uz
Feedback
POSTDA|Rasmiy kanal

POSTDA|Rasmiy kanal

Kanalga Telegram’da o‘tish

Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги Бирлашган таҳририяти хабарлари 🌐 Веб-сайт : www.postda.uz 📨 E:mail: info@postda.uz

Ko'proq ko'rsatish
2025 yil raqamlardasnowflakes fon
card fon
24 771
Obunachilar
-124 soatlar
+17 kunlar
-7030 kunlar
Postlar arxiv
Yoʻl harakati intizomi bolalikdan boshlanadi "Xavfsiz va sog'lom yurt" keng qamrovli tezkor profilaktik tadbirlari doirasida Namangan viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan bolalar bilan bogʻliq koʻngilsiz hodisalarni oldini olish, ularning ongiga qoidalarni singdirish maqsadida shahardagi 6-sonli umumta’lim maktabida oʻquvchilar bilan targʻibot uchrashuvi oʻtkazildi. Unda bolalarga yoʻllarda harakatlanishda piyoda va haydovchilarning huquq hamda majburiyatlari toʻgʻrisida batafsil ma’lumotlar berilib, ularning bu boradagi bilimlari sinovdan oʻtkazildi. O‘z muxbirimiz, Namangan viloyati. 👉@postdarasmiy
Hammasini ko'rsatish...
ИИББ БОШЛИҒИ КУБОГИ УЧУН Мактаб ўқувчилари ўртасида Тошкент вилояти “Ички ишлар бош бошқармаси бошлиғи кубоги” мусобақаси ўтказилди. Вилоятдаги 877 та мактаб ўқувчилари иштирок этган саралаш босқичи юқори савияда ташкил этилиб, туман ва шаҳар босқичлари якунига етказилди. 22 та ҳудуддан сараланган жамоалар ўртасидаги вилоят босқичи беллашувлари янада шиддатли тус олди. Мусобақанинг якуний натижаларига кўра: Қизлар ўртасида – 1-ўрин Қуйи Чирчиқ тумани, 2-ўрин Янгийўл тумани, 3-ўрин Чирчиқ шаҳри; Ўғил болалар ўртасида – 1-ўрин Олмалиқ шаҳри, 2-ўрин Пискент тумани, 3-ўрин Зангиота тумани жамоаларига насиб этди. Ғолиб жамоаларга эсдалик совғалари, диплом ва кубоклар ИИББ бошлиғи томонидан топширилди. @Postdarasmiy
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
MOZIYDAN SABOQ Tarix – ulug‘ murabbiy! Ne-ne buyuk zotlar, avliyo-yu anbiyolar, olim-u ulamolar ilm-u urfonni undan o‘rgangan. Insoniyatga murabbiylik qilgan tarix silsilasida qanchadan-qancha saltanatlar bo‘lmagan deysiz. O‘tmishda o‘z yurtida o‘ziga xos mavqega, nufuzga ega bo‘lgan shaxslar yashab o‘tgan. Ular tomonidan amalga oshirilgan ulug‘vor ishlar hali-hanuz avlodlar tomonidan o‘rganilib kelinadi. Батафсил ўқинг👉 👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
#JUMBOQ Abu Ali ibn Sinodan nasihat: U bir qasrki kunda dushman hujumiga duch kelgay. Qasrni qo‘riqlovchi navkarlar qancha  harakat qilmasin, yengilishadi. Dushman shunchalar dahshatliki, u qasrni xam, qasrning shoxini ham maxv etadi. Savol: Ibn Sino tasvirlagan jarayonni emas, jarayonda qatnashgan dushman nomini topib bering. Javobni quyidagi manzilga yo‘llashingiz mumkin: https://t.me/postda_muloqot
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Bugun 6-dekabr, haftaning shanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing. #bayramlar 🌏Mikroto‘lqinli pech tug‘ilgan kun 🇺🇸AQSh – Milliy konchilar kuni. 🇦🇿Ozarbayjon – Aloqa va axborot texnologiyalari vazirligi kuni. 🇰🇿Qozog‘iston – Prokurorlar kuni. #muhim_voqealar 🔹1492 – Kolumbning birinchi ekspeditsiyasi Gaiti orolini kashf etdi. 🔹1865 – AQSHda qullik bekor qilindi. 🔹1945 – Spenser mikroto‘lqinli pechga patent oldi. 🔹2000 – 116-atom raqamli kimyoviy element – livermoriy kashf qilindi. 👉@postdarasmiy
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
YЕTTILIK A’ZOLARI YЕLKADOSH, HAMMASLAK Mahalla barchamiz uchun qadrli va qadrdon maskan. Uning obodligi, fayzli-tarovatli ko‘chalari esa dillarga g‘urur bag‘ishlaydi. Paxtachi tumani Mirzo Nodim nomidagi mahallasi «yashil» toifada. Bu yerda odamlarning yashash sharoitlari kundan-kunga yaxshilanyapti, farovonligi ortmoqda. Mahalla ahli dehqonchilik bobida mirishkor. Батафсил ўқинг👉 👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
“ЗАКОВАТ”ДА ВАКИЛЛАРИМИЗ ҒОЛИБ Конституциямиз қабул қилинганининг 33 йиллиги муносабати билан Қашқадарё вилоятида куч тузилмалари ходимлари ўртасида “Заковат” интеллектуал ўйини бўлиб ўтди. Якуний натижаларга кўра, вилоят ИИБ жамоаси ғолибликни қўлга киритди. Навбатдаги совринли ўринларни вилоят Божхона бошқармаси, Мудофаа вазирлигига қарашли ҳарбий қисм ҳамда Миллий гвардия вилоят бошқармаси жамоалари банд этди. Батафсил ўқинг👉 👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
#Qiziqarli_faktlar Hindiston Respublikasi Hindiston Konstitutsiyasi AQSh Konstitutsiyasidan farqli o‘laroq dunyodagi eng katta va murakkab Konstitutsiya hisoblanadi. Braziliya Federativ Respublikasi Braziliya Federativ Respublikasining konstitutsiyasida "Hindular to'g'risida" deb nomlangan maxsus bob (VIII bob) mavjud bo'lib, ushbu bob Braziliyada yashab kelgan tub aholiga taqdim etilgan alohida ustunlik va imtiyozlarga bag'ishlangan. Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi davlatining konsitutsiyasi 300ga yaqin qonun hujjatlaridan iboratdir, ya'ni bu davlatda yagona konstitutsiya hujjati mavjud emas. AQSh AQSh Konstitutsiyasi dunyodagi eng kichik va eng o‘zgarmas Konstitutsiya hisoblanadi. constitution.uz 👉@postdarasmiy
Hammasini ko'rsatish...
Giyohvandlik – boshi berk ko‘cha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabr kunidagi “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni jamiyatimizdagi eng og‘riqli illatga barham berishda muhim qadam bo‘ldi. Yakkasaroy tumanidagi 127-sonli maktab o‘quvchilari ishtirokida mazkur farmon mazmun mohiyatiga bagʻishlangan profilaktik tadbir tashkil etildi. Soha mutaxassislari, tegishli tashkilot va idora vakillari ishtirok etgan tadbirda giyohvandlik va psixotrop moddalar xavfi bo‘yicha atroflicha so‘z yuritildi. Yoshlarga giyohvandlik moddalari, psixotrop vositalarning noqonuniy muomalasi, ularni iste’mol qilishning zararlari tushuntirildi. Zarur hollarda mutaxassislarga murojaat qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Zero, giyohvandlik boshi berk ko‘chadir. O‘z muxbirimiz, Toshkent shahri. 👉@postdarasmiy
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 33 yilligi oldidan
KONSTITUSIYАMIZNI O‘RGANAMIZ 19-modda. O‘zbekiston Respublikasida insonning huquq va erkinliklari xalqaro huquqning umume'tirof etilgan normalariga binoan hamda ushbu Konstitusiyaga muvofiq e'tirof etiladi va kafolatlanadi. Inson huquq va erkinliklari har kimga tug‘ilganidan boshlab tegishli bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, e'tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, qonun oldida tengdirlar. Imtiyozlar faqat qonunga muvofiq belgilanadi va ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo‘lishi shart. 👉@postdarasmiy
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
«ШУМ БОЛА МЕНИ ХАЛҚ ОРАСИДА ТАНИТДИ» Шундай асарлар бўладики, улар саҳнага қўйилгандан сўнг орадан бир неча ўн йиллар ўтса-да, завқу шавқи, туйилган таассуротлар, қаҳрамонларни жонлантирган актёрларнинг бетакрор иборалари, ўзига хос хатти-ҳаракатлари кўз олдингизда гавдаланаверади. «Шум бола» спектакли ҳам худди шундай шон-шуҳратга бурканган асарлардан биридир. Бугун йиллар аро шонли йўлини давом эттириб, томошабинлар қалбида улуғвор ҳайкал тиклаган Ўзбекистон халқ артисти Хайрулла Саъдиевнинг умр йўлларига назар ташлаймиз. Батафсил ўқинг👉 👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
Hammasini ko'rsatish...
#Jumboq Savol: O‘rta asrlarda Yevropada odamlar shu ko‘rinishdagi baland poyabzallar kiyishgan. Ularning urfga kirishiga nima sabab bo‘lgan? Ushbu savolning javobini Shamsiyev O., Sultonbek, Azamat Axmatov, Risqulova Muslima, Anvar, Rushana kabi o'quvchilarimiz to'g'ri topishdi. Ofarin! Bilimdonlarga omad yor bo'lsin! Javob: Chunki bu davrda binolarda kanalizatsiya quvurlari bo‘lmagan, shu bois chiqindilar va oqova suvlar to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘chalarga tashlangan va oqizilgan.
Hammasini ko'rsatish...
TARGʻIBOT ISHLARI OLIB BORILMOQDA Toshkent tumanida viloyat hokimligi, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vakillari, tadbirkorlar va qator hamkor tashkilotlar ishtirokida issiqxona faoliyati bilan shugʻullanuvchi jamoatchilik oʻrtasida keng qamrovli targʻibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. Tadbirning asosiy maqsadi — issiqxonalarda ekologik talablarga rioya etilishini taʼminlash hamda sohada zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etishdan iborat. Targʻibot jarayonlarida tadbirkorlarga issiqxonalarda filtr oʻrnatish, zararli yoqilgʻidan voz kechish, havoga sizuvchi chiqindilarni minimallashtirish kabi ekologik meʼyorlarning amalda qanday bajarilishi kerakligi atroflicha tushuntirib berilmoqda. Shu bilan birga, Savdo-sanoat palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan issiqxonalarda qoʻllaniladigan zamonaviy texnologiyalar koʻrgazmasi ham tashkil etildi. @Postdarasmiy
Hammasini ko'rsatish...
#Jumboq Savol: O‘rta asrlarda Yevropada odamlar shu ko‘rinishdagi baland poyabzallar kiyishgan. Ularning urfga kirishiga nima sabab bo‘lgan? Ushbu savolning javobini to‘g‘ri topsangiz, bugun soat 17:00 da telegram kanalimiz orqali e’lon qilamiz. Javobni quyidagi manzilga yo‘llashingiz mumkin: https://t.me/postda_muloqot
Hammasini ko'rsatish...
02:08
Video unavailableShow in Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Sirdaryoga tashrifi: Barcha sa’y-harakatlar zamirida insonga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, odamlarning islohotlarga va yorug‘ kelajakka ishonchini mustahkamlash, mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish maqsadi mujassam. — Поездка Президента Шавката Мирзиёева в Сырдарью: В основе всех усилий – внимание и забота о человеке, укрепление доверия людей к реформам и светлому будущему, повышение социально-экономического потенциала нашей страны. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Hammasini ko'rsatish...
18.74 MB
"Биз гиёҳвандликка қаршимиз!" “Хавфсиз ва соғлом юрт” тезкор профилатик тадбири доирасида Шаҳрисабз давлат педагогика институтида "Биз гиёҳвандликка қаршимиз!" шиори остида кенг қамровли тарғибот тадбири бўлиб ўтди. Шаҳрисабз шаҳар ИИБ ходимлари, институт ўқитувчилари ва талабалари иштирок этган тадбирда сўз олганлар ёшларга гиёҳвандликнинг инсон саломатлиги, шахсий ривожланиш, таълим ва ижтимоий ҳаётга салбий таъсири ҳақида батафсил маълумот беришди. Жараёнда инсонни залолат сари бошловчи иллатнинг салбий хусусиятлари интерактив суҳбатлар, викториналар ва қисқа видеороликлар орқали мавзу янада жонли ва тушунарли тарзда талабаларга етказилди. Ўз мухбиримиз, Қашқадарё вилояти. 👉@postdarasmiy
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
“Конституция – инсон қадри, эркинлик, тенглик ва адолат гарови!” Ички ишлар вазирлигининг “Ўзбекистон” санаторийсида Конституция куни муносабати билан маънавий-маърифий тадбир бўлиб ўтди. Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Ўзбекистон Республикаси Конституцияси куни байрамига тайёргарлик кўриш ва уни ўтказиш тўғрисида”ги фармойиши асосида бугунги кунда барча ҳудудларда аҳолининг кенг қатламлари ўртасида Конституцияси куни байрамига бағишланган маънавий-маърифий анжуманлар, очиқ мулоқот ва суҳбатлар ўтказилмоқда. Батафсил ўқинг👉 👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
Hammasini ko'rsatish...
Жасоратдан устун жиҳат Инсон ҳаёти энг улуғ неъматдир. Уни асраш, бир инсонга умр бахшида этиш — ҳар қандай саховат ва жасоратдан устун туради. Шу маънода мамлакатимизда ўтказилаётган “Донор бўлиб, кимнингдир ҳаётини сақлаб қолинг” шиори остидаги умумхалқ инсонпарварлик туйғуларини янада мустаҳкамламоқда. Ушбу эзгу ташаббус доирасида Андижон вилояти ИИБ Қўриқлаш бошқармаси ходимлари ҳам фаол иштирок этишди. Улар ихтиёрий равишда донор сифатида қон топшириб, муҳтож инсонларга ҳаёт совға қилишдек савобли ишга ўз ҳиссаларини қўшдилар. Бундай акциялар, аввало, жамиятда бирдамлик ва ҳамжиҳатликни кучайтиради. Шу билан бирга, тиббиёт муассасаларидаги қон захирасига ҳисса қўшиб, фавқулодда ҳолатларда ўз вақтида тиббий ёрдам кўрсатилишига хизмат қилади. Муслимбек ЭРГАШЕВ, капитан. 👉@postdarasmiy
Hammasini ko'rsatish...
00:45
Video unavailableShow in Telegram
#Zo'ravonlikka_qarshi_faollik ⚡️ QATTIQ TARTIBDAGI NOZIK XILQATLAR Toshkent viloyati Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xotin-qizlar faoliyatidan. @Postdarasmiy
Hammasini ko'rsatish...
ROLIK 2024.mp415.69 MB
Photo unavailableShow in Telegram
Санъат йўлидаги фидойилик Франциялик машҳур рассом ва ҳайкалтарош Пьер Огюст Ренуар 55 ёшида велосипеддан йиқилиб, ўнг қўлини синдириб олган эди. У бир муддат даволаниб чиққач, ҳеч ўйлаб ўтирмасдан, мўйқаламни чап қўлига олди. Вақт ўтиб, жароҳат авж олиб, ревматоид артритга айланиб кетди. Буюк санъат устаси кучли оғриққа бардош берган ҳолда ўз асарларини яратишда давом этди. Қўллари букилмай қолганида эса мўйқаламни қўлига боғлаб ишлади. 60 йил ичида қарийб 6 мингта картина яратишга муваффақ бўлган машҳур рассом ҳаётининг сўнгги 6 йилини ногиронлик аравачасида ўтказди ва 78 ёшида вафот этди. Кунлардан бирида яқин дўсти Матисс ундан: «Огюст, нега ижод қилишдан тўхтамаяпсиз, ахир, жуда азоб чекаяпсиз-ку?» деб сўраганида, Ренуар қисқагина қилиб: «Оғриқ ўтиб кетади, гўзаллик эса қолади» деб жавоб берган экан. Гулчеҳра АЗИМОВА тайёрлади. 👉@postdarasmiy
Hammasini ko'rsatish...