A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti
Kanalga Telegram’da o‘tish
Facebook https://www.facebook.com/avloniy.uz Website http://avloniy.uz/ YouTube https://www.youtube.com/channel/UCf6MGrax28HsY9DCBo3eeTA Қайта тайёрлов: https://t.me/avloniyqaytatayyorlovqabul LMS йўриқнома 👉 @lms_video_bot
Ko'proq ko'rsatish2025 yil raqamlarda

152 034
Obunachilar
-42424 soatlar
-3 1237 kunlar
-10 42030 kunlar
Postlar arxiv
Repost from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
✅✅✅✅
✈️ Navoiy: vazir uchrashuvlari davom etmoqda
✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova Zarafshon shahridagi qator ta’lim muassasalarida bo‘ldi.
Dastlab vazir shahar markazidagi 2- va 10-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati bilan tanishdi. Bu yerda bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi.
➖ Vazir E'zoza Karimova hududdagi 8- va 14-umumiy o‘rta ta’lim maktablarida bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlarni ham ko‘zdan kechirdi.🌐 Shuningdek, shu kuni hududdagi maktab va bog‘cha direktorlari bilan yig‘ilish o‘tkazildi. ⏰ Unda 2024–2025 o‘quv yili natijalari, ta’lim sifati va yangi baholash tizimi, bitiruvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi. Vazir E'zoza Karimova maktab hovlisiga daraxt ko‘chatlari ekish aksiyasida ham ishtirok etdi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
❤ 30👍 10
✅✅✅✅
A.Avloniy nomidagi institut vakili Bishkek shahridagi xalqaro ilmiy-amaliy simpoziumda ishtirok etdi
Bishkek shahrida “Milliy ruh — jahon cho‘qqilari — ta’lim va tarbiyada” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy simpozium bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli anjuman Qirg‘iziston Respublikasi Ta’lim vazirligi hamda Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish Respublika instituti tomonidan tashkil etildi.
Ushbu simpoziumda A. Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti Boshlang‘ich ta’lim bo‘limi boshlig‘i Nilufar Ubaydullayeva “O‘zbekiston Respublikasida umumta’lim muassasalari rahbar kadrlarining kvalitilogik kompetensiyalarini rivojlantirish masalalari” mavzusida taqdimot bilan ishtirok etdi.
Taqdimotda O‘zbekiston ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, rahbar kadrlar uchun yo‘lga qo‘yilgan menejerlik kurslari hamda mentorlik dasturlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, mamlakatimiz umumta’lim muassasalari o‘qituvchilari uchun tashkil etilgan uzluksiz malaka oshirish tizimi, KRK va KRS dasturlari to‘g‘risidagi taqdimot ishtirokchilarda qiziqish uyg‘otdi.
👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍
💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring
📱Telegram | 📒Facebook
📹YouTube | 🌐Instagram
❤ 22
Photo unavailableShow in Telegram
📣DIQQAT!
ILMIY MAQOLALAR QABULI DAVOM ETMOQDA!
👍A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti OAK ro‘yxatidan o‘tgan, maqolalari xalqaro indeksatsiya bazalariga kirgan “Maktab ta’limi: muammolar, izlanishlar, yechimlar” jurnalining 2025-yil 5-soni uchun ilmiy maqolalarni qabul qiladi!
🟡Agar siz ta’lim sohasida izlanish olib borayotgan olim, tadqiqotchi yoki mutaxassis bo‘lsangiz, ilmiy maqolangizni jurnalimizda chop etish uchun yuborishingiz mumkin.
✅Qabul qilinadigan yo‘nalishlar:
💬Maktab ta’limi va uzluksiz ta’lim – mamlakatimizdagi islohotlar, xalqaro tajribalar;
💬Zamonaviy pedagogik texnologiyalar – yangi usullar, innovatsiyalar va ularni tatbiq etish;
💬Xalqaro ilmiy tadqiqotlar – maktab ta’limining dolzarb muammolari yuzasidan olib borilayotgan izlanishlar;
💬Ta’lim menejmenti va boshqaruvi – kadrlar tayyorlash, malaka oshirish, xalqaro baholash tadqiqotlari;
💬Ilmiy-uslubiy tadqiqotlar – ta’lim standartlari, o‘quv rejalar va dasturlarni ishlab chiqish;
💬Ta’lim strategiyalari – istiqbolli yo‘nalishlar, strategik rejalashtirish va amaliy tadqiqotlar.
✅Maqolalarga qo‘yiladigan talablar:
• Tillar: o‘zbek (lotin alifbosi), rus yoki ingliz
⏺Maqola sarlavhasi: o‘zbek, rus va ingliz tillarida yozilishi kerak
⏺Muallif haqida ma’lumot: F.I.Sh., ish joyi, ilmiy daraja, elektron pochta, telefon raqami
⏺Annotatsiya (Abstrakt): maqolaning qisqacha mazmuni (100-250 so‘z), uch tilda bo‘lishi lozim
⏺Kalit so‘zlar: 6–8 marta maqola ichida ishlatilishi kerak
⏺Maqola tuzilishi: kirish, asosiy qism, xulosa bo‘lishi shart
⏺Format: Times New Roman, 14 shrift, 1 interval, 2 sm hoshiyalar
⏺Hajm: 8–16 bet
⏺ Illustratsiyalar: aniq, xalqaro standartlarga mos jadval va rasm formatida bo‘lishi kerak
⏺Adabiyotlar ro‘yxati: ilmiy manbalar asosida yozilishi, kamida 8-10 ta bo‘lishi tavsiya etiladi
⏺Plagiat tekshiruvi: kamida 65% o‘ziga xoslik talab etiladi
❗️Muhim: Agar maqolada boshqa mualliflarning fikrlari keltirilgan bo‘lsa, albatta havola berilishi kerak. Aks holda, maqola rad etiladi!
✅Maqolalar 2025-yil 22-noyabr sanasiga qadar qabul qilinadi.
💬Maqolalarni yuborish: https://journal.avloniy.uz
🔺ILM-FAN RIVOJIGA HISSA QO‘SHING – TADQIQOTLARINGIZNI BIZ BILAN BAHAM KO‘RING!
👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍
💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring
📱Telegram | 📒Facebook
📹YouTube | 🌐Instagram
❤ 19👍 3🔥 1🎉 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Tayinlov
Shotursunova Nodira Nasirovna — Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining tegishli buyrug‘iga muvofiq, A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlandi.
Nodira Shotursunova Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Taʼlimdagi mehnat faoliyatini 2004-yilda Toshkent Tijorat va tadbirkorlik kasb-hunar kollejida o‘qituvchilikdan boshlagan.
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasida Fuqarolik jamiyati institutlari bilan xamkorlik qilish va xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devonining Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda gender tenglik masalalalari bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.
2023-2024-yillarda - Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining xalqaro xamkorlik ishlari bo‘yicha prorektori lavozimida faoliyat yuritgan.
Bugunga qadar O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.
👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍
💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring
📱Telegram | 📒Facebook
📹YouTube | 🌐Instagram
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
00:34
Video unavailableShow in Telegram
Davlatimiz rahbari Markaziy Osiyo va AQSH sammitida ishtirok etdi.
—
Глава нашего государства принял участие в саммите Центральной Азии и США.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
30.35 MB
❤ 22
IEA Hamburg va Avloniy instituti rahbariyati o'rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Gamburgdagi Ta’limdagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) direktori Juliane Henke, LaNA xalqaro tadqiqoti direktori Dana Kelly, institut rektori Abduvali Ismailov va prorektori Sherzod Rajabov ishtirok etdi.
IEA 60 dan ortiq davlatlardagi tadqiqot universitetlari, institutlar, markazlar hamda ta’lim vazirliklaridan iborat xalqaro hamkorlik tarmog‘idir. Assotsiatsiya dalillarga asoslangan siyosat va amaliyotlarni ilgari surish orqali ta’lim sohasini rivojlantirish, sifat hamda tenglikni oshirish yo‘nalishida faoliyat yuritadi.Uchrashuvda TIMSS 2027 tadqiqotida O‘zbekistonning ishtirokiga oid tashkiliy jihatlar hamda PIRLS 2026 tadqiqotining asosiy sinov bosqichiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, o‘qish savodxonligini rivojlantirish bo‘yicha “PIRLS 2026 baholash konsepsiyasi” hamda “PIRLS 2021 natijalarini dars jarayonida qo‘llash bo‘yicha” metodik qo‘llanmalarni o‘zbek tilida nashr etish masalalari ko‘rib chiqildi. IEA direktori Juliane Hencke Institut rektori Abduvali Ismailovni PIRLS 2021 va TIMSS 2023 xalqaqo tadqiqotlarida milliy koordinatori sifatida muvaffaqiyatli va ko'p yillik faoliyatini inobatga olib, yana bir bor IEA Bosh assambleyasiga a'zolik uchun taklif etdi.
IEA Bosh Assambleyasiga a'zo bo‘lish bir qator imkoniyatlarni taqdim etadi. Jumladan, IEA strategiyalari, yangi tashabbuslari va xalqaro tadqiqotlarning yo‘nalishlarini takomillashtirish jarayonlariga ta’sir ko‘rsatish, shuningdek, tashkilot faoliyatini boshqarish va rivojlantirishda bevosita ishtirok etish imkonini beradi. IEAga a’zo bo‘lish uchun IEA tadqiqotlarining (PIRLS, TIMSS, REDS) kamida bir davriyligida (4–5 yillik muddatda) faol ishtirok etgan bo‘lish talab etiladi.👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍 💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring 📱Telegram | 📒Facebook 📹YouTube | 🌐Instagram
❤ 34👍 9🔥 4
❄️Kuz–qish mavsumiga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
👍2025-yil 4-noyabr kuni A.Avloniy nomidagi institutda rektor A.Ismailov rahbarligida xo‘jalik bo‘limi xodimlari ishtirokida 2025-2026-yil kuz–qish mavsumiga tayyorgarlik, ob-havoning keskin o‘zgarishi va favqulodda vaziyatlarning oldini olishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda 4–6 noyabr kunlari mamlakat hududida havo keskin sovib, kuchli shamol va yog‘ingarchilik kutilayotgani munosabati bilan ta’lim jarayonlarining uzluksizligini ta’minlash, isitish tizimlarini nazoratdan o‘tkazish, bino va inshootlarning texnik holatini ko‘zdan kechirish, sutkalik navbatchilikni tashkil etish, xavfsizlik choralarini kuchaytirish kabi masalalar muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakunida mas’ullarga belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish, kuz–qish mavsumiga to‘liq tayyorgarlikni ta’minlash va xavfsizlikni qat’iy nazoratda ushlab turish vazifalari topshirildi.
👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍
💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring
📱Telegram | 📒Facebook
📹YouTube | 🌐Instagram
❤ 41🔥 5👍 4🤩 2
Repost from TgId: 1297184524
Yaqinda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev kasbiy ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirishga doir muhim Farmon va Qarorni imzolagan edi. Davlatimiz rahbari tizim oldiga kasb egallashning zamonaviy texnologiyalarini va xalqaro ilg‘or tajribalarni hamda ularni milliy kasbiy ta’lim tizimiga tatbiq qilish imkoniyatlarini o‘rganish, xalqaro ta’lim dasturlari asosida kasbiy ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish kabi vazifalarni qo‘ygan edi.
Poytaxtimizda o‘tkazilgan Ikkinchi Xitoy-O‘zbekiston ta’lim forumi va uning doirasida tashkil etilgan O‘zbekiston–Xitoy kasbiy ta’lim alyansining birinchi yig‘ilishini ayni shu vazifalarni bajarish yo‘lidagi navbatdagi qadam deyish mumkin.
Forumda Xitoyning turli oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari hamda kasb-hunar markazlari vakillari, O‘zbekistondan 160 dan ortiq ta’lim tashkilotlari vakillari qatnashdi.
Bugungi kunda respublikamizdagi 598 ta texnikumlarda 370 ta kasb bo‘yicha 442 mingdan ortiq o‘quvchilar ta’lim olmoqda. Shuningdek, 47 ta texnikumlarda Buyuk Britaniyaning “Pearson”, Saudiya Arabistonining “ACWA Power”, Shveysariyaning “Globogate”, Germaniyaning “Avestos”, hamda “BSW” kompaniyalari bilan hamkorlikda xalqaro ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlanmoqda.
Eng yirik xalqaro hamkorlarimizdan biri Xitoy Xalq Respublikasi bilan ham aloqalarimiz yildan-yilga kengayib bormoqda. Hozirda yurtimizda Xitoyning BYD, Huawei, ZTE kabi yirik kompaniyalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular uchun zarur bo‘lgan o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarini tayyorlash va ushbu jarayonni ish beruvchilar bilan hamkorlikda tashkil etishdan har ikki tomon ham manfaatdor.
Ma’lumot uchun: 2024-yilda tashkil etilgan O‘zbekiston-Xitoy kasbiy ta’lim alyansiga O‘zbekistondan 23 ta texnikum va Xitoydan 128 ta kollej va 9 ta kompaniyalar a’zolikka qabul qilingan.
Shuningdek, respublikamizdagi har bir viloyatda 2 tadan “O‘zbekiston – Xitoy ustaxonasi”ni tashkil qilish maqsadida jami 28 ta texnikum tanlandi va hozirda hamkorlik ishlari boshlangan.
@hilola_umarova
❤ 33👍 6
01:43
Video unavailableShow in Telegram
🟠 Ilk marta O’zbekistonda UNESCO Bosh konferensiyasi bo’lib o’tmoqda
Samarqand shahrida o’tkazilayotgan UNESCOning 43-Bosh konferensiyasi doirasidagi tadbirlarni yoritishda yuzlab xorijiy va mahalliy OAV vakillari ishtirok etishmoqda.
Nufuzli anjuman munosabati bilan tashkil etilgan Matbuot markazida media vakillari tezkor va sifatli axborot tayyorlashi, intervyu olib efirga uzatishi hamda samarali ishlashi uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan.
👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍
💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring
📱Telegram | 📒Facebook
📹YouTube | 🌐Instagram
IMG_3417.MP436.66 MB
❤ 26👍 8🔥 2
Repost from TgId: 3167553228
✅ Bugun Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida bir qator mamlakatlarning ta’lim sohasidagi vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdik.
Xususan, Turkiya Milliy ta’lim vaziri Yusuf Tekin bilan ikki mamlakat o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, o‘zaro ilg‘or tajribalarni o‘rganish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildik.
📍 O‘tkazilayotgan tadbirlar doirasida O‘mon Sultonligi Ta’lim vaziri Madina Al-Shayboni, Ozarbayjon Ta’lim vaziri o‘rinbosari Gasan Gasanli hamda Xitoy Ta’lim vaziri Xuay Szinpenlar Samarqand shahridagi Prezident maktabiga tashrif buyurdilar.🌐 Mehmonlar maktab kampusi va faoliyati, xususan, maktab laboratoriyasi, STEAM xonasi, ART xonasi hamda o‘quv xonalaridagi sharoitlar bilan tanishdilar. ➖ Shuningdek, tadbirlar doirasida O‘mon Sultonligi Ta’lim vaziri Madina Al-Shayboni, Ozarbayjon Ta’lim vaziri o‘rinbosari Gasan Gasanli hamda Xitoy Ta’lim vaziri Xuay Szinpenlar bilan uchrashuv o‘tkazdik. 🔰Uchrashuvda ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, o‘quvchi va o‘qituvchilar almashinuvi, mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashish, shuningdek, davlatlar ta’lim vazirliklari tomonidan o‘tkaziladigan xalqaro ta’lim tadbirlarida ishtirok etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. ⏰ Ishonchim komilki, bu kabi tashabbuslar ta’lim tizimida teng imkoniyatlar yaratish, yoshlarimizning intellektual salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish hamda zamonaviy fikrlaydigan yangi avlodni tarbiyalashga xizmat qiladi. E’zoza Karimova
❤ 30👍 11🔥 4
Repost from TgId: 1150338318
Photo unavailableShow in Telegram
📢 Ishonch jamgʻarmasi tomonidan moliyalashtirilgan YUNESKOning Oʻzbekistonda 300 nafar pedagog uchun moʻljallangan oʻquv dasturiga arizalar qabul qilish boshlandi
✅ YUNESKO Ishonch jamg'armasi ko'magida hamda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi bilan hamkorlikda Buxoro, Farg'ona va Surxondaryo viloyatlaridan davlat maktablari pedagoglarini kasbiy rivojlanish dasturiga ariza topshirishga taklif etadi.
Quyidagi ko‘nikmalaringizni rivojlantiring:
• Ilg‘or pedagogik va andragogik kompetensiyalar
• AKT, raqamli vositalar va suʼniy intellekt
• Mentorlik va hamkasblar bilan oʻzaro tajriba almashish
Oʻquv dasturini muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilar 12–18 oy davom etadigan YUNESKO mentorlik dasturiga jalb etiladi, va ushbu davr mobaynida moliyaviy ragʻbatlantirish va sertifikatlar bilan taqdirlanadi.
Hoziroq ariza topshiring va O‘zbekistonda ta’lim sifatini oshirishga hissa qo‘shuvchi mentor-o‘qituvchiga aylaning!
📆 ARIZA TOPSHIRISH MUDDATI:
• 1-guruh: 2025-yil 1-noyabr – 2025-yil 30-noyabr
• 2-guruh: 2025-yil 1-dekabr – 2025-yil 31-dekabr
• 3-guruh: 2026-yil 1-yanvar – 2026-yil 31-yanvar
Arizangizni ushbu havola orqali topshiring: HAVOLA
Savollar uchun: Ishonch@unesco.org
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
📱 Instagram | 📱 Facebook |🌐 ISHONCH
❤ 16👍 4
Photo unavailableShow in Telegram
❗️Diqqat doktorantura va tayanch doktoranturaga qabul davom etmoqda!
👍A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti 2026-yilning birinchi choragi uchun quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha doktorantura va tayanch doktoranturaga qabul eʼlon qiladi:
✅13.00.02-Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (PhD, DSc);
✅13.00.07-Taʼlimda menejment (PhD, DSc);
✅08.00.07-Moliya, pul muomalasi va kredit (PhD);
✅08.00.13-Menejment ixtisosliklari (PhD)
Hujjatlar joriy yilning 5-noyabr sanasiga qadar Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligining DARAJA.ILMIY.UZ elektron tizimi orqali qabul qilinadi.
🔺Kerakli hujjatlar:
⏺Ariza;
⏺Biografik maʼlumotnoma (obyektivga - namuna 3.5 shakl bo‘yicha o‘zbek, rus tilida);
⏺Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
⏺OTMning diplom nusxasi;
⏺Chop etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati va nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis);
⏺Passport nusxasi;
⏺O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi (mavjud bo‘lsa);
⏺Til bo‘yicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat “B1”, B2 daraja so‘raladi.
📞Murojaat uchun tel: +998 55 508 06-67 (1049)
👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍
💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring
📱Telegram | 📒Facebook
📹YouTube | 🌐Instagram
❤ 17🔥 3
Repost from TgId: 1355283201
01:26
Video unavailableShow in Telegram
Germaniyalik ekspert Klaus Dautel Surxondaryoda
Joriy yilning 30-oktabr kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida nemis tili o‘qituvchilari uchun "Kasbiy rivojlanish soati“ doirasida "Tillarni o‘qitishda motivatsion o‘yinlar” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda Germaniyadan tashrif buyurgan SES eksperti Klaus Dautel o‘qituvchilarga dars jarayonida o‘yin texnologiyalaridan foydalanish, o‘quvchilarda motivatsiyani oshirish va interaktiv metodlarni tatbiq qilish bo‘yicha tajriba almashdi.
Ishtirokchilar yangi metodlar va amaliy o‘yinlar namunalarini sinab ko‘rib, o‘z faoliyatlarida qo‘llash uchun kerakli tavsiyalar oldilar.
📌 Seminar nemis tili o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini oshirishga xizmat qildi.
Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi matbuot xizmati 👇👇👇
Telegram|Facebook|Website|Youtube|Instagram
SM.mp442.91 MB
❤ 8🔥 4👍 3🎉 1
00:36
Video unavailableShow in Telegram
#YUNESKO_2025
#nokomment
✅Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasi doirasida O‘zbekiston hamda ishtirokchi davlatlar taʼlim yo‘nalishi vazirlari ishtirokida muloqot tadbiridan
Unesco_sd.mp414.29 MB
❤ 10🔥 5
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Finlyandiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Stubb Qo‘shma bayonotni imzoladilar. Ular huzurida ikki tomonlama hujjatlar qabul qilindi.
—
По итогам переговоров Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Президент Финляндской Республики Александр Стубб подписали Совместное заявление. В их присутствии принят ряд двусторонних документов.
#Mirziyoyev #tashrif #Finlyandiya #hujjatlar
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
❤ 17
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Finlyandiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Stubb rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokara o‘tkazdilar.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Президент Финляндской Республики Александр Стубб провели переговоры с участием официальных делегаций.
#Mirziyoyev #tashrif #Finlyandiya #muzokara
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
❤ 16🔥 3
Photo unavailableShow in Telegram
✅✅
▶️Ayni paytda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasi doirasida O‘zbekiston hamda ishtirokchi davlatlar vazirlari ishtirokida muloqot tadbiri boshlandi.
❤ 7👍 4🔥 3
Repost from TgId: 3167553228
Kuni kecha Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining ochilish marosimida ishtirok etib, nutq so‘zladi.
Davlatimiz rahbari o‘z nutqida ta’lim sohasiga oid qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi.
Xususan, sun’iy intellekt texnologiyalarini ta’lim tizimiga joriy etish orqali gumanizm va texnologiya uyg‘unligini ta’minlash zarurligini ta’kidladi.
Bu yo‘nalishda “AI–School” tashabbusi hamda YUNESKO huzurida Inklyuziv ta’lim platformasini yaratish taklifi ilgari surildi.
“Jismoniy va ijtimoiy xususiyatlaridan qat’i nazar, har bir bolaga ta’lim olishi uchun teng imkoniyatlarni yaratib berish juda muhimdir”, — dedi Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida. Shuningdek, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Jahon professional ta’lim sammitini o‘tkazish taklifini ham bildirib o‘tdi. Axborot texnologiyalarini puxta o‘zlashtirgan va kreativ fikrlaydigan yangi avlodni tarbiyalash ustuvor vazifamizdir. Sun’iy intellektni ta’lim tizimiga keng joriy etish maqsadida yurtimizda YUNESKO ishtirokida “Sun’iy intellekt – maktab” namunaviy loyihasini amalga oshirishga tayyormiz ”, — dedi Prezident.Shubhasiz, mazkur tashabbuslar ta’lim tizimida teng imkoniyatlar yaratish, yoshlarimizning intellektual salohiyatini to‘liq namoyon etish hamda zamonaviy fikrlaydigan yangi avlodni shakllantirishga xizmat qiladi.
📊 Ma’lumot uchun: YUNESKO sessiyasi so‘nggi 40 yilda birinchi marta YUNESKOning Parij shahridagi bosh qarorgohidan tashqarida o‘tkazilmoqda.
❤ 8
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
02:08
Video unavailableShow in Telegram
Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli, jadal islohotlarga yuksak ishonchning yorqin ifodasi – YUNESKOning Samarqand sessiyasi barqaror rivojlanish bo‘yicha global hamkorlikni kuchaytirish borasida ulkan amaliy qadam bo‘ladi.
—
Самаркандская сессия ЮНЕСКО – проявление высокого доверия к осуществляемым в Новом Узбекистане динамичным масштабным реформам – станет важным практическим шагом в усилении глобального партнерства в области устойчивого развития.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
81.50 MB
❤ 13👍 1
Repost from TgId: 1297184524
00:57
Video unavailableShow in Telegram
#YUNESKO #tashabbuslar
Bugun Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Samarqandda o‘tayotgan YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining ochilish marosimida nutq so‘zladi.
Davlatimiz rahbari nutqida ta’lim sohasiga oid muhim tashabbuslarni ilgari surdi.
Prezidentimiz ma’lum qilganidek, respublikamizda YUNЕSKOning 8 ta kafedrasi, 24 ta hamkor maktabi faoliyat ko‘rsatmoqda. Toshkent va Farg‘ona YUNЕSKOning ta’lim shaharlari Global tarmog‘idan joy oldi. Shuningdek, yuzlab madaniy meros obyektlari ilg‘or texnologiya va xalqaro standartlar asosida restavratsiya qilindi.
“Samarqanddagi Bosh konferensiya doirasida yurtimizda qator qo‘shimcha tadbirlar o‘tkaziladi. Jumladan, ko‘hna Buxoroda ilk marta zamonaviy san’at biyennalesi bo‘lib o‘tmoqda, poytaxtimizda YUNЕSKO shafeligida Maktabgacha ta’limni rivojlantirish mintaqaviy markazi ochiladi, Abu Rayhon Beruniy nomidagi YUNЕSKO – O‘zbekiston xalqaro mukofotining sovrindorlarini taqdirlaymiz, muzeylar faoliyatida sun’iy intellektning o‘rni va ahamiyatiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman tashkil etilmoqda, oliy ta’lim sohasidagi kvalifikatsiyalarni tan olishga oid Global konvensiyaga ham qo‘shilamiz”, dedi Prezidentimiz.Davlatimiz rahbari Jahon professional ta’lim sammitini o‘tkazish, “Sun’iy intellekt – maktab” namunaviy loyihasini amalga oshirish, Sun’iy intellekt etikasi bo‘yicha xalqaro ekspertlar anjumanini o‘tkazish kabi muhim tashabbuslarni taklif etdi. Ma’lumot uchun: konferensiya so‘nggi 40 yil ichida ilk bor YUNЕSKO Bosh qarorgohidan tashqarida – ko‘hna va hamisha navqiron Samarqand zaminida bo‘lib o‘tmoqda. @hilola_umarova
IMG_4659.MP420.62 MB
❤ 23👍 5🔥 1
