Birga kitob o‘qiymiz
Kanalga Telegram’da o‘tish
☝️ Kanal maqsadi: Insonlarni kitob o‘qishga, yaxshilik qilishga va mustaqil fikrlashga undash Kanal muallifi: @izzatxoja_asomiddinov 🤝 Reklama uchun: @hamkoradmin
Ko'proq ko'rsatish2025 yil raqamlarda

101 552
Obunachilar
+4 40524 soatlar
+4 7487 kunlar
+33 19130 kunlar
Postlar arxiv
00:09
Video unavailableShow in Telegram
⚡️Suv toshni kuchi bilan emas, davomiyligi bilan buzadi.
“Qancha sekin borishingiz muhim emas, asosiysi – to‘xtamaslikdir” – Konfutsiy
Hayotda ham shunday: katta kuch bilan hamma narsani birdaniga o‘zgartirish mumkin emas. Lekin har kuni, qat’iyat bilan, sabr bilan harakat qilgan inson oxir-oqibat g‘alabaga erishadi.Kichik qadamlar, davomiy harakat – ular ko‘rinmaydi, ammo oxir-oqibat katta natijaga aylanadi. Har bir ozgina harakat, har bir kichik urinishingiz – kelajakdagi muvaffaqiyatingizning poydevori. ‼️Taslim bo‘lmang. Agar bugun charchasangiz ham, ertaga yana urinib ko‘ring. Agar kimdir sizni tushuntirishga urinayotgan bo‘lsa, e’tibor bermang. Sizning davomiyligingiz va qat’iyatingiz oxir-oqibat o‘sha “toshlarni” sindiradi. 💡Esingizda bo‘lsin: vaqt bilan harakat qilgan suv singari, siz ham o‘zingizning chegaralaringizni, shubhalaringizni va qiyinchiliklarni asta-sekin yengasiz. Harakat bugundan boshlanadi. Bugun boshlang — keyin emas. ❤Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
1.20 MB
❤ 6👍 4
Photo unavailableShow in Telegram
Woman Card bilan yangi imkoniyatlar
Endi Woman Card kartalari orqali har bir xaridingizdan 0,5% keshbekni pul ko‘rinishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri kartangizga olasiz. Kartalarni Ipak Yuli Bank bo‘limlarida yoki Ipak Yuli Mobile ilovasi orqali rasmiylashtirish mumkin.
Sinab koʻrish
#reklama 16+
ru.ipakyulibank.uz
❤ 1
00:53
Video unavailableShow in Telegram
🌟 Hindistonda maktablarda kelajakda kim bo‘lishini sunʼiy intellekt yordamida ko‘rsatishmoqda ekan...
Bu nafaqat qiziqarli, balki juda foydali:🔹Bolalarning ongini kengaytiradi – ular o‘z qiziqishlari va iste’dodlarini erta aniqlashadi. 🔹Motivatsiyani oshiradi – kelajakdagi yo‘nalishlarini ko‘rgan bolalar o‘rganishga yanada intilishadi. 🔹Tanlovni yengillashtiradi – qaysi kasbga yo‘naltirish kerakligini oldindan bilish o‘qituvchilar va ota-onalarga yordam beradi. 🔹Ijodkorlik va tafakkurni rivojlantiradi – bolalar o‘z imkoniyatlarini turli yo‘llar bilan sinab ko‘rishga undaydi. 💡Shu texnologiya bolalarga “men kelajakda nima qilmoqchiman?” degan savolga javob topishda yordamchi vosita bo‘lib xizmat qiladi. ❓Bizning maktablarda ham shunday usulni yo‘lga qo‘yish mumkinmi? Balki, biz ham kelajak avlodimizni erta qo‘llab-quvvatlab, ularning iste’dodlarini to‘liq ochib bera olamiz. ❤Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
9.91 MB
🔥 18❤ 16👍 6🥰 4
Photo unavailableShow in Telegram
🔥 Magistraturada BEPUL o’qishni va kamida yana yevroda stipendiya olishni xohlaysizmi?
OSCE Academy (EXHT akademiyasi) 2026–2028 yillardagi magistratura dasturiga arizalarni qabul qiladi!
Siyosat, iqtisodiyot, rivojlanish va inson huquqlari boʻyicha dasturlar 🌍
📚 Oʻqish — ingliz tilida
💶Stipendiya — oyiga 450 yevro
✈️ Xalqaro chiptalar va amaliyot xarajatlari — qoplanadi!
Eng yaxshi talabalar Yevropada amaliyot oʻtaydilar 🇪🇺
⏰ 2026-yil 31-yanvargacha (Bishkek vaqti bilan soat 23:00) ariza topshga ulgurib qol
🔗 Tafsilotlar: osce-academy.net/en/admission
🔥 1
👉 Batafsil ma'lumot olish 👈
00:48
Video unavailableShow in Telegram
☝️Eng yaxshi sarmoya, bu bilimga qilingan sarmoyadir – Benjamin Franklin📚Bugun o‘zingizga qo‘shgan kichik bir bilim ertaga eng katta imkoniyatlar eshigini ochishi mumkin. Pul kamayadi, vaqt o‘tadi, imkoniyatlar o‘zgaradi – ammo o‘rgangan bilimingiz umr bo‘yi siz bilan qoladi. ❤Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
SaveVid_Net_AQPdQaX_nRSUo3LlC9S9W4nNDOX_MNFjEL_M_o_IvH_Z8YQ2fLQ.mp44.50 MB
❤ 11👍 8
Photo unavailableShow in Telegram
#diqqat_yangi_rukn
📖“Kitobdagi yo‘q gap” o‘yini – 5❌✅
Kecha berilgan iqtibosning javob – bu gap soxta edi. Bu mening to‘qib qo‘ygan jumlam. 😊
Bugungi iqtibos: “Men o‘ylayman, demak men mavjudman.”😅 Do‘stlar, mana shu iqtibos haqida nima deysiz? Balki qo‘shni magazindagi non narxini o‘ylab yurganimiz uchun ham mavjudmizdir? Sizningcha, bu so‘zlar mashhur yozuvchidanmi yoki shunchaki uydirmami? 🔥 — kitobdan olingan iqtibos; 👏 — bu sizning fantaziyangiz. ❤Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
🔥 57👏 15
Photo unavailableShow in Telegram
Visa PUBG MOBILE –haqiqiy o'yin ishqibozlari uchun karta
Visa PUBG MOBILE kartasi orqali siz:
• Har bir to'lovdan UC keshbek olishingiz
• To'g'ridan-to'g'ri o'yinda gift box yutib olishingiz
• Kartadan ham O'zbekistonda, ham uning tashqarisida ham foydalanishingiz mumkin
Visa PUBG MOBILE — ulkan g'alabalaringiz kaliti!
Oʻrnatish
#reklama 16+
ru.ipakyulibank.uz
Photo unavailableShow in Telegram
⏳Tarixiy fakt – Choy va vaqt
🇨🇳Qadimgi Xitoyda odamlar vaqtni hozirgidek soat bilan o‘lchashmagan. Ularning “sekund”i ham, “daqiqasi” ham choy edi. Ha, to‘g‘ri eshitdingiz: bir piyola choy.
Ular shunday deyishardi: “Bir piyola choy ichib bo‘lguncha – vaqt ham o‘tdi”. Bu oddiy ichimlik ularning hayotida shunchaki ta’m emas, balki vaqtni his qilish mezoni boʻlgan.
📱Tasavvur qiling: bugungi kunda biz telefonning ekraniga qarab, soniyalarni sanab, “kechikib qolyapman” deb shoshilamiz. Ular esa choyni ohista ichib, vaqtni zavq bilan oʻtkazishgan.
Shu sabab qadimgi Xitoy donishmandlari shunday maslahat berishgan: “Agar sen choyni shoshilib ichsang – hayotingni ham shoshilib o‘tkazasan. Agar sen choyni sekin ichsang – vaqt sening yoningda oqadi, qarshi emas.”
Shunday ekan, vaqtni o‘lchash uchun soatga qarash shart emas. Ba’zan bir piyola choy ham sizni vaqtning eng katta siriga yaqinlashtiradi: hayot sekinlikda yashirilgan.
❤Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
❤ 19
Photo unavailableShow in Telegram
Bilan omad gʻildiragini aylantiring va UC yutib oling
⚡ PUBG Mobile'dan kafolatlangan sovrinlar
❤️ 8100 UC yutib olish imkoniyati
✨ 14 kunlik Yandex Plus obunasi
Oʻynash
#reklama 18+
plus.yandex.uz
❤ 1🐳 1
00:48
Video unavailableShow in Telegram
⚡️Ochlik maqsadga erishish uchun eng katta kuch!
Och odamda bitta fikr bo‘ladi: “Men buni yutishim shart! Agar yutmasam – yo‘q bo‘laman.” Shuning uchun u jon-jahdi bilan kurashadi. Har bir qadamida ter, har bir urinishida qat’iyat. Tish-tirnog‘i bilan mahkam yopishadi. Chunki u uchun bu oddiy maqsad emas – bu hayot-mamot masalasi.
❓To‘q odamchi? Unga farqi yo‘q. Chunki yonida hamma narsa bor. Qulaylik, sharoit, tinchlik… Shuning uchun g‘alaba ham unga muhim emas. U “bo‘lsa bo‘lar, bo‘lmasa ham mayli” deb qaraydi. Xohish yo‘q, ichki ochlik yo‘q.
☝️Haqiqiy g‘oliblarni tarixga qarang – ularning ko‘pi ochlikdan kelgan: Ochlik ularni uyg‘otgan. Ochlik ularni yugurtirgan. Ochlik ularni “bir daqiqa ham vaqtni boy bermaslikka” majbur qilgan.📌Demak, agar sen ham katta maqsadlarga erishmoqchi bo‘lsang – ichingdagi ochlikni o‘chirib qo‘yma. Uni o‘stir, uni kuchaytir. Chunki och odam yuguradi, to‘q odam esa uxlaydi. ❤Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
video_2025-11-28_19-10-28.mp47.91 MB
🔥 12❤ 7👍 3⚡ 2
Photo unavailableShow in Telegram
#yangilik
Ko‘rishni 7 kun ichida tiklang! Buni qo‘llagan inson ochki taqmaydi...😍
"Зрение"si past do‘stlarga yuboramiz🛫
👇Batafsil ma'lumot:https://dexpress-uz.shop/kristall/14 https://dexpress-uz.shop/kristall/14
📎 Batafsil ma'lumot olish uchun yuqoridagi havola ustiga bosing. 🔴Adminlar o‘chirib tashlamasidan oldin yozib oling.
❤ 2
🔖 Batafsil ma'lumot ✅
📚✨ The Infinite Book Tower, Prague
Praganing milliy kutubxonasida joylashgan bu noodatiy san’at asari ko‘plab sayyohlarni o‘ziga tortadi. Asarning asl nomi “Idiom” bo‘lib, uni 1998-yilda chex rassomi Matej Krén yaratgan.U minglab kitoblardan iborat minoraga o‘xshash inshoot bo‘lib, ichiga qaragan odam cheksiz davom etayotgandek tuyuladigan kitoblar tunnelini ko‘radi. Bunday ta’sir minoraning ichiga o‘rnatilgan katta oynalar yordamida hosil qilingan – ular cheksizlik illyuziyasini yaratadi. 🔹Bu asar inson bilimining cheksizligi va kitoblarning tuganmas olamini ifodalaydi. 🔹“The Infinite Book Tower” bugun Praganing eng mashhur badiiy obyektlaridan biri bo‘lib, ijtimoiy tarmoqlarda tez-tez uchraydi. 🔹Unda suratga tushgan odam o‘zini cheksiz kutubxonada turgandek his qiladi. 🇨🇿Pragaga yo‘l tushsa, albatta bu mo‘jizaviy minorani ko‘rishga arziydi! ❤Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
😍 5👍 4🔥 2❤ 1
Photo unavailableShow in Telegram
#diqqat_yangi_rukn
📖“Kitobdagi yo‘q gap” o‘yini – 4❌✅
Kecha berilgan iqtibosning javobi: Bu gap fantaziyam edi. Shakspir uslubida yozilgandek tuyuladi, lekin uning asarlarida bunday jumla yo‘q.
Bugungi iqtibos: “Kimdir sizni kutsa – hayotingizning eng go‘zal lahzasi shudir.”Romantik jumla to‘g‘rimi? Ammo bu kitobdan iqtibosmi yoki meni fantaziyamdagi uydirgan gapmi? 🤔 🔥 — kitobdan olingan iqtibos; 👏 — bu sizning fantaziyangiz. ❤Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
👏 34🔥 32❤ 3
00:05
Video unavailableShow in Telegram
bAIram+ tarifi bilan cheksiz muloqot
⚡Cheksiz Instagram va Facebook, 100 GB internet va cheksiz qo‘ng‘iroqlar. bAIram+ bilan doimo aloqada.
Узнать больше
#reklama 16+
beeline.uz
tmp5c858mpt.mp47.67 MB
❤ 2
Photo unavailableShow in Telegram
🌀Loading…
O‘zingizni rivojlantirishni ko‘pchilik “tez natija beradigan dastur” deb o‘ylaydi. Go‘yoki biror kitobni o‘qisangiz yoki kursga borsangiz, hayotingiz bir kechada o‘zgaradigandek.
Lekin shaxsiy rivojlanish – bu kompyuter dasturi emas. Uni “install” qilib qo‘yib, ertaga 100% ishlashini kutmang.✅ Rivojlanish – bu yangilanish jarayoni. Har kuni ozgina bilim, har kuni kichik amaliyot, har kuni odatlarni qayta qurish! Dastlab sizning “progress bar”ingiz 1% da ko‘rinadi. Keyin 5%, 10%… Boshida sekin. Ammo davomli bo‘lsangiz, bir payt kelib sizni ko‘rganlar: “Qachon bunday bo‘lib qolding?” deya hayron qolishadi.
☝️Unutmang: hayotingizni o‘zgartirish uchun katta sakrash emas, kichkina-qichkina yangilanishlar kerak.💡Savol: Siz hozir o‘zingizning rivojlanish “loading bar”ingizni necha foizda deb hisoblaysiz? ❤Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
❤ 9⚡ 5
00:25
Video unavailableShow in Telegram
Yangi Ultra-Mustahkam HONOR X9d Taqdim Etildi!
Yangi HONOR X9d – sizning kuchli va bardoshli smartfoningiz! Ultra-mustahkam ekran, IP68+IP69K darajadagi suvga chidamlilik va 8300 mAsoat batareya bilan 3 kungacha faollik.
Xarid bilan sovg'alar:
Karnay (11-dekabrgacha)
60 kun Yandex Plus'ga bepul obuna
Tasodifiy shikastda ekranni bepul almashtirish va qurilmani bepul almashtirish imkoniyatidan bahramand bo'ling
HONOR X9d — Sen Kabi Kuchli
Batafsil ma'lumot olish uchun rasmiy HONOR saytiga tashrif buyurin
Batafsil
#reklama 16+
honor.com
tmp_9pay2n9.mp487.01 MB
❤ 3
Photo unavailableShow in Telegram
📚 Mohammed Aziz – kitoblar dunyosining insoniy mo’jizasi
🇲🇦 Marokashlik 73 yoshli kitob sotuvchi Mohammed Aziz butun hayotini kitoblarga bag‘ishlagan. U Rabot shahrida tug‘ilib o‘sgan, bolaligida ota-onasidan ayrilgan va maktab darsliklarini olishga qurbi yetmagan. Shundan keyin u o‘zini o‘zi tarbiyalash yo‘lini tanlab, kitoblarni hayotining eng yaqin hamrohi qildi.
🔹1960-yillardan buyon u shahar Medinasida kitob do‘konini yuritadi. Kunining katta qismini o‘qishga va tashrif buyuruvchilar bilan bilim ulashishga sarflaydi. Aziz shu paytgacha turli tillarda to‘rt mingdan ortiq kitobni mutolaa qilgan. Uning do‘koni nafaqat biznes, balki madaniy maskan sifatida ham mashhur.
Azizning so‘zlariga ko‘ra, kitoblar orqali u minglab hayotlarni yashagan, o‘qish esa uning uchun boshpana va yo‘qotilgan imkoniyatlarini qaytarib olishning yagona yo‘li bo‘lgan. Uning hikoyasi insoniy chidamlilik, qiziquvchanlik va bilim kuchining yorqin timsoli sifatida qadrlanadi.
❤Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
❤ 12👏 4🔥 3👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#diqqat_yangi_rukn
📖“Kitobdagi yo‘q gap” o‘yini – 3❌✅
Kecha berilgan iqtibosning javobi: Bu gap ham haqiqiy edi. Antuan de Sent-Ekzyuperi – “Kichkina shahzoda” asaridan.
Bugungi iqtibos: “Dunyo bir katta sahna, biz esa uning kichkina aktyorlarimiz, ammo rejissyor hech qachon biz emas.”Bu gap sizningcha haqiqiy iqtibosmi yoki fantaziyami? 🎭 🔥 — kitobdan olingan iqtibos; 👏 — bu sizning fantaziyangiz. ❤Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
🔥 48👏 20👍 1
00:25
Video unavailableShow in Telegram
Yangi Ultra-Mustahkam HONOR X9d Taqdim Etildi!
Yangi HONOR X9d – sizning kuchli va bardoshli smartfoningiz! Ultra-mustahkam ekran, IP68+IP69K darajadagi suvga chidamlilik va 8300 mAsoat batareya bilan 3 kungacha faollik.
Xarid bilan sovg'alar:
Karnay (11-dekabrgacha)
60 kun Yandex Plus'ga bepul obuna
Tasodifiy shikastda ekranni bepul almashtirish va qurilmani bepul almashtirish imkoniyatidan bahramand bo'ling
HONOR X9d — Sen Kabi Kuchli
Batafsil ma'lumot olish uchun rasmiy HONOR saytiga tashrif buyurin
Batafsil
#reklama 16+
honor.com
tmpeb_0usqy.mp487.01 MB
❤ 2
Photo unavailableShow in Telegram
Muvaffaqiyatga erishishning 12 qoidasi!
↪️1. Har bir insonda imkoniyat bor, faqat uni ko‘ra bilish kerak.
↪️2. Muvafaqqiyat bir kunda kelmaydi, lekin har kun qilgan mehnating seni unga yaqinlashtiradi.
↪️3. Boshqalarga emas, kechagi “o‘zing”ga qarshi bellash.
↪️4. Har mag‘lubiyat – yangi saboq, har saboq esa yutuqqa yo‘l.
↪️5. Bahona emas, yechim izla.
↪️6. Har kuni ozgina harakat – katta natijaga eltadi.
↪️7. Qo‘rquv seni to‘xtatmasin, u faqat sinovdir.
↪️8. Ishon, sabr qil, harakatdan to‘xtama.
↪️9. Orzularni yoz, rejalarga aylantir, keyin amalda ko‘rsat.
↪️10. Muvafaqqiyat – intizom va ishonchning mevasi.
↪️11. Harakat qilgan inson hech qachon yutqazmaydi. Chunki har safar u o‘rganadi, o‘sadi, mustahkamlanadi.
↪️12. Esda tut: kalit sening qo‘lingda, eshikni ochish esa jasorat talab qiladi.
❤Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
❤ 14❤🔥 7👍 4
