"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot
Kanalga Telegram’da o‘tish
"HUDUDIY ELЕKTR TARMOQLARI" AJ Toshkent sh, Osiyo kо‘chasi, 8 Ishonch telefoni: 71 207 23 76 E-mail: info@het.uz Murojaat uchun @HET_admin Call center: 1154 Facebook: facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari Sayt: het.uz
Ko'proq ko'rsatish2025 yil raqamlarda

100 704
Obunachilar
+1124 soatlar
-3827 kunlar
+62730 kunlar
Postlar arxiv
02:05
Video unavailableShow in Telegram
📌📌📌📌📌📌
Qoraqalpog‘iston Respublikasida iste’molchilarni barqaror elektr energiyasiga bo‘lgan talabini qondirish hamda joriy yil mavsumga tayyorgarlik kо‘rish maqsadida hududiy filiali tomonidan bir qator ishlar amalga oshirildi.
Taxiatosh tumanida amalga oshirilayotgan yirik hajmdagi rekonstruktsiya-modernizatsiya ishlari haqida “O‘zbekiston 24” telekanalining “Yangiliklar 24” informatsion dasturi lavhasida.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
17.mp433.83 MB
02:01
Video unavailableShow in Telegram
📌📌📌📌📌📌
Bizni osh emas, bayroq birlashtiradi!
Bayrog‘imiz — mustaqil davlatchiligimizning yorqin timsoli, xalqimizning orzu-umidlari va g‘ururidir. U har bir yurtdoshimizda faxr-iftixor tuyg‘usini uyg‘otadi.
Unda milliy-tarixiy an’analarimiz, boy madaniyatimiz hamda poklik, donishmandlik, mardlik, shon-sharaf va sadoqat kabi xalqimizga xos ezgu fazilatlar o‘z ifodasini topgan.
Jonajon O‘zbekistonimiz qaddi doim baland bo‘lsin! Bayrog‘imiz hamisha yuksak cho‘qqilarda hilpirasin!
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
rolik_bayroq_tg_new.mp473.57 MB
📌📌📌📌📌📌
FARG‘ONADA TADBIRKOR TOMONIDAN 3,6 MLRD SO‘MLIK ELEKTR ENERGIYASIDAN NOQONUNIY FOYDALANISH HOLATI ANIQLANDI
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat xodimlari hamda Elektr energiyasi oqimlari va yo'qotishlarni hisobga olish, hududlar bilan ishlash departamenti tomonidan energiya resurslarini talon-toroj qilish holatlarini aniqlash yuzasidan o‘tkazilayotgan reyd tadbirlari davomida iste’molchilar tomonidan elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini mensimasdan davlat mulkidan o‘zboshimchalik bilan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanmoqda.
Xususan, Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida “Hasanobod” MFY hududida joylashgan “E E” MCHJga qarashli qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash uchun mo‘ljallangan muzlatgich
boshqaruvchisi tomonidan elektr energiyasi hisobi uchun o‘rnatilgan hisoblagichni vakolatli organlarni xabardor qilmasdan o‘zboshimchalik bilan boshqasiga almashtirgani sababli davlat manfaatlariga 3,6 mlrd. so‘m zarar yetkazilgani fosh etildi.
Aniqlangan holat yuzasidan qayta hisob-kitob qilingan holda to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
📌📌📌📌📌📌
Davlat bayrog‘imiz – milliy o‘zligimiz, mustahkam e’tiqodimiz va cheksiz g‘ururimiz ramzidir.
U Vatanimizning ulug‘ tarixi, bugungi bunyodkorlik jarayonlari va kelajakka bo‘lgan ishonchni o‘zida mujassam etadi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va hududiy filial hamda korxonalar xodimlari O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘iga yuksak ehtirom ko‘rsatmoqdalar.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
00:11
Video unavailableShow in Telegram
📌📌📌📌📌📌
DAVLAT BAYROG'I O'ZBEKISTON DAVLAT SUVERENITETINING RAMZIDIR
18 noyabr – “O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i to'g'risida”gi Qonun qabul qilingan kun.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ barchangizni ushbu kun bilan chin dildan tabriklaydi.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
zastavka.mp42.29 MB
04:30
Video unavailableShow in Telegram
📌📌📌📌📌📌
SAMARQANDDA MUQOBIL ENERGIYA MANBALARIDAN FOYDALANISH KENGAYMOQDA
Bugungi kunda Samarqand viloyatida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan, xususan quyosh energiyasidan foydalanish ko‘lami tobora kengayib bormoqda.
Xususan, joriy yilda viloyat bo‘yicha 78,1 MVt quvvatli quyosh panellarini o‘rnatish rejalashtirilgan bo‘lsa-da, amalda bu ko‘rsatkich 80,7 MVtni tashkil etdi.
Bu esa viloyatda muqobil energiya manbalaridan foydalanish samaradorligi ortib borayotganini ko‘rsatadi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali o‘quv-mashg‘ulotlar poligonida ham 410 kVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasi o‘rnatildi.
Mazkur stansiya o‘quv poligoni va tayanch-ustunlar ishlab chiqarish zavodining elektr energiyasi iste’molini iqtisod qiladi.
Jarayonlar haqida batafsil “Samarqand telekanali”ning “Maxsus reportaj” dasturi lavhasida tanishish mumkin.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
video_2025-11-17_16-13-02.mp428.09 MB
📌📌📌📌📌📌
“XONCHARBOG`” MAHALLASIGA YANGI TRANSFORMATOR PUNKTI O‘RNATILDI
“Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ tomonidan hududlarda iste'molchilarni sifatli elektr energiyasi bilan ta'minlash hamda kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish ishlari jadallik bilan davom etmoqda.
Jumladan, Olmazor tuman elektr ta`minoti korxonasi xodimlari tomonidan tumanning”Xonchorbog`” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi yuklama bilan ishlab kelayotgan transformator punktiga qo‘shimcha ravishda yangi transformator punkti o‘rnatildi.
Tuman elektr ta’minoti mutaxassislari tomonidan o‘rnatilgan quvvati 630 kVA bo‘lgan yangi transformator punkti va undan chiquvchi elektr uzatish tarmoqlarini montaj qilish ishlari olib borilmoqda.
Tez orada mazkur loyiha o‘z yakuniga yetkazilib, yangi transformator va tarmoqlar iste'molchilarga foydalanishlari uchun topshiriladi.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
03:00
Video unavailableShow in Telegram
📌📌📌📌📌📌
2025/2026-yil isitish mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 mln so‘mdan bir martalik moddiy yordam berilmoqda
Aholining ehtiyojmand qatlamini qo’llab-quvvatlash maqsadida 1 mln 162 mingdan ortiq ro‘yxat shakllantirildi.
Bir martalik moddiy yordam to‘lash uchun 1,2 trln so‘mlik mablag‘ tijorat bakiga to‘liq moliyalashtirib berildi.
30-oktyabr kuni plastik kartasi bor aholiga butun summa o‘tkazib berildi. Bank plastik kartasi bo‘lmaganlarga oilalarga naqd pul ko‘rinishida “sayyor kassalar” tomonidan pullar to‘lab berilmoqda.
O‘tgan davrda kompensatsiya to‘lash uchun kelib tushgan 1,7 mln arizalar ko‘rib chiqildi va bazaviy me’yordan ortiq iste’mol qilgan 362 ming oilalarga 21,1 mlrd so‘m kompensatsiya to‘lovlari to‘landi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan yili 444 ming oila kompensatsiya olish uchun murojaat qilgan, shundan 208 mingtasiga 23,3 mlrd so‘m (faqatgina isitish davri noyabr-fevral oylari uchun) kompensatsiya to‘lovlari to‘lab berilgan.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Isitish mavusimi tg.mp446.69 MB
03:31
Video unavailableShow in Telegram
📌📌📌📌📌📌
Kuz–qish mavsumida iste’molchilarni uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali tomonidan tizimli ravishda tayyorgarlik ishlari amalga oshirildi.
Jumladan, elektr uzatish tarmoqlari, transformator punktlari va taqsimlash qurilmalari ko‘rikdan o‘tkazildi, zarur ta’mirlash va yangilash ishlari bajarildi.
Bu haqida batafsil "Zo'r TV" telekanali "Bu kun" informatsion dasturi lavhasida tanishish mumkin.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
elektroset_bukun2025kuz-qish.mp470.82 MB
03:55
Video unavailableShow in Telegram
📌📌📌📌📌📌
– Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda
– Prezidentimizning “Markaziy Osiyo yangi davr ostonasida” sarlavhali maqolasi e’lon qilindi
– “Qambarota GES-1” — Markaziy Osiyoni birlashtirgan mega loyiha
– Energetika vazirligi innovatsion faoliyat bo‘yicha eng ilg‘or vazirliklar uchligida
– Gaz ta’minoti va raqamlashtirish: OAV uchun press-tur
– Elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan qurilish obyekti aniqlandi
– Bo‘stonliqda 20 MVt quvvatli shamol elektr stansiyasi qurilmoqda
– Energiya resurslarini tejash — barqaror tizimning asosi
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
video_2025-11-17_10-14-32.mp442.99 MB
01:45
Video unavailableShow in Telegram
📌📌📌📌📌📌
ELEKTR ENERGIYASI TA’MINOTI YAXSHILANMOQDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 330-sonli qarori asosida Qashqadaryo viloyatida 89 ta mahallaning elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida 191 ta transformator va 10 540 ta temir-beton ustunlarini oʻrnatish hamda 393,5 km elektr uzatish tarmog‘ini yangidan qurilishi belgilangan.
Bugungi kungacha 188 ta transformator hududlarga chiqarilib, 180 tasi oʻrnatildi. 378,7 km tarmoq qurildi.
Bu borada viloyatda olib borilayotgan amaliy ishlar xususida “O‘zbekiston 24” telekanalining “Axborot 24” informatsion dasturining lavhasida tanishish mumkin.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
video_2025-11-17_09-12-59.mp432.31 MB
03:02
Video unavailableShow in Telegram
📌📌📌📌📌📌
Prezident Shavkat Mirziyoyev:
Bizning kuchimiz – birlikda, muvaffaqiyat sari yo‘limiz – do‘stlik va hamkorlikda. Faqat hamjihat bo‘lib, o‘zaro hurmat, birdamlik va strategik yondashuvlarga tayanib, ezgu maqsadlarimizga erishishimiz mumkin.
—
Президент Шавкат Мирзиёев:
Наша сила – в единстве, наш путь к успеху – в дружбе и сотрудничестве. Только сплотившись, опираясь на взаимное уважение, солидарность и стратегическое видение, мы сможем достичь наших благородных целей.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
video_2025-11-17_09-28-27.mp472.44 MB
📌📌📌📌📌📌
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mutaxassislari kiberxavfsizlik boyicha malakasini oshirdi
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Axborot texnologiyalari va kiberxavfsizlik boyicha mas’ul mutaxassislari “Kiberxavfsizlik markazi” DUKda “Davlat tashkilotlarida kiberxavfsizlikni ta’minlash masalalari” mavzusida malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomladilar.
Kurs davomida mutaxassislar axborot xavfsizligi sohasidagi eng so’nggi milliy va xalqaro standartlar, yangilangan meyoriy-huquqiy hujjatlar, zamonaviy kiberhimoya vositalari va kiberkriminalistika usullari bilan chuqur tanishdilar.
Shu bilan bir qatorda kurslar davomida davlat tashkilotlari axborot tizimlarini kompleks himoya qilish, dolzarb kibertahdidlarni aniqlash va ularga samarali javob berish mexanizmlari to‘g‘risida ham ko‘nikmalar shakllantirildi.
Shuni alohida qayd etish lozimki, olingan nazariy bilimlar va amaliy ko’nikmalar mutaxassislarga jamiyatda kiberxavfsizlik tizimini mustahkamlash, ichki jarayonlarni xalqaro talablar darajasida takomillashtirish hamda raqamli infratuzilma barqarorligini ta’minlashda muhim rol oynash imkonini beradi.
Bu esa, o’z navbatida, jamiyatning umumiy axborot xavfsizligi darajasini sezilarli darajada oshirishga va zamonaviy raqamli tahdidlarga qarshi bardoshliligini kuchaytirishga hamda jamiyatning raqamli xizmatlarini uzluksiz ishlaniga xizmat qiladi.
О‘quv kurslari yakunida tinglovchilarga Markazning maxsus sertifikatlari topshirildi.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
24:30
Video unavailableShow in Telegram
📌📌📌📌📌📌
ENERGETIKA SOHASIDAGI ISLOHOTLAR AHOLI MANFAATLARI YO‘LIDA
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Namangan hududiy filiali tomonidan aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish borasidagi ishlar izchillik bilan olib borilmoqda.
Bu borada viloyatda olib borilayotgan amaliy ishlar “O'zbekiston 24" telekanalining "Ortqa qaytmas islohotlar” tahliliy dasturining navbatdagi sonida tanishishingiz mumkin.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
6.mp4338.92 MB
30:27
Video unavailableShow in Telegram
📌📌📌📌📌📌
HURMATLI DAVLAT XIZMATCHILARI, NAVBATDAGI O'QUV DASTURINI E'TIBORINGIZGA XAVOLA QILAMIZ!
Haftaning har juma kuni taqdim etilayotgan siyosiy ma'rifat soati davlat xizmatchisining siyosiy bilimlarini oshirish, daxldorlik hissini kuchaytirish, ma'naviyatini yuksaltirishga xizmat qiladi!
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
IMG_0110.MP4159.93 MB
📌📌📌📌📌📌
AHOLIDAN KELIB TUSHGAN MUROJAATLAR O‘Z VAQTIDA YECHIM TOPMOQDA
Mamlakatimizda iste’molchilarga sifatli elektr energiyasi yetkazib berish, ularning murojaatlari va takliflariga tezkor javob berish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu yo‘nalishda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali rahbariyati va xodimlari tomonidan aholining murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va amaliy yechim topish ustuvor vazifalardan biri etib belgilangan.
Xususan, Urganch tumani “Bo‘ston” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaatlari asosida hududda elektr ta’minotini yaxshilash ishlari olib borilmoqda. Aholi ehtiyojlarini inobatga olgan holda tuman elektr ta’minoti tomonidan quvvati 250 kVA bo‘lgan yangi transformator o‘rnatilib, ayni damda tarmoqqa ulash ishlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur tadbir natijasida “Bo‘ston” mahallasidagi iste’molchilarning elektr energiyasi ta’minoti barqarorlashib, kuchlanish darajasi yaxshilanishi kutilmoqda.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
📌📌📌📌📌📌
ANDIJON VILOYATIDA ELEKTR ENERGIYASIDAN NOQONUNIY FOYDALANISH HOLATLARINI ANIQLASH BO‘YICHA REYD TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA
Kuz–qish mavsumini betalofat o‘tkazish, shuningdek, elektr energiyasidan qonuniy va oqilona foydalanishni nazorat qilish maqsadida Andijon viloyati bo‘ylab muntazam ravishda reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Jumladan, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali xodimlari tomonidan joriy yilning 11–12-noyabr kunlari Andijon shahri bo‘ylab o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida 100 ga yaqin iste’molchi ko‘rikdan o‘tkazildi. O’rganish jarayonida 21 ta holatda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi.
Xususan о‘rganishlar davomida, hisoblagich ulanish sxemasi buzilishi, tarmoqqa to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib foydalanish, hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatilsh hamda hisoblagichga pult moslamasi o‘rnatilib, hisoblagich sun’iy ravishda to‘xtatilgan holda elektr energiyasidan foydalanilgan holatlari aniqlangan.
Mazkur holatlar bo‘yicha rasmiylashtirilgan dalolatnomalar asosida yo‘qotilgan elektr energiyasi hajmi qayta hisob-kitob qilinib, yetkazilgan zarar miqdori 301,6 million so‘mni tashkil etgani aniqlandi.
Aniqlangan qonunbuzarliklar yuzasidan qonuniy chora ko‘rish maqsadida tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi idoralariga yuborildi.
Shu kabi reyd tadbirlari viloyat bo‘ylab muntazam ravishda davom ettirilmoqda.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
IMG_2373.MP41.91 MB
IMG_2374.MP43.22 MB
