uz
Feedback
Samarqand davlat universiteti

Samarqand davlat universiteti

Kanalga Telegram’da o‘tish
2025 yil raqamlardasnowflakes fon
card fon
11 986
Obunachilar
-724 soatlar
-587 kunlar
-31530 kunlar
Postlar arxiv
Repost from TgId: 2289308285
00:49
Video unavailableShow in Telegram
🟦🟦🟦 VIDEO TANLOV: “Online zo‘ravonlikka barham beramiz!” “Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni” munosabati bilan Ziyo Forum va UN Women hamkorligida ijodiy video tanlovi e’lon qilinadi! Ishtirok etish shartlari: 1. “Ayollarga nisbatan onlayn zo‘ravonlikka qarshi kurash” mavzusida qisqa va ta’sirli video tayyorlang; 2. Videoni shaxsiy sahifangizga joylashtiring; 3. Quyidagi heshteglardan foydalaning: #ZiyoForum #UNWomen #StopOnlineViolence #OrangeTheWorld #16Days #Samarkand
Eng yaxshi videolar mualliflari Ziyo Forum va UN Women tomonidan sovg‘alar bilan taqdirlanadi! Ishlar qabul qilish 25-noyabr kuni soat 23:59da yakunlanadi.
Hurmatli talabalar 1-dekabrda oʻtkaziladigan tadbirga Samarqand davlat universiteti mezbonlik qilishi munosabati bilan tanlovga video material tashlagan Samarqand davlat universiteti talabalari BMTning Ayollar tashkiloti tomonidan shaxsan  taqdirlanadilar. Faol ishtirok etishingiz so'raladi. ☎️ Murojaat uchun: 94-691-55-95 94-181-92-22 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🌐  Samarqandim.uz |Telegram | 🌐 Instagram |Facebook | 📹 You tube
Hammasini ko'rsatish...
IMG_1532.MP417.65 MB
3
Photo unavailableShow in Telegram
#Vazirlar_murojaati Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining yoshlar, ota-onalar hamda pedagoglarni giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlaridan ogohlikka chaqirishga qaratilgan QOʻSHMA MUROJAATI ㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤ Qadrli yoshlar, mehribon ota-onalar va muhtaram ustozlar! Farzand — insonning dunyodagi eng aziz neʼmati. Ota-ona boʻlish juda katta baxt. Shuning uchun ota-ona bolasini koʻz qorasiday asraydi, himoya qiladi. Bolasiga yaqinlashgan har qanday balodan himoya qilish uchun koʻksini qalqon qiladi. Maʼnaviyatli oʻgʻil-qizlar buni yaxshi bilgan holda aziz ota-onalarini boshlariga koʻtarib, ardoqlaydilar. Azizlar! Bu zamonda yoshlarga koʻz tikkan tahdidlar koʻp. Shulardan biri– giyohvandlik balosi. Ming afsuski, mamlakatimizda ham ayrim yoshlar bilib yoki bilmay, vaqtinchalik “zavq” izlab yoxud oson pul topay, deb bu illatga aralashib qolib, oʻzlarining kelajagini barbod qilmoqdalar. Bolalarimizni bu balodan himoya qilishga otlanaylik. Aks holda u yoshlarimizning nafaqat sogʻligini, balki boʻlajak oilalarni, hattoki butun jamiyat kelajagini barbod qiladi. Shunday ekan, har birimiz bu illatga qarshi qatʼiy va birlashgan holda kurashishimiz zarur. Ardoqli yoshlar! Sizdagi sogʻlom fikr, kuchli iroda, bilimga tashnalik — mamlakatimiz kelajagining asosidir. Hech qachon “bir marta sinab koʻraman” deb o‘zingizni aldamang. Giyohvand moddalar hayotingizni kemiruvchi zahar, ertangi orzularni oʻgʻirlovchi illat ekanligini unutmang. Giyohvandlik hamda narkojinoyatchilik har bir insonga va oilasiga baxtsizlik olib keladi. Butun jamiyatning osoyishtaligiga putur yetkazadi. Hurmatli ota-onalar! Farzandlarimizga eʼtiborli boʻlaylik! Ularga har kuni g‘amxo‘rlik va mehr koʻrsataylik. Ular bilan ochiq muloqot qilaylik, tinglaylik va muammolaridan boxabar boʻlaylik. Yoshlarga yaxshi fazilatlarni oʻrgatib, yomon odatlarni tark etishni, shuningdek, toʻgʻri va notoʻgʻri ishlarni farqlashni oʻrgataylik. Ularning qalbida mehr, ishonch va maʼnaviyat boʻlsa, hech qachon to‘g‘ri yo‘ldan adashmaydilar. Jigarbandlarimizni giyohvandlik balosidan asrashimiz uchun barchamiz ogoh va hushyor boʻlib, birgalikda kurashishimiz lozim. Muhtaram ustozlar! Yosh avlodni tarbiyalashda sizning rolingiz beqiyos. Taʼlim muassasalarida sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, giyohvandlikning salbiy oqibatlarini yoshlar ongiga yetkazish — bugungi kunning dolzarb vazifasidir. Har bir dars, har bir suhbat yosh qalbda sogʻlom fikr va masʼuliyat tuygʻusini uygʻotishi lozim. Shogirdlarimizni oʻz farzandlarimizdek asrashimiz lozim! Barchamiz birlashaylik! Мillat xoinlari boʻlmish narkojinoyatchilarga murosasiz va keskin munosabatda boʻlib, ularga qarshi kurashishda huquqni muhofaza qilish organlariga faol koʻmaklashaylik. ❗️Unutmang! Oʻzbekistonning tinch va sogʻlom kelajagi – har birimizning bugungi hamjihatligimiz va qatʼiy harakatimizga bogʻliq! Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🌐 Samdu.uz | Telegram | 🌐 Instagram | Facebook |📹 You tube
Hammasini ko'rsatish...
4👍 1
Repost from TgId: 2289308285
Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti O‘zbekiston tarixi kafedrasi professori Shokir G‘afforov Surxondaryo viloyati Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida bo'lib o'tgan “Milliy va jahon tarixining zamonaviy talqini: muammo va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. Anjumanda jahonning va O‘zbekistonning nufuzli tarixchi olimlari ishtirok etdilar. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🌐  Samarqandim.uz |Telegram | 🌐 Instagram |Facebook | 📹 You tube
Hammasini ko'rsatish...
👍 6 3
Repost from TgId: 2289308285
Malayziyaning Utara universiteti (University Utara Malaysia) professor-o‘qituvchilari Mohd Kamal Nawawi va Mohd Azri Pawan Teh ayni paytda Samarqand davlat universitetining boshqaruv nazariyasi va axborot xavfsizligi kafedrasi bilan hamkorlikda faoliyat yuritishmoqda. Malayziyalik olimlar ilmiy seminar hamda o‘quv jarayonida xorijiy tajribalarni qo‘llagan holda fakultet talabalariga ma’ruzalar o‘qishmoqda. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🌐  Samarqandim.uz |Telegram | 🌐 Instagram |Facebook | 📹 You tube
Hammasini ko'rsatish...
👏 4 2👍 1
Repost from TgId: 2289308285
Photo unavailableShow in Telegram
Ilm oluvchi odamning niyati toza bo‘lmog‘i shart. Agar u ilmni odamlar ko‘zi uchun, obro‘ uchun o‘rgansa, ilm uni halokatga eltadi. Ammo ilmni faqat haqiqatni izlash va insonlarga foyda keltirish uchun o‘rgansa, u ilm uni nurli yo‘lga boshlaydi. Chunki ilm – nurdir, zulmatni yoritadi. Imom G‘azzoliy Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🌐  Samarqandim.uz |Telegram | 🌐 Instagram |Facebook | 📹 You tube
Hammasini ko'rsatish...
6👍 2
Repost from TgId: 2289308285
Photo unavailableShow in Telegram
Samarqand davlat universiteti Biokimyo instituti noorganik kimyo va materialshunoslik kafedrasi dotsenti, (DSc) Alisher Ishankulovning "Bi-Alloyed CsSn0.6Bi0.4I3 perovskite thin films for lead-free photovoltaics: From spin-coating to SCAPS-optimized device design" nomli maqolasi Scopus va Web of sciense bazasiga kiruvchi "Journal of the Indian Chemical Society" jurnalida (Q2, IF=5.8) e'lon qilindi... ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:   Samarqandim.uz |  Telegram | Instagram |  FacebookYou tube
Hammasini ko'rsatish...
👍 23🔥 1
Repost from TgId: 2289308285
Xitoy Xalq Respublikasining Liaoning kasb-hunar va texnik iqtisodiyot instituti Kengashi raisi Han Guohai, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor Zhang Guofeng, malaka oshirish va uzluksiz ta’lim fakulteti dekani Gao Qiang, moliya va iqtisodiyot fakulteti dekani Xing Yumin, raqamli intellektual biznes fakulteti dekani Zhao Kuo’dan iborat delegatsiyasi Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetiga tashrif buyurdi. Xitoylik olimlar delegatsiyasini SamDUning xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Akmal Axatov kutib oldi. Uchrashuvda universitet rahbarlari va mas’ul xodimlar ishtirok etishdi. Muzokaralarda ilmiy tadqiqotlar va ta’lim sohasida amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish haqida so‘z bordi. ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:   Samarqandim.uz |  Telegram | Instagram |  FacebookYou tube
Hammasini ko'rsatish...
👍 6🔥 1
Repost from TgId: 2289308285
“Rahbar va yoshlar uchrashuvi” loyihasi doirasida Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar fakulteti talabalarining Samarqand viloyati hokimining turizm, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Rustam Qobilov bilan davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati avvalida yoshlar Samarqand davlat universitetida tahsil olgan Rustam Qobilovning talabalikdan katta siyosatga kirib kelishigacha bo‘lgan hayot faoliyati bilan tanishdilar. Samarqand bugungi kunda jahon diplomatiyasi markaziga aylanib borayotganining siyosiy, tarixiy va madaniy ahamiyati haqida fikr almashildi. Davra suhbati davomida “Yosh siyosatchilar klubi” faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda talabalar viloyat siyosiy hayoti bilan yaqindan tanishishi uchun imkon beradigan turli loyihalarni tashkil etish borasida kelishib olindi. ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:  🌐 Samarqandim.uz | 📝  Telegram | 💻 Instagram | 📝 Facebook |🎞  You tube
Hammasini ko'rsatish...
👍 9 7🔥 2
#Kelajakka_qadam #Davra_suhbati 🤔 Samarqand davlat universiteti yuridik fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida tadbir tashkil etildi. 🗣 Tadbirda O‘zmilliybank AJ Samarqand viloyat boshqarmasi “Kelajakka qadam” markazi menejeri Salohiddin Sirojiddinov ishtirok etib, talabalarni bandligini taʼminlash, ishga joylashishga ko‘maklashish hamda biznes g‘oyalarini tayyor loyiha ko‘rinishiga keltirish va qulay shartlarda moliyalashtirish bo‘yicha bank tomonidan taqdim etiladigan imkoniyatlar haqida batafsil maʼlumotlar berdilar. Uchrashuv davomida talabalar kreditlash, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va ishga joylashish yo‘llari bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Mazkur tadbir yoshlarning bandligini taʼminlash va ularni tadbirkorlik yo‘lida qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilish bilan ahamiyatlidir. ✔️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🌐Samdu.uz  | 📝Telegram | 💻Instagram | 📝Facebook |🎞 You tube
Hammasini ko'rsatish...
5😢 1
Photo unavailableShow in Telegram
5️⃣5️⃣5️⃣ “9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan Samarqand davlat universitetida “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” mavzusida “Eng yaxshi rasmlar”, “Korrupsiyadan holi ta’lim muassasasi” mavzusida “Eng yaxshi videoroliklar” hamda korrupsiyaga qarshi kurashishga oid bilimlar bellashuvi respublika ko‘rik-tanlovining universitet bosqichi o‘tkaziladi. Barcha talaba-yoshlar ushbu tanlovlarda faol ishtirok etishga taklif etamiz. Har bir tanlov bo‘yicha universitet bosqichida g‘olib bo‘lgan talabalar alohida maxsus diplomlar va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Shuningdek, tanlovda faol ishtirok etgan talabalar oliy ta’lim muassasasining faxriy yorliqlari bilan taqdirlanadi. Universitet bosqichidan o‘tgan g‘oliblar respublika bosqichida ishtirok etadi. Universitet bosqichida g‘olib bo‘lgan talabalar tanlovlarning respublika bosqichida ishtirok etish bilan bog‘liq barcha xarajatlar universitet tomonidan amalga oshiriladi. Tanlovlarning respublika bosqichi g‘oliblari quyidagicha rag‘batlantiriladi: 🏆 “Eng yaxshi rasmlar” tanlovining respublika bosqichi g‘oliblariga:
1-o‘rin — 6 000 000 so‘m; 2-o‘rin — 5 000 000 so‘m; 3-o‘rin — 4 000 000 so‘m.
🏆 “Eng yaxshi videoroliklar” tanlovining respublika bosqichi g‘oliblariga:
1-o‘rin — 6 000 000 so‘m; 2-o‘rin — 5 000 000 so‘m; 3-o‘rin — 4 000 000 so‘m.
🏆 Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid bilimlar bellashuvi respublika ko‘rik-tanlovi g‘oliblariga:
1-o‘rin — 6 000 000 so‘m; 2-o‘rin — 5 000 000 so‘m; 3-o‘rin — 4 000 000 so‘m.
Tanlov 2025-yil 28-noyabr kuni soat 14:00 da boshlanadi. 📍Manzil: Universitet axborot resurs markazi (ARM) binosi, 3-qavat, faollar zali. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Samdu.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube
Hammasini ko'rsatish...
3👍 3🔥 2
Repost from TgId: 2289308285
Photo unavailableShow in Telegram
Samarqand davlat universiteti Biokimyo instituti botanika kafedrasi professorlari Frank Thomas, Jalov Xolmurod va o‘qituvchi Akbar Axmedov hamda mustaqil tadqiqotchi Nodirjon Boboqandovlarning “Populus pruinosa decline in a riparian tugai forest on the Zarafshon River, central Uzbekistan: edaphic conditions as predisposing factors and drought as the triggering factor” nomli maqolasi Scopus (Q1) va Web of Science (IF 4.6) ba’zalarida indekslanuvchi “Journal of Forestry Research” jurnalida nashr etildi. Maqola dolzarb muammo qaratilgan bo‘lib, Zarafshon to‘qayzori asosiy tabiiy dominant turlaridan biri to‘rang‘il terak (Populus pruinosa) nobud bo‘lish sabablari o‘rganildi va ilmiy izlanishlar davom etmoqda. ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:   Samarqandim.uz |  Telegram | Instagram |  FacebookYou tube
Hammasini ko'rsatish...
👍 10 3🔥 3
Repost from TgId: 2289308285
Samarqand davlat universiteti Biokimyo instituti analitik kimyo kafedrasi tayanch doktoranti Shoxista Salimova Turkiyaning Kafkas universitetida professor Hacali Necefuglu ilmiy labaratoriyasida stajirovkada bo'lib qaytdi... ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:   Samarqandim.uz |  Telegram | Instagram |  FacebookYou tube
Hammasini ko'rsatish...
7👍 4🔥 2
Repost from TgId: 2289308285
Photo unavailableShow in Telegram
Samarqand davlat universiteti Biokimyo instituti doktoranti Dilnoza Zokirovaning “Morphometric diversity of Zabrus morio (Coleoptera: Carabidae) in relation to sex and altitude in Uzbekistan's mountain ecosystems” maqolasi Scopus bazasiga kiruvchi "BIODIVERSITAS" (Q2) jurnalida e'lon qilindi... ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:   Samarqandim.uz |  Telegram | Instagram |  FacebookYou tube
Hammasini ko'rsatish...
👍 13 5
Repost from TgId: 2289308285
"Samarqandim" jurnali ilmiy ekspeditsiya a’zolari - Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti mutaxassislari Odil Ergashev, Farrux Abdirasulov, Abdulla Burxonov "So‘nggi neandertallar" nomli xalqaro loyiha doirasida Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanidagi Xisorak, Beshbek, Gʻilon qishloqlari hududidan qadimgi tosh davriga g‘orlarni aniqladilar. Xalqaro ekspeditsiya davom etmoqda. ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:   Samarqandim.uz |  Telegram | Instagram |  FacebookYou tube
Hammasini ko'rsatish...
👍 17 4😱 2
Repost from TgId: 2289308285
Photo unavailableShow in Telegram
Yurakda umid bo‘lsa, yo‘lda toshlar ham g‘isht bo‘lib xizmat qiladi. Hamid Olimjon ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:   Samarqandim.uz |  Telegram | Instagram |  FacebookYou tube
Hammasini ko'rsatish...
6
Photo unavailableShow in Telegram
#Ob_havo Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Samdu.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube
Hammasini ko'rsatish...
👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
Koreya Respublikasining nufuzli nashrlaridan birida Cheonggu arxeologiya tadqiqot instituti direktori, Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti arxeologiya kafedrasi professori Yu Tae-Yongning “Koreya va O’zbekiston: Tarix va madaniyat” nomli monografiyasi nashr etildi. Asarda O’zbekiston va Koreya o’rtasidagi tarixiy aloqalarga oid qimmatli ma'lumotlar keltirilgan. ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:   Samarqandim.uz |  Telegram | Instagram |  FacebookYou tube
Hammasini ko'rsatish...
👍 8 3
Repost from TgId: 2289308285
Photo unavailableShow in Telegram
Koreya respublikasining nufuzli nashrlaridan birida Cheonggu arxeologiya tadqiqot instituti direktori, Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti arxeologiya kafedrasi professori Yu Tae-Yongning “Koreya va O’zbekiston: Tarix va madaniyat” nomli monografiyasi nashr etildi. Asarda O’zbekiston va Koreya o’rtasidagi tarixiy aloqalarga oid qimmatli ma'lumotlar keltirilgan. ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:   Samarqandim.uz |  Telegram | Instagram |  FacebookYou tube
Hammasini ko'rsatish...
Repost from TgId: 2289308285
Photo unavailableShow in Telegram
Samarqand davlat universiteti professorlari Haji Akber Aisa, Jiangyu Zhao, Xurshid Bozorov hamda mustaqil tadqiqotchi Jiangyu Zhaolarning " DESIGN AND SYNTHESIS OF RUPESTONIC ACID DERIVATIVES AND ASSESSMENT OF THEIR CYTOTOXIC ACTIVITY" nomli maqolasi Scopus bazasiga kiruvchi "Chemistry of Natural Compounds" jurnalida e'lon qilindi... ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:   Samarqandim.uz |  Telegram | Instagram |  FacebookYou tube
Hammasini ko'rsatish...
👍 14 2🔥 1🎉 1
Repost from TgId: 2289308285
Photo unavailableShow in Telegram
Samarqand davlat universitetida 2026-yil uchun tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc), stajyor-tadqiqotchilik va mustaqil izlanuvchilikka kirish uchun o‘tkaziladigan imtihon kunlari Batafsil: 👉 https://www.samdu.uz/uz/announcements/62314 ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:   Samarqandim.uz |  Telegram | Instagram |  FacebookYou tube
Hammasini ko'rsatish...
👍 4 2