Surxondaryo viloyati hokimligi
Kanalga Telegram’da o‘tish
Surxondaryo viloyati hokimligi Web site: https://gov.uz/oz/surxondaryo Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088 Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy. @qosimovgamurojaat
Ko'proq ko'rsatish2025 yil raqamlarda

23 687
Obunachilar
-624 soatlar
+307 kunlar
+31930 kunlar
Postlar arxiv
Surxondaryolik tadbirkorlar Xitoyning yetakchi sanoat kompaniyalari faoliyati bilan tanishmoqda
Surxondaryo viloyati hokimining tashabbusi bilan vohamizdan bir guruh tadbirkorlar Xitoy Xalq Respublikasining Shandun provinsiyasidagi yirik sanoat korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishmoqda.
Safar davomida ishtirokchilar Xitoyning ilg‘or texnologiyalari, ishlab chiqarish jarayonlari va innovatsion yondashuvlarini o‘rganib, ularni Termiz tumanida barpo etilayotgan "Texno Park" loyihasiga tatbiq etishni rejalashtirmoqda.
Jumladan, tadbirkorlarimiz yuqori samarador va energiya tejamkor uskunalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan "Qingdao Xindacheng Plastic Machinery Co., Ltd.", Xitoyda yirik plastik ishlab chiqarish uskunalarini yetkazib beruvchi yetakchi kompaniyalardan biri bo‘lgan "Qingdao Zhongsu Plastic Machinery Manufacturing Co., Ltd." hamda "Qingdao SOSN Machinery Co., Ltd." kompaniyasining yog‘ochga ishlov berish va mebel ishlab chiqarish yo‘nalishidagi faoliyati bilan tanishishdi.
Tashrif davomida ishlab chiqarish jarayonlari, mahsulot tayyorlash liniyalari, qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalar va uskunalarning ishlash tartibi ko‘zdan kechirildi.
Ushbu safar Surxondaryolik tadbirkorlar uchun sanoat sohasida xalqaro tajribani o‘rganish, innovatsion yondashuvlarni vohamizga olib kirish va "Texno Park" loyihasini samarali yo‘lga qo‘yishda muhim bosqich bo‘lib xizmat qiladi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Termiz shahrida turizm, turar joy va xizmat ko‘rsatish obyektlari qurilishi o‘rganildi
Keng ko‘lamli bunyodkorlik maydoniga aylanib borayotgan Termiz shahrida aholini turar joylar bilan ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash, insonlar uchun qulayliklar yaratish hamda sayyohlarga yuqori darajada xizmat ko‘rsatuvchi zamonaviy loyihalar amalga oshirilmoqda.
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan loyihalar ijrosi bilan tanishdi. Jumladan, "Botanika" bog‘i, mehmonxonalar, savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalari, biznes markazlar hamda ko‘p qavatli turar joylar qurilishi o‘rganildi.
Loyihalarning borishi va qurilish ishlarining joriy holati yuzasidan mas’ullar tomonidan axborot berildi. Ayrim obyektlarda belgilangan rejadan ortda qolish holatlari tanqid qilinib, kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Har bir loyiha kesimida ishlar sur’atini jadallashtirish, yakuniy bosqichdagi obyektlarni sifatli yakunlab, o‘z vaqtida foydalanishga topshirish vazifalari belgilandi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
❤ 7👏 6👍 4🔥 1😐 1
Termiz shahrida turizm, turar joy va xizmat ko‘rsatish obyektlari qurilishi o‘rganildi
Keng ko‘lamli bunyodkorlik maydoniga aylanib borayotgan Termiz shahrida aholini turar joylar bilan ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash, insonlar uchun qulayliklar yaratish hamda sayyohlarga yuqori darajada xizmat ko‘rsatuvchi zamonaviy loyihalar amalga oshirilmoqda.
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan loyihalar ijrosi bilan tanishdi. Jumladan, "Botanika" bog‘i, mehmonxonalar, savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalari, biznes markazlar hamda ko‘p qavatli turar joylar qurilishi o‘rganildi.
Loyihalarning borishi va qurilish ishlarining joriy holati yuzasidan mas’ullar tomonidan axborot berildi. Ayrim obyektlarda belgilangan rejadan ortda qolish holatlari tanqid qilinib, kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Har bir loyiha kesimida ishlar sur’atini jadallashtirish, yakuniy bosqichdagi obyektlarni sifatli yakunlab, o‘z vaqtida foydalanishga topshirish vazifalari belgilandi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
“Angor agro star” loyihasi qurilishi boshlandi
Xabar berilganidek, Prezidentimiz qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo viloyatining qator hududlarida, jumladan Angor tumanida AT “Xalq banki” bilan hamkorlikda talab yuqori bo‘lgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bo‘yicha bazaviy loyiha — “Angor agro star” MCHJ loyihasi amalga oshirilmoqda.
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hamda AT “Xalq banki” boshqaruvi raisi Shuhrat Atabayev loyiha doirasida barpo etilayotgan infratuzilmalar bilan tanishib, issiqxona majmuasi qurilishiga start berdilar.
Loyiha amalga oshirilishi doirasida hududning dehqonchilik bo‘yicha boy tajribasi, iqlim va tuproq xususiyatlarini inobatga olgan holda piyoz, brokkoli, karam va gulkaram kabi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining yangi serhosil va serdaromad navlarini mahalliylashtirish, yetishtirish, saqlash va eksport qilish yo‘lga qo‘yiladi. Ayni vaqtda issiqxonalar kompleksi va boshqa zarur inshootlar barpo etilayotgan bo‘lib, loyiha tumanda qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratilishiga hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti hajmini oshirishga xizmat qiladi.
Viloyat hokimi loyiha taqdimoti va amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishar ekan, mas’ullarga qurilish jarayonlarini jadallashtirish, shuningdek ekinlar ekishda hududdagi usta-dehqonlarning tavsiyalarini inobatga olish vazifalarini belgilab berdi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍 13❤ 7👏 2🔥 1
Surxondaryo delegatsiyasi Sheroz shahridagi yirik sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishdi
Surxondaryo viloyati delegatsiyasi Fors viloyatiga amaliy tashrifi doirasida Sheroz shahridagi qator yirik sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishib, o‘zaro muzokara va uchrashuvlar o‘tkazdi.
Uchrashuvlarda delegatsiya a’zolariga hududning sanoat salohiyati, ishlab chiqarish imkoniyatlari va mavjud eksport yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Xususan, delegatsiya a’zolari elektr uzatish uskunalari va tizimlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Nirou Trans” korxonasi, sanoat va qurilish sohalari uchun bo‘yoqlar tayyorlovchi “Meshkat Paint” kompaniyasi, sanoat yopishqoq moddalari va rezina qoplamalari ishlab chiqaruvchi “Abnoos” korxonasi, lazer texnologiyalari va sanoat uskunalarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi “Aria Laser Sadr Pars” korxonasi hamda kompozit quvurlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Farapox” korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Tashrif davomida ishlab chiqarish jarayonlari, qo‘llanilayotgan texnologiyalar, mahsulot turlari va eksport imkoniyatlari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi. Tomonlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, savdo aloqalarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, qo‘shma sanoat va investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
❤ 8👍 7🔥 1👏 1🕊 1
Photo unavailableShow in Telegram
UzA | Xitoy safari “Texno Park” uchun muhim texnologik imkoniyatlar yaratmoqda
Surxondaryo viloyati Termiz tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida barpo etilayotgan “Texno Park”da zamonaviy texnologiyalar asosida import ulushi yuqori bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarish uchun surxondaryolik bir guruh tadbirkorlar Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib, nufuzli kompaniyalar va yirik ishlab chiqarish korxonalari bilan tanishmoqda.
Ayni paytda viloyatning Termiz tumanida 17 gektar va Denov tumanida 7,5 gektar maydonda jahon bozorida raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish rejalashtirilayotgan “Texno Park” qurilmoqda. Ularning har biridagi oltita blokda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish uchun 336 ta lot tashkil etilgan. Ikkita yirik sanoat majmuasida 1,5 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratilib, yiliga bir trillion so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Byudjetga yiliga 120 milliard so‘m qo‘shimcha tushum tushiriladi.
Batafsil: https://uza.uz/posts/794335
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍 10❤ 4🔥 1👏 1🕊 1
🇺🇿🇹🇲O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Turkmanistonga tashrifiga doir:
⚫️Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ashxobodga keldi.
⚫️O‘zbekiston Prezidenti va Turkman xalqining milliy yetakchisi muzokara o‘tkazdilar.
⚫️Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
⚫️Prezident Shavkat Mirziyoyev Ashxoboddagi Betaraflik monumentiga gul qo‘yish marosimida ishtirok etdi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
10.57 MB
8.15 MB
6.81 MB
11.73 MB
👍 9❤ 6🔥 1👏 1
Yong‘in va is gazi xavfsizligi bo‘yicha “Dolzarb 70 kunlik” profilaktik tadbirlariga start berildi
Surxondaryo viloyatida qish mavsumida yuzaga kelish ehtimoli yuqori bo‘lgan yong‘inlar va is gazidan zaharlanish holatlarining oldini olish maqsadida keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, joriy yilning 1-30-dekabr kunlari o‘tkazilayotgan “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Bugun mazkur oylik doirasida, aholini qish mavsumida is gazi va boshqa favqulodda holatlardan himoya qilish, xatarli vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan navbatdagi yig‘in o‘tkazildi. Tadbir Surxondaryo viloyati hokimi – fuqaro muhofazasi boshlig‘i Ulug‘bek Qosimov rahbarligida, davlat va jamoat tashkilotlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, FVDQT kuch tuzilmalari xodimlari, “mahalla yettiligi” mutasaddilari, shuningdek, video-konferensaloqa orqali shahar va tumanlar mas’ullari ishtirokida, maxsus texnikalar jalb etilgan holda o‘tkazildi.
Viloyat hokimi hududlar, sohalar va tarmoqlar kesimida qish mavsumini xavfsiz va barqaror o‘tkazish, energiya resurslarini uzluksiz yetkazish, uzilishlarni oldini olish vazifalarini belgilab berdi. Shuningdek, mazkur yo‘nalishdagi ishlar tizimli tashkil etilishi maqsadida “Dolzarb 70 kunlik” profilaktik chora-tadbirlariga start berildi.
Shuningdek, “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida ko‘p qavatli uylar, ijtimoiy soha obyektlari va boshqa inshootlarni yong‘in va is gazi xavfidan himoya qilish bo‘yicha xatlovdan o‘tkazish hamda kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan zarur choralarni amalga oshirish topshirildi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍 11❤ 6🔥 1
REJALASHTIRILGAN JORIY TAʼMIRLASH–SOZLASH ISHLARI TO‘G‘RISIDA MA’LUMOT
📅 Sana: 2025-yil 12-dekabr
📍 Manzil: Surxondaryo viloyati, Termiz shahri
"Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari" filiali tomonidan rejalashtirilgan joriy ta’mirlash ishlari o‘tkazilishi munosabati bilan ayrim tarmoqlarda vaqtinchalik elektr ta’minoti uzilishlari bo‘lishi mumkin.
⚡️ Ta’mirlash ishlari o‘tkaziladigan obyektlar.
⚡️ Ish vaqtida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi.
🛠 Rejalashtirilgan ishlar mazmuni
🔹 110 kV L-Amu–Termiz,
🔹 35 kV L-Taraqqiyot-1,
🔹 35 kV L-Taraqqiyot-2
elektr uzatish havo tarmoqlarining ulanish sxemalariga o‘zgartirishlar kiritilib, demontaj-montaj ishlari amalga oshiriladi.
⏰ Ish vaqti (I-bosqich):
35 kV L-Taraqqiyot-1 — 08:00 dan 10:00 gacha
Ushbu vaqt oralig‘ida quyidagi podstansiyalarda ishlar amalga oshiriladi:
1️⃣ 35/10 kV “O‘rikzor”
2️⃣ 35/10 kV “Manguzar-2”
3️⃣ 35/6 kV “Ayroport”
4️⃣ 35/6 kV “Vodazabor”
5️⃣ 35/6 kV “Chegara”
⏰ Ish vaqti (II-bosqich):
110 kV L-Amu–Termiz va 35 kV L-Taraqqiyot-2 elektr uzatish havo tarmoqlarida
— 08:00 dan 17:00 gacha
1️⃣ 110/35/10 kV “Sulton Saodat”podstansiyasida
❗️Eslatma: Ta’mirlash jarayonida xavfsiz ish sharoitini ta’minlash maqsadida,
Termiz shahridagi;
Bog‘ishamol, Manguzar, Guliston, Kokildor ota, Temir yo‘lchi mahallalarida 08:00 dan 17:00 gacha.
Termiz tumanidagi;
Qoraxon, Quyoshli yurt, Istiqlo, Sh.Rashidov, Amir Temur, Termiz, Jo‘yjangal, Ayritom, Navro‘z, Do‘stlik, Namuna, Sabzipoya va Soliobod mahallalariga taqsimlovchi tarmoqlar vaqtinchalik tarmoqdan uziladi.
Iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida muqobil liniyalar orqali kuchlanish berish choralari ko‘riladi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
❤ 6😐 4👍 3🙏 2
Surxondaryoda yo‘l harakati xavfsizligi masalalari tanqidiy muhokama qilindi
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov raisligida huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sohaviy tashkilotlar va boshqarmalar rahbarlari ishtirokida joriy yilning 11 oyi davomida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari tahlili yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
Muhokamada Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i Sherzod Ibragimov ham ishtirok etib, viloyatdagi mavjud vaziyat va ko‘rsatkichlar bo‘yicha ma’ruza qildi.
Yig‘ilishda YTHlarning oldini olish, harakat xavfsizligini ta’minlash, yo‘l infratuzilmasida uchrayotgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha masalalar atroflicha muhokama qilindi. Ayrim mas’ullarning vazifaga nisbatan sust munosabati uchun ularni intizomiy javobgarlikka tortish belgilandi.
Shu bilan birga, temir yo‘l kesishmalarini xavfsizlashtirish, zarur hududlarga svetoforlar o‘rnatish, tezlikni aniqlovchi texnik vositalar joylashtirish hamda ta’mirtalab ko‘priklarni yangilash bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
Shuningdek, voyaga yetmaganlar ishtirokida sodir bo‘layotgan YTHlar alohida tanqidiy muhokama qilindi. Maktab va bog‘chalarda yo‘l harakati ta’limiga mo‘ljallangan sinfxona va maydonchalardan samarali foydalanish, bolalar o‘rtasida ta’sirli targ‘ibot ishlarini kuchaytirish vazifalari yuklatildi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
❤ 9👍 3🔥 1👏 1
Surxondaryolik qizlarimiz — Xalqaro arenada yurtimiz faxrini yuksaltirdi!
Dubay shahrida bo‘lib oʻtayotgan V Yoshlar Para Osiyo oʻyinlarida yana ikki nafar qizlarimiz mamlakatimiz sharafini yuksaklarga koʻtardi.
Para pauerlifting boʻyicha 67 kg vazn toifasida ishtirok etgan E’zoza Abdujabborova 66 kg natija bilan barcha raqiblaridan ustun kelib, O‘zbekiston terma jamoasiga munosib tarzda oltin medalni taqdim etdi. Bu g‘alaba — nafaqat sportchimiz, balki butun xalqimiz uchun ulkan faxrdir.
55 kg vazn toifasida kuch sinashgan Munisa Omonova 59 kg ko‘rsatkich bilan oʻyinlarning kumush medalini qoʻlga kiritdi va yurtimiz bayrogʻini baland koʻtardi.
Qizlarimizning mehnati, matonati va gʻalabaga boʻlgan ishonchi millionlab yurtdoshlarimiz uchun kuch-gʻayrat, yoshlarimiz uchun esa yorqin namuna boʻlib xizmat qiladi.
Sportchilarimizga kelgusi musobaqalarda ham omad va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍 14❤ 9👏 2🔥 1🤝 1
Surxondaryo tadbirkorlari uchun Xitoyda yangi hamkorlik eshiklari ochilmoqda
Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov tashabbusi bilan Termiz tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida barpo etilayotgan “Texno Park” loyihasini amalga oshirish hamda unga zamonaviy texnologiyalarni jalb etish maqsadida surxondaryolik bir guruh tadbirkorlar Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turibdi.
Tashrif doirasida delegatsiya qator nufuzli kompaniyalar va yirik ishlab chiqarish korxonalarining faoliyati bilan yaqindan tanishmoqda. Safar Shandun provinsiyasida joylashgan “Hicorp Machinery (Qingdao) Co., Ltd.” kompaniyasiga tashrif bilan boshlandi. Delegatsiya bu yerda qurilish, to‘qimachilik va metallurgiya sohalari uchun mo‘ljallangan zamonaviy uskunalarni ishlab chiqarish jarayonini ko‘zdan kechirdi. Ushbu kompaniya aqlli ishlab chiqarish tizimlarini sanoatga joriy etish bo‘yicha Xitoyda yetakchi korxonalardan biri hisoblanadi.
Shundan so‘ng tadbirkorlar “Qingdao Yiweite Intelligent Technology Co., Ltd.” faoliyati bilan tanishdilar. Kompaniya aqlli robotlar, lazer payvandlash uskunalari, payvandlash robotlari, konchilik texnikalari, yuk ko‘taruvchi va yuklovchi robotlar ishlab chiqarish sohasida katta tajribaga ega. Delegatsiya korxonaning ish jarayoni bilan batafsil tanishib, o‘zaro hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildi.
Tashrifning navbatdagi manzili Xitoyning yog‘ochga ishlov berish texnikasi sohasidagi yetakchi kompaniyalaridan biri — Unisunx Group bo‘ldi. “Magic Box Ranking”da panel arralari bo‘yicha eng yaxshi ishlab chiqaruvchilardan biri sifatida e’tirof etilgan mazkur kompaniya delegatsiyaga chilangarlik kesish stanoklari, sirpanma stol arralari va mebel ishlab chiqarishga mo‘ljallangan qator zamonaviy uskunalarni namoyish etdi.
Ushbu tashrif Surxondaryo viloyatida barpo etilayotgan “Texno Park” uchun zarur texnologik yechimlarni tanlash, hududga ilg‘or ishlab chiqarish usullarini joriy etish hamda mahalliy tadbirkorlar uchun yangi hamkorlik imkoniyatlarini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
❤ 11👍 8🔥 2👏 1
01:17
Video unavailableShow in Telegram
Surxondaryo viloyati hokimining bir kunlik ish faoliyati
11.12.2025-yil:
➖“Ayritom” chegara postida rekonstruksiya ishlariga start berildi;
➖"Yashil belbog‘" loyihasi ijrosi o‘rganildi;
➖Qiziriqda xususiy klinika loyihasi bilan tanishildi;
➖Qiziriqda avtomagistral yo‘li bo‘yida yirik servis va sanoat markazi ishga tushirildi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Sequence 01_1.mp4194.26 MB
👍 6❤ 2🔥 1👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
📢 Diqqat eʼlon
Hurmatli termizliklar va mehmonlar!
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan ertaga, 12-dekabr kuni Termiz shahrida harbiylar va kuch tuzilmalarining namoyishkorona yurishi, harbiy texnika va qurol-aslahalar namoyishi o‘tkaziladi.
Shu munosabat bilan 12-dekabr kuni soat 15:00 dan 17:00 gacha quyidagi yo‘nalishda transport harakati vaqtinchalik cheklanadi:
🛑 "Vatanparvarlar" bog‘idan,
➡️ A. Navoiy – At-Termiziy ko‘chalari kesishmasi orqali,
➡️ Viloyat hokimligi yonidagi "Etno shaharcha" turizm majmuasigacha bo‘lgan yo‘nalish bo‘ylab.
❗️Aholi va mehmonlardan vaqtinchalik noqulaylik uchun uzr so‘raymiz hamda ushbu vaqt davomida aylanma va muqobil yo‘llardan foydalanishlarini tavsiya etamiz.
Barchangizni tadbirda ishtirok etishga, harbiylarimiz sharfiga o‘tkazilayotgan namoyishkorona yurish va qurol-aslahalar namoyishini tomosha qilishga taklif etamiz.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
❤ 9👍 8🙏 2👏 1
02:27
Video unavailableShow in Telegram
UzA | Termizda ichimlik suv inshootlarining raqamli ko‘rinishi yaratildi
“Surxondaryo suvta’minoti” aksiyadorlik jamiyati Termiz shahridagi ichimlik suv inshootlari va tarmoqlarini raqamli ko‘rinishga keltirib, geoaxborot tizimini joriy etmoqda. Yangi markaz shahardagi yirik “Shimoliy” suv inshootida faoliyat yuritadi.
Mutaxassislarning aytishicha, bu yangilik suv ta’minoti, rezervuarlar, kanalizatsiya tarmoqlari, nasos stansiyalari kabi infratuzilma ob’ektlarining joylashuvi, holati va tavsifini geografik ma’lumotlar asosida boshqarib, tahlil qilish va vizuallashtirish imkonini beradi. Suv ta’minoti, quvurlar va uskunalar haqidagi barcha ma’lumotni birlashtirib, samaradorlikni oshiradi. Avariya, ya’ni quvurlar uzilishi yoki suv sizishi singari kutilmagan holatlar kuzatilsa, zarar yetgan joy tezda aniqlanib, tuzatish chorasi ko‘riladi.
Tizim orqali tarmoqlar holati, suv sifati, bosimi va sarfi real vaqtda kuzatib turiladi. Quvurlar kesimi, diametri, materiali, qurilgan yili va boshqa texnik parametrlarni xaritada ko‘rsatib, ma’lumotlarni bir joyda to‘playdi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Termizda_ichimlik_suv_inshootlarining_raqamli_ko_rinishi_yaratil.mp458.58 MB
👍 6❤ 3🔥 1👏 1
Surxondaryo va Fors viloyatlari o‘rtasida hamkorlikning yangi bosqichi boshlandi
Eron Islom Respublikasining Shiraz shahrida Surxondaryo viloyati delegatsiyasining Fors viloyati hokimi Xoseyn Ali Amiri bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda viloyatimiz delegatsiyasi a’zolari, Iroqdan tashrif buyurgan mehmonlar hamda Fors viloyati rasmiylari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida Xoseyn Ali Amiri Surxondaryo viloyatiga amalga oshirgan tashrifi haqidagi iliq taassurotlarini bildirib, u yerda o‘tkazilgan samarali uchrashuv va muloqotlarni alohida e’tirof etdi. Ta’kidlanganidek, kelgusida savdo-iqtisodiy, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, tibbiyot, madaniyat va turizm yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish uchun katta imkoniyatlar mavjud.
Fors viloyati rahbari O‘zbekiston va Eron xalqlarini bog‘lab turgan ko‘p asrlik do‘stlik, madaniy yaqinlik va tarixiy mushtaraklikni qayd etib, bu munosabatlar yanada mustahkamlanishiga ishonch bildirdi.
Uchrashuv yakunida Surxondaryo viloyati Savdo-sanoat palatasi hamda Fors viloyati Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu hujjat ikki hudud o‘rtasida savdo, sanoat, investitsiya va biznes loyihalarini rivojlantirish uchun muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Shuningdek, Fors viloyatining Sanoat va savdo boshqarmasi, Markaziy banki, Bojxona xizmati, Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi rahbarlari hamda Surxondaryo delegatsiyasi o‘rtasida alohida muzokaralar o‘tkazildi. Uchrashuvlarda tadbirkorlar uchun logistika, moliya, investitsiya va boshqa yo‘nalishlarda amaliy hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar konstruktiv ruhda o‘tdi va tomonlar kelgusida aniq yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni boshlash borasida kelishib oldilar.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍 8❤ 4🔥 1👏 1
Qiziriqda avtomagistral yo‘li bo‘yida yirik servis va sanoat markazi ishga tushirildi
Prezidentimizning hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha bergan topshiriqlari ijrosi doirasida Surxondaryo viloyatida hokimliklar zaxirasidagi bo‘sh yerlardan samarali foydalanish, shuningdek, kollektor ustini zamonaviy usulda yopish orqali hosil bo‘lgan maydonlarda yirik loyihalarni amalga oshirish ishlari davom etmoqda.
Bugun mazkur loyihalar doirasida Qiziriq tumani Oqjar mahallasidan qiymati 37,5 mlrd so‘m bo‘lgan yirik servis va sanoat markazi foydalanishga topshirildi. Loyiha doirasida 150 ta xizmat ko‘rsatish va servis obyekti, shuningdek, 17 ta sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish sexi tashkil etildi hamda 220 ta ish o'rni yaratildi.
Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, bunday loyihalarning amalga oshirilishi hududning iqtisodiy barqarorligi va aholi turmush farovonligini oshirishda muhim o‘rin tutishini ta’kidladi. Hokim nuroniylar va mahalla faollari bilan birgalikda obyektlarda yaratilgan sharoitlar, ko‘rsatilayotgan xizmatlar hamda ishlab chiqarish quvvatlari bilan tanishdi. Nuroniylar yurtimiz tinchligi va xalqimiz farovonligi uchun duo qildi.
Shuningdek, shu hududning o‘zida 4 qavatli savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish markazlari, shuningdek, 5 gektar maydonda barpo etiladigan bozor va xizmat ko‘rsatish binolari bo‘yicha loyiha-takliflar taqdimot qilindi. Uchrashuv yakunida loyihalarni hududning holati va iqtisodiy samaradorligi nuqtayi nazaridan yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍 12❤ 6🔥 2👏 1
01:50
Video unavailableShow in Telegram
🚍 Termiz shahrida jamoat transportida naqd pulsiz toʻlov tizimi joriy etiladi
Termiz shahrida jamoat transporti xizmatlarini zamonaviylashtirish va yoʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida elektron to‘lov tizimi bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.
Unga ko‘ra yoʻl kira haqi:
⚫️Avtobuslarda yoʻl kira — 3000 soʻm;
⚫️Elektron toʻlov orqali — 2000 soʻm;
⚫️7 yoshgacha boʻlgan bolalar — bepul;
⚫️20 kg gacha qoʻl yuki — bepul, ortiqcha yuk uchun — 4000 soʻm.
Tizim joriy etish bosqichlari:
✔️1-bosqich (2026-yil 3-yanvardan) B-3, B-4, B-7, ShI-1, ShI-3, ShI-5, ShI-7, ShI-8, ShI-15 yoʻnalishlarida elektron toʻlov tizimi ishga tushiriladi.
✔️2-bosqich (2026-yil 1-apreldan) mazkur yoʻnalishlarda yoʻl kira faqat elektron tarzda toʻlanadi.
🔹 Batafsil videoda.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
video_2025-12-11_18-35-49.mp480.09 MB
👍 10❤ 7👎 1👏 1🎉 1
Qiziriqda xususiy klinika loyihasi bilan tanishildi
Xususiy sektorga ko‘rsatilayotgan e’tibor va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar natijasida, tibbiyot sohasida ham sifatli va zamonaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi xususiy klinikalar soni ortib bormoqda.
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Qiziriq tumaniga tashrifi doirasida “Med sity” MCHJ tomonidan tashkil etilayotgan xususiy klinikada yaratilayotgan shart-sharoitlar ham mavjud muammolarni o‘rgandi.
Qiymati 5 mlrd so‘m bo‘lgan mazkur loyiha 2026-yilning birinchi choragida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Loyiha doirasida 15 ta ish o‘rni yaratilib, aholiga ko‘z kasalliklari, grija va boshqa kasalliklarni aniqlash va davolash, shuningdek terapiya va nevrologiya yo‘nalishlarida tibbiy xizmatlar ko‘rsatilishi belgilangan.
Viloyat rahbari loyiha va klinikadagi sharoitlar bilan tanishar ekan, yuqori sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun zamonaviy tibbiy asbob-uskuna va jihozlarni keltirish bo‘yicha tavsiyalarini berdi. Shuningdek, mas’ullarga klinikaning faoliyat boshlashi uchun mavjud muammolarni bir hafta muddatda hal etish bo‘yicha vazifa yuklandi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍 9🔥 8❤ 3👎 1🎉 1
