uz
Feedback
JizPI online | rasmiy kanal

JizPI online | rasmiy kanal

Kanalga Telegram’da o‘tish

Jizzax politexnika instituti rasmiy kanali • www.jizpi.uztelegram.me/jizpi_onlineinstagram.com/jizpiuzfacebook.com/jizpiuztwitter.com/jizpiuz • Barcha rasmiy manbalarimiz: @jizpiuz • Guruh: @jizpionline • Murojaaat uchun:

Ko'proq ko'rsatish
2025 yil raqamlardasnowflakes fon
card fon
8 181
Obunachilar
-1524 soatlar
-487 kunlar
-3930 kunlar
Postlar arxiv
#diqqat Fozilova Shahinaga tegishli plastik kartasi topib olingan. Egasi murojaat qilib, qaytarib olishi mumkin: +998902007646
Hammasini ko'rsatish...
👍 4
🇺🇿🇨🇳 Jizzax politexnika institutiga Suzhou Texnologiyalar Universiteti Xalqaro hamkorlik bo‘limi direktori Xu JingJing hamda professor-o‘qituvchilar Li Miao, Hou Hailong va Cong Jingliang tashrif buyurdi
💬 Tashrif doirasida mehmonlar institutimizning qo‘shma ta’lim dasturi talabalari bilan uchrashib, qo‘shma ta’lim dasturlari doirasidagi hamkorlikka bag‘ishlangan ochilish marosimida ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida: ✅qo‘shma ta’lim dasturlarining mazmuni va istiqbollari; ✅akademik almashinuv va ta’lim sifati; ✅talabalarning xalqaro ta’lim imkoniyatlari muhokama qilindi. 🤝 Mazkur tadbir institutimiz va Suzhou texnologiyalar universiteti o‘rtasidagi xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
➖➖➖ 🇺🇿🇨🇳 Джизакский политехнический институт посетили директор отдела международного сотрудничества Сучжоусского технологического университета Сюй Цзинцзин и профессора-преподаватели Ли Мяо, Хоу Хайлун и Цун Цзинлян
💬 В рамках визита гости встретились со студентами совместных образовательных программ института и приняли участие в торжественной церемонии открытия, посвящённой развитию совместного сотрудничества. В ходе встречи были обсуждены: ✅содержание и перспективы совместных образовательных программ; ✅академический обмен и качество образования; ✅международные образовательные возможности для студентов. 🤝 Данное мероприятие способствует дальнейшему укреплению международного сотрудничества между Джизакским политехническим институтом и Сучжоусским технологическим университетом, а также развитию совместных образовательных программ.
➖➖➖ 🇺🇿🇨🇳 Jizzakh Polytechnic Institute welcomed Xu Jingjing, Director of the International Cooperation Department of Suzhou University of Technology, along with faculty members Li Miao, Hou Hailong, and Cong Jingliang
💬 As part of the visit, the guests met with students of the joint education programs and participated in the opening ceremony dedicated to strengthening academic cooperation. During the meeting, discussions focused on: ✅the content and future prospects of joint education programs; ✅academic exchange and quality of education; ✅international education opportunities for students. 🤝 This event contributes to further strengthening international cooperation between Jizzakh Polytechnic Institute and Suzhou University of Technology, as well as to the development of joint education programs.
@jizpiuz | @jizpi_online
Hammasini ko'rsatish...
7👍 4🔥 3👎 1
00:40
Video unavailableShow in Telegram
❄️ Jizzaxda yangi yil shukuhi @jizpiuz | @jizpi_online
Hammasini ko'rsatish...
SaveVid_Net_AQMDVPV88Le_x5xgcyPYbBR9vkTUUy1tCNywU0Swl_PGqu3iFem.mp415.32 MB
9 1👍 1🔥 1👏 1😢 1🤩 1🏆 1😎 1
🎄 Jizzax politexnika institutida yangi yil shukuhi 💡 Yangi yil bayrami munosabati bilan institutimizdagi xonalar bayramona ruhda bezatilmoqda. Yorqin bezaklar va iliq muhit barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashmoqda. 🎉🎁 🏘 Lavhalarda Energetika va elektr texnologiyasi kafedrasiga qarashli auditoriyalar aks etgan. @jizpiuz | @jizpi_online
Hammasini ko'rsatish...
👍 13 6 4🔥 2😁 1
01:21
Video unavailableShow in Telegram
🎉 Tug‘ilgan kuningiz bilan tabriklaymiz! 🎂 Bugun, 19-dekabr kuni tavallud ayyomini nishonlayotgan professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar: MAMARAJABOVA BUVZAYNAB ABDURAZAKOVNA (Ekologiya va mehnat muhofazasi kafedrasi oʻqituvchisi) MOʻMINOV AXATJON OʻKTAM O‘G‘LI (Yo'l muhandisligi kafedrasi o‘qituvchisi) QODIROV SHAXOBIDDIN OʻROL O‘G‘LI (Tabiiy tolalar va matoga ishlov berish texnologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi) 💐 Shuningdek, bugun tavallud ayyomini nishonlayotgan barcha obunachilarimizni ham samimiy muborakbod etamiz! @jizpiuz | @jizpi_online
Hammasini ko'rsatish...
19.61 MB
5🎉 4 1
🎄 Jizzax politexnika institutida yangi yil shukuhi 💡 Yangi yil bayrami munosabati bilan institutimizdagi xonalar bayramona ruhda bezatilmoqda. Yorqin bezaklar va iliq muhit barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashmoqda. 🎉🎁 🏘 Lavhalarda Qurilish materiallari va konstruksiyalari kafedrasiga qarashli auditoriyalar aks etgan. @jizpiuz | @jizpi_online
Hammasini ko'rsatish...
🎉 6🔥 3 2👍 2
Kurash boʻyicha bahslar davom etmoqda
Jizzax politexnika institutida o‘tkazilayotgan Talabalar ligasi sport musobaqalari davom etmoqda. Liga doirasida bugun, 18-dekabr kuni kurash boʻyicha navbatdagi bahslar boʻlib oʻtdi. Musobaqa yakunlangach, mazkur hafta oxirida yakuniy natijalar boʻyicha maʼlumot beriladi. #sport #Talabalar_ligasi #jarayon
@jizpiuz | @jizpi_online
Hammasini ko'rsatish...
3👍 3🔥 1
Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi (2-qism)
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi. Tadbir talaba-yoshlarning teatr san’atiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning ma’naviy kamolotini yuksaltirish hamda oliy ta’lim muassasalarida madaniy-ma’rifiy ishlar samaradorligini kuchaytirish maqsadida tashkil etildi. Mazkur bosqichda Guliston davlat universiteti, O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali, Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda Jizzax politexnika instituti huzuridagi talabalar teatr studiyalari ishtirok etdi. Jamoalar Abdulla Qahhorning “Ayajonlarim”, Said Ahmadning “Ufq” va Usmon Azimning “Ular odam emaslar” asarlari asosida sahnalashtirilgan teatr tomoshalarini namoyish etdilar. Hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra, Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalari tomonidan sahnalashtirilgan “Ular odam emaslar” spektakli yuqori baholanib, Respublika bosqichiga yo‘llanma oldi. Ikkinchi o‘rin O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialiga, uchinchi o‘rin esa Jizzax politexnika instituti va Guliston davlat universitetiga nasib etdi. Shuningdek, alohida nominatsiyalar bo‘yicha eng yaxshi ijrochilar va ijodkor rahbarlar e’tirof etildi. Quvonarlisi institutimizning “Ibrat” talabalar teatr studiyasi faol ishtirokchisi Qurilish muhandisligi fakulteti 721-23 QMB va KICH guruhi talabasi Ochilov Mirzohid Shavkat o‘g‘li “Eng yaxshi ijodkor talaba” nominatsiyasi sohibi bo‘ldi. Kibersport fakulteti 502-25 BH guruhi talabasi Mamatqulova Gulsanam O‘razboy qizi esa “Eng yaxshi ayol“ nominatsiyasiga munosib ko‘rildi.
@jizpiuz | @jizpi_online
Hammasini ko'rsatish...
2👍 2🔥 1
Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi (1-qism) @jizpiuz | @jizpi_online
Hammasini ko'rsatish...
🔥 4👍 2 1
00:23
Video unavailableShow in Telegram
✨ Jizzax politexnika institutida yangi yil shukuhi @jizpiuz | @jizpi_online
Hammasini ko'rsatish...
video_2025-12-18_17-58-40.mp49.06 MB
13🔥 4👍 2 1
#yengillik #chegirma Talabalar poyezd chiptalarini 50% foiz chegirmada xarid qilishlari mumkin
Respublika oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga qishki taʼtil mobaynida mahalliy yoʻnalishdagi qatnovlar uchun chegirmalar eʼlon qilindi. Barcha mahalliy yoʻnalishdagi yoʻlovchi poyezdlarining temir yoʻl hujjatining toʻliq qiymatidan 50% chegirma (SV/VIP klass vagonlaridan va yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlaridan tashqari) 2025-yil 18-dekabrdan 2026-yil 12-yanvarga qadar amal qiladi. Chiptalarni sotib olish uchun talabalar pasport bilan temir yoʻl kassalariga tashrif buyurishi yoki elektron tarzda chipta xarid qilishda eticket.railway.uz saytidan foydalanishlari mumkin. Chiptalarni elektron xarid qilishda siz eticket.railway.uz sayti hamda Android va iOS ilovalaridan foydalanishingiz mumkin.
➖➖➖ ⚡️O‘quvchi-talabalar uchun aviachiptalarga chegirmalar e’lon qilindi
“Uzbekistan Airways” AJ tomonidan qishki ta’til arafasida o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari o‘quvchi-talabalari uchun mahalliy yo‘nalishlar aviachiptalari tarifidan 50% chegirma beriladi. Chegirma 2025-yil 26-dekabrdan boshlab 2026-yil 11-yanvariga qadar amalga oshiriladigan aviaqatnovlar uchun amal qiladi. 50% gacha chegirmali aviachiptani Toshkentdagi Uzbekistan Airways Sales filialida, uning agentlaridan O‘zbekiston hududida va booking.uzairways.com saytida xarid qilishingiz mumkin. ❗️Chegirma davlat muassasalarida o‘qishni tasdiqlovchi hujjat asosida taqdim etiladi. Batafsil: www.uzairways.com.
@jizpiuz | @jizpi_online
Hammasini ko'rsatish...
👍 2🤝 2 1🔥 1😁 1
"Milliy qadriyatlar san’ati" nomli esselar tanlovi bo‘lib o‘tdi
Jizzax politexnika instituti “Qurilish muhandisligi” fakultetida "Milliy qadriyatlar san’ati" nomli ijodiy esselar yozish tanlovi bo‘lib o‘tdi. Dastavval, “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o’qituvchisi J.Axmedov so’zga chiqib, talaba-yoshlarga milliy va umuminsoniy qadriyatlar, shuningdek, yurtimiz san’ati tarixiga oid ma’lumotlarni berib o’tdi. Shundan so’ng, talaba-yoshlar esselar yozishni boshlashdi. Talaba-yoshlar o’z esselarida har bir millatning tili, urf-odatlari, tarixi, madaniyati, an’analarini, barcha moddiy va ma’naviy boyliklarini, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha tomonlarini o‘z ichiga qamrab oladigan milliy qadriyatlar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bayon etdilar. Qadriyatlar har bir millatning o‘tmishi, buguni va kelajagini oynadek ko‘rsatib turuvchi eng muhim omillardan biri. Olimlar qadriyatlarni milliy, diniy, mahalliy, mintaqaviy va umuminsoniy kabi bir qator turlarga shartli bo‘ladilar. Esselar yozish tanlovining yakuniy natijalariga ko’ra, 1-o’rinni 222-25 YM guruh talabasi Qurbanova Nargiza Dilmurod qizi, 2-o’rinni 221-25 YM guruh talabasi Nurmuammadov Diyorbek Farid o’g’li, 3-o’rinni 222-25 YM guruh talabasi Donishbayev Jasurbek Akbar o’g’li egalladi.
@jizpiuz | @jizpi_online
Hammasini ko'rsatish...
3👍 3
“ADM Jizzakh” korxonasi vakillarining bitiruvchilar bilan uchrashuvi tashkil etildi
Jizzax politexnika instituti Transport vositalari muhandisligi kafedrasi bitiruvchilari hamda “ADM Jizzakh” korxonasi mutaxassislari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Uchrashuv davomida korxonadagi ishlab chiqarish jarayonlari, mavjud texnologiyalar, kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj hamda yosh mutaxassislar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Tadbirning asosiy maqsadi bitiruvchi talabalarni ish bilan ta’minlash jarayonini kuchaytirish, ularga amaliyot va bandlik bo‘yicha aniq yo‘nalishlar ko‘rsatish, shuningdek, dual ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi. Davra suhbati yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish, talabalar uchun korxonada amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan qo‘shma dasturlarni ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.
@jizpiuz | @jizpi_online
Hammasini ko'rsatish...
🔥 3👍 2 1
Photo unavailableShow in Telegram
#diqqat Institut hududidan ushbu kalit topib olingan. Qaytarib olish uchun: +998942929790 @jizpiuz | @jizpi_online
Hammasini ko'rsatish...
🤝 6🔥 3🙏 3
Korrupsiya – jamiyat dushmani!
↪️U rivojlanishni to‘xtatadi, tenglikni buzadi va adolatga putur yetkazadi. ✔️Har birimiz shaffoflik, halollik va vijdon bilan harakat qilsakgina, korrupsiyasiz kelajakka erishamiz.
@jizpiuz | @jizpi_online
Hammasini ko'rsatish...
K7rmCnDxhUpBBCL4PGN4AZ.mp48.97 MB
video_2024-11-25_16-52-02.mp49.06 MB
j7vAhL6tqP2XjtP52zcRQm.mp45.34 MB
👍 4🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
Jizzax politexnika instituti talabalari uchun Saxon Student Mobility Program (SSMP) – Incoming stipendiya dasturi
Jizzax politexnika instituti talabalari Germaniyaning Saksoniya (Saxon) federal yeridagi yetakchi universitetlarda o‘qish, ilmiy-tadqiqot olib borish, til va qisqa kurslarda qatnashish imkoniyatiga ega. Dastur manzili: Saksoniya (Germaniya) universitetlari Davomiyligi: 1–12 oy (semestr, ilmiy-tadqiqot, til yoki qisqa kurslar) Moliyaviy ta’minot: 🔹 Uzoq muddatli mobilik: 992 yevro/oy 🔹 Bir martalik yo‘l xarajatlari: 1275 yevro (O‘zbekiston uchun) 🔹 Qisqa muddatli kurslar: 79 yevro/kun (1–14 kun), 56 yevro/kun (15–30 kun) Kimlar uchun: 1-kursdan boshlab bakalavr va magistratura talabalari. Tanlov asosida, yaxshi akademik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan va almashinuv talabalari sifatida ariza topshiruvchilar uchun. O‘qish mumkin bo‘lgan OTMlar: TU Bergakademie Freiberg, TU Dresden, Universität Leipzig va boshqa Saksoniya universitetlari. Kerakli hujjatlar: 🔘 Mobility Online orqali to‘ldirilgan ariza 🔘 CV (jadval ko‘rinishida) 🔘 Motivatsion xat (maks. 2 sahifa, ingliz yoki nemis tilida) 🔘 Universitetdan nomzodlik (nomination) 🔘 Til sertifikati (nemis B1 yoki ingliz B2) 🔘 Baholar jadvali yoki diplom nusxasi 🔘 Qabul xati (Letter of Acceptance) 🔘Learning Agreement Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 973152507 Registrator ofisi — xalqaro aloqalar va akademik mobillik bo‘yicha menejer
@jizpiuz | @jizpi_online
Hammasini ko'rsatish...
👍 7 2🔥 2
#live ❄️ Jizzaxda qor tarovati ❄️ Bugun Jizzax shahrida qishning o‘ziga xos manzarasi — oppoq qor yog‘ib, atrofga sokinlik va fayz bag‘ishladi. ❄️ Jizzax politexnika institutida ham qorli tong chiroyli manzaralar, iliq kayfiyat va qishki ruhni ulashdi. Qorning mayin yog‘ishi institut hududiga o‘zgacha fayz kiritdi. @jizpiuz | @jizpi_online
Hammasini ko'rsatish...
16👍 9🔥 2 1
01:21
Video unavailableShow in Telegram
🎉 Tug‘ilgan kuningiz bilan tabriklaymiz! 🎂 Bugun, 18-dekabr kuni tavallud ayyomini nishonlayotgan professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar: Bugun tavallud ayyomini nishonlayotgan professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar yo‘q 💐 Shuningdek, bugun tavallud ayyomini nishonlayotgan barcha obunachilarimizni ham samimiy muborakbod etamiz! @jizpiuz | @jizpi_online
Hammasini ko'rsatish...
19.61 MB
4🎉 3👍 1
2025—2026-o‘quv yili uchun "Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi stipendiyasi" g‘oliblari ro‘yxati e’lon qilindi Unga koʻra, Jizzax politexnika institutining 2 nafar talabasi stipediya sohibi boʻlishdi: 1. "Qurilish muhandisligi" fakulteti, 111-22 YM guruhi talabasi Yusufov Xakim Olim oʻgʻli. 2. "Qurilish muhandisligi" fakulteti, 120-22 YM guruhi talabasi Mamadaliyeva Charosxon Xolmatovna.
Izoh: Stipendiya 10 oy davomida stipendiyaning bazaviy miqdorining 2 (ikki) barobariga tenglashtirilgan holda beriladi. Maʼlumot uchun, “Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi raisi stipendiyasi” bir oʻquv yilida jami 20 (yigirma) ta talabaga beriladi. Jumladan, Toshkent davlat transport universiteti “Avtomobil yoʻllari muhandisligi” fakulteti uchun 10 (o‘n) ta va “Yoʻl muhandisligi” ta‘lim yo‘nalishi mavjud boshqa barcha davlat Oliy ta‘lim muassasalari uchun 10 (o‘n) ta stipendiya kvotasi beriladi. Tanlov nomzodlari kontingenti koʻpayishiga qarab Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi tomonidan stipendiya kvotasi oshirilishi mumkin.
@jizpiuz | @jizpi_online
Hammasini ko'rsatish...
48.77 MB
👍 13 5🎉 2
Qurilish muhandisligi fakulteti talabalariga "Milliy madaniyat va qadriyatlar" mavzusida hujjatli film namoyish etildi
Milliy madaniyat va qadriyatlar — bu xalqning asrlar davomida shakllangan urf-odatlari, an’analari, tili, diniy e’tiqodlari, san’ati, turmush tarzi va ma’naviy merosi hisoblanadi. Ular jamiyatning ma’naviy poydevorini tashkil etib, yosh avlodni vatanparvarlik, insonparvarlik va milliy o‘zlikni anglash ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Milliy qadriyatlar oilaga hurmat, kattalarga ehtirom, mehmondo‘stlik, mehr-oqibat, halollik va mehnatsevarlik kabi fazilatlarni o‘z ichiga oladi. Bu qadriyatlar xalqimizning kundalik hayotida, marosimlarida va ijtimoiy munosabatlarida yaqqol namoyon bo‘ladi. Milliy madaniyat va qadriyatlar mavzusida Cho’lponning "Qush esdaligi" filmi namoyish etildi. Shu kabi filmlar talabalarga ajdodlarimizning boy merosi, tarixiy an’analari va milliy o‘ziga xosligini chuqurroq anglash imkonini beradi. Hujjatli film namoyishi ishtirokchilarga milliy madaniyatni asrab-avaylash, uni kelajak avlodga yetkazish har bir fuqaroning muhim vazifasi ekanligini yana bir bor eslatadi. Milliy madaniyat va qadriyatlar — xalqning bebaho boyligi hisoblanadi. Ularni o‘rganish, targ‘ib qilish va hayotga tatbiq etish jamiyat ma’naviy taraqqiyotining muhim omilidir. Shu bois, bunday mavzudagi hujjatli film namoyishlari ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatga ega bo‘lib, keng jamoatchilik uchun foydali hisoblanadi.
@jizpiuz | @jizpi_online
Hammasini ko'rsatish...
🔥 3👍 1👏 1