Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Kanalga Telegram’da o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibining rasmiy kanali Facebook: facebook.com/PressSecretaryUZ Instagram: instagram.com/press_secretary_uz Twitter: https://twitter.com/Sherzod_Asadov
Ko'proq ko'rsatish2025 yil raqamlarda

136 995
Obunachilar
+3824 soatlar
+1 4637 kunlar
+1 35030 kunlar
Postlar arxiv
Photo unavailableShow in Telegram
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrif buyuradi.
Davlatimiz rahbari yo‘l-transport infratuzilmasi, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, tibbiyot va xizmatlar sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishadi hamda Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ishtirok etadi.
—
Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит Джизакскую область.
Глава нашего государства ознакомится с проводимой работой в сферах дорожно-транспортной инфраструктуры, сельского хозяйства, образования, медицины и услуг, а также примет участие во внеочередной сессии Джизакского областного Кенгаша народных депутатов.
Facebook|Instagram|X
Haftaning eng muhim voqealari sharhi: O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Samarqand viloyatiga bordi. Davlatimiz rahbari "Byurokratiyani bartaraf etish – 2030" dasturini ishga tushirdi. O‘zbekiston Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikda 5 million sun’iy intellekt yetakchilarini tayyorlaydi.
—
Hápteniń eń áhmiyetli waqıyalarına sholıw: Ózbekstan Prezidenti ámeliy sapar menen Samarqand wálayatına bardı. Mámleketimiz basshısı "Byurokratiyanı saplastırıw - 2030" baǵdarlamasın iske qostı. Ózbekstan Birlesken Arab Ámirlikleri menen birgelikte 5 million jasalma intellekt jetekshilerin tayarlaydı.
—
Обзор важнейших событий за неделю: Президент Узбекистана посетил с рабочей поездкой Самаркандскую область. Глава государства запустил программу «Устранение бюрократии – 2030». Узбекистан совместно с ОАЭ подготовит 5 миллионов лидеров ИИ.
—
Weekly review of the most important events: The President of Uzbekistan paid a working visit to Samarkand region. The Head of State launched the “Eliminating Bureaucracy – 2030” program. Uzbekistan jointly with the UAE will train 5 million AI leaders.
Facebook|Instagram|X
305.71 MB
355.59 MB
32.00 MB
354.74 MB
00:12
Video unavailableShow in Telegram
“Menimcha” teleloyihasida bugun tahlil qilinadigan mavzular:
- O‘zbekiston yetakchisi Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi;
- Davlatimiz rahbari Prezident Olimpiadasining ochilish marosimida ishtirok etdi;
- Prezidentimiz byurokratiyani bartaraf etish va sun’iy intellektga bag‘ishlangan xalqaro forumlar ochilishida qatnashdi.
Ko‘rsatuvni bugun, 29-noyabr kuni soat 20:00 da “O‘zbekiston 24” telekanalida tomosha qilishingiz mumkin.
Ertaga, 30-noyabr kuni soat 12:20 va 17:20 da takroran namoyish etiladi.
Facebook|Instagram|X
7.37 MB
Bugun "BBC World News"ning Yevroosiyo mamlakatlari bo‘yicha vakili Sergey Stanovkin bilan uchrashuv o‘tkazdim.
Oxirgi uchrashuvimizdan buyon o‘tgan vaqt mobaynida "BBC" bilan hamkorlikda 10 ga yaqin loyiha amalga oshirildi. Ushbu xorijiy axborot telekanali resurslarida Buxorodagi zamonaviy san’at biyennalesi, Samarqanddagi UNESCO Bosh konferensiyasi sessiyasi tadbirlari va O‘zbekistondagi boshqa muhim voqealar faol yoritib borildi.
Suhbat chog‘ida hamkorlikning istiqboldagi rejalari muhokama qilindi. Raqamli davr tahdidlari va sun’iy intellekt texnologiyalarining jadal tarqalishi sharoitida mas’uliyatli jurnalistikani rivojlantirish alohida ahamiyatga ega ekanini ta’kidladik. Jurnalistlarning professional standartlarini yanada mustahkamlash, faktcheking, tahlil ko‘nikmalari va media savodxonligini oshirish zarurligi qayd etildi.
—
Сегодня провел встречу с представителем BBC World News по странам Евразии Сергеем Становкиным.
За время, прошедшее с нашей последней встречи, совместно с BBC было реализовано около 10 проектов. На ресурсах этого зарубежного новостного телеканала активно освещались биеннале современного искусства в Бухаре, мероприятия сессии Генеральной конференции ЮНЕСКО в Самарканде и другие значимые события в Узбекистане.
В ходе беседы обсудили планы сотрудничества на перспективу. Отдельно подчеркнули особую важность развития ответственной журналистики в условиях вызовов цифровой эпохи и стремительного распространения технологий искусственного интеллекта. Отмечена необходимость дальнейшего укрепления профессиональных стандартов, совершенствования навыков фактчекинга, аналитической работы и медиаграмотности журналистов.
Facebook|Instagram|X
Photo unavailableShow in Telegram
Davlatimiz rahbari sun’iy intellekt sohasini rivojlantirish bo‘yicha rejalarni aytdi:
– "Nvidia" kompaniyasi bilan superkompyuter klasteri ishga tushiriladi, AQSHning Kremniy vodiysida Milliy transfer ofisi ochiladi, barcha hududlardagi "Kelajak markazlari"da SI bo‘yicha maktab dasturi joriy qilinadi;
– maktablar o‘rtasida har yili sun’iy intellekt yo‘nalishida eng yaxshi startap g‘oyalari bo‘yicha tanlov o‘tkazish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Har bir hududda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan maktabda eng zamonaviy sun’iy intellekt laboratoriyasi tashkil etiladi;
– Sun’iy intellekt bo‘yicha Prezident tanlovi tashkil etiladi. Har yili 100 nafar eng iqtidorli yoshlar saralab olinib, AQSH, Birlashgan Arab Amirliklari, Yevropaning ilg‘or texnologik kompaniyalariga stajirovkaga yuboriladi;
– yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yirik tashabbus – "5 million sun’iy intellekt yetakchilari" loyihasiga start beriladi. 2030-yilga qadar 4,75 million o‘quvchi va talaba, 150 ming o‘qituvchi, 100 ming davlat xizmatchisi o‘qitiladi. Bunda sun’iy intellekt maktab, kasb ta’limi va oliy ta’lim tizimlariga ham integratsiya qilinadi;
– har yili noyabr oyi "Yoshlar uchun sun’iy intellekt oyligi" deb e’lon qilinadi va doimiy ravishda "Ipak yo‘li sun’iy intellekt forumi" o‘tkazib boriladi.
Facebook|Instagram|X
Photo unavailableShow in Telegram
Bugun sun’iy intellekt forumida Prezidentimiz mamlakatimizda raqamli transformatsiyani tezlashtirish, sun’iy intellektni barcha sohalarga joriy etish va yoshlar uchun yangi texnologik imkoniyatlar yaratishga qaratilgan muhim tashabbuslarni ilgari surdi.
Erishilgan natijalar:
– sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar yo‘nalishida qariyb 2 milliard dollar to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jalb etildi, IT xizmatlari eksporti hajmi o‘tgan yillarga nisbatan 4,5 karra o‘sib, 1 milliard dollarga yaqinlashdi;
– IT sohasida ta’lim berayotgan oliy ta’lim muassasalari qariyb 3 baravarga oshib, 145 taga, talabalar soni esa 80 ming nafarga yetdi, "Bir million dasturchi" loyihasi doirasida 2 milliondan ortiq yoshlar bilim va ko‘nikmalarini oshirdi;
– mamlakatimizning barcha hududlaridan 20 ming nafar informatika o‘qituvchisi Yangi O‘zbekiston universitetida AQSHning nufuzli MIT oliygohi bilan hamkorlikda tashkil etilgan intensiv tayyorlov kurslarini o‘tmoqda;
– raqamli diagnostika orqali 50 mingdan ziyod bemorga aniq tashxis qo‘yildi, tibbiy xizmat ko‘rsatish vaqti 5-7 barobar qisqardi;
– Qoraqalpog‘istonda o‘tkazilgan mammografik tekshiruvlar tasvirlarining 70 foizi yurtimiz mutaxassislari tomonidan yaratilgan sun’iy intellekt platformasi orqali tahlil qilinib, ularning 98 foizi shifokorlar tomonidan tasdiqlandi. Tashxis qo‘yish vaqti bir necha kundan 2 soatgacha qisqardi;
– startaplar soni 10 barobar o‘sdi, ularga 300 million dollarlik investitsiyalar jalb qilindi, Saudiya Arabistoni bilan qiymati 3 milliard dollar bo‘lgan birinchi yashil ma’lumotlar markazini barpo etish boshlandi.
Facebook|Instagram|X
Photo unavailableShow in Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev "Davlat boshqaruvini raqamli transformatsiya qilish va samaradorligini oshirishga qaratilgan tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmoyishni imzoladi.
Hujjatga muvofiq, 2026-yil 1-yanvardan boshlab davlat boshqaruvini raqamli transformatsiya qilish va samaradorligini oshirishga qaratilgan "Byurokratiyani bartaraf etish – 2030" dasturi ishga tushiriladi.
Dasturning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish maqsadida Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi huzurida loyiha ofisi tashkil etiladi.
Byurokratiyani bartaraf etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va ko‘rib chiqish, bu borada amalga oshirilgan ishlarning samaradorligini baholash "Zero Bureaucracy" raqamli platformasi orqali amalga oshiriladi.
Facebook|Instagram|X
Photo unavailableShow in Telegram
Forum doirasida Prezidentimiz byurokratiyani bartaraf etish bo‘yicha alohida Dastur tasdiqlanganini e’lon qildi. Dastur ijrosini muvofiqlashtirish uchun "Dastur ofisi" tashkil etiladi, barcha vazirlik va idoralarda uni amalga oshirish uchun mas’ul xodimlar tayinlanadi.
Aholi va biznes vakillari uchun dasturga taklif kiritish va idoralar faoliyatini baholash imkoniyati yaratiladi. Bu maqsadlar uchun 3 million dollarlik mukofot jamg‘armasi shakllantirilib, eng ilg‘or tashabbuslar rag‘batlantiriladi.
Ushbu Dastur 2030-yilga qadar O‘zbekistonni orttiqcha byurokratiyadan xoli, inson manfaatlariga xizmat qiladigan, zamonaviy davlat boshqaruviga ega mamlakatga aylantirishga xizmat qiladi.
Facebook|Instagram|X
Photo unavailableShow in Telegram
Prezidentimiz ta’kidlaganidek, byurokratiyani qisqartirish sohasida quyidagilar rejalashtirilgan:
– 2030-yilga qadar davlat xizmatlari sonini 1,5 mingtaga yetkazish, elektron xizmatlar ulushini 95 foizgacha oshirish, kelgusi yilda qo‘shimcha 250 ta xizmatni raqamlashtirish, "Qog‘ozsiz hukumat" tizimiga to‘liq o‘tish va mavjud 40 million hujjatdan 25 milliontasini raqamlashtirish;
– proaktiv va kompozit xizmatlar sonini 400 taga yetkazish, kelgusi yilda 180 ta yangi xizmatni joriy etish; litsenziyalash, qurilish va kommunal tarmoqlarga ulanish sohasida 300 dan ortiq xizmatni soddalashtirish, 4 ta kommunal tarmoqqa yagona ariza orqali ulanish imkonini yaratish;
– 100 dan ortiq xizmatlar muddatlarini 50 foizgacha qisqartirish, 110 dan ortiq hujjat va ma’lumot talab qilishni to‘liq bekor qilish, Davlat xizmatlari portali, "Litsenziya" tizimi, "Yagona darcha" va koll-markazlarni sun’iy intellekt asosida ishlashga o‘tkazish.
Facebook|Instagram|X
Photo unavailableShow in Telegram
Bugun Byurokratiyani bartaraf etishga bag‘ishlangan xalqaro forumda Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat boshqaruvini zamon talablariga mos ravishda yangilash, ortiqcha ma’muriy to‘siqlarni qisqartirish va fuqarolar hamda biznes uchun qulay davlat xizmatlari ekotizimini yaratishga qaratilgan muhim tashabbuslarni ilgari surdi.
Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek:
– so‘nggi yillarda byurokratiyani qisqartirish bo‘yicha 9 ta farmon va qaror qabul qilindi, Davlat xizmatlari markazlari, Yagona portal va "Raqamli hukumat" tizimlari joriy qilinishi natijasida davlat xizmatlari soni 444 tadan 1 040 tagacha oshdi, ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 55 milliondan oshdi;
– 90 dan ortiq proaktiv va kompozit xizmatlar joriy etildi, xususan, tug‘ilish bilan bog‘liq xizmatlarning yagona paketda taqdim etilishi har yili 1 million fuqaro uchun qulaylik yaratmoqda, ijtimoiy nafaqalar va pensiya tayinlash jarayoni avtomatlashtirildi;
– 30 turdagi xizmat real vaqtda taqdim etildi, joriy yilda 8 millionga yaqin xizmat avtomatik tarzda ko‘rsatilmoqda, elektron hujjat aylanmasi hisobiga aholining yiliga 23 milliard so‘m mablag‘i tejalmoqda;
– biznes uchun sharoitlarni yengillashtirish maqsadida 160 dan ziyod litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilindi, 150 dan ortiq ruxsatnoma elektron shaklda berilmoqda, 140 turdagi hujjat va ma’lumot talab qilish bekor qilindi; "Biznesni 15 daqiqada boshlash" tamoyili orqali tadbirkorlikni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyati yaratildi.
Facebook|Instagram|X
Photo unavailableShow in Telegram
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqaro kongress markaziga tashrif buyurib, byurokratiyani bartaraf etish va sun’iy intellektga bag‘ishlangan xalqaro forumlar ochilishida ishtirok etadi.
Davlatimiz rahbari, shuningdek, Birlashgan Arab Amirliklari Hukumat ishlari bo‘yicha vaziri Muhammad al-Gargaviy boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazadi.
—
Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит Международный конгресс-центр и примет участие в открытии международных форумов, посвященных преодолению бюрократии и вопросам искусственного интеллекта.
Глава нашего государства также проведет встречу с делегацией во главе с министром по делам Правительства Объединенных Арабских Эмиратов Мухаммадом аль-Гергави.
Facebook|Instagram|X
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan mamlakatimizda shaxmat sport turini yanada rivojlantirishga, xalqimiz o‘rtasida ushbu sport turini ommalashtirishga qo‘shayotgan ulkan hissasi, el-yurtimiz oldidagi farzandlik burchiga sodiq qolib, azmu shijoati, yuksak iroda va mahoratini, vatanparvarlik fazilatlarini yaqqol namoyon etgani, jahon miqyosida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib, yuqori natijaga erishgani, Yangi O‘zbekistonning obro‘-e’tiborini dunyoga tarannum qilish, yoshlarimizni ona yurtga muhabbat, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ulari ruhida tarbiyalash borasidagi alohida xizmatlari uchun shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Sindarov Javohir Sanjarbekovichga "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi" faxriy unvoni berildi.
Shaxmat bo‘yicha Jahon kubogi sohibi bo‘lgan shaxmatchimiz Prezident sovg‘asi - 3 xonali xonadon, uning murabbiylari esa pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
—
Указом Президента Республики Узбекистан за огромный вклад в дальнейшее развитие шахматного спорта в нашей стране, его популяризацию среди широких слоев населения, за проявленные верность сыновнему долгу перед Родиной, целеустремленность, силу воли, высокое мастерство и патриотизм, за достойное представление нашей страны и достигнутые высокие результаты на мировом уровне, за особые заслуги в укреплении авторитета Нового Узбекистана на международной арене, а также в воспитании молодежи в духе любви к Родине и национальной гордости члену национальной сборной Узбекистана по шахматам Жавохиру Санжарбековичу Синдарову присвоено почетное звание «Заслуженный спортсмен Республики Узбекистан».
Кроме того, наш шахматист, ставший обладателем Кубка мира, будет награжден подарком Президента – трехкомнатной квартирой, а его тренеры - денежными вознаграждениями.
Facebook|Instagram|X
Photo unavailableShow in Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurib, "Prezident Olimpiadasi" sport musobaqasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев сегодня посетит Олимпийский городок, где примет участие в церемонии торжественного открытия спортивных соревнований "Президентская Олимпиада".
Facebook|Instagram|X
Xalq deputatlari Samarqand viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.
—
Состоялась внеочередная сессия Самаркандского областного Кенгаша народных депутатов. В ней принял участие Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев.
#Mirziyoyev #safar #Samarqand #sessiya
Facebook|Instagram|X
Photo unavailableShow in Telegram
Viloyat qishloq xo‘jaligini asosiy suv manbai Zarafshon daryosi bo‘lib, undan kelayotgan suv hajmi yil sayin kamayib bormoqda. Daryodagi suv hajmi kamayib ketgani uchun yer osti suvlaridan foydalanish darajasi 2 barobar oshgan.
Shu bois, keyingi yil kamida 30 ming gektarda suv tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish zarurligi qayd etildi.
Endi viloyatdagi fermerlar uchun tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orishni joriy qilishga beriladigan kredit foizi 14 dan 10 foizga tushiriladi, paxta maydonlarining har bir gektari uchun 12 million so‘mgacha subsidiya beriladi.
Viloyatda suv resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha yangi tizim joriy qilinishi belgilandi.
Suv solig‘i tushumi to‘liq tuman suv korxonalari ixtiyoriga o‘tkazilib, faqat ariq va kanallarni betonlashga sarflanadi. Buning natijasida har yili 1 ming kilometr tuproq kanal va ariqlar beton qoplamaga o‘tkaziladi.
Yig‘ilish yakunida davlatimiz rahbari mas’ullarning hisobotlari va rejalarini tingladi.
Facebook|Instagram|X
Photo unavailableShow in Telegram
Urgutdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmining 51 foizi chorvachilikka to‘g‘ri keladi.
Tumanda 40 ming gektar yaylov bo‘lsada, shundan atigi 1,5 ming gektari chorva xo‘jaliklari uchun ajratilgan. Vaholanki, urug‘ va agrotexnologiyalar yaxshilansa, chorvachilik qilsa bo‘ladigan 14 ming gektarda yana 40 ming bosh qo‘y-echki boqish mumkin. Bu – yiliga 100 ming tonna go‘sht va viloyat talabining 50 foizi shuni o‘zidan qoplanadi, degani.
Mutasaddilarga 40 ming bosh qo‘y-echki bo‘yicha loyihani moliyaviy manbalari bilan hal qilish, yaylovlarni o‘zlashtirish bo‘yicha Urgutga mutaxassis olib kelish topshirildi.
Umuman, viloyatda 688 ming gektar yaylov bor. Bu – chorva ozuqasi uchun juda katta imkoniyat.
Endilikda chorvasi bor fermerlar uchun yaylovlardagi bo‘sh yerlar qiymatining 1 foizi miqdoridagi narx bilan auksionga chiqariladi.
Umuman, Osiyo taraqqiyot bankining 63 million dollari hisobidan 200 ming gektar yaylovda ozuqabop ekinlar ekish bo‘yicha loyihani boshlash topshirildi.
Facebook|Instagram|X
Photo unavailableShow in Telegram
Urgut tumanining 112 ming gektar maydoni bor, shundan 12 ming gektari sug‘oriladigan, 40 ming gektari yaylov va 22 ming gektari tog‘ hududlarini tashkil qiladi.
Bu yildan 2 ming gektar g‘alla yerlari, 3,5 ming gektar tamaki yerlari meva-sabzavot ekishga o‘tkazilmoqda. Yangi qo‘shilayotgan 5,5 ming gektarda yuqori daromad beradigan eksportbop mahsulotlar yetishtirish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi.
Masalan, g‘alla va tamakidan bo‘shagan yerlarning 3 ming gektarida oq kishmish ekilib, mayiz qilinsa, tumanda qo‘shimcha 80 million dollarlik eksport bo‘ladi.
Shuningdek, Urgut tumanidagi 500 gektar tog‘-oldi va yaylovda sanoatlashgan uzumzor tashkil etib, 10 gektardan aholiga bo‘lib berish tashabbusi bildirilgan. Ishtixon tumanida ham kelasi yil 2 ming gektar qir-adirda bunday uzumzorlar tashkil qilinadi.
Ushbu yerlarga suv olib chiqish maqsadida 50 ta artizan qudug‘i qazish, 15-20 kilovattli quyosh paneli o‘rnatish xarajatlari uchun 30 milliard so‘m arzon resurs beriladi.
Facebook|Instagram|X
Photo unavailableShow in Telegram
Urgutdagi mahallalar infratuzilmasiga kelasi yil 260 milliard so‘m ajratilishi e’lon qilindi.
Misol uchun, Urgutdagi Tinchlik mahallasi hududidan logistika markazi qurish uchun 5 gektar joy ajratilib, 5 milliard so‘mlik infratuzilma qilib berilsa, 100 ga yaqin do‘kon, oshxona va servis obyektlari quraman, degan urgutliklar ko‘p.
Tuman markazidagi 1,5 kilometrli “Navoiyshoh” ko‘chasini tunu-kun ishlaydigan maskanga aylantirish orqali 60 ta savdo-servis obyekti tashkil qilib, 500 nafar odamni ishli qilish mumkin.
Shuningdek, tumanning 8 ta mahallasi infratuzilmasini yaxshilashga Islom taraqqiyot bankidan 10 million dollar jalb qilinmoqda. Bundan tashqari, Tojikiston bilan chegaradosh 15 ta mahallada mehmon uyi va dam olish maskani qurishga 10 milliard so‘m resurs yo‘naltirilmoqda.
Umuman, 2026-yilda viloyatdagi mahallalarda savdo va servis hisobidan 40 ming ish o‘rni yaratish muhimligi qayd etildi.
Facebook|Instagram|X
Photo unavailableShow in Telegram
Urgutga yil boshidan 500 ming xorijiy va 1 million mahalliy sayyoh keldi.
Tadbirkorlar Zarafshon tog‘ tizmasida joylashgan “Qortog‘” zonasida 600 gektar maydonda turizm zonasi tashkil etish tashabbusini bildirgan.
Yoki, “Qoratepa” suv ombori atrofida kemping va kapsula uylar qurib, “Eko shaharcha” barpo etilsa, turistlarga yil 12 oy xizmat ko‘rsatadigan maskanga aylanadi.
Shu bois, mutasaddilarga Urgutda turistik-rekreatsion zona direksiyasini tashkil etish, master-reja ishlab chiqib, lotlarni savdoga chiqarish topshirildi. Ushbu loyihaning infratuzilmasi uchun 50 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi.
Urgutdagi yondashuvlar asosida yana 245 million dollarlik loyihalar hisobiga 8 ta tumanda 15 ming ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.
Umuman, kelasi yil 600 million dollarlik turizm loyihalarini boshlab, kamida 35 ming aholini band qilish zarurligi qayd etildi.
Facebook|Instagram|X
