Samarqand davlat universiteti
Kanalga Telegram’da o‘tish
Samarqand davlat universiteti Axborot xizmati • Rektor — @Rustam_Ibragimovich_Xolmurodov • www.samdu.uz • https://www.facebook.com/SamDUeduuzz • http://instagram.com/samdueduuz • https://twitter.com/SamDUeduuz
Ko'proq ko'rsatish2025 yil raqamlarda

11 993
Obunachilar
-224 soatlar
-547 kunlar
-31030 kunlar
Postlar arxiv
Repost from TgId: 2289308285
Adliya vazirligi huzuridagi Respublika sud ekspertiza markazining Samarqand viloyat bo‘limida “Ochiq eshiklar” kuni o‘tkazildi. Tadbirda Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining Biokimyo instituti genetika kafedrasi mudiri Farid Ruziyev va talabalar ishtirok etishdi.
Talabalarga sud ekspertiza bo‘limining “Odam DNKsining sud biologik ekspertizasi” laboratoriyasi, kriminalistik ekspertiza laboratoriyalari hamda materiallar, ashyolar va buyumlar bilan yaqindan tanishtirildi. Odam biologik materiallarini tekshirish, biomateriallardan DNK ajratish, DNKning miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash, polimerlanish zanjir reaksiyasi, elektroforez va ashyoviy dalillarni mavjud qismlari asosida tahlil qilish, narkotik va psixotrop moddalarni tekshirish kabi jarayonlar haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi. Shuningdek, kelajakda dual ta’lim doirasida amaliy almashinuv bo‘yicha kelishib olindi.
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Samarqandim.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube
👍 5❤ 1
Repost from TgId: 2289308285
Photo unavailableShow in Telegram
Самарқанд давлат университети
Марказий Осиё халқлари тиллари
ва маданияти институти директори,
филология фанлари доктори, профессор,
Турк тилшунослик жамияти мухбир аъзоси,
“Самарқандим” – “My Samarkand” журнали
таҳрир ҳайъати аъзоси
Ж.Д. Элтазаровга!
Ҳурматли Жўлибой Донабоевич!
Сизни туғилган кунингиз билан самимий табриклайман. Узоқ умр, тинчлик-хотиржамлик, бахт ва омад, масъулиятли ва шарафли фаолиятингизга муваффақиятлар тилайман.
Сиз туркология, замонавий ўзбек тилшунослиги соҳаси бўйича халқаро миқёсда эътироф этилган олимсиз.
Бугун Самарқанд давлат университети Марказий Осиё халқлари тиллари ва маданияти институтида Сизнинг раҳбарлигингизда ўзбек тили ва адабиёти фанининг долзарб муаммоларини тадқиқ қилиш борасида бир қатор ишлар амалга оширилмоқда.
Батафсил: 👉 https://samarqandim.uz/news/284
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Samarqandim.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube
👏 13👍 3❤ 2🔥 1
Repost from TgId: 2289308285
Photo unavailableShow in Telegram
Самарқанд давлат университети
Марказий Осиё халқлари тиллари
ва маданияти институти директори,
филология фанлари доктори, профессор,
Турк тилшунослик жамияти мухбир аъзоси,
“Самарқандим” – “MySamarkand” журнали
таҳрир ҳайъати аъзоси
Ж.Д. Элтазаровга!
Ҳурматли Жўлибой Донабоевич!
Сизни туғилган кунингиз билан самимий табриклайман. Узоқ умр, тинчлик-хотиржамлик, бахт ва омад, масъулиятли ва шарафли фаолиятингизга муваффақиятлар тилайман.
Сиз туркология, замонавий ўзбек тилшунослиги соҳаси бўйича халқаро миқёсда эътироф этилган олимсиз.
Бугун Самарқанд давлат университети Марказий Осиё халқлари тиллари ва маданияти институтида Сизнинг раҳбарлигингизда ўзбек тили ва адабиёти фанининг долзарб муаммоларини тадқиқ қилиш борасида бир қатор ишлар амалга оширилмоқда.
Батафсил: 👉 https://samarqandim.uz/news/284
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Samarqandim.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube
Repost from TgId: 2289308285
Samarqand davlat universiteti matematik modellashtirish kafedrasi mudiri, professor Baxtiyor Xo‘jayorov Malayziyaning Xalqaro Islom universitetida bo‘ldi. Safar davomida ilmiy seminarda ma’ruza qildi, iqtidorli talabalar bilan uchrashdi. Universitet olimlari bilan ilmiy hamkorlik o‘rnatish, tadqiqotlar olib borish, hammualliflikda ilmiy ishlarni chop qilish bo'yicha fikrlar almashdi.
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Samarqandim.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube
❤ 6👍 3😢 1
Repost from TgId: 2289308285
Photo unavailableShow in Telegram
Samarqand davlat universiteti ingliz tili, tilshunosligi va adabiyoti kafedrasi dotsenti Sitora Ro'ziyevaning "INTRODUCTION TO COMPARATIVE LITERATURE" nomli darsligi nashr etildi
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Samarqandim.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube
❤ 16👏 4
Repost from TgId: 2289308285
Photo unavailableShow in Telegram
Ilm — taraqqiyotning yagona yo‘lidir. Bilimsiz xalq na o‘zini taniydi, na kelajagini qura oladi.
Mahmudxo‘ja Behbudiy
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Samarqandim.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube
👍 2
Repost from TgId: 2289308285
⚡️RASMAN: Yangi yilda ketma-ket 5 kun dam olish kuni bo'ladi
Prezident farmoniga ko'ra, quyidagi qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi:
➖ 2025-yilda barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar) 31-dekabr – chorshanba;
➖ 2026-yilda:
barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar): 2-yanvar – juma;
olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun: 3-yanvar – shanba.
Demak, quyidagi kunlarda rasman dam olish bo'ladi:
✅ 31-dekabr (chorshanba);
✅ 1-yanvar (payshanba);
✅ 2-yanvar (juma);
✅ 3-yanvar (shanba);
✅ 4-yanvar (yakshanba).
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Samarqandim.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube
👍 11❤ 4
Repost from TgId: 2289308285
Rektorlar uchrashuvi
Samarqand davlat universitetiga Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon tibbiyot universiteti rektori, akademik Hoji Akber Aisa boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Mehmonlarni Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov qabul qildi.
Batafsil: 👉 https://www.samdu.uz/uz/news/62802
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Samarqandim.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube
👍 11❤ 6
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Mahallalar uyushmasi hamda Yoshlar ishlari agentligining oliy ta’lim muassasalarida “Mening mahallam – mening faxrim” loyihasi doirasida Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar fakulteti o‘qituvchilari Pastdarg‘om tumanida “Mahalla yettiligi” a’zolari va ta’lim muassasalari rahbarlari hamda mutasaddi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdilar.
Unda mahallalar, ta’lim muassasalari va boshqa tegishli tashkilotlar o‘rtasida yoshlar bilan ishlashga qaratilgan hamkorlik mexanizmini takomillashtirish, 2025–2026-yillar uchun mahallalardagi yoshlarga daxldor muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘rish, bu maqsadga erishish uchun ahvolni chuqur o‘rganish, universitet salohiyati va imkoniyatlaridan kengroq foydalanish masalalari muhokama qilindi.
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Samdu.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube
👍 3❤ 1
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Taraqqiyot dasturi hamda Oliy Majlis Senati bilan hamkorlikda yurtimizning barcha hududlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Hududiy kengashlarning rolini kuchaytirishga qaratilgan seminar-treninglar o‘tkazilmoqda. Samarqand viloyati Korrupsiyaga qarshi kurashish Hududiy kengashi a’zolari ishtirokida o‘tgan seminar-treningda Samarqand davlat universiteti korrupsiyaga qarshi kurashish Komplaens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i, professor Quvondiq Yarashev hamda universitet soha mutaxassislari ham ishtirok etishmoqda.
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Samarqandim.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube
👍 6❤ 1👏 1
Repost from TgId: 2289308285
Photo unavailableShow in Telegram
Samarqand davlat universiteti arxeologiya kafedrasi professori Normuhammad Xolmatovning "НЕОЛИТИЧЕСКИЙ КОМПЛЕКС СТОЯНКИ ТЕПАКУЛЬ-4 (ЗЕРАВШАНСКИЙ ХРЕБЕТ, УЗБЕКИСТАН)" nomli maqolasi "Народы и религии Евразии" jurnalida e'lon qilindi
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Samarqandim.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube
👍 13🔥 2
Samarqand davlat universitetining Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi institutida Yangi yil bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ozod yurt va saodatli yoshlik sahna chiqishlarida madh etildi. Yilning eng faol talabalari taqdirlandi.
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Samdu.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube
👍 16❤ 5🔥 2🎉 1
Repost from TgId: 2289308285
Photo unavailableShow in Telegram
Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar fakulteti professori Maqsuda Normamatovaning "Inklyuziv ta'lim" nomli darsligi nashr etildi...
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Samarqandim.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube
👏 14👍 4
Repost from TgId: 2289308285
Samarqand davlat universitetida adabiyotshunos olim va shoir Shayx Qutbiddinxon ibn Muhiddinxon Urgutiy hayoti va ijodiga bag‘ishlab “Unutilmas tarix: qatag‘on qurbonlari va milliy xotira” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy anjuman bo‘lib o‘tdi. Anjumanda Shayx Qutbiddinxon Urgutiyning ilmiy-adabiy merosi, uning ijodida milliy ong, ma’rifat va adolat g‘oyalarining aks etishi, shuningdek, qatag‘on siyosati davrining o‘zbek adabiyoti va o‘zbek ziyolilari taqdiriga halokatli ta’siri haqida atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbir yosh avlod qalbida tarixiy xotirani asrash, milliy o‘zlikni anglash va ajdodlarimiz merosiga hurmat tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qildi.
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Samarqandim.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube
👍 7❤ 2
Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda bir qator mas'ullar hamda O‘zmilliybank AJ Samarqand viloyat boshqarmasi “Kelajakka qadam” markazi menejeri Salohiddin Sirojiddinov ishtirok etib, talabalarni bandligini taʼminlash, ishga joylashishga ko‘maklashish hamda biznes g‘oyalarini tayyor loyiha ko‘rinishiga keltirish va qulay shartlarda moliyalashtirish bo‘yicha bank tomonidan taqdim etiladigan imkoniyatlar haqida batafsil maʼlumotlar berdilar.
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Samarqandim.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube
👍 3
Repost from TgId: 2289308285
Photo unavailableShow in Telegram
Ilm — tafakkurni tarbiyalaydi. Tafakkuri yuksak odam jamiyat uchun ham foydali bo‘ladi.
Maqsud Shayxzoda
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Samarqandim.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube
👍 1
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining Muhandislik fizikasi institutida bayramona Yangi yil oqshomi o‘tkazildi. Tadbir davomida yil yakunlari sarhisob qilindi. 2025-yil davomida o‘qish va jamoat ishlarida faol bo‘lgan talabalarga tashakkurnomalar tantanali tarzda topshirildi.
Bu e’tirof talabalar mehnati, faolligi va tashabbuskorligining munosib bahosidir.
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Samdu.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube
👍 9❤ 2
Repost from TgId: 2289308285
01:41
Video unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston strategik va tabiiy sheriklar bo‘lgan MDH va YOII mamlakatlari bilan pragmatik va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish tarafdori.
—
Узбекистан выступает за углубление прагматичного и взаимовыгодного сотрудничества со странами СНГ и ЕАЭС – стратегическими и естественными партнерами.
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Samarqandim.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube
39.45 MB
👍 1
