Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari
الذهاب إلى القناة على Telegram
O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @GazetauzMuloqotBot +998 78-333-10-15 Reklama: @Afisha_Media_Regina +998 99-444-35-39 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kirill alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb
إظهار المزيد2025 عام في الأرقام

18 608
المشتركون
+224 ساعات
-37 أيام
-45030 أيام
أرشيف المشاركات
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tishni rag‘batlantirish uchun avtokreditlar qiymati pasaytiriladi. Mahalliy elektromobillarga 12%, xorijiylariga 16%li kreditlar ajratiladi. Shuningdek, davlat elektr energiya xarajatlarining bir qismini o‘z zimmasiga oladi va eski avtomobillarni almashtirishni subsidiyalaydi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/26/electromobile/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 96❤ 14👎 2🤔 1
Photo unavailableShow in Telegram
2026-yildan “Elektron hukumat” tizimi yangilanadi: 1000 dan ortiq davlat xizmati, 240 ta ma’lumotlar bazasi va 100 mingdan ziyod davlat xizmatchisining vakolatlari yagona platformaga birlashtiriladi. Topshiriqlar ijrosini nazorat qilish SIga topshiriladi. “Hech kim hech qayoqqa yashirolmaydi”, — dedi prezident.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/26/gov-service/
Telegram | Instagram | YouTube
❤ 8👍 4
Photo unavailableShow in Telegram
Amaldorlar, jumladan, tuman hokimlarining oylik maoshlari oshirilgach, ularning ishiga qo‘yiladigan talablar kuchaytiriladi, boshqaruv va nazoratning yangi tizimi istisnosiz qabul qilinishi kerak, dedi prezident.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/26/wages/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 65❤ 39
Photo unavailableShow in Telegram
Сlick: “Bu yil sizga bag‘ishlangan”
Odatlar, yo‘nalishlar, kichik quvonchlar va tez to‘lovlar — bularning barchasi har bir foydalanuvchining shaxsiy suratiga aylanadi. Сlick 2025-yil yakunlari va bu yil qanday o‘tgani bo‘yicha kichik tabriknomalar to‘pladi.
Ularni Сlick’da ochib, bir qarashdayoq tushunadiganlar bilan ulashish mumkin.
Reklama huquqlari asosida.
❤ 3
Photo unavailableShow in Telegram
Toshkent mehmonlari va aholisi uchun Yangi yilga bezatilgan avtobuslar bayramning ajralmas qismiga aylangan. Haydovchilar o‘z transportlarini girlyandalar, chiroqchalar va archa o‘yinchoqlari bilan o‘zlari bezamoqda, oyna va eshiklarga rasmlar chizmoqda. Gazeta ushbu an’ana haqida haydovchilar bilan suhbatlashdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/26/new-year-buses/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 7❤ 4👎 2
Photo unavailableShow in Telegram
Janubiy Koreya maxsus prokurori sobiq prezident Yun Sok Yolni to‘rtta jinoiy ishning birinchisi bo‘yicha 10 yilga ozodlikdan mahrum qilishni so‘radi. Prokurorlar Yolni odil sudlovga to‘sqinlik qilish, jumladan, tergovchilarning uni hibsga olishiga to‘sqinlik qilishga urinishda ayblamoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/26/south-korea/
Telegram | Instagram | YouTube
❤ 1🤔 1
Photo unavailableShow in Telegram
Shavkat Mirziyoyev 2026-yildan barcha idoralarda korrupsiyaga qarshi yangi nazorat tizimi joriy etilishini e’lon qildi. “Lavozimim, unvonim bor, menga hech kim tegmaydi, deb o‘ylaganlar adashadi… Davlatning har bir so‘mi bo‘yicha shaxsiy javobgarlik kuchaytiriladi”, — dedi prezident.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/26/corruption/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 46❤ 3
Photo unavailableShow in Telegram
Shavkat Mirziyoyev kelgusi 5 yilda O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyot ulushi 2 karra qisqartirilishini qayd etib, rasmiy sektorda band bo‘lgan aholi soni hozirgi 8,5 mln dan 14 mln taga yetkazilishini ma’lum qildi. “Bu boradagi ishlarni umummilliy harakatga aylantiramiz”, — dedi u.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/26/rasmiy-bandlar/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 40❤ 2
Photo unavailableShow in Telegram
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy “yaqin vaqt ichida” Donald Tramp bilan uchrashuv o‘tkazishini ma’lum qildi. “Yangi yilgacha ko‘p narsa hal bo‘lishi mumkin”, — dedi u.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/26/zelensky-trump/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 6
02:40
Video unavailableShow in Telegram
Shahar uyg‘onib, Yangi yilga tayyorgarlik ko‘rayotgan bir paytda, bayramga yordam berish uchun tinimsiz ishlayotganlar bor. Mo‘jiza shunchaki sodir bo‘lmaydi — uni olib kelishadi, olib ketishadi, qutqarishadi. Har kuni qandaydir detal yoki inson bayramning yanada o‘ziga xos bo‘lishiga yordam beradi.
“Shahar uyg‘oq mahal” maxsus loyihasining ikkinchi soni — Uzum Tezkor oziq-ovqat yetkazib berish xizmati kuryerlari haqida. Yangi yil taomlarini yetkazib berishdagi g‘alati holatlar, dasturxonga issiq taomlar qanday yetkazib berilishi va xizmat kuryeri Jasurbekning o‘zi haqida biroz ma’lumot.
Reklama huquqlari asosida.
UZUMTEZKOR_SUBTITILE_UZ_50mb.mp444.53 MB
❤ 5👍 5
Photo unavailableShow in Telegram
2026-yildan bitta xonadon uchun ajratiladigan imtiyozli ipoteka krediti miqdori 15 foizga oshiriladi (poytaxtda 483 mln, hududlarda 380 mln so‘mgacha). Uy-joy sotib olishda boshlang‘ich to‘lov va foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun 2,7 trln so‘m subsidiya beriladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/26/ipoteka/
Telegram | Instagram | YouTube
❤ 3👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekistonda Fuqaro aviatsiyasi universiteti tashkil etiladi. Temiryo‘l va avtoyo‘llarni rivojlantirish bo‘yicha besh yillik dasturlar qabul qilinadi. Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva va Navoiy vokzallari xususiy boshqaruvga beriladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/26/transport/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 38❤ 3
Photo unavailableShow in Telegram
Prezident o‘zini qonundan ustun qo‘yayotgan to‘dalar, tadbirkorlarga bosim o‘tkazayotgan “ko‘cha” vakillari va sportchilarning jinoyatga aralashib qolayotganini tanqid qilib, davlat ularni jilovlashga qodir ekanini ta’kidladi. Narkojinoyatlarga qarshi kurash umummilliy harakat darajasiga ko‘tarilishi ma’lum qilindi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/26/criminal-group/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 57❤ 16
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekistonda 2030-yilgacha oltin ishlab chiqarish hajmi 175 tonnaga yetkaziladi, dedi prezident. Shuningdek, Navoiydagi oltin konlarida ma’dan qazib olish bo‘yicha 320 mln dollarlik loyiha ishga tushirilib, qo‘shimcha 2 mln tonna ma’dan qayta ishlanadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/26/gold/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 5❤ 1
Photo unavailableShow in Telegram
ANORBANK xususiy tarmoqni rivojlantirish Islom korporatsiyasi (XSRIK) bilan moliyalashtirish to‘g‘risida bitim imzoladi. Ushbu kelishuv doirasida XSRIK tomonidan 10 mln AQSh dollari miqdorida moliyalashtirish liniyasi ajratiladi (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/26/anorbank/
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
Karate va taekvondo bo‘yicha jahon chempionlari — Gulshan Alimardanova va Najmiddin Qosimxo‘jayevga BYD rusumli avtomobillar hamda har biriga 15 ming dollardan mukofot puli topshirildi. Shuningdek, jahon chempionatlari sovrindorlari va karate hamda taekvondo bo‘yicha murabbiylarga ham pul mukofotlari berildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/26/byd/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 4❤ 3🤔 1
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston prezidenti mamlakat parlamenti va xalqiga yo‘llagan murojaatida 2025-yilni sarhisob qilib, uni murakkab yil deb atadi va qanchalik qiyin bo‘lmasin, demokratik islohotlar davom etayotganini ta’kidladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/26/year/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 48❤ 4🤔 2
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston tarixida ilk bor sun’iy yo‘ldosh va fuqaroligi bo‘lgan birinchi o‘zbek kosmonavtini fazoga uchirish bo‘yicha ishlar boshlandi, deya ma’lum qildi prezident. “O‘zbekiston kosmonavti bobomiz aniqlagan yulduzlardan xabar olib keladi”, — dedi u.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/26/suniy-yoldosh/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 43❤ 36
Photo unavailableShow in Telegram
Dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘ylab harorat ko‘tarilishi, shanba kuni +7…+10, yakshanba kuni +10…+13 darajagacha bo‘lishi kutilmoqda. Ba’zi hududlarda yog‘ingarchilik kuzatiladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/26/meteo/
Telegram | Instagram | YouTube
❤ 3
