🤔 2❤ 1👏 1
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
00:28
Video unavailableShow in Telegram
Yaponiyaning yetakchi universitetlari rektorlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
—
Состоялась встреча с ректорами ведущих университетов Японии.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
35.30 MB
❤ 5🔥 3👍 2👏 1🕊 1
Photo unavailableShow in Telegram
Universitetimizning eng muhim insoni — rektor G‘ofurjon Muxamedovning tug'ilgan kuni!
✨#chdpu_nishonlaydi
Universitetimizning ko‘p minglik jamoasi nomidan CHPDU rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, professor G'ofurjon Muxamedovni tug'ilgan kuni bilan tabriklaymiz.
Boy tajriba, yaratuvchanlik energiyasi va G‘ofurjon Isroilovichning faol xarakteri CHDPU taraqqiyotiga xizmat qilmoqda.
G‘ofurjon Isroilovichning professional faoliyati taʼlim va fan xizmatiga bag‘ishlangan ibratli misoldir. Ustozning faol ishtiroki bilan O‘zbekistonda yetakchi ilmiy maktablar qo‘llab-quvvatlanmoqda. Fidoyiligi tufayli bir necha avlod olimlar, o‘qituvchilar va mutaxassislar yetishib chiqdi.
Barchamiz uchun G‘ofurjon Isroilovich yuksak aql-zakovat, zukkolik va o‘z ishiga sadoqat timsolidir. Uning rahbarligida Chirchiq davlat peagogika universiteti milliy ta’lim yetakchilaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Sevimli rektorimizga sihat-salomatlik, farovonlik va baxt tilaymiz!
___
День рождения самого главного человека нашего университета – ректора ЧПГУ Гафурджана Мухамедова!
✨#отмечаем_чгпу
От имени многотысячного коллектива Университета поздравляем с юбилеем ректора ЧПГУ, Заслуженный деятель науки Республики Узбекистана, профессора Гафурджана Мухамедова.
Богатейший опыт, созидательная энергия и деятельный характер Гафурджана Исроиловича способствуют процветанию ЧГПУ.
Его профессиональная деятельность — пример служения образованию и науке. При активном участии Гафурджана Исроиловича в Узбекистане были созданы и поддерживаются ведущие научные школы. Благодаря ему было подготовлено не одно поколение ученых, преподавателей и специалистов.
Для всех нас Гафурджан Исроилович является примером высокого уровня интеллекта, остроумия и преданности делу. Под его руководством ЧПГУ был и остается одним из лидеров национального образования.
Желаем любимому ректору крепкого здоровья, благополучия и счастья!
❤ 53🎉 31👍 12👏 11🔥 4🥰 2🤩 2🕊 2😍 2🥱 1🤗 1
Repost from TgId: 2009016809
00:18
Video unavailableShow in Telegram
Chirchiq davlat pedagogika universiteti
🥋 8 karra O‘zbekiston chempioni Inomova Mashxurabonu Rahimjon qizi g‘alaba qo‘lga kiritdi!
2025-yil 12–14-dekabr kunlari Toshkentdagi “Yangi O‘zbekiston” Olimpiya shaharchasida bo‘lib o‘tgan kattalar va yoshlar o‘rtasidagi WKF karate bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida Mashxurabonu 1-o‘rinni egalladi, o‘zining matonati va kuchini yana bir bor namoyon etdi.
“Qalqon” jamoasi a’zosi sifatida u nafaqat sport sohasida, balki yoshlarni vatanparvarlik va jismoniy tayyorgarlikka ruhlantirishda ham faol ishtirok etadi.
🎉 G‘olibamizni samimiy tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda ulkan zafarlar tilaymiz!
📰CHDPU Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi axborot xizmati tomonidan yoritildi.
Telegram ✈️ Instagram 📷
IMG_7152.MP413.71 MB
🔥 13❤ 6🤣 2🥴 1🏆 1
Photo unavailableShow in Telegram
#talaba_manfaati
Kunlar sovushi munosabati bilan CHDPUning texnik-foydalanish va xo‘jalik bo‘limi xodimlari ishtirokida kuz-qish mavsumini o‘tkazish doirasida yig‘ilish o‘tkazildi.
Ta’lim muassasasida issiqlik ta’minoti tizimi, energiya tejamkor uskunalar hamda talabalar uchun yaratilgan sharoitlarning ahvoli tahlil qilindi. Mavsumni betalafot o‘tkazish maqsadida zarur ta’mirlash va profilaktika ishlari olib borilgani qayd etildi.
Texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi boshlig‘i Farhod Ikramov rahbarligida tashkil etilgan muloqotda issiqlik tizimining barqaror ishlashini ta’minlash, binolarning energiya samaradorligini oshirish hamda talabalar uchun qulay muhit yaratish bo‘yicha qo'shimcha chora-tadbirlar belgilandi.
▫️ @tvchdpi2017
❤ 3👎 1🔥 1👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
#kafedra_tashabbusi
Menejment yo‘nalishi talabalari Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasida faol ishtirok etdi
Yarmarka doirasida talabalar yirik sanoat korxonalari va tadbirkorlik subyektlari faoliyati, zamonaviy boshqaruv, marketing, logistika va innovatsion yechimlar bilan yaqindan tanishdilar. Tadbir talabalarga menejment nazariyasini real amaliyot bilan bog‘lash, mehnat bozori talablari va kasbiy rivojlanish yo‘nalishlarini chuqurroq anglash imkonini berdi.
Ushbu ishtirok ChDPUda ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish, raqobatbardosh va zamonaviy menejer kadrlarni tayyorlashga qaratilgan muhim amaliy qadamlardan biridir.
👍👍 @tvchdpi2017
❤ 10🔥 5👍 2👏 2⚡ 1🤩 1😍 1🤝 1🫡 1
Photo unavailableShow in Telegram
Mening rektorim – universitet yoshlari faxri!
Rektorimiz G‘ofurjon Isroilovich Muxamedov haqidagi "YETUK OLIM VA RAHBAR" nomli maqola "Ta'lim ziyosi" gazetasining 12-sonida chop etildi.
Batafsil saytda
🏚 CHDPU: Web-sayt | Instagram | Facebook |YouTube
👍 11🔥 6❤ 5⚡ 2😍 2
Photo unavailableShow in Telegram
#Universitetim_gazetasi
Gazeta tahririyati ChDPUga tashrif buyurdi
Chirchiq davlat pedagogika universitetiga “Chirchiq tongi” ijtimoiy-iqtisodiy gazetasining tahririyat a’zolari universitet rahbariyati bilan ushrashish, kelgusi rejalar haqida fikrlashish maqsadida tashrif buyurdi.
Universitet rektori G‘ofurjon Muxamedov va tahririyat bosh muharriri Iroda Muhammadazizova kelgusidagi hamkorlik masalalari bo‘yicha suhbat olib bordilar. Universitet rahbari gazetaning ilovasi — "Ta’lim ziyosi" universitet nashri sahifalarida mulohazali materiallarni yanada ko‘paytirish bo‘yicha takliflar bildirildi. Yoshlarning tashabbuslarini qo'llab-quvvatlashda gazetaning o‘rni va ahamiyatining yuqoriligini ta’kidladi.
Suhbat yakunida esa ijodiy hamkorlikning ramziy ma’nosi sifatida esdalik uchun foto muhrlandi.
🏚 CHDPU: Web-sayt | Instagram | Facebook |YouTube
❤ 7⚡ 1🤝 1
Photo unavailableShow in Telegram
Is gazining qurboniga aylanmaslik uchun nimalarni bilish kerak?
Ob-havo haroratining pasayib borishi natijasida gaz va boshqa turdagi muqobil yoqilg‘i isitish moslamalaridan foydalanishga bo‘lgan ehtiyoj ortib boradi. Bunday paytlarda isitish moslamalaridan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida ko‘ngilsiz hodisalar sodir bo‘lishi hamda insonlar is gazidan zaharlanishi mumkin.Quyidagi infografikalarda is gazidan zaharlanganda birinchi yordam va is gazidan zaharlanish alomatlari haqida ma’lumotga ega bo‘lasiz. ❗️ O‘zingiz va yaqinlaringiz hayotini xavf ostiga qo‘ymang. ▫️ @tvchdpi2017
❤ 7
👍 Chirchiq davlat pedagogika universitetida Toshkent viloyati Yoshlar akademiyasining 1-sonli kengaytirilgan seminari tashkil etildi.
👌 Seminar doirasida viloyatdagi 17 ta oliy ta’lim muassasasidan tashrif buyurgan liderlar dastlab Gumanitar fanlar fakultetida yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Fakultet liderlari tashabbusi bilan tashkil etilgan loyiha va startaplar ko‘rgazmasida yoshlarning ilmiy-innovatsion g‘oyalari, amaliy ishlanmalari va istiqbolli tashabbuslari namoyish etildi.
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Baxodir Eshchanov akademiya liderlari faoliyatini yanada takomillashtirish, ularning ish samaradorligini yagona indikatorlar asosida baholash masalalariga to‘xtalib, o‘quv yilining ikkinchi yarmida liderlarga muvaffaqiyat tiladi.
Yoshlar akademiyasi Toshkent viloyati hududiy lideri Odiljon Sirojiddinov akademiyaning kelgusidagi ish rejalari, faoliyat jarayonlarini raqamlashtirish, hisobot tizimini takomillashtirish hamda ijtimoiy tarmoqlardagi faollikni oshirish bo‘yicha muhim vazifalar yuzasidan takliflar ilgari surdi.
Yoshlar akademiyasi lideri Diyorbek Turg‘unpo‘latov esa Chirchiq davlat pedagogika universiteti misolida akademiyaning 2024/2025 o‘quv yilidagi faoliyati, erishilgan natijalar va ilg‘or tajribalar bilan o‘rtoqlashdi.
Seminar yakunida faol ishtirok etgan 40 ga yaqin liderlar universitet rektorining maxsus sertifikatlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
👌 Yoshlar akademiyasi — ilm-fan rivojiga o‘z hissangni qo‘sh!
@CHDPU_akademiya
🔥 6❤ 5🎉 3👍 2🥰 2👏 1🤩 1🏆 1
#YoshlarAkademiyasi
Chirchiq davlat pedagogika universitetida Toshkent viloyati Yoshlar akademiyasining 1-sonli kengaytirilgan seminari tashkil etildi
Seminar doirasida viloyatdagi 17 ta oliy ta’lim muassasasidan tashrif buyurgan liderlar dastlab Gumanitar fanlar fakultetida yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Batafsil saytda…
👇Universitet Axborot xizmati
