Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov
Kanalga Telegram’da o‘tish
Ambassador of @profiuniversity www.xalqtaliminfo.uz sayti rasmiy kanali. Savol yuborish vaqtincha cheklangan. Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: http://myurls.co/xalqtaliminfo Reklama: @XalqinfoREK Guvohnoma: №146004
Ko'proq ko'rsatish2025 yil raqamlarda

106 398
Obunachilar
-7224 soatlar
-6347 kunlar
-3 08430 kunlar
Postlar arxiv
Repost from N/a
01:57
Video unavailableShow in Telegram
Vazirlik 70 foizlik ustama borasida o‘z pozitsiyasini tezroq bildirishi kerak
Bahorgi attestatsiyada qatnashib, birinchi malaka toifasiga hamda 70 foizlik ustamaga ega bo‘lgan o‘qituvchilar kuzgi attestatsiyada ham qatnashib, oliy malaka toifasiga ega bo‘lsa-yu, ammo 86 ballik natija qayd etolmasa, unda 70 foizlik ustamadan mahrum bo‘lishlari mumkin.
Chunki, amaldagi normativ hujjatlarda kichik bir kamchilik mavjud bo‘lib, unga ko'ra 70 foizlik ustama pedagoglar tarif stavkasining amaldagi miqdoriga bog‘lab qo‘yilgan.
Ya’ni, o‘qituvchi 70 foizlik ustamaga birinchi malaka toifasi bilan erishgan bo‘lsa va u kuzgi attestatsiyada qatnashib, aytaylik, 80-84 ball bilan oliy toifaga o‘tsa, unga 70 foizlik ustamani to‘lab berish imkonsiz bo‘lib qoladi.
To‘g‘ri, hozir bu muammo ko‘zga tashlanmasligi, ko‘pchilik buni boshqacha talqin qilayotgan bo'lishi mumkin. Ammo, haqiqiy muammo o'qituvchilarga toifalar bo‘yicha qo‘shimcha haq to‘lash boshlanganda kelib chiqa boshlaydi.
Shu sababli, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 70 foizlik ustama borasida o‘z pozitsiyasini tezroq bildirishi kerak va o‘qituvchilar ham shunga qarab ish ko‘rishlari lozim, deb hisoblaymiz.
Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1378
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.Telegram l Instagram l YouTube
AQNJ_ZOUNzS0yGTg5gaUV7jYRs_pwcTnCz4t_FPm2zPRnruB5iZS1JPzxcC4c6c.mp412.01 MB
Photo unavailableShow in Telegram
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini 5 kunlik ish rejimiga o‘tkazish vazirlik qo‘lida edi, ammo...
Pedagog xodimlar uchun metodik kunlar rasman bekor qilingani sababli, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga haftaning shanba kunini dam olish kuni sifatida belgilash imkoniyati paydo bo‘lgandi.
Ammo Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining 2024-yil 7-avgustdagi 246-sonli buyrug‘i imzolangandan so'ng, oxirgi umidlar ham yo‘qqa chiqdi.
Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1166
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.Telegram l Instagram l YouTube
01:54
Video unavailableShow in Telegram
Besh kunlik ta’lim tizimiga qachon o‘tamiz?
2025-yil aprel oyida “Mening fikrim” portaliga ta’lim tizimini to‘liq 5 kunlik o‘qish va ish tartibiga o‘tkazish to‘g‘risidagi murojaat 10 mingdan ortiq ovoz to‘plagani haqida xabar bergandik.
Keyinroq, Kun.uz nashri maktablarni 5 kunlik tizimga o‘tkazish borasida pedagoglar fikrini o‘rgangandi.
Qonunchilikka muvofiq, 10 mingdan ortiq ovoz to‘plagan ushbu murojaat tegishli vakolatli davlat organiga yuborilishi va bu bo‘yicha yakuniy qaror e’lon qilinishi kerak edi.
Oradan deyarli yetti oy o‘tganiga qaramay, mazkur masala yuzasidan hech bir davlat organi tomonidan rasmiy ma’lumot taqdim etilmadi.
Bu esa qonunchilik talablari hamda “Mening fikrim” elektron jamoaviy murojaatlar portalining amalda ishlamayotganiga ishora qilmoqda.
5 kunlik ta’lim tizimiga o‘tkazilishi haqida sizning fikringiz qanday?
📝 Izoh yozish
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.Telegram l Instagram l YouTube
AQOXO0SKgNECuVa7Rbv8yNyYQJUCa7D7nZf5dECVwEES6CpgJw_LffvU_smSOfe.mp47.39 MB
Izoh yozish
