uz
Feedback
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Kanalga Telegram’da o‘tish

"HUDUDIY ELЕKTR TARMOQLARI" AJ Toshkent sh, Osiyo kо‘chasi, 8 Ishonch telefoni: 71 207 23 76 E-mail: info@het.uz Murojaat uchun @HET_admin Call center: 1154 Facebook: facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari Sayt: het.uz

Ko'proq ko'rsatish
2025 yil raqamlardasnowflakes fon
card fon
100 759
Obunachilar
-8624 soatlar
-3647 kunlar
+60930 kunlar
Postlar arxiv
05:11
Video unavailableShow in Telegram
📌📌📌📌📌📌 RESPUBLIKA ISHCHI GURUHI O'RGANISHLARI O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari boshchiligida Respublika ishchi guruhi tomonidan Namangan viloyatida elektr, gaz va boshqa kommunal sohalarda debitor qarzdorliklarni qisqartirish, aholi iste’molchilarida iste’mol madaniyatini oshirish, tejamkor qurilmalardan foydalanish orqali ham energiyani tejash, ham oila byudjetiga foyda keltirish masalalari bо‘yicha о‘rganishlar о‘tkazildi. Tadbir davomida energiya resurslaridan oqilona foydalanish, texnologik va notexnologik yo‘qotishlarni kamaytirish, noqonuniy ulanishlarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, viloyatining barcha tumanlarida ko‘rgazmali seminar ham tashkil tashkil etildi. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Hammasini ko'rsatish...
8.mp464.67 MB
Photo unavailableShow in Telegram
📌📌📌📌📌📌 УЧИМСЯ ЭКОНОМИТЬ ЭЛЕКТРОЭНЕРГИЮ С ДЕТСТВА 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
📌📌📌📌📌📌 ELEKTR ENERGIYASINI TEJASHNI BOLALIKDAN O‘RGANAMIZ 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Hammasini ko'rsatish...
📌📌📌📌📌📌 ELEKTR TA’MINOTIDA UZLUKSIZLIK — DOIMIY NAZORATDA Iste’molchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash, shuningdek, elektr uzatish tarmoqlarida yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filialining tuman va shahar elektr ta’minotlarida 24 soatlik navbatchilik asosida ish tashkil etilgan. Xususan, elektr ta’minoti tizimining ishonchliligini yanada oshirish, elektr uzatish tarmoqlarining barqaror va uzluksiz ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar doimiy ravishda amalga oshirilmoqda. Shu yo‘nalishda filialning transformatorlarni ta’mirlash ustaxonasi ham 24 soatlik navbatchilik asosida faoliyat yuritmoqda. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Hammasini ko'rsatish...
Авария киш 22,12,2025 1.mp442.43 MB
📌📌📌📌📌📌 KOMPLAYENS NAZORAT TUZILMALARI XODIMLARI TOMONIDAN 28 MLRD. SО‘MDAN ORTIQ ELEKTR ENERGIYASIDAN QONUNGA XILOF RAVISHDA FOYDALANISH HOLATI ANIQLANDI Ma’lumki, hududlarda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda tizim tarkibidagi korxonalar Komplayens nazorat tuzilmalari tomonidan yoqilg‘i-energiya resurslarini talon-toroj qilish holatlarini aniqlash va ularga nisbatan tegishli choralar kо‘rish yuzasidan tadbirlar о‘tkazilmoqda. Xizmat xodimlari tomonidan joriy yilning 1-15 dekabr kunlari davomida о‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida qiymati 28,7 mlrd. sо‘mlik 16,1 mln.kVt.soat elektr energiyasidan qonunga xilof ravishda foydalanish holati aniqlandi. Tо‘plangan materiallar yuzasidan qayta hisob-kitob qilinib, hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan. Elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga rioya qilish bо‘yicha chora-tadbirlar davom etmoqda. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Hammasini ko'rsatish...
03:52
Video unavailableShow in Telegram
📌📌📌📌📌📌 MAHALLALARDA ELEKTR TA’MINOTI YAXSHILANMOQDA Farg‘ona viloyati Uchko’prik tumanining “Yangiyer” mahallasida past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilash maqsadida tizimli ishlar davom etmoqda. Batafsil, “Zo’r TV” telekanalining "Bu kun" yangiliklar dasturi orqali efirga uzatilgan lavha orqali tanishishingiz mumkin. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Hammasini ko'rsatish...
22.89 MB
📌📌📌📌📌📌 ENERGETIKLAR MUNOSIB TAQDIRLANDI Bugun, 22-dekabr kuni “Hududiy elektr tarmoqlari” AJda iste’molchilarga barqaror elektr energiyasi yetkazib berishdek mas’uliyatli vazifani mashaqqat bilan ado etayotgan bir guruh kasb fidoyilarini munosib taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda tizimda ko‘p yillardan buyon mehnat qilib kelayotgan soha xodimlari, faxriy energetiklar va markaziy apparati xodimlari ishtirok etdi. Ma’lumki, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va uning tarkibiy korxonalarida 24 mingdan ortiq ishchi xodimlar iste’molchilarga barqaror elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida tunu-kun faoliyat yuritishmoqda. Xususan, hozirgi qish oylarida tizimda 24 soatlik ish rejimiga o‘tilgani, “Tezkor dispetcherlik shtabi”, aholi murojaatlarini tunu kun qabul qilish hamda tezkor hal etish bo‘yicha tizimli ishlar bajarilayotgani xalqimiz turmush farovonligini ta’minlashga xizmat qilib kelmoqda. Batafsil 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Hammasini ko'rsatish...
00:22
Video unavailableShow in Telegram
📌📌📌📌📌📌 Joylarda mehnat qilayotgan energetiklarimizdan xabar olinib, ularni bayram bilan tabriklanmoqda. Barcha energetiklarga rahmat aytamiz. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Hammasini ko'rsatish...
IMG_3369.MOV16.74 MB
02:16
Video unavailableShow in Telegram
📌📌📌📌📌📌 Bugun — Energetiklar kuni. Shunga qaramay, soha faoliyati bir lahza ham to‘xtab qolmayapti. Joylarda mehnat qilayotgan energetiklarimizdan xabar olinib, ularga bayram sovg‘alari taqdim etilmoqda. Barcha energetiklarga rahmat aytamiz. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Hammasini ko'rsatish...
IMG_3356.MOV49.65 MB
02:44
Video unavailableShow in Telegram
📌📌📌📌📌📌 ENERGETIKLAR - ZAMONNING YORQIN QALB QAHRAMONLARI! Inson hayotidagi eng ulug‘ vazifa – o‘z kasbi orqali atrofdagilarga yaxshilik va farovonlik olib kirishdir. Ammo, har kuni hayotini xavf ostiga qo‘yib, har bir uyga yorug‘lik, har bir ko‘chaga hayot nafasi – elektrni olib keluvchi energetiklar, bu fazilatning timsolidir. Ularning mehnati nafaqat loyihalar va raqamlarda, balki har birimizning uyimizda, ish joyimizda, hayotning har bir daqiqasida davom etayotgan yorug‘likdir. "Energetik" – nafaqat kasb, balki mas’uliyat, fidoyilik va doimiy tayyorgarlikning nomidir. Har qanday ob-havo, har qanday sharoitda, kechayu kunduz, uzoq tepaliklar va qiyin yo‘llarni yengib, ular xalqimizga energiya uzatmoqda. 22-dekabr - "Energetiklar kuni" munosabati bilan barcha energetiklarni kasb bayrami bilan chin qalbdan muborakbod etamiz. Sizning jasoratingiz, mehnatsevarligingiz va fidoyiligingiz butun jamiyat uchun namunadir. Sog‘ligingiz, baxtingiz va muvaffaqiyatingiz doim yorug‘ bo‘lsin! 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Hammasini ko'rsatish...
video_2025-12-22_11-14-32.mp4132.20 MB
📌📌📌📌📌📌 JIZZAX VILOYATIGA QO‘SHIMCHA ZAXIRA MATERIALLARI VA QURILMALARI YETKAZIB BERILDI Kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni tezkor bartaraf etish maqsadida "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ tomonidan Jizzax viloyatiga qo‘shimcha moddiy-texnik zaxira resurslari yetkazib berildi. Turli quvvatdagi yangi transformatorlar yuqori va past kuchlanishli izolyatorlar, har xil turdagi elektr simlari va kabellar hamda boshqa zaruriy ehtiyot qismlar filial ombori tomonidan qabul qilib olindi. Ushbu zaxira materiallari viloyatning chekka hududlarida, xususan, noqulay ob-havo sharoitida yuzaga keladigan avariyalarni qisqa daqiqalar ichida bartaraf etish imkonini kengaytiradi. Ayni paytda ushbu materiallar tuman va shahar elektr ta’minoti korxonalariga (TETK) taqsimlab berilmoqda. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Hammasini ko'rsatish...
03:04
Video unavailableShow in Telegram
📌📌📌📌📌📌 Hurmatli energetiklar! Sizlarni kasb bayramingiz — Energetiklar kuni munosabati bilan chin qalbimdan tabriklayman. So‘nggi yillarda yurtimiz energetika sohasida salmoqli ishlar amalga oshirildi, muhim loyihalar hayotga tatbiq etildi, ishlab chiqarish quvvatlari bosqichma-bosqich oshirib borilmoqda, infratuzilma obyektlari yangilanyapti. Bu yutuqlar sizlarning fidokorona mehnatingiz, mas’uliyat va jonkuyarligingiz samarasi ekani shubhasiz. Sizlarning mashaqqatli mehnatingiz tufayli millionlab xonadonlar yorug‘lik va issiqlik bilan ta’minlanmoqda, iqtisodiyotimiz barqaror ishlamoqda. Shu bilan birga, sohada yechimini kutayotgan masalalar, yanada takomillashtirishni talab etadigan yo‘nalishlar ham mavjud. Oldimizda hali qilishimiz kerak bo‘lgan ishlar ko‘p. Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalarni to‘laqonli va samarali bajarish yo‘lida barchamiz bir jamoa bo‘lib, hamjihatlik va mas’uliyat bilan ish olib borishimiz zarur. Ishonchim komilki, sizlarning bilim, tajriba va fidoyiligingiz bilan oldimizga qo‘yilgan barcha marralarga albatta yetamiz. Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik, sabr-toqat va kasbiy faoliyatingizda yangi yutuqlar tilayman. Doimo el-yurt ishonchini oqlab, sharafli kasbingizga sadoqat bilan xizmat qilishingizni tilab qolaman. Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin! 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Hammasini ko'rsatish...
video_2025-12-22_09-35-42.mp457.64 MB
📌📌📌📌📌📌 ENERGETIKLAR  OB-HAVOGA SHAROITIGA QARAMASDAN XALQ XIZMATDA "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Jizzax hududiy filiali ishchi-xodimlari noqulay ob-havo sharoitiga qaramasdan kuchaytirilgan tartibda mehnat qilishmoqda. Qalin qor yuki tufayli elektr tarmoqlari ustiga yiqilgan va simlarni bosib qolgan daraxt shoxlari maxsus texnikalar yordamida kesib tozalanmoqda. Daraxtlar orasida qolib ketgan, uzilgan elektr simlari ehtiyotkorlik bilan chiqarilib, qayta ulash va sozlash ishlari bajarilmoqda. Xodimlar hatto ko‘rish darajasi past va harorat sovuq bo‘lgan yarim tunda ham iste’molchilar xonadoniga yorug‘lik qaytishi uchun bor kuchini safarbar etgan. Ushbu fidokorona mehnat tufayli talofat ko‘rgan hududlarda elektr ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanmoqda. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Hammasini ko'rsatish...
01:50
Video unavailableShow in Telegram
📌📌📌📌📌📌 Yaponiya kompaniyalari bilan yurtimiz energergetika sohasining barcha yo‘nalishlarida faol hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Hammasini ko'rsatish...
14.24 MB
📌📌📌📌📌📌 ENERGETIKLAR  OB-HAVOGA SHAROITIGA QARAMASDAN XALQ XIZMATDA Pop tumani hududida kuzatilayotgan uzoq muddatli yomg‘ir, qor yog‘ishi va shamol oqibatida ayrim elektr uzatish tarmoqlarida vaqtinchalik texnik nosozliklar yuzaga keldi. Shunga qaramay, Pop tuman elektr ta’minoti tomonidan maxsus tezkor brigadalar zudlik bilan safarbar etilmoqda. Ayni damda energetiklarimiz qahraton sovuq, qor va yomg‘ir ostida, kechayu kunduz tinim bilmay mehnat qilmoqdalar. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Hammasini ko'rsatish...
📌📌📌📌📌📌 “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Qashqadaryo hududiy filiali tarkibidagi tuman va shahar elektr ta’minoti bo‘limlari xodimlari tomonidan  iste’molchilarga barqaror elektr energiyasini yetkazib berish yo‘lida fidokorona xizmat qilmoqdalar. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Hammasini ko'rsatish...
00:55
Video unavailableShow in Telegram
📌📌📌📌📌📌 #tezkor Qor bilan qoplangan tog‘li hududlarda, murakkab va sovuq ob-havo sharoitlariga qaramasdan, Surxondaryo energetiklari aholiga elektr energiyasini barqaror yetkazib berish yo‘lida fidokorona mehnat qilmoqda. Yuqori tog‘li va borish qiyin bo‘lgan hududlarda elektr tarmoqlarini ko‘zdan kechirish, yuzaga kelgan nosozliklarni aniqlash va ularni tezkor bartaraf etish ishlari kechki hamda tungi soatlarda ham davom ettirilmoqda. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Hammasini ko'rsatish...
1221.mp463.77 MB
📌📌📌📌📌📌 NOQULAY OB-HAVOGA QARAMAY SURXONDARYO ENERGETIKLARI FIDOKORONA MEHNATDA Surxondaryo viloyatida kuzatilayotgan qor yog‘ishi va sovuq ob-havo sharoitlariga qaramasdan, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Surxondaryo hududiy filiali ishchi brigadalari kuchaytirilgan ish rejimida, jumladan kechki va tungi soatlarda ham xizmat olib bormoqda. Murakkab ob-havo sharoitlariga qaramay, energetiklarimiz har bir xonadonda yorug‘lik va barqaror elektr energiyasi bo‘lishi uchun bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etmoqda. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Hammasini ko'rsatish...
📌📌📌📌📌📌 #XALQ_XIZMATIDA TIZIM BARQARORLIGI YO‘LIDA TUNGI NAVBATCHILIK “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tarkibidagi barcha hududiy filiali hamda korxonalarining tuman va shahar elektr ta’minoti bo‘limlari xodimlari tomonidan  iste’molchilarga barqaror elektr energiyasini yetkazib berish yo‘lida fidokorona xizmat qilmoqdalar. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Hammasini ko'rsatish...
📌📌📌📌📌📌 #tezkor SHAROF RASHIDOV TUMANIDA MURAKKAB OB-HAVO SHAROITIGA QARAMAY ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA Ayni vaqtdagi qorli va sovuq ob-havo sharoitiga qaramasdan, "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Jizzax hududiy filiali xodimlari iste'molchilarni energiya bilan ta'minlash uchun 24 soatlik navbatchilik asosida mehnat qilishmoqda. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Hammasini ko'rsatish...
40.79 MB